MASHINA TARJIMASI
MASHIN A TA RJ IMA SI Reja: 1. Kompyuter lingvistikasida avtomatik tarjima yo‘nalishi. 2. Avtomatik tarjima yo‘nalishi tarixi. Tarjimon dasturlar. 3. Avtomatik tarjima yo‘nalishining zamonaviy holati va istiqboli.
Informatsiyaning geometrik progressiya asosida keskin ko‘payishi ular- ning boshqa tillarga tezkor tarjima qilinishini ta’minlovchi tizimlarga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Bunga javoban mashina tarjimasi yoki avtoma tik tarjima yo‘nalishida amaliy tadqiqotlar yaratila boshlandi. Eng aha- miyatli tomoni shundaki, mashina tarjimasiga oid izlanishlar kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelishida tayanch nuqta hisoblanadi. Avtomatik tarjima bo‘yicha dastlabki g‘oyalar ingliz olimi Charlz Beb- bidj tomonidan 1836 - 1848-yillarda ilgari surilgan. Uning fikricha, mexa- nik-elektron mashinalar tillar o‘rtasidagi struktur o‘xshashliklar asosida kodlashtirilgan avtomatik tarjimani amalga oshirishi mumkin. Uning loyi- hasi bo‘yicha 50 mingta so‘z xotira kuchiga ega bo‘lgan elektron mashi nalar 100 000 ta so‘zni avtomatik ravishda tarjima qilishi zarur boiadi. 1 1949-yilda Ch.Bebbidjing g‘oyalaridan ta’sirlangan amerikalik olim Uorren Uiver mashina tarjimasi tizimini yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi hamda lingvistika, deshifrovka, programmalashtirish nazari- yasi bo‘yicha mutaxassislarni hamkorlikka chorladi. 2 Shundan so‘ng AQSH- da MT bo‘yicha kollaboratsiyalar, hamkorlik loyihalari yaratildi. Mashi na tarjimasi bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya institutida o‘tkazildi. 1 Po‘latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. - Toshkent, 2007. -52. 2 Баранов A.H. Введение в прикладную лингвистику. - М.: Эдиториал УРСС, 2001. -С.89.
1954-yilda AQShdagi Jorjtaun universitetida dunyoda birinchi marta avtomatik tarjima tajribadan o‘tkazildi. U GAT tizimi (inglizcha «George town Automatic Translation» birikmasining qisqartmasi) deb ataladi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterida o‘tkazildi. Bu tajribaning bazasi algoritm- lardan iborat bo‘lib, 50 000 ta so‘z (60 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi. 6? Rossiyada mashina tarjimasi yo‘nalishining pionerlari D.Yu.Panov, A.Lyapunov, I.S.Muxinlar sanaladi. 3 Shundan so‘ng O.S.Kulagina, A.Melchuk, Yu.A.Motorin, Yu.N.Marchuk, R.G.Piotrovskiy kabi olim lar ularning izdoshlari sifatida avtomatik tarjima tizimini rivojlantirdilar. Sobiq lttifoqda mashina tarjimasi bo‘yicha birinchi tajriba 1955-yilda o‘tkazildi. Shundan so‘ng O.S.Kulagina va I.A.Melchuk rahbarligi ostida Amaliy matematika institutida mashina tarjimasi bo‘yicha uchta yirik tajri ba tizimi yaratildi: fransuzchadan ruschaga (FR-1), inglizchadan ruschaga va fransuzchadan ruschaga (yangi variantda). 1959-yilda Moskva davlat lingvistik universitetida mashina tarjimasi laboratoriyasi ochildi. Moskva- da 1974-yilda INFORM-ELEKTRO institutida fransuzcha-ruscha (ETAP-1, inglizcha-ruscha (ETAP-2) hamda nemischa-ruscha (NERPA) avtoma tik tarjima tizimlarini yaratish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar jonlandi. 1960- yilda sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining avtomatik tarjimaga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda avtomatik tarji ma 3 3 Панов Д.Ю., Ляпунов А.А., Мухнн И.С. Автоматизация перевода с одного языка на другой. Сессия по научным проблемам автоматизации производства. - М.: Изд-во АН СССР, 1956.
bo‘yicha professor A.Belonogov rahbarligida maxsus laboratoriya tash- kil qilindi. 1966-yilda AQShning fan masalalari bo‘yicha kongress qo‘mitasida av tomatik tarjimaga oid ma’ruza muhokamasi (A ut omat ic Language Process ing A dv isory Commit t ee-A LPA C REPORT) boMib o‘tdi. 63 Unda avtomatik tarjima bo‘yicha «Language and Mashines: Computers in Translation and Linguistics» («Til va mashinalar: tilshunoslikda va tarjimada kompyuter- lar») deb nomlangan salbiy ma’nodagi ma’ruza qilindi va yuqori darajada sifatli avtomatik tarjimani ta’minlovchi universal tizim yaratish natijasizli- gi va imkonsizligi ta’kidlandi. Shuningdek, ma’ruzada ko‘rsatilishicha, «tabiiy tarjima» (inson tarjimasi) mashina tarjimasidan arzonroq va sifatli- roq. Shundan keyin jahon miqyosida avtomatik tarjimaga oid tadqiqotlarni moliyalashtirish keskin kamayib ketdi. Ular faqatgina Yaponiyada davlat tomonidan moliyalashtirildi. «Generel Motors», «Siemens», «LG», «Phi lips» kompaniyalari bugungi kunda dunyoda avtomatik tarjimaga oid izla- nishlarni mablag 1 bilan ta’minlab turadi. AQSH harbiy havo kuchlari buyurtmasi bo‘yicha D.Tom rahbarligida SYSTRAN avtomatik tarjima sistemasi ishlab chiqildi. Mazkur tizim yor- damida bir yilda 2,5 mln sahifa matn ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz tilidan ingliz, ispan, italyan tillariga tarjima qilinadi. Avtomatik tarjima bo‘yicha dunyodagi eng yirik loyiha 1991-yilda
AQShda NASA mutaxassislari tomonidan yaratilgan: DIANA. Uning hajmi 10 mln ta so‘zni tashkil etadi. U dunyoning 6 ta yirik tiliga asoslanadi: ingliz, rus, fransuz, nemis, arab, ispan. Rus olimlari ham professor Lyapunov rahbarligida «Vista Technology» kompaniyasi « Ret rans V ist a» loyihasini ishlab chiqdi. Uning tarkibiga kiruv- chi 3 mln 400 mingta so‘z xotiraga kiritildi. Shunda 1 mln 800 mingtasi ruscha-inglizcha, 1 mln 600 mingtasi inglizcha-ruscha so‘zdan iborat. Bugungi kunda avtomatik tarjimaning quyidagi sistemalari mavjud. 40 mln ta so‘z xotira kuchiga ega Y EUROTRA sitemasi - Yevropa olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. U barcha yevropa tillari bo‘yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. SOKRA T sistemasi 40 mln ta so‘z xotira kuchiga ega. Dunyodagi 40 ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi. Ya’ni qaysi tilda Windows operatsion tizimi versiyasi mavjud boisa, shu tilda avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. Lingvo sistemasi (lingvo kompyuter lug‘ati) - bu lug‘atga ham dunyoning 40 tilidagi ma’lumotlar jamlangan. 1990-yillarda Amerikada Global Link , Rossiyada PROMT avtomatik tarjima tizimlari yaratildi. Internet tizimining rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global tar- moqda ham tashkil etildi, ya’ni hozirgi kunda online- t arjima t izimi ham faol yo‘lga qo‘yilgan. Avtomatik tarjimaning kamchiliklari: 1. So‘zlar avtomatik tarjima jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima