KOMPYUTER LINGVISTIKASI FANIGA KIRISH
KOMPY UTER LIN GV ISTIKASI FA N IGA KIRISH Reja: 1. “Kompyuter lingvistikasi” fanining mundarijasi, maqsadi, vazifasi. 2. Tilning ijtimoiy va informativ funksiyasi. 3. “Kompyuter lingvistikasi” fanining asosiy masalalari.
Ma’lumki, tilshunoslik fani XIX (1816-yilda) asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo‘nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Keyingi yillarda barcha fanlardagi kabi tilshunoslikda ham ikki fanning «chorrahasida» (kesishuvida) yuzaga kelgan fanlar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ana shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik), psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshun oslik), matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Bunday holni boshqa fanlar doirasida ham kuzatish mumkin: biokimyo, astrofizika, matematik fizika, matematik logika kabi. Buni fan lar tizimida bir necha fanlarning o‘zaro hamkorligi, integratsiyasi deb baholash lozim bo‘ladi. Kompyuter lingvistikasi ikki rivojlanish bosqichini o‘z ichiga oladi: 1. Mat emat ik lingv ist ik a fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. Matematik lingvistika hal qilishi lozim bo‘lgan vazifalar umumiy lingvistikaning formal va aksiomatik nazariyalarini va aniq tillarning matematik modelini ishlab chiqishdan iborat. 2. Kompy ut er lingv ist ik asi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari esa tillarga o‘qitish
bilimlarni tekshirish, matnlarni tahrirlash va mashina tarjimasi dasturlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Bu bilan matematik lingvistikani tili «sof munosabatlar sistemasi» ya’ni insondan abstrakt sistema sifatidagi tavsifi deb sharhlash mumkin bo‘ladi. Klassik lingvistikada til inson bilan mutanosiblikda, juftlikda talqin qilinadi, ya’ni klassik lingvistika insonga zaruriy. Matematik lingvistika esa tavsiflash jarayonida shaxsning ishtirokiga o‘rin qoldirmaydi, u ko‘proq kompyuterga moslashtirilgandir. Til gramatikasining matematik modeli matematik mantiqning aksiomatik nazariyasiga asoslanadi. Shuning uchun matematik lingvistika matematik mantiq asoslarini bayon qilishdan boshlanadi. XX asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda « mashina t arjimasi» , « mashina t ilshunosligi» atamalari qo‘llanila boshlandi. Mazkur asrning buyuk kashfiyoti bo‘lgan kompyuter texnologiyalari tilshunoslikka ham kirib kelganining isboti edi. Mashina tarjimasi yoki avtomatik tarjima deyilganda, bir tildagi matnni ikkinchi bir tilga EHM (kompyuter) vositasida, tez vaqt ichida tarjima qilish nazarda tutiladi. Mashi na tarjimasining asoschilari kibernetika va matematika sohasi vakillari bo‘lib, keyinchalik bu ishda tilshunoslar ham faol qatnasha boshlagan. Shu tariqa mashina tarjimasi g‘oyalari butun dunyoda nazariy va amaliy tilshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Bu
yo‘nalish bilan pa rallel ravishda formal grammatika nazariyasi yuzaga kelib, til va uning alohida aspektlari modelini yaratishga e’tibor qaratildi. Tilning bu jihatlari matematik lingvistika fanida ishlab chiqildi, bu, o‘z navbatida, kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelishi uchun poydevor bo‘ldi. Demak, shu asosda tilshunoslikning yangi yo‘nalishi - kompyuter lingvistikasi (1961) va tilshunoslikning bir qator nazariy va amaliy yo‘nalishlari vujudga keldi. Matematik lingvistika fani esa XX asrning 50-yillarida (1952-yilda) tilshu noslikning alohida yo‘nalishi sifatida yuzaga keldi. Bu fanning shakllanishida Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi (glossematika)ning asoschisi Lui Yelmslevning g‘oyalari o‘ziga xos «turtki» vazifasini o‘tagan. U hatto til hodisalarini matematik bayonda tushuntiradigan fanning nomini ham taklif etgan. Olimning fikricha, bu fan « Til algebrasi» (« Lingv ist ik algebra» ) deb atalishi lozim edi. Amerikalik tilshunos Noam Chomskiyning formal grammatika, transformatsion grammatika haqidagi qarashlari bevosita matematik lingvistikaning alohida yo‘nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. 1 Mana shunday qarashlar ta’sirida matematik lingvistika fani shakllandi. Matematik lingvistika - bu tabiiy tillarning matematik modellarini (bunday formallashgan til met at il deb ataladi) ishlab chiqish, xususan, sun’iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan 1 Jurafsky D., Martin J.H. Speech and Language Processing. - New Jersey, 2000.
shug‘ullanuvchi fandir. Matematik lingvistika oldida turuvchi eng muhim masalalar quyidagilardir: tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish; formal grammatika yaratish; tillarning matematik modellarini ishlab chiqish. Har bir fanning o‘z maqsad va vazifalari bo‘ladi. Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: tabiiy va sun’iy tillarning formal modellari algoritmini ishlab chiqish; lisoniy hodisalarni matematik parametrlarda baholash; til hodisalarini matematik metodlar yordamida tahlil qilish (ehtimollar nazariyasi, statistika va kvantitativ metodlarni tatbiq etish). Kompyuter lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi. Komp yuter lingvistikasi 1954-yil AQSHda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo‘yicha dunyoda o‘tkazilgan birinchi tajriba asnosida yo‘nalish sifatida shakllana boshladi, 1960-yilga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi. Kompyuter lingvistikasi inglizcha «computational linguistics» so‘zining kalkasidir. XX asrning 80-yillariga qadar bu fan turlicha nomlar bilan atalgan: hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika,