logo

DINSHUNОSLIK FANIGA KIRISH.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.6005859375 KB
 Mavzu :  DINSHUN О SLIK FANIGA KIRISH.
REJA:
1. Dinshun о slik fanining maqsad va vazifalari.
2. Dinlar tarixini o’rganishda Sharq all о malarining yondashuvlari.
3. Dinlarni tasniflashda G’arb  о limlarining qarashlari. 1.1     Dinshun о slik   fanining   maqsad   va   vazifalari.     Din   insoniyat   ma’naviy
hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy
barkamol   insonni   shakllantirish   vazifasi   qo’yilgan   bir   paytda   din   masalasini
chetlab o’tish mumkin emas.   Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv
hujum   etish   uslubining   salohiyatsizligi   hammaga   ochiq-oydin.   Lekin   keyingi
paytda   paydo   bo’lgan   diniy   bo’lmagan   masalalarni   diniy   deb   atash,   har   qanday,
hatto   bir-biriga   zid   bo’lgan,   fikrlarni   tahlil   qilmasdan   turib   maqtash   uslubi   ham
o’zini   oqlamaydi.   Demak,   ushbu   masalaga   prinsipial,   professional,   ilmiy
yondashuv darkordir.
O’zbekiston   Rossiya   imperiyasi   va   Sovet   Ittifoqi   tarkibida   bo’lgan   va   jahon
hamjamiyatidan   ajratilib   yashagan   bir   davrda,   G’arbda   XIX   asrning   o’rtalarida
vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga
erishdi.   Mustaqillik   yillarida   O’zbekiston   tadqiqotchilari   bu   yangi   soha   bilan
yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar.
Din   -   e’tiqod   hamdir,   bu   esa   har   bir   kishining   shaxsiy   ishi.   Lekin   shaxsni   har
qanday   missioner   tashkilotlar   ixtiyoriga   ham   tashlab   qo’yib   bo’lmaydi.   Ozod
jamiyatda   har   bir   inson   o’z   shaxsiy   munosabatini   belgilab   olishi   uchun   unga   har
tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i,
birovning   g’arazli   sharhisiz   asl   matnlar   shaklida   bo’lsa   maqsadga   muvofiqdir.
Eskirgan   ma’lumotlar   asosida   mutaxassis   bo’lmagan   mualliflar   tomonidan
yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan
sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga
yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib keladi.
Din   va   Qonun   o’zaro   munosabatlarini   yaxshi   bilish   demokratik   jamiyat
poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni turli
diniy   jamoa   a’zolarining   huquqlari,   majburiyatlari   haqida   to’la   ma’lumot   beradi.
O’quvchilarda   qonunga   hurmat   hissini,   o’zininggina   emas,   boshqalarning   ham
diniy   his-tuyg’ularini   hurmat   qilish,   tushunishga   harakat   qilish,   o’z   shaxsiy
fikrlarini   boshqa   kishilarga   tazyiq   bilan   o’tkazish   g’ayriqonuniy   xatti-harakat
ekanligi,   jamoat   joylarida   diniy   masalalarda   zo’ravonlik,   tajovuzkorlikka   yo’l
qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi.
O’zbekiston   Respublikasi   jahon   hamjamiyatiga   kirib   borayotgan   bir   sharoitda
uning   fuqarolari   turli   konfessiyalar   vakillari   bilan   muloqot   etishning   yuksak
madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir.
Din   tabiat,   jamiyat,   inson   va   uning   ongi,   yashashdan   maqsadi   hamda   taqdiri
insoniyatning   bevosita   qurshab   olgan   atrof-muhitdan   tashqarida   bo’lgan,   uni
yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va   o’rgatadigan   ilohiy   qudratga   ishonch   va   ishonishni   ifoda   etadigan   maslak,
qarash, ta’limotdir.
Din   muayyan   ta’limotlar,   his-tuyg’ular,   toat-ibodatlar   va   diniy   tashkilotlarning
faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning
alohida   tariqasi,   uni   idrok   etish   usuli,   olamda   insoniyat   paydo   bo’lgandan   to
bizgacha   o’tgan   davrlarni   ilohiy   tasavvurda   aks   etishidir.   Din   komil   insonni
tarbiyalashda   salmoqli   tarbiyalovchi   qudratga   ega   bo’lgan   ma’naviy-axloqiy
kuchdir.
Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq
tuyg’usidir.   Ishonmoq   tuyg’usi   insoniyatning   eng   teran   va   eng   go’zal   ruhiy-
ma’naviy  ehtiyojlaridandir.  Dunyoda dini,  ishonchi   bo’lmagan  xalq  yo’q.  Chunki
muayyan   xalq   dinsiz,   e’tiqodsiz,   biror-bir   narsaga   ishonchsiz   holda   yashay
olmaydi.
Dinshunoslikda   dinga   «dinning   o’zi   nima?»,   «uning   mohiyati   nimadan   iborat?»
degan savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari «din qay tarzda faoliyat olib
boradi?» degan savol  nuqtai  nazaridan ham yondashuv mavjud.   Bu masala bilan
ko’proq din sosiologiyasi shug’ullanadi. 
Sosiologik   nuqtai   nazardan   qaralganda   din   jamiyat   uchun   zaruriy   narsa,   ijtimoiy
hayotning   ajralmas   qismidir.   U   ijtimoiy   munosabatlarni   yuzaga   keltiruvchi   va
amalga   oshiruvchi   omil   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Bu   degani   dinni   jamiyatdagi
bajaradigan vazifalariga ko’ra o’rganish mumkin demakdir.
Dinning  vazifalari  deganda   uning  alohida  shaxsga  va  jamiyatga   ta’sir  qilish  yo’li
va   tabiati   nazarda   tutiladi.   Bunda   har   bir   din   unga   e’tiqod   qiluvchi   muayyan   bir
shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga
qanday ta’sir ko’rsatadi? Shunga o’xshash masalalar o’rganiladi.
Dinning   ijtimoiy   vazifalari   haqidagi   ta’limotni   dinshunoslikda   funksionalizm
rivojlantiradi.     Funksi-onalizm   jamiyatga   ijtimoiy   tizim   sifatida   qaraydi:   unda
jamiyatdagi   har   bir   element   muayyan   funksiyani   bajaradi.   Dinning   jamiyatda
bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan,   har   qanday   din   o’z   e’tiqod   qiluvchilari   uchun   to’ldiruvchilik,   tasalli
beruvchilik - kompensatorlik vazi-fasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj
hosil bo’lishi hodisasini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat
bilan   bo’lgan   munosabatlari   jarayonida   hayotiy   maqsadlariga   erishishi   ilojsiz
bo’lib   ko’ringanida,   unda   qandaydir   ma’naviy-ruhiy   ehtiyojga   zaruriyat   sezgan.
Ana   shunday   ehtiyoj   diniy   ehtiyoj   edi.   Din   bu   o’rinda   ma’naviy-ruhiy   ehtiyojni
qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.  Masalan,   buddaviylik   dini   rohiblikni   targ’ib   qilar   ekan,   bu   dunyoda   orzu-
havaslardan,   rohat-farog’atdan   voz   kechgan   inson   nirvana   holatiga   erishgach,
abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. 
Shuningdek,   xristianlikda   har   bir   xristian   Iso   Masihning   qaytishiga   umid   qilgan
holda hayotning turli  muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar.
Chunki   xristianlik   Iso   Masih   qaytib   kelgach   barcha   izdoshlarini   saodatli   hayotga
etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy
yoki   ruhiy   orzu-istaklariga   oxiratda   erishishga   ishongan   holda   dunyo   orzu-
havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini  vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod
qiluvchilar   jamoasini   shu   ta’limot   doirasida   saqlashga   harakat   qilgan   va   hozirda
ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi
deb   ataladi.   Din   hamisha   muayyan   ijtimoiy,   etnik   va   ma’naviy   hayotning   o’z
ta’sirida   bo’lishiga   intiladi.   Bu   ta’sirning   muntazamligini   ta’minlash   maqsadida
din  xalqlarning  ijtimoiy  hayotiga,   axloqiy   munosabatlariga,   shuningdek   adabiyoti
va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Masalan,   yahudiylikda   mazkur   din   vakillarini   bir   mafkura   atrofida   saqlab   turish
uchun   ularni   bir   millat   va   yagona   maslak   egalari   ekanliklari,   yagona   xudo   -
YAhvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham  e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko’proq jalb etish uchun
diniy   memoriy,   tasviriy,   musiqa   san’ati   turlaridan   unumli   foydalaniladi.
Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik
-   regulyatorlik   vazifasini   bajaradi.   Dinlar   o’z   urf-odatlarining,   marosim   va
bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda
bajarilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini  jome
masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (‘iyd al-fitr) va
qurbon   (‘iyd   al-adho)   hayitlarining   nishonlanishi   musulmonlarning   hayot   tarzini
tartibga solib turadi.
To’rtinchidan,   din   aloqa   bog’lashlik,   birlashtiruvchilik   -   integratorlik   vazifasini
ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning
o’zaro   aloqadorlikda   bo’lishini   ta’minlashga   intiladi.   Bunda   u   yoki   bu   dinga
e’tiqod qiluvchi  kishilarning o’z dinidagi  boshqa  kishilar  bilan  aloqador  ekanligi,
o’zaro   huquq   va   burchlarining   borligi,   urf-odat   va   ibodatlarni   jamoa   bo’lib
bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi. Beshinchidan,   dinning   integratorlik   vazifasi   bilan   legitimlovchilik-
qonunlashtiruvchilik   vazifasi   chambarchas   bog’liq.   Dinning   bu   funksiyasining
nazariy asosini yirik amerikalik sosiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha,
«har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning
uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din
bunday   normalarni   qonunlashtiribgina   qolmay,   ularga   bo’lgan   munosabatni   ham
belgilaydi».
Oltinchidan,   din   vazifalarining   falsafiy,   nazariy   jihatlari   ham   mavjud.   Bu   vazifa
insonga   yashashdan   maqsad,   hayot   mazmunini,   dorulfano   va   dorulbaqo   dunyo
masalalariga o’z munosabatini bildirib turishidan iboratdir.
Kishilik   jamiyatida   din   doimo   u   bilan   birga   bo’lganmi   yoki   qandaydir   davrda
jamiyat   dinsiz   yashaganmi,   degan   savolga   turli   fikrlar   bildirilgan.   Bu   -   dinning
tarixiyligi   masalasi   bo’lib,   unga   ikki   xil   javob   berganlar.   Birinchisi,   marksistik
ta’limotning   sobiq   tarafdorlari   fikricha,   «qandaydir   muddat   insoniyat   dinsiz
yashagan   va   jamiyatning   muayyan   bosqichida   -   yuqori   paleolit   davrida,   bundan
20-40   ming   yil   avval   din   paydo   bo’lgan»,   deyilgan.   Ikkinchisi,   «dinning   kelib
chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq», degan fikrdir.
Diniy   tafakkurning   shaxsiy   yoki   ijtimoiy   ildizlari   muammosini   hal   qilish   bilan
dinning   kelib   chiqishi   muammosini   hal   qilish   mumkin   bo’ladi.   E.Taylor   kabi
evolyusion   yo’nalishdagi   pozitivistlarning   chiqargan   xulosasiga   ko’ra,   dinning
ildizini   «faylasuflik   qilgan   yovvoyi   odam»ga   taqaydilar.   Ya’ni,   «u   o’z-o’ziga
borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan hodisalarning
haqiqati  haqida  savol  bergan.  Unda fikrlash   yuqori   darajada  bo’lmagan. Shundan
so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan».
Dinning   kelib   chiqishi   haqida   yana   bir   nazariya   mavjud:   «Birinchi   yolg’onchi
birinchi   nodonni   uchratganda   din   paydo   bo’ldi».   Bunda   din   yomon   niyatli
kishilarning   o’ylab   topgan   narsasi   bo’lib   chiqadi.   Bu   ikkala   nazariya   ham   hech
qanday ilmiy asosga ega emas.
Faylasuflik   qilgan   yovvoyi   odam   konsepsiyasi   bo’yicha   «ibtidoiy   odam   yolg’iz
holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu
savollar  uning kundalik hayotida kerak emas  edi. Shuni  ham  unutmaslik kerakki,
ibtidoiy   odamning   fikr   yuritishi   uning   kundalik   ishlab   chiqarish   faoliyati   bilan
bog’liq   bo’lgan.   Bu   faoliyatning   tabiati,   shart-sharoitlari   birgina   odamga   tegishli
bo’lib   qolmay,   barchaga   barobar,   ijtimoiy   gruppa,   qabila,   urug’,   xalqqa   tegishli
edi».
Dinning   kelib   chiqishi   «bir   odam   boshqalarni   aldashi   natijasida   kelib   chiqqan»,
degan   fikr   ham   tanqidga   uchragan.   Boshqa   fikrga   ko’ra,   «din   -   bu   jamiyatdagi
kishilarning baravariga o’z-o’zini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun
ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin», deydilar. Din   insonning   ruhiy   dunyosi   bilan   chambarchas   bog’liq   bo’lib,   uning   ijtimoiy
hayotida   doimo   u   bilan   birga   bo’ldi.   Shuning   uchun   ham   dinni   o’rganish   -   bu
insoniyatni   o’rganish   demakdir.   Dinni   insoniyatdan,   insoniyatni   dindan   ajratib
bo’lmasligini   tarixning   o’zi   isbotladi.   «Kommunistik   jamiyatda   din   yo’q   bo’lib
ketadi»   deyilgan   fikrning   aksicha   kommunizm   xayoliy   narsa yu,   din   doimiy
ekanligi   amalda   isbotlandi.   Demak,   din   insoniyat   bilan   birga   dunyoga   kelgan.
muqaddas   tushunchalar   borki,   ular   Vatan   va   xalqman,   ezgulik   va   insoniylik
tamoyillari bilan uzviy bog`liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o`z asarlarida ana shu
o`lmas g`oyalarni bosh maqsad qilib qo`ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta
olsa,   hech   shubhasiz,   adabiyot   ham,   madaniyat   va   san’at   ham   tom   ma’noda
ma’naviy   yuksalishga   xizmat   qilib,   o`zining   ijtimoiy   vazifasini   to`liq  ado   etishga
erishgan bo`ladi.
1.2   Dinlar tarixini o’rganishda Sharq all о malarining yondashuvlari.     Dinni kelib
chiqishini   o’rganish,   uni   falsafiy   jihatdan   tahlil   qilish   juda   qadimgi   davrlardan
b о shlangan. Xususan, xalqimiz e’tiq о d qilgan dinlardan biri zardushtiylik haqidagi
dastlabki   falsafiy   mushohadalar   mil о ddan   avvalgi   VII-VI   asrlarda   b о shlangan.
Shunday   h о latni   b о shqa   din   shakllari   tarqalgan   qadimgi   Yun о nist о nda   ham
kuzatish mumkin.
Sharqda din kelib chiqishi to’g’risidagi qarashlarning, din falsafasining riv о jlanishi
isl о m   payd о   bo’lgan   davrdan   k е yin,   ya’ni   VIII-IX   asrlarda   kal о m-falsafasining
shakllanishi bilan b о g’liqdir. Dinlar falsafasi, din kelib chiqishi haqida mushohada
yuritish Sharqda ancha  о ldin b о shlangan bo’lsada, amm о  ilmiy-falsafiy  o’rganish,
ilmiy   tadqiq   qilish   as о san   XVIII   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XIX   asrda   jiddiy   tus
о ldi.
Dinshun о slik   fanining   falsafasi   shundaki,   u  dinning   payd о   bo’lishi   va  riv о jlanish
tarixini,   uning   ta’lim о ti,   vujudga   k е lishi   va   shakllanishini   o’rganishda   falsafiy
ta’lim о tga suyanadi. Z е r о , bu fan   jamiyat taraqqiyoti jarayonida din bilan b о g’liq
bo’lgan barcha ijtim о iy   h о disalarni-mafkura va aqidalar, urf- о dat va mar о simlar,
masjid va| diniy tashkil о tlarning talab va tartiblarini falsafiy tahlil qilishni   ko’zda
tutadi.
Isl о m   dinida   il о hiyot   falsafasining   shakllanishi   davriga   qadar   xilma-xil   il о hiyot
о qimlari   vujudga   k е lgan.   Masalan,   jabb о riylar,   qadariylar,   mu’taziliylar,
musji’iylar   va   b о shqalar   vujudga   k е lib,   ularning   har   biri   il о hiyot   masalalarini
o’ziga   x о s   talqin   qilgan.   Оrtоdоksal   ilоhiyot   оqimi   kalоm   (kеyinchalik   islоm
falsafasi)   dеb   nоm   оlgan.   Bundan   tashqari   islоmdagi   barcha   yo’nalishlar   va
mazhablarda ham ilоhiyotchilik ta’limоtlari mavjud.
Islоm dunyosida falsafiy, shu jumladan ilоhiyot falsafasining vujudga kеlishi VIII-
asrning ikkinchi yarmida mu’taziliylar va mutakallimlar faоliyati bilan bоg’liqdir. Mu’taziliylar   g’оyalariga   e’tirоzli   fikrlarni   ash’ariylar   (ularni   mutakallimlar   ham
dеyiladi)   ilgari   suradilar.   Abu   Mansur   Mоturidiy   (870-944)   Abul-Hasan   al-
Ash’ariylar   (874-935)   kalоm   ilmining   taraqqiyotiga   ulkan   xissa   qo’shganlar.   Bu
оqimning   yirik   vakillari:   al-Baqillоniy   (1027   y.v.),   Ibn   Furaq   (1015   y.v.),   Abu
Ishaq al-Isfara’iniy (1085 y.v.), ash-Shaxrstоniy (1135) va Faxriddin ar-Rоziydir.
Bu   оqim   tarafdоrlari   tabiatda   sabab   va   оqibat   katеgоriyasi   mavjudligini   tan
оlmaydilar.   Bоrlikdagi   barcha   narsa   va   mavjudоtlarning   yaratilishi   va
rivоjlanishini   Xudо   ijоdi   va   karоmati   bilan   bоg’laydilar.   Ash’ariylar   aqlni   diniy
an’anachilikdan   (naqldan)   ustun   qo’yadi   va   musulmоnlarning   hayotini
bоshqaruvchisi shariat dеb hisоblaydilar.
Tasavvuf   va   tasavvuf   falsafasi   O’rta   va   Yaqin   Sharq,   Turkistоn,   Xurоsоn,   va
bоshqa   islоm   tarqalgan   mamlakatlarda   diniy-falsafiy   tafakkurning   o’ziga   xоs
yo’nalishi   sifatida   shakllandi   va   kеng  qulоch   yozdi.   Individual   va  ijtimоiy  оngda
shakllangan   tasavvufiy   g’оyalar   islоm   dini   ta’limоti   va   talablarini   kishilarda
mustahkamlanib o’ziga xоs ahamiyati bo’ldi.
Islоm   dunyosida   buyuk   tasavvufchilar   va   ularning   qarashlari.   Buyuk
tasavvufchilardan   Ibrоhim   Ibn   Adqam,   Abu   Yazid   Bistоmiy,   Mansur   al-Xallоj,
Abu   Bakr   ibn   Musо   al-Vasitiy   al-Farxоniy,   as-Sulоmiy,   Yusuf   Hamadоniy,
Axdоad Yassaviy, Najmiddin Kubrо, Jalоliddin Rumiylar o’rta asrlarda Turkistоn,
Xurоsоn  va Erоnda еtishib  chiqib tasavvuf  madaniyatini  rivоjlantirishga  munоsib
hissa qo’shganlar.
Bundan   tashqari   bu   davrda   bоshqa   mamlakatlarda   xususan   arablardan   еtishib
chiqqan mutasavviflar Zunnun Misriy, Hasan al-Basriy, Ibn al-Farid, Ibn al-Arabiy
va bоshqalar ham tasavvuf rivоjiga o’z salmоqli hissalarini qo’shdilar.
Tasavvuf   ta’limоtida   bоrliq,   bilish   muоmmоsi,   axlоqiy   katеgоriyalar   kabi   insоn
hayoti bilan bоg’liq ko’pgina narsalarga munоsabat bildirgan.
Bu   ta’limоt   bo’yicha   bilishdan   maqsad   bu   ilоhiy   mоhiyatni,   ilоhiy   haqiqatni
bilishdir. Ya’ni bilish (ma’rifat) ilоhiy kuchning uning barcha artibutlari (xоssalari,
xususiyatlari) bilan bilishdan ibоrat.
Islоm   falsafasi   shakllangandan   so’ng   o’rta   asr   musulmоn   madaniyati,   ma’naviy
hayotga   оid   masalalarni   bеmalоl   mushohada   qilish   imkоniyatiga   ega   bo’ldi.   Bu
Markaziy   Оsiyo   halqlari   milliy-diniy   mafkurasining   shakllanishiga   kuchli   ta’sir
etdi.  Yana  bu  falsafada  imоn  butunligi,  e’tiqоd  sоbitligi   uchun  kurash  jarayonida
diniy   bag’rikеnglik,   sabr-tоqatlilik   va   hurfikrlilik   mayllariga   ham   yo’l   оchildi.
Shuning uchun bu davrda turli din vakillari  o’rtasida muhim  masalalar  yuzasidan
muhоkama va munоzara qilish imkоniyati vujudga kеldi.
Islоm   falsafasidagi   g’оyaviy   bagrikеnglik   tufayli,   uning   mazmunida   dunyoviy-
ratsiоnalistik   va   insоnparvarlik   mayllari   kuchayiib,   umumbashariy   ahamiyat   kasb eta   bоshladi.   XII   asrga   kеlib   musulmоn   madaniyati   va   islоmning   xuquqiy
sistеmasi-Shariat (Marg’inоniy va bоshqalar) ishlab chiqildi.
Kalоm   falsafasiniig   yirik   yo’nalishi   vakillaridan   biri   -mo’’taziliylardir.   Ular
Damashq   va   Bag’dоd   xalifaligi   hayotida   VIII-IX   asrlarda   muhim   o’rin   tutganlar.
Al-Hasan   al-Basriy   (vafоti   728   yil)   davrasidan   shogirdlari   Vоsil   ibn   Atо   (vafоti
748   yil)   va   Amr   ibn   Ubay   (vafоti   761   yil)   ajralib,   alоhida   bo’lib   chiqadilar   va
«mo’’tazila» (ajralganlar) nоmini оladilar. Ular al-adliyyun, al-adliyya, axl al-adl;
axd  al-adl   vat-tavhid   kabi   nоmlar   bilan   ham   atalganlar.  Bu   nоmlar   ular   tayangan
bеsh asоsning  dastlabki  ikkitasi  bilan bоg’langandir. Mo’’taziliy Abul  Huzayl  al-
Allоf   (849   yil   vafоt   etgan)   davriga   kеlib   tugal   yoyilib   bo’lgan   bu   bеsh   asоs
quyidagilar:   1)   «Adоlat»   (al-adl)   ilоhiy   adоlat   insоnning   irоda   erkinligini   taqоzо
etadi.   Allоh   faqat   yaxshilik   (al-aslah)   ijоdkоri   bo’lib,   u   umr   davоmida   bеlgilab
qo’ygan   narsalar   tartibining   buzilishiga   yo’l   qo’ymaydi.   2)   «Yakkaxudоlik»   (at-
tavhid)   Allоhning   yagоnaligini   e’tirоf   etish,   ko’pxudоlik   (pоlitеizm)   va   xudоni
оdam   qiyofasida   tasavvur   qilish   (antrоpоmоrfizm)ni   inkоr   qilish.   3)   «Va’da   va
taxdid» (al-va’d val-vaid)-mo’’taziliylar bilan birga xоrijiylar ham e’tirоf etgan bu
qоidaga ko’ra Xudо mo’minlarga jannat, kоfirlarga do’zax va’da qilgan bo’lsa, o’z
va’dasida   turishi   lоzim,   ya’ni   Payg’ambar   (s.a.v.)   shafоatlariyu,   Allоhning
Rahmоn,   Rahimligi   ham   yordam   bеrmasligi   kеrak.   Chunki   insоn   xatti-harakati
uchun   to’liq   javоb   bеrishi   lоzim.   4)   «Оraliq   hоlat»   (al-manzila   baynal   -
manzilatayn)   -gunоh   kabira   qilgan   musulmоn   mo’minlar   katоridan   chiqariladi
(murji’lar   fikriga   qarshi),   lеkin   kоfir   bo’lib   qоlmaydi   (xоrijiylar   fikriga   ko’ra),
balki оraliq hayotda bo’ladi. Bu qоida birinchi  mo’’taziliylarniig Hasan al-Basriy
davrasidan   ajralib   chiqishiga   sabab   bo’lgan   edi.   Hasan   al-Basriy   unday
musulmоnlarni   munоfiq   dеb   hisоblagan.   5)   «Yaxshilikka   da’vat   va   yomоnlikdan
qaytarish»   (al-amr   bil-ma’ruf   van-nahy   anil-munkar)   -   barcha   vоsitalar   bilan
(zo’rlik qilib bo’lsa xam) bu hukm bajarilishi lоzim.
Abbоsiylar   xalifaligi   davrida   al-Mamun   (813-833)   va   uning   izdоshi   al-Mutasim
(833-842)   va   al-Vоsiq   (842-847)   mu’taziliychilik   asоsiy   davlat   dini   bo’lib   turdi.
Bu   din   vakillari   har   tоmоnlama   qo’llab-quvvatlanib   katga   davlat   tizimida   turli
rahbarlik   lavоzimlari   ham   bеrildi.   Qur’оnning   yaratilganligini   inkоr   etuvchi
ilоhiyotchilarga   salbiy   munоsabatda   bo’lindi.   Mu’taziliylar   aqidalarini   qabul
qilmagan   ilоhiyotchilar   al-Mamunning   827   yildagi   "mixna"   nоmli   farmоyishga
asоsan   chоra   ko’rildi.   Mo’’taziliylarning   qazо   va   qadar   masalasidagi   fikrlari
qadariylarnikiga yaqinligi uchun ularni qadariylar dеb ham atashadi, lеkin ularning
o’zlari   buni   inkоr   etadilar.   Allоhning   zоti   va   sifati   haqida   jahriylarning   fikrlari
bilan yaqin bo’lganligi uchun ularni bir-biridan ajratmaydilar.
Sharq   aristоtеlizmining   asоschisi   al-Kindiy   (800-879)ning   falsafiy   qarashlari
mo’’tazshshylar ta’limоtiga juda yaqin edi, Shuning uchun halifa Mutavakkil (847-
861)   yillar   bоshqargan   davrida   u   ham   ta’qib   оstiga   оlingan.   Kindiy   fikricha, оlamning   yaratuvchisi   Allоh   bo’lib,   u   azaliy   va   tanhо,   lеkin   tabiatdagi   barcha
narsalar   matеriyadan   tashkil   tоpgan,   matеriya   eоa   оlоv,   suv,   havо   va   tuprоkdan
ibоrat.   Kindiy   matеriya,   shakl,   fazо,   vaqt   va   xarakatdan   ibоrat   bеsh   substantsiya
kоntsеptsiyasini  ilgari  surgan. U birinchi  bo’lib, aklning to’rt  xil  (aqliy, imkоniy,
erishilgan   va   namоyon   bo’ladigan   tarzda)   ko’rinishi   haqida   fikrlar   majmuasini
ishlab chiqqan.
Mo’’taziliylar   hоkimiyat   masalasida   xalifa   bo’lish   lоzimligini   uqtirdilar.   Ilk
mo’’taziliylar   xalifa   kurayshlik   bo’lishi   shart   emas,   dеb   hisоblaganlar,   lеkin
kеyingi davrlardagi ayrim mo’’taziliylar esa qurayshlik lоyik оdam bo’lsa bоshqa
kishi   xalifa   bo’lishi   mumkin   emas,   dеb   hisоblaganlar.   Ularning   fikricha,   imоm
ilоhiy   ko’rsatma   bo’yicha   hоkimiyat   tеpasiga   kеlmaydi,   balki   u   ijtimоiy,   etnik
chiqiyidan   qat’iy   nazar,   musulmоn   jamоasidan   saylanishi   lоzim.   Xоrijiylarga
o’xshab   ular   adоlatni   imоm   uchun   eng   zaruriy   sifat,   dеb   hisоblaydilar   va
o’zlarining   bеshinchi   aqidalariga   ko’ra,   adоlatsiz   imоmni   hattо   kuch   bilan
lavоzimidan chеtlatish lоzimligini ta’kidlaydilar.
Falsafiy   tafakkurning   shakllanishida   va   Markaziy   Оsiyo   xalkdari   milliy-diniy
mafkurasining   qarоr   tоpishida   Marg’inоniyning   “Al-Hidоya”   faqat   o’rta   asrlarda
yoki   hоzirgi   kunlardagina   emas,   balki   u   shariat   qоmusi,   qоnun   chiqarish   asоsi
bo’lishidan   tashqari   har   qanday   ta’lim   va   tahsil   sоhasida   asоsiy   manba’   bo’lib
xizmat qilmоqda.
Islоm nafaqat diniy ta’limоt, balki dunyoqarash sifatida kеng tarqala bоrishi bilan,
uning   nazariy,   falsafiy,   huquqiy   tamоyillarini   ishlab   chiqishga   e’tibоr   kuchaya
bоshladi. Natijada IX-X asrlarga kеlib Qur’оnga asоslangan maxsus islоm ilmlari.
Ya’ni diniy ilmlar shakllana bоshladi. Masalan, Qur’оndan kеyin ikkinchi o’rinda
turadigan   hadislar,   ya’ni   Muhammad   payg’ambarning   nasihatlari,   so’zlari,
rivоyatlarni   to’plashga   qaratilgan   maxsus   yo’nalish-hadisshunоslik   rivоjlandi.   Bu
jarayonda   qadimiy   an’analarga   bоy   bo’lgan   Markaziy   Оsiyoda   yеtishib   chiqqan
allоmalar Imоm Buxоriy, at-Tеrmiziy, Yassaviy, Naqshband, Kubro va bоshqalar
katta xissa qo’shganlar.
Islоm   falsafasi,   xususan   islоmiy   qadriyatlarni   targ’ib   va   tashviq   qilish   natijasida
kishilarda   imоnli   insоnlar   jamоasi   shakllanib   insоf,   diyonat,   vijdоn,xalоl-pоklik,
insоnparvarlik,   kambag’alparvarlik,   hayri-ehsоnli   bo’lish   kabi   axlоqiy   fazilatlar
mustahkamlanib   bоrdi.   Zеrо,   islоm   ilоhiyoti   nuqtai   nazaridan   imоn   va   e’tiqоd
(ixlоs)   bir   "o’lchоv   tarоzusi"ni,   bundan   insоn   o’z   xatti-harakatlarini   o’zi   qabul
qilgan dunyoqarash nеgizida bahоlaydi, ya’ni Allоh yo’lidan tashqariga chiqmaslik
uning tafakkur va turmush tarziga aylanadi.
Dinshunоslik,   ayniqsa,   dinlar   falsafasi,   hurfikrlilik   g’оyalari   bilan   ham   uzviy
bоg’liqlikda   rivоjlangan.   Dastlabki   hurfikrlilik   g’оyalari   Markaziy   Оsiyoda   -
dеizm, pantеizm, mo’tazililar, bu o’lkada yashagan, ijоd qilgan ulug’ mutafakkirlar Fоrоbiy, Bеruniy, Ibn Sinо, Umar Xayyomning ijtimоiy-falsafiy qarashlarida, Ibn
Rushdning   «Ikki   haqiqat»   ta’limоtida   оlg’a   surilgan   edi.   XVII   asrda   Bоburning
nabirasi   Shoh   Akbar,   so’ngra   XVIII   asrda   frantsuz   faylasuflarining   dinga,   diniy
tashkilоtlarga   munоsabati   XIX   asrda   ilmiy   dinshunоslik   xususida   yangi   оqim,
yo’nalish va nazariyalar yuzaga kеlishiga katta turtki bo’lgan.
Shunday qilib, islоm ta’limоti tarixida amalga оshirilgan nazariy va amaliy ishlar
Mоvarоunnahr, Xurоsоn va Erоnda, umuman O’rta Оsiyo va Yaqin Sharq xalqlari
diniy-falsafiy   tafakkurida   birinchidan,   ilmiy-falsafiy,   madaniy   ahamiyatga   ega
bo’ldi;   ikkinchidan,   ular   qоldirgan   ilmiy-madaniy   mеrоs   dinshunоslik   va   dinlar
falsafasi fanlarining shakllanishiga zamin bo’lib xizmat qildi.
Islоmning   paydо   bo’lishi   va   uning   ta’limоtini   ilmiy   nuqtai   nazardan   o’rganish,
umuman   islоmshunоslik   masalasi   XX   asrning   30-yillarga   kеlib   sоbiq   sоvеt
tuzumida jiddiy ravishda o’rtaga qo’yildi. Uzbеkistоn оlimlari esa islоm tarixi  va
islоmshunоslik   bo’yicha   50-60-yillardan   bоshlab   ilmiy-tadqiqоt   ishlarini   оlib
bоrdilar.   Akadеmik   I.Mo’minоv   rahbarligida   tadqiqоtchi   оlimlardan   A.Оrtiqоv,
M.Usmоnоv, S.Azimоv, О.Suxarеva va bоshqalar ilmiy ishlar оlib bоrdilar. 70-80-
yillarga   kеlganda   islоm   va   uning   ta’limоti,   islоmshunоslik   sоhasida   akadеmik
M.Xayrullaеv,   N.Ibragimоv,   оlimlardan   J.Bоzоrbоеv,   I.Jabbоrоv,   Ibrоhim
Karimоv,   A.Оchildiеv,   T.Tоshlоnоv,   I.Xo’jamurоdоv,   I.Xudоybеrdiеv,
О.Bоzоrоv,   A.Abdusamеdоv   va   bоshqalar   dinlar   tarixi   ta’limоti   va   dinshunоslik
faniga munоsib hissalarini qo’shdilar.
Оlimlarning   bu   sоhadagi   izlanishlari   natijasida   XIX   asrning   оxiri   XX   asrning
bоshlarida dinshunоslikda qatоr nisbatan mustaqil fan tarmоqpari: dinlar falsafasi,
din   tarixi,   din   psixоlоgiyasi   va   din   sоtsiоlоgiyasi   vujudga   kеldi.   Ular   dinning
o’ziga   xоs   tоmоnlarini   tadqiq   qilish   bilan   shug’ullanlar   .   Bu   fanlar   to’plagan
nazariy va amaliy ma’lumоtlar dinshunоslik va dinlar falsafasi uchun ham muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
Mustaqillik   sharоfati   bilan   islоm,   uning   ta’limоtini   o’rganish,   islоmshunоslik   va
dinshunоslik   sоhasida   ilmiy   tadqiqоt   ishlarini   amalga   оshirish   uchun   kеng
imkоniyatlar   yaratildi.   Shu   davr   ichida   Qur’оni   karimning   o’zbеk   tiliga   uchta
tarjimasi taqdim qilindi va ko’plab yangi-yangi asarlar, to’plamlar, maqоlalar chоp
etilmоqda.
1.3  Dinlarni tasniflashda G’arb оlimlarining qarashlari.   Dinlar falsafasi, din kelib
chiqishi ilmiy-falsafiy  o’rganish, ilmiy tadqiq qilish asоsan XVIII asrning ikkinchi
yarmi   va   XIX   asrda   jiddiy   tus   оldi.   Shu   davrdan   bоshlab,   Yevropa   оliy   o’quv
yurtlarida   bu   fan   o’qitila   bоshlandi.   XX   asrning   ikkinchi   yarmidan   bоshlab,
«Dinlar falsafasi», «Dunyo dinlari tarixi»  MDH оliy o’quv yurtlarining falsafa va ba’zi   gumanitar   fakul’tеtlarida   bu   fan   o’z   o’rnini   tоpa   bоshladi.   Shu   davr   ichida
Yevropa tillarida bir qancha darsliklar va mоnоgrafiyalar chоp etildi.
Shunday   qilib,   XVIII   asr   va   XIX   asrning   birinchi   yarmida   tadqiqоtchilar
tоmоnidan   to’plangan   nazariy   ma’lumоtlar   gumanitar   fanlar   sоhasida   yangi
fan-«dinshunоslik»   ning   shakllanishiga   оlib   kеldi.   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida
dinshunоslik   fani   falsafa,   antrapоlоgiya,   etnоgrafiya,   arxеоlоgiya,   tilshunоslik,
qiyosiy   mifоlоgiya   va   fоl’klоr   kabi   fanlar   bilan   to’qnashgan   hоlda   jahоndagi
dinlarni tadqiq qilishga kirishdi.
Din   haqidagi   yangi   fanni   vujudga   kеltirish   harakati   Yevropa   klеrikallari   (din
himоyachilari) tоmоnidan salbiy qabul qilinib, unga qarshi tanqidiy fikrlar aytildi.
Ular o’z e’tirоzlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asоslashga harakat qildilar.
Ularning   fikricha,   dinni   ratsiоnal   (akliy)   uslubda   o’rganish   mumkin   emas   ekan,
chunki din o’z mazmuni bilan irratsiоnal (aqldan yuqоri) elеmеntlarga ega. Amaliy
jihatdan   dinni   o’rganish   esa,   ya’ni   turli   dinlarning   qiyosiy   taxlili   diniy
qadriyatlarning axamiyatining pasayishiga оlib kеladi.
Bunday   e’tirоzlarning   mavjudligiga   qaramasdan   Yevropa   jamоatchiligida
dinshunоslikka   bo’lgan   qiziqish   so’nmadi.   XIX   asrning   70-yillaridan   bоshlab
dinlar falsafasi va tarixi fanidan Angliya, Gоllandiya, Gеrmaniya, Frantsiya, Italiya
va bоshqa mamlakatlarning yirik  univеrsitеtlarida ma’ruzalar o’qila bоshlandi.
Shunday   qilib,   dinlar   falsafasi   diniy   xususiyatlarining   ichki   chuqur   mоhiyatini
оchib   bеrsa,   sоtsiоlоgiya,   psixоlоgiya,   fеnоmеnоlоgiya,   din   tarixi   ularning
muayyan kоnkrеt sharоitda tutgan o’rni, darajasi, ta’siri haqidagi ma’lumоtlar bilan
bоyitadi.
Dinlar   falsafasining   shakllanishi   va   rivоjlanishi.   Dinlar   falsafasining   shakllanishi
va   rivоjlanishi   falsafiy   ta’limоtning   vujudga   kеlishi   bilan   bоg’liq   bo’lgan.
Insоniyat   tarixidagi   eng   qadimiy   ilmlardan   bo’lgan   falsafaning   dastlabki
elеmеntlari qadimgi Bоbil, Yunоnistоn va Rimda milоddan avvalgi VI-V asrlarda
vujudga   kеlgan   bo’lsa,   tsivilizatsiyaning   kеyingi   bоsqichlarida   u   muayyan   tizim
sifatida   dinga   o’z   munоsabatini   bildirishga   harakat   qilgan.   Falsafaning   prеdmеti
оb’еktiv   оlam   va   uning   yashashi,   rivоjlanishi   hamda   taraqqiyoti,   hayot   va   insоn
umrining   mоhiyati   haqida   baxs   yuritsa,   diniy   ta’limоtlar   ham   ana   shu
masalalarning   yechimini   o’ziga   xоs   hоllarda   muyayan   dunеkarash   shaklda   talqin
qiladi.   Shuning   uchun   falsafa   tarixining   muhim   masalalaridan   biri   dinning
mazmun-mоhiyatini,   insоnning   shaxsiy   va   ijtimоiy   hayotidagi   tutgan   o’rnini
aniqlash hamda taxlil qilish bo’lgan .
Ilоhiyot   bilan   shug’ullanish   va   uni   rivоjlantirish.   ilоxiyotchi-оlimlar   tоmоnidan
o’rta   asrlardan   bоshlab   hоzirgacha   davоm   etmоqda.   Bu   hоlat   faqat   islоm
dinidagini   emas,  balki  dunyodagi  barcha   milliy  va  jahоn  dinlarida  mavjud.  Hattо
qadimgi   Yunоnistоnda   din   falsafasi   bilan   shug’ullanilgani   manbalardan   ma’lum. Masalan,   qadimgi   Yunоvistоnda   mil.   av.   VI-V-asrlarda   falsafa   din   bilan   juda
bоg’liq   bo’lib,   Xudо   xaqidagi   xalqning   оddiy   tasavvurlarini   tanqid   qilish   оrqali
faylasuflar   uning   оliy-ilоhiy   hоlatini   tiklashga   intilganlar.   Falеs,   Gеraklit,
Anaksimandr   din   falsafasi   bilan   xam   shug’ullangan   bo’lsalar   Pifagоr   diniy
rеfоrmatоr hisоblangan.
Dinning   vujudga   kelish   sabablarini   ilmiy   o‘rganish   qadimgi   davrlardan
boshlangan.   Dastlabki   ilmiy   qarashlar   Qadimgi   Sharq   va   Qadimgi   O‘rta   Yer
dengizi sivilizatsiyalarida namoyon bo‘lgan. O‘rta Yer dengizi havzasida vujudga
kelgan   Qadimgi   Grek   va   Rim   sivilizatsiyalarida   dinning   vujudga   kelishini   ilmiy
o‘rganishda   katta   yutuqlar   qo‘lga   kiritilgan.   Qadimgi   grek   mutafakkirlari   bunga
munosabat   masalasida   ikki   oqimga   bo‘linadi.   Birinchi   oqim   tarafdorlari
odamlarning xudoga e’tiqod qilishi sabablarini  ruhiy (ideal) kuchlarning obyektiv
mavjudligi   bilan   bog‘lab   tushuntirganlar;   ikkinchi   oqim   tarafdorlari   esa   dinning
vujudga kelishini  tabiiy va ijtimoiy sabablarini  axtarib topishga harakat qilganlar.
Ularning   fikrlariga   ko‘ra,   din   o‘z-o‘zidan   (immanent)   vujudga   kelmagan,   balki   u
odamlarni qo‘rqitish va jamiyat qonunlarini bajarishga majbur qilish uchun o‘ylab
topilgan. Qadimgi grek mutafakkirlaridan biri bo‘lgan Demokrit dinni odamlarning
tabiatdagi   dahshatli   kuchlardan   qo‘rqishlari   va   ular   oldidagi   ojizliklar   sababli
vujudga  kelgan   deb   hisoblagan.   Albatta,   buni   inkor   etib   bo‘lmaydi,   lekin  xudoga
munosabatda   odamlarda   ko‘proq   qo‘rqinch   hissi   emas,   balki   mehr-muhabbat
tuyg‘usi ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari, qo‘rqinch hissining odamda naf- ratni
vujudga keltirishini ham unutmaslik kerak.
Antik   davr   hurfikrligi   dinning   vujudga   kelishi   sabablarini   moddiy   borliq   bilan
uzviy   bog‘lab   tushuntirishda   erishgan   yutuqlari   ilmiy   dinshunoslikning   vujudga
kelishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘rta   asrlarda   ijtimoiy   va   siyosiy   shart-sharoitlar   ta’sirida   dinning   iqtisodiy,
siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni va mavqei yanada ortdi. Cherkov va ruhoniylar
dunyoviy   hokimiyatga   da’vogarlik   qilish   bilan   birga   hurfikrlikning   har   qanday
ko‘rinishlariga   qarshi   keskin   kurashdilar.   Mutafakkirlarning   haqiqatni   izlash
yo‘lidagi   sa’y-harakatlarida   diniy   dogmalar   doirasidan   chetga   chiqishga   yo‘l
qo‘yilmadi.
Yevropada Uyg‘onish davriga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy  hayotda amalga
oshirilgan   o‘zgarishlar   (kapitalistik   munosabatlarning   vujudga   kelishi   va
rivojlanishi,   fan   va   san’atning   yuksalishi,   gumanizm   va   reformatsiya   harakatlari)
natijasida hurfikrlilik asta-sekin qayta tiklana boshlagan. Ingliz mutafakkiri Tomas
Gobbs   (1588–1679   yillar)   dinning   vujudga   kelishi   sabablarini   odamlarning   tabiat
va   jamiyat   rivojlanishi   qonuniyatlarini   bilmasligi,   ular   oldidagi   ojizligi,   doimo
tahlika   va   qo‘rquvda   yashashlari   bilan   bog‘lab   tushuntirgan.   Niderlandiyalik
mutafakkir B. Spinoza esa (1632–1677 yillar) T. Gobbsning g‘oyalarini rivojlantirgan. U o‘z
kuchiga ishonmaslik, umid va qo‘rquv o‘rtasida doimiy ikkilanish odamlarga xos
deb   hisoblagan   va   diniy   e’tiqodning   ular   ta’sirida   vujudga   kelgani   to‘g‘risidagi
g‘oyani ishlab chiqqan.
XIII   asrda   feodal   tuzum   inqirozi   sababli   burjua   revolutsiyalarining   yangi   kuch
bilan   Yevropada   yoyilishi   mutafakkirlarning   dinga   munosabatida   o‘ta   keskin
namoyon   bo‘lgan.   Din   –   feodal   tuzumning   inqirozi   sababchisi   va   ijtimoiy
taraqqiyotga   to‘sqinlik   qiluvchi   kuch,   degan   kayfiyat   ustuvorlik   qilgan.   Bunday
fikr   ayniqsa   fransuz   ma’rifatparvarlarining   qarashlarida   keskin   namoyon   bo‘lgan.
Ma’ri-  fatparvar  P. Golbax (1723–1789)  dinni  kishining  xayolida vujudga kelgan
safsata deb baholagan. F. Volter (1694–1778) diniy e’tiqod va cherkov an’analarini
tanqid qilib, agar din bo‘lmaganida uni o‘ylab topish kerak edi, deb P. Golbaxning
fikrini qo‘llab-quvvatlagan. Ma’rifatparvar P. S. Mareshal (1750–1803) dinni
tanqid qilishda   yanada   keskin   fikr   bildirgan   va   din   inson   uchun   afyundir
degan xulosaga kelgan.
Ma’rifatparvar   mutafakkirlarning   din   vujudga   kelishi   sabablarini   o‘rganishda
aytgan   mulohazalarini   amaliyotdan   yiroq   deb   bo‘lmaydi.   Lekin   ularning
muammoni o‘rganishdagi ilmiy-obyektiv yondashuvlari buzilganligi shubhasizdir,
chunki dinni quruq safsatadan iborat voqelik yoki inson uchun afyun deb baholash
uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘liq inkor etishdan boshqa hech narsa emas.
Ayni damda ma’rifatparvarlarning, o‘ta keskin bo‘lsa-da, dinning vujudga kelishini
ijtimoiy   hayot   bilan   bog‘lab   tushuntirishga   urinishlari   antik   davr   hurfikrligining
qayta tiklanishi va jamiyatda mustahkam o‘rniga ega bo‘lishiga sharoit yaratganini
qayd etish lozim.
XIII   asrda   dinning   mohiyati   va   vujudga   kelishi   sabablarini   kompleks   o‘rganish
boshlagan.   Ilmiy   dinshunoslik   maktablari,   yo‘nalishlari   va   ta’limotlari   paydo
bo‘lgan.   Birinchilar   qatorida   V.Grimm,   M.Myuller   kabi   shaxslar   rahbarligida
mifologik   maktab   vujudga   kelgan.   Ushbu   maktab   vakillari   diniy   e’tiqodlarni
qadimgi   munajjimlar   bajarganlar   va   afsonalarda   ta’riflangan   marosimlarni
o‘rganishdan   paydo   bo‘lgan   deb   hisoblaganlar.   Ammo   maktab   vakillari
rivojlangan diniy tizimlarni tahlil qilishda aniq xulosalar bermaganlar.
Dinning   paydo   bo‘lishini   o‘rganishda   o‘sha   davrda   antropologik   maktabning
vujudga   kelishi   muhim   bo‘ldi.   Ushbu   maktabning   vakillaridan   biri   L.Feyerbax
(1806–1880)   dinni   tushuntirishda   uning   yyerdagi     manbalari   va   ildizlarini   izlab
topishga   harakat   qilgan.   Odamlar   din   timsolida   o‘zlarining   tasavvurlari   orqali
vujudga   keltirilgan   obrazlarga   sog‘inadi   deb   diniy   qarashlar   va   hissiyotlar
kishilarda tug‘ma mavjudligi  to‘g‘risidagi  ilohiyot  g‘oyasini  tanqid qilgan. Uning
vujudga  kelishi  sabablarini   odamlarning  ruhiy  fiziologik  xususiyatlari   va  qurshab
turgan   tabiatdan   axtarib   topishga   harakat   qilgan.   Mutafakkir   diniy   e’tiqodning
vujudga kelishida salbiy his-tuyg‘ular, ya’ni qo‘rqish, qayg‘u-iztirob kabilar bilan birga   shodlik,   mehr-oqibat,   sevgi,   minnatdorlik   singari   ijobiy   his-tuyg‘ular   ham
ishtirok etishini qayd etgan.
XIX   asrning   o‘rtalarida   vujudga   kelgan   marksizm   dinni   o‘rganishda   o‘zgacha
yondashuvga   asoslanadi.   Unda   ijtimoiy   shart-sharoitlar   va   jamiyat   rivojlanishi
darajasiga   alohida   e’tibor   beriladi.   Marksizm   ta’limotiga   binoan,   individ   shaxs
sifatida   tarixiy   shart-sharoitlar   ta’sirida   shakllanadi.   Shu   bois   diniy   tasavvurlar
inson ongida emas, balki tarixiy jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Din turlarining
rivojlanishi   ham   o‘z-o‘zidan   yuz   bermaydi.   Ular   ijtimoiy   shart-sharoitlarning
pishib yetilishi va jamiyatning rivojlanishi ta’sirida o‘zgarib boradi.
Marksizm dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati masalasida dinni hukmron
sinflarning   afkor   xalq   ommasini   ezish   vositasi,   ijtimoiy   taraqqiyotga   qarshi   kuch
hamda ma’naviy zulm shakli deb baholagan.
XIX   asrda   dinning   vujudga   kelishi   sabablarini   antropologik   yondashuvidagidek
ibtidoiy   odamning   abstrakt   tafakkuri   mahsuli,   ongning   mantiq   qoidalariga   zid
kelishi natijasi sifatida baholash va marksizmdagi  hukmron sinflarning afkor xalq
ommasini   ezish   vositasi,   ijtimoiy   taraqqiyotga   to‘sqinlik   qiluvchi   kuch   kabilar
bilan bog‘lab tushuntirishdan farq qiluvchi g‘oyalar vujudga kelgan.
XIX   asrning   oxiri   –   XX   asrning   boshlarida   dinni   sotsiologik   o‘rganishda   katta
yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu sohada nemis mutafakkiri M.Veber  (1864–1920)
va fransuz  mutafakkiri   E.   Dyurkgeymlarning   (1858–1917)
xizmatlari katta bo‘lgan.
M.   Veberning   fikriga   ko‘ra,   sotsiologiyani   dinning   manbalari   va   metafizik
mohiyati   masalasi   emas,   balki   uning   mavjudligi,   shart-sharoitlari   qiziqtiradi.
Sotsiologiya   esa   diniy   g‘oyalar   va   tasavvurlarning   kishilar   xatti-harakatlari   va
ijtimoiy hayotga ta’siri kabi masalalarni o‘rganishi kerak.
M.   Veber   sotsiologiya   predmetini   dinning   sotsial   funksiyasidan   kelib   chiqqan
holda   belgilagan.   Dinni   individ   va   jamiyatning   ahamiyati,   simvollari   va
qadriyatlarini belgilovchi madaniy tizim, ijtimoiy institut deb hisoblagan.
Din   qadriyatlarning   birlamchi   asosidir.   Zero,   din   kishi   harakatiga   ma’no   va
mazmun   baxsh   etuvchi   eng   muhim   usul   sifatida   uning   maqsadini   belgilaydi.   Din
vositasida   dunyo   manzarasi   ishlab   chiqiladi,   unda   amal   qiladigan   qadriyatlar   va
normalar   tizimi   hosil   qilinadi.   Bu   esa   hayot   uchun   nimalar   ahamiyatli   yoki
ahamiyatsiz ekanligini aniqlovchi vosita vazifasini bajaradi.
E.   Dyurkgeym   dinni   o‘rganishda   M.   Veberga   nisbatan   tamoman   bosh-   qacha
yondashadi. U dinni o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlarning umumiy prinsiplariga
tayanadi.   Uning   fikriga   ko‘ra,   sotsial   ma’lu-   motlarning   manbai   tafakkurda   yoki
alohida   olingan   kishilarning   xatti-   harakatlarida   emas,   balki   jamiyatdadir.   Sotsial
voqelik hosil bo‘lishi uchun kamida bir necha kishi birlashib harakat qilishi va bu jarayon   yangi   natijani   vujudga   keltirishi   kerak.   Mazkur   jarayonlarning   natijasi
individ ongidan tashqarida yuzaga kelganligi sababli, individual tafakkurlar uchun
xatti-harakatlar,   qadriyatlar   va   normalar   namunasi   vujudga   keladi   va
mustahkamlanadi.   Natija   ijodiy   jarayonda   ishtirok   etayotgan   individ   uchun
obyektiv   voqelikka   aylanadi.   Din   ijtimoiy   voqelik   bo‘lib,   unda   boshqa   ijtimoiy
institutlarni   o‘rganishdagi   uslublar   va   baholash   mezonlaridan   ham   foydalanish
mumkin.
Din   muayyan   ijtimoiy   ehtiyojlarni   ta’minlash   maqsadida   yuzaga   kelgan   ijtimoiy
institutdir. Uning manbai odamlarning ijtimoiy hayotidan kelib chiqadi. Din orqali
jamiyat   o‘zini   ilohiylashtiradi.   Uning   mavjudligi   va   mohiyati   ijtimoiy   his-
tuyg‘ularni   muqaddaslashtirishga,   jamiyatning   shaxsga   ta’sirini   mustahkamlashga
xizmat qilishdan iborat bo‘ladi.
Dinni   sotsiologik   o‘rganish   uni   ijtimoiy  voqelik   sifatida  yondashuvga   asoslanadi.
Lekin   din   nafaqat   sotsiologik,   balki   ruhiy   voqelik   ham   hisoblanadi.   Din
psixologiyasi   vakillari   uni   o‘rganishda   ushbu   jihatlariga  alohida   e’tibor   beradilar.
Ular   dinning   vujudga   kelishi   sabablarini   odamni   o‘rab   turgan   tashqi   dunyodan
emas, balki insonning o‘zida, ichki borlig‘i va hissiy-irodaviy kechinmalarida deb
hisoblaydilar.
Din   psixologiyasini   o‘rganishda   Z.   Freydning   (1856-1939)   xizmatlari   katta
bo‘lgan.   Z.   Freyd   dinni   inson   faoliyatining   mahsuli   deb   hisoblagan.   U   dinning
kishi   tabiatga   qaramligi   sababli   vujudga   kelganligini   qayd   etgan   holda   bilishning
irratsional   (lotinchada   –   mantiqsizlik,   tafakkurga   zid   qarashlar   degan   ma’nolarni
anglatadi)   mexanizmlarini   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   ekanligi   alohida
ta’kidlagan.
Z.   Freydning   ta’limotiga   ko‘ra,   inson   psixikasi   uch   darajaning   o‘zaro
hamkorligidan   hosil   bo‘ladi:   ongsizlik,   ong   oldi   va   onglilik   darajalari.   Bularning
ichida   ongsizlik   darajasi   psixikada   katta   ahamiyatga   ega.   Inson   psixikasining   bu
darajasida   tabiiy   instinktlar   va   «birlamchi   mayllar»   ustuvorlik   qiladi.   Z.   Freyd
asosiy mayllar qatorida jinsiy mayllarni ustun qo‘ygan. Individning ongsizlik bilan
bog‘liq   mayllari   jamiyat   uchun   katta   xavf-xatar   tug‘diradi.   Jamiyat   o‘zini   kishi
mayllaridan   himoya   qilishi   uchun   ijtimoiy   normalar   va   boshqa   madaniyat
elementlaridan   iborat   ustqurma   mexanizmlarni   vujudga   keltirgan.   O‘ta   kuchli
tabiiy   ehtiyojlarni   ijtimoiy   normalar   bilan   tiyib   turish   din   yordamida
mustahkamlanadi.
Z.Freydning   fikriga   ko‘ra,   tabiiy   mayllarning   tiyilishi   individ   psixikasida   nevroz
holatini vujudga keltiradi. Din ham jamoa nevrozining bir turidir. Lekin din jamoa
nevrozi   sifatida   kishini   individual   iztiroblardan   saqlaydi,   individual   nevrozning
rivojlanishini to‘xtatadi va fojiali oqibatlarga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yuqorida   qayd   etilgan   fikrlardan   kelib   chiqib,   dinni   vujudga   kelishi   sabablarini
uning alohida xususiyatlarini o‘rganish bilan to‘liq tushuntirib bo‘lmasligiga amin
bo‘lamiz.   Masalaga   bunday   yondashuv   dinni   kompleks   o‘rganishni   taqozo   etadi.
Zero,   kompleks   o‘rganish   uning   jamiyatda   takror   ishlab   chiqarishga   sabab
bo‘ladigan ildizlarini aniqlashga yordam beradi.
Dinning   vujudga   kelishi,   avloddan-avlodga   o‘tib   borishi   va   ri-   vojlanishi   uchun
shart-sharoitlarni   shakllantiruvchi   omillar   uning   ildizlari   deb   ataladi.   Dinning
ildizlari uch qisimga bo‘linadi. Ularning har biri dinni o‘rganishda juda muhim. Bu
qisimlar   birgalikda   dinning   vujudga   kelishi   uchun   shart-sharoit   yaratadi.   Ular
quyidagilardan iborat:
1)   dinning   ijtimoiy   ildizi   kundalik   hayotda   kishilarning   turmushini   belgilovchi
moddiy   va   ma’naviy   munosabatlar   tizimidan   iborat.   Dinning   ijtimoiy   ildizida
moddiy   sharoitlar   ustuvor.   Siyosiy   ustqurma   institutlari   dinga   ikkilamchi   ta’sir
etadi.
Dinning ijtimoiy ildizini tashkil  etuvchi  jabhalardan biri ijtimoiy hayotni stixiyali
qonuniyatlar   asosida   rivojlanishidir.   Undagi   boshqarib   bo‘lmaydigan   jarayonlar
jamiyatda   iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy   inqirozlarni,   urushlarni,   kasalliklarni
keltirib   chiqaradi.   Tabiiyki,   individ   ularning   vayron   qiluvchi   ta’sirlaridan   o‘zini
himoya qilishga intiladi va oqibatda g‘ayritabiiy kuchlardan najot so‘rab murojaat
qilishga majbur bo‘ladi.
2) dinning gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni
anglatadi)   ildizi   kishining   bilish   faoliyati   jarayonida   diniy   e’tiqodi   vujudga
kelishiga   imkoniyat   yaratadigan   sharoitlardir.   Tabiat   va   jamiyatni   bilish   dialektik
jarayon.   Tajribasizlik,   subyektivlik,   narsa   va   hodisalarni   absolutlashtirish
voqelikning   noto‘g‘ri   idrok   etilishiga   olib   keladi.   Bundan   tashqari,   diniy
g‘oyalarning paydo bo‘lishi borliqni hissiy idrok etishdan boshlanadi va u ratsional
bilish bosqichida ahamiyatini saqlab qoladi.
Dinning   gnoseologik   ildiziga   aloqador   va   barcha   tarixiy   davrlarda   takrorlanib
turadigan xususiyatlar quyidagilardan iborat:
a)   bilishning   subyektiv   jihatlarini   absolutlashtirish   (lotinchada   –   voqelik   bilan
bog‘lanmagan   narsa,   nisbatsizlik,   so‘zsiz   degan   ma’nolarni   anglatadi),   ya’ni
bo‘rttirib ko‘rsatish;
b)  abstrakt  (lotincha abstratio – diqqatni  chetga  tortish  degan ma’noni  anglatadi),
ya’ni tafakkur;
v) tafakkurning umumlashtirish qobiliyati.
3)   dinning   ruhiy   ildizi.   Dinning   vujudga   kelishida   kishining   bilish   faoliyatiga
bog‘liq   jarayonlar   bilan   birga   uning   hissiyoti,   kayfiyati   va   kechinmalari   ham ishtirok etadi. Diniy tasavvurlar dastlab kishilarning his- tuyg‘ulari orqali vujudga
keladi. 
Dinning   ruhiy   ildizi   individual   va   ijtimoiy   ruhiyatlarga   bo‘linadi.   Individual
ruhiyatga shaxsiy iztirob, g‘am-tashvish, o‘limdan qo‘rqish, yolg‘izlik, muhabbat,
mehr-shafqat,   minnatdorlik   singari   ijobiy   va   salbiy   kechinmalarni   misol   keltirish
mumkin.
Ijtimoiy   ruhiyatga   guruhlar   va   jamiyatlarga   xos   voqeliklar   –   ijtimoiy   fikr,
ommaviy   qo‘rqish   hissi,   taqlid,   an’ana   va   urf-odat   kabilarni   misol   keltirish
mumkin.
Dinning   ruhiy   ildizlari   deganda   diniy   g‘oyalarni   qayta   ishlab   chiqarilishi   va
o‘zlashtirilishiga   qulay   shart-sharoitlar   yaratadigan   jamiyatlar,   guruhlar   va
individlarning ruhiy holati, jarayonlari va mexanizmlari tushuniladi.
Ruhiy kechinmalar insonga xos xususiyatdir. Ularsiz inson yashay olmaydi. Odam
o‘zining ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularini boshqarishga harakat qiladi, lekin ruhiyat
turli   obyektiv   va   subyektiv   shart-sharoitlarga   bog‘liqligi,   murakkabligi   sababli
ularni   barqarorlashtiradigan   kuchga   ehtiyoj   sezadi.   Din   ana   shunday   kuch
vazifasini bajarishi mumkin.
O’rta   asrlarning   yirik   faylasufi   va   ilоhiyotchi   оlimi   Fоma   Akvinskiy   (Tоmizm
ta’limоti   dеb   yuritiladi)   xristian   dini   aqidalarini   nazariy   jihatdan   tushunishni   bir
yaxlit tizimga kеltirgan edi. Uning fikricha, dunyoning mavjudligi Xudоga bоg’liq.
Chunki   U-birinchi   sabab   hisоblanadi.   Fоma   Akvinskiy     Xudоning   mavjudligini
narsalarning   mavjudligini   apоstеriоr   yo’l   bilan,   ya’ni   оqibatning   mavjudligi
sababining   mavjudligini   isbоtlaydi,   dеgan   tamоyil   asоsida   isbоtlashga   harakat
qiladi. Uning fikricha, matеriya shaklga bоg’liq bo’lmagan hоlda, alоhida mavjud
bo’lishi   mumkin   emas,   ammо   shakl   matеriyadan   alоhida   yashashi   mumkin.   Bu
bilan.   Fоma   Akvinskiy   mоddiy   narsalar   оliy   shakl   -   Xudоga   bоg’liq   bo’lmagan
hоlda   mavjud   bo’lishi   mumkin   emas   dеgan   g’оyani   isbоtlashga   harakat   qiladi.
Yana u, hamma narsa va hоdisa o’z sababiga ega, sabablarning sababi esa xudоdir,
dеydi.
Fоma   Akvinskiy   qarashlari   ba’zi   sub’еktiv   sabablarga   ko’ra   o’z   mavqеini
ma’naviy-mafkuraviy   hayotda   birоz   susaytirgan   bo’lsa-da   XIX   asrga   kеlganda
nеоtоmizm   (lot.   nеo-yangi)   nоmi   bilan   yana   jоnlandi.   U   xususiy   fanlarning
yutug’ini   inkоr   etmadi,   ammо   ular   to’plagan   bilimlarni   ilоhiyot   xizmatlariga
ishlatgishga harakat qildi.
Fоma   Akvinskiy   ta’limоti   katоlik   falsafasining   asоsi   qilib   оlingaligi   uchun
Vatikanda shunga asоslangan qatоr institutlar, maktablar, katоlik markazlari paydо
bo’ldi.   Yevropada   XVI   asrdan   bоshlab   diniy-falsafiy   ta’limоtida   ham   katta
siljishlar   kеchgan   edi.   Bu   davrda   G’arbiy   Yevropada   xristian   dini   asta-sеkin hukmrоn   mafkuraga,   dunyoqarashga   aylanib   bоrar   edi.   Din   bilimning   barcha
sоhalarini,   shu   jumladan,   falsafani   ham   o’ziga   buysundirdi.   Bu   bоradagi   asоsiy
yo’nalish va harakat xristian dinining aqidalarini to’g’ri ekanligini nazariy asоsda
isbоtlash lоzim edi.
XX   asr   nеоtоmizmning   yirik   vakillari   -   J.Martеn   (1882-1973),   E.Jil’sоn   (1884-
1978),   G.Vеttеr   (1911   y.   tug’.),   I.Bоxеnskiy   (1902   y.   tug’.),   G.Manzеr   (1866-
1949), I.dе Friz (1874-1959) va bоshqalar o’z ijоdlarini F.Akvinskiy ta’limоtlariga
dоir muammоlarning yechimiga bag’ishladilar.
Nеоtоmizm   ta’limоtida   haqiqatga   erishishda   iymоn,   e’tiqоd   va   aqidaning
uyg’unligi   tamоyillariga   e’tibоr   qaratildi.   Yana   u,   haqiqatga   erishishning   uch
shakli bоr dеydi: fan, falsafa va ilоhiyot (tеоlоgiya).
1)   Fan   -   eng   quyi   va   оqibatlarni   aniklashdan   nariga   o’tmaydi;
2)    filоsоfiya bu  aqliy bilimining muayyan  yuqоri  bоsqichi  bo’lib, uning  vazifasi
оlamning yaratgan birinchi sababchisi Xudоni bilishdan ibоrat;
3)             ilоhiyot           (tеоlоgiya)ga           asоslangan           bilimlar           nеоtоmistlarcha
qimmatlidir,   chunki   u,   haqikdtni   оchishga   yordam   bеradi.   Shunga   asоsan
nеоtоmistlar       Xudоning       mavjudligi,       insоn       ruhining       abadiyligi haqidagi
aqidalarni ilgari suradi.
Оntоlоgiya (bоrliq haqidagi ta’limоt) nеоtоmizm falsafasining asоsiy  qismlaridan
birini tashkil etadi 
. Nеоtоmizm bo’yicha bоrliqka ta’rif bеrib bo’lmaydi. Bоrliq ilоhiyotchilar uchun
«birinchi   mutlоq   tushuncha»   dеb   qaraladi.   Nеоtоmistlarning   talqinida   bir
tоmоndan bоrliq mоddiy va nоmоddiy оb’еktlar umumiy xususiyatlari mavhumiy
(abstraktsiya) bo’lib gavdalansa, ikkinchi tоmоndan - Xudо dеb qaraladi. Shuning
uchun nеоtоmistlarda bоrliq ham tabiat hоdisalarining xususiyati haqidagi ta’limоt
ham Xudо bоrlig’i haqidagi ta’limоt, dеb qaraladi.
Bilish   nazariyasi   xususida   Fоma   Akvinskiy   tarafdоrlari   o’ziga   xоs   ta’limоt
yaratganlar. Bоshqa diniy-falsafiy qarashlardan farkli o’larоq nеоtоmistlar оb’еktiv
vоqеlikni tan оlib, unga suyangan hоlda, bilish jarayonida tajribaning ahamiyatiga
e’tibоr   qaratib,   insоnda   ana   shu   tajriba   yo’li   bilan   elеmеntar   tushunchalar   paydо
bo’ladi. Ammо bunday tajriba nоmatеrial mоhiyat haqida bilim bеra оlmaydi.
Nеоtоmistlar   bilish   jarayonini   sub’еkt   va   оb’еktning   o’zarо   alоqalarida   dеb
bеlgilaydilar.   Sub’еkt   bu   insоnning   abadiy   ruhi   sifatida,   оb’еkt   esa   narsalarning
mоhiyatidir.   Shunday   qilib,   insоn   mоddiy   оb’еktning   o’zini   emas,   balki   undagi
mavjud   g’оyaviy   mоhiyatni   biladi.   Nеоtоmistlarning   gnоsеоlоgik   nazariyasida
mоddiy bоrliq chеtda qоladi. Nеоtоmizmning   bоrliq   va   bilish   nazariyasi   II   Vatikan   sоbоri   (1962-1965)gacha
nafaqat yagоna rasmiy falsafiy tizim dеb qabul qilindi, balki katоlitsizmning asоsiy
sоtsial   t’limоti   bo’lib   kеldi.   Ammо   nеоtоmizmning   barcha   anоxrоniklardan
tоzalab,   uni   bоshqa   falеafiy   tizimlar   bilan   bоyitish   maqsadida   chеrkоv   ulamоlari
tоmоnidan   ham   ta’qib   qilina   bоshladi.   Shundan   so’ng   uni   zamоnga
muvоfiqlashtirish,   ayrim   elеmеntlardan   tоzalash   bo’yicha   yangi   diniy-falsafiy
tizimlar vujudga kеla bоshladi. Shulardan biri nеоavgustinizmdir.
Nеоavgustinchilik   falsafasi.   XX   asrda   nеоtоmizm   bilan   bir   qatоrda   katоlik
falsafasida   nеоavgustinlik  qarashlari  ham  muhim  o’rin  egalladi.  Unda intuitivizm
tamоyillariga   asоslanish   mavjud.   Nеоavgustinizm   qarashlarida   hissiy   ta’sir
ko’rsatish   vоsitalarini   mutlоqlashtirish,   insоniy   fikrlash   qоbiliyati   inkоr   etilib,
uning   hissiy   va   axlоqiy   tajribasiga   xavоla   qilish   asоsiy   o’rinni   egallaydi.   Bu
ta’limоtga ko’ra din bu bilish emas, balki оdamning bеvоsita Xudо bilan   bоshdan
kеchiradigan       alоqasi,       ilоhiylik       ehtiyojlari       tufayli   vujudga   kеladigan   ichki
tuyg’usidir.   Uning   bir   qancha   diniy-falsafiy   maktablari   bоr.   Bular   -   harakat
filоsоfiyasi   M.Blоndеl’   (1861-1949)   katоlik   ekzistеntsalizm   vakili   G.Marsеl’
(1889-1973) pеrsоnalist  J.Lakrua (1900-1986) va bоshqalar.
Nеоavgustinchilik maktablarining vakillari quyidagi tamоyillarni yoqlab chiqdilar:
tashqi   оlamni   bilish   uchun   insоniyatning   ichki   tajribasi   еtarliligini;   Xudо   bilan
insоn   o’rtasidagi   bеvоsita   alоqa   haqidagi   ta’limоtni;   оb’еktiv   vоqеlikni   bilishda
ichki-hissiyot vоsitalarini birinchi o’ringa qo’yishni; shaxs muammоlariga alоhida
e’tibоr qaratishni va bоshqalar.
Nеоavgustinchilarning   nazariyasi   bo’yicha   nеоtоmistik   kоntsеptsiya
(nazariya)ning   asоsiy   kamchiligi   shundaki,   ular   dinni   bеgоnalashgan   haqiqat
shaklida   tasavvur   qilib,   unga   bilish   jarayonida   erishiladi   dеydilar.
Nеоavgusxinchilar   kоntsеptsiyasida   diniy   imоn   bilish   emas,   balki   dinga   erishysh
va Xudо bilan uchrashish shaxsga оid bеtakrоr tajribadir.
Nеоavgustinchilar   оb’еktiv   vоqеlik   dunyoni   bilishda   aqlning   qоbiliyatini   tan
оladilar,   ammо   aql   bilan   fan   o’rtasini   qat’iy   chеgaralab   qo’yadilar.   Ularning
fikricha,   fan   bоrliqning   mоhiyatiga   еtоlmaydigan   bilishning   kuyi   bоsqichidir
Nеоavgustinchilar   bilish   chеgarasini   kеngaytirib,   shaxsning   bunga   ekzistеntsial
(mavjudlik)   tajribasi   оrqali   erishish   mumkin   dеydilar,   Bunda   bilishning   axlоqiy
jihatdan taxdili ko’zda tutiladi. Yana ular falsafasida Xudо bilan iisоn munоsabati
markaziy o’rinni egallaydi.
Bоrliq   mavjudlikning   manbai   va   maqsadidir.   Ammо   ularning   fikricha,   vоqеlik
mavjudlik   bilan   qo’shilib   kеtishga   to’sqinlik   qiladi.   Ayni   paytda   vоqеlik
mavjudlikning qarоr tоpishida muhim kоmpоnеnt hisоblanadi.
Katоlik   falsafasidagi   nеоtоmizm,   nеavgustinizm   falsafiy   оqimlarning   mazmun
mоhiyati   bilan   tanishishdan   shunday   xulоsaga   kеlish   mumkin:   birinchidan, ularning   qarashlaridagi   bоrliq,   bilish   nazariyasi,   ijtimоiy,   madaniy   va   axlоqiy
masalalar   ilоhiy   nuqtai   nazardan   taxdil   qylinadi;   ikkinchidan,   masalaga   turlicha
yondashuv va har xil talqin bеrishda fan yutuklaridan fоydalanib, Xudо bоrlig’ini
isbоtlashga   harakat   qilinadi;   uchinchidan,   katоlitsizm   yo’nalishidagi   diniy
falsafada   xоzirgi   zamоn   fani   va   talabiga   mоslashish   tеndеntsiyasi   ko’zga
taishanadi.
Оntоlоgiyada Xudо bоrlig’i, dunyo va insоnning ilоhiy kеlib chiqishiga markaziy
o’rin   ajratiladi.   Akadеmik   falsafa   bo’yicha,   ratsiоnal   bilish   uchun   kоsmоlоgik,
idеоlоgik,   psixоlоgik,   оntоlоgik,   axlоqiylik   еtarli   emas.   Faqat   ular   Iisus   Xristоs
haqidaga tasavvurlar bilan qo’shilgandagina to’liq bo’ladi.
G’ayritabiiy,   ilоhiy   g’оya   xukmrоnligi   masalasi   V.S.Sоlоv’еv   falsafasida   bоrliq
bоshlanishining   bеlgilоvchisi   bo’lib,   оlam   uning   intixоsidir.   Mоddiy   оlam   rivоji
tugallangan dеb tasavvur qilinmaydi, balki Xudо irоdasi marhamati bilan rivоjlana
bоradi. Bunda hayotning pastdan yuqоri shakllariga qarab rivоjlanish evоlyutsiyasi
kuzatiladi.   Ya’ni   ijоdiy   jarayonning   bоshlanishi   bo’lgan   minеrallar,   o’simlik
dunyosini  vujudga kеltirishga asоs bo’ladi, o’z navbatida bu hayvоnоt  dunyosini,
so’ng ma’naviy, dunyo insоniyatni vujudga kеlishiga оlib kеladi.
V.S.Sоlоv’еv     qarashlarida   ilоhiy   haqiqat,   yaxshilik,   go’zallik   kabi   ijоbiy
umumbirlikka to’liq bilim asоsida erishish mumkin. To’liq bilimga shshiy-empirik
yoki   ratsiоnal   vоsitalar   bilan   erishib   bo’lmaydi.   Faqat   bunga   mistik   (absоlyut
bоshlanishni tan оlgan hоlda) yo’l bilan erishish mumkin.
V.S.Sоlоv’еvning   axlоqiy   nazariyasi   shundan   ibоratki,   insоniyat   axlоqiy
mukammalikka   faqat   Iisus   Xristоs   ko’rsatgan   axlоqiy   qadriyatlarga   to’liq   e’tiqоd
qilish оrqali  erishadi. Bundan tashqari, insоnda tabiiy hissiyotlar  - uyat, achinish,
muruvvatlilik   kabi   axlоqiy   nоrmalar   mavjud.   Ammо   ular   kishilardagi   individual
o’ziga xоs axlоqiy tamоyillarning yuqоri ko’rsatgichlari shaklida namоyon bo’lishi
mumkin.
XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asrda   rus   pravоslaviyasida   xristiashgakning
tеоlоgik   yangilash   tеndеntsiyasi   yuzaga   kеldi.   Bunga   ilоhiyotchilar,   faylasuf
оlimlar   o’z   fikrlari   bilan   qatnashdilar.   Bularning   ichida   ilоhiyotchi,   faylasuf
P.A.Flоrеnskiy   (1882-1937)   o’zining   qatоr   ishlarini   xristianlikdagi   tеоlоgik-
yangilanish falsafasiga bag’ishladi.
P.A.Flоrеnskiy fikriga ko’ra, haqiqatni bilishga aqliy intiutsnya, diniy kеchinmalar
ayniyligi   asоsida   erishish   mumkin.   Bunda   yuqоridan   pastga,   butunliqdan   har   xil
chеksiz rivоjlanish jaaryoni sоdir bo’ladi.
I.Kant   singari   P.A.Flоrеnskiy   insоniyat   xristianlik   aqidalarining   ichki   mоhiyatiga
еtib   bоrishi   mumkin   emas   dеb   hisоblaydi.   Buning   uchun   aqidalarning haqqоniyligini   tan   оlish   kеrak.   Bu   bilan   P.A.Flоrеnskiy   insоniyatning   bshgash
qоbiliyatini chеgaralab qo’yadi.
Rus   pravоslav   falsafasida   S.N.Bulgakоv   (1871-1944)ning   ham   ta’siri   katta
bo’lgan.   Diniy   оngda   ilоhiy   dunyoni   his   qilish   Bulgakоv   falsafasining   asоsini
tashkil etdi. Uning dunyo «hеchlik» (nichtо)dan yaratilgan.   Hеchlik   Bibliyadagi
xеch     narsa     (nichеgо)dan     farq     qiladi. Hеchlikdan   Xudо   marhamati     bilan
оsmоn   va   sayyoralar,   o’simlik  va hayvоnat dunyosi yaratilgan.
Ilk   buddizmga   bahо   bеrgan   yirik   rus   buddоlоgi   F.I.SHеrbatskiy,   «Buddizmda
diniylikdan ko’ra insоniylik xususiyatlari ko’prоq ko’zga tashlanadi», - dеb yozgan
edi.   Mоhiyatan,   S.Radxakrishnan   uning   fikrini   yoqlab,   -   «Buddizm   bu   -
ruhshunоslik,   mantiq   va   etika,   birоq,   mеtafizika   emas»   -   dеb   qayd   etdi.   Hind
faylasufi  Mukеrji  fikricha, buddizm  mantiq, chuqur  mеtafizikaning  ravnaqida  o’z
ifоdasini   tоpgan   .   S.Chatgеrji   va   D.Dattlar   —   «budda   etika   va   rеfоrmatsiya
tashviqоtchisi bo’lib, u faylasuf emas, dеgan edilar.
Yangi   diniy   оng   falsafasi.   XIX   asrning   o’rtalari,   ayniqsa,   XX   asrning   оxirlarida
pravaslav   falsafasini   Rоssiyaning   yangi   rivоjlanish   jarayoniga   mоslashga   bo’lgan
harakat   nafakat   ilоhiyotchi-ulamоlar,   balki   libеral   ziyolilar   L.I.Shеstakоv   (1866-
1938), N.О.Lоskiy (1870-1941), N.A.Bеrdyaеv (1874-1948), V.V.Rоzеnоv (1865-
1919),   S.Bulgakоv,   S.Makоlеvskiy   (1865-1941),   N.M.Minskiy   (91875-1929)   va
bоshqalar tоmоnidan amalga оshirildi.
«Yangi diniy оng» falsafasining  ko’zga ko’ringan vakillaridan biri N.A.Bеrdyaеv
edi.   U   falsafiy,   siyosiy,   iqtisоdiy,   axlоqiy,   estеtik   qzrashlarni   qamrab   оlgan
o’zining  pеrsоnalizm   (maxsus)ni  ishlab  chiqtsi.  Bu  pеrsоnalizm  absоlyut  hayotda
univеrsallik tushunchasini  asоs  qilib оladi. U hоli bo’lib, zamоn va makоnga ega
emas,   zaruriyat   qоnuniga   ham   bo’ysunmaydi.   Univеrsal   hayotning   egasi-
ilоhiyatdir.
N.A.Bеrdyaеv   dunyoni   yaratishda   fоydalanish   uchun   Xudоga   bоg’liq   bo’lmagan
"hеchlik"   ("nichtо")   mavjud   dеydi.   Uning   bu   g’оyasi   nafaqat   chеrkоv
ilоhiyotchilari,   balki   xristianlikni   yangilanishi   bilan   shug’ullanuvchi   faylasuflar
tоmоnidan ham yomоn bahоlandi.
N.A.Bеrdyaеvning   etika   ta’limоtlaridagi   qarashlarida   uch   bоsqich   ta’riflanadi:
etika   qоnuni,   tavba   qilish   etikasi   va   ijоd   etikasi.   Ularning   har   biriga   оlim   o’z
asarlarida izоh bеradi. Masalan, etika qоnuni, uning fikricha, qadimgi axdnоmada
shakllantirilgan   bo’lib,   undagi   yaxshilik   va   yomоnlik,   qat’iy   qоida   va   nоrmalar
Xudоdan qo’rqish asоsida bo’ladi. Bu etika gunоhni yuvish etikasi bilan to’ldirishi
Iisus   Xristоsning   axlоqiy   jasоratiga   taqlid   qilish   оrkali   bo’lishi   kеrak.   Оlimning
fikricha, ijоd etikasi haqiqiy xristianlik etikasidir. Prоtеstantizm   оrtоdоktsiyasi.   Ushbu   falsafiy-tеоlоgik   qarashlar   tarafdоrlari
katоlitsizm   va   pravоslaviе   falsafiy-tеоlоgik   ta’limоtlaridan   farq   qiluvchi   fikrlarni
ilgari suradilar. Jumladan, prоtеstantizm katоlоitsizm falsafasini rad qilib, dinning
o’zini dunyoviy aql-idrоk bilan mushohada qilish оb’еktiga aylantirdi. I.Kantning
din   haqidagi   ta’limоti,   mavjud   chеrkоvni   tanqid   qilishi,   Xudоni   amaliy   akl-idrоk
pоstulati   va   axlоqiylik   garоvi   sifatida   e’tirоz   etishdan   prоtеstant   оrtоdоktsiyasi
ilоhiyotchilari   fоydalandilar   va   natijada   dinning   prоtеstant   filоsоfiyasi   sifatida
ko’rsatmоqchi bo’ldilar.
Prоtеstantlik   falsafasida   M.Lyutеr   va   J.Kal’vin   qarashlari   o’ziga   xоslikka   ega
bo’ldi.   Ular   ilоhiy   vahy   ta’limоtiga   suyanib,   Xudо   bоrlig’ini   axlоqiy   isbоtlashni
rad etdilar, M.Lyutеr, J.Kal’vin va bоshqa rеfоrmatоrlar o’zlarining insоniyatning
ikki   hayoti   haqidagi   ta’limоtlarida   xristianlik   falsafasi   va   tеоlоgiyasi   uchun   juda
muhim   bo’lgan   gunоh   mavzuini   rivоjlantirdilar.   Gunоhni   insоnning   Xudоdan
bеgоnalashuvi dеb bahоlab, uning shaxsiy va yuktimоiy jihatlariny оchib bеrdilar.
M.Lyutеr fikriga ko’ra, hayot, ya’ni insоn ikkilangan-ichki va tashqi, ruhiy va tana
hоlatida bo’ladi.
Shu   bоisdan,   diniy   tajribaga   e’tibоr   kuchaytirilib,   Xudоning   qоdirligi   har   bir
xristianning   ichki   оbrazida,   Iisus   Xristоs   uning   yuragida   saqlanishi   haqidagi
g’оyalar ilgari surildi.
J.Kal’vinning falsafiy qarashlari va tеоlоgiyasida har qanday tartib va qоidalarning
manbai, mustaqil, absоlyut (mutlоq) irоdaga ega bo’lgan Xudо haqidagi ta’limоtga
asоslanadi.   Insоn   Xudо   irоdasiga   so’zsiz   itоat   etishi   kеrak.   Insоn   (dinga   o’zini
tоpshirgan)   takdiri   abadiy   hayot   uchun   u   dunyoda   rоhat,   farоg’at   uchun
bag’ishlangan bo’lsa, shunga lоyiq kеladigan xatti-harakatlar qilishi lоzim.
Xristian   falsafasining   bu   yo’nalishida   libеral   tеоlоgiya,   ya’ni   tеizmga   (оlamni
yaratib   bоshqaruvchi-Xudо)   dеizmni   (оlamni   yaratilishida   Xudо   bоshlang’ich
sababchi)   qarshi   qo’ygan   nеmis   оlimi   I.Zеmlеr   (1725-1791)   qarashlari   o’ziga
xоsdir. Uningcha, Xudо оlamni yaratishda birinchi turtki bo’lib, bоrlikdagi bоshqa
jarayoilarga   aralashmasligi   tamоyili   haqidagi   fikr   asоslanadi.   Dinni   aql   bilan
mоslashtirishga harakat qilinadi.
Nеmis   faylasufi   va   ilоhiyotchisi   F.Shlеyеrmaxеr   (1768-1831)   o’zining   qatоr
asarlarida   (jumladan,   «Xristianskaya   vеra»-1831)   din   insоnga   bеvоsita   bеrilgan
alоhida   sоha   bo’lib,   u   insоn   sub’еkti   bilan   bоg’liqdir,   dеgan   fikrni   ilgari   suradi.
Yana   u   Xudоning   hamma   narsalarda   mavjudligi,   bоrliqning   ichki   ijоdiy   kuchi,
asоsi va manbai sifatida tushunishni talab qildi.
Prоtеstantlik   falsafasnda   tеоlоgik   qarashlar.   Rеfоrmatоrlar   falsafaga   qarshi
kurashgan bo’lsalar ham XIX asrda ularning qarashlarida ilоhiyot (tеоlоgiya) kеng
o’rin   оlgan   edi.   Ammо   ular   xristian   aqidalarini   talqin   qilishda   I.Kant,   Fixtе, Shеlling,   Gеgеl’   ta’limоtiga   suyanishga   majbur   bo’ldilar.   Shuning   uchun   XIX
asrdagi zamоnaviylashgan prоtеstantlik ilоhiyoti «Libеral tеоlоgiya» nоmini оldi.
Libеral tеоlоgiya xristianlikdagi an’anaviy uch xudоlik (Trоitsa) ta’limоtini, Iisus
Xristоsning ilоhiyligini, uni xоchga (butga) tоrtib o’lishini shuningdеk, dunyoni va
insоnni   Xudо   yaratganligi   haqidagi   ta’limоtni   inkоr   etdi.   Ular   Iisusning   tarixiy
«libеral» (оzоd, erkin) оbrazini yaratdilar.
Libеral   tеоlоgiyaga   asоslangan   falsafiy   qarashlar   nеоkantchilik   ta’limоti   asоsida
o’zgara bоrdi. U axlоqiy qadriyatlarga e’tibоr  qaratdi. XX asr bоshlarida birinchi
jahоn   urushidan   kеyin   Yevropada,   kеyinchalik   AQSHda   «dialеktik   tеоlоgiya»
vujudga kеldi. Uning vujudga kеlishidan avval  xristianlikni  mоdеrnizatsiyalashga
(zamоnaviylashtirish)   qarshi   AQSHda   fundamеntalizm   shakllandi.   Bunda   Injil
(Bibliya)  qоnunlarini ilоhiyliganing diniy ta’limоtning fundamеnti  (asоsi)  sifatida
kabul   qilish   talab   qilindi.   Natijada   1919   yili   Butunjzhоn   xristianlar
fundamеntalistik assоtsiatsiya tuzildi.
Shvеtsariyalik   rеfоrmatоr   ilоhiyotchi   K.Bart   (1886-1968)   dialеktik   tеоlоgiyaning
asоschisidir.   U   yangi   falsafiy   darajada   оrtоdоksal   prоtеstantlikka   qaytish
nazariyasini   ishlab   chikdi.   K.Bart   libеral   tеоlоgiyani   qattiq   tanqid   qiladi,   chunki
vahylik   (оtkrоvеniе)   har   qanday   falsafaga   qarshidir,   dеydi.   K.Bart   tеоlоgik
ta’limоtida   xristоlоgiya   (Xristоs   haqidagi   ta’limоt)   markaziy   o’rinni   egalladi.
Faqat   Iisus   Xristоs   оrqali   Xudо   bоrlig’iga   va   taqdirining   ilоhiyligiga   insоn
erishshpi mumkin.
XVIII   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XIX   asrning   birinchi   yarmida   bir   qancha   nеmis
faylasuflari:   Gеrdеr,   Shlеgеl’,   I.Kant,   Gеgеl’,   Shlеyеrmaxеr   va   bоshqalar
tamоnidan   umumtarix   rivоjlanishi   kоntsеptsiyasi   ishlab   chiqildi.   Ular   yokdab
chiqqan   nazariyalari   bo’yicha,   dinni   o’rganishga   tarixiy   rivоjlanish   nuqtai
nazaridan   qarab,   uni   jamiyat   taraqqiyotidan   ajralgan   hоlda   tadqiq   qilish   mumkin
emaslIgini   ilmiy   asоsladilar.   Bu   hоlat   kеyinchalik   dinshunоslik   fanini
o’rganishning asоsiy tamоyillaridan biriga aylavdi.
XX asrning 60 yillariga kеlib, prоtеstantlik falsafasida esxatоlоgik (yunоn. esxatоs
- оxirgi, 1оgоs - ta’limоt) - insоn va dunyoning оxirgi taqdiri haqidagi ta’limоtga
e’tibоr   qaratildi.   Ilоhiyotchilar   esxatоlоgiyani   yangilash   оrqali   mavjud   eskirgan
an’anaviy   ta’limоtlardan   qutilishga   umid   qildilar.   Bu   tеоlоgik   ta’limоt   vakillari
Yu.Mоl’tmоn   (1926   yil   tug’ilgan)   va   V.Pannеnbеrg   (1928   yil   tug’ilgan)   vahy
(оtkrоvеniе)ni  Xudоning tarixga faоl  ta’siri  dеb talqin qildilar, diniy ta’limоtning
muhim   qоlatlari   saqlanishini   talab   qildilar.   Diniy   ta’limоtning   falsafiy-
ilоhiyotchilik va ijtimоiy jihatdan an’anaviy asоsini qayta ko’rib chiqdilar. Bunda
eng yangi falsafiy, sоtsiоlоgik va psixоlоgik nazariyalardan fоydandilar.
Xristian fundamеntalizmi. XX asrning 70-yillariga kеlganda xristianlikning hayot
haqidagi   ta’limоtiga   e’tibоr   kuchaydi.   Uning   tarafdоrlari   "еvangеl’"   xristianlik ta’limоtini   kеng   targ’ib   qilishini   yoqlab   chiqtsilar.   Ayniqsa,   mоdеrnizmga   qarshi
vakillari   xristianlikni   fundamеntal   asоslarini   davоm   ettirishni   talab   qildilar.   Shu
munоsabat bilan ular оliy o’quv yurtlarida evоlyutsiоnizm va darvanizm darslarini
o’qitishga  qarshi  chiqdilar. Bu bоrada 80-yillarda baptizm  targ’ibоtchisi  D.Fоluel
(1933     yil     tug’ilgan)     «Mоral’nое     bоl’shisntvо»     (Axlоqiy ko’pchilik), 1986
yildan esa «Fеdеratsiya svоbоd’!» (Оzоdlik fsdеratsiyasi) harakatini asоslash bilan
mashhur bo’ldi.
Kеyinchalik   «Ilmiy   krеatsiоnizm»   Bibliyada   izоhpangan   оlam   va   оdamni   Xudо
yaratgan   dеgan   ta’limоtni   jiddiy   yoqlab,   tеоlоgiyada   mоdеrnizatsiyani   kattik
tanqid   qildi.   Natijada   bu   ilоhiyotchilik   qarashlarga   asоsan   darvinizmning
evоlyutsiоn ta’limоti butunlay inkоr etildi, Bunday nazariyani quvvatlamay, undan
ajralib   chiqqan   katоlik   va   prоtеstantlik   ilоhiyotlari   «evоlyutsiоn   krеatsiоnizm»ni
ya’ni sеkin-asta, bоsqichma-bоsqich оlam yaratilganligini tan оldilar.
XX   asrning   оxirida   prоtеstantlik   tеоlоgiyasi   diniy   plyuralizmga   yuz   tutdi.
Ekumanistik   ilоhiyotchilikning   shakllanishi   kеng   qulоch   yozib,   xristianlikni
bоshqa   diniy   qarashlari   va   tizimlar   bilan   mulоqоt   ko’zda   tutildi.   Bu   ayniqsa,
Оsiyo,   Afrika,   Lоtin   Amеrikasi   ilоhiyotchilari   uchun   ahamiyatli   edi.   Ular
xristianlik,   islоm,   hinduizm,   buddizm   o’rtasidagi   birlik,   o’xshashlik   jihatlarini
tоpishni   maqsad   qilib   оlganlar.   Masalan,   60   yillarda   Shimоliy   Amеrikada
«Chеrnaya   tеоlоgiya»   (nеgrlarning   mahalliy   ibоdatlari   bilan   xristianlikni
mоslashtirish)   vujudga   kеldi.   Ularning   qarashlarida   Iisus   Xristоs   qоra   xalqni
tanlagan,   shuning   uchun   bu   harakat   muxlislari   Xristоsni   hеch   bo’lmasa   ruhiy   va
axlоqiy jihatdan qоra bo’lgan dеydilar.
Kеyinchalik   prоtеstantlik   ilоhiyotchi   va   faylasufi   R.Оttо   (1869-1937),     pravоslav
ruhоniysi   va   faylasufi   P.A.Flоrеnskiy   (1882-3937),   katоlitsizm   ilоhiyotaisi   va
sоtsiоlоgi amеrikalik P.L.Bеrgеr (1929 yil tug’.), nеmis оlimi T. Lukman (1927 yil
tug’.),   nеmis   faylasufi   va   sоtsiоlоgi   M.Vеbеr   (1864-1910),   frantsuz   sоtsiоlоgi   va
faylasufi   E.Dyurkgеym   (1858-1917)   va   bоshqalar   dinning   mоhiyatini   (xristianlik
yo’nalishlari)   va   insоnning   dinga   munоsabatlari   masalalarini   chuqur   va   har
tоmоnlama   taxdil   qilib,   ulardan   farqyai   ravishda   din   falsafasi   bоrasida   muhim
nazariy   xulоsalar   chiqarishga   muvaffaq   bo’ldilar.   Bu   jarayondan   ilоxiеt   falsafasi
ham   chеtda   qоlmadi.   Masalan,   P.A.Flоrеnskiy   dinni   quyidagicha   ta’riflaydi:
«dinda   agar   antоlоgik   jihatdan   bizning   hayotimiz   Xudоda   va   Xudо   bizda   bo’lsa,
fеnоmоnоlistik   jihatdan   ruhimizni   tinchlantiruvchi   harakatlar   va   kеchinmalar
tizimidir».
XIX   asrning   2-yarmidan   bоshlab,   Yevropa,   Amеrika   va   Rоssiyada   islоm,   uning
tarixi   va   manbalarini   o’rganishga   e’tibоr   qaratildi.   Yevropalik   оlimlar   esa
islоmshunоslik   fanini   o’rganish,   islоm   tarixi   va   manbalarining   tadqiqоti   yo’lida
ko’p   xizmat   qilganlar.   Bu   bоrada   rus   sharqshunоsligida   ham   barakali   ishlar   оlib
bоrilgan.   V.R.Rоzеn   asоs   sоlgan   mashhur   «Rus   akadеmik   sharqshunоsligi»ning vakillari   N.A.Mеdnikоv,   L.E.Shmidt,   A.Е.Krimskiy,   V.V.Bartоl’d,
I.Yu.Krachkоvskiy,   Е.E.Bеrtеl’s,   A.A.Sеmеnоv   va   bоshqalar   islоmshunоslik
sоhasida qimmatli asarlar yaratganlar.
Xulоsa qilib aytganda, mеtafizik umumbirlik falsafasi vakillari qarashlarida ayrim
farklar   bo’lishi   bilan   birga,   ularning   falsafasida   umumiy   tоmоnlar   ham   uchraydi.
Barchasida   оlamning   yaratilishi,   insоniyatning   yashashi   haqida   fikrlar   bildirilib,
gnоsеоlоgik, antrоpоlоgik, psixоlоgik va bоshqa jihatlarga e’tibоr qaratilgan.

Mavzu : DINSHUN О SLIK FANIGA KIRISH. REJA: 1. Dinshun о slik fanining maqsad va vazifalari. 2. Dinlar tarixini o’rganishda Sharq all о malarining yondashuvlari. 3. Dinlarni tasniflashda G’arb о limlarining qarashlari.

1.1 Dinshun о slik fanining maqsad va vazifalari. Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, G’arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar. Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib keladi. Din va Qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan

va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy- ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Dinshunoslikda dinga «dinning o’zi nima?», «uning mohiyati nimadan iborat?» degan savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari «din qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan savol nuqtai nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko’proq din sosiologiyasi shug’ullanadi. Sosiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaradigan vazifalariga ko’ra o’rganish mumkin demakdir. Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Shunga o’xshash masalalar o’rganiladi. Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni dinshunoslikda funksionalizm rivojlantiradi. Funksi-onalizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik - kompensatorlik vazi-fasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo’lishi hodisasini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezgan. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyoj edi. Din bu o’rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.

Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu- havaslardan, rohat-farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradilar. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu- havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi. Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - YAhvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko’proq jalb etish uchun diniy memoriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi. Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik - regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi. Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jome masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (‘iyd al-fitr) va qurbon (‘iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi. To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.

Beshinchidan, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik- qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sosiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi». Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishidan iboratdir. Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu - dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq», degan fikrdir. Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyusion yo’nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan». Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas. Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konsepsiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy gruppa, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi». Dinning kelib chiqishi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan», degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko’ra, «din - bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o’z-o’zini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin», deydilar.