logo

Yosh va pedagogik psixologiya faniga kirish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.7431640625 KB
Yosh va pedagogik  psixologiya faniga kirish .
Reja:
1. Yosh va pedagogik  psixologiya   fanining tadqiqot sohasi va muammolari.
2. Yosh va pedagogik  psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
3. Yosh va pedagogik  psixologiya   fanining asosiy muammolari. 
4. Yosh va pedagogik  psixologiya   faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish
tarixi.  Yosh   va   pedagogik     psixologiya   fanining   mavzu   bahsi   turli   yoshdagi
odamlarning   (bolalar,   o’quvchilar,   kattalar,   erkaklar,   ayollarning)   (ontogenezda)
tug’ilganidan   to   umrining   oxirigacha   psixik   rivojlanish   jarayonini,   shaxsning
shakllanishi   hamda   o’zaro   munosabati   qonuniyatlarini   o’rganishdan   iboratdir.
Yosh   va   pedagogik     psixologiya   insonda   turli   psixik   jarayonlar   (sezgi,   idrok,
xotira,   tafakkur,   xayol   va   hokazolar)   rivojlanishining   o’ziga   xos   xususiyatlarini,
uning   har   xil   faoliyatini   (o’yin,   o’qish,   mehnat   kabilar),   er   va   ayolning   jinsiy
tafovutlarini,   shuningdek,   inson   shaxsining   tarkib   topishini   ilmiy   jihatdan   tadqik
qiladi.
Inson psixikasining  rivojlanish davrlarini  aniqlash, shu sohadagi  ma’lumotlarni
to’plash   ham   mazkur   psixologiyaning   mavzu   bahsiga   kiradi.   Bolaning
tug’ilishidan   to   voyaga   yetgunicha   har   tomonlama   rivojlanishi,   jamiyatning   teng
huquqli a’zosi  bo’lgunicha ulg’ayishi   va   shaxsining tarkib topishi  muammolarini,
bularning   psixologik   mexanizmlarini   aniqlash   va   sharhlash   Yosh   va   pedagogik
psixologiya sohasining muhim jihatidir.
Bola   jamiyatning   a’zosi,   mukammal   shaxs   sifatida   muayyan   ijtimoiy   muhitda
kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari,  o’ziga   xos xususiyatlari va ruhiy
holatlari,   ongi     rivojlanadi.   Ana   shu   ri vojlanish   natijasida   uning   psixikasi,   ongi
go’dakning dastlabki oddiy  aks   ettirish (in’ikos) tarzidagi sodda ongidai balog’atga
yetgan   insonlarga   xos   tevarak-atrofni,   borliqni,   odamlarni   aniq,   yaqqol,   to’la   va
anglab aks ettirish darajasigacha taraqqiy etadi.
Inson   zotining   turli   jihatlarini   o’rganish   bilan   bolalar   anatomiyasi   va
fiziologiyasi,   oliy   nerv   faoliyati   fiziologiyasi,   gigiyena,   pedagogika,   etnografiya
kabi   fanlar   shug’ullangani   kabi   uning   kamol   topishidagi   qonuniyatlarni,   subyekt
psixikasini,   ongining   mantiqiy   mexanizmlarini,   umuman,   odam   zotining
tug’ilganidan   to   voyaga   yetgunicha   psixik   rivojlanishini   psixo logiya   fanlari
sistemasining   alohida   sohasi   -     bolalar   psixologiyasi   fani   o’rganadi   va   tadqiq
qiladi.
Bolaning   psixik   rivojlanishini   kuzatgan   psixologlar   (L.S.Vigotskiy,
P.P.Blonskiy,   A.Vallon,   J.Piaje   va   boshqalar)ning   aniqlashicha,   mazkur   kamol topishning   o’ziga   xos   xususiyatlarga   asoslangan   (senzitiv   —   qulay)   davrlari
mavjud   bo’lib,   ular   individning   o’zi   yashab   turgan   muhitda   (bog’cha,   oilada)
tutgan   o’rni,   bilish   jarayonlari,   o’ziga   xos   xususiyatlari,   holatlari,   shaxsi   va
ongining o’sishi darajasi bilan bevosita bog’liqdir.
Tadqiqotchilarning   uqtirishiga   ko’ra,   tabiat   va   jamiyatning   qonunlari   singari
kamol topayotgan bola shaxsi rivojlanishining ham o’z qonunlari bor.  Bu qonunlar
psixologiya   fanining   maxsus   tarmog’i   —   bolalar   psixologiyasini n g   predmetiga
kiradi.   Yosh   va   pedagogik     psixologiya   sohasi   inson   psixikasi   faqat   miqdor
jihatdan   emas,   balki   sifat   jihatdan   ham   rivojlanishi,   takomillashib   borishi   va
o’zgarishi haqidagi metodologik hamda fenomenologik qoidaga amal qiladi.
Har bir fanning o’z predmeti borligi singari bolalar psixologiyasining ham o’zi
tekshiradigan sohasi hamda tadqiqot metodlari bor.
Umumiy   psixologiya   psixika   va   uning   zohir   bo’lishi,   rivojlanish   qonuniyatlari
haqidagi fan bo’lsa, yosh davri yoki Yosh va pedagogik  psixologiya turli yoshdagi
insonlarning   (jinslarning)   psixik   taraqqiyoti,   psixik   xususiyat lari   va   bularning
o’ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u
muayyan   yoshdagi   insonlarning   faqat   o’ziga   xos   xususiyatlarini   ham   o’rganadi.
Shuning uchun ijtimoiy hayotda, ta’lim va tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda,
ishlab   chiqarishda,   oilaviy   munosabatlarda   Yosh   va   pedagogik     psixologiya
alohida   o’rin   tutadi.   Inson   shaxsining   tarkib   topishi   va   bilish   jarayonlarining
rivojla nishi   muammosini   shaxs   psixikasining   taraqqiyoti   qonunlarini   hisobga
olmay oqilona hal qilib bo’lmaydi. Shuning uchun XXI asrga kelib «inson omili»
masalasi dolzarb mavzuga aylandi.
Yosh va pedagogik  psixologiya — inson psixikasining ri vojlanish qonuniyatlari
va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to’g’risidagi fandir.
Yosh   va   pedagogik     psixologiyaning   asosiy   vazifasi   shaxsning   kamol   topishi
qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat,
holat va shart-sharoitlarning o’zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Yosh   va   pedagogik     psixologiya   ana   shu   vazifani   hal   etish   bilan   amaliy
maqsadlarni   ro’yobga   chiqaradi:   ta’lim-tarbiya   ishlarini   takomillashtirishga yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga,
millatlararo   munosabatlarni   yaxshilashga,   shaxslararo   muloqotni   to’g’ri
yo’naltirishga,   jamoada   ijobiy   psixologik   muhit   yaratishga,   uzoq   umr   ko’rish
sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga,  ajralishlarning oldini
olishga   xizmat   qiladi.   Modomiki   shunday   ekan,   kamolotning   turli   davrlarini
insonning   yosh   va   jinsiy   xususiyatlarini   hisobga   olmay   turib ,   yuqoridagi
vazifalarni hal qilib bo’lmaydi.
Mazkur   psixologiya   fanining   sohasi   alohida   pred met   sifatida   XIX   asrning
boshlarida   vujudga   kelgan,   lekin   dastlabki   ildizi   qadimgi   yunon   madaniyatiga
borib   taqaladi.   Uning   predmeti   va   qonuniyatlari   to’g’risida   jahon   psixologiyasi
olamida   turli   qarashlar   nazariyalar   mavjud.   Ularning   juda   keng   tarqalganlari
biogenetik   (I.Shtern),   sosiogenetik   (K.Le vin),   bixevioristik   (E.Torndayk),
psixoanalitik   (3.Freyd)   nazariyalaridir.   Shuningdek,   ilmiy   metodlarga   asoslanib
tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko’p. Ular to’g’risida keyingi sahifalarda
batafsil to’xtalgan.
Ilmiy   psixologik   adabiyotlar,   empirik   ma’lumotlar   Yosh   va   pedagogik
psixologiyaning   mustaqil   fan   sifatida   ajralib   chiqishiga   qator   omillar   va   holatlar
sabab bo’lgan, degan xulosaga keldik. Quyida ana shularni bayon qilamiz.
1. Barcha fanlar negiziga kirib borgai evolyusiya g’oyasining (Ch.Darvin) inson
psixikasining rivoj lanishi jarayonida o’rganish zarurligi.
2.   Umuminsoniy,   umumpsixik   qonuniyatlar   turli   yoshdagi   odamlar   xatti-
harakatini,   psixik   xususiyatla rini   va   bolalarning   o’sishiga   biror   faoliyatning
ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish.
3.   Yosh   va   pedagogik     psixologiya   insonning   (tug’ilganidan   umrining
oxirigacha)   kamoloti   uchun   metodologik   va   nazariy   ahamiyatga   ega   ekanligi   tan
olingani.
4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o’quvchilari,
o’rta   va   oliy   o’quv   yurtlarining   talabalari,   ishchilar,   xodimlar,   qariyalar   har   xil
psixologik   xususiyatlarga   ega   ekanligi   sababli   tarbiya,   ishlab   chiqarish,   ijtimoiy-
ta’minot   muassasalari,   mehribonlik   uylari,   koloniyalar,   yordamchi   maktablar, internatlar,   psixonevrologik   dispanserlar,   qariyalar   uylari,   shifoxonalar   va
boshqalar)ning xodimlarida extiyojlar ortib borayotgani.
5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari  rivojlanishi, psixiatriya, psixonevrologiya,
psixogigiyena,   sangigiyena,   bolalar   va   kattalar   patologiyasi,   neyroxirurgiya,
genetika,   oliy   nerv   faoliyati   va   hokazolar   bo’yicha   kom pleks   tadqiqotlarning
vujudga   kelishi,   psixologiya,   biologiya,   medisina,   sosiologiya   fanlarining
hamkorligida   ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borilishi,   ya’ni   integrasiyaning   amalga
oshishi.
6.   Yuridik   ( h uquqshunoslik)   psixologiyasi   va   uning   sohalari   ijtimoiy
hayotimizda   sezilarli   o’rin   egallayotgani   hamda   yoshlar   o’rtasida
qonunbuzarlikning davom etayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya,
penitensiar   yoki   axloq   tuzatish   mehnati   psixologiyasi;   voyaga   yetmagan
qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalalari).
7.   Amaliy   psixologiyaning   ijtimoiy-siyosiy   tus   olayotgani   va   turmushning   har
bir   jabhasiga   kirib   borishi,   shuningdek,   o’z   o’rnini   topayotgani   (psixologik
konsultasiyalar, maslahatlar, auto va sosial treninglar, ishbilarmonlik o’yinlari, art
va psixoterapiya, professiogramma, psi xodiagnostika va hokazolarga talab ortishi).
8.   Psixologiya   fani   sohalarining   inson   ontogenezidagi   o’zgarishlarga   doir,
bilimlarga   ehtiyoji   va   talabi   ortayotgani   (harbiy,   sport,   savdo,   mehnat,   kosmik,
muhandislik, ijod, aviasiya, reklama, menejment psixologiyalariga aniq materiallar
zarurligi).
9.   Ekologiya   muammolari,   zoopsixologiya   va   etolo giya   vazifalari,   millatlararo
munosabatlarni   barqarorlashtirish,   insonparvarlik   g’oyalarini   turmush   tarziga   olib
kirish   masalalarining   dolzarbligi   (ekologiya   va   inson,   qiyosiy   psixologiya,   shaxs
psixologiyasi, etnik psixologiya va hokazolar).
10.   Moddiy   ishlab   chiqarishni   ko’paytirish,   sanoatda   va   qishloq   xo’jaligida
kishilarning   haqiqiy   xo’jayinlik   tuyg’usini   uyg’otish,   aqliy   va   jismoniy
imkoniyatlarni  qidirish,  ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirish,  inson   —  inson,
inson — texnika,   yer — inson, inson — iqlim munosabatlarini   izchil  o’rganish
za rurligi. 11.   Oilaviy   munosabatlarni   yaxshilash,   ajralishlarning   oldini   olish,   inoq   oila
yaratish,   yoshlarni   turmushga   tayyorlash,   o’z   joniga   qasd   qilish   hollarini   bartaraf
etish, oilada tenghuquqlilikni qaror toptirish va bolalar tarbiyasini takomillashtirish
vazifalari.
12.   Inson   uzoq   umr   ko’rishining   sirlarini   —   gerantopsixologik   qonuniyatlarni
ochish va targ’ib qilish, davlat muassasalarida, nodavlat tashkilotlarida, psixologik
bilimlardan   o’z   o’rnida   foydalanish,   uzoq   umr   ko’rishga   zamin   tayyorlash,
qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda
bo’lish   kerakligi   Yosh   va   pedagogik     psixologiya ni   rivojlantirishni   taqozo
etmoqda.
Turli   yosh   va   har   xil   jinsdagi   insonlar   psixikasining   rivojlanishi,   o’zgarishi,
vatanimizda   yashayotgan   barcha   millat   va   elatlarning   axloqiy   va   jismoniy   kamol
topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-sharoitlarni bilish va ulardan
unumli   foydalanish   hozirgi   davrda   nihoyatda   zarur   masala   bo’lib   qoldi.   Xalq
ta’limi   xodimlari,   ishlab   chiqarish   va   ilmiy-tadqiqot   muassasalarining,   qishloq
xo’jalik   jamoalarining,   fan,   adabiyot   va   madaniy-oqartuv   tashkilotlarining
rahbarlari   insonni   har   tomonlama   kamol   topgan,   ma’lumotli,   mahoratli,   aql-
zakovatli,   ijodiy   izlanishga   moyil   shaxs   sifatida   kamol   topish   jarayoni   qanday
sodir   bo’lishini,   keksayishning   xususiyatlari   va   o’ziga   xos   jihatlarini   bilishga
qiziqmoqdalar.   Shunday   ekan,   tarbiya   tizimi da   va   ishlab   chiqarishda   psixologiya
bo’yicha   bilimsizlik   va   chalasavodlilikni   yo’qotish   uchun   bolalar   ruhiyatidan
qariyalar   ma’naviyatigacha   nazariy   va   amaliy   bilimlarni   egallash   hozirgi
davrimizning muhim talabidir.
Endilikda   insonni   aks   ettirish   faoliyatining   rivojlanishi   qonuniyatlarini,
odamni ng   bosh miya yarim sharlari po’stidan haqiqiy jism ,   obraz (timsol) sifatida
ro’yobga   chiqishini,   nima   sababdan   mazkur   obraz   o’zgarishini   va   bu   o’zgarish
kishining   ruhiyatiga   ta’sir   qilishini   tushuntirish   uchun   dialektik   materializmning
psixika tashqi dunyoni in’ikos ettiradi, degan ta’rifining o’zi yetarli emas. Mazkur
hodisaning   chuqurligini   —   aks   ettirish   jarayonini   genetik   metod   bilan   o’rganish orqaligina asoslab  berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va neosfera nuqtai
nazaridan yondashish ijobiy natija sari yetaklaydi.
Ma’lumki,   go’daklik   davridagi   oddiy   sezishdan   boshlab,   mantiqiy   fikr
yuritishgacha   o’tadigan   davr   nisbatan   uzundir.   Endigina   tug’ilgan   chaqaloq   ham
dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof-muhitni aks ettirishga
kirishadi. Biroq  uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga
keladi,   nutq   bilan   tafakkurning   birligi   mazkur   rivojlanishni   amalga   oshiradi.
Bunday   holat   o’ta   murakkab   hissiy   bili щ dan   mantiqiy   tafakkurga   o’tish   jarayoni
bosqichini tadqiq etish imkonini beradi.
Hozir gi   psixologiya fani individual ong o’sishining turli bosqichlarida amaliyot
bilan   hissiy   bilish   o’rtasidagi,   amaliyot   va   mavhum   tafakkur   orasidagi   juda
murakkab, o’zgaruvchan ichki munosabatlar hamda mexanizmlarni ifodalay oladi.
Inson   psixikasining   vu judga   kelishi   va   rivojlanishini,   uning   turli   qirralarini
o’rganish odamning psixik o’sishi, uning obyektiv va subyektiv sabablari, omillari,
shart-sharoitlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash imkonini bera oladi.
Mazkur   muammoga   ilmiy   yondashish   insonning   hayot   sharoitlari ,   shaxsiy
xususiyatlari, qobiliyatlari, sifatlari, qiziqish ko’lami, irodaviy fazilatlari, muayyan
his-tuyg’ularining   mazmuni,   to’laligi   va   hokazolarni   yoritish   demakdir.   Ilmiy
ishlar   olib   borayotgan   tadqiqotchi   katta   yoshdagi   odamlardan   hayot   sharoitining
tayyor mahsulini o’rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi qanday vujudga
kelgani,   kechishi,   aks   ettirish   xususiyatlarini   tushuntira   olmaydi.   Ana   shu
murakkab   jarayonni   bilish   uchun   bolaning   psixika si   turmush   hodisalari   va
sharoitlari   bilan   bog’liqligini   aniqlab   olinmasa,   tajriba   o’tkazuvchi   o’zi
o’rganayotgan nazariy masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi.
Inson   psixikasining   rivojlanishidagi   sabab-oqibat   va   ularning   variantlari,
invariantlari,   modifikasiyalari,   munosabatlarini   bilish   bola   tarbiyasida   eng   qulay
shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur.
Shunday   qilib,   Yosh   va   pedagogik     psixologiya   fanini   o’rganish   ham   nazariy,
ham   amaliy   ahamiyatga   ega.   U   ham   boshqa   fanlar   qatorida   rivojlandi,   bunda
eksperimental biologiya va genetika, medisina, sosiologiya kabi fanlarning xizmati kattadir.   Ontogenez   va   differensial   psixologiya   fani   dialektikaning   prinsiplariga,
oliy   nerv   faoliyati   qonunlariga,       differensial   psixofiziologiya   qonuniyatlariga,
psixologlar   to’plangan   materiallarga   tayanib,   inson   psixikasining   kechishi,
rivojlanishi,   o’zgarishi   yuzasidan   bahs   yuritadi.   Ijtimoiy   turmushning   barcha
jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.
                Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy   qadriyatlar   tarbiya   manbai.
Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar uchun psixologiyasidan topshiriqlar.  L.P.Xoxlova. -T., O’qit. - 1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

Yosh va pedagogik psixologiya faniga kirish . Reja: 1. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. 2. Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 3. Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari. 4. Yosh va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi.

Yosh va pedagogik psixologiya fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o’quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug’ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o’zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Yosh va pedagogik psixologiya insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o’yin, o’qish, mehnat kabilar), er va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi. Inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni to’plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug’ilishidan to voyaga yetgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo’lgunicha ulg’ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash Yosh va pedagogik psixologiya sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari, o’ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanadi. Ana shu ri vojlanish natijasida uning psixikasi, ongi go’dakning dastlabki oddiy aks ettirish (in’ikos) tarzidagi sodda ongidai balog’atga yetgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol, to’la va anglab aks ettirish darajasigacha taraqqiy etadi. Inson zotining turli jihatlarini o’rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiyena, pedagogika, etnografiya kabi fanlar shug’ullangani kabi uning kamol topishidagi qonuniyatlarni, subyekt psixikasini, ongining mantiqiy mexanizmlarini, umuman, odam zotining tug’ilganidan to voyaga yetgunicha psixik rivojlanishini psixo logiya fanlari sistemasining alohida sohasi - bolalar psixologiyasi fani o’rganadi va tadqiq qiladi. Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.Vallon, J.Piaje va boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur kamol

topishning o’ziga xos xususiyatlarga asoslangan (senzitiv — qulay) davrlari mavjud bo’lib, ular individning o’zi yashab turgan muhitda (bog’cha, oilada) tutgan o’rni, bilish jarayonlari, o’ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining o’sishi darajasi bilan bevosita bog’liqdir. Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko’ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan bola shaxsi rivojlanishining ham o’z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog’i — bolalar psixologiyasini n g predmetiga kiradi. Yosh va pedagogik psixologiya sohasi inson psixikasi faqat miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o’zgarishi haqidagi metodologik hamda fenomenologik qoidaga amal qiladi. Har bir fanning o’z predmeti borligi singari bolalar psixologiyasining ham o’zi tekshiradigan sohasi hamda tadqiqot metodlari bor. Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo’lishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo’lsa, yosh davri yoki Yosh va pedagogik psixologiya turli yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyat lari va bularning o’ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o’ziga xos xususiyatlarini ham o’rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda, ta’lim va tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda Yosh va pedagogik psixologiya alohida o’rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojla nishi muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo’lmaydi. Shuning uchun XXI asrga kelib «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh va pedagogik psixologiya — inson psixikasining ri vojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to’g’risidagi fandir. Yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o’zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Yosh va pedagogik psixologiya ana shu vazifani hal etish bilan amaliy maqsadlarni ro’yobga chiqaradi: ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga

yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to’g’ri yo’naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko’rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, kamolotning turli davrlarini insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olmay turib , yuqoridagi vazifalarni hal qilib bo’lmaydi. Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida pred met sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to’g’risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sosiogenetik (K.Le vin), bixevioristik (E.Torndayk), psixoanalitik (3.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko’p. Ular to’g’risida keyingi sahifalarda batafsil to’xtalgan. Ilmiy psixologik adabiyotlar, empirik ma’lumotlar Yosh va pedagogik psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo’lgan, degan xulosaga keldik. Quyida ana shularni bayon qilamiz. 1. Barcha fanlar negiziga kirib borgai evolyusiya g’oyasining (Ch.Darvin) inson psixikasining rivoj lanishi jarayonida o’rganish zarurligi. 2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti- harakatini, psixik xususiyatla rini va bolalarning o’sishiga biror faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish. 3. Yosh va pedagogik psixologiya insonning (tug’ilganidan umrining oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega ekanligi tan olingani. 4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o’quvchilari, o’rta va oliy o’quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy- ta’minot muassasalari, mehribonlik uylari, koloniyalar, yordamchi maktablar,

internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va boshqalar)ning xodimlarida extiyojlar ortib borayotgani. 5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi, psixiatriya, psixonevrologiya, psixogigiyena, sangigiyena, bolalar va kattalar patologiyasi, neyroxirurgiya, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar bo’yicha kom pleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya, biologiya, medisina, sosiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, ya’ni integrasiyaning amalga oshishi. 6. Yuridik ( h uquqshunoslik) psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda sezilarli o’rin egallayotgani hamda yoshlar o’rtasida qonunbuzarlikning davom etayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga yetmagan qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalalari). 7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o’z o’rnini topayotgani (psixologik konsultasiyalar, maslahatlar, auto va sosial treninglar, ishbilarmonlik o’yinlari, art va psixoterapiya, professiogramma, psi xodiagnostika va hokazolarga talab ortishi). 8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o’zgarishlarga doir, bilimlarga ehtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik, muhandislik, ijod, aviasiya, reklama, menejment psixologiyalariga aniq materiallar zarurligi). 9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etolo giya vazifalari, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, insonparvarlik g’oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, etnik psixologiya va hokazolar). 10. Moddiy ishlab chiqarishni ko’paytirish, sanoatda va qishloq xo’jaligida kishilarning haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini uyg’otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson — inson, inson — texnika, yer — inson, inson — iqlim munosabatlarini izchil o’rganish za rurligi.