O’zbekistonning ekologik muammolari
Mavzu: O’zbekistonning ekologik muammolari Reja: 1. Ekologik omillar va yashash muhitlari. 2. Ekosistema tushunchasi. 3. O’zbekistonning ekologik muammolari tasnifi
Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, xavo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ularning bog’likligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Tirik organizmlar, oziqlanishi va yashashi uchun ishonchli himoyalangan yashash muhitini qidiradi. Chigirtka, kapalak va shu kabi boshqa hasharotlar oziq ovqatini va yashashi uchun inlarini qurishda o’simliklardan foydalanadi. Hashoratlardir o’z navbatida ko’p qushlarning ozuqasi hisoblanadi. Nobud bo’lgan o’simlik va xayvonlar tuproq uchun manba hisoblanadi. Biotik omillar - tirik organizmlarning o‘zaro ta’sir etishining barcha ko‘rinishlari (masalan, o‘simliklarning hasharotlari yordamida changlanishi, raqobat, bir organizm tomonidan ikkinchisini iste’mol kilish, parazitlik) va ularning tashki muhitga ta’siridan iborat. Biotik o‘zaro aloqa munosabatlar murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Biotik omillar atrof muhitning asoslisidir. Juda ko‘p o‘simliklar va xayvonlarning o‘sishi va yashashi uchun iqlim omillari katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi (ijobiy yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar juda
xilma-xil, ular tabiati va tirik organizmlarga ta’sir etishiga ko‘ra shartli ravishda 3 ta asosiy guruhlarga ajratiladi: Abiotik omillar - jonsiz tabiatning omillari hisoblanib, birinchi navbatda, iqlim omillari, ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va mahalliy omillar kiradi. Abiotik omillar- jonsiz degan ma’nolarni bildiradi. Abiotik omillar xar bir tirik organizmning yashashi uchun sharoit yaratadi. Masalan: suv abiotik omilning eng asosiy omil ko’rsatgichlaridan biri. Abiotik omillardan bo‘lgan havo, yerni o‘rab turgan qobig‘idir. Iqlim omillaridan, xamma tirik organizmlar yashash hayotida yorug‘lik muhimdir. Quyosh nuri natijasida amalga oshiriladigan fotosintez, barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida energiya manbaidir. Yer sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko`payishi va boshka hayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi. Barorat 0S dan past 50S dan yuqori bo‘lganda barcha hayot jarayonlari to‘xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi. Masalan: Sovuq havo (Antarktida), issiq harorat (arab sahrolari) hukmron bo‘lgan joylarda tirik organizmlar o‘sha muhitga moslashib yashaydi. Mahalliy omillarga relef, tuproq xususiyatlari, sho‘rlanish, oqim, shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshqalar kiradi. Antropogen omillar - hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi.
*Peter Rillero, Dinah Zike . Ecology, 2005 (36-40 betlar) Yashash muhiti deb tabiatning bir —biriga ta’sir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi. Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig‘indisidan iborat bo‘lib, bularsiz organizmlar yashay olmaydi. Muhit elementlarining turlar moslashish reaksiyasini chaqiruvchi faktorlari ekologik omillar deyiladi. Organizmlar murakkab va o‘zgaruvchan dunyoda yashab, ular o‘z hayotini asta — sekin shunga moslashtirib boradi. Evolyutsion taraqqiyot davomida organizmlar to‘rtta asosiy hayot muhitini o‘zlashtirgan. Ulardan birinchisi — suv muhiti. Hayot suvda paydo bo‘lgan va tarqala boshlagan. Keyinchalik tirik organizmlar er-havo muhitini egallagan. Tuproq alohida hayot muhiti hisoblanadi. Hayotning o‘ziga xos to‘rtinchi muhiti bu tirik organizm tanasidir. Ekosistemaning funksional xususiyatlarini o rganish bo yicha tadqiqotlar kengʻ ʻ
miqyosda olib borila boshlandi. Ekosistema strukturasi, mahsuldorligi va turg unligini tushunib olish uchun ulardagi trofik bog lanishni o rganishʻ ʻ ʻ muhim ahamiyatga ega. Trofik bog lanishlar orqali Ekosistemada ʻ moddalarning biologik transformatsiyasi amalga oshadi. Zamonaviy metodlar, xususan, Ekosistemani matematik modellashtirish orqali bu jarayonlar intensivligi va samaradorligini miqdoriy jihatdan aniqlash tabiiy resurslardan samarali foydalanish va odam yashaydigan muhitni saqlab qolish masalalarini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Ko p hollarda biogeotsenoz termini ham ʻ Ekosistema termini sinonimi sifatida ishlatiladi. O’zbekiston ekologiyasini yaxshilash uchun, mamlakatimizdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilash, ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimda malum bo’lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, tarixni yaxshilab o’rganishimiz hamda undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak. Inson faoliyati tasirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan bormoqda. Insoniyatning tabiiy jarayonlarga ana shunday ta’sirda yoki