O‘RTA OSIYONING EKOLOGIK MUAMMOLARI VA TABIATINI MUHOFAZA QILISH
O‘RTA OSIYON IN G EKOLOGI K MUA MMOLARI VA TABI ATIN I MUHOFAZA QILISH
1. Inson o‘ziga kerakli narsalarni qayerdan oladi? 2. Tabiatni muhofaza qilish nima uchun kerak?
Inson o‘ziga kerakli hamma narsani tabiatdan oladi. Ishlatib bo‘lgan, keraksiz chiqindilarni esa tabiatga chiqarib tashlaydi. huning uchun ham tabiat bilan inson o‘rtasida o‘zaro ta’sir to‘xtovsiz davom etadi.
Inson hayotining farovonligi, odamlarning sog‘lig‘i, ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiiy sharoitga, tabiat boyliklariga, ayniqsa, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning qanday ekanligiga, ya’ni inson tabiat va uning boyliklaridan qanday foydalanayotganiga, tabiatni qanday muhofaza qilayotganiga bog‘liq.
O‘rta Osiyo — juda katta Yevrosiyo materigining deyarli o‘rta qismida joylashgan, suvlari tashqariga chiqib ketmaydigan berk tabiiy geografik o‘lka.