logo

YER OSTI SUVLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.8154296875 KB
YER   OSTI   SUVLARI
Reja:
1. Yer osti suvlari  va ular ning paydo bo’lishi
2. Yer  o sti suvlari va  g e n e zisi bo’yicha tasniflash
3. Yer  o sti suvlarining j o ylashish o’rniga va minerallashuv darajasiga 
ko’ra turlari 1. Yer osti suvlari  va ular ning paydo bo’lishi
Yer   osti   suvlari   gidrosferaning   tashkil   etuvchilari   orasida   hajmi
jihatidan   Dunyo   okeanidan   keyin   ikkinchi   o’rinda   turadi.   SHuning   uchun
ularni o’rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Yer po’sti litosferani tashkil qilgan tog’ jinslari, tuproq grunt qatlamlari
ichidagi   bo’shliqlarda   suyuq,   qattiq   (muz)   va   bug’   holatda   uchraydigan
barcha suvlar Yer osti suvlaridir. Bu suvlarning gidrosferaning boshqa tashkil
etuvchilaridan farqi quyidagilardan iborat:
1)   ular   o’z   og’irlik   kuchi   yoki   bosim   (napor)   ta’sirida   yer   po’sti
qatlamlari orasida yer osti oqimi ko’rinishida erkin harakat qilishi bilan;
2)   tuproq grunt   va   tog’   jinslarini   tashkil   etgan   zar rachalar   bilan   tabiiy
yoki ximiyaviy bog’langan bo’lishi mumkin.
Tog’   jinslarining   sirtini   o’rab   olgan   yupqa   pardali   suv   tabiiy
bog’langan, minerallar tarkibidagi suv esa ximiyaviy bog’langan hisoblanadi.
Yer   osti   suvlarining   paydo   bo’lishi   haqida   turli   davr larda   olimlar
turlicha   fikr mulohazalar   va   farazlar   (gi potezalar)   bayon   qilganlar.   Hozirgi
vaqtda   ilmiy   nuq tai nazardan   asoslangan   va   shu   tufayli   mutaxassislar   to -
monidan qabul qilingan nazariyalar quyidagilardan iborat:
 E.Zyussning yuv e nil nazariyasi;
 A.F.L e b e d e vning k o nd e nsatsi o n nazariyasi;
 infiltratsi o n (sizib o’tish) nazariyasi;
 r e likt Yer  o sti suvlari nazariyasi.
Yer   o sti   suvlarining   yuv e nil   nazariyasi   avstraliyalik   g eo l o g o lim
E.Zyuss t o m o nidan ilgari surilgan va shu tufayli uning n o mi bilan ataladi. Bu
nazariyaga ko’ra Yer osti suvlari qisman magmadan chiqadigan bug’larning
sovushi va  quyuqlashishi natijasida hosil bo’ladi. Kondensatsion nazariyaga ko’ra Yer osti suvlarining ma’lum qismi tog’
jinslari   va   tuproq gruntdagi   bo’sh liqlarga   havo   bilan   kirib   qolgan   suv
bug’larining   sovi gandan   keyin   kondensatsiyalanib,   suyuq   holatga   aylanishi
natijasida paydo bo’ladi.
Infiltratsion (sizib o’tish) nazariyasiga ko’ra Yer osti suvlarining katta
qismi   yomg’ir,   qor   suvlari,   daryolar,   kanallar   hamda   ariqlardagi   suvlarning
yerga shimilishidan hosil bo’ladi. Bu fikrlar ancha ilgari aytilgan bo’lsa ham,
uning nazariya sifatida shakllanishida A.F.Lebedevning xizmatlari kattadir.
Relikt Yer osti suvlari nazariyasining mohiyati shundan iboratki, unga
asosan   Yer   osti   suvlarining   ma’lum   qismi   qadimgi   zamonlarda   dengiz   yoki
ko’llar   ostidagi   cho’kindi   tog’   jinslarining   bo’shliqlarida   mavjud   bo’lgan
suvlar   hisobiga   hosil   bo’ladi.   Bunday   suvlar   "q o lib   k e tgan"   yoki   "ko’milib
q o lgan" (r e likt) suvlar d e b ataladi. K e yinchalik, g eo l o gik riv o jlanish jarayoni
natijasida,   bu   qatlamlarning   ustida   yangi   qatlamlar   payd o   bo’lgan.   Nati jada
pastki   qatlamlarda   bosim   ortib,   ulardagi   bo’sh liqlarda   qolib   ketgan
suvlarning   bir   qismi   siqilib   chiqadi   va   boshqa   qatlamlardagi   suvlarga
qo’shiladi.
Yer  o sti suvlari va g e n e zisi bo’yicha tasniflash
Yer   po‘stining   zich   tog‘   jinslarining   darz   va   yoriqlarida,   g‘ovak   jinslar
orasidagi bo‘shliqlarda mavjud bo‘lgan suvlar yer osti suvlari deyiladi. Ular
bug‘, suyuq va muz holatida bo‘lishi mumkin. Suyuq holdagi suv bog‘langan
va erkin bo‘lishi mumkin. Bog‘langan suv gigroskopik (qalinligi 10-8 sm) va
pardasimon (10-8 sm dan 10-5 sm gacha) bo‘ladi. Erkin suv kapillyar suv va
gravitatsion suvga bo‘linadi. 
Yer osti suvlari yog‘in suvining tog‘ jinslari qatlamlariga shimilishidan,
nam   havoning   tog‘   jinslari   yoriqlariga   kirib   kondensatsiyalanishidan, cho‘kindi   jinslar   hosil   bo‘layotganda   kirib   qolayotgan     suvlardan   vujudga
keladi.
Yer osti suvlari tarkibida erigan mineral tuzlar miqdoriga qarab chuchuk
suv, mineral suv va sho‘r suv bo‘lnadi. Yer osti suvlari yana bosimli va erkin
oquvchi   suvlar   bo‘ladi.   Bosimli   suvlar   ikkita   suv   o‘tkazmaydigan   qatlam
orasidagi   suv   o‘tkazuvchi   qatlamda   hosil   bo‘ladi   va   quduq   qazilsa,   suv
favvora bo‘lib otilib chiqadi. Bunday suv artezian suv deb ham aytiladi.
Yer   osti   suvlari     sathi   joyining   geologik   tuzilishiga,   relefiga   bog‘liq
ravishda   bir   xil   bo‘lmaydi   va   baland   tomondan   past   tomonga   oqadi.   Yer
yuzidagi   jarlarda,   o‘yiqlarda   yer   yuziga   oqib   chiqib,   buloqlarni   hosil   qiladi.
Suv   o‘tkazadigan   qatlam   yer   yuziga   chiqqan   joylarda   sizot   suvlar   hosil
bo‘ladi.
Yer osti suvlari tabiatda juda katta ish bajaradi. Bular quyidagilar:
1.   Yer   osti   suvlari     sathi   sayoz   joylarda   botqoqliklar,   sho‘rxoklar,   zax
yerlar vujudga keladi.
2. Tog‘ jinslari qatlamlaridagi moddalarni yuvib, oqizib, eritib olib ketib,
ularni qayta taqsimlaydi.
3.   Daryolar,   dengizlar,   sohillarda,   vodiylar   va   yonbag‘irlarda   suv
o‘tkazmaydigan   qatlamlar   past   tomonga   nishab   bo‘lsa   surilmalar,   tog‘
siljishlari ro‘y beradi.
4.   Suvda   yaxshi   eriydigan   tog‘   jinslari   tarqalgan   joylarda   karst
hodisasiga sabab bo‘ladi.
Yerning   yuza   qatlamlarida   ohaktosh,   gips,   dalomit,   tuzlar   bor   joylarda
yer osti suvlari ularni eritib olib ketib, yer ostida yo‘laklar, boshliqlar, o‘yiq
va yoriqlar vujudga keladi, yer yuzidagi suvlar yer ostiga tushib ketib yer osti
ko‘llari, daryolarini hosil qiladi. Yer yuzasi o‘ydim chuqur bo‘lib qoladi. Shu
hodisa   karst   hodisasi   deyiladi.   Karst   sayoz   karst,   chuqur   karst,   ochiq   karst,
yopiq karst, chimli karst  bo‘lishi mumkin. Yuqorida   bayon   qilingan   nazariya   va   gipotezalarga   mos   ravishda   Yer
osti suvlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
 vad o z Yer  o sti suvlari;
 yuv e nil Yer  o sti suvlari;
 sedimentatsion Yer osti suvlari.
Vadoz Yer osti suvlari, ya’ni yerning ustki qatlami  po’stidagi suvlar o’z
navbatida uch turga bo’linadi:
 infiltratsi o n Yer  o sti suvlari;
 inflyuatsi o n Yer  o sti suvlari;
 k o nd e nsatsi o n Yer  o sti suvlari.
Infiltratsi o n   Yer   o sti   suvlariga   d o nad o r   t o g’   jinslari   o rasidan   shimilib,
ye r   o stiga   o’tgan   suvlar   kiradi.   Inflyuatsion   suvlarga   esa   tog’   jinslaridagi
yoriqlar va bo’shliqlar orqali  yer  ostiga o’tadigan suvlar kiradi. Va  nihoyat,
yer   osti   yoriqlari   va   bo’shliqlarida   uchraydigan   bug’   ko’rinishidagi   nam
havoning kondensatsiyalanishi natijasida kondensatsion Yer osti suvlari hosil
bo’ladi.
Vadoz   suvlar   Yer   kurrasida   suvning   umumiy   aylanishida   faol   ishtirok
etadi,   aniqrog’i   ular   Yer   yuzasidagi   suv   havzalari   hamda   atmosferadagi
namlik bilan chambarchas bog’langan.
Yuv e nil   Yer   o sti   suvlarining   k e lib   chiqishi   magmatik   va   m e tam o rfik
jarayonlar   bilan   b o g’liqdir.   Bu   guruhdagi   Yer   osti   suvlari   vodorod   (N)   va
kislorod   (O
2 )   molekula larining   qo’shilishidan   hosil   bo’lgach,   tabiatda
suvning aylanishida birinchi marta ishtirok etadi.
Sedimentatsion   Yer   osti   suvlari   yuqorida   ta’kid langanidek,   uzoq   vaqt
davomida suvning tabiiy aylanishida qatnashmasligi mumkin.
Tabiatda,   k e lib   chiqish   shar o itiga   ko’ra,   bir   turli   bo’lgan   Yer   o sti
suvlarini ajratish mushkul. Chunki bir geologik strukturaning geologik tarixi mobaynida   Yer   osti   suvlarining   to’yinishida   yuqorida   qayd   etilgan   har   uch
guruh suvlari ham qatnashishi mumkin.
Yer  o sti suvlarining j o ylashish o’rniga va minerallashuv darajasiga
ko’ra turlari
Yer   osti   suvlari   joylashishi   sharoitga   qarab   tuproq   suvi,   grunt   suvi,
hamda   qatlamlar   orasidagi   (bosimli)   suvlarga   bo’linadi.   SHu   bilan   birga
tuproq grunt   suvlari   ham,   qatlamlar   orasidagi   suvlar   ham   tog’   jinslarining
g’ovaklari, yoriqlari hamda karst bo’shliqlarida bo’lishi mumkin.
Yer qobig’ining yuza qismi Yer osti suvlarining taq simlanishiga qarab
ikki   zonaga aeratsiya   va   to’yinish   zo nalariga   bo’linadi.   Aeratsiya   zonasida
tog’ jinslari g’ovak lari suv bilan to’la qoplanmagan bo’lib, u yerda atmosfera
havosi   mavjud   bo’ladi.   To’yinish   zonasida   esa   tuproq   va   tog’   jinslari
bo’shliqlari suv bilan to’lgan bo’ladi.
Yer   yuzasiga   yaqin   bo’lgan   tuproq   qatlamida   joylashgan   va   odatda,
mavsumiy   ravishda   bo’ladigan   suvlar   tuproq   su vlari   deb   ataladi.   Bunday
suvlarning   asosiy   manbai   yog’in sochin   hamda   atmosferadagi   namlikdir.
SHuning   uchun   ham   ular   yilning   namlik   ko’p   bo’lgan   mavsumlaridagina
hosil bo’ladi. Tuproq suvlari boshqa Yer osti suvlariga qa raganda anchagina
yuqorida joylashgan va ulardan suvsiz yoki sal nam qatlam-aeratsiya zonasi
bilan ajralgan bo’ladi.
Aeratsiya zonasi Yer osti suvlarini yer yuzasidan pastki qatlamlarga va
pastki qatlamlardan yer yuzasiga bug’ shaklida o’tkazib turadi.
Tupr o q   suvlaridan   pastda   j o ylashgan   suv   qatlami   grunt   suvlari   d e b
n o mlanadi. Grunt suvlari suv o’tkaz maydigan qatlamning ustida yig’iladi va
odatda   qum   hamda   shag’al   qatlami   orasida   sizib   yuradi.   Bu   yerga   yer
yuzasidan   yomg’ir,   qor   va   daryo   suvlari   sizib   o’tadi.   Chunki   grunt suvlarining ustida suv o’tkazmaydigan qatlam bo’lmaydi. Grunt suvlari faqat
og’irlik kuchi ta’siri ostida sizib yuradi, ular bosim kuchiga ega emas.
O datda,   quduq   suvi   grunt   suvlari   qatlamidan   h o sil   bo’ladi.   Tabiiy
sharoitda,   Yer   po’sti   qatlamlarining   geologik   tuzilishiga   bog’liq   holda,
bunday   Yer   osti   suvlari   grunt   suvlari   oqimini   yoki   grunt   suvlari   havzasini
hosil qilishi mumkin.
Taniqli   olimlar   D.S.Ibrohimov   va   A.N.Sultonxo’ jaevlarning   fikricha
ularning asosiy farqi shundaki, grunt suvlari oqimi ancha tez sizib yuradigan
hamda   har   yili   (dinamik   ravishda)   to’ldirib   turiladigan   zahiraga   ega   bo’lsa,
grunt   suvlari   havzasida   suv   juda   sekin   oqadi   va   bu   yerda   suvlar   to’planadi.
O’rta Osiyo sharoitida ayrim grunt suvlari oqimlari bir birlari bilan qo’shilib,
ko’pincha,   grunt   suvlari   havzasini   hosil   qiladi.   Sirdaryo,   Amudaryo   va
boshqa   daryolarning   hozirgi   vodiylaridagi   Yer   osti   suvlari   oqimi   bunga
yaqqol misoldir.
Gidr o g eo l o gik   k e sma   bo’yicha,   grunt   suvlarining   o stida   qatlamlar
o rasidagi   suvlar   j o ylashadi.   Suv   o’tkazmaydigan   tog’   jinslaridan   tashkil
topgan ikki qatlam orasidagi bo’shliqlarda mavjud bo’lgan suvlarga qatlamlar
orasidagi   suvlar   deb   ataladi.   Gidrogeologik   kesma   bo’yicha   bunday   suv
qatlamlari   bir ikkitadan   tortib,   o’n o’n   beshtagacha   va   hatto   undan   ham
ko’proq bo’lishi mumkin.
Qatlamlar   o rasidagi b o sim kuchiga ega bo’lgan suvlar art e zian suvlari
d e b ataladi. Art e zian suvlari tarqalgan mayd o nlar art e zian havzalari d e yiladi.
Ko’pincha   art e zian   havzalarining   kattaligi   bir   n e cha   yuz   va   hatt o   ming
kvadrat   kil o m e trga   b o radi.   Art e zian   suvlari   va   art e zian   havzasi   atamalari
Frantsiyadagi   Artuz   vil o yatining   n o midan   k e lib   chiqqan.   Bu   vilolyatning
qadimiy   nomi   Arteziya   bo’lgan   ekan.   Shu   yerda   1125 yilda   kovlangan
quduqdan   suv   katta   bosim   bilan   otilib   chiqqan.   Shunday   buyon   ye r   o stidan b o sim   kuchi   bilan   o tilib   chiqadigan   va   suv   o lish   uchun  k o vlangan  quduqlar
art e zian quduqlari d e b atala b o shlandi.
Art e zian havzasi,  o datda uch as o siy z o nadan tashkil t o pgan bo’ladi:
 to’yinish z o nasi;
 suv b o simi h o sil bo’ladigan z o na;
 suvning yer sirtiga chiqish bo’shalish zonasi.
To’yinish   zonasi   (oblasti)   da   suvli   qatlam   yer   yuzasiga   chiqib   qolgan
yoki   yer   yuziga   juda   yaqin   bo’lib,   ularda   grunt   suvlari   uchraydi.   Shu
sababdan bu zonada Yer osti suvlarining bosim kuchi kam yoki yo’q bo’ladi.
Ular asosan sizot (infiltratsion) Yer osti suvlaridan hosil bo’ladi.
Suv   bosimi   hosil   bo’ladigan   zona   to’yinish   zonasidan   pastroqda
joylashadi,   bu   yerdagi   suvlar   doimo   gidrostatik   bosim   kuchiga   ega   bo’ladi.
SHuning uchun chuqur quduq kov laganda, qatlamlar orasidagi suv yuqoriga
ko’tariladi,   bo sim   kuchi   juda   katta   bo’lsa,   ular   yer   yuzasiga   otilib   ham
chiqadi.
Bo’shalish   zonasi   ikkinchi   zonadan   pastroq   yoki   yuqo riroq
joylashishidan qat’iy nazar birinchi zonadan al batta pastroq turadi. Bu zonada
qatlamlar   orasidagi   suvlar   yer   yuzasiga   yoki   yuqoriroqda   joylashgan   suv
qatlamlariga   bosim   ta’sirida   oqib   chiqadi.   Demak,   uchinchi   zonada
tasvirlanayotgan suv qatlamlari yer yuzasiga yaqin yoki uning sirtida bo’lishi
kerak.   SHu  zonaning  ayrim   joylarida  qatlamlar  orasidagi  suvlar  ancha   katta
chuqurlikda bo’lsa ham 
er yuzasiga oqib chiqishi mumkin. Bu holda suvlar yer yuza siga yer po’stida
mavjud bo’lgan yoriqlar orqali ko’tariladi.
O’rta   Osiyo   va   unga   tutash   hududlarda   N.N.Kenesarin   va
A.N.Sultonxo’jaevlar   bir   nechta   artezian   havzalari   bor ligini   aniqlashgan.
Masalan, Sirdaryo artezian havzasi: bu havza o’z navbatida yana bir qancha mayda havzalarga, Farg’ona, Toshkent, Chimkent, Qizilqum, Orol atrofi kabi
havzalarga bo’linadi.
Ko’rsatilgan   havzalarning   har   birida   chuqur   quduqlar   kovlanishi
natijasida   bir   nechta   artezian   suvli   qatlamlar   borligi   aniqlangan.   Har   bir
qatlamdagi suv o’ziga xos xususiyatlari bilan bir biridan farq qiladi. Masalan,
Farg’ona artezian havzasida yigirmaga yaqin artezian suvli qatlamlar bor. Bu
qatlamlar   100   metrdan   boshlab   3,5 4   ming   metr   chuqurlikda   bo’lishiga
qaramay,   bosim   nihoyatda   kat taligi   sababli   ko’p   joylarda   suv   yer   yuzasiga
otilib chiqadi.
Artezian   suvlarining   sifati   (sho’rligi,   chuchukligi,   issiq sovuqligi),
ularning   tarkibidagi   mineral   tuzlar   va   gazlarning   tabiati   geologik,
gidrogeologik   sharoitga   bog’ liqdir.   Masalan,   artezian   suvlari   yer   yuzasiga
yaqinroq bo’lsa, qatlamlardan tez tez o’tib, almashinib tursa, chuchuk hamda
sovuq   bo’ladi;   bu   suvlar   esa   sizot   suvlardan   hosil   bo’ladi.   Agarda   suvli
qatlamlar   juda   chuqurda,   yer   po’stining   ichkarirog’ida   bo’lsa,   juda   sekin
sizadi; aniqrog’i yiliga bir ikki metr va undan ham kam siljiydi.
Yer   osti   suvlari   tarkibida   erigan   tuzlar   miqdoriga   qarab   uch   guruhga
bo’linadi:
  chuchuk   suvlar   (bir   litrida   bir   grammgacha   erigan   tuzlar   bo’lgan
suvlar);
  sho’r   suvlar   (bir   litrida   1   g   dan   50   g   gacha   erigan   tuz lar   bo’lgan
suvlar);
 o’ta sho’r suvlar (bir litrida 50 g dan ko’p erigan tuzlar bo’ladi).
Ko’pgina   Yer   osti   suvlarining   tarkibida   inson   sog’lig’i   uchun   foydali
bo’lgan   ba’zi   tuzlar,   gazlar   va   organik   birikmalar   ham   uchraydi.   Bunday
suvlar   shifobaxsh   suv lardir.   Masalan,   vodorod   sulfidli,   karbonat   angidridli,
yod bromli, radonli va boshqa xil suvlar shunday shifo baxsh xususiyatga ega. Asosiy adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук К.И., Боков В.А. Черванов И.Г. Общее землеведение. -М.: Высшая
школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World   Regional   Geography   (This   text   was   adapted   by   The   Saylor   Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0   License
without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or   licensee).
www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   Geography.   
2010.
10. Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael  Trapasso. Essentials of Physical
Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein
under license.

YER OSTI SUVLARI Reja: 1. Yer osti suvlari va ular ning paydo bo’lishi 2. Yer o sti suvlari va g e n e zisi bo’yicha tasniflash 3. Yer o sti suvlarining j o ylashish o’rniga va minerallashuv darajasiga ko’ra turlari

1. Yer osti suvlari va ular ning paydo bo’lishi Yer osti suvlari gidrosferaning tashkil etuvchilari orasida hajmi jihatidan Dunyo okeanidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. SHuning uchun ularni o’rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Yer po’sti litosferani tashkil qilgan tog’ jinslari, tuproq grunt qatlamlari ichidagi bo’shliqlarda suyuq, qattiq (muz) va bug’ holatda uchraydigan barcha suvlar Yer osti suvlaridir. Bu suvlarning gidrosferaning boshqa tashkil etuvchilaridan farqi quyidagilardan iborat: 1) ular o’z og’irlik kuchi yoki bosim (napor) ta’sirida yer po’sti qatlamlari orasida yer osti oqimi ko’rinishida erkin harakat qilishi bilan; 2) tuproq grunt va tog’ jinslarini tashkil etgan zar rachalar bilan tabiiy yoki ximiyaviy bog’langan bo’lishi mumkin. Tog’ jinslarining sirtini o’rab olgan yupqa pardali suv tabiiy bog’langan, minerallar tarkibidagi suv esa ximiyaviy bog’langan hisoblanadi. Yer osti suvlarining paydo bo’lishi haqida turli davr larda olimlar turlicha fikr mulohazalar va farazlar (gi potezalar) bayon qilganlar. Hozirgi vaqtda ilmiy nuq tai nazardan asoslangan va shu tufayli mutaxassislar to - monidan qabul qilingan nazariyalar quyidagilardan iborat: E.Zyussning yuv e nil nazariyasi; A.F.L e b e d e vning k o nd e nsatsi o n nazariyasi; infiltratsi o n (sizib o’tish) nazariyasi; r e likt Yer o sti suvlari nazariyasi. Yer o sti suvlarining yuv e nil nazariyasi avstraliyalik g eo l o g o lim E.Zyuss t o m o nidan ilgari surilgan va shu tufayli uning n o mi bilan ataladi. Bu nazariyaga ko’ra Yer osti suvlari qisman magmadan chiqadigan bug’larning sovushi va quyuqlashishi natijasida hosil bo’ladi.

Kondensatsion nazariyaga ko’ra Yer osti suvlarining ma’lum qismi tog’ jinslari va tuproq gruntdagi bo’sh liqlarga havo bilan kirib qolgan suv bug’larining sovi gandan keyin kondensatsiyalanib, suyuq holatga aylanishi natijasida paydo bo’ladi. Infiltratsion (sizib o’tish) nazariyasiga ko’ra Yer osti suvlarining katta qismi yomg’ir, qor suvlari, daryolar, kanallar hamda ariqlardagi suvlarning yerga shimilishidan hosil bo’ladi. Bu fikrlar ancha ilgari aytilgan bo’lsa ham, uning nazariya sifatida shakllanishida A.F.Lebedevning xizmatlari kattadir. Relikt Yer osti suvlari nazariyasining mohiyati shundan iboratki, unga asosan Yer osti suvlarining ma’lum qismi qadimgi zamonlarda dengiz yoki ko’llar ostidagi cho’kindi tog’ jinslarining bo’shliqlarida mavjud bo’lgan suvlar hisobiga hosil bo’ladi. Bunday suvlar "q o lib k e tgan" yoki "ko’milib q o lgan" (r e likt) suvlar d e b ataladi. K e yinchalik, g eo l o gik riv o jlanish jarayoni natijasida, bu qatlamlarning ustida yangi qatlamlar payd o bo’lgan. Nati jada pastki qatlamlarda bosim ortib, ulardagi bo’sh liqlarda qolib ketgan suvlarning bir qismi siqilib chiqadi va boshqa qatlamlardagi suvlarga qo’shiladi. Yer o sti suvlari va g e n e zisi bo’yicha tasniflash Yer po‘stining zich tog‘ jinslarining darz va yoriqlarida, g‘ovak jinslar orasidagi bo‘shliqlarda mavjud bo‘lgan suvlar yer osti suvlari deyiladi. Ular bug‘, suyuq va muz holatida bo‘lishi mumkin. Suyuq holdagi suv bog‘langan va erkin bo‘lishi mumkin. Bog‘langan suv gigroskopik (qalinligi 10-8 sm) va pardasimon (10-8 sm dan 10-5 sm gacha) bo‘ladi. Erkin suv kapillyar suv va gravitatsion suvga bo‘linadi. Yer osti suvlari yog‘in suvining tog‘ jinslari qatlamlariga shimilishidan, nam havoning tog‘ jinslari yoriqlariga kirib kondensatsiyalanishidan,

cho‘kindi jinslar hosil bo‘layotganda kirib qolayotgan suvlardan vujudga keladi. Yer osti suvlari tarkibida erigan mineral tuzlar miqdoriga qarab chuchuk suv, mineral suv va sho‘r suv bo‘lnadi. Yer osti suvlari yana bosimli va erkin oquvchi suvlar bo‘ladi. Bosimli suvlar ikkita suv o‘tkazmaydigan qatlam orasidagi suv o‘tkazuvchi qatlamda hosil bo‘ladi va quduq qazilsa, suv favvora bo‘lib otilib chiqadi. Bunday suv artezian suv deb ham aytiladi. Yer osti suvlari sathi joyining geologik tuzilishiga, relefiga bog‘liq ravishda bir xil bo‘lmaydi va baland tomondan past tomonga oqadi. Yer yuzidagi jarlarda, o‘yiqlarda yer yuziga oqib chiqib, buloqlarni hosil qiladi. Suv o‘tkazadigan qatlam yer yuziga chiqqan joylarda sizot suvlar hosil bo‘ladi. Yer osti suvlari tabiatda juda katta ish bajaradi. Bular quyidagilar: 1. Yer osti suvlari sathi sayoz joylarda botqoqliklar, sho‘rxoklar, zax yerlar vujudga keladi. 2. Tog‘ jinslari qatlamlaridagi moddalarni yuvib, oqizib, eritib olib ketib, ularni qayta taqsimlaydi. 3. Daryolar, dengizlar, sohillarda, vodiylar va yonbag‘irlarda suv o‘tkazmaydigan qatlamlar past tomonga nishab bo‘lsa surilmalar, tog‘ siljishlari ro‘y beradi. 4. Suvda yaxshi eriydigan tog‘ jinslari tarqalgan joylarda karst hodisasiga sabab bo‘ladi. Yerning yuza qatlamlarida ohaktosh, gips, dalomit, tuzlar bor joylarda yer osti suvlari ularni eritib olib ketib, yer ostida yo‘laklar, boshliqlar, o‘yiq va yoriqlar vujudga keladi, yer yuzidagi suvlar yer ostiga tushib ketib yer osti ko‘llari, daryolarini hosil qiladi. Yer yuzasi o‘ydim chuqur bo‘lib qoladi. Shu hodisa karst hodisasi deyiladi. Karst sayoz karst, chuqur karst, ochiq karst, yopiq karst, chimli karst bo‘lishi mumkin.

Yuqorida bayon qilingan nazariya va gipotezalarga mos ravishda Yer osti suvlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: vad o z Yer o sti suvlari; yuv e nil Yer o sti suvlari; sedimentatsion Yer osti suvlari. Vadoz Yer osti suvlari, ya’ni yerning ustki qatlami po’stidagi suvlar o’z navbatida uch turga bo’linadi: infiltratsi o n Yer o sti suvlari; inflyuatsi o n Yer o sti suvlari; k o nd e nsatsi o n Yer o sti suvlari. Infiltratsi o n Yer o sti suvlariga d o nad o r t o g’ jinslari o rasidan shimilib, ye r o stiga o’tgan suvlar kiradi. Inflyuatsion suvlarga esa tog’ jinslaridagi yoriqlar va bo’shliqlar orqali yer ostiga o’tadigan suvlar kiradi. Va nihoyat, yer osti yoriqlari va bo’shliqlarida uchraydigan bug’ ko’rinishidagi nam havoning kondensatsiyalanishi natijasida kondensatsion Yer osti suvlari hosil bo’ladi. Vadoz suvlar Yer kurrasida suvning umumiy aylanishida faol ishtirok etadi, aniqrog’i ular Yer yuzasidagi suv havzalari hamda atmosferadagi namlik bilan chambarchas bog’langan. Yuv e nil Yer o sti suvlarining k e lib chiqishi magmatik va m e tam o rfik jarayonlar bilan b o g’liqdir. Bu guruhdagi Yer osti suvlari vodorod (N) va kislorod (O 2 ) molekula larining qo’shilishidan hosil bo’lgach, tabiatda suvning aylanishida birinchi marta ishtirok etadi. Sedimentatsion Yer osti suvlari yuqorida ta’kid langanidek, uzoq vaqt davomida suvning tabiiy aylanishida qatnashmasligi mumkin. Tabiatda, k e lib chiqish shar o itiga ko’ra, bir turli bo’lgan Yer o sti suvlarini ajratish mushkul. Chunki bir geologik strukturaning geologik tarixi