logo

TABIIY RESURSLAR VA ULARNI TASNIFLASH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.8564453125 KB
TABIIY RESURSLAR VA ULARNI TASNIFLASH
Reja:
1.Tabiiy resurslar turlari
2. Tabiatni muhofaza qilish aspektlari
3.Tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalari 1.Tabiiy resurslar turlari
Tabiiy   resurslar   –   insonlarning   yashash   vositasi   bo‘lib,   inson   ularni
tabiatdan oladi va ularsiz ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshira olmaydi.
Tabiiy   resurslar   insonga   oziq-ovqat,   kiyim-kechak,   yoqilg‘i   va   energetika
xom-ashyolari   berishi   sababli   yashash   va   ishlab   chiqarish   faoliyatining
zaruriy shartidir. Tabiiy resurslarning turi juda xilma-xil bo‘lib, ular ijtimoiy
ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasining tarkibiy qismidir. Tabiiy resurslar
kompleksi   foydali   qazilmalar,   iqlim,   suv,   tuproq,   o‘simlik   va   hayvon
resurslari, shuningdek, sayyoraviy hamda kosmik resurslarni o‘z ichiga oladi.
Tabiiy   resurslar   insonning   ta’sir   etish   xarakteriga   qarab   ikki   turga
bo‘linadi: tugaydigan va tugamaydigan resurslar.
Tugaydigan   resurslar,   o‘z   navbatida,   qaytadan   tiklanmaydigan   va
qaytadan tiklanadigan resurslarga bo‘linadi. Qaytadan tiklanmaydigan tabiiy
resurslarga   er   osti   boyliklari   (neft,   toshko‘mir,   rudalar   va   boshqalar)   kiradi.
Bu resurslardan muttasil foydalanish tobora ular zahira s ining butunlay tugab
qolishiga   olib   keladi.   CHunki,   ular   tabiiy   yo‘l   bilan   qayta   tiklanmaydi   yoki
tiklansada (nazariy jihatdan millionlab yillardan keyin ya’ni, kelgusi geologik
davrlarda)   foydalanishga   nisbatan   bir   necha   million   marta   sekinlik   bilan
tiklanadi. 
Tiklanadigan   tabiiy   resurslarga   –   tuproqlar,   o‘simliklar   hayvonot
dunyosi,   shuningdek,   ko‘llar   va   dengiz   lagunalari   tagiga   cho‘kadigan   ba’zi
bir mineral tuzlar kiradi. Bu resurslar foydalanish davomida tiklanadi. Lekin
ular   tiklana   olishi   uchun   ma’lum   tabiiy   sharoit   kerak.   Bu   sharoitni   buzish
resurslarning   qayta   tiklanish   jarayonini   sekinlashtiradi   yoki   butunlay
to‘xtatadi.   Binobarin,   tiklanadigan   tabiiy   resurslardan   foydalanishda   bularni
hisobga olish lozim.
Turli   resurslar   turlicha   tezlikda   tiklanadi.   Masalan,   ovlangan
hayvonlarning   tiklanishi   uchun   bir   yoki   bir   necha   yil,   kesib   olingan o‘rmonlar   uchun   kamida   oltmish   yil,   tuproqning   chirindi   qavatining   bir
santimetri hosil bo‘lishi uchun esa 300–600 yil vaqt talab qilinadi. SHunday
ekan, tabiiy resurslarni sarflash sur’ati ularning tiklanish darajasiga muvofiq
kelishi   kerak.   Bu   muvofiqlikning   buzilishi   resurslarning   tugab   ketishiga,
o‘rmonlar   maydonining   qisqarib   ketishiga,   ovlanadigan   hayvonlar
zahirasining   kamayishiga,   tuproqlar   hosildorligining   pasayishiga   va   boshqa
salbiy oqibatlarga olib borishi muqarrar.
Tiklanmaydigan   tabiiy   resurslarni   muhofaza   qilishning   asosiy   yo‘llari–
ulardan   rejali   va   ilmiy   asosda   oqilona   foydalanish   hamda   keng   miqyosda
takroriy   ishlab   chiqarishni   amalga   oshirishdan   iborat.   Tiklanadigan   tabiiy
resurslarni   muhofaza   qilishda   eng   muhimi   ularning   tiklanishiga   doimiy
imkoniyat yaratishdir.  Mana shundagina bu resurslar insonga amalda cheksiz
xizmat qilishi mumkin.
Tugamaydigan resurslarga – suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi.
Suv   resurslari.   Er   sharida   suv   uch   xil   holatda   (suyuq,   qattiq   va   bug‘
holatida)   bo‘lib,   uning   umumiy   zahirasi   bitmas   tuganmasdir.   L ekin,
insonning   xilma-xil   xo‘jalik   faoliyati   tufayli   chuchuk   suvning   miqdori   va
sifati Er sharining turli joylarida har xildir. Daryo va ko‘llarning sayozlanishi,
shuningdek,   ko‘pgina   hududlarda   suvning   ifloslanishi   natijasida   chuchuk
suvning   etishmasligi   allaqachon   keskin   tus   olgan.   SHuning   uchun   chuchuk
suvlarning   sarflanishi   va   tozaligi   ustidan   nazorat   o‘rnatish   nihoyatda   zarur
tadbirdir.   Dunyo   okeani n ing   suvi   amalda   bitmas-tuganmas   hisoblanadi,
ammo   suvning   neft   mahsulotlari   va   boshqa   chiqindilar   bilan   ifloslanishi
natijasida unda yashovchi suv hayvonlari va o‘simliklarning yashash sharoiti
tobora yomonlashib bormoqda. Binobarin, suvning sifatini, ko‘p joylarda esa
miqdorini ham jiddiy muhofaza qilishga zarurat tug‘iladi.
Iqlimiy resurslar.   Iqlimiy resurslar   atmosfera havosi, shamol energiyasi
va   yog‘inlardan   iborat   bo‘lib,   odatda   bitmas   tuganmasdir.   Biroq, atmosferaning tarkibi va u bilan bog‘liq bo‘lgan sifati mexanik aralashmalar,
sanoat   va   transport   gazlari   hamda   radioaktiv   moddalar   bilan   ifloslanishi
natijasida   ancha   keskin   o‘zgarishi   mumkin.   Havo   tozaligi   uchun   kurash
resursni muhofaza qilishning eng muhim vazifalaridan biridir.
Kosmik resurslar .  Bunday resurslarga quyosh radiatsiyasi hamda dengiz
suvlarining   ko‘tarilish   va   pasayish   (qalqish)   energiyasi   kirib,   ular   ham
amalda   bitmas   tuganmasdir.   L ekin,   ular   insonning   faol   xo‘jalik   faoliyati
ta’siri   ostida   o‘zgarishi   mumkin.   Masalan,   katta   sanoat   shaharlarida
atmosfera   gaz   tarkibining   o‘zgarishi   ya’ni,   ifloslanishi,   quyosh   radiatsiyasi
miqdoriga   ta’sir   qiladi.   CHunonchi,   atmosfera   tarkibida   karbonat   angidrid
gazining   orta   borishi   radiatsiya   miqdorining   proporsional   ravishda   ortishiga
sabab   bo‘ladi.   Demak,   atmosfera   havosini   muhofaza   qilish   avvalo   uning
tozaligi uchun kurash demakdir.
2.Tabiatni muhofaza qilish aspektlari.
Tabiat   va   uning   boyliklari   inson   uchun   nihoyatda   xilma-xil   bo‘lib,
iqtisodiy,   sog‘lomlashtiruvchi,   tarbiyaviy,   estetik   va   ilmiy   ahamiyatga   ega.
SHunga   muvofiq   tabiatni   muhofaza   qilish   muammosi   quyidagi   asosiy
aspektlarga bo‘linadi.
Iqtisodiy aspekti.  Tabiatning moddiy ishlab chiqarishdagi ahamiyati aniq
va   ravshandir.   Tabiat   va   mehnat   insonga   kerak   bo‘lgan   moddiy
farovonlikning   bosh   manbalaridir.   Inson   iste’mol   qiladigan   har   qanday
mahsulot o‘simliklar yoki hayvonlar, tuproq unumdorligi, foydali qazilmalar,
havo   va   suv,   quyosh   radiatsiyasi   yoki   er   ostining   issiqliklari   evaziga   hosil
qilinadi.
Ilmiy   aspekti.   Tabiatni   muhofaza   qilish   va   undan   oqilona   foydalanish,
avvalo  tabiat   qonunlarini   tadqiq  qilish  va  ularga  qat’iy   amal   qilishni  taqozo
etadi.   Bunda   tabiatning   bir   butunligi,   doimiy   o‘zgarishda   va   rivojlanishda
ekanligi,   landshaftlarning   ma’lum   darajada   o‘zini-o‘zi   tiklash   imkoniyati mavjudligi,   ularning   zonal-regional   tarqalish   va   boshqa   qonuniyatlarini
chuqur tushunib etish tabiatdan to‘g‘ri foydalanishdagi asosiy shartdir.
Sog‘lomlashtirish-gigienik   aspekti .   Tabiatning   sog‘lomlashtiruvchi
ahamiyati   har   bir   kishiga   ma’lum.   Musaffo   havo,   toza   suvdan   bahramand
bo‘lish,  o‘rmonda  dam  olish,  dengizda  cho‘milish,  tog‘larga  sayyohat  qilish
va   hokazolar   inson   sog‘ligiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatadi   va   davolashda   keng
foydalaniladi.   Binobarin,   havo,   suv   va   zamin   qancha   toza   bo‘lsa,   suv
havzalari, o‘rmonlar, bog‘lar qanchalik ko‘p bo‘lsa, aholining sog‘ligi uchun
shunchalik  yaxshi  sharoit  yaratiladi.  Biroq  keyingi  vaqtlarda  yirik  industrial
hududlarda   atmosfera   havosi,   suv   va   tuproq   ifloslanishining   kuchayishi
hamda  tabiatning  o‘zgarishi   munosabati   bilan  aholining  sog‘ligi   uchun   xavf
vujudga kelayapti. SHuning uchun ham keyingi vaqtlarda tabiatni muhofaza
qilishning sog‘lomlashtirish gigienik aspektiga ya’ni, qulay ekologik sharoit
yaratish masalasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda.
Tabiatni   muhofaza   qilishning   tarbiyaviy   aspekti.   Tabiat   qo‘ynida
bo‘lish kishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uni xushfe’lroq, muloyimroq, olijanob
qiladi va unda yaxshi hislar uyg‘otadi.
Tabiatning   yoshlarni   yuksak   estetik   ruhda   tarbiyalashdagi   roli   ayniqsa
katta. Tabiat bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish yoshlar ongini har tomonlama
rivojlantirib,   ularda   kuzatuvchanlikni   o‘stiradi,   xarakterining   yaxshi
tomonlarini   shakllantiradi,   yuksak   vatanparvarlik   hissiyotini   va   tabiatga
nisbatan   ehtiyotlik   bilan   munosabatda   bo‘lish   istagini   ro‘yobga   chiqaradi.
SHuning   uchun   ham   tabiatni   muhofaza   qilishning   tarbiyaviy   aspekti   juda
muhim   ahamiyatga   ega.   Taniqli   rus   pedagogi   V.A.   Suxomlinskiy   bolalarni
tarbiyalashning asosiga ularning tirik tabiat bilan yaqindan aloqada bo‘lishini
qo‘ygan edi.
Tabiatni   muhofaza   qilishning   estetik   aspekti.   Tabiat   insonning
ma’naviy boyligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiat kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida   san’atning   ilhomchisi,   buyuk   ijodning   manbai   bo‘lib   kelgan.
YOzuvchilar,   rassomlar   va   kompozitorlarning   eng   yaxshi   asarlarida
tabiatning   go‘zal   manzaralari   tasvirlangan.   Tabiat   go‘zalligi   ijodiy   kayfiyat
yaratadi,   ijodkorga   ko‘tarinki   ruh   beradi,   odamda   ijobiy   his-hayajon
uyg‘otadi,   did,   his   va   tuyg‘ularni   tarbiyalaydi.   Kishiga   zavq   va   shavq
beruvchi   tabiatning   go‘zal   manzaralari   A.S.   Pushkin,   I.S.   Turgenev,
H.Olimjon,   CH.Aytmatov   va   ko‘pgina   buyuk   yozuvchi   hamda   shoirlarning
asarlarida aks ettirilgan.  « Eng sof sevinch – tabiat sevinchi » – deb yozgan edi
Lev   Tolstoy.   R us   rassomlari   Levitan,   Nesterov,   SHishkin,   Polyanov,
Savrasov,   Vasensov   va   ko‘plar   rus   tabiatining   haqiqiy   kuychilari   bo‘lgan.
O‘zbek   rassomi   O‘.Tansiqboev   tabiat   go‘zalliklarini   mohirona   chizgan.
SHunday   qilib,   tabiat   go‘zalliklari   kishiga   zavq   va   shavq   bag‘ishlaydi.
SHunday   ekan,   bu   go‘zalliklarni   muhofaza   qilishga   alohida   e’tibor   berish
kerak.
Tabiatni   muhofaza   qilishning   bu   barcha   aspektlari   ma’lum   darajada
shartli   ravishda   ajratilgan   bo‘lib,   aslida   ko‘pincha   ular   o‘zaro   chambarchas
bog‘liqdir.   Tabiatni   muhofaza   qilishning   tub   maqsadi   insonning   yashashi
uchun  qulay  sharoit va moddiy boyliklar yaratish bilan  birga, sayyoramizda
yashovchi   barcha   xalqlarning   xo‘jaligi,   fani   va   madaniyatini   oqilona
rivojlantirishdan ham iboratdir.
3.Tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalari.
Inson   uzoq   vaqtlargacha   tabiatga   jamiyat   uchun   zarur   moddiy
f arovonlikning   bitmas-tuganmas   manbai   sifatida   qarab   kelgan.   Le kin
o‘zining   tabiatga   ta’sir   etishining   salbiy   natijalariga   d uch   kelgach,   u   asta-
sekin  tabiatdan oqilona  foydalanish  va  mu h ofaza  qilishning zarurligi  haqida
ishonch   hosil   qila   boshladi.   XIX   asrning   oxiri   XX   asr   boshida,   insonning
faoliyati   hali   lokal   xarakterga   ega   ekanligidan   tabiatni   muhofaza   qili sh
haqidagi tasavvur faqat ayrim hayvon va o‘simlik turlari ni   va boshqa noyob tabiiy ob’ektlarni (qo‘riqxonalarni) muhofaza  q ilishnigina o‘z ichiga olar edi.
Tabiatni muhofaza qilish fa q at biologik muammo deb qaralar edi.
XX   asrning   30-yillarida   ishlab   chiqarish   uchun   zarur   bo‘lgan   k o‘pgina
tabiiy   resurslarning   kamayib   ketish   xavfi   aniq   bo‘lib   qoldi.   SHu   munosabat
bilan tabiiy resurslarni muhofaza qilish tushunchasi biroz kengaydi. Keyinroq
50–60   yillarda   fan-texnika   inqilobi   ro‘y   berishi,   insonning   tabiatga   bo‘lgan
ta’sirining   chuqurlashuvi   va   masshtabining   kengayishi,   butun   er   yuza sining
radioaktiv   chiqindilar,   zaharli   kimyoviy   moddalar,   sanoat   chiqindilari   va
boshqa   tashlandiqlar   ta’siri   ostida   ifloslana   borishi   hamda   ularning   inson
salomatligiga, iqtisodiyotga va tabiatga xavf solishi munosabati bilan tabiatni
muhofaza qilish tushunchasi yangi mazmunga ya’ni, butun insoniyatni o‘rab
turuvchi  atrof- muhitni muhofaza qilish tushunchasiga aylandi.
Hozir inson xo‘jalik faoliyati ta’sirining oqibatlari faqat u yoki bu tabiiy
komplekslarda   yoki   u   bilan   tutashgan   landshaftlardagina   emas,   balki,
ko‘pincha bir butun geografik qobiq h o latida namoyon bo‘lmoqda. Kelajakda
ayrim   tabiiy   resurslar   yoki   tabiiy   ob’ektlarda n   foydalanmasdan,   ularni
qo‘riqlashning   o‘zi   masalani   hal   qilmaydi,   chunki   h ozirgi   sharoitda   tabiatni
muhofaza   qilishning   yirik   vazifalarini   (masalan,   atrof-muhitning
ifloslanishini)   birgina   qo‘riqxonalar   hal   qila   olmaydi.   CHunki   muhofaza
qilinayotgan   hududdagi   qo‘riqxona   rejimi   ham   nisbatan   bo‘lib   qolmoqda.
Tiklanadigan   tabiiy   resurslarning   kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarilishi
tashkil qilingandagina xalq xo‘jaligining o‘sib borayotgan talabini ta’minlash
va   shu   bilan   bir   vaqtda   ularning   zahirasini   ko‘paytirish,   sifatini   yaxshilash
mumkin.
Tabiiy   resurslarning   kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarilishiga   tabiatni
o‘zgartirish   bilan   erishiladi.   Tabiatni   o‘zgartirishning   umumiy   maqsadi
landshaftlarning   mahsuldorligini   oshirish   va   inson   hayotining   ekologik
sharoitini   yaxshilashdan   iboratdir.   Masalan,   Turkmanistonda   Qoraqum kanalining   qurilishi   Janubiy   Turkmaniston   cho‘llarini   sug‘orib,   ular   tabiatni
o‘zgartirishga va shu orqali avvalgi cho‘l landshaftidagi dan bir necha barobar
ko‘p   biologik   mahsulot   olishga   hamda   ekologik   sharoitini   tubdan
yaxshilashga   imkon   berdi.   Hozirgi   vaqtda   tabiiy   resurslarni   va   tabiiy
sharoitni   ularni   o‘zgartirmasdan   muhofaza   qilish   mumkin   emas.   Masalan,
obikor   erlarni   maxsus   muhofaza   tadbirlarisiz   sug‘orish   ularning
sho‘rlanishiga   sabab   bo‘lishi   mumkin.   SHunday   qilib,   tabiatni   muhofaza
qilish   va   uni   o‘zgartirish   o‘zaro   chambarchas   bog‘langan   jarayon   bo‘lib,
dialektik birliqni tashkil etadi.
Tabiatni   muhofaza   qilishning   dolzarb   vazifalaridan   biri   tabiatni
o‘zgartirish   oqibatlarini   prognoz   qilishdan,   tabiatni   o‘zgartirishning
«ikkilamchi»   salbiy   natijalarining   oldini   olish   yo‘llarini   aniqlashdan
iboratdir.   Tabiiy   komplekslarni   har   taraflama   va   chuqur   o‘rganmasdan,
ularning   komponentlari   o‘rtasidagi   aloqalarni   aniqlamasdan   va   sinchiklab
hisobga   olmasdan   tabiatni   muhofaza   qilishdek   murakkab   vazifani   amalga
oshirish mumkin emas. Bu masalalarni kompleks o‘rganish bilan geografiya
fani   shug‘ullanadi.   Geografik   bashoratlar   landshaftlardagi   ko‘ngilsiz
texnogen   o‘zgarishlarni   oldindan   aniqlashga   va   o‘z   vaqtida   ularni   bartaraf
qiluvchi chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgandir.
Demak,   tabiatni   muh o faza   qilishning   hozirgi   asosiy   vazifalari   –   tabiiy
resurslarni   muhofaza   qilish,   takroriy   ishlab   chiqarishni   tashkil   et i sh,   tabiiy
resurslardan   oqilona   foydalanish,   atrof-muhitni   if l oslan i shdan   saqlashdan
i boratdir.   Ko‘pchilik   olimlar   tabiatni   muhofaza   qilish   ishini,   shuningdek,
tabiiy   muhitni   hozirgi   yashayotgan   va   kelajak   avlodlarning   moddiy   va
ma’naviy   talablarini   qondirish   manfaatiga   qaratilgan   davlat,   xalqaro   va
jamoatchilik   ch ora-tadbirlari   tizimi   deb   qaraydilar.   Binobarin,   «tabiatni
muhofaza qilish» tushunchasi «atrof-muhitni muhofaza qilish» tushunchasiga
nisbatan kengdir.  Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

TABIIY RESURSLAR VA ULARNI TASNIFLASH Reja: 1.Tabiiy resurslar turlari 2. Tabiatni muhofaza qilish aspektlari 3.Tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalari

1.Tabiiy resurslar turlari Tabiiy resurslar – insonlarning yashash vositasi bo‘lib, inson ularni tabiatdan oladi va ularsiz ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshira olmaydi. Tabiiy resurslar insonga oziq-ovqat, kiyim-kechak, yoqilg‘i va energetika xom-ashyolari berishi sababli yashash va ishlab chiqarish faoliyatining zaruriy shartidir. Tabiiy resurslarning turi juda xilma-xil bo‘lib, ular ijtimoiy ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasining tarkibiy qismidir. Tabiiy resurslar kompleksi foydali qazilmalar, iqlim, suv, tuproq, o‘simlik va hayvon resurslari, shuningdek, sayyoraviy hamda kosmik resurslarni o‘z ichiga oladi. Tabiiy resurslar insonning ta’sir etish xarakteriga qarab ikki turga bo‘linadi: tugaydigan va tugamaydigan resurslar. Tugaydigan resurslar, o‘z navbatida, qaytadan tiklanmaydigan va qaytadan tiklanadigan resurslarga bo‘linadi. Qaytadan tiklanmaydigan tabiiy resurslarga er osti boyliklari (neft, toshko‘mir, rudalar va boshqalar) kiradi. Bu resurslardan muttasil foydalanish tobora ular zahira s ining butunlay tugab qolishiga olib keladi. CHunki, ular tabiiy yo‘l bilan qayta tiklanmaydi yoki tiklansada (nazariy jihatdan millionlab yillardan keyin ya’ni, kelgusi geologik davrlarda) foydalanishga nisbatan bir necha million marta sekinlik bilan tiklanadi. Tiklanadigan tabiiy resurslarga – tuproqlar, o‘simliklar hayvonot dunyosi, shuningdek, ko‘llar va dengiz lagunalari tagiga cho‘kadigan ba’zi bir mineral tuzlar kiradi. Bu resurslar foydalanish davomida tiklanadi. Lekin ular tiklana olishi uchun ma’lum tabiiy sharoit kerak. Bu sharoitni buzish resurslarning qayta tiklanish jarayonini sekinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Binobarin, tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanishda bularni hisobga olish lozim. Turli resurslar turlicha tezlikda tiklanadi. Masalan, ovlangan hayvonlarning tiklanishi uchun bir yoki bir necha yil, kesib olingan

o‘rmonlar uchun kamida oltmish yil, tuproqning chirindi qavatining bir santimetri hosil bo‘lishi uchun esa 300–600 yil vaqt talab qilinadi. SHunday ekan, tabiiy resurslarni sarflash sur’ati ularning tiklanish darajasiga muvofiq kelishi kerak. Bu muvofiqlikning buzilishi resurslarning tugab ketishiga, o‘rmonlar maydonining qisqarib ketishiga, ovlanadigan hayvonlar zahirasining kamayishiga, tuproqlar hosildorligining pasayishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib borishi muqarrar. Tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilishning asosiy yo‘llari– ulardan rejali va ilmiy asosda oqilona foydalanish hamda keng miqyosda takroriy ishlab chiqarishni amalga oshirishdan iborat. Tiklanadigan tabiiy resurslarni muhofaza qilishda eng muhimi ularning tiklanishiga doimiy imkoniyat yaratishdir. Mana shundagina bu resurslar insonga amalda cheksiz xizmat qilishi mumkin. Tugamaydigan resurslarga – suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi. Suv resurslari. Er sharida suv uch xil holatda (suyuq, qattiq va bug‘ holatida) bo‘lib, uning umumiy zahirasi bitmas tuganmasdir. L ekin, insonning xilma-xil xo‘jalik faoliyati tufayli chuchuk suvning miqdori va sifati Er sharining turli joylarida har xildir. Daryo va ko‘llarning sayozlanishi, shuningdek, ko‘pgina hududlarda suvning ifloslanishi natijasida chuchuk suvning etishmasligi allaqachon keskin tus olgan. SHuning uchun chuchuk suvlarning sarflanishi va tozaligi ustidan nazorat o‘rnatish nihoyatda zarur tadbirdir. Dunyo okeani n ing suvi amalda bitmas-tuganmas hisoblanadi, ammo suvning neft mahsulotlari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi natijasida unda yashovchi suv hayvonlari va o‘simliklarning yashash sharoiti tobora yomonlashib bormoqda. Binobarin, suvning sifatini, ko‘p joylarda esa miqdorini ham jiddiy muhofaza qilishga zarurat tug‘iladi. Iqlimiy resurslar. Iqlimiy resurslar atmosfera havosi, shamol energiyasi va yog‘inlardan iborat bo‘lib, odatda bitmas tuganmasdir. Biroq,

atmosferaning tarkibi va u bilan bog‘liq bo‘lgan sifati mexanik aralashmalar, sanoat va transport gazlari hamda radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi natijasida ancha keskin o‘zgarishi mumkin. Havo tozaligi uchun kurash resursni muhofaza qilishning eng muhim vazifalaridan biridir. Kosmik resurslar . Bunday resurslarga quyosh radiatsiyasi hamda dengiz suvlarining ko‘tarilish va pasayish (qalqish) energiyasi kirib, ular ham amalda bitmas tuganmasdir. L ekin, ular insonning faol xo‘jalik faoliyati ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Masalan, katta sanoat shaharlarida atmosfera gaz tarkibining o‘zgarishi ya’ni, ifloslanishi, quyosh radiatsiyasi miqdoriga ta’sir qiladi. CHunonchi, atmosfera tarkibida karbonat angidrid gazining orta borishi radiatsiya miqdorining proporsional ravishda ortishiga sabab bo‘ladi. Demak, atmosfera havosini muhofaza qilish avvalo uning tozaligi uchun kurash demakdir. 2.Tabiatni muhofaza qilish aspektlari. Tabiat va uning boyliklari inson uchun nihoyatda xilma-xil bo‘lib, iqtisodiy, sog‘lomlashtiruvchi, tarbiyaviy, estetik va ilmiy ahamiyatga ega. SHunga muvofiq tabiatni muhofaza qilish muammosi quyidagi asosiy aspektlarga bo‘linadi. Iqtisodiy aspekti. Tabiatning moddiy ishlab chiqarishdagi ahamiyati aniq va ravshandir. Tabiat va mehnat insonga kerak bo‘lgan moddiy farovonlikning bosh manbalaridir. Inson iste’mol qiladigan har qanday mahsulot o‘simliklar yoki hayvonlar, tuproq unumdorligi, foydali qazilmalar, havo va suv, quyosh radiatsiyasi yoki er ostining issiqliklari evaziga hosil qilinadi. Ilmiy aspekti. Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish, avvalo tabiat qonunlarini tadqiq qilish va ularga qat’iy amal qilishni taqozo etadi. Bunda tabiatning bir butunligi, doimiy o‘zgarishda va rivojlanishda ekanligi, landshaftlarning ma’lum darajada o‘zini-o‘zi tiklash imkoniyati

mavjudligi, ularning zonal-regional tarqalish va boshqa qonuniyatlarini chuqur tushunib etish tabiatdan to‘g‘ri foydalanishdagi asosiy shartdir. Sog‘lomlashtirish-gigienik aspekti . Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi ahamiyati har bir kishiga ma’lum. Musaffo havo, toza suvdan bahramand bo‘lish, o‘rmonda dam olish, dengizda cho‘milish, tog‘larga sayyohat qilish va hokazolar inson sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va davolashda keng foydalaniladi. Binobarin, havo, suv va zamin qancha toza bo‘lsa, suv havzalari, o‘rmonlar, bog‘lar qanchalik ko‘p bo‘lsa, aholining sog‘ligi uchun shunchalik yaxshi sharoit yaratiladi. Biroq keyingi vaqtlarda yirik industrial hududlarda atmosfera havosi, suv va tuproq ifloslanishining kuchayishi hamda tabiatning o‘zgarishi munosabati bilan aholining sog‘ligi uchun xavf vujudga kelayapti. SHuning uchun ham keyingi vaqtlarda tabiatni muhofaza qilishning sog‘lomlashtirish gigienik aspektiga ya’ni, qulay ekologik sharoit yaratish masalasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. Tabiatni muhofaza qilishning tarbiyaviy aspekti. Tabiat qo‘ynida bo‘lish kishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uni xushfe’lroq, muloyimroq, olijanob qiladi va unda yaxshi hislar uyg‘otadi. Tabiatning yoshlarni yuksak estetik ruhda tarbiyalashdagi roli ayniqsa katta. Tabiat bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish yoshlar ongini har tomonlama rivojlantirib, ularda kuzatuvchanlikni o‘stiradi, xarakterining yaxshi tomonlarini shakllantiradi, yuksak vatanparvarlik hissiyotini va tabiatga nisbatan ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish istagini ro‘yobga chiqaradi. SHuning uchun ham tabiatni muhofaza qilishning tarbiyaviy aspekti juda muhim ahamiyatga ega. Taniqli rus pedagogi V.A. Suxomlinskiy bolalarni tarbiyalashning asosiga ularning tirik tabiat bilan yaqindan aloqada bo‘lishini qo‘ygan edi. Tabiatni muhofaza qilishning estetik aspekti. Tabiat insonning ma’naviy boyligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiat kishilik jamiyatining barcha