logo

Davlat byudjetining ijtimoiy iqtisodiy mohiyati va funksiyalari_

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

399.380859375 KB
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari.
REJA:
Kirish
1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 
2. Davlat byudjetining funksiyalari. 
3. Davlat   byudjetining   mamlakat   moliya   tizimining   boshqa
bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari. 
4. Byudjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi.
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1 Kirish
Mamlakatimizda   barcha   sohadagi   islohotlar   qatori   iqtisodiy   islohotlar   ham
bugungi   kunga   kelib   keng   ko’lamda   o’z   samarasini   ko rsatayotganiga   barchamiz‟
guvoh   bo lmoqdamiz.   Misol   tariqasida   aytish   mumkinki,   bugungi   kunda   davlat	
‟
moliyasi, jumladan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli  jamg’armalar
ochiqligi hamda shaffofliginini ta minlash, xalq byudjetini shakllantirish borasida	
‟
qator   amaliy   ishlar   amalga   oshirildi.   Davlat   byudjetiga   mamlakatimizni   iqtisodiy
rivojlantirish,   uzoq   muddatli   strategik   maqsadlarni   amalga   oshirishda
O’zbekistonning   jahon   bozoridagi   raqobatdoshligini   oshirish   va   mavqeini
mustahkamlashga   yo naltirilgan   tarkibiy   o’zgarishlar,   zamonaviy   yuksak	
‟
texnologiyalarga   asoslangan   eksportbop   mahsulotlar   ishlab   chiqarishni
ta minlaydigan,   ishlab   chiqarishlarni   jadal   rivojlantirishning   asosiy   moliyaviy	
‟
manbalardan   biri   sifatida   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Ushbu   yo nalishdagi	
‟
islohotlarni   davom   ettirilgan   holda,   istiqbolda   davlat   byudjetini   o’rta   muddatli
muddatga   rejalashtirish,   byudjetdan   mablag larni   ajratishda   natijaga   e’tibor	
‟
qaratish,   2017-2021   yillarga   mo’ljallangan   Harakatlar   strategiyasida   mahalliy
byudjetlar   daromadlar   qismini   mustahkamlash,   davlat   byudjeti   xarajatlarining
ijtimoiy   yo’naltirilganligini   saqlab   qolgan   holda   turli   darajadagi   byudjetlar
mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan 1
.
Madomiki,   respublikamizda   davlat   bosh   islohatchiligi   hamda   aholini   kuchli
ijtimoiy   himoyalash   eng   asosiy   vazifalardan   deb   belgilangan   ekan,   o’z   navbatida
iqtisodiyotni   boshqarishning   ta sirchan   dastagi   hisoblangan   davlat   byudjeti	
‟
mablag lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo lishi kerak. Bunda, albatta,	
‟ ‟
byudjet-soliq   siyosatni   ishlab   chiqish   va   to’g’ri   yuritish,   byudjet   mablag’laridan
samarali   va   oqilona   foydalanish   talab   etiladi.   Chunki,   byudjet   ko’zda
tutilgantadbirlar  va  dasturlarni  aniq  va  o’z  vaqtida moliyalashtirilishi  ayni   paytda
davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi.
1
 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar 
strategiyasi to’g’risida”gi 4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral
2 O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.   Mirziyoyev   ta’kidlaganlaridek:
“Shu   bilan   birga,   hududiy   boshqaruv   organlarining   byudjet   mablag’larini
shakllantirish,   qo’shimcha   zaxiralarni   yaratish   bo’yicha   soliq,   moliya   va
iqtisodiyot   sohalari   organlarining   mas uliyatini   oshirish   yuzasidan   qaror   qabul‟
qilindi.   Biz   mamlakatimiz   byudjet   tizimini   qayta   ko’rib   chiqishimiz,   byudjet
daromadlari   va   xarajatlari   xalqimiz   uchun   ochiq   va   oshkora   bo’lishini
ta’minlashimiz zarur 2
”.
Kurs ishining obyekti va predmeti . Kurs  ishining obyekti bo’lib  O’zbekiston
Respublikasi   davlat   byudjeti   hisoblanadi.   Mazkur   kurs   ishi   predmeti   esa
O’zbekiston   Respublikasida   davlat   byudjetining   ijtimoiy-iqtisodiy   mohiyati   va
punksiyalariaytishimiz mumkin.
Kurs   ishining   maqsadi   -   davlat   byudjeti   ijtimoiy-iqtisodiy     holatini   tahlil   va
tadqiq   etish   asosida   uni   yanada   takomillashtirish   bo’yicha   taklif   va   tavsiyalarni
o’ylab chiqishdan iborat bo’ladi.
2
 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. http://uza.uz. 22.12.2017 y.
3 1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Bir   qator   ilmiy   adabiyotlarda   davlat   byudjetining   ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyatini yoritishda uning:
 - iqtisodiy kategoriya sifatida; 
- moddiy tushuncha sifatida;
 - huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan
1-rasm. Davlatbyudjetiningijtimoiy-iqtisodiymohiyat 3
.
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti  – davlat bilan yuridik va jismoniy
shaxslar   o’rtasida   mamlakatda   yaratilgan   yalpi   ichki   mahsulotning,   uning   faol
qismi   bo’lgan   milliy   daromadning   (qisman   milliy   boylikning)   qiymatini   qayta
taqsimlash   yuzasidan   kelib   chiqadigan   pul   munosabatlari   tizimi   bo’lib,   ular
3
 Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 102-bet.
4 natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi
ehtiyojlarini   moliyalashtirishga   mo’ljallangan   pul   fondi   –   davlat   byudjeti
shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.
Moddiy   tushuncha   sifatida   davlat   byudjeti   –   markaziy   hukumat   va   tegishli
darajadagi   mahalliy   hokimiyat   idoralari   faoliyatini   ta‘minlovchi,   ular   oldidagi
siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   ekologik   vazifalarni   bajarishga   mo’ljallangan
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir. 
Huquqiy   kategoriya   sifatida   davlat   byudjeti   –   markaziy   va   tegishli   mahalliy
hokimiyat   va   ijroiya   organlari   tomonidan   ishlab   chiqiladigan   va   belgilangan
tartibda   tasdiqlanadigan,   markazlashgan   pul   mablag’lari   fondini   shakllantirish,
taqsimlash   va   maqsadli   ishlatishni   ko’zda   tutuvchi   asosiy   moliyaviy   reja,  yuridik
xujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun
hujjatlarida   belgilangan   tartibda   va   muddatlarda   har   moliya   yili   uchun   tuziladi,
ko’rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi.
Shakl jihatidan, davlat byudjeti - bu davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo’lib,
unda   byudjet   pul   munosabatlari   tizimi   sifatida   miqdor   jihatidan   ifodalanadi.
Binobarin,   aynan   byudjet   rejasi   mamlakatning   muhim   moliyaviy   hujjati   sifatida
tuziladi,   ko rib   chiqiladi,   tasdiqlanadi   va   ijro   etiladi.   Unda   pul   mablag’larining‟
markazlashtirilgan   jamg armasini   shakllantirish,   taqsimlash   va   undan	
‟
foydalanishga doir iqtisodiy munosabatlar aks etadi.
Moddiy   mazmun   jihatidan,   davlat   byudjeti   -   davlatning   byudjet   rejasini   ijro
etish   jarayonida   tashkil   topadigan   va   foydalaniladigan   asosiy   markazlashtirilgan
pul mablaglari jamg’armasidir.
Mohiyat   jihatidan,   davlat   byudjeti   -   davlat   boshqaruvining   muhim   vositasi
bo’lib,   uning   yordamida   davlat   takror   ishlab   chikarish   jarayonlariga   ta’sir
ko rsatadi,   inson   irodasiga   buysunmaydigan   bozor   kuchlarining   salbiy   ta sirini	
‟ ‟
bartaraf etadi.
5 Huquqiy   kategoriya   sifatida   davlat   byudjeti   -   bu   davlatning   vazifa   va
funksiyalarini   moliyaviy   ta’minlash   uchun   mo’ljallangan   pul   mablag’lari
jamg armasini   tashkil   etish   va   sarflashning   qonun   bilan   belgilangan   shaklidir.‟
Byudjet   huquqiy   akt   shakliga   ega   bo’lib,   vakolatli   hokimiyat   organi   tomonidan
qabul qilinadi va shu sababdan qonuniy kuchga egadir.
Davlat   byudjeti   mamlakatning   moliya   tizimida   markaziy   o rinni   egallaydi.	
‟
Markazlashtirilgan   pul   fondini   shakllantirish   orqali   uning   yordamida   katta
hajmdagi   moliyaviy   resurslar   davlatning   qo lida   to planadi   va   ular   umumdavlat	
‟ ‟
ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi.
Davlat   byudjetining   mazmunini   yoritishga   turli   davr   va   turli   yo’nalishdagi
iqtisodiy maktablar iqtisodchi  olimlari  turlicha yondoshganlar. Masalan,  yuqorida
nomi keltirilgan o’quv qo’llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki
tushunchaning   qo’shilishini   tushunmoq   kerak:   birinchisi   davlat   miqyosida   yalpi
ichki   (milliy)   mahsulotni   taqsimlash   natijasida   vujudga   keladigan   iqtisodiy
(moliyaviy)   munosabatlar   (iqtisodiy   kategoriya)   va   ikkinchisi   shu   kategoriyaning
namoyon   bo’lish   shakli   sifatida   davlatning   asosiy   moliyaviy   rejasi” 4
  -deb
izohlangan.
Davlat   byudjeti   -   davlat   pul   mablag larining   (shu   jumladan   davlat   maqsadli	
‟
jamg armalari   mablag larining)   markazlashtirilgan   jamg armasi   bo’lib,   unda	
‟ ‟ ‟
daromadlar   manbalari   va   ulardan   tushumlar   miqdori,   shuningdek,   moliya   yili
mobaynida   aniq   maqsadlar   uchun   ajratiladigan   mablag’lar   sarfi   yo’nalishlari   va
miqdori nazarda tutiladi.
Davlat   byudjetining   turli   belgilari   va   xususiyatlarining   yuqorida   bayon
qilingan   tavsiflariga   tayangan   holda,   uning   mohiyatini   aniqlab   beruvchi   quyidagi
ta rifni berish mumkin: davlat byudjeti - umumjamiyat miqyosida markazlashgan	
‟
va   davlat   ishtirokida   to’plangan   va   uni   jamiyat   taraqqiyoti   turli   sohalarining
rivojlanishiga sarflanadigan moliyaviy resursdir.
4
 Malikov T.S., Haydarov N.H. Davlat byudjeti. O’quv qo‟llanma. – T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. 5- bet.
6 Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatlari uning shakli,
moddiy mazmuni va mohiyatida namoyon bo’ladi.
Shakl jihatidan, davlat byudjeti  - bu davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo’lib,
unda   byudjet   pul   munosabatlari   tizimi   sifatida   miqdor   jihatidan   ifodalanadi.
Binobarin,   aynan   byudjet   rejasi   mamlakatning   muhim   moliyaviy   hujjati   sifatida
tuziladi,   ko rib   chiqiladi,   tasdiqlanadi   va   ijro   etiladi.   Unda   pul   mablag’larining‟
markazlashtirilgan   jamg’armasini   shakllantirish,   taqsimlash   va   undan
foydalanishga doir iqtisodiy munosabatlar aks etadi.
Moddiy   mazmun   jihatidan,   davlat   byudjeti   -   davlatning   byudjet   rejasini   ijro
etish   jarayonida   tashkil   topadigan   va   foydalaniladigan   asosiy   markazlashtirilgan
pul mablaglari jamg’armasidir. 
Mohiyat   jihatidan,   davlat   byudjeti   -   davlat   boshqaruvining   muhim   vositasi
bo lib,   uning   yordamida   davlat   takror   ishlab   chikarish   jarayonlariga   ta’sir	
‟
ko rsatadi,   inson   irodasiga   buysunmaydigan   bozor   kuchlarining   salbiy   ta’sirini
‟
bartaraf etadi.
Moddiy   mazmun   jihatidan,   davlat   byudjeti   -   davlatning   byudjet   rejasini   ijro
etish   jarayonida   tashkil   topadigan   va   foydalaniladigan   asosiy   markazlashtirilgan
pul   mablaglari   jamg armasidir.   Mohiyat   jihatidan,   davlat   byudjeti   -   davlat	
‟
boshqaruvining   muhim   vositasi   bo’lib,   uning   yordamida   davlat   takror   ishlab
chikarish   jarayonlariga   ta sir   ko’rsatadi,   inson   irodasiga   buysunmaydigan   bozor	
‟
kuchlarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi.
Davlat   byudjeti   mamlakatning   moliya   tizimida   markaziy   o rinni   egallaydi.	
‟
Markazlashtirilgan   pul   fondini   shakllantirish   orqali   uning   yordamida   katta
hajmdagi   moliyaviy   resurslar   davlatning   qo lida   to planadi   va   ular   umumdavlat	
‟ ‟
ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi.
Davlat   byudjeti   iqtisodiyot   alohida   tarmoqlarining   rivojlanishida   asosiy
manba   rolini   ham   o’ynaydi.   Masalan,   ilmiy-texnika   taraqqiyoti   asosida   milliy
7 iqtisodiyotda   yangi   tarmoq   vujudga   kelayotgan   bo’lsa,   uning   paydo   bo’lishini
hozirgi   sharoitda   byudjetdan   moliyalashtirishsiz   tasavvur   etib   bo’lmaydi.   Davlat
byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda
alohida   ahamiyatga   ega.   Byudjetdan   iqtisodiyotga   qilinayotgan   xarajatlar   va
markazlashtirilgan   investitsiyalarni   moliyalashtirish,   eng   avvalo,   ana   shu
maqsadlarga   xizmat   qiladi.   Ayniqsa,   ijtimoiy   soha   (maorif,   sog’liqni   saqlash,
madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga
ijtimoiy   nafaqa   berish,   aholi   uchun   ijtimoiy   ahamiyat   kasb   etgan   xizmatlar
bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va
sud   organlarini   saqlash,   fuqarolarning   o’z-o’zini   boshqarish   organlarini
moliyalashtirish,   mamlakatning   mudofaa   qobiliyatini   mustahkamlash   kabi
vazifalarning   o’z   vaqtida   bajarilishini   ta’minlashda   davlat   byudjetining   ahamiyati
juda beqiyosdir.
Har qanday iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon
bo’ladi.   Davlat   byudjeti   moliya   iqtisodiy   kategoriyasining   tarkibiy   bo’linmasi
hamda   byudjet   munosabatlari   moliyaviy   munosabatlarning   tarkibiy   qismi
hisoblangani uchun ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash, qayta taqsimlash va
nazorat funksiyalarini bajaradi 5
.
O’zbekiston   Respublikasi   Byudjet   Kodeksining   3-moddasida   esa   ―davlat
byudjeti   iborasi   davlatning   davlat   vazifalari   va   funksiyalarini   moliyaviy   jihatdan
ta‘minlash   uchun   mo’ljallangan   markazlashtirilgan   pul   jamg’armasi   2   deb
ta‘riflanadi.   Ushbu   ta‘rif   davlat   byudjetining   yuqorida   sharhlangan   moddiy
tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyatiga mos keladi. 
Public   budgeting   systems   nomli   qo’llanmada   ―davlat   byudjeti   nima?   deb‖
qo’yilgan savolga ―Sodda qilib ta‘riflaganda, byudjet - bu tashkilotning (masalan,
oila,   korporatsiya,   hukumat)   moliyaviy   holati   va   kelgusi   rejalarini,   ya‘ni
daromadlar, xarajatlar rejasi, maqsadlar va natijalar to’g’risidagi ma‘lumotlarni o’z
5
  Sirojiddinova Z.X. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. T.: infoCOM.UZ MChJ, 2010 y., 11-bet.
8 ichiga   oluvchi   hujjat   yoki   hujjatlar   yig’indisi 6
  ,   deb   ta‘rif   berilgan.   Retrospektiv
xarakterga ega bo’lgan, ya‘ni o’tgan davr ma‘lumotlarini aks ettirishga asoslangan
buxgalteriya   hisobotidan   farqli   o’laroq,   (garchi   byudjet   ishlab   chiqilayotganda
byudjetning   o’tgan   davrdagi   daromadlari   va   xarajatlari   ijrosining   buxgalteriya
hisobi   ma‘lumotlaridan   foydalanilsada)   byudjet   –   kelgusida   kutilayotgan
daromadlar,   xarajatlar   va   natijalarni   ko’rsatuvchi   perspektiv   hujjat   hisoblanadi.
Tarixan,   byudjet   so`zi   charm   karmon,   hamyon,   sumka   ma‘nosini   anglatgan.
Xususan,   Britaniya   davlatida   Xazina   kansleri   (Moliya   vaziri)   hukumatning
ehtiyojlari va resurslari hajmi aks etgan bayonotini mamlakat parlamentiga charm
sumkada taqdim etgan va bu hujjat keyinshalik byudjet nomini olgan 7
.
2. Davlat byudjetining funksiyalari.
Davlat   byudjetining   mohiyati   uning   iqtisodiy   kategoriya   sifatidagi
funksiyalarida   namoyon   bo’ladi.   Turli   davr   va   turli   maktab   iqtisodchilari   davlat
byudjetining funksiyalarini yoritishga turlicha yondoshadilar. Masalan, T.Malikov,
N.Xaydarov   hammuallifligidagi   ―Davlat   byudjeti   o’quv   qo’llanmasida   davlat
byudjetining   funksiyalari   quyidagi   tarzda   bayon   qilingan:   ―Davlat   byudjeti
moliyaning   tarkibiy   qismi   sifatida,   uning   boshqa   bo’linmalari   singari,   ikki   xil
funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat. 8
Bu   va   shu   kabi   boshqa   adabiyotlarni   o’rganish   asosida,   davlat   byudjetining
amalda   namoyon   bo’lish   shakllarini   o’rgangan   hamda   ko’pchilik   iqtisodchi
olimlarning fikriga qo’shilgan holda, davlat byudjeti quyidagi asosiy funksiyalarni
bajaradi, deyishimiz mumkin:
– yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi; 
– iqtisodiyotnitartibgasolishvaboshqarishfunksiyasi; 
6
  Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce.. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 14
7
 Burkhead, J. ( 1956). Government budgeting,  
8
 Malikov T.S., Xaydarov N.H. Davlat byudjeti.O‘quv qo‘llanma – T.: ―IQTISOD–MOLIYA, 2007. 5-bet
9 – ijtimoiy funksiyasi;
– nazorat funksiyasi.
2-rasm. Davlatbyudjetining funksiyalari 9
Yalpi   ichki   mahsulot   qiymatini   qayta   taqsimlash   funksiyasi .   Davlat   byudjeti
mamlakatda   yaratilgan   yalpi   ichki   mahsulot   va   uning   tarkibiga   kiruvchi   milliy
daromadning   qiymatini   qayta   taqsimlashda   o’zining   qayta   taqsimlash   funksiyasi
bilan   ishtirok   etadi.   Bunday   qayta   taqsimlash   jarayonlari   natijasida   yaratilgan
YaIMning qiymatidan to’lanadigan soliqlar va soliq xarakteridagi boshqa majburiy
to’lovlarning   to’lanishi   asosida   byudjet   daromadlari   shakllanadi.   Byudjet
9
 Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 104-bet.
10 daromadlari   davlat   markazlashgan   moliyaviy   resurslarining   bir   qismi   sifatida,
davlatning   funksiyalarini   bajarish   uchun   sarflanadi.   Ular   pul   mablag’lari
jamg’armalarini   shakllantirish   jarayonida   vujudga   keladigan   iqtisodiy
munosabatlarni   o’zida   ifoda   etadi   va   turli   darajadagi   hokimiyat   organlarining
ixtiyoridagi   markaziy   va   mahalliy   byudjetlarga   kelib   tushadi.   O’zbekiston
Respublikasida   har   yili   davlat   byudjeti   orqali   mamlakat   YaIMining   18-20   foizi
qayta taqsimlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalari bilan birga hisoblaganda esa bu
ko’rsatkich bugungi kunda 34-35 foizni tashkil etmoqda.
2-rasm. Davlat byudjetining funksiyalar 10
Har qanday iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon
bo’ladi.   Davlat   byudjeti   moliya   iqtisodiy   kategoriyasining   tarkibiy   bo’linmasi
hamda   byudjet   munosabatlari   moliyaviy   munosabatlarning   tarkibiy   qismi
hisoblangani uchun ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash, qayta taqsimlash va
nazorat funksiyalarini bajaradi. 11
10
Srojiddinova Z.X. O zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. T.: infoCOM.UZ MChJ, 2010 y., 13-bet.‟
11
 Srojiddinova Z.X. O‟zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. T.: infoCOM.UZ MChJ, 2010 y., 11-bet
11 Taqsimlash   funksiyasini   soliq,   zayom,   davlat   mulkidan   tushgan   daromadlar,
qogoz   pullar   emissiyasidan   tushgan   daromadlarni   o’z   ichiga   oluvchi   byudjet
daromadlari   amalga   oshiradi.   Bunda   byudjet   jamg armasi   xo’jalik   sub’ektlari‟
(yuridik   va   jismoniy   shaxslar)   daromadlari   hisobiga   shakllanadi.   Bu   daromadlar
sof   milliy  mahsulotning   birlamchi  taqsimoti   (ishchi   va  xizmatchilarning  ish  haqi,
yollanma   ishchilarning   daromadlari,   tadbirkorlik   foydasi,   renta,   foiz)   natijasida
yuzaga keladi.
Byudjetning   qayta   taqsimlash   funksiyasi   aniq   maqsadli   bydjet   xarajatlariga
tegishlidir. Davlat umumiy xo jalik sub’ekti sifatida faoliyat yuritib, takror ishlab	
‟
chiqarish jarayoni barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini hisobga oladi,
shuning uchun xam byudjet xarajatlari hamma soha va tarmoqlarni qamrab oladi.
Agar   taqsimlashning   birinchi   bosqichida   byudjet   mablag lari   milliy   daromadda	
‟
davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu
ulush   qismlarga   bo’linadi   va   ko’p   sonli   kanallar   orqali   turli   tadbirlarni
moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga
ega.   Byudjetning   milliy   iqtisodiyot   bilan   uzviy   bog’liqligi   takror   ishlab
chiqarishning barcha bo’linmalarida ahvolning qandayligi  to’g’risida  ma’lumotlar
bilan   doimiy   ta minlab   turadi.   Milliy   iqtisodiyot   istalgan   bir   sohasi   yoki	
‟
korxonaning   moliyaviy   ahvoli,   albatta,   davlat   byudjeti   bilan   bo’ladigan   o’zaro
munosabatlarda   –   soliqlarda,   to’lovlarda,   byudjetdan   moliyalashtirish   hajmlarida,
byudjet   assignovaniyalarini   o zlashtirishda   va   hokazolarda   –   o’z   ta’sirini	
‟
ko’rsatadi.
Iqtisodiyotni   tartibga   solish   va   boshqarish   funksiyasi .   Soliqlar   va   byudjet
xarajatlari   orqali   byudjet   iqtisodiyotni   tartibga   solish,   investitsiyalarni
rag’batlantirish,   ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirishning   hal   qiluvchi   va
muhim   quroli   bo’lib   xizmat   qiladi.   Bunda   byudjet   mablag’lari   hisobidan
iqtisodiyotning ilg’or tarmoqlari – aviasozlik, kosmik dasturlar va loyihalar, atom
sanoati,   energetika   va   mashinasozlik   sanoatlari   kabilar   qo’llab-quvvatlanadi.
12 Samaradorligi yuqori bo’lgan va o’zini tez qoplovchi loyihalarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlash   ham   muhimdir.   Lekin   davlat   byudjetining   bu   funksiyasidan
orqada   qolayotgan   va   qoloq   ishlab   chiqarishlarga   moliyaviy   yordam   berish   kabi
o’tmishda   mavjud   bo’lgan   va   o’zini   oqlamagan   maqsadlarda   foydalanish
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta‘minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishga jiddiy putur etkazishini unutmaslik lozim.
Davlat   byudjetining   ijtimoiy   funksiyasi .   Davlat   ijtimoiy   siyosatini   amalga
oshirishda   davlat   byudjeti   katta   o’rin   egallaydi.   Davlatning   ijtimoiy   kafolatlari
doirasidagi   xizmatlarni   ko’rsatadigan   ta‘lim,   sog’liqni   saqlash,   fan,   madaniyat
sohalarini   mablag’   bilan   ta‘minlash,   aholining   kam   ta‘minlangan   qatlamlarini
(pensionerlar, nogironlar, bolalar, kam ta‘minlangan oilalar) ijtimoiy himoya qilish
-   ijtimoiy   siyosatning   ustuvorliklari   hisoblanadi.   Bundan   tashqari,   madaniyat
sohasi keng ma‘nodaiqtisodiy taraqqiyotning muhim komponentlaridan biridir, bu
borada   jamiyat   a‘zolarining   imkoniyatlarini   rivojlantirish   taraqqiyotning
harakatlantiruvchi   kuchi   hisoblanadi.   Shunday   ekan,   bu   yo’nalishdagi   davlat
tadbirlarini   mablag’   bilan   ta‘minlashda   davlat   byudjetining   ijtimoiy   funksiyasi
yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Davlat   byudjetining   nazorat   funksiyasi   orqali   byudjet   daromadlarining
shakllanishi,   byudjet   mablag’larining   oqilona   va   maqsadga   muvofiq   ishlatilishi,
byudjetdan   mablag’   oluvchilarning   moliya-xo’jalik   faoliyati,   ular   tomonidan
byudjet   qonunchiligiga   rioya   qilish   holati,   yalpi   ichki   mahsulot   va   milliy
daromadning taqsimlanish va qayta taqsimlanish nisbatlari nazorat qilinadi. Bozor
iqtisodiyoti   sharoitida   davlat   moliyaviy   resurslarining   shakllanishi   va   ishlatilishi
ustidan nazoratning zarurligi va ahamiyati yanada ortib bormoqda.
―Public   budgeting   systems   nomli   qo’llanmada:   ―byudjet   hujjatlari   aniq‖
yuridik   maqomga   ega   bo’lmasligi   ham   mumkin.   Federal   hukumat   darajasida
byudjet   cheklangan   yuridik   maqomga   ega   bo’lib,   u   Prezidentning   Kongressga
taqdim   qiladigan   rasmiy   bayonoti   hisoblanadi,   lekin   u   hukumatning   keyingi
harakatlarini   belgilab   beruvchi   rasmiy   hujjat   emas   ,   deb   ta‘riflangan.   AQShning
13 rasmiy operativ byudjeti esa bir nechta hujjatlar majmuasidan, xususan, ajratmalar
to’g’risidagi   qonunlardan   (Appropriation   Acts)   iborat   bo’ladi.   Aksincha,
munitsipal  tuzilmalarning merlari tomonidan taklif  qilingan mahalliy (munitsipal)
byudjetlar munitsipal kengashlar tomonidan rasman qabul qilingan operativ ishchi
byudjet sifatida amal qiladi 12
.
Boshqa   hollarda   hukumatning   bir   qator   byudjet   hujjatlari   mavjud   bo’lishi
mumkin   (yagona   byudjet   o’rniga).   Bu   hujjatlar   tarkibiga   (1)   asosiy   joriy
xarajatlarni   aks   ettiruvchi   operatsion   byudjet;   (2)   yirik   qurilish   loyihalarini   o’z
ichiga   olgan   kapital   byudjet;   (3)   aniq   daromad   manbalari   hisobidan
moliyalashtiriladigan   dasturlar   uchun   mo’ljallangan   maxsus   moliyaviy   fondlar.
Masalan, maxsus fondlar byudjetlari benzin va avtotransport shinalarini sotishdan
tushgan   maxsus   soliqlar   hisobidan   shakllanishi   va   avtomagistrallarni
rekonstruktsiya qilish va ularga texnik xizmat ko’rsatish bilan bog’liq dasturlariga
yo’naltirilishi   mumkin.   Yoki   boshqa   bir   misol:   baliq   tutish   va   ov   qilish   uchun
litsenziyalardan   yig’imlar   evaziga   shakllanadigan   maxsus   fondlar   oq   qilishga
mo’ljallangan suv havzalari va hududlarini sog’lomlashtirishga yo’naltiriladi. 
Byudjet   hujjatlarining   hajmlari   ham   xilma-xil   bo’lib,   odatda,   byudjet
daromadlariga   qaraganda,   byudjet   xarajatlari   to’g’risidagi   axborotlarni   o’zida   aks
ettiradi.   Byudjetlarning   xarajatlar   qismi   ko’pmaqsadliligi   bilan   ajralib   turadi,   shu
sababli byudjetni aks ettiruvchi biron bir hujjat byudjetning funksiyalari yoki uning
ishlatilish   shakllari   to’g’risida   to’liq   xulosa   chiqarishga   asos   bo’la   olmaydi.
Umumiy   jihatdan   qaraganda,   byudjetlar   (1)   xarajatlar   bayoni   sifatida,   (2)
xarajatlarning   tavsilotlari   sifatida,   (3)   ustuvorliklar   va   maqsadli   vazifalar   bayoni
sifatida qaralishi mumkin 13
.
―Public   budgeting   systems   nomli   qo’llanmada   ta‘kidlanishicha,   davlat
sektorida   byudjetlashtirish   maqsadlar   va   ularga   yetishish   uchun   zarur   mablag’lar
o’rtasida   bog’liqlikka   erishishni   nazarda   tutadi.   Davlat   sektoridagi   byudjet
12
 Bland, R. (2007). A budgeting guide for local governments (2nd ed.). Washington,DC: International City 
Management Association
13
 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce.. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 15
14 munosabatlarida   qo’llaniladigan   mezonlar   xususiy   sektordagi   byudjetlashtirish
mezonlaridan   bir   qadar   farq   qiladiki,   buning   asosiy   sababi   –   davlat   darajasida
byudjet   masalalarida   qabul   qilinadigan   qarorlar,   xususiy   sektordan   farqli   o’laroq,
diqqat   markaziga   foyda   olish   va   samara   ko’rish   maqsadlarini   qo’ya   olmaydi.
Xususiy sektorda esa byudjetlashtirish jarayonining asosiy maqsadi uzoq muddatli
daromadlilik   va   foydalilikni   ko’zlaydi   va   firmaning   uzoq   istiqboldagi   moliyaviy
holatini ta‘minlashga qaratiladi.
Xorijiy   davlatlarda   davlat   darajasida   byudjetlarni   tuzish   hukumatlarning   o’z
xatti-harakatlari   uchun   mas‘uliyatlarini   oshirish   vositasi   sifatida   yuzaga   keldi.
Byudjet protseduralari shunday ishlab chiqiladiki, hukumatlar jamoatchilik oldida,
ijroiya hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat oldida hisobdor bo’ladilar. Federal
byudjet defitsiti va davlat qarzining o’sib borishi, ayrim munitsipal byudjetlarning
nobarqaror   holatlari   borasidagi   xavotirlik   hukumatlarni   davlatning   uzoq   muddatli
moliyaviy   ahvoli   uchun   javobgarlikka   tortish   vositasi   sifatida   byudjetdan
foydalanishni taqozo etdi. Mamlakat fuqarolari tobora ko’proq o’z hukumatlaridan
mamlakatdagi   moliyaviy   ahvol,   to’langan   soliqlarning   sarflanishi   va   davlatning
boshqa   dasturlarining   moliyaviy   ta‘minlanishi   to’g’risida   hisob   berishlarini   talab
qila   boshladilar.   Bunday   sharoitda   byudjetni   tuzish,   uni   ommaga   e‘lon   qilish   va
ijrosi bo’yicha soliq to’lovchilarga hisob berish masalasi byudjet islohotlariga asos
bo’lib xizmat qilgan. 14
Xulosa qilib aytganda, davlat o’z funksiyalarini bajarishi uchun, shuningdek,
taraqqiyotning   u   yoki   bu   bosqichida   uning   oldida   turgan   strategik   maqsadlarni
amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma‘lum bir
qismini   o’z   qo’lida   to’plamog’i   obyektiv   zaruriyatdir.   Shu   bilan   birga,
mablag’larni   davlat   moliyasi   orqali   qayta   taqsimlash   ko’lami   ko’p   jihatdan
mamlakat   iqtisodiyotining   holati   va   rivojlanish   darajasiga,   davlatning   iqtisodiy
jarayonlarga   aralashish   ko’lamlariga,   ijtimoiy   sohadagi   davlatning   majburiyatlari
ko’lamiga,   aholini   davlat   tomonidan   qo’llab-quvvatlash   dasturlarining
14
 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce.. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 21.
15 qamrovliligiga   bog’liq.   Milliy   iqtisodiyotni   boshqarish   va   taribga   solishda,
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishni   ta‘minlashda,   har   bir   davrning   ustuvor   taraqqiyot
vazifalarini   muvaffaqiyatli   bajarishda   davlatning   boshqa   iqtisodiy   instrumentlari
qatori,   davlat   byudjeti   ham   muhim   ahamiyat   kasb   etadi   va   ma‘lum   vazifalarni
bajaradi.   Lekin   bu   vazifalarning   samarali   bajarilishi   tegishli   byudjet
mexanizmining ishlab chiqilishini va samarali ishlashini taqozo etadi.
3. Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa
bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari.
Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish va
ulardan   o’z   funksiyalarini   to’laqonli   bajarish   maqsadida   turli   yo’nalishlarda
foydalanish   bilan   bog’liq   munosabatlar   yig’indisidir.   Bu   munosabatlarning
turlitumanligi   asosida   davlat   moliyasining   bir   qator   aniq   tashkiliy   shakllari
shakllanadi. 
Bular:
 davlat byudjeti; 
 davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalari; 
 davlat krediti; 
 davlat korxonalari moliyasi.
Iqtisodiy  mazmuniga ko’ra davlat  moliyasi  – davlatning va uning mulkidagi
davlat   korxonalarining   ixtiyorida   moliyaviy   resurslarning   shakllanishi   va
kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarish,   jamiyat   a‘zolarining   ortib   borayotgan
ijtimoiy-madaniy   ehtiyojlarini   qondirish,   mamlakat   mudofaasi   va   davlat
boshqaruvini   ta‘minlash   bo’yicha   xarajatlarning   amalga   oshirilishi   bilan   bog’liq
bo’lgan,   yalpi   ichki   mahsulotning   qiymatini   taqsimlash   va   qayta   taqsimlash
asosida sodir bo’ladigan pul munosabatlari yig’indisidir.
16 Davlat moliyasi  sohasida  sodir bo’ladigan pul munosabatlarining subyektlari
bo’lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona
va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Jamiyatning   iqtisodiy   hayotida   byudjet   xarajatlarining   roli   va   ahamiyatini
aniqlash   uchun   ularni   ma’lum   belgilarga   ko’ra   turkumlashtirish   maqsadga
muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir
necha   belgilari   mavjud.   Ular   o’zlarining   iqtisodiy   mazmuni,   funktsionalligi,
ijtimoiy   takror   ishlab   chiqarishdagi   roli,   ishlab   chiqarish   tarmoqlari   va   faoliyat
turlari   yoki   idoraviy   bo’linishi,   ijtimoiy   mo’ljallanganligi   bo yicha,   hududiy‟
turkumlanishi,   ma lum   maqsadlari   va   yuridik   nuqtai-nazardan   yoki   davlat	
‟
boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Eng avvalo, o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra byudjet xarajatlari kapital va
joriy   xarajatlarga   bo’linadi.   Bu   xarajatlar   kengaytirilgan   takror   ishlab   chiqarish
jarayoniga ularning qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ifoda etadi.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, byudjet
tashkilotlarining   joriy   faoliyatini   ta’minlashga   yo’naltirilgan   byudjet   xarajatlari,
boshqa   byudjetlar   va   iqtisodiyot   alohida   tarmoqlariga   dotatsiya,   subsidiya   va
subventsiya   shaklida   ko’rsatiladigan   davlat   tomonidan   qo’llabquvvatlash   bilan
bog’liq   bo’lgan   xarajatlar   va   byudjet   xarajatlarining   turkumlanishiga   muvofiq
kapital   xarajatlarning   tarkibiga   kiritilmagan   boshqa   xarajatlar   byudjetning   joriy
xarajatlari deyiladi.
Davlat   moliyasining   iqtisodiy   mazmuni   bir   xilda   emas:   uning   tarkibida
alohida   bo’g’inlarni   ajratib   ko’rsatish   mumkin,   ularning   har   biri   o’ziga   xos
funksiyalarni   bajaradi.   Davlat   moliyasining   tarkibiga   quyidagilar   kiradi:   davlat
byudjeti,   davlatning   byudjetdan   tashqari   maqsadli   jamg’armalari,   davlat   krediti,
davlat   korxonalari   moliyasi   (3-rasm).   Har   bir   bo'g’inning   turlicha   funksional
tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy xizmatlar
ko’rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi.
17 Davlat   moliyasining   bosh   va   markaziy   bo’g’ini   davlat   byudjetidir.   Davlat
byudjeti – davlatning markazlashgan  pul fondi bo’lib, asosan  yuridik va jismoniy
shaxslarning soliqlari va majburiy to’lovlari evaziga shakllanadi va davlatning turli
vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta‘minlashga yo’naltiriladi.
3-rasm. Mamlakat moliya tizimining tarkibiy tuzilishi 15
Davlat byudjeti davlatning qonun kuchiga ega bo’lgan asosiy moliyaviy rejasi
hisoblanadi.   Byudjet   hokimiyatning   qonun   chiqaruvchi   organi   tomonidan
tasdiqlanadi.
Davlat   moliyasining   ahamiyat   jihatdan   muhim   bo’g’inlaridan   yana   biri   –
davlatning   byudjetdan   tashqari   maqsadli   jamg’armalari   bo’lib,   ular   jamiyatning
ayrim   ehtiyojlarini   mablag’   bilan   ta‘minlash   maqsadida   davlat   tomonidan   jalb
qilingan   moliyaviy   resurslarni   taqsimlash   va   ishlatish   shakli   hisoblanadi.   Bu
15
  Nurmuxamedova B., Kabirova N. ―Moliya , O‘quv qo‘llanma. T:, ―IQTISOD-MOLIYA , 2017. 28-b‖ ‖
18 fondlarning   asosiy   tayinlanishi   maxsus   maqsadli   ajratmalar   va   boshqa   qator
manbalar   hisobidan   davlatning   aniq   maqsadli   tadbirlarini   moliyalashtirishdan
iborat.
Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning turlari, maqsadli tayinlanishi, ularga
egalik qilish huquqi, amal qilish davomiyligi turlicha bo’lishi mumkin. U yoki bu
fondni  tuzish  to’g’risida  qaror  qabul  qilishda  davlat  va jamiyat  taraqqiyoti  oldida
turgan vazifalarning ustuvorligi muhim ahamiyatga ega.
Davlat   byudjeti   tarkibida   konsolidatsiyalashgan   fondlar   davlat   maqsadli
jamg’armalari   deb   ataladi.   Bu   fondlarning   xususiyati   shundaki,   davlat   byudjetida
defitsit   yuzaga   kelganda   ularning   ijbiy   qoldig’i   byudjet   defitsitini   qoplashga
safarbar   etilishi   mumkin.   Shuningdek,   byudjetdan   tashqari   fondlarning   joriy
faoliyatida   kassaviy   uzilishlar   bo’lgan   hollarda   davlat   byudjetidan   byudjet
dotatsiyalari   berilishi   yoki   boshqa   shakldagi   moliyaviy   yordam   ko’rsatilishi
mumkin.
Davlat   krediti   –   davlat   bilan   (uning   hokimiyat   va   ijroiya   organlari   timsolida)
yuridik   va   jismoniy   shaxslar,   xorijiy   davlatlar,   xalqaro   moliya-kredit   tashkilotlari
o’rtasidagi   muddatlilik,   qaytishlilik   va   to’lovlilik   asosida   pul   mablag’larining
harakati   bilan   bog’liq   iqtisodiy   munosabatlar   yig’indisidir.   Bu   munosabatlarda
davlat   qarz   oluvchi,   qarz   beruvchi   (kreditor)   yoki   olingan   (berilgan)   qarzlar
bo’yicha garant (kafil) sifatida ishtirok etadi.
Davlat   korxonalari   moliyasi   davlat   moliyasining   o’ziga   xos   bo’g’ini   bo’lib,
bunda u YaIMning birlamchi taqsimotida bevosita ishtirok etadi. Davlat korxonasi
ustav   kapitalining   shakllanishida   byudjet   mablag’lari,   boshqa   davlat
korxonalarining   badallari,   markazlashgan   fondlar   va   vazirliklar,   mahkamalar,
uyushmalar   qoshida   tuziladigan   rezervlari   asosiy   moliyaviy   manba   bo’lib   xizmat
qiladi.
Mamlakatning   moliya   tizimida   davlat   byudjeti   markaziy   o’rin   egallaydi.
Markazlashtirilgan   pul   fondini   shakllantirish   orqali   davlatning   qo’lida   katta
19 hajmdagi   moliyaviy   resurslar   to’planadi   va   ular   umumdavlat   ehtiyojlarini
qondirishga   sarf   etiladi.   Davlat   byudjeti   umumdavlat   anfaatlarini   inobatga   olgan
holda   ustuvor   yo’nalishlar   uchun   moliyaviy   resurslarni   jamlashda   asosiy   vosita
bo’lib   xizmat   qiladi.   Ustuvor   yo’nalishlar   uchun   davlat   byudjeti   yordamida
moliyaviy   resurslarni   jamlash   bir   necha   usullar   yordamida   amalga   oshirilishi
mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal sur‘atlar bilan
rivojlanishini   ta‘minlash   maqsadida   byudjet   ajratmalarining   hajmi   oshiriladi.
Boshqa   hollarda   esa,   o’sha   sektorlardan   mablag’larni   davlat   byudjetiga   olishda
qulay sharoit yaratiladi.
Davlat   byudjeti   iqtisodiyotning   alohida   tarmoqlarining   rivojlanishida   asosiy
manba   rolini   ham   o’ynashi   mumkin.   Masalan,   ilmiy-texnika   taraqqiyoti   asosida
milliy   iqtisodiyotda   yangi   tarmoq   vujudga   kelayotgan   bo’lsa,   uning   paydo
bo’lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Faoliyat   ko’rsatayotgan   subyektlarning   moliyaviy   barqarorligini   ta‘minlashda
byudjet katta ahamiyat  kasb etadi. Turli obyektiv va subyektiv omillarning ta‘siri
ostida   ayrim   subyektlarning   o’z   moliyaviy   resurslari   ularning   sog’lom   faoliyat
ko’rsatishi   uchun   yetarli   bo’lmay   qolganda   chetdan   mablag’   jalb   qilishga   ehtiyoj
tug’iladi.   Bunday   sharoitda   davlat   byudjeti   tartibga   soluvchi   manba   sifatida
maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollarning barchasida davlat byudjeti
mablag’lari   subyektlarning   o’z   manbalari,   tarmoq   ichidagi   resurslar,   bank
kreditlaridan so’ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foydalaniladi.
Subyektlar   faoliyatini   moliyaviy   resurslar   bilan   ta‘minlashda   davlat
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 
   moliyaviy   resurslarga   bo’lgan   yangi   talabni   kelgusi   byudjet   yilida
byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
   moliyaviy   resurslarga   bo’lgan   qo’shimcha   ehtiyojni   mavjud   byudjet
resurslarini   bir   obyektdan   ikkinchisiga   o’tkazish   yo’li   bilan   qondirish.   Bunday
imkoniyatning   mavjudligi   amaliyotda   ayrim   subyektlarning   o’zlariga   taqdim
20 etilgan   moliyaviy   resurslarni   to’liq   o’zlashtirishning   uddasidan   chiqa   olmasligi
bilan izohlanadi;
   qo’shimcha   ehtiyojni   hukumatning   zaxira   fondlari   hisobidan   qoplash   va
boshqalar.
Davlat   byudjeti   milliy   iqtisodiyot   korxonalarini   texnika   vositalari   bilan   qayta
qurollantirishda   alohida   ahamiyatga   ega.   Byudjetdan   iqtisodiyotga   qilinayotgan
xarajatlar  va markazlashtirilgan investitsiyalarni  moliyalashtirish, eng avvalo, ana
shu   maqsadlarga   xizmat   qiladi.   Ayniqsa,   ijtimoiy   soha   (ta‘lim,   sog’liqni   saqlash,
madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta‘minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga
ijtimoiy   nafaqa   berish,   davlat   hokimiyati   organlari,   boshqaruv   va   sud   organlarini
saqlash,   fuqarolaming   o’z-o’zini   boshqarish   organlarini   moliyalashtirish,
mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida
bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
4. Byudjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi.
Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlari bilan
o’zaro munosabatlarga kirishadi. Bu munosabatlar quyidagilarda namoyon bo’ladi:
   davlat   byudjeti   mablag’lari   hisobidan   davlat   maqsadli   jamg’armalaridagi
vaqtinchalik  kassaviy  uzilishlar  mablag’  bilan  qoplanishi  mumkin,  o’z  navbatida,
davlat   maqsadli   jamg’armalarining   mablag’lari   davlat   byudjetida   yuzaga   kelgan
taqchillikni qoplashning noinflyatsion manbasi bo’lib xizmat qiladi;
   davlat   krediti   orqali   davlat   o’z   majburiyatlarini   bajarish   uchun   ichki   va
tashqi   manbalardan   qarz   oladi,   shuningdek   mamlakat   ichkarisidagi   subyektlarga
hamda   xalqaro   moliyaviy   munosabatlarining   ishtirokchilari   bo’lgan   subyektlarga
qarz   beradi,   byudjetning   taqchilligini   qoplash   manbai   sifatida   ham   davlat   qarzi
maydonga   chiqadi,   shu   munosabatlarda   davlat   byudjeti   bilan   davlat   moliyasining
21 alohida bo’g’ini bo’lgan davlat krediti o’rtasida muayyan moliyaviy munosabatlar
sodir bo’ladi;
   mamlakat   moliya   tizimining   alohida   sohasi   bo’lgan   tijorat   asosida   faoliyat
yurituvchi korxonalar moliyasi orqali davlat byudjetining daromad manbai bo’lgan
qo’shilgan   qiymat,   foyda,   daromad   yaratiladi   va   ularning   qayta   taqsimlanishi
asosida   davlat   byudjetiga   daromad   va   tushumlar   kelib   tushadi,   o’z   navbatida,
davlat byudjeti mablag’laridan bu korxonalar resurslarining shakllanishida ma‘lum
ko’lamlarda   foydalaniladi,   buni   davlat   byudjetining   iqtisodiyotga   va
markazlashgan   investitsiyalarni   moliyalashtirishga   yo’naltirilgan   mablag’lar
harakatida ko’rish mumkin;
   ma‘lumki,   moliya   tizimining   alohida   bo’g’ini   notijorat   faoliyatini   amalga
oshiruvchi   muassasa   va   tashkilotlarda   sodir   bo’ladigan   moliyaviy   munosabatlar
tashkil   qiladi,   ularning   aksariyatini   esa   turli   tarmoq   va   sohalardagi   byudjet
tashkilotlari   tashkil   qiladi,   ularning   joriy   faoliyatini,   ayrim   hollarda   kapital
mablag’larga   bo’lgan   ehtiyojini   qondirish   yuzasidan   ular   bilan   davlat   byudjeti
o’rtasida   byudjet   mablag’larining   taqsimlanishi   bilan   bog’liq   munosabatlar   sodir
bo’ladi;
   shuningdek,   davlat   byudjeti   bilan   uy   xo’jaliklari   o’rtasida   ijtimoiy
transfertlarning   ajratilishi,   davlat   mablag’lari   bilan   mustahkamlangan   imtiyozli
kreditlarning   berilishi   yuzasidan   muayyan   moliyaviy   munosabatlar   shakllanadi,
shu   bilan   birga,   uy   xo’jaliklari   ham   soliqlar,   majburiy   to’lovlar,   zaym
obligatsiyalar sotib olish kabilar bilan davlat byudjet resurslarining shakllanishida
ishtirok etadilar.
Davlat   byudjeti   maqsadli   mablag‘larning   markazlashtirilgan   jamg‘armasi
bo‘lib,   unda   daromadlar   manbalari,   tushumlar   miqdori,   yil   mobaynida   aniq
maqsadlar   uchun   ajratiladigan   mablag‘larning   yo‘nalishlari   va   miqdori   aks   etadi.
Shu   bois   davlat   byudjeti   daromadlarining   to‘g‘ri   va   to‘liq   shakllantirilishini
22 ta’minlash   hamda   xarajatlarni   to‘g‘ri   yo‘naltirish   alohida   ahamiyatga   ega.   Bunda
ushbu jarayonning huquqiy asoslari takomillashtirilishi muhim rol o‘ynaydi.
Byudjet kodeksida mahalliy davlat hokimiyati organlari byudjeti bilan bog‘liq
munosabatlar o‘z ifodasini topgani bois “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
qonundan   “Mahalliy   davlat   hokimiyati   faoliyatining   moliyaviy   asosi”   deb
nomlanuvchi   3-bob   chiqarib   tashlanib,   qonunning   25-moddasiga   o‘zgartish
kiritildi.   Bunda   viloyat,   tuman   va   shahar   hokimlari   vakolatlari   doirasi
kengaytirilib,   tuman   va   shahar   byudjetining   tegishli   loyihasini   xalq   deputatlari
Kengashiga   taqdim   etish   haqidagi   norma   bilan   to‘ldirildi.   Bu   xalq   deputatlari
Kengashining viloyat, tuman va shahar byudjetining loyiha bosqichidayoq oqilona
taqsimlanishini nazorat qilish imkonini beradi
Yangi   qonunning     2-moddasi   bilan   “Xorijdan   mablag‘   jalb   qilish
to‘g‘risida”gi qonunga ham bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, qonunning 4-
moddasida   davlat   tashqi   qarzining   eng   yuqori   miqdorini   har   yili   Oliy   Majlis
palatalari   kelgusi   yil   uchun   Davlat   byudjeti   va   davlat   maqsadli   jamg‘armalari
byudjetlari   qabul   qilinayotganda   belgilashi   mustahkamlangan.   Bundan   asosiy
maqsad xorijdan mablag‘ jalb qilish mexanizmini yanada takomillashtirish hamda
davlat   hokimiyatining   oliy   vakillik   organi   –   Oliy   Majlis   ishtirokini   kuchaytirish
yo‘li bilan mazkur jarayonda oshkoralikni ta’minlashdan iboratdir.
Qonunga   muvofiq,   Byudjet   kodeksining   161-moddasida   byudjet   hisobi   va
hisobotining   yagona   uslubiyati   byudjet   hisobining   standartlariga   muvofiq
belgilanishi   hamda   u   O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi   tomonidan
tasdiqlanishi   munosabati   bilan   “Buxgalteriya   hisobi   to‘g‘risida”gi   qonunga   qator
qo‘shimchalar   kiritildi.   Jumladan,   “Buxgalteriya   hisobi   va   hisobotini   tartibga
solish”   deb   nomlanuvchi   5-moddaga   byudjet   tashkilotlarining   buxgalteriya
hisobini   va   moliyaviy   hisobotini   tartibga   solish   Moliya   vazirligi   tasdiqlagan
byudjet   hisobi   standartlari   asosida   amalga   oshirilishi   belgilangan.   12-moddada
byudjet   tashkilotlarining   aktivlari   va   majburiyatlarini   baholash   byudjet   hisobi
standartlariga muvofiq amalga oshirilishi mustahkamlangan.
23 Kodeks   qabul   qilingunga   qadar   byudjet   munosabatlari,   xususan,   byudjet
tizimi   tuzilishi,   boshqarish   asoslari,   daromadlarni   shakllantirish   va   xarajatlarni
amalga oshirish kabi tamoyillar, Davlat  byudjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni
amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibi “Byudjet
tizimi   to‘g‘risida”gi   qonun   bilan   tartibga   solinar   edi.   Davlat   maqsadli
jamg‘armalarining   va   byudjet   tashkilotlarining   byudjetdan   tashqari
mablag‘larining   g‘azna   ijrosi   sohasidagi   munosabatlarda   “Davlat   byudjetining
g‘azna   ijrosi   to‘g‘risida”gi   qonun   muhim   ahamiyat   kasb   etardi.   Endilikda   bu
munosabatlar   Byudjet   kodeksida   takomillashtirilgan   holda   o‘z   ifodasini   topgani
bois ushbu qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.
Muxtasar   aytganda,   “O‘zbekiston   Respublikasining   Byudjet   kodeksi   qabul
qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish,   shuningdek,   ayrim   qonun   hujjatlarini   o‘z
kuchini   yo‘qotgan   deb   topish   to‘g‘risida”gi   qonun   sohani   tartibga   soluvchi   puxta
huquqiy   asosdir.   Kiritilgan   o‘zgartish   va   yangiliklar   xalqaro   tajribaga   asoslangan
bo‘lib,   byudjet   jarayoni   hamda   tizimining   samaradorligi   va   ochiq-oshkoraligini
yanada oshirishga xizmat qiladi .
Xulosa.
Kurs ishining xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan tahlilga asoslangan
holda   davlat   byudjeti   daromadlarini   shakllantirish   va   mablag’laridan   samarali
foydalanish   maqsadida   chiqarilgan   asosiy   xulosalar   va   ishlab   chiqilgan
tavsiyalarni,   qisqacha   tarzda,   aks   ettirishga   harakat   qilamiz.   Ularning   eng
asosiylari quyidagilardan iborat.
24 Hozirgi   sharoitda   byudjet   intizomini   mustahkamlashning   zarurligi   va
ahamiyati  mamlakatimizda  bir  tomondan,  byudjet  daromadlarini  shakllantirish  va
ikkinchi tomondan esa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish masalalari bilan
bog liq.   Bunda   ularning   maqsadliligi,   samaraliligi,   tartibliligi   va   qonuniyligini‟
ta minlash alohida ahamiyat kasb etadi.	
‟
Byudjet intizomini ta’minlashda byudjet mablag’larini belgilangan miqdorda
shakllantirishda   O’zbekiston   Respublikasi   Davlat   Soliq   Qo’mitasining   mas’ul
bo’lsa,   byudjet   xarajatlaridan   oqilona   foydalanish   yuzasidan   esa   O zbekiston	
‟
Respublikasi   Moliya   vazirligi   huzuridagi   Davlat   moliyaviy   nazorati   Bosh
boshqarmasi   va   O zbekiston   Respublikasi   G aznachilik   boshqarmasigaa   katta	
‟ ‟
mas uliyat tushadi.	
‟
Byudjet   mablag’laridan   oqilona   foydalanishga   samarali   nazorat   tizimini
shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy
bosqichlaridan   biri   davlatning   moliyaviy   nazorati   hisoblanadi.   Iqtisodiyoti
rivojlangan   hech   bir   mamlakat   yo’qki,   moliya   sohasida   davlatning   nazorat
organlari   mavjud   bo’lmasin.   Moliyaviy   nazorat   instituti   davlatning   nazorat
organlarining   umumiy   tuzilishini   o zida   mujassamlashtiradi   va   moliyaviy	
‟
mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
  Yana   shuni   aytish   kerakki   byudjet   intizomini   mustahkamlash   maqsadida
byudjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri
tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir.
Buning   uchun   byudjetdan   ijtimoiy-madaniy   tadbirlarni   moliyalashtiradigan
mablag’lardan   tashqari   boshqa   xarajatlarni   bosqichma-bosqich   optimal   darajada
kamaytirish zarur.
Byudjet tashkilotlarini boqimandalik kayfiyatidagi xo’jasizliklarcha faoliyat
yurituvchi sub’ektlardan mablag’ ishlab topuvchi tashkilotlar darajasiga yetkazish,
ijtimoiy-madaniy   sohalarda   faqat   davlat   mablag larigagina   asoslanib   faoliyat	
‟
yuritayotgan   tashkilotlarda   pullik   xizmatlar   ko rsatishni   ham   tashkil   etishga
‟
25 o tilishini   ta’minlash   kerak.   Masalan,   xalq   ta’limi   sohasiga   qarashli   maktablarda‟
hamda   maktabgacha   tarbiya   muassasalarida   pullik   xizmatlarga   o tish   ko lamini	
‟ ‟
kengaytirish, sog’liqni saqlash tizimiga qarashli muassasalarda bemorlarning pullik
tarzda   davolanib  shifo  topish  tizimini   bosqichma-bosqich   kengaytirish   va  bundan
tushgan mablag’larni  shu sohaning  moddiy-texnika bazasini  mustahkamlashga  va
malakali xodimlari rag’batlantirishga sarflashni ko zda tutish, shu asosida byudjet	
‟
tomonidan beriladigan xarajatlarni qisqartirishga erishish zarur.
Kommunal   xizmatlardan   foydalanganligi   uchun   hozirgi   kunda   ko’pchilik
byudjet   tashkilotlari   va   muassasalarida   o lchagichlarning   yo’qligi   va   ayrim	
‟
joylardagi   o’rnatilgan   o lchagich   asboblarining   nosozligi   mahalliy   byudjet	
‟
mablag’larining iqtisod qilinishiga to’sqinlik qilib kelmoqda. Shuning uchun ham
kommunal   xizmat   turlaridan   (issiqlik   suv,   sovuq   suv,   gaz,   elektr   energiya)
tejamkorlikka   erishish   maqsadida   barcha   byudjet   tashkilotlariga   o’rnatilgan
o’lchov   asboblarini   sozlab,   o’rnatilmagan   joylarga   esa   zudlik   bilan   o’lchov
asboblarini   o rnatilishini   ta minlash   va   shundan   so’ng   tashkilotlardagi   moddiy	
‟ ‟
javobgar shaxslarninig faoliyatini qattiq nazoratga olish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1 . O zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.T.: «O zbekiston», 2003 y. 	
ʻ ʻ
2. O zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, 2013 yil 26 dekabr 
ʻ
26 3. O zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. O zbekiston Respublikasi Qonun ʻ ʻ
hujjatlari to plami. 2019 yil	
ʻ
4. “O zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo yicha harakatlar 	
ʻ ʻ
strategiyasi to g risida”gi O zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 	
ʻ ʻ ʻ
fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
5. Mirziyoyev Sh. “Erkin va farovon, demokratik O zbekiston davlatini 	
ʻ
birgalikda barpo etamiz.” Toshkent: "O zbekiston" 2016 y.-56 b. 	
ʻ
6. Mirziyoyev Sh. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta minlash – yurt 	
ʻ
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” Toshkent: "O zbekiston" 2016 y.- 	
ʻ
48 b.
7. O zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga 	
‟
Murojaatnomasi. http://www.uza.uz. 28.12.2018 y. 
8. Alimardonov M. I., Qozieva N. R..Soliqlar va soliqqa tortish. O quvuslubiy 	
ʻ
qo llanma. - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007. - 214 b. 	
ʻ
9. Vahobov A.V., Malikov T.S. “Moliya” Darslik. – T.: “Sharq” nashriyoti, 2010.
– 804 bet. 
10. Vahobov A.A., Qosimova G.A., Jamolov X.N., Budjet-soliq siyosati 
yaxlitligi.O quv qo llanma. - T., «Moliya-iqtisod». 2004. 296 b.	
ʻ ʻ
11. Vaxobov A., Malikov T. Moliya: umumnazariy masalalar. – T.: Iqtisod-
moliya. 2008. 316bet. 
12. Vahobov A., Jumaev N., Burxanov U. Xalqaro moliya munosabatlari. –T.: 
Sharq, 2003. – 400 b. 
13. Vahobov A., Srojiddinova Z. O zbekiston Respublikasining Davlat Budjeti. 	
ʻ
T.: “Iqtisod-moliya”, 2002 y., 264 b. 
27 14. Jo raev A.S. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali ʻ
yo llari.  Monografiya. “Fan” nashriyoti. 2004 y. 
ʻ
15. Malikov T.S., Haydarov N.H. “Davlat budjeti”. O quv qo llanma. 	
ʻ ʻ
“IQTISOD-MOLIYA” - Toshkent. TMI. 2007 y. 
16. Malikov T.S., Haydarov N.H. “Budjet daromadlari va xarajatlari”. O quv 	
ʻ
qo llanma. “IQTISOD-MOLIYA” - Toshkent. TMI. 2007 y. 	
ʻ
17. Malikov T., Jalilov P., Budjet-soliq siyosati. Mongrafiya. T.: Akademnashr, 
2011. 472 b.
18. Malikov T., Vahobov D., Moliya: chizmalarda. O quv qo llanma. T.: Iqtisod-	
ʻ ʻ
moliya, 2010, 660 b. 
19. Musaev B, Srojiddinova Z.X. Kontrolno-ekonomicheskaya rabota finansovix 
organov. T.: “Moliya-Iqtisod”, 2006 g. 342 str. 
20. Nuritdinova V., Sharapova M. Moliyaviy nazorat. O„quv 
qo„llanma.T.:“IQTISOD-MOLIYA” 2014 y. 360 b. 
21. Ostonaqulov M. Byudjet hisobi va byudjet ijrosining nazorati. – T.: Iqtisod-
moliya, TMI-2005. 360 b.
22.  http://www.gov.uz
23.  http://www.press-service.uz
24.  http://www.stat.uz
25. http:  www.lex.uz
26. http: www.mf.uz
28

Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. REJA: Kirish 1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. 2. Davlat byudjetining funksiyalari. 3. Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari. 4. Byudjet munosabatlari, ularning ko’pqirraliligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1

Kirish Mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar qatori iqtisodiy islohotlar ham bugungi kunga kelib keng ko’lamda o’z samarasini ko rsatayotganiga barchamiz‟ guvoh bo lmoqdamiz. Misol tariqasida aytish mumkinki, bugungi kunda davlat ‟ moliyasi, jumladan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar ochiqligi hamda shaffofliginini ta minlash, xalq byudjetini shakllantirish borasida ‟ qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Davlat byudjetiga mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak ‟ texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta minlaydigan, ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishning asosiy moliyaviy ‟ manbalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo nalishdagi ‟ islohotlarni davom ettirilgan holda, istiqbolda davlat byudjetini o’rta muddatli muddatga rejalashtirish, byudjetdan mablag larni ajratishda natijaga e’tibor ‟ qaratish, 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlar qismini mustahkamlash, davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda turli darajadagi byudjetlar mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalar nazarda tutilgan 1 . Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta sirchan dastagi hisoblangan davlat byudjeti ‟ mablag lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo lishi kerak. Bunda, albatta, ‟ ‟ byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjet ko’zda tutilgantadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral 2

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Shu bilan birga, hududiy boshqaruv organlarining byudjet mablag’larini shakllantirish, qo’shimcha zaxiralarni yaratish bo’yicha soliq, moliya va iqtisodiyot sohalari organlarining mas uliyatini oshirish yuzasidan qaror qabul‟ qilindi. Biz mamlakatimiz byudjet tizimini qayta ko’rib chiqishimiz, byudjet daromadlari va xarajatlari xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo’lishini ta’minlashimiz zarur 2 ”. Kurs ishining obyekti va predmeti . Kurs ishining obyekti bo’lib O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisoblanadi. Mazkur kurs ishi predmeti esa O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va punksiyalariaytishimiz mumkin. Kurs ishining maqsadi - davlat byudjeti ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil va tadqiq etish asosida uni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni o’ylab chiqishdan iborat bo’ladi. 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. http://uza.uz. 22.12.2017 y. 3

1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda uning: - iqtisodiy kategoriya sifatida; - moddiy tushuncha sifatida; - huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan 1-rasm. Davlatbyudjetiningijtimoiy-iqtisodiymohiyat 3 . Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning faol qismi bo’lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo’lib, ular 3 Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 102-bet. 4

natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan pul fondi – davlat byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi. Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti – markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta‘minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo’ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir. Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag’lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko’zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik xujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun tuziladi, ko’rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Shakl jihatidan, davlat byudjeti - bu davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo’lib, unda byudjet pul munosabatlari tizimi sifatida miqdor jihatidan ifodalanadi. Binobarin, aynan byudjet rejasi mamlakatning muhim moliyaviy hujjati sifatida tuziladi, ko rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Unda pul mablag’larining‟ markazlashtirilgan jamg armasini shakllantirish, taqsimlash va undan ‟ foydalanishga doir iqtisodiy munosabatlar aks etadi. Moddiy mazmun jihatidan, davlat byudjeti - davlatning byudjet rejasini ijro etish jarayonida tashkil topadigan va foydalaniladigan asosiy markazlashtirilgan pul mablaglari jamg’armasidir. Mohiyat jihatidan, davlat byudjeti - davlat boshqaruvining muhim vositasi bo’lib, uning yordamida davlat takror ishlab chikarish jarayonlariga ta’sir ko rsatadi, inson irodasiga buysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy ta sirini ‟ ‟ bartaraf etadi. 5