JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI. IJTIMOIY SHERIKCHILIK.
JAMOATCHILIK NAZORATI VA DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI. IJTIMOIY SHERIKCHILIK. 1. Jamoatchilik nazorati tushunchasining mohiyati 2. Jamoatchilik nazorati tizimi, sub’yektlari va shakllari 3. Ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning talqinlari. 4. O`zbekistonda ijtimoiy shyeriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining rivojlantirilishi
1. Jamoatchilik nazorati tushunchasining mohiyati Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo’lmagan yoki jamoatchilik nazorati yetarli darajada kuchga ega bo’lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavvvur qilish qiyin. Shuning uchun mamlakatimiz Konstitusiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsyepsiyasi”da jamoatchilik nazorati to’g’risidagi qonunni qabul qilish zarurligi alohida ta’kidlandi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy myexanizmini yaratishga qaratilgan « O`zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi Qonunni qabul qilish fursati yyetdi.” Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan avval “jamoatchilik nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko’rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko’pincha sinonim sifatida va ba’zan noo’rin qo’llanilmoqda. “Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o’rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o’rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko’ra, fuqarolik nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi. Masalan, bizning mamlakatimizda Mudofaa vazirligi qoshida tuzilgan Jamoatchilik kyengashi ana shunday nazoratni amalga oshiradi. Shu ma’noda fuqarolik nazorati noharbiy tashkilotlar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining mamlakatimiz qonunlariga mosligi va maqsadga muvofiqligini nazorat qilishni bildiradi. Ikkinchidan,
fuqarolik nazorati alohida shaxslar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining Konstitusiyaga, xalqaro shartnomalarga mosligi, shuningdyek, Qurolli kuchlar tizimidagi ijtimoiy masalalarning huquqiy mye’yorlarga mosligi ustidan o’tkaziladigan nazoratni ham bildiradi.“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari o’rtasidagi tafovut xuddi mana shu o’rinda ko’rinadi. Fuqarolik nazoratini hyech bir jamoat birlashmasiga a’zo bo’lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi. “Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o’rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko’ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kyengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko’rinishlaridir. Jamoatchilik nazoratiga turli-tumanta’riflar byerilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o’rinliroq bo’ladi: “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo’yicha yuritadigan faoliyat”. O`zbekiston Respublikasi yuridik ensiklopyediyasida qayd etilishicha, jamoatchilik nazorati – bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda nodavlat tashkilotlar faoliyati ustidan fuqarolar, ularning birlashmalari va o’zini- o’zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa tuzilmalari (institutlari), shuningdyek davlat va nodavlat organlari tarkibida tuzilgan jamoatchilik organlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazorat. Hozircha mamlakatimizda “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun qabul qilinmagan bo’lsa ham, shunday qonun loyihasi kyeng jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi. Muhokama qilinayotgan Qonun loyihasida jamoatchiliknazoratining maqsadlari quyidagicha ta’riflanadi: “Jamoatchilik nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
– fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; – davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash; – jamiyat manfaatlarini himoya qilish”. Qonun loyihasida jamoatchilik nazoratiningvazifalari quyidagicha tavsiflanadi: “Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: – davlat organlari va jamiyatning o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlash; – davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli to’g’risida fuqarolarni xabardor qilish; – davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik holatlarini aniqlash va kyeng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo’llab- quvvatlash va rag’batlantirish; – fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi”. Fuqarolik jamiyati institutlari o’z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o’zini o’zi boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lyekin ana shuo’zini o’zi boshqaradigan institutlar o’ziga o’xshash boshqainstitutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan darajada rivojlangan bo’lishlari kyerak. SHuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o’sha muayyan darajaga yetgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo’ladi. XX asr oxiriga kyelib bir qator muammolarni hal qilishda, xususan, inson huquqlarini himoya qilishda NNTlarning ishtirokini ta’minlash xalqaro-huquqiy jarayonning uzviy tarkibiy qismiga aylandi. BMT doirasida inson huquqlariga oid asosiy hujjatlarni tayyorlashni NNTlarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. Jamoatchilik nazorati quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega: - u jamiyat va uning alohida institutlarini boshqarish, jamiyatning barcha
a’zolari ehtiyojlari va manfaatlarini uyg’unlashtirish shakli sifatida namoyon bo’ladi; - mamlakatdagi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg’unlashtirishda va bu manfaatlar o’rtasida nizolar kyelib chiqishining oldini olishda muhim vosita hisoblanadi. - jamiyatdagi tyezkor hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarni bajarishda jamiyatning kuch-g’ayratini birlashtirish va muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. - jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy mye’yorlarning bajarilishini kafolatlaydigan vosita hisoblanadi. Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - mamlakatdagi turli ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy guruhlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy partiyalar. Saylovchilar saylov jarayonida u yoki bu partiyaga ovoz byerar ekan,ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini bavosita nazorat qiladi. Ayni paytda, ular ovoz byermagan partiyalarning faoliyatiga ishonchsizlik bildirgan hisoblanadi; - myehnatkashlarning manfaatlarini taqdim va himoya qilish maqsadida tuzilgan kasaba uyushmalari; - notijorat xaraktyerga ega bo’lgan jamoat tashkilotlari va uyushmalarining turli-tumanligi. Mazkur uyushma va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari oldida fuqarolarninghuquq va manfaatlarini taqdim qilish va himoya qilish maqsadida tuziladi; - mamlakatda jamoat-davlat tuzilmalarining mavjudligi. Bunday tuzilmalar qatoriga turli vazirliklar va idoralar qoshida tashkil etilgan jamoatchilik kyengashlari va uyushmalarini kiritish mumkin; - mamlakat hududida jamoatchilik hokimiyatining quyi bo’g’ini hisoblanadigan o’zini o’zi boshqarish organlarining mavjudligi. O`zbekistonda ana shunday organlardan hisoblanadigan mahalla institutining faoliyati aholini o’zining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va himoya qilish maqsadida uyushtirishga yo’naltirilgan bo’ladi;