logo

Hadis ilmining paydo bo'lishi va Al-Buxoriy va At-Termiziy asarlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

125 KB
REFERAT
Mavzu: Hadis ilmining paydo bo'lishi
va Al-Buxoriy va At-Termiziy asarlari.
  Reja
1.Hadis ilmi haqida.
2.   Imom Ismoil al-Buxoriy va uning asarlari.
3.   At-Termiziy va uning asarlari. Hadis   (arab.   —   xabar,   gap,   yangilik)   —   Muhammad   (sav)   aytgan   so zlari,ʻ
qilgan   ishlari,   iqrorlari   to g risidagi   rivoyat.   Islom   dinida   Qur on   karimdandan	
ʻ ʻ ʻ
keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat bo ladi: matn va isnod.	
ʻ
Hadis   2   turga   —   Hadisi   qudsiy   (ma nosi   Alloh   taoloniki,   aytilishi   rasululloh	
ʼ
tomonidan   bo lgan   hadislarlar)   va   Hadisi   nabaviyga   bo linadi.   Hadislar   e tiborga	
ʻ ʻ ʼ
olinishi   jihatidan   3   qismga   bo linadi:   1)   sahih   (ishonchli);   2)   hasan   (yaxshi);   3)	
ʻ
zaif.
Qur onda   barcha   huquqiy   va   axloqiy   masalalar   umumiy   tarzda   bayon   etilgan.	
ʼ
Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) o z H.larini aytardi. Bu	
ʻ
hadislarni   payg ambarlarning   safdoshlari   yodda   saqlashga   harakat   qilardi.	
ʻ
Payg ambar   vafotidan   so ng   Hadislarni   naql   qilish   odat   tusiga   kirdi.   Shu	
ʻ ʻ
munosabat   bilan   bir   guruh   musulmonlar   uni   yozma   shaklda   to play   boshladilar.	
ʻ
Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis
to plamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu to plamlar muayyan tartibga solinmagan,	
ʻ ʻ
boblarga   ajratilmagan   bo lib,   ularda   payg ambar   hadislari   bilan   sahobalar   va	
ʻ ʻ
tobe inlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.	
ʼ
Hijriy 3-asrda hadis ta lif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish	
ʼ
turli yo nalishlar vujudga keldi. "Musnad" yo nalishida tas-nif etilgan to plamlarda	
ʻ ʻ ʻ
turli   mavzudagi   hadislar   bir   joyda   keltirilib,   ular   hadis   rivoyat   qiluvchi
sahobalarning   islom   dinini   qabul   qilgan   vaqtiga   ko ra   yoki   alifbo   tartibida	
ʻ
joylashtirilgan.   Abu   Hanifa,   Ahmad   ibn   Hanbalg ging   hadis   kitoblari   shu	
ʻ
yo nalishga   mansub.   "Sahih"   yo nalishiga   tug ri,   ishonarli   hadislar   kiritilgan.   Bu	
ʻ ʻ ʻ
yo nalishga   Imom   Buxoriy   asos   solgan.   "Sunan"   yo nalishidagi   to plamga   esa,
ʻ ʻ ʻ
to g ri,   ishonarli   hadislar   bilan   bir   qatorda   "zaif"   hadislar   ham   kiritilgan.   Abu
ʻ ʻ
Dovud,   Abu   Iso   atTermiziy,   Nasoiy,   Ibn   Moja   to plamlari   shu   yo nalishta	
ʻ ʻ
mansubdir.
Imom Ismoil al-Buxoriy
“Sahih”   yo’nalishining   asoschisi   eng   yetuk   va   mashhur   muhaddis   Abu
Abdulloh   Muhammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriydir.   Imom   Ismoil   al-Buxoriy   hadis ilmida   “Amir-ul-mo’minin”,   “Imom   al-muhaddisiyn”   (“Barcha   muhaddislarning
peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo’lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba’zi
manbalarda   810   yilning   20   iyulida)   (hijriy   194   yil   shavvol   oyining   13   kuni)
Buxoroda   tug’ilgan.   Go’dakligida   otadan   yetim   qolgan.   Dastlabki   savodini
maktabda   chiqargan,   10   yoshidayoq   arab   tilida   yaratilgan   kitoblar   yordamida
hamda roviylardan og’zaki  ravishda  eshitish asosida  hadislarni yodlay boshlagan.
Alloma hadis ilmini zo’r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o’rgandi. Abdulloh ibn al-
Muborak, Vaqi’ ibn Jarroh kabi olimlar tomonidan to’plagan hadislarni yod olgan,
shuningdek, hadis rivoyatchilari xususida so’z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan.
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   825   yilda,   o’n   olti   yoshida   onasi   va   akasi   bilan
Hijozga   safar   qiladi.   Makkayu   Mukarrama   va   Madinai   Munavvarada   bo’lib,   haj
ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va
Madina   kabi   shaharlarda   bo’lib,   safar   jarayonida   muhaddislar   bilan   bilan
uchrashadi.   Muhaddislar   bilan   uyushtirilgan   suhbatlarda   ular   tomonidan   aytilgan
hadislarni   yodlab   borar   edi.   Olti   yil   Hijoz   shahrida   yashab,   u   yerda   yetuk
muhaddislardan   hadis   ilmi   bo’yicha,   Damashq,   qohira,   Basra   va   Bag’dod
shaharlarining   mashhur   olimlardan   esa   fikh   ilmi   bo’yicha   ta’lim   oladi.
Shuningdek,   allomaning   o’zi   ham   turli   bahs   va   munozaralarda   ishtirok   etib,
toliblarga dars ham beradi.
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   iste’dodli,   o’tkir   zehnli   hamda   ziyrak   olim
bo’lgan. “Manbalarga  ko’ra,  Bag’dod shahrida istiqomat  qilgan vaqtda  ko’pincha
qorong’u   kechalari   sham   yorug’i   va   oyning   nurida   ijod   qilib,   kitob   yozar   ekan.
Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol
o’sha   fikrni   qog’ozga   tushirar,   shu   tahlitda   ba’zan   shamni   yigirma   martagacha
o’chirib-yoqar ekan”.
Imom   Buxoriyning   o’tkir   zehn   egasi   ekanligini   quyidagi   misoldan   ham
bilish mumkin.
Rivoyatlarga   ko’ra,   u   qaysi   bir   kitobni   qo’lga   olib,   bir   marotaba   mutoala
qilsa,   unda   bayon   etilgan   barcha   fikrlar,   ma’lumotlarni   yodda   saqlab   qolavergan.
Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   qayd   etishicha,   yuz   ming   sahih   (ishonchli)   va   ikki yuz   ming   g’ayri   sahih   (ishonchsiz)   hadisni   yod   bilgan.   Shogirdlaridan   Amir   ibn
Fallos   “Muhammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriyga   ma’lum   bo’lmagan   hadis,   albatta
ishonchli   hadis   emasdur”,   -   deydi.   Ustoz   Imom   Ahmad   ibn   Xanbal   al-
Marvaziyning   aytishicha,   “Butun   Xurosondan   Muhammad   ibn   Ismoil   kabi   olim
chiqqan emas”.
Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   o’tkir   zehni   xususida   yana   shunday   rivoyat
keltiriladi:   “Imom   Buxoriy   bilan   Basrada   hadis   darsiga   qatnashgan   sheriklaridan
biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini
eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat
quloq   solibgina   o’tirardi.   Shu   tarzda   qancha   kunlar   o’tib,   orada   ustoz   qariyb   15
ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?,
-deb   ta’na   qilgan   vaqtimizda:   Sizlar   yozib   borayotgan   hadislarni   men   ustoz
og’zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir
chekkadan   yoddan   o’qib   berdi.   Shundan   keyin   biz   yozib   olgan   hadislarimizdagi
xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo’ldik”
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   juda   ko’p   zabardast   olimlardan   ta’lim   oladi.
Manbalarda   alloma   ustozlarining   soni   to’qson   nafarga   yaqin   bo’lgan   deb
ko’rsatiladi.   Muhammad   ibn   Yusuf   al-G’artobiy,   Ubaydulla   ibn   Musa   al-Abasiy,
Abu   Bakr   Abdulla   ibn   az-Zubayr   al-Hamiydiy,   Is’hoq   ibn   Ibrohim   ar-Rahavayh,
Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o’zi ham yirik va mashhur olimlar Is’hoq ibn
Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy,  Muhammad ibn
Xalaf   ibn   qutayba,   Ibrohim   al-Harbiy,   Muhammad   Iso   at-Termiziy,   Muhammad
ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojlarga ustozlik qilgan.
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   o’ta   kamtar,   insonparvar,   xulq-odobda   tengsiz,
sahovatli   inson   ham   bo’lgan.   U   hadis   ilmining   yetuk   olimi   sanalsada,
zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o’rgangan. Alloma bir ming sakson
nafar   muhaddisdan   hadis   eshitgan.   Allomaning   o’zidan   esa   to’qson   ming   nafar
kishi ishonarli hadislarini eshitgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy
600 mingga yaqin hadisni to’plagan., 100 ming “sahih” va 200 ming “g’ayri sahih” hadislarni yod olgan.
Imom   Ismoil   al-Buxoriy   uzoq   safardan   ona   yurti   Buxoroga   qaytgach,
talaba   va   ulamolarga   hadis   ilmidan   saboq   beradi   va   mazkur   ilmning
targ’ibotchisiga   aylanadi.   Rivoyatlarga   ko’ra,   xalifaning   Buxorodagi   noibi   Xolid
ibn   Ahmad   ibn   Xolid   az-Zuhaliy   uni   saroyga   kelib   hadis   ilmidan   saboq   berishga
taklif etadi. Ammo Imom Ismoil al-Buxoriy bu taklifni qabul etadi va: “Men ilmni
xorlab   sultonu   amirlar   eshigiga   olib   bormayman.   Agar   amirga   ilm   kerak   bo’lsa,
bolalarni (ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin”, -
deb   javob   beradi.   Shu   bois   alloma   bilan   amir   Xolid   ibn   Ahmad   az-Zuhaliy
o’rtasidagi munosabatga bir oz putur yetadi. Bunga ayrim hasadgo’y shaxslarning
ig’volari   ham   sabab   bo’ladi.   Amir   allomaning   shahardan   chiqib   ketishga   farmon
beradi.   Samarqand   ulamolari   Imom   Ismoil   al-Buxoriyni   o’z   yurtlariga   taklif
etadilar.   Yo’lga   chiqqan   Imom   Ismoil   al-Buxoriy   Samarqand   shahriga   yaqin
bo’lgan   Haftang   qishlog’i   (hozirgi   Poyariq   tumanining   hududi)da   betob   bo’lib
qoladi va shu yerda hijriy 256 yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872 yil 1
sentyabr) 62 yoshida vafot etadi va shu yerga dafn etiladi.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning “Al-jome’
as-sahih”   (“Ishonchli   to’plam”),  “Al-adab   al-mufrad”   («Adab   durdonalari»),  “At-
tarix   al-kibor”   (“Katta   tarix”),   “At-tarix   as-sag’iyr”,   (“Kichik   tarix”),   “Al-qiroatu
xalfa-l-Imom” (“Imom ortida turib o’qish”), “Vaf’ul-yadini fi-s-saloti” (“Namozda
ikki qo’lni ko’tarish”) kabi asarlari mavjud bo’lib, ularning qo’lyozmalari bizgacha
yetib kelgan. Ammo “At-tarix al-avsat” (“O’rta tarix”), “At-tafsir al-kabir” (“Katta
tafsir”),   “Al-jome’   al-kabir”   (“Katta   to’plam”),   “Kitob-ul-hiba”   (“Hadya   kitobi”)
nomli   asarlari   ham   bo’lganligi   ma’lum,   biroq   ular   bizgacha   yetib   kelmagan.
Shubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o’tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari
“Al-jome’   as-sahih”dir.   Bu   asar   “Sahih   al-Buxoriy”   nomi   bilan   ham   dunyoga
mashhur.   4   jilddan   iborat   mazkur   kitobda   payg’ambarimiz   Muhammad   Alayhis-
salom   hadislaridan   tashqari,   islom   huquqshunosligi,   islom   marosimlari,   axloq-
odob,   ta’lim-tarbiya,   tarix   va   etnografiyaga   oid   ma’lumotlar   ham   berilgan.   Unga
600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hamda 4000 ta takrorlanmaydigan hadislar kiritilgan.   Bó   kitob   Islom   ta’limotida   Qur’oni   Karimdan   keyingi   asosiy   manba
hisoblanadi.
Islom   dini   insonni   ma’naviy   kamolot   sari   yetaklovchi   ta’limotdir.   Shu
sababli   Qur’oni   Karimda   ham,   hadislarda   ham   yaxshi   xulq-odob   qoidalari   va
ularga   kishilarning   qat’iy   amal   qilishlari   lozimligi   borasidagi   qarashlar   keng
targ’ib   etilgan.   Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   “Al-jome’   as-sahih”   asarining   bir
jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, “Al-adab al-
mufrad”   (“Adab   durdonalari”)   nomli   asarda   ham   ijtimoiy   turmushda   hamda
insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim
bo’lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu
asar 644 bobda bayon etilgan 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.
Al-Hakim at-Termiziy hayoti va ijodi
 Bu allomaning to`liq ismi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan
ibn   Bashir   (ayrim   manbalarda   Bishr)   al-Hakim   at-Termiziy.   Hakim   at-
Termiziyning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida ma`lumot Tojiddin Subkiy ("Tabaqot
ash-shafi`-iyya   al-Kubro"),   Xotib   al-Bag`dodiy   ("Tarixi   Bag`dod"),   Ibn   Hajar   al-
Asqaloniy   ("Lison   al-miyzon"),   as-Sulamiy   ("Tabaqot   as-sufiyya")   va   boshqa   bir
qator   olimlar   asarlarida   keltirilgan.   Xakim   at-Termiziy   o`z   hayoti   to`g`risida
o`zining   "Bad`u   sha`ni   Abu   Abdulloh"   asarida   bayon   etadi.   Bu   asar   1965   yilda
Bayrutda   Yahyo   Ismoil   tomonidan   olimning   "Xatmul   avliyo"   asari   bilan   birga
chop etilgan. Hakim at-Termiziyning tavalludi va vafoti sanalari yozma manbalar
hamda   hozirgi   adabiyotlarda   turlicha   keltiriladi.   Ba`zi   mualliflar,   masalan,   Hoji
Xalifa   "Kashf   az-zunun"da   Hakim   at-Termiziy   vafoti   yilini   milodiy   869   yil   deb
ko`rsatgan. Allomaning qabr toshida ham shu sana keltirilgan. Hakim at-Termiziy
yuz yildan oshiq vaqt umr ko`rganidan kelib chiqilsa, manbalarda ham u 112, 116,
yoki hatto 120 yoshgacha umr ko`rgani keltiriladi, u holda alloma I taxminan 750
— 760 yillar oralig`ida tug`ilgan bo`lib chiqadi. Ayni mahalda bundan 30 yil oldin
"Al-Hakim   at-Termiziy   va   nazariyyatuhu   fil   valoyati"   asarini   yozgan   misrlik
mashhur olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-Termiziy milodiy 820 yilda
tavallud topib 112 yil yashab 932 yilda vafot  etgan, deb yozgan. Allomaning bo- lalik va yoshlik yillari haqida manbalarda batafsil ma`lumot berilmagan. "Tarjimai
hol" iga ko`ra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan jiddiy shug`ullangan,
yigirma   sakkiz   yoshida   esa   Makkaga   haj   safariga   jo`nagan.   Safardan   qaytgach,
Hakim at-Termiziy sufiylik yo`lini tutgan: xilvatga ketib, nafsi ammorani yengib,
sufiyona risolalarni o`rgangan.      Uning padari buzukvori Ali ibn Hasan bilimdon
muhaddis   olim   bo`lgan,   ilm   izlab   Bag`dodga   borgan,   o`sha   davrning   taniqli
olimlari bilan xadisning turli masalalari borasida ilmiy munozaralarda faol ishtirok
etgan.   Volidai   muhtara-masi   hamda   tog`asi   ham   hadisi   nabaviyyaning   durust
bilimdonlari   hisoblanishgan.   Binobarin,   Hakim   at-Termiziy   o`z   dunyoqarashiga
ulkan   ta`sir   ko`rsatgan   bilimli   va   ilmiy   muhitda   voyaga   yetgan.             Yozma
manbalarda Hakim at-Termiziy ustozlari haqida ishonchli ma`lumotlar keltirilgan.
Uning   dastlabki   ustozi   otasi   Ali   ibn   al-Hasan   at-Termiziy   bo`lgan.   Al-Xotiyb   al-
Bag`dodiyning   "Tarixi   Bag`dod"   asarida   bir   muncha   ma`lumot   keltirilgan.
Ustozlari  orasida Qutayba ibn Sa`id as-Saqafiy al-Balxiy (798 — 888 yillar), Ibn
Xib-bonning   "Mashxur   kishilar   to`g`risida   kitob"   asarida   ancha   dilbar   gaplar
aytilgan   Solih   ibn   Abdulloh   at-Termiziy,   bir   qancha   vaqt   Termiz   qozisi   bo`lgan
Solih ibn Muhammad at-Termiziy, Sufyon ibn Vakiy` (vafoti 860 yil), Hasan ibn
Umar ibn Shafiq al-Bahriy (vafoti 840 yil), Ahmad ibn Hadravayh (vafoti 854 yil),
Abu Turob al-Naxshabiy, Yahyo ibn Maoz ar-Roziylar (vafoti 875 yil) bo`lishgan.
Hakim at-Termiziy xayoti va faoliyatini tavsiflovchi yozma manbalar ma`lumotiga
asoslangan holda uning uzun hayotini quyidagi bosqichlarga bo`lish mumkin. 
     Birinchi bosqich — sakkiz yoshgacha bo`lgan bolalik yillari. Taassuflar
bo`lsinki,   uning   hayotining   bu   davri   haqida   aniq   ma`lumotlarga   ega   emasmiz.
Shunday   bo`lsa-da,   u   o`z   tengdoshlaridan   farqli   ravishda,   shu   yoshga   xos   turli
o`yinlarga   ko`ngil   ko`ymagan,   balki   o`zini   istiqboldagi   ilmiy   hayotga   tayyorlab
borgan   —   ustozlaridan   ko`proq   dars   olgan,   turli   ilmlarni   (ayniqsa   kalom   ilmini)
o`rgangan, sirli ma`naviy hayotga o`zini chog`lagan, deb aytish mumkin. 
    Ikkinchi bosqich Hakim at-Termiziyning sakkiz yoshdan yigirma sakkiz yoshgacha  bo`lgan hayotini   o`z  ichiga  oladi. Bu  davrda  u turli   shayxlardan  bilim
o`rgangan.   Ilm   izlab   Sharqning   boshqa   shaharlariga   borgan,   Makkada   bo`lib,
Baytullohni ziyorat qilgan. Hayotining shu davrida u hadis o`rganishga hamda fiqh
masalalariga   ko`proq   e`tibor   bergan.         Alloma   hayotining   uchinchi   bosqichida
Qur`oni karimni chuqur o`rganish bilan mashg`ul bo`lgan. U kalomullohni, uning
mohiyatini   chuqur   o`rganish,   ro`za   tutish,   ibodat   qilish,   taqvo   va   hokazolar   bilan
shug`ullangan.   Al-Antokiyning   "Qalb   muolajasi"   falsafiy-tasavvufiy   asari   unga
ayniqsa qattiq ta`sir ko`rsatgan.           Hakim at-Termiziyning shogirdlari ham  ko`p
bo`lgan. Bular: Abu Muhammad Yahyo ibn Mansur al-Qoziy (vafoti 960 yil), Abu
Ali Mansur ibn Abdulloh ibn Xolid az-Zuhliy al-Hiraviy, Abu Ali al-Hasan ibn Ali
al-Jurjoniy,  Ahmad  ibn  Muhammad  ibn  Iso, Abu  Bakr  Muhammad   ibn  Umar  al-
Hakim   al-Varroq,   Muhammad   ibn   Ja`far   ibn   Muhammad   ibn   al-Xaysam   ibn
Umron   ibn   Burayda   va   boshqalardir.             Hakim   at-Termiziyning   ilmiy-ijodiy
faoliyati   uning   boshqa   mamlakatlar   va   shaharlarga   sayohati   bilan   chambarchas
bog`liq.   U   Balxda,   Nishopurda   bo`lgan,   fan   va   madaniyat   yuksak   rivojlangan
Bag`dodga   borgan.   Bu   shaharlarda   u   mashxur   olimlar   bilan   uchrashgan,   ilmiy
munozaralarda   qatnashgan.   Shunday   bo`lsa-da,   Hakim   at-Termiziyning   ilmiy-
ijodiy   hayotida   uning   ona   shahri   —   Termiz   juda   muhim   rol   o`ynagan,   o`zining
asosiy   asarlarini   alloma   shu   yerda   yaratgan.   Uning   mav`izayu   xutbalari,
shuningdek   ayrim   asarlari   va,   eng   avvalo   mu-sulmonlik   marosimlari,   Allohga
oshiqlik,   sufiylarning   ayrim   toifalari,   "xotamul   anbiyo"   bilan   bir   qatorda   bo`lgan
"xatmul avliyo" to`g`risida mulohaza yuritilgan "Xatmul-avliyo", "Ilal ash-shari`a"
faqihlar va arboblarning ma`lum qismida norozilik uyg`otgan. Hakim at-Termiziy
badxohlar   ta`qibidan   qutulish   uchun   Balxga,   so`ng   Nishopurga   ketishga   majbur
bo`lgan. U yerlarda allomani kuvonch bilan kutib olishgan. Keyinchalik u yerlarda
tarafdorlari va izdoshlari ko`paygan.
    Al-Hakim at-Termiziy asarlari
        Xakim   at-Termiziy   qalamiga   mansub   asarlar   soni   to`g`risida   yozma
manbalarda   turli   raqamlarkeltirilgan.   Ba`zi   mualliflar   uning   asarlari   adadi   to`rt
yuzga boradi, deyishgan. Biroq ko`pchilik mualliflar uning asarlari soni saksonga yaqin,   deb   hisoblashadi.   Abdulfattox   Abdulloh   Baraka   yozishicha,   Hakim   at-
Termiziyshshg   to`rt   yuz   asaridan   oltmishga   yaqini   yetib   kelgan.   Eng   muhimi,
bizgacha   allomaning   ilmiy-ma`naviy   merosining   asosini   tashkil   qiluvchi   asarlari
yetib   kelgan   (2).   Ular   orasidan,   eng   avvalo,   291   hadisni   o`z   ichiga   oluvchi
"Navodir al-usul fi ma`rifat axbor ar-Rasul" nomli asarini ko`rsatib o`tish zarur. Bu
asarda   Hakim   at-Termiziy   dunyoqarashi   muayyan   darajada   bayon   etilgan.
"Navodir   al-usul"ning   bir   qo`lyozma   nusxasi   Toshkentda,   O`zbekiston
musulmonlari   diniy   idorasining   kutubxona   fondida   saqlanadi.   Allomaning   nashr
etilgan   boshqa   asarlaridan   "Kitob   xaqiqat   al-odamiya",   "Adab   an-nafs"ni   sanab
o`tish   lozim.   Hakim   at-Termiziy   asarlarining   katta   qismi   bizgacha   qo`lyozma
tarzida   yetib   kelgan   hamda   jahondagi   turli   qo`lyozma   fondlarida   saklanmokda.
Chunonchi,   alloma   asarlarining   qo`lyozmalari   Parij,   Qohira,   Damashq,
Iskandariya, Istambul va Londonda saqlanmoqda. Parij Milliy kutubxonasida (arab
bo`limida   5018-inventar   ostida)   Hakim   at-Termiziyning   kuyidagi   asarlari
saqlanmoqda: 
     1. Kitob as-salot va maqosidiho.
    2. Kitob al-hajj va asrorihi.
    3. Kitob al-Ehtiyotot.
    4. Kitob al-Jumal al-lozim ma`rifatiho.
    5. Kitob al-Furuq va man` at-taroduf.
     6. Kitob haqiqat al-odamiyya.
    7. Kitob Urs al-muvahhadiyn.
    8. Kitob al-A`zo val-nafs va yusammo kazalika g`avr al-umur.
    9. Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati.
    10.Kitob al-Aql val-havo.
    11.Kitob al-Amsol min al-Kitob vas-Sunna.
    12.Kitob al-Manohiy. 
        Damashkda,   az-Zohiriyya   kutubxonasida   Hakim   at-Termiziyning   ikki
asari   va   besh   risolasi   qo`lyozmalari   (tasavvuf   turkumi,   104-raqami   ostida);
Misrdagi   Iskandariya   shahrida   uch   risolasi   (Maktabat   al-baladiyya,   3585-raqami ostida)   saqlanmoqda.   Allomaning   Londonda   saqlanayotgan   asarlari   ro`yxatida
beshta   risola   ko`rsatilgan.   Qohirada,   "Dor   al-kutub   al-ilmiyya"da   "Ilal   al-
u`budiyya"   asarining   qo`lyozma   nusxasi   mavjud.   "Kitob   as-salot"   asarining
qisqartirilgan   varianti   bo`lgan   bu   risola   ko`proq   "Ilal   ash-shariy`a"   nomi   bilan
mashhur.           Bulardan   tashqari,   Leypsig   va   Istambulda   ham   uning   ba`zi   asarlari
qo`lyozmalari   mavjud.   Xakim   at-Termiziyning   asosiy   asarlaridan   biri   —   "Xat-
mulavliyo" haqida biroz to`xtab o`tish maqsadga muvofiq. Ko`p vaqtgacha bu asar
bizgacha yetib kelmagan, deb hisoblangan. Baxtimizga bu taxmin noto`g`ri bo`lib
chiqdi. Parij ilmiy-tadqiqot markazi-ning islom qadriyatlari bo`limi a`zosi Usmon
Is-moil Yahyo 1965 yilda Bayrutda "Xatmul-avliyo" ni chop ettirdi. 586 sahifadan
iborat   bu   ulkan   nashrga   Hakim   at-Termiziyning   bir   necha   risolasi,   shu   jumladan
tarjimai holiga oid o`ttiz ikki sahifadan iborat "Bad`u sha`ni Abu Abdullox" asari
ilova   qilingan.   Uncha   katta   bo`lmagan   ayni   shu   asarga   asoslanib   Hakim   at-
Termiziy   hayoti   xaqida   haqikatga   birmuncha   yaqin   a`lumotlarga   ega   bo`lin-di.
Unda allomaning hayoti, u dastavval padari buzurgvoridan ta`lim olgani, Kufa va
Basraga   sayohati,   Makka   ziyorati   haqida   yozilgan.   Ma`lum   bo`lishicha,   alloma
hadisi   nabaviyyani   aynan   Kufada   chuqur   o`rgangan   ekan.   Termizga   qaytar   ekan,
yo`l-yo`lakay   Qur`oni   karimning   ma`lum   qismini   yod   olgan.   "Xatmul-avliyo"
mazmuni   haqida   gapiriladigan   bo`lsa,   6u   asarning   asosiy   mazmunini   valoyatning
haqligi,   shuningdek   uning   nubuvvat   va   risolat   bilan   bog`lik   masalalari   tashkil
etishini   qayd   qilish   darkor.   Risola   muqaddima   hamda   yigirma   to`qqiz   bobdan
iborat.   Uning   asosiy   mazmuni   muridning   savollariga   shayxning   bergan   javobi
tarzida   bayon   etilgan.             Hakim   at-Termiziyning   bu   asarida   valoyat   masalalari
sufiylik   tarixida   ilk   bor   mutlaqo   tugal   nazariya   tarzida   tavsiflangan.   Bu   asar
Termiz va Balxda yoyilgan mashhur "xakimiyya" sufiylari uchun sufiylik tarixida
o`ziga   xos   yangi   hodisa   bo`lgan.   Bu   ta`limot   diniy   vasiyatnoma   yoki   ma`rifiy
dastur   sifatida   xizmat   qilgan.   "Xatmul-avliyo"   Shark   musulmonlari
dunyoqarashiga   kuchli   ta`sir   qilgan,   shunga   qaramay,   yuqorida   ta`kidlanganidek,
ayrim faqihlar hamda arboblarda norozilik uyg`otgan.           Hakim at-Termiziyning
sufiylik tarixidagi ahamiyati asosan uning risolalari bilan belgilanadi. Ularda "rux" va   uning   "holati"   hamda   "harakati"   to`g`risidagi,   o`zini-o`zi   takomil   toptirish
hamda   tuban   xatti-harakatlarni   jilovlash   usullari   haqidagi,   poklanishga   olib
keluvchi   iztirob   va   shu   kabilar   sufiylik   ruhiyatining   rivojlanishiga   ulkan   ta`sir
ko`rsatdi.   Hakim   at-Termiziy   sufiyona   "ma`rifat"   ("hikmat")ni   inson   yetishishi
mumkin bo`lgan oliy bilim deb hisoblagan. Bu bilimni u inson qalbidan joy olgan
"ilohiy   nur"   ga   o`xshatgan.   Shariat   qoidalarini   sharhlash   va   qo`llashdan   iborat
bo`lgan   odatiy   ilmdan   farkli   o`laroq   "ma`rifat"   narsalarning   ichki   mohiyatini   va
oxir   oqibatda,   "ilohiy   mohiyatni"   anglab   yetadi.   Ilmni   ta`lim   jarayonida   egallash
mumkin  bo`lsa,   "ma`rifat"  Allohning  suygan  bandalariga  nozil  qilgan  rahmatidir.
Ilmni   tatbiq   etish   sohasi   hamda   vaqti   cheklangan,   "ma`rifat"ning   esa   cheki   yo`q.
Qalbini   dunyo   mehridan   poklagan   va   Allohga   oshiq   bo`lganlargina   ma`rifatga
yetishadilar.   Hakim   at-Termiziy   sufiy   valiylarni   shundaylardan   deb   hisoblagan.
Ular   qolgan   dindorlardan   ayni   ma`rifatga   yetishganliklari   bilan   ajralib   turishadi.
Avliyo   haqidagi   sufiyona   tasavvurlarni   birinchi   bo`lib   nazariy   asoslab,   hukuk
borasida   ularni   rusul   va   anbiyo   bilan   amalda   tenglashtirgan   ham,   aftidan,   Hakim
at-Termiziydir.   Allomaning   risolat   va   valoyat   nisbati,   sufiylikdagi   avliyolik
darajasi   to`g`risidagi   g`oyalari   taniqli   olim   Ibn   Arabiy   ijodida   o`z   rivojini   topdi.
Ibn   Arabiy   o`z   asarlariga   ko`pincha   Hakim   at-Termiziy   risolalaridan   katta-katta
bo`laklar kiritgan. Tadqiqotchilar ta`kidlashicha, Hakim at-Termiziy budda-viylik,
xristianlik va moniylik ta`limotlaridan xabardor bo`lgani ehtimol. Uning asarlarida
shu   ta`limotlar   ta`sirini   ko`rish   mumkin.   Allomaning   chuqur   va   har   tomonlama
bilimini e`tirof etgan zamondoshlari unga faxrli al-Hakim — donishmand rutbasini
bejiz berishmagan (3).         Alloma maqbarasi         XX asrning 30-yillarida al-Hakim
at-Termiziy maqbarasini taniqli arxeolog olim M.YE.Masson tadqiq etgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. I.A.Karimov. «Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik». T.: O’zb, 1994 y. 8-
9 betlar
2. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997 yil 137-140-
betlar.
3. Ibn Xalmiqon haqida. Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» 
kitobidan olindi.  T. Abdulla Qodiriy nomidagi Xlaq merosi nashiriyoti, 1993, 204 
bet
4.  www    .   ziyonet    .   uz

REFERAT Mavzu: Hadis ilmining paydo bo'lishi va Al-Buxoriy va At-Termiziy asarlari.

Reja 1.Hadis ilmi haqida. 2. Imom Ismoil al-Buxoriy va uning asarlari. 3. At-Termiziy va uning asarlari.

Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan so zlari,ʻ qilgan ishlari, iqrorlari to g risidagi rivoyat. Islom dinida Qur on karimdandan ʻ ʻ ʻ keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat bo ladi: matn va isnod. ʻ Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (ma nosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh ʼ tomonidan bo lgan hadislarlar) va Hadisi nabaviyga bo linadi. Hadislar e tiborga ʻ ʻ ʼ olinishi jihatidan 3 qismga bo linadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) ʻ zaif. Qur onda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. ʼ Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) o z H.larini aytardi. Bu ʻ hadislarni payg ambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. ʻ Payg ambar vafotidan so ng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu ʻ ʻ munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda to play boshladilar. ʻ Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis to plamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu to plamlar muayyan tartibga solinmagan, ʻ ʻ boblarga ajratilmagan bo lib, ularda payg ambar hadislari bilan sahobalar va ʻ ʻ tobe inlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. ʼ Hijriy 3-asrda hadis ta lif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish ʼ turli yo nalishlar vujudga keldi. "Musnad" yo nalishida tas-nif etilgan to plamlarda ʻ ʻ ʻ turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko ra yoki alifbo tartibida ʻ joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalg ging hadis kitoblari shu ʻ yo nalishga mansub. "Sahih" yo nalishiga tug ri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu ʻ ʻ ʻ yo nalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yo nalishidagi to plamga esa, ʻ ʻ ʻ to g ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu ʻ ʻ Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja to plamlari shu yo nalishta ʻ ʻ mansubdir. Imom Ismoil al-Buxoriy “Sahih” yo’nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis

ilmida “Amir-ul-mo’minin”, “Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo’lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba’zi manbalarda 810 yilning 20 iyulida) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Go’dakligida otadan yetim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo’r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o’rgandi. Abdulloh ibn al- Muborak, Vaqi’ ibn Jarroh kabi olimlar tomonidan to’plagan hadislarni yod olgan, shuningdek, hadis rivoyatchilari xususida so’z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan. Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o’n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo’lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo’lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda yetuk muhaddislardan hadis ilmi bo’yicha, Damashq, qohira, Basra va Bag’dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi bo’yicha ta’lim oladi. Shuningdek, allomaning o’zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi. Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o’tkir zehnli hamda ziyrak olim bo’lgan. “Manbalarga ko’ra, Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda ko’pincha qorong’u kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o’sha fikrni qog’ozga tushirar, shu tahlitda ba’zan shamni yigirma martagacha o’chirib-yoqar ekan”. Imom Buxoriyning o’tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin. Rivoyatlarga ko’ra, u qaysi bir kitobni qo’lga olib, bir marotaba mutoala qilsa, unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma’lumotlarni yodda saqlab qolavergan. Imom Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki

yuz ming g’ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. Shogirdlaridan Amir ibn Fallos “Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma’lum bo’lmagan hadis, albatta ishonchli hadis emasdur”, - deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al- Marvaziyning aytishicha, “Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas”. Imom Ismoil al-Buxoriyning o’tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o’tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o’tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?, -deb ta’na qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og’zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o’qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo’ldik” Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko’p zabardast olimlardan ta’lim oladi. Manbalarda alloma ustozlarining soni to’qson nafarga yaqin bo’lgan deb ko’rsatiladi. Muhammad ibn Yusuf al-G’artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, Is’hoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar. Imom Ismoil al-Buxoriyning o’zi ham yirik va mashhur olimlar Is’hoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojlarga ustozlik qilgan. Imom Ismoil al-Buxoriy o’ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, sahovatli inson ham bo’lgan. U hadis ilmining yetuk olimi sanalsada, zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o’rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o’zidan esa to’qson ming nafar kishi ishonarli hadislarini eshitgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to’plagan., 100 ming “sahih” va 200 ming “g’ayri sahih”