logo

Hadis ilmining paydo bo‘lishi. AlBuxoriy, At-Termiziy asarlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

82 KB
Mavzu:Hadis ilmining paydo bo‘lishi. AlBuxoriy, At-Termiziy
asarlari
Reja:
1. Hadis ilmiyning paydo bo’lishi. 
2. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-Termiziyning hadis ilmi rivojidagi 
xizmatlari Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati
Hadislarda insonning kamolotga erishishi  uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar
ifoda   etilgan   bo’lib,   ushbu   fazilatlar   sirasiga   o’zgalarga   mehr-oqibat   ko’rsatish,
saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli
bo’lish,   ularga   g’amxo’rlik   qilish,   vatanga   muhabbat,   mehnat   va   kasb-hunarni
ulug’lash,   halollik,   poklik,   do’stlik,   oliyjanoblik,   rahm-shafqatlilik,   kamtarlik,
rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini
yomon   illatlardan   tiyishi,   yaxshilik   sari   intilishi   kerakligi   borasidagi   pand-
nasihatlar   ham   o’z   aksini   topganki ,   bularning   barchasi   Qur’oni   Karimda   qayd
etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon
bo’lib xizmat qiladi.
Islom   ta’limoti   g’oyalariga   ko’ra   har   bir   musulmon   eng   avvalo   iymonli   bo’lishi
kerak.   Qur’oni   Karimda   ta’kidlanganidek,   Islom   dini   ta’limotining   yaratilishidan
muddao,   murod   kishilarda   iymon,   e’tiqodni   shakllantirishdir.   Hadislarda
iymonning   mukammal   va   mustahkam   bo’lishi   quyidagi   uch   shartga   qat’iy   amal
qilinishiga bog’liqligi ko’rsatilgan:
- to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq;
- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lmoq;
-   kishi   o’z   ustida   ishlamog’i   va   o’zini   ibodat   va   itoatga   chaqirmog’i 1
  (Keyingi
misollar ham ushbu kitobdan olindi).
Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deya iymonning
belgilari   sanab   o’tiladi.   Sanab   o’tilgan   belgilarning   har   biri   inson   ma’naviy
qiyofasini   shakllantiruvchi   va   mukammallashtiruvchi   xislatlardir.   Bular
quyidagilardan   iborat:   “qo’li   bilan   va   tili   bilan   o’zgalarga   ozor   bermagan   kishi
musulmondir”,   “o’zingiz   yaxshi   ko’rgan   narsani   birodaringizga   ravo
ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo’min bo’la olmaysiz” (3-4-boblar);
“Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir: - insofli va adolatli bo’lmoq;
- barchaga salom bermoq;
- kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq” (20-bob).
Bundan   tashqari,   kishilar   uchun   xos   bo’lmagan   munofiqlik   xislati   xususida   ham
so’z   yuritiladi,   chunonchi,   «Rasululloh   sallallohu   alayhi   vassalam   aytganlar:
“quyidagi   to’rtta   xislat   kimda   bo’lsa,   aniq   munofiq   bo’lg’aydir,   kimdaki,   ulardan
bittasi bo’lsa uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
- omonatga xiyonat qilgaydir;
- so’zlasa yolg’on so’zlaydir;
- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
- urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilaydir (25-bob).
Hadislarda   inson   ma’naviy   kamolotining   mezoni,   uning   tafakkur   doirasi,
dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallaganligi, o’z bilimi
bilan atrofdagilar va jamiyatga foyda keltirguvchi shaxs bo’lib yetishishida muhim
omildir   deya   ko’rsatiladi.   “Tolibi   ilm   qilish   farzdir.   Tolibi   ilmga   har   bir   narsa
istig’for   aytadi,   hatto   dengizdagi   baliqlar   ham”.   Bilimsizlik   kishilarning
nodonligiga   zamin   hozirlashi,   ilmsiz   jamiyatda   esa   jaholat   hamda   razolatning
hukmronlik   qilishi   aloqida   ta’kidlab   ko’rsatiladi.   “Ilm   o’rganmoq   va
o’rgatmoqning   fazilati”   borasidagi   hadis   (21-bob)   da   ilm   o’rganish   ko’p   yoqqan
yomg’irga   qiyoslanadi   va   ilm   ahli   quyidagi   uch   turga   bo’ladi:   “Ba’zi   yer   sof,
unumdor  bo’lib, yomg’irni o’ziga singdiradi-da, har xil o’simliklar  va ko’katlarni
o’stiradi   va   ba’zi   yer   qurg’oq,   qattiq   bo’lib,   suvni   emmasdan   o’ziga   to’playdir,
undan   Olloh   taolo   bandalari   foydalangaydir.   Odamlar   suvdan   ichgaydirlar,
hayvonlari   va   ekinlarini   sug’orgaydirlar.   Ba’zi   yer   esa   tekis   bo’lib,   suvni   o’zida
tutib   qolmaydir,   ko’katni   ham   ko’kartirmaydir.   Bularni   quyidagicha   muhoyasa qilish   mumkindir:   Bir   kishi   Olloh   ilmini   (Islomni)   teran   o’rganadir,   teran
tushunadir   va   undan   manfaatlanadi   va   Olloh   yuborgan   hidoyatni   o’zi   o’rganib,
o’zgalarga   ham   o’rgatadir.   Ikkinchi   bir   kishi   ilm   o’rganib,   odamlarga   o’rgatadir.
Ammo   o’zi   amal   qilmaydir.   Uchinchi   bir   kishi   mutakabburlik   qilib,   o’zi   ham
o’rganmaydir, o’zgalarga ham o’rgatmaydir”.
Ammo   ilmga   e’tiborsizlik   va   nodonlik   (jaholat)ning   avj   olishi   jamiyatning
inqiroziga   olib   keladi.   Hatto   “Rasululloh   quyidagilar   qiyomat   alomatlaridir,
deganlar:
- ilmning susaymog’i;
- jaholatning kuchaymog’i;
- zinoning avj olmog’i;
- xotinlarning ko’paymog’i;
- erkaklarning ozaymog’i”
Demak,   qiyomatni   odamlarning   o’zlari   sodir   etadilar.   «Ilm   ravnaq   topmagan
mamlakatda   zino   avj   olgan,   o’zaro   urushlar   kuchayib ,   erkaklar   ozayib   ketganda
albatta, qiyomat qoyim bo’ladi” (22-bob). SHu bois “Ilmga amal va rioya qiluvchi
bo’linglar, uni faqat hikoya qiluvchi bo’lmanglar”, -deyiladi (637-hadis). Islomda
ikki   xil   ilm   haqida   so’z   yuritiladi:   biri   huquqiy   (fikh),   diniy   yo’l-yo’riqlar
to’g’risidagi  ilm  bo’lsa, ikkinchisi  dunyoviy ilmlardir. Har ikki  turdagi  bilimlarni
chuqur   egallash   va   ularga   qat’iy   amal   qilish   har   bir   mo’’min   uchun   farz
hisoblanadi.
“Ilmning   ofati   unutishdir.   Uni   noahil   kishiga   gapirish   esa   uni   zoye
qilishdir” 1
  mazmunidagi   hadis   orqali   o’zlashtirilgan   ilmni   takrorlab   borish,   faqat
chuqur   va   puxta   bilimlargagina   ega   bo’lgan   kishilarning   atrofdagilarga   ilm
berishining   maqbul   ekanligiga   urg’u   beriladi.   SHuningdek,   hadislarda   ilmning kishilarni   fahm-farosatli,   o’tkir   zehnli,   zukko   hamda   xotirani   kuchli   qilishdagi
ahamiyati   ham   ta’kidlanadi   va   “Ilmu   hunarni   Xitoydan   bo’lsa   ham   borib
o’rganinglar”,   -deya   da’vat   etiladi.   “Olim   bo’l,   ilm   beruvchi   bo’l   yoki   ilm
o’rgatuvchi   bo’l   yoki   tinglovchi   bo’l.   Beshinchisi   bo’lma,   halok   bo’lasan”
mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi orqali ham ilmli bo’lish insonni
falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg’u beriladi (41-
hadis).
Bir qator hadislarda ilmning ibodatdan ustun ekanligi  ko’rsatib o’tiladi. Xususan,
“Ilm   ibodatdan   afzal   va   u   taqvo   dinining   ustunidir”   (268-hadis).   Biroq   ilmning
manfaatsiz holda sarflashdan saqlanish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi va ilm
ahlini ana shunga da’vat etiladi (173-hadis), haqiqiy komil insonning bilimga boy,
xushxulq,   sog’lom   bo’lishi   (182-hadis),   uni   faqat   foydali   ishlar   va   insonlarning
farovon   hayot   kechirishlari   yo’lida   sarf   etish   kerakligi   ham   uqtiriladi:   “Boshliq
bo’lmasingizdan   avval   ilmni   chuqur   o’rganing!   Rasulloh   sallallohu   alayhi-
vassalamning   sahobalari   yoshlari   ulg’ayganda   ham   ilm   o’rganganlar.   Rasulloh
sallollohu   alayhi-vasallam:   ikki   narsadan   o’zgasiga   hasad   qilmoq   joiz   emas,   biri-
kishiga Olloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo’lida sarflayotgan bo’lsa,
ikkinchisi-kishiga Olloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga
erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa”, – deydilar» 1
.
Ma’lumki,   islom   ta’limotida   eng   yuksak   xislatlardan   biri   sifatida   ota-onaga
g’amxo’rlik, ularni e’zozlash, ota-ona haqqini o’z o’rniga qo’yish, farzandning ular
oldidagi   haqqi   borasidagi   masalalarning   yoritiligiga   alohida   e’tibor   beriladi.
Hadislarda   ham   ana   shu   talablar   o’z   ifodasini   topgan.   Ota-onani   xafa   qilib
yig’latish   eng   katta   gunohlari   sifatida   e’tirof   etilgani   quyidagi,   ya’ni,   Olloh
Taoloning mavjudligiga shirk keltirish, odam o’ldirish, urush maydonidan qochish,
afifa (o’zini pokiza saqlagan) xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo (ijaraxo’rlik),
yetimlar   molini   yemoq,   Olloh   Taoloning   qudrati   va   irodasini   inkor   qilish,
odamlarni  masxara   qilish  hamda  ularni  kamsitish   kabi   holatlar   qatorida  tilga  olib
o’tiladi.   Hadislarda   ota-onaning   dilini   og’ritib,   ozor   berish,   ularni   xafa   qilib, buyruqlarini bajarmaslik ham qoralanadi: “Abdulloh ibn Amr (Roziyollohu anhu)
aytadilar: bir kishi Rasulloh huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay’at qilishga keldi.
Ammo   ota-onasi   uning   ketishiga   rozi   bo’lmay,   xafalikdan   yig’lab   qolgan   edilar.
SHunda Rasulloh: “Sen hozir ota-onang oldiga bor! Hijrat qilaman deb ularni xafa
qilganingdek,   endi   hijrat   qilmaydigan   bo’ldim,   deb   ularni   xursand   qil”,   -dedilar
(13-hadis). Islomda eng katta gunoh Olloh Taologa shirk keltirish va ota-onaga oq
bo’lish   hisoblanishi   15-hadisda   alohida   ta’kidlanadi.   Ota-onaning   ham   o’z
navbatida farzandlarini tarbiyat etmog’i, odob o’rgatishi, yaxshilik qilishi lozimligi
ta’kidlanadi:   «Namir   ibr   Avs   aytishlaricha,   o’tmish   kishilari   bolalarning   solih-
qobil   bo’lishlari   Olloh   Taoloning   tavfiqi   bilan   bo’ladi,   ammo   ularga   odob-axloq
o’rgatish otalari vazifasidir, der edilar” (92-hadis)».
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’onè Karimdan keyingi asosiy
manba   hadis   hisoblanadi.   Hadislarni   to’plash   va   ularga   muayyan   tartib   berish
asosan   VIII   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlanib,   uni   eng   bilimdon,   turli   fan
asoslarini   mukammal   o’rgangan,   katta   hayotiy   tajribaga   ega   bo’lgan   kishi
(muhaddis)lar   tartib   bergan.   VIII-XI   asrlarda   to’rt   yuzdan   ortiq   muhaddis   hadis
ilmi   bilan   shug’ullangan.   Mazkur   bilimlarni   o’rganishning   o’ziga   xos   yo’nalishi
bo’lib,   «hadis   ilmi»   nomi   bilan   yuritilgan.   Keyingi   yillarda   Muhammad   Alayhis-
salomning   hayoti,   faoliyati   hamda   uning   diniy-axloqiy   ko’rsatmalarini   o’z   ichiga
olgan   hadislar,   Imom   Ismoil   al-Buxoriyning   “Al-jome’   as-sahih”   («Ishonarli
to’plam»), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), Imom  Iso Muhammad ibn
Iso at-Termiziyning “Ash-Shamoil an-nabaviya” asarlari nashr etildi. “Hadis” yoki
“Sunna”   so’zlari   bir   ma’noni   anglatib,   Rasulullohning   hayoti   va   faoliyati   hamda
diniy va axloqiy ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.
Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos
ma’naviy-axloqiy   xislatlarni   ifodalovchi   so’zlari,   pand-nasihatlari   uning   nomi
bilan bog’liq hadislarda mujassamlangan. 
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg’ambar Muhammad Alayhis-salom
arab   bo’lmagan   kishilarning   hadislarni   Qur’oni   Karim   oyatlari   bilan   adashtirib yuborishlaridan   cho’chib,  hadislarning   yozib   borilishiga   ruxsat   etmaganlar.  Biroq
payg’ambar   Muhammad   Alayhis-salom   huzurida   sahoblar   bo’lib,   ular   Rasuli
akramdan   eshitgan   hadislarini   yodlab   borganlar.   Jumladan,   hazrati   Abu   Hurayra
ana shunday mo’tabar kishilardan biri bo’lib, hadislarni mukammal yodlab borgan.
Abu   Hurayra   tomonidan   qayd   etilgan   hadislar   to’g’ri,   ishonarli   (sahih)   hadislar
hisoblangan.
Lekin   hadislarni   yod   olgan   kishilar   sonining   tobora   kamayib   borishi
natijasida   ularning   asta-sekin   unutilib   ketishi   borasidagi   xavf   yuzaga   keladi.   Ana
shu   xavfning   oldini   olish   maqsadida   xalifalar   ishonarli   hadislarni   to’plashga
farmon berganlar. Hadislarni to’plash xususidagi farmon dastlabki xalifa Umar ibn
Abdulaziz tomonidan berilgan.
Hadislarni   yozib   borish   bilan   mashg’ul   bo’lgan   ilk   muhaddislar   sifatida
Rabee   bin   Sabeh,   Said   ibn   Abi   Aruba,   Molik   bin   Anas,   Abdumalik   bin   Jurayj
Makkiy, Abdurahmon al-Avzoiy Shoshiy, So’fyon Savriy Kufiy va boshqalardir.
VIII-IX   asrlar   hadis   ilmining   rivojlanishida   “oltin   davr”   hisoblanadi.   Bu
davrga   kelib,   Islom   ulamolari   tomonidan   hadislarning   qay   darajada   to’g’riligi,
ularning qanday manbalarga tayanilib to’planganligi jiddiy tadqiq etila boshlandi.
Chunki   ba’zi   soxta,   ishonchsiz   hadislar   ham   paydo   bo’la   boshlagan,   ularni
tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda qayd qilish zamon talabi bo’lib
qolgan   edi.   Shuning   uchun   ham   birinchidan,   hadislarni   yoddan   biluvchi   haqiqiy,
bilimdon,   o’tkir   mulohazali   kishilarning   asta-sekin   kamayib   ketayotganligi,
ikkinchidan,   hadislarning   haqiqiy,   ishonarli,   ya’ni   sahihlarini   saqlab   qolish
maqsadida   ular   tekshirilib,   asl   holiga   keltirib,   yozib   yig’ila   boshlangan.   Ana   shu
tarzda hadis ilmi rivojlana boshlagan.
Islom   olamida   oltita   ishonchli   to’plam   (as-sahih   as-sitta)   eng   nufuzli
manbalar sifatida e’tirof etilgan. Ushbu manbalarning mualliflari IX asrda yashab
ijod qilgan quyidagi muhaddislar bo’lganlar: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil
al-Buxoriy   194   (810),   -   256   (870),   Imom   Muslim   ibn   al-Hajjoj   206   (819),   -   261
(874), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (824), - 279(892), Imom Abu
Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817), - 275(880), Imom Ahmad an-Nasoiy (215 (830), - 303 (915) va Imom  Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja 209
(824), - 273(886).
Muhaddislar   tomonidan   yaratilgan   va   ishonarli   manbalar   deya   e’tirof
etilgan “Al-kutub as-sitta” (“Olti kitob”) quyidagilardan iborat:
1.   Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriy   tomonidan   yozilgan
“Al-jome’ as-sahih” asari.
2.   Imom   Muslim   an-Nishopuriy   (Imom   Muslim   ibn   al-Hajjoj)   tomonidan
yozilgan “As-sahih” asari.
3. Imom ibn Mojja tomonidan yozilgan “Sunnan”.
4.   Imom   Abu   Dovud   Sulaymon–Sijistoniy   tomonidan   yozilgan   “Sunnan”
asari.
5. Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan “Aj-jami al-
kabir” asari.
6. Ahmad an-Nasoiy tomonidan yozilgan “Sunnan”. 
Movarounnahrda birinchi bo’lib hadis to’plagan muhaddis Imom Abdulloh
ibn Muborak al-Marvaziy sanaladi. Allomaning safdoshlari sifatida Imom Ahmad
ibn Xanbal  al-Marvaziy, Is’hoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imom  al-Haysam  ibn
qulayb   ash-Shoshiy,   Hofiz   al-Xorazmiy,   Imom   Abdulhasan   Ahmad   ibn
Muhammad as-Samarqandiy kabi vatandoshlarimizning nomlari ham mashhur. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. I.A.Karimov. «Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik». T.: O’zb, 1994 y. 8-
9 betlar
2.   I.A.Karimov.   O’zbekiston   XXI   asr   bo’sag’asida:   xavfsizlikka   tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997 yil 137-140-
betlar.
3.   Ibn   Xalmiqon   haqida.   Abu   Nasr   Forobiyning   «Fozil   odamlar   shahri»
kitobidan olindi.   T. Abdulla Qodiriy nomidagi Xlaq merosi nashiriyoti, 1993, 204
bet

Mavzu:Hadis ilmining paydo bo‘lishi. AlBuxoriy, At-Termiziy asarlari Reja: 1. Hadis ilmiyning paydo bo’lishi. 2. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-Termiziyning hadis ilmi rivojidagi xizmatlari

Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand- nasihatlar ham o’z aksini topganki , bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Islom ta’limoti g’oyalariga ko’ra har bir musulmon eng avvalo iymonli bo’lishi kerak. Qur’oni Karimda ta’kidlanganidek, Islom dini ta’limotining yaratilishidan muddao, murod kishilarda iymon, e’tiqodni shakllantirishdir. Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo’lishi quyidagi uch shartga qat’iy amal qilinishiga bog’liqligi ko’rsatilgan: - to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq; - kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lmoq; - kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chaqirmog’i 1 (Keyingi misollar ham ushbu kitobdan olindi). Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deya iymonning belgilari sanab o’tiladi. Sanab o’tilgan belgilarning har biri inson ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi va mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “o’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo’min bo’la olmaysiz” (3-4-boblar); “Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir:

- insofli va adolatli bo’lmoq; - barchaga salom bermoq; - kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq” (20-bob). Bundan tashqari, kishilar uchun xos bo’lmagan munofiqlik xislati xususida ham so’z yuritiladi, chunonchi, «Rasululloh sallallohu alayhi vassalam aytganlar: “quyidagi to’rtta xislat kimda bo’lsa, aniq munofiq bo’lg’aydir, kimdaki, ulardan bittasi bo’lsa uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir: - omonatga xiyonat qilgaydir; - so’zlasa yolg’on so’zlaydir; - shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir; - urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilaydir (25-bob). Hadislarda inson ma’naviy kamolotining mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallaganligi, o’z bilimi bilan atrofdagilar va jamiyatga foyda keltirguvchi shaxs bo’lib yetishishida muhim omildir deya ko’rsatiladi. “Tolibi ilm qilish farzdir. Tolibi ilmga har bir narsa istig’for aytadi, hatto dengizdagi baliqlar ham”. Bilimsizlik kishilarning nodonligiga zamin hozirlashi, ilmsiz jamiyatda esa jaholat hamda razolatning hukmronlik qilishi aloqida ta’kidlab ko’rsatiladi. “Ilm o’rganmoq va o’rgatmoqning fazilati” borasidagi hadis (21-bob) da ilm o’rganish ko’p yoqqan yomg’irga qiyoslanadi va ilm ahli quyidagi uch turga bo’ladi: “Ba’zi yer sof, unumdor bo’lib, yomg’irni o’ziga singdiradi-da, har xil o’simliklar va ko’katlarni o’stiradi va ba’zi yer qurg’oq, qattiq bo’lib, suvni emmasdan o’ziga to’playdir, undan Olloh taolo bandalari foydalangaydir. Odamlar suvdan ichgaydirlar, hayvonlari va ekinlarini sug’orgaydirlar. Ba’zi yer esa tekis bo’lib, suvni o’zida tutib qolmaydir, ko’katni ham ko’kartirmaydir. Bularni quyidagicha muhoyasa

qilish mumkindir: Bir kishi Olloh ilmini (Islomni) teran o’rganadir, teran tushunadir va undan manfaatlanadi va Olloh yuborgan hidoyatni o’zi o’rganib, o’zgalarga ham o’rgatadir. Ikkinchi bir kishi ilm o’rganib, odamlarga o’rgatadir. Ammo o’zi amal qilmaydir. Uchinchi bir kishi mutakabburlik qilib, o’zi ham o’rganmaydir, o’zgalarga ham o’rgatmaydir”. Ammo ilmga e’tiborsizlik va nodonlik (jaholat)ning avj olishi jamiyatning inqiroziga olib keladi. Hatto “Rasululloh quyidagilar qiyomat alomatlaridir, deganlar: - ilmning susaymog’i; - jaholatning kuchaymog’i; - zinoning avj olmog’i; - xotinlarning ko’paymog’i; - erkaklarning ozaymog’i” Demak, qiyomatni odamlarning o’zlari sodir etadilar. «Ilm ravnaq topmagan mamlakatda zino avj olgan, o’zaro urushlar kuchayib , erkaklar ozayib ketganda albatta, qiyomat qoyim bo’ladi” (22-bob). SHu bois “Ilmga amal va rioya qiluvchi bo’linglar, uni faqat hikoya qiluvchi bo’lmanglar”, -deyiladi (637-hadis). Islomda ikki xil ilm haqida so’z yuritiladi: biri huquqiy (fikh), diniy yo’l-yo’riqlar to’g’risidagi ilm bo’lsa, ikkinchisi dunyoviy ilmlardir. Har ikki turdagi bilimlarni chuqur egallash va ularga qat’iy amal qilish har bir mo’’min uchun farz hisoblanadi. “Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoye qilishdir” 1 mazmunidagi hadis orqali o’zlashtirilgan ilmni takrorlab borish, faqat chuqur va puxta bilimlargagina ega bo’lgan kishilarning atrofdagilarga ilm berishining maqbul ekanligiga urg’u beriladi. SHuningdek, hadislarda ilmning

kishilarni fahm-farosatli, o’tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham ta’kidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan bo’lsa ham borib o’rganinglar”, -deya da’vat etiladi. “Olim bo’l, ilm beruvchi bo’l yoki ilm o’rgatuvchi bo’l yoki tinglovchi bo’l. Beshinchisi bo’lma, halok bo’lasan” mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi orqali ham ilmli bo’lish insonni falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg’u beriladi (41- hadis). Bir qator hadislarda ilmning ibodatdan ustun ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Xususan, “Ilm ibodatdan afzal va u taqvo dinining ustunidir” (268-hadis). Biroq ilmning manfaatsiz holda sarflashdan saqlanish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi va ilm ahlini ana shunga da’vat etiladi (173-hadis), haqiqiy komil insonning bilimga boy, xushxulq, sog’lom bo’lishi (182-hadis), uni faqat foydali ishlar va insonlarning farovon hayot kechirishlari yo’lida sarf etish kerakligi ham uqtiriladi: “Boshliq bo’lmasingizdan avval ilmni chuqur o’rganing! Rasulloh sallallohu alayhi- vassalamning sahobalari yoshlari ulg’ayganda ham ilm o’rganganlar. Rasulloh sallollohu alayhi-vasallam: ikki narsadan o’zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri- kishiga Olloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo’lida sarflayotgan bo’lsa, ikkinchisi-kishiga Olloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa”, – deydilar» 1 . Ma’lumki, islom ta’limotida eng yuksak xislatlardan biri sifatida ota-onaga g’amxo’rlik, ularni e’zozlash, ota-ona haqqini o’z o’rniga qo’yish, farzandning ular oldidagi haqqi borasidagi masalalarning yoritiligiga alohida e’tibor beriladi. Hadislarda ham ana shu talablar o’z ifodasini topgan. Ota-onani xafa qilib yig’latish eng katta gunohlari sifatida e’tirof etilgani quyidagi, ya’ni, Olloh Taoloning mavjudligiga shirk keltirish, odam o’ldirish, urush maydonidan qochish, afifa (o’zini pokiza saqlagan) xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo (ijaraxo’rlik), yetimlar molini yemoq, Olloh Taoloning qudrati va irodasini inkor qilish, odamlarni masxara qilish hamda ularni kamsitish kabi holatlar qatorida tilga olib o’tiladi. Hadislarda ota-onaning dilini og’ritib, ozor berish, ularni xafa qilib,