logo

Hasharotlarning morfologiyasi, bosh va ko‘krak tuzilishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.7255859375 KB
1. Hasharot tanasining umumiy tuzilishi va uning ayrim xususiyatlari.
2. Hasharot tanasining tashqi tuzilishi va bo‘g‘imlarga ajralishi.
3. Tana bo‘laklari va uning ayrim qismlarini tashqi muhit sharoitiga moslanishi 
jarayonida o‘zgarib borishi.
4. Bosh bo‘lagining o‘simtalari. Ko‘krak segmentlarini birlamchi tuzilishi va 
uning o‘simtalari.
5. Qorin segmentlarini tuzilishi. Qorin o‘simtalari, ularning xillari va vazifalari.Mavzu Hasharotlarning morfologiyasi ,  bosh va ko‘krak tuzilishi 
Reja:  
  Hasharot     tanasi   serharakat   bo‘lib   qator   bo‘g‘imlarga   bo‘lingan.   Ularning
bo‘g‘imlari     o‘zining     boshlang‘ich     ketma   ket   takrorlanish   yoki     metamerligini
yuqotgan va  tanasi uch  qismga bo‘lingan. Bular   bosh,   ko‘krak   va   qorin
qismlaridiryu   Bosh   qismi   5-6,   ko‘krak   qismi   3   va   qorin   qismi   ll   bo‘g‘imdan
iborat.   Hasharotlarning   qattiq   tashqi   skeleti     umurtqalilarnikiga   nisbatan
birmuncha afzal: u tanani muhit ta’siridan  saklaydi.
Hasharotlarning tana  teshikligi  umurtqalilarga nisbatan  uch baravar yuqori.
Kutikula     ichki   organlarini   himoya   qiladi,   organizmdagi   suvni   bug‘lanishdan
saklaydi   va   ichki   muskullarni   birlashish   joyi   bo‘lib   hisoblanadi.  
Bug‘imoyoqlilarning   har   bir   bo‘g‘imida   bir   juft   o‘simta   bo‘ladi.   Lekin
hasharotlarda bu  metamerlik yuqolgan, fakat o‘simtalari oyoqlari ko‘krak qismida
saqlanib   qolgan.   Bosh   qismida   og‘iz     organlari   juft   mo‘ylov     bo‘lib   o‘zgargan,
qorin qismida  o‘simtalari yuqolgan.
Bundan tashqari, juda ko‘p hasharotlarda qanotlar vujudga  kelgan. SHunday
qilib, hasharotlar morfologiyasida qo‘yidagi: tanalari   bo‘g‘imga ajralgan va bosh,
ko‘krak   hamda  qorin  qismlari   mavjud.  Boshida   og‘iz   organi   va   bir   juft   mo‘ylovi
bor. Ko‘kragida uch juft oyoq va  ko‘pchiligida   qanotlar o‘rnashgan. Qorin qismi
11 tagacha bo‘g‘imdan iborat oyoqsiz bo‘ladi. Hasharot boshi -   caput   mustahkam
pishiq   kalla   qutisi   yoki   bosh     kopqog‘idan   tashkil   topgan   bo‘lib,   u   boshining
tashqi     skeletini     hosil   qiladi.   Unda   og‘iz   organlari,   bir   juft   mo‘ylov,   bir   juft
murakkab   yoki     fasetik   ko‘z   va   oddiy   ko‘z   yoki     ko‘zchalar   o‘rnashgan.   Ba’zan
kalla  qutisida embrion bosh  qismidagi ayrim bo‘g‘imlarning bir-biriga qo‘shilish
ishlari   aniq   ko‘rinib     turadi.   Boshning   ustki   qismi     harakatsiz   tutashgan   bosh
qismdan     tuzilgan.   Boshning oldingi   sathi peshona -    frons,      uning yuqorisida
chakka   –    vertex,    unda narirokda gardani      occiput,   peshona pastida yoki oldida
qanshar yoki klipeus, undan pastda og‘iz organlarini   yuqoridan   yopib     turuvchi
yaproq     ko‘rinishidagi   harakatchan     yuqori   lab   -   labrun     joylashgan.   Bosh
yonboshlarida  joylashgan ko‘zlar osti va  yonboshlari  lunj -  genac     deb  ataladi. Suvarak va boshqa tuban   tuzilishga ega bo‘lgan hasharotlarda   boshning   oldingi
tomonidagi ko‘zlar oralig‘i mavjud. 
Hasharotlar   bosh   qismida   bo‘g‘imlarga     va   turli   ko‘rinishdagi   bir   juft
mo‘ylov yoki   antennae    bo‘lishi   hasharotlarga   xos xarakterli belgilardan biridir.
Faqat   mo‘ylovsizlar     turkumining     vakillarida     mo‘ylov     bo‘lmaydi.
Hasharotlarning     mo‘ylovlari   hid   bilish   va   sezish     funksiyasini     bajaruvchi
organlardir.   Mo‘ylov   tiplari   turli   xil   ko‘rinishda   bo‘lib,   hasharotlarni   aniqlashda
muhim  rol o‘ynaydi. 
       Og‘iz organlari asosan  yuqori lab,  uch juft  og‘iz o‘simtalari  va  tomoq osti
bug‘inlaridan    tuzilgan.  Tashqi    muhitdan    qabul  qiladigan  ovqatning  holatiga  va
xiliga   qarab   organlari   shakli   o‘zgaradi.   Ular   kemiruvchi   yoki     so‘ruvchi   tipida
tuzilgan bo‘lib, qattiq yoki suyuq ovqat bilan ovqatlanadi.
  Kemiruvchi og‘iz   apparati kelib chiqishi jihatidan     birlamchi hisoblanib, u
suvarak, chigirtkasimonlar  ust  turkumiga xosdir. SHuning uchun bu   tipdagi  oziq
organlari ortopteriod  deb ataladi. Kemiruvchi og‘iz apparati  qo‘yidagi kismlardan
: yuqori lab,  bir juft,  yuqori jag‘ yoki mandibula, bir juft pastki jag‘ yoki  maksilla
va  pastki  lab   yoki    labiumdan   tashkil   topgan.  Hasharotlarning    so‘ruvchi   tipidagi
og‘iz organlari turlicha tuzilgan. Pashshalarning   og‘iz   apparati       yalovchi
tipiga xos bo‘lib, suyuq ovqatni yalashga  moslashgan. Hasharotlarda   so‘ruvchi
tipidagi   og‘iz   apparatlari   turlicha     tuzilgan.   Ba’zilarda     ular   sanchib   so‘ruvchi
boshqalarida esa so‘ruvchi yoki yalovchi tipida tuzilgan.          
      Hasharotlarning   ko‘kragi -   thorax qorin qismidan keskin farq qilib alohida
bo‘limga ajralgan. Lekin ularning ajdodlarida bu ikki qism bir biridan ajralmagan
bir xil   shakldagi gavdadan tuzilgan, bu  har bir  bo‘g‘imda bir juftdan  o‘simtalar
bo‘lgan.   Evolyusion   taraqqiyot   natijasida   bunday     metamerali     hasharotlarda
harakatni     markazlashtirish   yoki     lokomotiv     funksiyasini     oshirish   natijasida
gavdaning  oldingi   uch bo‘g‘imi    ko‘krakka aylangan  bo‘lib keyingi   bo‘g‘imlarda
o‘simtalar yuqolib, qorin shakliga aylangan. Ko‘krakda  qanotning  vujudga kelishi
uning     lokomov     xususiyatini   oshirib,   tuzilishni   murakkablashtiriladi,       qorin
qismini   esa   soddalashtiradi.   Natijada     gavda   oldingi   qismi   funksiyasining moslanishi   va   birlamchi     metameralik   xususiyatining     yuqolishi   gavdani   ikki
qismga: ko‘krak va qoringa ajralishga  sabab bo‘ldi.
Hasharotlar   ko‘kragi   uch   bo‘g‘imdan   iborat:     birinchi   oldingi   ko‘krak,
ikkinchisi   o‘rta     ko‘krak,   uchinchisi     orqa   ko‘krak   (prothorax,   mesothorax,
metathorax).   Har bir bo‘g‘imlar skeleti xitinlashgan kutikula xalqasi hosil qilib, 4
qismga bo‘linadi. YOlka tomoni yoki tepa qismi - tergit, qorin tomoni yoki pastki
qismini   –   sternit,   ikki   yoki   yumshoq   devori   biqinchalari   pleyritlar   deb   ataladi.
Hasharotlarning   oyoqlari   bo‘g‘imlarga   bo‘lingan   bo‘lib   toscha,   o‘ynogich,   son,
boldir va  panjalardan iborat bo‘ladi.
Hasharotlarning   oyoqlari   hayot   kechirish   xususiyatiga   moslanuvchaligiga
ko‘ra   turli   tipda   tuzilgan.   YUruvchi   va   yuguruvchi   tipdagilarda   oyoqlar   cho‘ziq
bo‘ladi.   Bunda   yuguruvchi   uchala     juft   oyoq     bir-biriga   o‘xshash   bo‘ladi.   YAngi
sharoitga   moslashish   yoki   harakatlanish   xususiyatiga   ko‘ra   oldingi   yoki   orqa   juft
oyoqlar   tubdan   o‘zgarishi   mumkin.   Sakrab   yuradigan   hasharotlarda   (jumladan
chigirtkalar, er burgalari) orqa oyoqlari yaxshi   taraqqiy etgan. Orqa oyoqlarining
soni oldingi ikki juftnikiga nisbatan  uzun va hajmliroqdir. Tuproq   orasida
hayot   kechiruvchi   hasharotlarning   masalan,   buzoqboshi   va     qo‘ng‘izlarda   oldingi
oyoqlari     kovlovchi     tipida   tuzilgan,   boldiri   yassi,   tarvaqaylagan   va   chetlari
arrasimon   bo‘lsa,   suv   hasharotlarida   (suv   qo‘ng‘izi)   orqa   juft   oyoqlari   ustki
tomonida     zich   qilchalar     qoplab   olgan   bo‘lib,   u   eshkak   vazifasini   bajaradi.   Bu
suzuvchi tip oyoq deyiladi. 
Lekin oldingi va keyingi juft oyoqlari qaysi  tipda bo‘lishidan   qat’iy nazar,
o‘rta  juft oyoqlarining shakli o‘zgarmaydi. CHunki bu  oyoqlar doimo yurish yoki
yugurish vazifasini bajaradi. Hasharot  qanotlari - alae ko‘pincha ikki juft, o‘rta va
ketki bo‘g‘imining pteortoraksning  o‘simtasi hisoblanadi. Ikki qanotlilar  Diptera -
da  bir juft qanot bo‘lib, u o‘rta ko‘krakka o‘rnashgan. Orqa ko‘krakda esa yuqolib
ketgan orqa  qanot rudimentlari  bo‘ladi. Hasharotlar   qanoti   har   xil     shaklda
bo‘ladi,   biroq   uning   shakli   asosan   uchburchak     shaklga   yaqin,   shuning   uchun
qanotning uchi orqa burchagi va tubi yoki ildizini  bir - biridan ajrata bilish kerak.         Qanotning tubi bilan uchi o‘rtasidagi  chekka oldingi chekka,  qanot uchi bilan
orqa   burchagi   o‘rtasidagi   chekka   tashqi   chekka   va   orqa   burchagi   bilan   tubi
o‘rtasidagi   chekka   orqa   yoki   ichki   chekka   deb   aytiladi.   Har   qaysi       qanot   ikkita
yupqa   yaproqchadan   iborat,   bular   o‘rtasidan   ko‘pincha   to‘rt   tomoni   berk
katakchalar   hosil   qiladigan   tik   va   ko‘ndalang   tomirlar   o‘tadi.   Qanotdagi   tomirlar
soni   va   ularning   joylanishi   har   xil   chiqib   kelishi   jihatdan   tuban   hasharotlar
qanotida   ko‘ndalang   tomirlar   ayniqsa   ko‘p.   Qanot   tomirlari   pardalarni   ko‘tarib
turuvchi   mexanik   tirgaklar   vazifasini   bajaradi,   biroq   ichi   g‘ovak   ba’zi   tomirlar
orqali oziq moddani keltiradigan qon harakat qiladi va trexeya nerv tolalari keladi.
Qolgan   tomirlarning   ichi   g‘ovak   bulmaydi.   Qanotda   uzunasiga   ketgan   tomirlar
juda  katta  ahamiyatga ega. Bu tomirlar orqali oziq qanotga, o‘tadi va qanotni tutib
turadi. Hasharotlarni aniqlashda bunday tomirlarning ahamiyati katta.
  Qorin   bo‘lagi   -   abdomen   tananing   uchinchi   qismi   bo‘lib,   u   bir   necha
bo‘g‘imlarga   bo‘linadi.   Qorin   bo‘g‘imlari   yoki   uromerlar   soni   har   xil
hasharotlarda,   turlicha   miqdorda.   Masalan,   tuban     hasharotlar   turkumida   dum
komponenti   telson   bilan   birgalikda   hatto   12   tagacha   etadi.   Ko‘pchilik   hollarda
voyaga   etgan   hasharotlarda   qorin     bo‘g‘imi     kam   bo‘ladi,   chunki   induvidual
rivojlanish taraqqiyotida embriondagi 2 ta bo‘g‘imdan ba’zilari bir-biriga qo‘shilib
yoki   ular   o‘rnini   kuchli   taraqqiy   etgan     boshqa   bo‘g‘imlar   egallashi   tufayli
yo‘qolib   ketadi,   hatto   kopulyativ   organlar   hosil   bo‘lishi   uchun   sarf   bo‘ladi.
Hasharotlarning qorni tubandagi xillarga bo‘linadi. Qorin bo‘g‘imlari yonida nafas
teshigi   stidma     joylashgan.   Qorin   o‘simtalari:   qorin   o‘simtalarining   qoldiqlariga
to‘g‘ri   qanotlilarda   serkilar,   grafelkalar,   tuxum   qo‘ygich,   chaquvi   parda   (tuxum,
qo‘ygich) qanotlilar, arilar yoki asalarilarda nayza hosil qiladi.
Serkilar-ba’zan   hasharotlarda   masalan,   to‘g‘ri   qanotlilar   suvaraklar   qorin
bo‘lagining   2,   kamdan   kam   hollarda.   10   yoki   9   bo‘g‘imlar   tergitida   bo‘g‘imli
sezuvchi   o‘simtalardir.   Quloq     kavlagichlarda   bu   serkilar   baquvvat     omburga
aylangan, bu ombur himoyalanish va uchish oldidan qanotlarini to‘g‘rilovchi organ
vazifasini bajaradi. Grifelkalar  9  sternitda joylashgan, bo‘g‘imlarga  bo‘linmagan
o‘simta.   Tuxum   qo‘ygich-urg‘ochi     hasharotlarning   jinsiy   organi   bo‘lib,   tuxum qo‘yishi uchun xizmat qiladi. Hasharotlar tanasining bo‘g‘imlari murakkab bo‘lishi
va   tana   bo‘laklarning   xilma   -   xil     harakat   qilishiga   muvofiq   ularning   muskullari
ham murakkab bo‘ladi.
 Hasharotlarning  ovqat hazm qilish sistemasiga boshidagi og‘iz teshigi bilan
orqa qorin bo‘g‘imidagi anal teshigi oralig‘ida joylashgan ichaklar kiradi.
  Ichaklar   morfologik   tuzilishi   va   hosil   bo‘lishiga     ko‘ra   uch   bo‘limga:
oldingi,    o‘rta    va    orqa  ichaklariga   bo‘linadi.   Oldingi     va  orqa  ichaklar   embrion
ektodermasidan,     o‘rta     ichak   esa     endodermadan   hosil   bo‘ladi.   SHuning   uchun
oldingi  va orqa ichaklarning ichki  tomoni  kutikula qavati  bilan qoplangan bo‘lib,
ular ektodermal ichaklar deb ataladi. O‘rta ichakda esa   kutikula qavati bo‘lmaydi
va   u     entodermal   ichakdir.   Oldingi   ichakka     xalqum,   qizilo‘ngach,   jig‘ildon   va
muskulli oshqozon kiradi. Xalqum bilan qizilo‘ngach   ovqat o‘tkazish, jig‘ildonda
esa kutikula qavati bo‘lmaydi  va u  entodermal ichakdir.
Oldingi   ichakka   -   xalqum,   qizilo‘ngach,   jig‘ildon     va     muskulli   oshqozon
kiradi.   So‘lak   bezlari   oldingi   ichak   bilan     bog‘langan,     turli     hasharotlarda   bir
juftdan   uch     juftgacha   har   xil     so‘lak     bezlari   bo‘lishi   mumkin.   So‘lak   bezlari
naysimon,   shingilsimon   yoki     xaltasimon     tuzilgan,   ko‘pincha   so‘lak   bezlarida
rezervuar  bo‘ladi, bu joyga   sekret    (so‘lak) to‘planadi. O‘rta ichak hech   qanday
bo‘limlarga   bo‘linmagan   va     ichki   yuzasi   bezli   epiteliy   tuqimasi   bilan   bilan
qoplangan. O‘rta ichak  ba’zan xaqiqiy oshqozon deb aytiladi. Orqa ichak  malpigi
tomirlari     ya’ni  hasharotlarning  chiqarish   organlari,    ichki   yuzasi     xitindan   iborat
parda   bilan   qoplangan     bo‘lib,     ingichka,     yug‘on     va   to‘g‘ri   ichakka   bo‘linadi.
Ba’zan   orqa   ichak   bo‘ylab   ko‘richak       joylashadi.   Hasharot   organizmida
tashqaridan   kabul   qilingan     ovqat     ikki   yul   bilan:   mexanik   va   kimyoviy   qayta
ishlanadi.
Hasharotlar   odatda, ayrim jinsli bo‘lib, shu bilan baravar ularda jinsiy dimorfizm
ko‘pincha ruyi-rost bilinib turadi. 
Erkak   hasharot   jinsiy   organlari   tuzilishidagi   farqdan   tashqari,   ikkilamchi
jinsiy   belgilariga,   chunonchi:   katta-kichikligiga,   turli   ortiqlari   bor   –   yuqligiga,
rangiga,   yashash   va   hokazolarga   qarab   ham   urg‘ochi   hasharotlardan   farq   qilishi mumkin.   Lekin   qaysi   jins   bo‘lishidan   tashqari,   umumiy   o‘xshashlik   belgilar,
ayniqsa embrional davrida bo‘ladi.
Erkak   va   urg‘ochi   hasharotlarning   jinsiy   organlari   umumiy   tuzilishi,   juft
jinsiy   bezlardan   yoki   gonadalar;   jinsiy   apparatining   juft   va   toq   o‘tkazuvchi
yullaridan; qushimcha jinsiy bezlardan, tuxumni urug‘lantiradigan moslamalardan
tuzilgan. 
Urg‘ochi hasharotlarda urug‘ yig‘gich va juftlashish xaltasi organidan iborat.
Nihoyat,   urg‘ochi   hasharotlarda   har   xil   tuzilgan   tuxum   qo‘ygich   bo‘ladi.   Jinsiy
teshiklari   anal   teshigidan   oldin,   ko‘pincha   qorin   bug‘inining   IX   sternitida,
urg‘ochiniki VIII sternitida bo‘ladi.
Ba’zi   bir   hasharotlarda   germofroditizm   juda   kamdan-kam   uchraydigan
hodisa (tropik pashsha, bahorchilar). Ko‘pgina turlarda bir jinslik tarqalgan, ya’ni
erkaklari   bu’o‘lmay,   faqat   urg‘ochilar   bo‘lishi   yoki   erkaklarning   ba’zi
bug‘inlardagina   paydo   bo‘lishi   hodisasi   tarqalgan.   Bunday   hasharotlar   tuxumi
partenogenetik usulda, ya’ni urug‘lanmay rivojlanadi (o‘simlik bitlari).
Biologiya   (hayot   va   fan)   –   tirik   mavjudotlarning   hayoti   va   rivojlanish
qonuniyatlarini o‘rganadigan fan.
Hasharotlar   biologiyasi   ularning   individual   rivojlanish   xususiyatlarini   va
ular   bilan   bog‘lik   hodisalarni   hamda   faslli,   yillik   hayot   siklini   va   polimorfizmini
o‘rgatadi.
Ko‘p hayvonlar singari hasharotlarda individual rivojlanish protsessini  yoki
ontogenez, ikki davr – embrional, ya’ni tuxum ichida rivojlanish va postembrional
–   tuxumdan   chikqandan   keyini   rivojlanish   davriga   bo‘linadi.   Umuman
hasharotlarning   rivojlanishi   uch   yoki   turt   fazaga   –   tuxum,   lichinka,   g‘umbak   va
voyaga   etgan   fazalarga   bo‘linadi.   Demak,   hasharotlar   tuxumdan   chiqqanidan
keyin, ya’ni postembrional davridan etuk davrga qadar bir necha marta o‘zgarishga
uchraydi.
Bunday   rivojlanish   protsessi   metamorfozali   yoki   shakl   o‘zgartirish
rivojlanishi deb aytiladi. Jinsiy   polimorfizm   ko‘p   tarqalgan,   asosan   jamoa   bo‘lib,   in   qurib
yashaydigan  hasharotlar – chumolilar,  arilar asalarilar va termitlarga xos. Adabiyotlar:
1. S.  Murodov, Umumiy entomologiya kursi, Mehnat, Toshkent, 1986.
2. R.A.Olimjonov, Entomologiya, O‘qituvchi, Toshkent, 1977.
3. H.H.Kimsanbaev,   R.SH.   O‘lmasbaeva,   K.X.Xalilov,   Umumiy   va   qishloq
xo‘jalik entomologiyasi, O‘qituvchi, Toshkent, 2002.
4. S.N.Alimuhamedov, SH.T.Xodjaev, G‘o‘za zararkunandalari va ularga qarshi
kurash, Toshkent, 1990.
5. I.A.Karimov,   Qishloq   xo‘jalik   taraqqiyoti   to‘kin   hayot   manbai,   O‘zbekiston
Respublika   Oliy   Majlisining   X   sessiyasida   so‘zlagan   nutqi,   1997   yil,   25
dekabr.
6. V.V.YAxontov,   O‘rta   Osiyo   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   va   mahsulotlarini
zararkunandalari va ularga qarshi kurash, T, 1961.
7. A.A.Migulin, Selskoxozyaystvennaya entomologiya, Kolos, Moskva, 1983.

1. Hasharot tanasining umumiy tuzilishi va uning ayrim xususiyatlari. 2. Hasharot tanasining tashqi tuzilishi va bo‘g‘imlarga ajralishi. 3. Tana bo‘laklari va uning ayrim qismlarini tashqi muhit sharoitiga moslanishi jarayonida o‘zgarib borishi. 4. Bosh bo‘lagining o‘simtalari. Ko‘krak segmentlarini birlamchi tuzilishi va uning o‘simtalari. 5. Qorin segmentlarini tuzilishi. Qorin o‘simtalari, ularning xillari va vazifalari.Mavzu Hasharotlarning morfologiyasi , bosh va ko‘krak tuzilishi Reja:

Hasharot tanasi serharakat bo‘lib qator bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Ularning bo‘g‘imlari o‘zining boshlang‘ich ketma ket takrorlanish yoki metamerligini yuqotgan va tanasi uch qismga bo‘lingan. Bular bosh, ko‘krak va qorin qismlaridiryu Bosh qismi 5-6, ko‘krak qismi 3 va qorin qismi ll bo‘g‘imdan iborat. Hasharotlarning qattiq tashqi skeleti umurtqalilarnikiga nisbatan birmuncha afzal: u tanani muhit ta’siridan saklaydi. Hasharotlarning tana teshikligi umurtqalilarga nisbatan uch baravar yuqori. Kutikula ichki organlarini himoya qiladi, organizmdagi suvni bug‘lanishdan saklaydi va ichki muskullarni birlashish joyi bo‘lib hisoblanadi. Bug‘imoyoqlilarning har bir bo‘g‘imida bir juft o‘simta bo‘ladi. Lekin hasharotlarda bu metamerlik yuqolgan, fakat o‘simtalari oyoqlari ko‘krak qismida saqlanib qolgan. Bosh qismida og‘iz organlari juft mo‘ylov bo‘lib o‘zgargan, qorin qismida o‘simtalari yuqolgan. Bundan tashqari, juda ko‘p hasharotlarda qanotlar vujudga kelgan. SHunday qilib, hasharotlar morfologiyasida qo‘yidagi: tanalari bo‘g‘imga ajralgan va bosh, ko‘krak hamda qorin qismlari mavjud. Boshida og‘iz organi va bir juft mo‘ylovi bor. Ko‘kragida uch juft oyoq va ko‘pchiligida qanotlar o‘rnashgan. Qorin qismi 11 tagacha bo‘g‘imdan iborat oyoqsiz bo‘ladi. Hasharot boshi - caput mustahkam pishiq kalla qutisi yoki bosh kopqog‘idan tashkil topgan bo‘lib, u boshining tashqi skeletini hosil qiladi. Unda og‘iz organlari, bir juft mo‘ylov, bir juft murakkab yoki fasetik ko‘z va oddiy ko‘z yoki ko‘zchalar o‘rnashgan. Ba’zan kalla qutisida embrion bosh qismidagi ayrim bo‘g‘imlarning bir-biriga qo‘shilish ishlari aniq ko‘rinib turadi. Boshning ustki qismi harakatsiz tutashgan bosh qismdan tuzilgan. Boshning oldingi sathi peshona - frons, uning yuqorisida chakka – vertex, unda narirokda gardani occiput, peshona pastida yoki oldida qanshar yoki klipeus, undan pastda og‘iz organlarini yuqoridan yopib turuvchi yaproq ko‘rinishidagi harakatchan yuqori lab - labrun joylashgan. Bosh yonboshlarida joylashgan ko‘zlar osti va yonboshlari lunj - genac deb ataladi.

Suvarak va boshqa tuban tuzilishga ega bo‘lgan hasharotlarda boshning oldingi tomonidagi ko‘zlar oralig‘i mavjud. Hasharotlar bosh qismida bo‘g‘imlarga va turli ko‘rinishdagi bir juft mo‘ylov yoki antennae bo‘lishi hasharotlarga xos xarakterli belgilardan biridir. Faqat mo‘ylovsizlar turkumining vakillarida mo‘ylov bo‘lmaydi. Hasharotlarning mo‘ylovlari hid bilish va sezish funksiyasini bajaruvchi organlardir. Mo‘ylov tiplari turli xil ko‘rinishda bo‘lib, hasharotlarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Og‘iz organlari asosan yuqori lab, uch juft og‘iz o‘simtalari va tomoq osti bug‘inlaridan tuzilgan. Tashqi muhitdan qabul qiladigan ovqatning holatiga va xiliga qarab organlari shakli o‘zgaradi. Ular kemiruvchi yoki so‘ruvchi tipida tuzilgan bo‘lib, qattiq yoki suyuq ovqat bilan ovqatlanadi. Kemiruvchi og‘iz apparati kelib chiqishi jihatidan birlamchi hisoblanib, u suvarak, chigirtkasimonlar ust turkumiga xosdir. SHuning uchun bu tipdagi oziq organlari ortopteriod deb ataladi. Kemiruvchi og‘iz apparati qo‘yidagi kismlardan : yuqori lab, bir juft, yuqori jag‘ yoki mandibula, bir juft pastki jag‘ yoki maksilla va pastki lab yoki labiumdan tashkil topgan. Hasharotlarning so‘ruvchi tipidagi og‘iz organlari turlicha tuzilgan. Pashshalarning og‘iz apparati yalovchi tipiga xos bo‘lib, suyuq ovqatni yalashga moslashgan. Hasharotlarda so‘ruvchi tipidagi og‘iz apparatlari turlicha tuzilgan. Ba’zilarda ular sanchib so‘ruvchi boshqalarida esa so‘ruvchi yoki yalovchi tipida tuzilgan. Hasharotlarning ko‘kragi - thorax qorin qismidan keskin farq qilib alohida bo‘limga ajralgan. Lekin ularning ajdodlarida bu ikki qism bir biridan ajralmagan bir xil shakldagi gavdadan tuzilgan, bu har bir bo‘g‘imda bir juftdan o‘simtalar bo‘lgan. Evolyusion taraqqiyot natijasida bunday metamerali hasharotlarda harakatni markazlashtirish yoki lokomotiv funksiyasini oshirish natijasida gavdaning oldingi uch bo‘g‘imi ko‘krakka aylangan bo‘lib keyingi bo‘g‘imlarda o‘simtalar yuqolib, qorin shakliga aylangan. Ko‘krakda qanotning vujudga kelishi uning lokomov xususiyatini oshirib, tuzilishni murakkablashtiriladi, qorin qismini esa soddalashtiradi. Natijada gavda oldingi qismi funksiyasining

moslanishi va birlamchi metameralik xususiyatining yuqolishi gavdani ikki qismga: ko‘krak va qoringa ajralishga sabab bo‘ldi. Hasharotlar ko‘kragi uch bo‘g‘imdan iborat: birinchi oldingi ko‘krak, ikkinchisi o‘rta ko‘krak, uchinchisi orqa ko‘krak (prothorax, mesothorax, metathorax). Har bir bo‘g‘imlar skeleti xitinlashgan kutikula xalqasi hosil qilib, 4 qismga bo‘linadi. YOlka tomoni yoki tepa qismi - tergit, qorin tomoni yoki pastki qismini – sternit, ikki yoki yumshoq devori biqinchalari pleyritlar deb ataladi. Hasharotlarning oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘lib toscha, o‘ynogich, son, boldir va panjalardan iborat bo‘ladi. Hasharotlarning oyoqlari hayot kechirish xususiyatiga moslanuvchaligiga ko‘ra turli tipda tuzilgan. YUruvchi va yuguruvchi tipdagilarda oyoqlar cho‘ziq bo‘ladi. Bunda yuguruvchi uchala juft oyoq bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. YAngi sharoitga moslashish yoki harakatlanish xususiyatiga ko‘ra oldingi yoki orqa juft oyoqlar tubdan o‘zgarishi mumkin. Sakrab yuradigan hasharotlarda (jumladan chigirtkalar, er burgalari) orqa oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Orqa oyoqlarining soni oldingi ikki juftnikiga nisbatan uzun va hajmliroqdir. Tuproq orasida hayot kechiruvchi hasharotlarning masalan, buzoqboshi va qo‘ng‘izlarda oldingi oyoqlari kovlovchi tipida tuzilgan, boldiri yassi, tarvaqaylagan va chetlari arrasimon bo‘lsa, suv hasharotlarida (suv qo‘ng‘izi) orqa juft oyoqlari ustki tomonida zich qilchalar qoplab olgan bo‘lib, u eshkak vazifasini bajaradi. Bu suzuvchi tip oyoq deyiladi. Lekin oldingi va keyingi juft oyoqlari qaysi tipda bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘rta juft oyoqlarining shakli o‘zgarmaydi. CHunki bu oyoqlar doimo yurish yoki yugurish vazifasini bajaradi. Hasharot qanotlari - alae ko‘pincha ikki juft, o‘rta va ketki bo‘g‘imining pteortoraksning o‘simtasi hisoblanadi. Ikki qanotlilar Diptera - da bir juft qanot bo‘lib, u o‘rta ko‘krakka o‘rnashgan. Orqa ko‘krakda esa yuqolib ketgan orqa qanot rudimentlari bo‘ladi. Hasharotlar qanoti har xil shaklda bo‘ladi, biroq uning shakli asosan uchburchak shaklga yaqin, shuning uchun qanotning uchi orqa burchagi va tubi yoki ildizini bir - biridan ajrata bilish kerak.

Qanotning tubi bilan uchi o‘rtasidagi chekka oldingi chekka, qanot uchi bilan orqa burchagi o‘rtasidagi chekka tashqi chekka va orqa burchagi bilan tubi o‘rtasidagi chekka orqa yoki ichki chekka deb aytiladi. Har qaysi qanot ikkita yupqa yaproqchadan iborat, bular o‘rtasidan ko‘pincha to‘rt tomoni berk katakchalar hosil qiladigan tik va ko‘ndalang tomirlar o‘tadi. Qanotdagi tomirlar soni va ularning joylanishi har xil chiqib kelishi jihatdan tuban hasharotlar qanotida ko‘ndalang tomirlar ayniqsa ko‘p. Qanot tomirlari pardalarni ko‘tarib turuvchi mexanik tirgaklar vazifasini bajaradi, biroq ichi g‘ovak ba’zi tomirlar orqali oziq moddani keltiradigan qon harakat qiladi va trexeya nerv tolalari keladi. Qolgan tomirlarning ichi g‘ovak bulmaydi. Qanotda uzunasiga ketgan tomirlar juda katta ahamiyatga ega. Bu tomirlar orqali oziq qanotga, o‘tadi va qanotni tutib turadi. Hasharotlarni aniqlashda bunday tomirlarning ahamiyati katta. Qorin bo‘lagi - abdomen tananing uchinchi qismi bo‘lib, u bir necha bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Qorin bo‘g‘imlari yoki uromerlar soni har xil hasharotlarda, turlicha miqdorda. Masalan, tuban hasharotlar turkumida dum komponenti telson bilan birgalikda hatto 12 tagacha etadi. Ko‘pchilik hollarda voyaga etgan hasharotlarda qorin bo‘g‘imi kam bo‘ladi, chunki induvidual rivojlanish taraqqiyotida embriondagi 2 ta bo‘g‘imdan ba’zilari bir-biriga qo‘shilib yoki ular o‘rnini kuchli taraqqiy etgan boshqa bo‘g‘imlar egallashi tufayli yo‘qolib ketadi, hatto kopulyativ organlar hosil bo‘lishi uchun sarf bo‘ladi. Hasharotlarning qorni tubandagi xillarga bo‘linadi. Qorin bo‘g‘imlari yonida nafas teshigi stidma joylashgan. Qorin o‘simtalari: qorin o‘simtalarining qoldiqlariga to‘g‘ri qanotlilarda serkilar, grafelkalar, tuxum qo‘ygich, chaquvi parda (tuxum, qo‘ygich) qanotlilar, arilar yoki asalarilarda nayza hosil qiladi. Serkilar-ba’zan hasharotlarda masalan, to‘g‘ri qanotlilar suvaraklar qorin bo‘lagining 2, kamdan kam hollarda. 10 yoki 9 bo‘g‘imlar tergitida bo‘g‘imli sezuvchi o‘simtalardir. Quloq kavlagichlarda bu serkilar baquvvat omburga aylangan, bu ombur himoyalanish va uchish oldidan qanotlarini to‘g‘rilovchi organ vazifasini bajaradi. Grifelkalar 9 sternitda joylashgan, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan o‘simta. Tuxum qo‘ygich-urg‘ochi hasharotlarning jinsiy organi bo‘lib, tuxum