HASHAROTLARNING MORFOLOGIYASI VA ANATOMIYASI
HASHAROTLARNING MORFOLOGIYASI VA ANATOMIYASI Reja: 1. Hasharot tanasining umumiy tuzilishi va uning ayrim xususiyatlari. 2. Hasharot tanasining tashqi tuzilishi va bo’g’imlarga ajralishi. 3. Tana bo’laklari va uning ayrim qismlarini tashqi muhit sharoitiga moslanishi jarayonida o’zgarib borishi. 4. Bosh bo’lagining o’simtalari. Ko’krak segmentlarini birlamchi tuzilishi va uning o’simtalari. 5. Qorin segmentlarini tuzilishi. Qorin o’simtalari, ularning xillari va vazifalari. 6. Yog’ tanachalari. Ovqat hazm qilish sistemasi. Nafas olish sistemasi, uning bo’laklari.
Hasharotlar morfologiyasi M o r f o l o g i y a — tananing tuzilishi hamda ichki tuzilishini o’rgatadi. Bu qismda hasharotlarning tashqi tuzilishi yoki eydonomiyasini ko’rib chiqamiz. Hasharot tanasi va uning o’simtalarini qoplab to’rgan teri q o p l a g ’ i c h i — kutikula o’zaro elastik parda vositasi bilan tutashgan qattiq parchalardan tashqil topgan. Terining bu tartibda tuzilishi hasharot tanasining ust tomonidan bo’g’imlarga ajralishini ta’minlaydi. Teri tuzilishidagi bu xususiyat hasharotga muskullari vositasida tananing turli qismlarini egishga va uning o’simtalarini harakatga keltirishga imkon beradi. Terining kata qismlari tashqi skelet rolini o’ynaydi, chunki unga tananing hamma harakat muskullari tutashgan. SHu bilan hasharot umurtqali hayvondan farq qiladi. Hasharot tanasi harakatchan bo’lib, qator bo’g’imlarga bo’lingan. Ularning .bo’g’imlari uzining boshlang’ich ketma- ket takrorlanishi yoki metamerligini yo’qotgan va tanasi uch qismga bo’lingan. Bular bosh, va qorin qismlardir. Bosh qismi 5—6, ko’krak qismi 3 va qorin qismi 11 bo’g’imdan iborat. Demak, hasharotlar tanasidagi bo’g’imlarning umumiy soni 19 tadan kam emas. Lekin evolyutsion taraqqiyot natijasida o’zaro o’xshash bo’g’imlar sonining kamayganligini yoki to’la taraqqiy etmagan bo’g’imlari vazifalari almashinish tufayli birlashib ketganligini ko’rish mumkin. SHuning uchun bo’lsa kerak, hasharotlarda bo’g’imlar soni 14 tadan oshmaydi, ba’zilarida undan ham kam. Hasharotning qattiq tashqi ske let umurtqalilarnikiga nisbatan birmuncha afzal, u tanani tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Hasharotning tana pishiqligi umurtqalilarga nisbatan uch baravar yuqori. Ku tikula ichki organlarni himoya qiladi, organizmdagi suvni bug’lanishdan saqlaydi va ichki muskullarni birlashish joyi bo’lib hisoblanadi. Bo’g’imoyoqlilarning har bir bo’g’imida bir juft o’simta bo’ladi. Lekin hasharotlarda bu metamerlik yo’qolgan, faqat harakat o’simtalari— oyoqlari ko’krak qismida saqlanib qolgan. Bosh qismida —og’iz organlari va bir juft mo’ylov bo’lib, o’zgargan, qorin qismida o’simtalari yo’qolgan. Bundan tashqari,
juda ko’p hasharotlarda qanotlar vujudga kelgan. SHunday qilib, hasharotlar morfologiyasida qo’yidagi belgilar: tanalari bo’g’imga ajralgan va bosh, ko’krak ham qorin qismlari mavjud. Boshida og’iz organi va bir juft mo’ylovi bor, ko’kragi uch bo’g’imli va ularga uch juft oyoq va ko’pchiligida qanotlar o’rnashgan. Qorin qismi 11 tagacha bo’g’imdan iborat, oyoqsiz bo’ladi. Hasharotlarning anatomiyasi. Teri qoplamlari. Hasharotning tanasi teri qoplami bilan qoplangan, u gipoderma – hujayralar qavati va kutikuladan iborat. Kutikula esa ana shu hujayralar ajratadigan hosiladir. Kutikula qattiq, yumshoq va elastik holda bo’lishi mumkin. Terisi organizmni tashqi mexanik va kimyoviy ta’sirlardan saqlaydi. Bundan tashqari, u muskullar birikadigan joy bo’lib xizmat qiladi. Hasharotlarning teri qoplamlari tashqi (epikutikula) va ichki (prokutikula) qavatdan iborat. epikutikula suv o’tkazmaydi va suv bilan ho’llanmaydi, ya’ni gigrofoblidir. Bu esa hasharotlar hayotida katta ahamiyatga ega. Ho’llanmaganligi tufayli suv tekkanda teri qoplami tirishib qolmaydi, havoda tanasi qurimaydi. epikutikula tarkibida mum va lipoidlar mavjudligidan u gigrofobli bo’ladi. Ichki qavat – prokutikula ancha qalin bo’lib, xitin va oqsildan tashkil topadi. Bu moddalar qotib, sovutsimon qattiq, to’q kutikula hosil qilishi mumkin. Qo’ng’izning teri qoplami xuddi shunday tuzilgan. Ammo ko’pchilik hasharotlarning lichinka yoki qurtlarida prokutikula egiluvchan va elastik holatda bo’ladi. Hasharotlarning tashqi muhit bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarini tushunishda ham, ularga qarshi kimyoviy kurash olib borishda ham, kutikulaning o’tkazuvchanligiga oid masala jiddiy ahamiyat kasb etadi. Kutikula mexanik ta’sirlardan himoyalanish vazifasini o’tashi bilan birga, fiziologik to’siq hamdir. U suvni organizmdan bug’lanishiga hamda zaharlar unga o’tishiga yo’l qo’ymaydi. SHu boisdan sirtdan ta’sir qiladigan preparatlarni ishlatishda qo’shimcha ho’llovchi dorilarni aralashtirish yo’li bilan suyuq dorining samaradorligi oshiriladi, alohida hollarda esa yog’larda (bu holda lipoidlarda) eriydigan preparatlar qo’llaniladi.
Mushaklarning tuzilishi. Hasharot tanasi murakkab ravishda bo’g’imlangan va tana qismlari turli darajada harakatlanishi tufayli mushaklari ham murakkabdir. Hasharot tanasida qariyb 2 ming xil mushaklar bor. Teri qoplamiga birikmagan mushaklar bunga kirmaydi. Lichinka yoki qurtlarnikiga nisbatan ulg’aygan hasharotlarning mushaklari ancha xilma-xildir. Hasharotlarning ovqat hazm qilish tizimi og’iz teshigidan boshlanadi. Undan keyin xalqum va qizilo’ngach keladi. U hasharotlarning ko’pchilik turlarida kengaygan yoki bo’rtib chiqqan bo’lib, uni bo’qoq deyiladi. Undan so’ng muskulli oshqozon, keyin haqiqiy oshqozon, ingichka, yo’g’on va to’g’ri ichaklar davom etadi. To’g’ri ichak anal teshigi bilan tamomlanadi. Burdalangan oziqa halqumdan o’tib bo’qoqda to’planadi va oz-ozdan mushakli oshqozonga o’tadi, uning devorlarida kuchli rivojlangan mushaklar, ichki tomonida esa qattiq tishlar bo’ladi. Bunda oziqa maydalanadi va o’rta ichakka o’tadi, bundan tashqari oziqa suyuq qismdan ajratiladi. O’rta ichak to’g’ri naycha, xaltasimon yoki uzunchoq egri naycha shaklida bo’ladi. O’rta ichak turli xil vazifalarni bajaradi: fermentlar ajratadi, ovqat hazm bo’lishida qatna-shadi, unda hazm bo’ladigan mahsulotlar so’riladi va hazm bo’lmagan oziqa qoldiqlari orqa ichakka suriladi. Keyingi ichak xitin intimali bo’lib, ingichka, yo’g’on va to’g’ri ichaklarga bo’linadi. Ichakning Malpigi naychalari ochiladigan joyidan boshlanadigan bo’limida hazm bo’lgan oziqadagi suv so’rilib, ekskrement (tezak) hosil bo’la boshlaydi va u orqa (anal) teshik orqali chiqarib yuboriladi. Malpigi naychalari (Italiya olimi Malpigi nomiga qo’yilgan) hasharotlarning eng asosiy chiqaruv a’zosi hisoblanadi. Bu naychalar shiralardan tashqari hasharotlarning deyarli hamma turlarida bo’ladi. Malpigi naychalari uchki qismi yopiq va gemolimfada erkin suzib turuvchi ipsimon naychalardan iborat. Malpigi naychalarining ichki devori bir qavat epiteliy xujayralaridan iborat bo’lib, tashqi tomondan ba’zan parda bilan qoplangan, u gemolimfadan chiqindi mahsulotlarni so’rib olish uchun xizmat qiladi. Malpigi naychalarining miqdori hasharotlarda turlicha bo’lib, 2 tadan 200 tagacha boradi. Gemolimfadan malpigi naychalariga o’tgan moddalar ichak ichiga ajraladi va ekskrementlar bilan birga anal teshigi
orqali chiqarib yuboriladi. Hasharotlarning chiqarish tizimi. YUqorida qayd etilgan malpigi naychalaridan tashqari, hasharotlarda chiqarish faoliyatini ekzo - hamda endokrin bezlari ham amalga oshiradi. Endokrin bezlar qonga bevosita sekret yoki gormon moddalarni ishlab chiqaradi. Ular qon bilan tana bo’ylab harakat qilib, organizmda modda almashinuv jarayonini va hasharot rivojlanishini boshqaradi. Hasharotlarda uch xil endokrin bezlar, jumladan bosh miyaning neyrosekretor to’qimalari, old ko’krakda joylashgan protorakal bezlari va yondoshish bezlari yaxshi o’rganilgan. Hasharotning qoni yoki gemolimfa yagona suyuq to’qima bo’lib, plazma va qon tanachalari – gomotsidlardan tashkil topadi. Qon aylanish tizimi o’ziga xos holatda bo’lib, umurtqali hayvonlarnikidan jiddiy ravishda farq qiladi. U yopiq emas, qon tana bo’shlig’ini va a’zolar oralig’ini to’ldiradi, ularni yuvib turadi. Qonning bir qismigina maxsus qon aylanish a’zosi – orqa naychada aylanadi. Orqa naycha keyingi bo’lim – yurak va oldingi bo’lim aortaga bo’linadi. Orqa naycha pulslanadigan (kengayib-torayib turadigan) bir qator kameralardan, oldingi bo’lim esa oddiy naychaga o’xshash aortadan iboratdir. Hasharot organizmidagi qon yurak kameralarining kengayib-qisqarishi va diafragmaning ishlashi tufayli aylanib turadi. Pulsatsiya natijasida qon orqa naycha bo’yicha orqa tomondan oldinga qarab harakatlanadi. Kamera kengayganda (diastola) qon ostiya orqali unga kiradi, qisqarganda (sistola) esa, ro’y bergan qon bosimi tufayli oldingi klapanlar ochilib, keyingilari bekiladi va qon oldinga haydaladi. Qonning aylanishi orqa naycha orqali oldinga qarab, tana bo’shlig’ida esa orqaga qarab ro’y beradi. Nafas olish tizimi hasharotning tana to’qimalarini kislorod bilan bevosita ta’minlashga xizmat qiladi. U juda shoxlangan va butun tanadan o’tadigan behad ko’p havo naychalari – traxeyalardan iboratdir. Traxeyalar ko’krak va qorin segmentlarining yonlari bo’ylab juft-juft bo’lib joylashgan nafas teshiklaridan boshlanadi. Traxeyalarning boshlang’ich qismi yo’g’on bo’lib, keyin ingichkalasha boradi, ya’ni ko’plab traxeyalarga – traxeya kapillyarlariga shoxlab ketadi. Nafas olish harakatlari asosan qorin muskullarining qisqarishi tufayli ro’y beradi, bu