logo

Mikroorganizmlarni morfologiyasi, anatomiyasi va sistematikasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.5556640625 KB
Mavzu :   Mikroorganizmlarni morfologiyasi, anatomiyasi va  sistematikasi  
Reja:
1. Mikroorganizmlarning o‘lchamlari va guruhlanishi, prokariot va eukariotlar.
2. Bakteriyalar va ularning shakllariga qarab guruhlanishi.
3. Bakteriya hujayrasining tuzilishi.
4. Bakteriyalarning sporalar hosil qilish va harakatlanishi.
5. Mikroorganizmlarning sisematikasi va toksonomiyasi.
6. Zamburug‘lar,bakteriya, aktinomisetlarning ahamiyati, sistematikasi.
7. Tuproq suv o‘tlari va ularning asosiy vakllari.
8. Sodda organizmlar, ularning tuzilish ahamiyati.
9. Rikketsiya va mikoplazmalar, tuzilishi, ahamiyati.
10. Viruslar, tuzilishi, ahamiyati. 1.   Mikroblar   yer   yuzidagi   tirik   organizmlarning   eng  qadimiysidir.   Ular   yer
yuzida  3 mld yil   oldin paydo  bo‘lgan.  Ba’zi   olimlarning fikrlariga  qaraganda  yer
yuzidagi hayot mikroblardan boshlangan, yana boshqa bir olimlarning fikricha yer
yuzida avval hujayrasiz tirik organizmlar (arxebiontlar, fotobiontlar, protobiont va
boshq.)   bo‘lgan.Hayotning   rivojlanishi   oddiy   organizmlardan   murakkab
organizmlarga qarab taraqqiy etgan. 
Avvalo   viruslar   paydo   bo‘lib,   undan   so‘ng   riketsiyalar,   mikoplazmalar,
bakteriyalar, ko‘k-yashil suvutlari, zamburug‘lar, o‘simliklar va nihoyat hayvonlar
vujudga kelgan.
Ko‘pgina   mikroblarning   xarakterli   xususiyati   ularning   bir   hujayraligidir.
Boshqa   mikroorganizmlardan   ancha   kattaroq   bo‘lgan   zamburug‘lar   bundan
mustasno.   Bularning   orasida   ko‘p   hujayrali   organizmlar   uchraydi.
Mikroorganizmlarning   katta-kichikligi   mikrometr   (10 -6
m)   bilan   o‘lchanadi   SI
birligi sistemasida mkm deb belgilanadi.
Shar   simon   mikroblarning   diametri   0,7   dan   1,2,   tayoqchasimonlarning
uzunligi   1 dan 10, eni 0,5-1 mkm gacha bo‘ladi. Viruslarning hajmi ju4da mayda,
shu sababli ular   nanometr  (nm) bilan belgilanadi. (1 nm = 10 -9
m).
Ipsimon   mikroorganizmlar   uzun   bo‘lib,   bir   necha   o‘n   mikrometrga   yetadi.
Mikroblarning   hajmi   juda   mayda   bo‘lib,   bir   tomchi   suvda   bir   necha   million
mikroblar joylashishi mumkin.
Tabiatda uchraydigan mikroorganizmlar asosan beshta katta guruhga bo‘linadi:
1. Bakteriyalar.
2. Zamburug‘lar.
3. Sodda organizmlar.
4. Riketsiyalar.
5. Filtrlovchi viruslar.
Mikroorganizmlar   dunyosi   keng   va   xilma-xil   bo‘lganligi   sababli   ularni
tekshirish   usullari   doimo   mukammal   emas.   Ularni   klassifikasiyalashda   anchagina
qiyinchiliklarga   duch   kelinadi.   Ammo   shunga   qaramay,   dunyodagi
mikroorganizmlarning   bir-biriga   o‘xshash   belgilari   hisobga   olinib,   guruhlarga ajratilib   klassifikasiya   qilinyapti.   Avvalo   mikroorganizmlarni   klassifikasiya
qilishda   ularning   morfologik   belgilariga   asoslanilardi.   Keyinchalik   mikroblarni
sistemaga solishda morfologik belgilar bilan birga fiziologik belgilar ham hisobga
olinadigan   bo‘ldi.   Hozirda   hamma   hujayrali   jonivorlar   hujayrasining   tuzilishiga,
o‘zoq va organellalarning sitoplazma bilan munosabatiga, qabig‘ining tarkibiga va
boshqa belgilariga qarab ikkita guruhga bo‘linadi:
1. Prokariotlar.
2. Eukariotlar.
Prokariot   mikroorganizmlarda   o‘zoq   modda   va   organellalar   sitoplazmadan
mahsus parda bilan ajratilmagan.
Eukariotlar   gruppasidagi   mikroorganizmlarda   esa   o‘zoq   va   organellalar
maxsus pardalar bilan o‘ralgan va shu4 parda ularni sitoplazmadan ajratib turadi.
Mikroorganizmlarning   toloy   qismi   (bakteriyalar,   aktinomisetlar,
spiroxetalar,   riketsiyalar   va   ko‘k-yashil   suv   o‘tlar)   prokariot   guruhiga   kiradi,
qolganlari   (achitqi,   mog‘or   zamburug‘lar,   mikroskopik   suv   o‘tlar   va   sodda
organizmlarning ba’zilari) eukariot guruhiga kiradi.
2.   Bakteriya   –   lotincha   so‘z   bo‘lib,   tayoqcha   ma’nosini   bildiradi.
Bakteriyalar o‘simlik, odam va hayvonlarning kasallanishlariga sababchilar orasida
katta   o‘rin   tutadi.   Bakteriyalar   bir   hujayrali,   xlorofilsiz,   prokariot   turli
organizmlardir. Tashqi ko‘rinishi jihatidan 4 ta asosiy:
1. Kokklar – sharsimon bakteriyalar. (Kokkus – lotincha don).
2. Bakteriya va basillalar – tayoqchasimon.
3. Vibrion va spirillalar – bukilgan va spiralsimon
4. Xlomidobakteriyalar – ipsimon guruhlarga bo‘linadi.
1 .   Kokkler   –   (lotincha   kokkus   -   don)   sharsimon   bakteriyalardir.   O‘zoro
joylashishiga   qarab   monokokk,   diplokokk,   tetrokokk,   streptokokk,   stafilokokk   va
sarsinalarga bo‘linadi.
Monokokklar (mono – grekcha bir, yakka ma’nosini bildiradi) bo‘lingandan keyin
har qaysisi alohida joylashadi. Diplokokklar   (di   –   grekcha   ikki,   juft)   bir   tekislikda   bo‘linadi   va   juft-juft   bo‘lib
joylashadi.
Tetrokokklar   –   (tetra   –   grekcha   to‘rt)   o‘zoro   perpendekulyar   ikki   tekislikka
bo‘linadi va to‘rttadan joylashadi.
Streptokokklar (streptus – grekcha zanjir) zanjirsimon joylashadi.
Sarsinalar   (sarsio   –   lotincha   bog‘layman)   o‘zaro   perpendekulyar,   uch   tekislikka
bo‘lingan kokklar ular 8 – 16 ti
 dan to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi.
Stafilokokklar   (stafilokokkus   –   lotincha   shingil)   tartibsiz   uzum   shingili   shaklida
joylashadi.
2 .   Tayoqchasimon   –   o‘z   navbatida   3   ga   bo‘linadi:   bakteriyalar,   basillalar,
klostridiyalar.   Bakteriyalar   spora   hosil   qilmaydigan,   basillalar   spora   hosil
qiladigan,   klostridiyalar   ham   spora   hosil   qiladigan   yig‘simon   bakteriyalar
hisoblanadi.
3. Spiralsimon bakteriyalar – bularga vibrionlar (vibrio – lotincha egilaman) vergul
shaklli bir burmali.
Spirillalarga   (spira   –   lotincha   buralaman)   2   –   3   hatto   beshtagacha   burmali
mikroblar kiradi.
Spiroxetalar juda ko‘p mayda, uzun va ingichka burmali bakteriyalar kiradi.
4.   Xlamidobakteriyalar odam va hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atadigan bakteriyalar
bo‘lmaydi.   Ularga   tiniq   suv   omborlarida   yashaydigan   oltingugurt   va   temir
bakteriyalari kiradi.
3.     Bakteriya   hujayrasi   qabiq,   protoplazma   va   o‘zakli   moddalardan   iborat.
Bulardan tashqari, ayrim bakteriyalarda doimiy bo‘lmagan harakatlanish organlari
–   xivchinlar,   noqulay   sharoitda   muayyan   turining   saqlab   qolish   vazifasini
bajaradigan g‘ilof ham bo‘ladi.  
Bakteriya   hujayrasining   qobig‘i   3   ta   yoki   5   ta   qavatdan   iborat   bo‘lib,   zich   va
elastikdir.   Bakteriyalar   odatdagi   shaklini   saqlab   turishi   bilan   doimo   shaklini o‘zgartiruvchi   amyobalardan   farq   qiladi,   besh   qavatli   qobiqningtarkibida   asosan
aromatik,   oltingugurtli   va   boshqa   moddali   aminokislotalar,   oddiyroq   tuzilgan   3
qavatli grammusbot bakteriyalar hujayrasining qobiq tarkibida quruq modda, 80%
gacha glikopeptid murin bo‘ladi. Umumiy mikrob hujayrasining tarkibidagi quruq
moddalarning   1/5   mikrob   hujayrasining   qobig‘ida   joylashadi.   Grammusbot
mikroblar qobig‘ining qalinligi 50 nm, grammanfiy mikroblar qobig‘ining qalinligi
esa 15 nm. Bakterial qobiq elektron mikroskopda ravshan ko‘rinadi.
Bakteriya   sitoplazmasi   –   yarim   suyuq,   tiniq   va   rangsiz   modda.   Sitoplazma
kolloidlarning   dispers   aralashmasidir.   Uning   tarkibida   suv,   oqsil,   uglevodlar,
lipidlar,   mineral   va   boshqa   moddalar   bor.   Sitoplazmaning   zichligi   yuqori   bo‘lib,
tarkibida   10-20   nm   li   mayda   zarrachalar   mavjud.   Zarrachalar   60%   RNK,   40%
proteindan iborat ribonukleoproteidlar va ribosoma nomini olgan.
Bakteriyalarning   o‘zagi   (nukleid   nukleoplazma)   –   zichlashmagan   va   uning
moddasi   g‘uj   bo‘lmaydi.   Prokariotlar   o‘zagida   DNK   ning   ikki   qavatli   iplaridan
iborat dum-dumaloq bo‘ladi. U sitoplazmada hyech qachon parda bilan ajralmaydi.
Bakteriya   va   ko‘k-yashil   suv   o‘tlarining   o‘zagi   diffuz   holatda   va   3   nm   –   5   nm
yo‘g‘onlikdagi DNK fibrillalar bilan to‘lgan.
G’ilof   (kapsula).   Qobiqning   shilimshiq   qavati   juda   ham   rivojlangan   bo‘lib,
bakteriyalarning   kapsulasini   hosil   qiladi.   Kapsulaning   tarkibida   polisaxaridlar,
glyukoproteidlar   va  98%   gacha  suv   bor.  G’ilof  bakteriyalar   organizmga  kirganda
yoki qon qo‘shilgan sun’iy oziq muhitida o‘stirilgan hosil bo‘ladi. U bakteriyalarni
himoya   qilish   vazifasini   o‘taydi,   jumladan,   bakteriyalarni   qon   leykositlari
tomonidan,   qurishdan,   antitelalardan   saqlaydi.   Ko‘pchilik   bakteriyalar
kapsulalarida 3-4 ta bakteriyalar joylashadi va zooglel deyiladi.
4.   Ko‘pincha   tayoqchasimon   bakteriyalar   spora   hosil   qilib,   muayyan   turining
saqlanib qolishiga imkon beradi. Kokklarda spora hosil bo‘lishi juda kam uchraydi.
Vibrion va spiralsimonlarda spora hosil bo‘lishi noma’lum. Spora hosil qiluvchilar
ko‘pincha   havo,   suv   va   hayvonlarning   tanasida   yashovchi   saprofit   mikroblardir.
Hayvonlarda yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarda ham spora hosil qiluvchilari bor (qoqshol,   batulizm,   kuydirgi,   anaerob   infeksiyalar).   Hayvonlar   organizmida
noqulay sharoitda ham sporalar hosil bo‘ladi .
Spora hosil bo‘lish 4 bosqichdan iborat.
1. Tayyorlashning stadiyasi.
2. Spora oldidagi stadiya.
3. Qobiq hosil bo‘lish stadiyasi.
4. Yetilish stadiyasi.
Sporalar 253 0
 S  sovuqda o‘z hayot faoliyatlarini saqlab qoladilar. 100 0
S’haroratda
bakteriya turiga qarab 180-1200 minutgacha chidaydi.
Sporalar bakteriya hujayrasining turli yerlarida joylashishi mumkin. U hujayraning
o‘rtasida o‘rnashsa markaziy spora, bir uchida bo‘lsa – terminal spora, bir uchiga
yaqin joylashsa subterminal spora deyiladi. Sporalarningjoylashishi laboratoriyada
mikroblar   turini   aniqlashda   katta   ahamiyatga   ega.   Sporalar   ustki   ekzina   va   ichki
intina   qavatlardan   iborat   bo‘lib,   ekzina   avati   sitoplazmani   tashqi   faktorlar
ta’siridan saqlaydi, intina esa sporaning o‘sib chiqishga yordam beradi.
Sporalar   yaxshi,   qulay   sharoitga   tushganda,   o‘sishni   davom   ettiradilar.   Sporalar
basillalarning  ko‘payishi   uchun   xizmat   qilmaydi,   balki   muayyan   turning   saqlanib
qolishi uchun imkon beradi va basillalarda ko‘pincha faqat bittadan hosil bo‘ladi.
Xivchinlar.  Harakatlanadigan bakteriyalar 2 guruhga bo‘linadi.
1. Emaklaydiganlar (sirg‘aladiganlar, polzuchiye)
2. Suzadiganlar
Emaklaydiganlarning   tanasi   sathda   to‘lqinli   harakatlanadi.   Bularda   harakatlanish
organlari   (xivchinlar)   bo‘lmaganligi   sababli,   bir   yerdan   ikkinchi   yerga   ilonga
o‘xshab sirg‘aladi.
Suzadiganlar   esa   suyuqlikda   mahsus   bakteriya   hujayrasidan,   ingichka,   uzun
protoplazmatik   tuzilmalar   shaklida   chiqib,   qobiqdagi   maxsus   teshiklardan
o‘tadigan harakatlanish organlari orqali harakatlanadi, bu harakatlanish organlariga
xivchinlar deb aytiladi. Xivchinlarning   hajmi:   yo‘g‘onligi   0,02-0,06   mkm   va   uzunligi   6-9   mkm,
ba’zilarining   (spirallilarda)   uzunligi   80-90   mkm   gacha   bo‘ladi .   Xivchinlarning
qisqa yoki uzun bo‘lishi bakteriya turiga bog‘liq. Odatda bakteriya tanasi  xivchin
uzunligidan 20 marta qisqa bo‘ladi. Nitrozamonaz yavonenzis bakteriyalar xivchini
tanasiga nisbatan 50 marta uzundir.
Xivchinlarning soniga va joylashishiga ko‘ra bakteriyalar 4 ta guruhga bo‘linadi.
1. Monotrix   bakteriyalar   tanasining   bir   uchida   faqat   bittagina   xivchin
bo‘ladi.
2. Lofotrix bakteriyalar tanasining bir uchida bir tutam xivchinlar bo‘ladi.
Bu   ikkita   guruhga   mansub   bakteriyalar   xivchinlar   yo‘q   tomonga   qarab,   to‘g‘ri
chiziq shaklida xarakatlanadi.
3. Amfotrix bakteriyalarda xivchinlar ikki uchida bir tutamdan bo‘ladi.
4. Peritrix bakteriyalarda xivchinlar tanasining hamma tomonidan chiqqan
bo‘ladi.
Bu   ikkita   guruhga   mansub   bakteriyalar   esa   tartibsiz   harakatlanib,   har   tomonga
qarab dumalaydi.
Bakteriyalarning   harakatlanish   tezligi   ham   turiga   qarab   har   xil   bo‘ladi.   Ularning
qupchiliki   1   sekundda   o‘z   tanasining   uzunligiga   teng   keladigan   masofani
boshqalari esa o‘z tanasi uzunligiga nisbatan 10-15 marta ko‘p bo‘lgan masofani 1
sekundda bosib o‘tadi.
Masalan:   2   mkm   uzunlikdagi   vabo   vibrioni   bir   sekundda   20-30   mkm   masofani
bosib o‘tadi.
Eng tez harakatlanadigan monotrix bakteriyalardir. Bularning harakatlanish tezligi
bir sekundda 60 mkm gacha boradi . 
Mikroorganizmlar   keng   va   xilma-xil   bo‘lganligi   sababli   ularni   tekshirish   usullari
doimo   mukammal   emas.   Ularni   klassifikasiyalashda   anchagina   qiyinchilikklarga
duch   kelinadi.   Ammo   shunga   qaramasdan   dunyoda   mikroorganizmlarning   bir-
biriga o‘xshash  belgilariga qarab, guruhlarga ajratilib, klassifikasiya qilishmoqda. Hozirgi   sharoitda   miroorganizmlarni   klassifikasiya   qilishda   ularning   fenotipik   va
genotipik belgilari hisobga olinmoqda.
Mikroorganizmlarning   ba’zilari   o‘simliklar,   ba’zilari   hayvonot,   yana   bir
boshqalari esa o‘simlik va hayvonot dunyosining orasida turadi.
Tabiatdagi   mikroorganizmlar   morfologiyasi,   fiziologiyasi,   finotip   va
ginotiplarga qarab qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Bakteriya.
2. Zamburug‘.
3. Suv o‘tlari.
4. Sodda organizmlar.
5. Rikketsiyalar.
6. Viruslar.
Mikroorganizmlarni belgilashda binor (qo‘shaloq) nomenklatura qo‘llaniladi
va   o‘ziga   avlod   hamda   turni   oladi.   Eng   oddiy   taksopolik   birlik   bu   tur,   turlar
birlashib avlodlarni, avlodlar oilani hosil qiladi. Oilalar qatorlarga birlashadilar va
qatorlar   sinflarni   tashkil   qiladi.   Masalan:   Ascomycetes   (Haltali   zamburug‘lar)
sinfi, Pletes cales (boshqa xaltali tartibi. Aspergiliaceae oilasi, Aspergillus va niger
turi (Fungi). 
  Zamburug‘larning tuzilishi bakteriyalarning tuzilishidan ancha murakkab. Ularda
xlorofill bo‘lmaganligi uchun yuqori darajali o‘simliklardan farq qiladi.
 Zamburug‘lar geterotroflar va oziq muhitlariga talabchan emas.  Ular har xil
substratlarda   yashayveradilar,   kislorodga   ham   muhtoj   emas.   Sovuqqa   nihoyatda
chidamli bo‘lib, xujayralari ko‘pincha chuziq shaklda va ipga o‘xshaydi. Ipsimon
xujayralar   giflar   deb   ataladi,   ular   o‘sib   shoxlaydi   va   chigal   zamburug‘   tanasi
miseliyni   hosil   qiladi.   Zamburug‘   miseliysi   oziq   muhitining   ichiga   o‘sib   kiradi.
Zamburug‘lar   ba’zan   oddiy   bo‘linish   yo‘li   bilan,   ammo   ko‘pincha   spora   hosil
qilish – jinsiy yo‘l bilan ham ko‘payadi.
Hamma zamburug‘lar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Yuqori darajali.
2. Tuban (eng oddiy). Bular bir qancha marfalogik va fizialogik belgilarga ko‘ra 5 sinfga:
1. Arxemisetlar.
2. Fikomisetlar.
3. Askomisetlar.
4. Bazidiomesetlar.
5. Takomillashmagan zamburug‘lar (70 mingdan ortiq turi ma’lum).
Qishloq   xo‘jalik   mikrobiologiyasi   uchun   fikomisetlar,   askomi-setlar,
bazidiomesetlar va takomillashmagan zamburug‘larning ayrim turlari muhimdir. 
1.   Phycomycetes   fikomisitlar   sinfiga   tabiatda   juda   keng   tarqalgan   bir
xujayrali   mog‘or   zamburug‘lari   kiradi.   (Mucoraceoe)   mog‘or   zamburug‘lari   juda
tormoqlangan   bitta   xujayraldan   iborat   shoxlangan   misemiy   hosil   qiladi,   undan
uchidan spora bilan to‘lgan sharsimon sporangiyli meva hosil qiluvchi giflar ajralib
chiqadi.   Sporangiy   hosil   bo‘lishida   sporangiy   bandining   uchi   sharsimon   bo‘lib
shishadi va to‘siq bilan ajraladi. Bundan keyin sporangiy protaplazmasi bir necha
ming ovalsimon sporalarga bo‘linadi, uning po‘sti esa suv hatto nam havo ta’sirida
osongina yoyilib ketish xususiyatiga ega. Bunda sporalar po‘stdan ajraladi va o‘sib
yangi   misemiy   hosil   qiladi.   Fikomisetlar   jinsiy   ko‘payganda   zigosparalar   hosil
qiladi.
2. Ascomycetes (xoltali zamburug‘lar) sinfi.  Bu sinf 2 ta tartibga:
1. Protacoles boshdang‘ich xoltali zamburug‘lar.
2. Plektoscoles murakkab xoltali zamburug‘larga bo‘linadi.
Boshlang‘ich   xoltali   zamburug‘larga   achitqi   (turush)   zamburug‘lari   kiradi.
Achitqilar   bo‘linish   yoki   kurtaklanish   yo‘li   bilan   vegetotiv   ko‘payadi.   Achitqi
zamburug‘lari jinsiy ko‘payganda askosporalar hosil qiladi. Askosparalar yumaloq
shaklda, silliq po‘st bilan o‘ralgan. Ular urug‘lanmasdan partiynogenez yo‘li bilan
ko‘payadi.   Dastlabki   jinsiy   prosess   ayrim   achitqilarda  ro‘y   beradi,  bunda   xujayra
yadrolari   bir-biriga   qo‘shiladi.   Kopulyasiya   vaqtida   yonma-yon   turgan   xujayralar
o‘simtalar   hosil   qiladi.   O‘simtalar   bir-biriga   yaqinlashib,   qo‘shilganda   orasidagi
to‘siq   erib,   ichki   moddalar   qo‘shilib   ketadi.   Bunda   bir   qancha   sporalar   (4-8   ta) hosil   bo‘ladi.   Bakteriyalar   sporalardan   farqli   o‘laroq   zamburug‘   sporalari
ko‘payish uchun xizmat qiladi.
Murakkab   xoltali   zamburug‘lar   sinfiga   Aspergilliaceae   oilasi   kiradi.   Bu
oilaga o‘lik organik qoldiqlarda soprofit holda yashaydi. Vegtativ ham jinsiy yo‘l
bilan   ko‘payadi.   Vegtativ   ko‘payish   konidiya   bandlar   hosil   qilishi   bilan   bog‘liq.
Konidiyabandlar uchida spora hosil qiladi.
Ko‘pgina   avlodlari   organik   moddalarning   minerallashuvchida   muhim   rol
o‘ynaydi. Sanoatda achitqilar, antibiotiklar, limon kislotalar olishda foydalaniladi.
3.   Basidiomycites   (bezidiyali)   zamburug‘lar   sinfining   vakillari   yuqori
bazidiyali zamburug‘larga kiradi.
Merilius   avlodi   yog‘ochni   tez   ishdan   chiqaradi.   Zamburug‘   misimesi
yog‘ochga o‘tib, dastlab paxtaga o‘xshash oq hosil qiladi.
Yog‘ochlarda   kundalang   yorug‘lar   paydo   bo‘lib,   osongina   kukunlanadigan
bo‘lib  qoladi.  Zamburug‘   rivojlanish   uchun  yog‘och  30  %,  havo   esa  60  %   gacha
nam bo‘lishi kerak. 
Bolitus   avlodi   shlyapa   ko‘rinishdagi   yumshoq   seret   tana   hosil   qilishi   bilan
ajralib   turadi.   Shlyapaning   ostida   spora   hosil   qiladi.   Ko‘p   turlari   bizga   yeyish
mumkin   bo‘lgan   zamburug‘   sifatida   ma’lum.   Ba’zi   avlodlari   ko‘pchilik
o‘simliklarning  ildizi   uchlarining  zamburug‘  giflari  bilan  birlashib  mikoriza   hosil
qiladi. Natijada o‘simlik va zamburug‘  o‘rtasida  ma’lum xamkorlik paydo bo‘lib,
ikkala organizm ham yaxshi rivojlanishi mumkin. Shunga ko‘ra o‘ziga xos sinbeoz
holat paydo bo‘ladi va ildizidan mikoriza hosil bo‘lgan daraxtlar hosili ortadi.
4.   Fundi   jmperfekti   (takomillashmagan)   zamburug‘lar   vakillari   to‘proqda
uchraydi. 
Pxoma   avlodi   ba’zi   o‘simliklar   ildizida   yashab   (sinblez)   mikoriza   hosil
qiladi.
Fusareum   avlodi   o‘simliklarda   turli   xil   kasalliklarni   keltirib   chiqaradi.
Qonidillarning   alohida   shakli   bilan   xarakterlanadi.   Konidillari   oddiy,   uroqsimon
egilgan va to‘siqlar bilan bir necha qismlarga bo‘lingan.
Grekcha aktiye – nur, mikoye – zamburug‘. Aktinomisetlar   (AKTinomycetoles)   tartibi.   Tuban   zamburug‘lar   va
bakteriyalarning   belgilarini   olib,   shu   mikroorganizmlar   oralig‘ida   joylashgan.
Tayoqchasimon   bo‘lishi,   haqiqiy   o‘zagining   bo‘lmasligi,   sitoplazma   va   xujayra
po‘stining   kimyoviy   tarkibi,   anilin   buyoqlar   va   gramusbat   bo‘lishi   35-37 o
S
haroratda   go‘sht   –   pepton   agar,   sun’iy   oziq   muhitlarida   o‘sishlari   bilan
bokteriyalarga yaqin turadi. Bir xujayrali misiy milarning havoli spora va misilillar
parchalanishi   orqali   ko‘payishi,   zich   oziq   muhitlarida   havoli   misiylilar   bilan
qoplanib, kaloniyalar hosil qilish esa tuban zamburug‘larga yaqinlashtiradi.
Geltner va Shtelmerlarning aytishicha tuproqdagi mikroorganizmlarning 20-
30   %   ini   aktinaliseblar   hosil   qiladi.   Ular   tuproq   strukturasini   yaxshilab   unda
mahsus   hid   hosil   qiladi.   Oqsil   illilyuloza   kabi   murakkab   organik   moddalarni
chirishida   va   gumin   birikmalarini   hosil   qilishda   qatnashdilar.   Aktinomisitlarning
ba’zi   turlari   o‘zida   antibiotik   (streptolisin,   levomisitin,   tetrosiklin   va   h.k.)   ishlab
chiqaradi va shu antibiotiklar dori-darmon sifatida qo‘llaniladi.
Tepik   aktinomesetlardan   prooktinomisit   avlodiga   mikroorganizm-lar   ancha
farq   qiladi.   Prooktinomisitlar   rivojlanishining   dastlabki   davrlarda   miseletning
hammasida yoki ayrimlarida ko‘ndalang pardalar hosil bo‘lib, ular tayoqchasimon
qislarga   bo‘linadi.   So‘ng   bu   tayoqchasimon   bo‘laklardan   ular   navbatida
kokksimon sporalar hosil bo‘ladi. Sporalar jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. 
 Tuproqda zamburug‘lar bilan birga juda ko‘p yashil, ko‘k, yashil va diotom
suv o‘tlari uchraydi. To‘proq mana shu organizmlarning bir qismi uchun tasadifiy
yashash joyi hisoblansa, qolgan qismi to‘proqda yashashga moslashgan. Ko‘pincha
to‘proq   haydalganda   to‘proq   yuzasi   yashil   g‘ubor   bilan   qoplanadi,   bu   to‘proqda
suv   o‘tlarining   ko‘pligidan   darak   beradi.   Suv   o‘tlari   to‘proqda   ko‘p   bo‘lsa,
to‘proqni uglevodlar bilan boyitadi, azot to‘plovchi bakteriyalarning rivojlanishini
tezlashtiradi.
Chlorophyceae (yashil suv o‘tlar) Xlominada oilasi xujayrasida yashil rangli
xlorofil   donachali   xrolitofori   bor.   Bir   xujayrali   xarakatchan   forma   bo‘lib   jinssiz
yo‘l bilan ko‘payadi. Protoplasti 8 tagacha bo‘linib, 2ta dan xivchinlar hosil qiladi
va zoosporalar hosil qiladi. Jinsiy yo‘l bilan ham ko‘payadi. Cyanohyceae (ko‘k yashil suv o‘tlar). To‘proqda keng tarqalgan. Atmos-fera
azotini o‘zlashtirib yerni azot bilan boyitadi.
Diatomeae (diatom suv o‘tlari) vakillari tuproqda ko‘p uchraydi. Ikki pallali
chanoqdan   iborat   kosachasining   borligi   bilan   boshqa   suv   o‘tlaridan   farq   qiladi.
Oddiy   bo‘linish,   zoospora   hosil   qilish   va   jinsiy   (kopulyasiya)   yo‘llar   bilan
ko‘payadi.
  Sodda   organizmlar   –   bir   xujayrali   bakteriyalar   bo‘lib,   xujayralari
protoplazmadan   yaqqol   ajralib   turuvchi   o‘zakdan   iborat.   Xujayralarning   qobiqsiz
protoplazmasi   har   tomondan   soxta   oyoqlar   hosil   qilib,   ular   yordamida
xarakatlanadi.   Ko‘pincha   xivchin   yoki   kiprikchalari   yordamida   xarakatlanadi.
Xujayra qobig‘i yo‘q, buning o‘rniga protoplazma tashqi qismi joylashgan. Ayrim
hollarda   zich   qobiq   bilan   o‘ralib   sporaga   o‘xshash   sista   hosil   qiladi   va   xujayra
haytining chidamli shakli hisoblanadi.
Oddiy   bo‘linishi   va   jinsiy   yo‘l   bilan   ko‘payadi.   Odam,   hayvon   kasalliklar
qo‘zg‘atadi.
Riketsillar   turli   shaklli   polimorf   grammanfiy   mikroblardir.   Xujayralar
tarkibida   DNK,   RNK,   oqsil   va  46   %   gacha   lipidlar   bor.   Shakli   va   hajmiga  ko‘ra
ular   bakteriyalarga,   kultural   va   biologik   xususiyatlariga   ko‘ra   esa   viruslar
oralig‘idagi   joyni   egallaydi.   Riketsillar   asosan   bit,   kana,   burgalarda   parazitlik
qiladi,   odam   yoki   hayvon   organizmiga   kirsa   kasallik   qo‘zg‘aydi.   1909   yilda
R.Rikekets   topgan.   P.F.Zdrovskiy   4   turga   bo‘lgan.   1.   kokksimon.   2.
tayoqchasimon. 3. boqillar. 4. ipsimon. Kopsula hosil qilmaydi. Odam va hayvon
organizmida   rivojlanib,   sun’iy   oziq   muhitida   o‘smaydi.   Ko‘pgina   yuqumli
kasalliklarni qo‘zg‘atadi.
Mikoplazmalar   (PPIO)   va   bakteriyalarni   –   L   shakli.   Ular   polimorf,   turli
shakldagi mikroorganizmlar, nihoyatda mayda haqiqiy bakteriyalardan qobig‘idagi
devori   yo‘qligi   bilan   farqlanadi.   Mikoplazmalarning   PPLO   guruhi   ingliz   tilida
«Plevroppevmoniya   layk   organizme»   deb   yuritiladi.   Grommanfiy   mikoplazmalar
ko‘pincha   xarakatsiz,   sporalar   hosil   qilmaydi.   Bakteriyani   filtrlardan   o‘tadi.
Shuning   uchun   ular   bakteriya   va   viruslvr   oralig‘idagi   organizmlardir. Mikoplazmalar   orasida   odam,   hayvon   va   o‘simliklarda   kasallik   qo‘zg‘atuvchi
mikroorganizmlar ham bor.
Virus so‘zi tarjima qilinganda zaxar ma’nosini  bildiradi. Hozirgi vaqtgacha
odam,   hayvon   va   o‘simliklarda   kasallik   qo‘zg‘atuvchi   viruslarning   soni   500   dan
ziyotroq.   Viruslarning   yangi   turlarini   kashf   etish,   ularning   marfalogiyasi   va
biologiyasini chuqur o‘rganish natijasida klasifikasiyaning yangi sxemalari tavsiya
etilgan.   1965   yilda   Moskvada   o‘tgan   mikrobiologlarning   Halqaro   1xkongressida
viruslarning   yangi   klasifikasiyasi   qabul   qilindi.   Viruslar   tarkibidagi   nuklein
kislotalarga   ko‘ra   ikki   guruhga:   RNK   virus   va   DNK   viruslarga   bo‘linadi.   1970
yildi   Mexiko   shaxrida   bo‘lib   o‘tgan   mikrobiologlarning   Halqaro   X   –   kongresida
RNK   va   DNK   viruslar   o‘z   navbatida   bir   nechta   avlodlarga   bo‘linganligi   ma’lum
bo‘ldi.
Avlodlar   o‘z   navbatida   odam,   hayvon   va   o‘simliklarda   yuqumli   kasalliklar
qo‘zg‘atadigan   turlarga   bo‘linadi.   Viruslar   nihoyatda   mayda   bo‘lib   nm   bilan
o‘lchanadi. Xajmi 20 dan 350 nm gacha bo‘ladi.

Mavzu : Mikroorganizmlarni morfologiyasi, anatomiyasi va sistematikasi Reja: 1. Mikroorganizmlarning o‘lchamlari va guruhlanishi, prokariot va eukariotlar. 2. Bakteriyalar va ularning shakllariga qarab guruhlanishi. 3. Bakteriya hujayrasining tuzilishi. 4. Bakteriyalarning sporalar hosil qilish va harakatlanishi. 5. Mikroorganizmlarning sisematikasi va toksonomiyasi. 6. Zamburug‘lar,bakteriya, aktinomisetlarning ahamiyati, sistematikasi. 7. Tuproq suv o‘tlari va ularning asosiy vakllari. 8. Sodda organizmlar, ularning tuzilish ahamiyati. 9. Rikketsiya va mikoplazmalar, tuzilishi, ahamiyati. 10. Viruslar, tuzilishi, ahamiyati.

1. Mikroblar yer yuzidagi tirik organizmlarning eng qadimiysidir. Ular yer yuzida 3 mld yil oldin paydo bo‘lgan. Ba’zi olimlarning fikrlariga qaraganda yer yuzidagi hayot mikroblardan boshlangan, yana boshqa bir olimlarning fikricha yer yuzida avval hujayrasiz tirik organizmlar (arxebiontlar, fotobiontlar, protobiont va boshq.) bo‘lgan.Hayotning rivojlanishi oddiy organizmlardan murakkab organizmlarga qarab taraqqiy etgan. Avvalo viruslar paydo bo‘lib, undan so‘ng riketsiyalar, mikoplazmalar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvutlari, zamburug‘lar, o‘simliklar va nihoyat hayvonlar vujudga kelgan. Ko‘pgina mikroblarning xarakterli xususiyati ularning bir hujayraligidir. Boshqa mikroorganizmlardan ancha kattaroq bo‘lgan zamburug‘lar bundan mustasno. Bularning orasida ko‘p hujayrali organizmlar uchraydi. Mikroorganizmlarning katta-kichikligi mikrometr (10 -6 m) bilan o‘lchanadi SI birligi sistemasida mkm deb belgilanadi. Shar simon mikroblarning diametri 0,7 dan 1,2, tayoqchasimonlarning uzunligi 1 dan 10, eni 0,5-1 mkm gacha bo‘ladi. Viruslarning hajmi ju4da mayda, shu sababli ular nanometr (nm) bilan belgilanadi. (1 nm = 10 -9 m). Ipsimon mikroorganizmlar uzun bo‘lib, bir necha o‘n mikrometrga yetadi. Mikroblarning hajmi juda mayda bo‘lib, bir tomchi suvda bir necha million mikroblar joylashishi mumkin. Tabiatda uchraydigan mikroorganizmlar asosan beshta katta guruhga bo‘linadi: 1. Bakteriyalar. 2. Zamburug‘lar. 3. Sodda organizmlar. 4. Riketsiyalar. 5. Filtrlovchi viruslar. Mikroorganizmlar dunyosi keng va xilma-xil bo‘lganligi sababli ularni tekshirish usullari doimo mukammal emas. Ularni klassifikasiyalashda anchagina qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ammo shunga qaramay, dunyodagi mikroorganizmlarning bir-biriga o‘xshash belgilari hisobga olinib, guruhlarga

ajratilib klassifikasiya qilinyapti. Avvalo mikroorganizmlarni klassifikasiya qilishda ularning morfologik belgilariga asoslanilardi. Keyinchalik mikroblarni sistemaga solishda morfologik belgilar bilan birga fiziologik belgilar ham hisobga olinadigan bo‘ldi. Hozirda hamma hujayrali jonivorlar hujayrasining tuzilishiga, o‘zoq va organellalarning sitoplazma bilan munosabatiga, qabig‘ining tarkibiga va boshqa belgilariga qarab ikkita guruhga bo‘linadi: 1. Prokariotlar. 2. Eukariotlar. Prokariot mikroorganizmlarda o‘zoq modda va organellalar sitoplazmadan mahsus parda bilan ajratilmagan. Eukariotlar gruppasidagi mikroorganizmlarda esa o‘zoq va organellalar maxsus pardalar bilan o‘ralgan va shu4 parda ularni sitoplazmadan ajratib turadi. Mikroorganizmlarning toloy qismi (bakteriyalar, aktinomisetlar, spiroxetalar, riketsiyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlar) prokariot guruhiga kiradi, qolganlari (achitqi, mog‘or zamburug‘lar, mikroskopik suv o‘tlar va sodda organizmlarning ba’zilari) eukariot guruhiga kiradi. 2. Bakteriya – lotincha so‘z bo‘lib, tayoqcha ma’nosini bildiradi. Bakteriyalar o‘simlik, odam va hayvonlarning kasallanishlariga sababchilar orasida katta o‘rin tutadi. Bakteriyalar bir hujayrali, xlorofilsiz, prokariot turli organizmlardir. Tashqi ko‘rinishi jihatidan 4 ta asosiy: 1. Kokklar – sharsimon bakteriyalar. (Kokkus – lotincha don). 2. Bakteriya va basillalar – tayoqchasimon. 3. Vibrion va spirillalar – bukilgan va spiralsimon 4. Xlomidobakteriyalar – ipsimon guruhlarga bo‘linadi. 1 . Kokkler – (lotincha kokkus - don) sharsimon bakteriyalardir. O‘zoro joylashishiga qarab monokokk, diplokokk, tetrokokk, streptokokk, stafilokokk va sarsinalarga bo‘linadi. Monokokklar (mono – grekcha bir, yakka ma’nosini bildiradi) bo‘lingandan keyin har qaysisi alohida joylashadi.

Diplokokklar (di – grekcha ikki, juft) bir tekislikda bo‘linadi va juft-juft bo‘lib joylashadi. Tetrokokklar – (tetra – grekcha to‘rt) o‘zoro perpendekulyar ikki tekislikka bo‘linadi va to‘rttadan joylashadi. Streptokokklar (streptus – grekcha zanjir) zanjirsimon joylashadi. Sarsinalar (sarsio – lotincha bog‘layman) o‘zaro perpendekulyar, uch tekislikka bo‘lingan kokklar ular 8 – 16 ti dan to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Stafilokokklar (stafilokokkus – lotincha shingil) tartibsiz uzum shingili shaklida joylashadi. 2 . Tayoqchasimon – o‘z navbatida 3 ga bo‘linadi: bakteriyalar, basillalar, klostridiyalar. Bakteriyalar spora hosil qilmaydigan, basillalar spora hosil qiladigan, klostridiyalar ham spora hosil qiladigan yig‘simon bakteriyalar hisoblanadi. 3. Spiralsimon bakteriyalar – bularga vibrionlar (vibrio – lotincha egilaman) vergul shaklli bir burmali. Spirillalarga (spira – lotincha buralaman) 2 – 3 hatto beshtagacha burmali mikroblar kiradi. Spiroxetalar juda ko‘p mayda, uzun va ingichka burmali bakteriyalar kiradi. 4. Xlamidobakteriyalar odam va hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atadigan bakteriyalar bo‘lmaydi. Ularga tiniq suv omborlarida yashaydigan oltingugurt va temir bakteriyalari kiradi. 3. Bakteriya hujayrasi qabiq, protoplazma va o‘zakli moddalardan iborat. Bulardan tashqari, ayrim bakteriyalarda doimiy bo‘lmagan harakatlanish organlari – xivchinlar, noqulay sharoitda muayyan turining saqlab qolish vazifasini bajaradigan g‘ilof ham bo‘ladi. Bakteriya hujayrasining qobig‘i 3 ta yoki 5 ta qavatdan iborat bo‘lib, zich va elastikdir. Bakteriyalar odatdagi shaklini saqlab turishi bilan doimo shaklini

o‘zgartiruvchi amyobalardan farq qiladi, besh qavatli qobiqningtarkibida asosan aromatik, oltingugurtli va boshqa moddali aminokislotalar, oddiyroq tuzilgan 3 qavatli grammusbot bakteriyalar hujayrasining qobiq tarkibida quruq modda, 80% gacha glikopeptid murin bo‘ladi. Umumiy mikrob hujayrasining tarkibidagi quruq moddalarning 1/5 mikrob hujayrasining qobig‘ida joylashadi. Grammusbot mikroblar qobig‘ining qalinligi 50 nm, grammanfiy mikroblar qobig‘ining qalinligi esa 15 nm. Bakterial qobiq elektron mikroskopda ravshan ko‘rinadi. Bakteriya sitoplazmasi – yarim suyuq, tiniq va rangsiz modda. Sitoplazma kolloidlarning dispers aralashmasidir. Uning tarkibida suv, oqsil, uglevodlar, lipidlar, mineral va boshqa moddalar bor. Sitoplazmaning zichligi yuqori bo‘lib, tarkibida 10-20 nm li mayda zarrachalar mavjud. Zarrachalar 60% RNK, 40% proteindan iborat ribonukleoproteidlar va ribosoma nomini olgan. Bakteriyalarning o‘zagi (nukleid nukleoplazma) – zichlashmagan va uning moddasi g‘uj bo‘lmaydi. Prokariotlar o‘zagida DNK ning ikki qavatli iplaridan iborat dum-dumaloq bo‘ladi. U sitoplazmada hyech qachon parda bilan ajralmaydi. Bakteriya va ko‘k-yashil suv o‘tlarining o‘zagi diffuz holatda va 3 nm – 5 nm yo‘g‘onlikdagi DNK fibrillalar bilan to‘lgan. G’ilof (kapsula). Qobiqning shilimshiq qavati juda ham rivojlangan bo‘lib, bakteriyalarning kapsulasini hosil qiladi. Kapsulaning tarkibida polisaxaridlar, glyukoproteidlar va 98% gacha suv bor. G’ilof bakteriyalar organizmga kirganda yoki qon qo‘shilgan sun’iy oziq muhitida o‘stirilgan hosil bo‘ladi. U bakteriyalarni himoya qilish vazifasini o‘taydi, jumladan, bakteriyalarni qon leykositlari tomonidan, qurishdan, antitelalardan saqlaydi. Ko‘pchilik bakteriyalar kapsulalarida 3-4 ta bakteriyalar joylashadi va zooglel deyiladi. 4. Ko‘pincha tayoqchasimon bakteriyalar spora hosil qilib, muayyan turining saqlanib qolishiga imkon beradi. Kokklarda spora hosil bo‘lishi juda kam uchraydi. Vibrion va spiralsimonlarda spora hosil bo‘lishi noma’lum. Spora hosil qiluvchilar ko‘pincha havo, suv va hayvonlarning tanasida yashovchi saprofit mikroblardir. Hayvonlarda yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarda ham spora hosil qiluvchilari bor