Zamburug‘larning sistematikasi. Xitridiomisetlar sinfining tavsifi
Zamburug‘larning sistematikasi . Xitridiomisetlar sinfining tavsifi Reja: 1. Zamburug‘lar sistematikasi haqida ma’lumot. 2. Shilimshiqlar yoki miksomitsetlar haqida tushuncha 3. Xitridiomisetlar sinfining tavsifi va sistematikasi. 4. PLASMODIOPHORALES tartibining tavsifi va vakillari 5. MYXOCHYTRIDIALES tartibining tavsifi va vakillari 6. Rivojlanishining biologik va infektsion tsikllari
1. Zamburug‘larning sistematikasi haqida ma’lumot . Hozirgi vaktda kelib zaburug‘larning 100 000 dan ziyod turi bizga ma’lum bo‘lib, ular parazit va saprofit hayot kechirib, o‘simliklardagi ko‘pgina kasalliklarga sababchi bo‘ladilar. Ular asosan morfologik, fiziologik, biologik, sitologik va shunga o‘xshash xususiyatlarga asoslanib sistematikaga bo‘linadi. Zamburug‘lar sistematikasida alohida guruhlar (sinf, tartib, oila, turkum va h.k.) o‘rtasida tashkil topgan evolyusion, tabiiy aloqalar asosida tuzilgandir. Ularning ba’zi bir xususiyatlari o‘simlik xususiyatlariga o‘xshash bo‘lgani uchun (o‘sishi, ko‘payishi) hamda hayvonlarning xususiyati (glikogen modda va xitindan tashkil topganligi) mavjud bo‘lganligi uchun yangi guruhga ajratilgan. Bu guruxning nomi Fungi yoki Mycola. Sinf -Clasisi Tartib – Ordo Oila – Familiae Turkum – Yenus Tur - Species Hozirgir davr sistematikasi bo‘yicha zamburug‘lar 2 guruh va 6 ta sinfga bo‘linadi. Vegetativ tanasining tuzilishiga qarab: yuksak va tuban zamburug‘larga bo‘linadi. Tuban zamburug‘larining Vegetativ tanasi qobiqsiz sitoplazmali ameboid yoki ipsimon bir hujayrali miseliydir. Tuban zamburug‘lar 3 evolyusion guruh: Uniciliata –bir xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar; Biciliata – ikki xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar; Aciliata – xivchinsiz va harakatsiz sporalar hosil qiluvchi organizmlardir. Tuban zamburug‘larga: Xitridiomisetlar (Chytridiomyces), Oomisetlar (Oomycetes) va Zigomisetlar (Zugomycetes) sinflari kiradi. Yuksak zamburug‘larga esa Askomisetlar (Ascomycetes), Bizidiomisetlar (Basidiomycetes) va Deutromisetlar (Deutromycetes) 2. Xitridiomisetlar sinfining tavsifi va vakillari . Xitridiomisetlar – rivojlanishi suv bilan bog‘liq bo‘lgan zamburug‘lar guruhidir. Ularning tuzilishi sodda bo‘lib, vegetativ tanasi amyoboiddan iborat. Vegetativ davrda amyoboid o‘simlik hujayrasida bo‘lib unda bir xivchinli zoosporali zoosprangiylar rivojlanadi.
Vegetativ davri yakunida tinchlik holda bo‘lgan sporalar turlicha hosil bo‘ladi. Ayrim holda amyoboid ingichka po‘stloq bilan qoplangan mayda sporalarga bo‘linib ketadi. Boshqa hollarda esa amyoboid qalin po‘stloqli sistaga aylanadi. Xitridiomisetlarning tinchlik holda bo‘lgan sporalari ikki planogametlardan tashkil topgan. Bu ikki xil bir diploid yadroli planozigota o‘simlik hujayrasiga kirib, keyinchalik tinchlik davridagi sistaga aylanadi. Tinchlik davri yakunlanganda hujayraning redusion bo‘linishi jarayoni bo‘ladi va bunda gaploid zoosporali zoosprangiylar bo‘ladi. Ayni shu zoosporalar o‘simlikni zaralaydi. Hamma fitopatogen xitridiomisetlar – obligat parazitlardir. Ko‘pincha ular o‘simliklarning yosh organlari va to‘qimalarini zararlaydilar. Ularga xos bo‘lgan kasallik begilaridan biri zararlangan to‘qimalarning gipertrofiyasidir. Xitridiomisetlar 2 asosiy tartibda bo‘linadilar: 1.Plasmodiophorales va 2 . Myxohytridiales . 3. Plasmodiophorales tartibining tavsifi va vakillari . Bu tartibga - Plasmodiophoraseas oilasi va yuksak o‘simliklar hujayralarining parazitlari bo‘lgan Plasmodiophora va Spongospora turkumlari kiradi. Plasmodiophora turkumi . Tinchlik davridagi sporalar bog‘lamlarga jipslashmagan, balki oziqlanayotgan o‘simlik hujayrasida erkin holda joylashgandir. Turkum vakili – R. brassiae Wor. karamning kila kasalligini qo‘zg‘atadi. Bunda kasallangan o‘simlikning ildizida turli kattalikdagi o‘simta va shishlar hosil bo‘ladi. Bunda ildizlar shoxlanmaydi va kam miqdorda suv shimadi. Spongospora Vrunch turkumi. Tinchlik davridagi sporalar o‘simlik hujayrasida bir-biriga yopishgan holda bo‘ladi. Tuproq vakili – S. Subterranea (Wallr) patogen bo‘lib, kartoshkada parsha kasalligini chaqiradi. Kasallik o‘simlikning hamma yer ostki organlarini zararlaydi. Ildiz va tuganaklarda yong‘oq shaklidagi g‘adir-budur o‘simtalar paydo bo‘ladi. Bu o‘simtalar avval oq, qattiq, keyinchalik esa to‘q tusga kiradi va uqalanib, patogen bilan birga tuproqqa tushadi.
4. Myxochytridiales tartibining tavsifi va vakillari . Bu tartibda kiruvchi organizmlarning vegetativ tanasi amyoboid shaklida, yetilgandan so‘ng bir nechta zoosprangiylarga aylanadi. Bu tartibga hosil bo‘ladigan zoosporangiylar soni bilan farq qiluvchi Olpidiaceae va Sunchytriaceae oilalari kiradi. Olpidiaceae oilasi. Amyoboid tinchlik davridagi sporangiy yoki bir zoosporangiy hosil qiladi. Oila vakili – Olpidium brassicae (Wor) karamning qora son kasalligini keltirib chiqaradi. Qora son kasalligi karam ko‘chatlarining turli rivojlanish davrida namoyon bo‘ladi. Bunda avval turgor yo‘qolib, keyinchalik o‘simlikni sarg‘ayishiga olib keladi. Ildiz bo‘g‘imi esa qorayib, yumshab, ingichkalashib, so‘ yo‘qolib, keyinchalik o‘simlikni sarg‘ayishiga olib keladi. Ildiz bo‘g‘imi esa qorayib, yumshab, ingichkalashib, so‘ng chiriy boshlaydi. Sunchytriaceae oilasi. Bunda amyoboid bir necha zoosprangiylar hosil qiladi. Oila vakili – Synchptrium enboditicum (Schilb) kartoshkaning rak kasalligini qo‘zg‘atadi. Asosan qo‘shimcha ildiz va tuganaklar kasallanadi. Bunda shishlar hosil bo‘lib, kattalashgan sari g‘adir-budir bo‘ladi. Bu shishlar avvaliga oq, kattalashgan sari qo‘ng‘ir tusga kiradi. Bundan o‘simtalar kattalashib ketadi. Kasallik kartoshka hosilini kamayishi va saklash davrida sifatini buzilishiga olib keladi. Zamburug‘lar eukariotik organizmlarga kirib, hozirgi paytda zamburug‘lar olami sifalida ajratilgan. Ular getcrotrof ozuqlanishiga qaramasdan o‘simliklar singari ozuqa moddalarni substratdan absorb-siya yo‘li bilan oladi. Umuman zamburug‘lar o‘simlik va hayvonlarga nisbatan qadi-miy organizmlar hisoblanib, ularda o‘simliklarning va hayvonlarning belgilari bor. O‘simliklarga xos belgilar sifalida ularning absorbsiya yo‘li bilan ozuqlanishi, uchki qismi (apikal) bilan o‘sishi, hujayrasida regid qobig‘i bo‘lishi, vakuolasi borligi, tallomi qo‘ndalang to‘siq bi lan hujayralarga ajralib turishi va vitaminlarni sintez qilaolishini ko‘rsatish mumkin. Hayvonlarga o‘xshash xususiyatlari sifalida esa getrotrof ozuqlanishi, hujayra qobig‘ida xitin moddasi bo‘lishi, azoi almashinish jarayonida mochevina. zaxira ozuqa sifalida glikogen ho sil bo‘lishini, sitoplazmada lizosomalar vujudga kclishi va boshqa bclgilarini ko‘rsatish mumkin.
Shuningdek, o‘simlik va hayvonlarga xos xususiyatlaridan tash-qari, faqat zamburuqlarning o‘ziga xos belgilari ham mavjud. Bular jumlasiga mitselial tuzilishini, ayrimlarida hujayra yadrolarining di-kariotik holatini. ko‘p yaroqlilik va ularning har xilliligini (gcterakarioz) ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi. Zamburug‘laming asosiy strukturasi gifa hisoblanadi. Gifalar ipsimon ko‘rinishda bo‘lib, ularning yig‘indisi mitseliy deb ataladi. Mitseliylar o‘zaro chalkashib va zichlashishidan plektenxima (soxta to‘qima) yuzaga kelishi mumkin va ulardan yuksak zamburug‘larning meva tanasi hosil bo‘ladi. sodda tuzilgan zamburug‘larning vegetativ tanasi bir xujyrali bo‘lishi mumkin. Zamburug‘larning gifalari to‘siqli, ya'ni hujayralarga bo‘lingan yoki to‘siqsiz (tuban zamburug‘larda) bo‘ladi. Zamburug‘larning ko‘payishi xilma-xil bo‘lib, vegetativ, jinssiz va jinsiy usulllarga bo‘linadi. Vegetativ ko‘payish tallomning tasodi-fiy yoki maxsus bo‘laklarga bo‘linishidan yuzaga keladi. Maxsus bo‘laklanib ko‘payish achitqi zamburug‘larda yaxshi rivojlangan. Zamburug‘larning jinssiz ko‘payishi xilma-xil bo‘lib, tuban vakil-larida zoosporalar yoki sporalar, yuksak tuzilgan vakiilarida esa konidiyalar hosil bo‘lishi bilan amalga oshadi. Jinsiy ko‘payish ham zamburug‘larning rivojlanish darajasiga qarab izogamiya, geterogamiya va oogamiya. ayrimlarida esa gametangiogamiya Q'in-siy a'zolarining o‘zaro qo‘shilishi) yo‘li bilan amalga oshadi. Ko‘pchilik zamburug‘larda hosil bo‘lgan zigotadan oospora, xaltacha spora va bazidiosporalar vujudga keladi. Zamburug‘larning ayrim vakiilarida pleomorfizm xodisasi kuzatilib, bir turning o‘zi yashash joyi yoki parazitlik qilib yashaydigan xo‘jayinini almashtirishi bilan rivojlanish stadiyasini ham birin-ketin almashtirishi mumkin. Tarqalishi jihatidan zamburug‘lar deyarli hamma muhitni egal-lagan. Tuban vakillari ko‘proq suvli muhitlarda, yuksak vakillari esa ko‘proq quruqlik muhitiga moslashgan. Oziqlanadigan substratiga nisbatan ular parazit (tirik organizmlarda yashovchi), simbiont (boshqa organizmlar bilan hamkorlikda yashovchi), yirtqicb (nematodlarni o‘ldirib oziqlanuvchi) yoki saprofit (organik qoldiqlar bilan oziqlanuvchi) guruhlarga bo‘linadi. Saprofit va yirtqich vakil-larining ko‘pchiligi