logo

Yig’majildlar tavsifi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.408203125 KB
Yig’majildlar tavsifi
REJA:
1. Yig’majildlarni tavsiflash haqidagi tushuncha
2. Yig’majildlarni tavsiflashdagi axborot unsurlari Yig’majildlarni tavsiflash haqida tushuncha Arxivlar   ilmiy   faoliyatining
yo’nalishlaridan   biri   hujjatlar   va   yig’majildlarni   tavsiflashdir.
Yig’majildlarning tavsifi arxivlarda tuziladigan barcha ma’lumotnomalarning
asosi hisoblanadi. Yig’majildlar tavsifi muassasalarda ish yuritish jarayonida
yoziladi,   ularni   muassasa   arxivlariga   topshirish   paytida   yakunlanadi.
Arxivlarga   umuman   tavsiflanmagan   yoki   talab   darajasida   tavsiflanmagan
yig’majildlar topshirilgan taqdirda ularni tavsiflash ishi muassasa yoki davlat
arxiv-larida amalga oshiriladi.
Yig’majildlarni   tavsiflashdan   asosiy   maqsad   har   bir   yig’majildning
tarkibi   vamazmunini   aniq   aks   ettirish   va   shu   asosda   hujjatlarni   tezda   topish
hamda ulardan foydalanishni ta’minlashdan iboratdir.
Hujjatlarni   ilmiy   asosda   tavsiflash   ularning   tarkibi   va   mazmunini
obyektiv   tarzda   yoritishni   taqozo   etadi.   Yig’majildlarni   tavsiflashda
differensial   yondashuv   talab   qilinadi.   Fondlarning   qaysi   kategoriyaga
mansubligini   e’tiborga   olgan   holda   ma’lumot   unsurlari   turli   yo’llar   bilan
bayon etilishi zarur.
Yig’majildlarni tavsiflashda axborot unsurlari Yig’majildlarni   tavsiflashda   ularga
xos bo’lgan quyidagi asosiy belgilar aniqlanadi va muqovasiga 
yozib qo’yiladi:
Tashkilot va uning tarkibiy qismi nomi;
Yig’majildning nomenklatura bo’yicha indeks raqami;
Sarlavha;Му ам м ол и савол :  Йиғ м аж л идл арни тавсиф л ашдан
асосий м ақ сад ним а?  Boshlanish va tugash sanasi;
Varaqlar miqdori;
Saqlash muddati;
Arxiv shifri.
Alohida   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan   hujjatlarni   tavsiflash   paytida
qisqa   annotasiya   yozish,   shuningdek   bu   hujjatlarning   asl   nusxa   yoki
ko’chirma   nusxa   ekanligi,   ularni   to’laligi   darajasi   va   yaratish   usuli   qayd
etiladi.
Tashkilot   (muassasa)   va   uning   tarkibiy   qismi   nomi.   Muassasaning
nomi   yig’majildni   qaysi   fondga   mansubligini   bildiradi.   Muassasaning   nomi
to’liq   shaklda   hamda   qavsning   ichida   rasmiy   tarzda   qisqartirilgan   holda
yozilishi kerak. Masalan, O’zbekiston SSR Markaziy Statistika boshqarmasi
(O’zSSR   MSB).   Agar   tashkilot   (muassasa)   ning   nomi   o’zgargan   bo’lsa,
muqovada   uning   barcha   nomlari   qayd   etilishi   shart   (yig’majildlardagi
hujjatlarda  o’z  aksini  topgan  davr  davomida).  Muassasaning  nomidan  so’ng
uni tarkibiy qismining nomi yoziladi. Bunday ma’lumotlarning aks ettirilishi
arxiv fondi miqyosida yig’majildlarni turkumlash ishini osonlashtiradi.
Yig’majild   indeksi.   Yig’majildlarning   indeksi   ularning   nomenklatura
bo’yicha   tartib   raqamini   ko’rsatadi.   Yig’majildlar   indeksi   ish   yuritishda
hujjatlarni tashkil etish tizimini aks ettiradi.
Davlat   arxivlarida   yig’majildlarni   tavsiflash   chog’ida   hujjatlarga   ish
yuritish   chog’ida   qo’yilgan   indekslar   saqlanib   qoladi.   Indekslar   hujjatlarni
tizimga   solishni   osonlashtiradi,   fond   materiallarining   saqlanish   darajasi   va
ularning to’laligini ko’rsatadi, hujjatlarni tezda topish imkoniyatini beradi.
Yig’majild  sarlavhasi.   Tavsiflash   ishida  yig’majildga  sarlavha  qo’yish
(yoki   sarlavhani   aniqlashtirish)   muhimdir.   Sarlavhada   yig’majildlar   va
kiritilgan hujjatlarning tarkibi va qisqacha mazmuni o’z aksini topishi zarur.
Davlat  arxivlarida  yig’majildlarni  tavsiflash   jarayonida  ularning  sarlavhalari aniqlashtiriladi.  Agar  sarlavhaning  ayrim  unsurlari  noaniq  yoki  to’liq  bayon
qilinmagan bo’lsa, sarlavha boshqatdan tuziladi.
Sarlavha   tuzishda   quyidagi   elementlarni   aks   ettirish   lozim   bo’ladi:
hujjatlar   to’rining   nomi,   muallif,   kimga   yuborilganligi,   qaysi   masalaga
bag’ishlanganligi,   hudud,   xronologik   sanalar,   hujjatlarning   tashqi   belgilari.
Masalan:
1. Farg’ona   viloyati   ishchi,   soldat   va   dehqon   deputatlari
Sovetining   protokollari.   1917   yil   mart   –   1918   yil   iyulp.   Asl
nusxalar.
2. Farg’ona viloyatida kolxozlarni tashkil etishga oid materiallar.
1930 yil. Asl nusxalar.
3. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ma’muriyatining bosh-qa
tashkilotlar   bilan   yozishmasi.   1959-1960   yillar.   Ko’chirma
nusxalar.
Annotasiya   tuzish.   Yig’majildlarga   kiritilgan   ayrim   muhim
hujjatlarning  mazmunini annotasiya yozish yo’li bilan aniqlanadi. annotasiya
yig’majildning muqovasiga sarlavhadan keyin yoziladi. Misol:
1. 254-gvardiya   polkinig   jangovor   harakatlari   jurnali.   1943   yil,
15-yanvarp – 16-iyulp.
Annotasiya:   To’ychi   Eryigitovning   1943   yil   23   fevralda
ko’rsatgan   jasoratining   qisqacha   tavsifi   (annotasiya   so’zi
yozilmaydi).
Hujjatlarning asl nusxa ekanligini, ularning to’laligi darajasi va yaratish
usuli hamda yig’majildlarning tashqi hususiyatlarini tavsiflash.   Hujjatlarning
asl   nusxasi   hamda   ularning   ko’chirma   nusxalari   o’zining   ishonarliligi   va
yuridik   kuchi   nuqtai   nazaridan   bir   xil   emasdir.   Shu   boisdan   1-   va   2-
kategoriyali fondlarni tavsiflashda bu narsani e’tibordan chetda qoldirmaslik
kerak. Agar yig’majildlar tarkibiga kirgan barcha hujjatlar asl nusxa bo’lsa, bu
hol sarlavhadan keyin qayd etiladi. Masalan:
1. O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti yig’ililarining protokollari.
1949 yil. Asl nusxalar.
Yig’majildda   ayrim   hujjatlarning   asl   nusxalari,   boshqa   hujjatlarning
ko’chirma   nusxalari   birgalikda   saqlanishi   mumkin.   Bunday   holda   tavsiflash
jarayonida bu narsa qayd etilishi kerak.
Agar   hujjatlar   qisman   saqlangan   bo’lsa,   tavsiflash   chog’ida   bu   narsa
aks   ettiriladi:   «parchalar»,   «alohida   varaqlar»,   «hujjatning   oxirgi   qismi
saqlanmagan» va hokazo.
Nodir   va   alohida   qimmatli   hujjatlarning   yaratilish   usuli   ham   qayd
etiladi   (dastxat,   chektografik   varaqa   va   hokazo).   Ko’p   hollarda   bu   ularning
mazmunini   aniqlash   uchun   zarur   bo’lishi   mumkin.   Hujjatlarning   tashqi
belgilari ham sarlavhadan so’ng (agar annotasiya yozilsa, undan keyin) qayd
etiladi.   Tashqi   belgilarga   muqovaning   nimadan   tayyorlanganligi,   bezaklar,
hujjatning   nimaga   bitilganligi   (pergament,   mato,   qog’oz),   qaysi   tilda
yozilganligi, orginal muhr va miniatyuralar kiradi.
Yig’majildlar   sanasi.   Yig’majildlarning   muqovasida   sarlavha   yoki
annotasiyadan so’ng  uning yaratilish sanasi yoki yig’majild tarkibiga kirgan
hujjatlarning   boshlanishi   va   tugashi   sanalari   ko’rsatiladi.   Sanalar   arab
raqamlari,   oy   nomlari   esa   so’z   bilan   yoziladi.   Aniq   sanalarni   bilishning
imkoni   bo’lmasa,   kvadrat   qavs   ichida   taxminiy   sana   krsatiladi   (Masalan,
«1927 yildan keyin»).
Agarda   sanalarni   umuman   aniqlashning   imkoni   bo’lmasa,
yig’majildlarning muqovasida «sanasiz» deb yozib qo’yiladi.
Varaqalar miqdori va saqlanish muddati.  Sanadan so’ng yig’majildning
muqovasida   yangi   satrdan   varaqalar   miqdori   yoziladi   («115   varaqda»).
Varaqlar miqdorini ko’rsatish hujjatning saqlanishi va nazorat qilinishi uchun zarur.
Varaqlar miqdorining pastida yig’majildlarning saqlanish muddati qayd
etiladi.   Vaqtinchalik   saqlanayotgan   hujjatlar   uchun   necha   yil   saqlanishi
ko’rsatiladi   («20   yil   saqlansin»,   «75   yil   saqlansin»   va   hokazo),   doimiy
saqlanishi   zarur   bo’lgan   yig’majildlar   uchun   «doimiy   saqlansin»   deb   yozib
qo’yiladi.
Yig’majildning   muqovasida   arxiv   shifri   ko’rsatiladi.   Arxiv   shifri
arxivning qisqartirilgan nomidan («O’zR MDA», FVDA» va hokazo) hamda
fondning   raqami,   ro’yxat   raqami   va   yig’majildning   ro’yxat   bo’yicha
raqamidan iboratdir. Masalan, FVDA,  23-f., 2-r., 245-y. Arxiv shifri odatda
muqovada   tipografiya   yo’li   bilan   tayyorlangan   maxsus   shtamp   ichiga
qo’yiladi.
Yig’majildlardagi   hujjatlardan   ilmiy   maqsadlarda   yoki   matbuot
sahifalarida   foydalanilganda,   arxiv   ma’lumotnomasi   yoki   hujjatning
ko’chirma nusxasi berilganda arxiv shifri hamda varaq raqami ko’rsatiladi.
Ichki   ro’yxat   (mundarija).   Ichki   ro’yxat   (mundarija)   qimmatli
yig’majildlar   uchun   tuziladi.   Unda   yig’majildga   kiritilgan   barcha   hujjatlar
ko’rsatib   o’tiladi.   Ichki   ro’yxatda   hujjatlarning   indeksi,   mazmuni,   sanasi,
kimga jo’natilganligi yoki muallifi, varaqlar raqami qayd etiladi. Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR.  Moskva, 1980.

Yig’majildlar tavsifi REJA: 1. Yig’majildlarni tavsiflash haqidagi tushuncha 2. Yig’majildlarni tavsiflashdagi axborot unsurlari

Yig’majildlarni tavsiflash haqida tushuncha Arxivlar ilmiy faoliyatining yo’nalishlaridan biri hujjatlar va yig’majildlarni tavsiflashdir. Yig’majildlarning tavsifi arxivlarda tuziladigan barcha ma’lumotnomalarning asosi hisoblanadi. Yig’majildlar tavsifi muassasalarda ish yuritish jarayonida yoziladi, ularni muassasa arxivlariga topshirish paytida yakunlanadi. Arxivlarga umuman tavsiflanmagan yoki talab darajasida tavsiflanmagan yig’majildlar topshirilgan taqdirda ularni tavsiflash ishi muassasa yoki davlat arxiv-larida amalga oshiriladi. Yig’majildlarni tavsiflashdan asosiy maqsad har bir yig’majildning tarkibi vamazmunini aniq aks ettirish va shu asosda hujjatlarni tezda topish hamda ulardan foydalanishni ta’minlashdan iboratdir. Hujjatlarni ilmiy asosda tavsiflash ularning tarkibi va mazmunini obyektiv tarzda yoritishni taqozo etadi. Yig’majildlarni tavsiflashda differensial yondashuv talab qilinadi. Fondlarning qaysi kategoriyaga mansubligini e’tiborga olgan holda ma’lumot unsurlari turli yo’llar bilan bayon etilishi zarur. Yig’majildlarni tavsiflashda axborot unsurlari Yig’majildlarni tavsiflashda ularga xos bo’lgan quyidagi asosiy belgilar aniqlanadi va muqovasiga yozib qo’yiladi: Tashkilot va uning tarkibiy qismi nomi; Yig’majildning nomenklatura bo’yicha indeks raqami; Sarlavha;Му ам м ол и савол : Йиғ м аж л идл арни тавсиф л ашдан асосий м ақ сад ним а?

Boshlanish va tugash sanasi; Varaqlar miqdori; Saqlash muddati; Arxiv shifri. Alohida muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni tavsiflash paytida qisqa annotasiya yozish, shuningdek bu hujjatlarning asl nusxa yoki ko’chirma nusxa ekanligi, ularni to’laligi darajasi va yaratish usuli qayd etiladi. Tashkilot (muassasa) va uning tarkibiy qismi nomi. Muassasaning nomi yig’majildni qaysi fondga mansubligini bildiradi. Muassasaning nomi to’liq shaklda hamda qavsning ichida rasmiy tarzda qisqartirilgan holda yozilishi kerak. Masalan, O’zbekiston SSR Markaziy Statistika boshqarmasi (O’zSSR MSB). Agar tashkilot (muassasa) ning nomi o’zgargan bo’lsa, muqovada uning barcha nomlari qayd etilishi shart (yig’majildlardagi hujjatlarda o’z aksini topgan davr davomida). Muassasaning nomidan so’ng uni tarkibiy qismining nomi yoziladi. Bunday ma’lumotlarning aks ettirilishi arxiv fondi miqyosida yig’majildlarni turkumlash ishini osonlashtiradi. Yig’majild indeksi. Yig’majildlarning indeksi ularning nomenklatura bo’yicha tartib raqamini ko’rsatadi. Yig’majildlar indeksi ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish tizimini aks ettiradi. Davlat arxivlarida yig’majildlarni tavsiflash chog’ida hujjatlarga ish yuritish chog’ida qo’yilgan indekslar saqlanib qoladi. Indekslar hujjatlarni tizimga solishni osonlashtiradi, fond materiallarining saqlanish darajasi va ularning to’laligini ko’rsatadi, hujjatlarni tezda topish imkoniyatini beradi. Yig’majild sarlavhasi. Tavsiflash ishida yig’majildga sarlavha qo’yish (yoki sarlavhani aniqlashtirish) muhimdir. Sarlavhada yig’majildlar va kiritilgan hujjatlarning tarkibi va qisqacha mazmuni o’z aksini topishi zarur. Davlat arxivlarida yig’majildlarni tavsiflash jarayonida ularning sarlavhalari

aniqlashtiriladi. Agar sarlavhaning ayrim unsurlari noaniq yoki to’liq bayon qilinmagan bo’lsa, sarlavha boshqatdan tuziladi. Sarlavha tuzishda quyidagi elementlarni aks ettirish lozim bo’ladi: hujjatlar to’rining nomi, muallif, kimga yuborilganligi, qaysi masalaga bag’ishlanganligi, hudud, xronologik sanalar, hujjatlarning tashqi belgilari. Masalan: 1. Farg’ona viloyati ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetining protokollari. 1917 yil mart – 1918 yil iyulp. Asl nusxalar. 2. Farg’ona viloyatida kolxozlarni tashkil etishga oid materiallar. 1930 yil. Asl nusxalar. 3. Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ma’muriyatining bosh-qa tashkilotlar bilan yozishmasi. 1959-1960 yillar. Ko’chirma nusxalar. Annotasiya tuzish. Yig’majildlarga kiritilgan ayrim muhim hujjatlarning mazmunini annotasiya yozish yo’li bilan aniqlanadi. annotasiya yig’majildning muqovasiga sarlavhadan keyin yoziladi. Misol: 1. 254-gvardiya polkinig jangovor harakatlari jurnali. 1943 yil, 15-yanvarp – 16-iyulp. Annotasiya: To’ychi Eryigitovning 1943 yil 23 fevralda ko’rsatgan jasoratining qisqacha tavsifi (annotasiya so’zi yozilmaydi). Hujjatlarning asl nusxa ekanligini, ularning to’laligi darajasi va yaratish usuli hamda yig’majildlarning tashqi hususiyatlarini tavsiflash. Hujjatlarning asl nusxasi hamda ularning ko’chirma nusxalari o’zining ishonarliligi va yuridik kuchi nuqtai nazaridan bir xil emasdir. Shu boisdan 1- va 2- kategoriyali fondlarni tavsiflashda bu narsani e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Agar yig’majildlar tarkibiga kirgan barcha hujjatlar asl nusxa bo’lsa, bu hol sarlavhadan keyin qayd etiladi. Masalan: 1. O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti yig’ililarining protokollari. 1949 yil. Asl nusxalar. Yig’majildda ayrim hujjatlarning asl nusxalari, boshqa hujjatlarning ko’chirma nusxalari birgalikda saqlanishi mumkin. Bunday holda tavsiflash jarayonida bu narsa qayd etilishi kerak. Agar hujjatlar qisman saqlangan bo’lsa, tavsiflash chog’ida bu narsa aks ettiriladi: «parchalar», «alohida varaqlar», «hujjatning oxirgi qismi saqlanmagan» va hokazo. Nodir va alohida qimmatli hujjatlarning yaratilish usuli ham qayd etiladi (dastxat, chektografik varaqa va hokazo). Ko’p hollarda bu ularning mazmunini aniqlash uchun zarur bo’lishi mumkin. Hujjatlarning tashqi belgilari ham sarlavhadan so’ng (agar annotasiya yozilsa, undan keyin) qayd etiladi. Tashqi belgilarga muqovaning nimadan tayyorlanganligi, bezaklar, hujjatning nimaga bitilganligi (pergament, mato, qog’oz), qaysi tilda yozilganligi, orginal muhr va miniatyuralar kiradi. Yig’majildlar sanasi. Yig’majildlarning muqovasida sarlavha yoki annotasiyadan so’ng uning yaratilish sanasi yoki yig’majild tarkibiga kirgan hujjatlarning boshlanishi va tugashi sanalari ko’rsatiladi. Sanalar arab raqamlari, oy nomlari esa so’z bilan yoziladi. Aniq sanalarni bilishning imkoni bo’lmasa, kvadrat qavs ichida taxminiy sana krsatiladi (Masalan, «1927 yildan keyin»). Agarda sanalarni umuman aniqlashning imkoni bo’lmasa, yig’majildlarning muqovasida «sanasiz» deb yozib qo’yiladi. Varaqalar miqdori va saqlanish muddati. Sanadan so’ng yig’majildning muqovasida yangi satrdan varaqalar miqdori yoziladi («115 varaqda»). Varaqlar miqdorini ko’rsatish hujjatning saqlanishi va nazorat qilinishi uchun