Xalq dostonlari, dostonchilik maktablari, dostonlar tavsifi.
Xalq dostonlari, dostonchilik maktablari, dostonlar tavsifi. REJA: 1. Dostonchilik maktablari haqida ma`lumot. 2. Xalq dostonlarining mavzu doirasi. 3. Dostonning tili va badiiy xususiyatlari.
So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Fol’klorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi. Hozirgi kunda o’zbek fol’klorshunosligida Bulung’ur, Qo’rg’on, SHahrisabz, SHerobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari – baxshilik san`atining ajoyib markazlari aniqlangan. 1. Bulung’ur dostonchilik maktabi qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo’lgan. Sodda, yuksak, o’ta an`anaviy, nisbatan arxaik bo’lgan qahramonlik eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo’li hisoblangan. Bulung’ur dostonchilik maktabining so’nggi talantli vakili Fozil Yo’ldosh o’g’li (1872-1955) hisoblanadiki, undan «Alpomish», «YOdgor», «YUsuf bilan Ahmad», «Malikai ayyor», «Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali», «Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «SHirin bilan SHakar», «Ra`no bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan. 2. epik san`atning ikkinchi bir muhim Qo’rg’on dostonchilik maktabi bo’lib, uning eng so’nggi talantli vakillari ergash Jumanbulbul o’g’li (1868-1937) va Po’lkan shoirlar (1874-1941) hisoblanadi. Bu talantli san`atkorlardan «Alpomish», «YAkka Ahmad», «Oysuluv», «Kuntug’mish», «Qironxon», «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «YUnus pari», «Misqol pari», «Gulnor pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «CHambil qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Qunduz bilan YUlduz», «Xoldorxon», «Hilomon», «Berdiyor otliq», «Zamonbek», «Xidirali elbegi» kabi dostonlar yozib olingan. 3. XIX asrda mavjud bo’lgan yana bir epik markaz SHahrisabz dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so’nggi namoyandasi Abdulla Nurali o’g’li (1874- 1957) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdidir. Bu baxshilar dostonlarni sho’x, quvnoq, ko’tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar. Atoqli xalq shoiri Islom Nazar o’g’li (1874-1953) bir tomondan, SHahrisabz, ikkinchi tomondan, Qo’rg’on dostonchilik maktabi bilan bog’liq bo’lgan. Uning ijro usuli va undan yozib olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va SHerali», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon», «Kuntug’mish» kabi
dostonlarga nazar tashlar ekanmiz, ularda har ikki maktab xususiyatlari yaqqol ko’rinadi. 4. O’zbekistonning janubida yashovchi ko’pgina baxshilar SHerobod dostonchilik maktabi bilan bog’liqdir. XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashagan bu maktabning mashhur vakili SHernazar Beknazar o’g’li bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonaqul Avliyoqul o’g’li, Umir Safar o’g’li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o’g’li, Mamadrayim baxshi, Bo’riboy Ahmad o’g’li, YUsuf O’tagan o’g’li kabi o’nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va ulardan bir qancha dostonlar yozib olingan. 5. Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbek-laqay baxshilari ham ijro yo’llarining badiiy tasvir vositalari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu baxshilar Dang’ara rayonining Jorubqo’l qishlog’i bilan bog’liq. Bu erda XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida Haybat SHomol o’g’li, Qunduz soqi degan mashhur dostonchilar o’tgan. Hozir ham ularning davomchilari bor. O’zbek-laqay baxshilarining dostonchilikdagi asosini «Go’ro’g’li» dostonlari turkumi tashkil etadi. Bu dostonlar o’zlarining nihoyatda mo’`jazligi bilan ajralib turadi. O’zbek xalq dostonlarining mavzu doirasi O’zbek xalq dostonlari nihoyatda ko’p bo’lib, uzoq asrlar davomida yaratildi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kuylanib keldi. Bu hol ularni muayyan turlarga bo’lib o’rganishni taqozo etadi. Dostonlar, dastlab V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov, keyinroq M.Saidov tomonidan nashr qilindi. O’zbek xalq dostonlari qahramonlik, jangnoma, tarixiy, romanik, kitobiy dostonlarga bo’linadi. 1. Qahramonlik dostonlari . Qahramonlik dostonlari bizgacha sof holida «Alpomish» misolida etib kelgan. 2. Jangnoma-dostonlar . Hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan shaxslarni xalq orasida targ’ib qilish maqsadida jangnoma asarlaridan foydalangan. Natijada «Jangnomai Abo Muslim», «Jangnomai Sayid Battol G’oziy», «Jangnomai Amir Hamza» kabi islom dinini zo’rlik bilan targ’ib etgan shaxslarning nomi bilan bog’langan jangnomalar yuzaga kelgan. O’rta Osiyoda
keng tarqalgan jangnomalarning qadimgi namunalariga Firdavsiyning «SHohnoma»sini va «Jangnomai Jamshid», «Qahramoni Qotil», «Ho’shang», «To’maris» kabilarni ko’rsatish mumkin. 3. Tarixiy dostonlar . Tarixiy dostonlar tarixdagi konkret voqealar va faktlarni tasvirlash xarakteri, hujjatiylikning darajasi jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar. Ularni shu xususiyatiga qarab: a) tarixiy-qahramonlik; b) tarixiy-fantastik; v) tarixiy-konkret yoki yangi dostonlar; g) avtobiografik dostonlar kabi ichki turlarga bo’lish mumkin. Tarixiy-qahramonlik dostonlarining eng yaxshi namunalaridan biri «Oysuluv» dostonidir. Tarixiy-fantastik dostonlarga «Tulumbiy», «SHayboniyxon» kabilarni kiritish mumkin. «SHayboniyxon» dostonida epik voqelik yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga ega bo’lsa, «Tulumbiy»da ayrim tarixiy shaxslar nomidan bo’lak hech narsa qolmagan, ya`ni unda syujet tarixiy voqelik asosida emas, balki ishqiy-sarguzasht asosida rivojlanadi. Bunday dostonlarda qachonlardir bo’lib o’tgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar epik bayon uchun umumiy fon vazifasini o’taydi, xolos. Xalq orasida ertak va afsonalar holida juda keng tarqalgan «Xurshidoy» qissasining ikkinchi qismi sifatida «SHayboniyxon» dostoniga kiritilishi va SHayboniyxonning hukmdorlik davri bilan bog’lanishi ham shu bilan izohlanadi. Tarixiy-konkret yoki yangi dostonlarga XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida baxshilar tomonidan yaratilgan asarlar kiradi. Bunday dostonlar o’zlarining mustahkam tarixiy asoslariga, qahramonlarining … ega. «To’lg’onoy», «Namoz», «Mamatkarim polvon», «Jizzax qo’zg’oloni», «Mardikor», «Amir qochdi», «Ochildov», «Hasan batrak» kabilar yangi dostonlarning eng yaxshi namunalari hisoblanadi. Aniq faktlar va hujjatlarga asoslanish bunday dostonlarning bosh xususiyatidir.
Ergash Jumanbulbul o’g’lining «Tarjimai hol», Fozil Yo’ldosh o’g’lining «Kunlarim», Islom Nazar o’g’lining «Baxtiyor avlodlar», Abdulla Nurali o’g’lining «Kunlarim» kabi dostonlari buning yorqin namunalaridir. 4. Romanik dostonlar . Romanik dostonlarning tuzilishi nihoyatda murakkab. Qahramonlik dostonlarida romanik elementlar bo’lganidek, romanik dostonlardan qahramonlik elementlari, jangnomalar xususiyatlari ham mustahkam o’rin olgan. Hatto bir dostonda bir necha tema baravar ishlangan bo’lishi mumkin. SHularni hisobga olib, bu tip dostonlarni: a) qahramonlik-romanik; b) ishqiy-romanik; v) maishiy-romanik dostonlar kabi ichki turlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir. 5. Qahramonlik-romanik dostonlarda («Rustamxon», «YAkka Ahmad», «Go’ro’g’li» turkumiga kiruvchi bir qancha asarlar) qahramonlik yo’nalishi ustun tursa, ishqiy-romanik dostonlarda («Kuntug’mish», «Go’ro’g’li» turkumining so’nggi xalqalari) sevgi mojarolari, sarguzashtli voqealar tasviriga alohida e`tibor beriladi. Maishiy-romanik yoki ijtimoiy-maishiy dostonlarda («Sohibqiron», «Orzigul», «Erali bilan SHerali» va boshqalar) realistik momentlar, mavjud tuzumdan ijtimoiy norozilik kayfiyatlari, maishiy turmush bilan bog’liq turli- tuman tafsilotlarni batafsil tasvirlash etakchilik qiladi. Bunday dostonlar syujeti feodalizm sharoitida o’zining real zaminiga ega. Bu xil dostonlarda xalqimiz va baxshilarning demokratik qarashlari yanada yorqinroq aks etgan. 4. Kitobiy dostonlar . Kitobiy dostonlarning bir guruhi klassik adabiyot namunalarining baxshilar tomonidan qayta ishlanishi natijasida yuzaga kelgan. Masalan, «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Bahrom va Gulandom» Alisher Navoiy dostonlari, «YUsuf va Zulayho» shu syujetdagi forsiy va turkiy asarlar, «Rustami Doston», «SHohnoma», «Varqa bilan Gulshoh», «Vomiq bilan Uzro» forschadan ozarbayjonchaga qilingan tarjimalar asosida yaratilgan. Kitobiy dostonlar orasida yana shunday namunalar borki, ularning yaratilishida asos bo’lgan manbani topish qiyin. Ammo asarning temasi, uslubi, tasvir mohiyati