Xalq og‘zaki ijodi janrlari tasnifi va tavsifi Qadimgi miflar, afsona va rivoyatlar.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari tasnifi va tavsifi: Qadimgi miflar, afsona va rivoyatlar. REJA: 1. Ibtidoiy tasavvurlar – anemizm va totemizm haqida ma`lumot. 2. Qadimgi afsonalar. Avesto va undagi qahramonlarning badiiy tasnifi. 3. Kayumars va Jamshid haqidagi afsona. 4. Qadimgi qahramonlik dostonlari (To’maris, SHiroq va Rustam haqidagi afsonalar).
So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Uning tashkil topishida o’sha davr shart-sharoiti, odamlarning mehnat va turmush tajribalari, dunyoqarash va tushunchalari hal qiluvchi rol o’ynagan. eng avval og’zaki nasriy turning dastlabki namunalari vujudga kelgan. Ular nihoyatda sodda bo’lib, turli xildagi undov-xitoblar va voqealar bayonidan iborat bo’lgan. Mehnat jarayoni hamda ongning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi. Sodda va takroriy jumlalar badiiy til vositalari bilan boyiy boshlagan. Oddiy so’z o’rnini ko’chma ma`noli so’z, sifatlash, mubolag’a va o’xshatishning ilk namunalari egallay borgan. SHunday qilib, dunyoni badiiy va estetik did bilan fahmlay olish, badiiy so’z tajribalarining taraqqiyoti fol’klorning dastlabki janrlarini yuzaga keltirdi. eng avval kichik-kichik naql va miflar, mehnatni engillashtiruvchi, ruhan tetik qiluvchi, xayol og’ushiga olib kiruvchi ertak va afsonalar yaratildi, mehnat jarayonini ifodalovchi qo’shiqlarning namunalari paydo bo’ldi. Demak, eng qadimgi fol’klor namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha oldin paydo bo’lgan va yozma adabiyotning tashkil topishiga muhim hissa qo’shgan. Qadimiy fol’klor namunalari asl holida, to’la ravishda bizgacha etib kelmagan. U og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib ijodiy ishlangan. Har bir material turli xil ijtimoiy qatlamlar ta`sirida o’zgarib, shakl va mazmunida yangi- yangi ma`lumotlar yuzaga kelgan. Ibtidoiy tasavvurlar – animizm va totemizm . Turkiy xalqlar fol’klori bilan urf-odatlarida izlari saqlanib qolgan animistik va totemistik qarashlar qadimiy tasavvurlar sistemasini tashkil etadi. Ma`lumki, ibtidoiy inson o’ziga noma`lum bo’lib ko’ringan tabiat kuchlaridan talvasaga tushar ekan, ayni paytda ularni engishga harakat qilgan. Buning uddasidan chiqa olmay, ilojsiz qolish tabiatga sig’inish, notabiiy ko’ringan hodisalarga topinish, ularni madaniyat darajasiga ko’tarishga olib kelgan. Bu hol tabiat va jamiyat hodisalariga qarashda g’ayri ilmiy (ibtidoiy inson nazarida haqiqiy) animistik va totemistik tasavvurlarni tug’dirgan.
Ibtidoiy odam tabiat haqidagi tasavvurida o’zini tabiat kuchlari va hodisalari bilan aynan bir narsa deb hisoblaydi, jonsiz narsalarga jonli deb qaraydi. Bu xildagi ibtidoiy tushunchalar kompleksi animizm nomini olgan. Uning yorqin namunasi ertaklarning qadimiy motivlarida o’z ifodasini topgan. «Oq bilakxon» ertagida yigitning toshga aylanib qolishi, «Ochil, ochil, qamishlar»da qizning qamish orasiga kirib ketishi, «YOriltosh»da toshning yorilish mo’`jizasi, qizni bag’riga olib yana yopilishi, «YAlmog’iz kampir» ertagida odamlarning toshga aylanib yotishi, «Qilich botir»da esa qahramonning joni qilichida ekanligi kabilar ana shu animistik tushunchalar natijasidir. «YOril, yoril, toshlar-ay», «Ochil, ochil, qamishlar», «Sangil sopol tosh, sen menga yo’ldosh», «Sim-sim, och eshigingni» kabi iltijo qilib yolvorishlar o’sha narsada jon bor degan tushunchaning obrazli ifodasidir. YAqin kunlargacha to’y va boshqa marosimlarda gulxan yoqish, uning atrofida aylanish, quyosh, oy tutilganda qozon, chelak, jom kabilarni chalish hollari mavjud ediki, bu, o’sha yo’qolib borayotgan qadimiy tasavvurlarning izlaridir. Totemizm odamning ko’pincha bir hayvon yoki o’simlik, ba`zan jonsiz narsa yoki tabiat hodisalari bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch-e`tiqoddan kelib chiqqan. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek urug’larining ota-bobolari quyosh, suv, olovga topinganlar, keyinchalik esa ot, ho’kiz, ilon, bo’ri, it va boshqa hayvonlarga e`tiqod qo’yganlar. Bo’rini balo, ofatlardan saqlovchi, himoya qiluvchi kuch, urug’ kabilarning ajdodlari deb bilganlar. SHu tariqa totemlar yuzaga kelgan. Totem – u yoki bu urug’ning e`tiqod qo’ygan himoyachisidir. Totemlar bilan bog’liq bo’lgan bir qancha afsonalar ham mavjudki, ularda ko’proq ot va bo’ri madaniyati hikoya qilingan. Bo’ri qadimgi o’zbek urug’lari orasida totem hisoblangan. Qadimiy manbalarda keltirilgan turk afsonalarida bo’ri turk urug’ining ajdodi sifatida namoyon bo’ladi. Afsonada tasvirlanishicha, qadimgi turklar ona bo’ridan va dushman tomonidan qirilgan urug’ ichida tirik qolgan o’n yoshli o’g’il boladan tarqalgan. Bu bolani ona bo’ri qo’l-oyoqlari qirqilgan holda topib olgan va uni go’sht berib boqqan. SHundan so’ng tog’larning biriga kirib ketgan va u erda o’nta
bola tuqqan. Ularning har biri turk urug’larining asoschilari bo’lgan. Hatto Ashina ismli turk urug’larining birida bo’ri kallasi tasvirlangan bayroq ham bo’lgan. Ibtidoiy kishilar og’ir va ayanchli turmushni yaxshilashga intilganda ham bo’riga yolvorgan va sig’ingan. Bo’ri bilan bog’liq bo’lgan e`tiqod yangi tug’ilgan bolani salomat saqlash, yaxshi hayot kechirish, qo’y va qoramol podalarini ehtiyotlash, dehqonchilik ekinlarini yovuz kuch ta`siridan saqlab qolishdan iborat bo’lgan. Bo’ri totemiga aloqador ba`zi ertak («CHo’loq bo’ri», «Bo’ri qiz», «Bo’ri») va afsonalar hozirgi kunga qadar xalq orasida yashab kelgan. Ot madaniyati qadimgi kishilarning turmush-tirikchiligi bilan bevosita bog’liq bo’lib, otlarni ish hayvoni sifatida xo’jalikda foydalanish, xonakilashtirish davomida yuzaga kelgan. Arxeologiya qazilmalarida aniqlangan yarmi ot, yarmi odam sifat ishlangan rasmlar, hali-haligacha ekin maydonlari, polizlarda otning kala suyagining qo’riqchi sifatida qo’yilishi va boshqalar ibtidoiy inson ongida mavjud bo’lgan ot madaniyati haqidagi e`tiqodning timsoli hisoblanadi. Qadimgi Baktriyadagi Zariasp, Xorazmdagi Hazorasp singari geografik joy nomlari aslida ot madaniyatiga aloqador bo’lgan urug’ nomlari bilan bog’lanadi. O’zbek xalq dostonlarida G’irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko’k kabi epik ot obrazlarining g’oyat katta o’rin tutishi ham bejiz emas. Demak, tabiat va hayot haqida yuzaga kelgan ibtidoiy tushuncha va e`tiqodlar animistik va totemistik qarashlarni vujudga keltirdi. Bu qarashlar o’z navbatida ilk bor to’qilgan ertak va afsonalarning motiv va syujetlarini tashkil etdi. Afsona – o`zbek xalq og`zaki ijodining eng qadimgi, an`anaviy va keng tarqalgan janrlaridan biri. Hayotiy voqelikni xayoliy uydirmalar orqali bayon etadigan, biror ma`lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan og`zaki nasriy asarlar afsona deyiladi. Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o`zi istagan shaklda aytaveradi. Demak, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janrdir. Afsona sof axborot beruvchilik vazifasini bajaradi. U ko`pincha biror –bir voqea- hodisaga kishilarni ishontirish maqsadida aytiladi. SHuning uchun ko`pchilik afsonada
bayon qilingan voqelikni haqiqat sifatida qabul qiladi. Aristotel` afsonalarni «Haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalardir» deb ko`rsatadi. Mifologik afsonalarda, asosan, er va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar, avliyolarning g`ayritabiiy ishlari, insonlarga ko`magi, mifologik pahlavonlar, er hzida odamning paydo bo`lishi hakida hikoya qilinadi. Ularning epizodlarida islomga qadar amal qilgan qadimgi dinlarga aloqador talqinlar uchraydi. Ibtidoiy insonlarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, diniy e`tiqodlari namoyon bo`ladi. Geneologik afsonalarda urug`–qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va nomlanishi haqida hikoya qilinadi: «Laqay», «Do`rmon», «Qirg`iz» urug`larining kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular jumlasiga kiradi. Tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqidagi afsonalarlarda o`tmishda yashab o`tgan donno kishilarning sarguzashtlari, mo``jizakor ishlari, ajdodlarimizning bunyodkorlik faoliyati, shahar va qo`rg`onlarning barpo etilishi haqida hikoya qilinadi. Bunga Buxoro Arki, Xiva qal`asi, Minorai Kalon qurilishi haqidagi afsonalar misol bo`la oladi. Kasb-hunarlar haqidagi afsonalarda u yoki bu kasb-hunarning kelib chiqishi, ularning piri haqida hikoya qilinadi. Aytaylik, bo`yoqchilik kasbining kelib chiqishi Hazrati Ayhb, temirchilik kasbining kelib chiqishi Dovud payg`ambar nomi bilan bog`lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi. Kichik hajmli, mazmunan sodda bayon va hikoyalar shaklida tashkil topgan afsonalar o’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimgi namunalaridan hisoblanadi. Afsonalar ijtimoiy hayot bilan bog’liq bo’lgan voqea va hodisalarni xayoliy shaklda hikoya qiladi. Ular insoniyatning tabiat va jamiyat haqida bilish va tushunishga bo’lgan intilishi jarayonida vujudga kelgan. SHuning uchun ham afsonalar ijtimoiy hayot va madaniyat, dunyoqarash va ruhiy kechinmalar, urf-odat va tarixiy hodisalardan darak beradi. Afsona forscha so’z bo’lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo’lgan nasriy hikoyalar demakdir. Bu xildagi hikoyalar Mahmud