logo

Fanning maqsadi va vazifalari, manbalari. Folklor – xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.4716796875 KB
Fanning maqsadi va vazifalari, manbalari. Folklor – xalq og‘zaki ijodining
o‘ziga xos xususiyatlari.
REJA :
1. Xalq og’zaki ijodi fanining maqsad va vazifalari.
2. Fanning asosiy manbalari, mazmuni va uning tarkibi.
3. Xalq og’zaki poetik ijodining o’ziga xos belgilari. 
4. Xalq og’zaki poetik ijodi haqida umumiy ma`lumot. So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga
kela   boshladi.   Xalq   og’zaki   poetik   ijodi   –   mehnatkash   omma   ijodi,   xalq   badiiy
faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san`atining boshqa turlaridan (muzika, teatr, raqs,
o’yin, tasviriy va amaliy san`at hamda boshqalardan) o’ziga xos xususiyatlari bilan
ajralib   turadigan   og’zaki   so’z   san`atidir.   Har   bir   xalqning   asrlar   orzusini   aks
ettirgan   boy   og’zaki   so’z   san`ati   bo’lganidek,   o’zbek   xalqining   ham   og’zaki
adabiyoti   durdonalari   mavjud.   Mehnatkash   omma   tomonidan   og’zaki   yaratilib,
xalqning   istedodli   vakillari   ijrosida   sayqal   topib,   avloddan-avlodga   o’tib
kelayotgan badiiy asarlar o’zbek xalq poetik ijodini tashkil etadi.
Og’zaki   so’z   san`ati   «fol’klor»   yoki   «xalq   og’zaki   poetik   ijodi»   («xalq
poetik ijodi», «xalq og’zaki ijodi») terminlari bilan ifodalanadi. «Fol’klor» termini
birinchi   marta   XIX   asr   tadqiqotchisi   Vil’yam   Toms   tomonidan   1846   yilda
qo’llangan bo’lib, u ikki so’zdan iborat: «fol’k» (folk) – xalq, «lor» (lore) – bilim,
donolik,   donishmandlik,   ya`ni   «xalq   bilimi»,   «xalq   donoligi»,   «xalq
donishmandligi» demakdir. «Fol’klor» – xalqaro termin.
O’zbek   fol’klorshunosligiga   «fol’klor»,   «o’zbek   fol’klori»   terminlarini
birinchi marta Hodi Zarif kiritdi (1932, 1935). U oliy o’quv yurtlari uchun tuzilgan
birinchi   xrestomatiya   kitoblarini   «O’zbek   fol’klori»   deb   atadi   (1939,   1941).
Ungacha   «El   adabiyoti»,   «Og’zaki   adabiyot»,   «O’zbeklarda   og’zaki   adabiyot»
kabi   atamalar   ishlatilar   edi.   Bu   atamalar   sohani   aniq   ifodalamasligi   tufayli
iste`moldan   chiqib   ketdi   va   hozirgi   kunda   «O’zbek   fol’klori»,   «O’zbek   xalq
og’zaki poetik ijodi» terminlari fanda mustahkam o’rnashib qoldi.
Milliy   mustakillik   xalkimizning   o’z   bobolari   zakovati   tufayli   yaratilgan   ulkan
madaniy   merosga   bulgan   munosabatini   tubdan   yangilab,   ajdodlarimiz   tarixi,
madaniyati,   ma`naviy   kadriyatlari   tizimini   keng   kulamda   targ’ib   etishning   misli
kurilmagan imkoniyatlarini ochib berdi. Istiklol sharofati bilan dunyokarashimizda,
ongimizda ruy bergan  yangilanish,  ruhiy poklanish  va ma`naviy  tiklanish  jarayoni
fol’klor   san`atining   taraqqiyotida   ham   yaqqol   aks   etmokda.   Zero,   fol’klor   san`ati
an`analari   “mustaqil   dunyoqarashga   ega,   ajdodlarimizning   bebaho   merosi   va
zamonaviy   tafakkurga   tayanib   yashaydigan   barkamol   shaxc   -   komil   insonni tarbiyalash ”,  dek ulug’vor maksadlarga xizmat qiladi.
O’lkamiz   mustaqillikka   erishganidan   keyin   xalk   og’zaki   ijodiyotiga   bo’lgan
qiziqish   kuchaydi   va   bu   narsa   fol’klorni   o’rgatuvchi,   xalk   og’zaki   badiiy   ijodi
buyicha   dars   beruvchi,   fol’klor   san`ati   bilan   shug’ullanuvchi   mutaxassislar   oldiga
ham   dolzarb   vazifalarni   qo’ydi.   Ayniqsa,   an`anaviy   fol’klorni   tadqiq   etish,   uning
qadimiy   uzvlarini   tiklash,   nodir   ijro   yo’llari,   fol’klor   janrlari   va   ularning   badiiyati
haqida   darslik,   o’quv   qo’llanmalari   va   dasturlar   yaratish   fol’klorshunoslikning
kechiktirib bo’lmaydigan vazifalaridan biriga aylandi.
Ajdodlarimizning   ko’p   acrlik   badiiy   tafakkur   durdonalarini   bebaho   milliy
kadriyatlar tizimi sifatida saklab kolish, targ’ib va tadqiq etish, uning eng nodir na-
munalarini   keng   ommalashtirishda   fol’klorshunoslik   fanining   xizmatlari   benihoya
kattadir.   Asrlar   davomida   xalqimizni   yuksak   ma`naviy   komillik   ruhida
tarbiyalashdek   ezgu   maksadga   xizmat   qilib   kelgan   ana   shu   badiiy   qadriyatlarni
to’plash,   fol’klor   asarlarini   arxivlashtirish,   uning   eng   yaxshi   namunalarini   nashr
etish,   ilmiy   urganish   va   ommalashtirish   fol’klorshunoslikning   asosiy   maksadini
tashkil etadi.
Fol’klorshunoslik   fanining   asosiy   maksadi   va   vazifalari   bu   fanning   o’ziga   xos
ilmiy   mezonlari   va   kriteriylarini   ko’rsatish,   fol’klorshunoslikdagi   aso siy   metodlar
va   ilmiy   maktablar,   hozirgi   kunga   qadar   erishilgan   asosiy   natijalar,   o’zbek
fol’klorini   mustakillik   davrida   urganishning   yangicha   tamoyillari   va   bu   fanning
istiqbollari haqida chuqur bilim berishdan iboratdir.
Fol’klor   asarlarida   muzika,   raqs,   teatr   san`ati   elementlari   qo’shilib   ketadi,
shu   sababdan   fol’klor   sinkretik   san`at   deyiladi.   Ayni   vaqtda   fol’klor   asarlari
san`atning   boshqa   turlaridan   o’ziga   xos   tomonlari   bilan   farq   qiladi.   Fol’klorda
so’z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og’zaki  ijodi uzoq davrlardan beri
tarixning yo’ldoshi, uning chinakam aks sadosi bo’lib kelgan.
Xalq   ijodini   o’rganuvchi,   tekshiruvchi   fan   fol’klorshunoslik   deb   yuritiladi.
Bundan tashqari, fol’klor  asarlari bilan bir  qancha fanlar  shuqullanadi:  tarixchilar
tarixiy   voqealarning   xalq   og’zaki   ijodida   qanday   aks   etganini   o’rganadi; etnograflarni   xalqning   urf-odatlari   qiziqtiradi;   san`atshunoslar   esa   fol’klordagi
muzika,   raqs,   o’yin,   xoreografiya   va   boshqalarni   o’rganadilar;   tilshunoslar   xalq
ijodi   tilining   lahja   va   dialektlari   bilan,   adabiyotshunoslar   fol’klor   asarlarining
yozuv adabiyoti bilan munosabatlarini tekshiradilar.
Xalq   poetik   ijodi   yozuv   paydo   bo’lmasdan   ko’p   zamonlar   ilgari   yuzaga
kelgan.   Uning   yaratilishi   va   tarqalishi   jonli   og’zaki   an`ana   bilan   bog’liqdir.
Og’zakilik   xususiyati   uni   xalq   san`atining   boshqa   turlaridan   (masalan,   muzika,
raqs,   o’ymakorlik)   ajratib   turadi.   Fol’klor   asarlarining   uzoq   asrlar   davomida
og’zaki   yaratilishi   va   og’zaki   ijro   etilishi   uning   shakl   va   mazmuniga   ta`sir
etmasdan   qolmas   edi.   Ma`lumki,   ayrim   tarixiy   faktlarning   to’liq   esda   qolmasligi,
zamon   taqozosi   bilan   unutilishi   natijasida   ularning   asardan   tushib   qolishi   yoki
o’zgarishi, qorishtirib talqin etilishi mumkin. SHuning uchun ham tarixiy voqea va
hodisalar   fol’klorda   aynan   aks   etavermaydi.   Ba`zan   esa   dostonlarda   mavjud
bo’lgan she`riy parchalarning unutilishi mazkur janrni ertak shakliga keltirib ham
qo’yishi   mumkin.   YOki   aksincha,   ertakning   dostonga   aylanishi   ham   ehtimoldan
xoli   emas.   Fol’klor   asarlarida   yuz   berishi   mumkin   bo’lgan   bunday   hodisa   uning
g’oyaviy-badiiy, estetik qimmatini kamaytirmaydi. CHunki har bir fol’klor asarida,
u   qaysi   forma   va   janrda   bo’lmasin,   ijodkor   xalqning   voqelikka   bo’lgan   aktiv
munosabati   ifodalanadi.   SHuning   uchun   ham   fol’klor   asarlari   g’oyaviy-badiiy
jihatdan puxta ishlanadi.
Xalq   og`zaki   ijodining   o`z   ijodiy   metodi   mavjudligi.   Uni   shartli   ravishda
romantizm   tipidagi   ijodiy   metod   deyish   mumkinligi,   chunki   folklor   asarlarida
fantastika,   badiiy   uydirmalar,   hayotiy   asos   bo`lishi,   yo`g`rilgan   xayoliy   voqea   va
hodisalar hayotni tasvirlashning o`ziga xos uslubi sifatida namoyon bo`lganligi.
“Folklor” termini haqida tushuncha. Xalq og’zaki badiiy ijodi tarixi va uning
asosiy   janrlari.   O’zbek   xalq   og’zaki   poetil   ijodi   va   boshqa   xalqlar   folklorining
mushtarakligi, farqli tomonlari va an’analarining badiiy ifodasi sifatida.
Xalq og`zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik
va   ijrochilik   jarayonining   kollektivlik   xarakteriga   egaligi.   Uning   og`zakilik,
variantlilik,   ommaviylik,   traditsionlik,   anonimlik   kabi   belgilarini   kollektivlik tomonidan   yaratilgan   poetika   elementlari,   an'anaviy   uslub   vositalari   asosida
yuzaga   kelishi.   U   muayyan   eshituvchilar   guruhiga   mo`ljallangan   bo`lishi   va
kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etishi. 
Folklor   namunalari   og`zaki   yaratilib,   og`zaki   ijro   etilishi.   Xalq   og`zaki
poetik   ijodining   kollektivlik   xarakteri   individual   ijodchilar   faoliyatini   inkor
etmasligi.   Iste'dodli   ijodkorlar   folklor   namunalarini   saqlab   qolishi   va   keng
ommalashtirish   bilan   birga   og`zaki   an'analari   doirasida     uni   yanada
mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratilishi.
Fol’klor   asarlari   o’zining   hayotiyligi,   ijtimoiy   tabiati,   g’oyaviy   mohiyati
hamda o’ziga xos badiiy xususiyatlari  bilan ajralib turadi. Xalqning mehnati, urf-
odati,   turmush   sharoiti,   orzu   istagi,   kurash   va   g’alabalari   uning   mavzusi   va
g’oyaviy   mazmunida   aks   etadi.   Bu  xususiyat   asosan   tom   ma`nodagi   so’z   san`ati,
doimo mehnatkash el manfaati, orzu va istagi va intilishlariga mos keladi. Fol’klor
so’z   san`atining   boshlang’ichi,   yuksak   mahoratli   badiiy   tuzilishdir.   Xalq   og’zaki
ijodining   har   bir   namunasi   asrlar   davomida   ko’plab   iste`dodli   xalq   ijodchilari
tomonidan   yuksak   san`at   namunasi   darajasiga   ko’tarilgan.   Bugina   emas,   fol’klor
san`atning   boshqa   turlari   adabiyot,   teatr,   muzika,   kino   va   boshqalarning
taraqqiyotida ham muhim rol o’ynadi va o’ynamoqda.
Xalq   og’zaki   badiiy   ijodini   o’rganuvchi   fan   fol’klorshunoslik   yoki
fol’kloristika   deb   yuritiladi.   Fol’klorshunoslik   turli   davrlarda   va   turli
mamlakatlarda   goh   etnografiya,   goh   adabiyotshunoslik   va   muzikashunoslik,   goh
madaniyat   tarixi,   goh   antropologiyaning   va   hatto   sotsiologiyaning   bir   qismi   kabi
qaralib   kelingan.   Bizning   mamlakatimizda   esa   xalq   og’zaki   badiiy   ijodi   haqidagi
mustaqil   va   maxsus   fan   sifatida   rivojlandi.   SHu   bilan   birga,   fol’klorshunoslik
tekshirish   predmetining   ko’lami   va   xilma-xilligi   jihatidan   adabiyotshunoslik   va
musiqashunoslik, etnografiya va antropologiya kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Fol’klorni   o’rganish   tarixi   unga   nisbatan   faqat   ilmiy   maqsadlarda
yondashilganlikni   kuzatish   bilangina   cheklanmaydi,   balki   insoniyat   tafakkuri
taraqqiyotida   unga   turlicha   munosabatda   bo’lgan   ilm-fan   va   madaniyat
arboblarining adabiy qiziqishlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. SHu ma`noda fol’klorshunoslik   asoslari   qadimgi   dunyo   estetik   tafakkuriga   borib   taqaladi.
Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va
marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning fol’klor to’g’risidagi ilk
fikrlari   fol’klorshunoslik   uchun   muhimdir.   Fol’klorni   yozib   olishdagi   birinchi
tajribalar XI asrdan boshlab ko’zga tashlanadi (Mahmud Koshg’ariyning «Devonu
lug’otit   turk»  asaridagi  fol’klor   materiallari).  Ayni  paytda  yozuvchilar   tomonidan
xalq   ertaklari,   miflar,   afsona   va   rivoyatlarini   qayta   ishlash   jarayoni   ham
boshlanadi.
XX asrning boshlarigacha o’zbek fol’klori bilan hech Kim shug’ullanmagan,
unga   nisbatan   qiziqish   bo’lmagan,   degan   ma`no   chiqmaydi,   albatta.   Mahmud
Koshg’ariy   yiqqan   mehnat,   urf-odat,   mavsum-marosim   qo’shiqlari,   afsona   va
rivoyatlar,   maqol   va   matallar,   ularning   mazmuni,   qo’llanish   o’rni   haqidagi
ma`lumotlar, Abulqosim Mahmud Zamaxshariyning maqol va matallarning badiiy
xususiyatlari   haqidagi   mulohazalari,   Alisher   Navoiy,   G’iyosiddin   Xondamir,
Davlatshoh Samarqandiy, Darvish Ali CHangiy, Vosifiy asarlaridagi mavjud qayd
va   izohlar   fol’kloristika   tarixi   uchun   muhim   ahamiyatga   ega.   Fol’kloristika   tarixi
xalq   ijodiga   faqat   ilmiy   maqsadlar   bilan   yondashilganlikni   o’rganish   bilangina
cheklanmaydi,   balki   fol’klorni   turlicha   tushungan   va   undan   o’z   asarlarida
foydalangan   yozma   adabiyot   namoyandalarining   xalq   ijodiga   qiziqishlarini
(tarixiy-badiiy asarlardagi fol’klorizmni) tekshirishni ham o’z ichiga oladi.  
XX   asrning   2-choragidan   boshlab   xalq   og’zaki   ijodi   namunalarini   to’plash
va   u   haqidagi   ilmiy   tadqiqotlarni   e`lon   qilish   ancha   izga   tushdi.   Bu   ish   dastlab
markazlashtirilgan   hay`at   tomonidan   amalga   oshirildi.   Bu   o’rinda   elbek,
G’.O.YUnusov,   G’ulom   Zafariy   kabi   olimlar   xalq   og’zaki   ijodiga   oid   bo’lgan
ayrim   janrlarni   yozib   olishga   va   ilmiy   maqolalar   e`lon   qilishga   erishdilar.   Bu
o’rinda fol’klorshunos olimlardan Xodi Zaripovning xizmatlari kattadir. 
Olim   xalq   og’zaki   ijodining   yirik   janri   bo’lgan   dostonlarni   Fozil   Yo’ldosh
o’g’lidan,   ergash   Jumanbulbul   o’g’lidan,   Po’lkan   shoir   tilidan   «Alpomish»,
«SHayboniyxon»,   «Rustam»,   «Go’ro’g’lining   tug’ilishi»,   «Hasanxon»,
«Avazxon», «YUnus pari», «Misqol pari» kabi dostonlarni yozib oladi. Bu o’rinda fol’klorshunos   olimlardan   Mansur   Afzalov,   Muzayana   Alaviya   ham   xalq   og’zaki
ijodini   to’plab   nashr   ettiradilar.   Xususan,   Muzayana   Alaviya   xalq   qo’shiqlarini
to’plab, birinchi marta e`lon qildi. Keyinchalik fol’klorshunos olimlarning qatoriga
X.Imomov,   Z.Xusainova,   B.Sarimsoqov,   Z.Mirtursunov,   J.Qobilniyozov   kabi
olimlar  qo’shildilar  va qator  monografiya va risolalar  e`lon qildilar. eng diqqatga
sazovor   tomoni   shundaki,   1964   yildan   boshlab   45   tomga   mo’ljallangan   o’zbek
xalq   ijodi   asarlarini   nashr   etishga   kirishildi   va   bir   necha   tomlari,   jumladan,
«Intizor», «Dastagul», «Murodxon», «Orzigul» va boshqa dostonlar nashr ettirildi.
YUqorida   amalga   oshirilgan   ishlardan   so’ng   fol’klorshunos   olimlar
M.Saidov,   M.Murodov,   B.Sarimsoqov   kabilarning   xalq   dostonlariga   doir
tadqiqotlari   e`lon   qilindi.   Bu   o’rinda   shuni   ta`kidlash   kerakki,   zamonamizning
buyuk dostonchisi ergash Jumanbulbul o’g’lining, Fozil Yo’ldosh o’g’lining, Islom
shoirning, Po’lkan shoirning asarlarini o’rganishda yangi bosqich boshlandi. Xalq
og’zaki ijodining ikkinchi nasriy turi ertaklar haqidagi birinchi tadqiqot M.Afzalov
tomonidan «O’zbek xalq ertaklari» haqida kitobi nashr ettirildi. K.Imomovning esa
«O’zbek   satarik   ertaklari»   monografiyasi   ham   ertak   janri   xususiyatlarini   yoritib
berdi.   SHu   bilan   birga,   ertaklarni   nashr   etishga   ham   alohida   e`tibor   berildi.
M.Afzalov,   Z.Husainova,   X.Rasulovlar   tomonidan   «O’zbek   xalq   ertaklari»ning
ikki   tomligi   nashr   ettirildi.   Xalq   qo’shiqlarini   o’rganishda   esa   M.Alaviyaning
«O’zbek xalq marosimi qo’shiqlari» monografiyasi alohida o’rinda turadi. 
O’zbek   fol’klorshunosligining   etakchi   ilmiy   maktablari   va   ularning   asosiy
nazariyalari,   fol’klorni   o’rganishning   asosiy   metodlari   to’g’risida   ham   mufassal
ma`lumot beriladi. CHunki uzbek xalq oqzaki badiiy ijodini o’rganuvchi mutaxassis
fol’klorshunoslik   tarixida   “fin   maktabi”,   “mifologik   maktab”,   “tarixiy   maktab”,
“antropologik maktab”, “ritual-mifologik maktab” kabi nomlar bilan atalgan ilmiy
maktablarning   izlanishlari   va   ular   tomonidan   yaratilgan   ilmiy-nazariy
kontseptsiyalarning   xalq   ijodini   tadqiq   etishdagi   ahamiyatini   yaxshi   bilishi,
ularning filologik tadqiqotlar tizimida tutgan o’rniga to’gri baho bera bili shi lozim.
O`zbek   fol`klori   xilma-xil   janrlardan   tarkib   topgan   behad   qadimiy   so`z   san`ati bo`lib, unda o`tmishda yashagan ajdodlarimizning turish-turmushi, dunyoqarashi
va   e`tiqodi,   kurash   va   mag`lubiyatlari   ifodalangan.   V.M.Miller   xalq   ijodiyotiga
«xalqshunoslikning   tarkibiy   qismi» 1  
sifatida   qarab,   uning   xalq   rasm-rusumlarini
ifodalagan   etnografik   mohiyatini   ta`kidlaydi.   Fol`klorning   betakror   so`z   san`ati
sifatidagi   mohiyati   xalq   turmushini   ifodalaganligi   tufayli   etnografiya   bilan,   xalq
ruhiyati   va  e`tiqodiy   qarashlarini   aks   ettirib   ruhshunoslik   va   din   tarixi   bilan,  xalq
axloqiy qarashlarini ifodalab tarbiyashunoslik bilan, musiqa, raqs va harakatlarga
omuxtaligi   bois   san`atshunoslik   bilan   va   nihoyat   jonli   so`zlashuv   tilida
yaratilganligi sababli tilshunoslik fanlari  bilan singishganligida namoyon bo`ladi. 
             Fol`klorda an`anaviylik o`ziga xos xususiyatlardan bo`lib, uning g`oyaviy –
estetik mohiyatini belgilaydi. An`anaviylik xalq ijodida   u yoki bu asar matnining
og`izdan-og`izga   o`tishi   jarayonida   nisbatan   barqarorliknigina   anglatib   qolmay,
balki   o`sha   asarning   avloddan-avlodga   o`tish   jarayonida   dastlabki   ijrosiga   xos
xususiyatlarni,   kuyi   va   shaklini,   ifodaviy   vositalari   va   qahramonlarini   nisbatan
o`zgarmagan holda saqlab qolganligini ham anglatadi. 
Xalq   ijodiyotida   an`anaviylik   g`oyaviy   –   badiiy   mazmunda   keng   ko`lamga
ega. Zero, mavzu mohiyatiga ko`ra uning barcha tur va janrlaridagi namunalarida
Vatan,   xalq   va   mehnatni   ulug`lash,   adolatsizlikka   nafrat   bilan   qarash,   do`stlik   va
birodarlikni   qadrlash,   chin   insoniy   muhabbatni   sharaflash   mushtarak   an`anaviy
motivlardir.   SHuningdek,   an`anaviylik   fol`klorning   har   bir   turi   va   janrining
kompozitsion   tarkibiga   xos   unsurlar   umumiyligini   ham   namoyon   etadi.   Aytaylik,
qo`shiq   janri   tabiatiga   daxldor   an`anaviy   unsurlarning   hammasi   ham   doston  janri
tabiatiga   to`g`ri   kelavermaydi.   Dostonlargagina   xos   an`anaviy   epik   ko`lamdorlik,
epik qoliplar, umumiy tipik o`rinlar va boshqalar qo`shiqlarda uchramaydi. Lekin
bular   xalq  eposi   uchun an`anaviy  unsurlar  sanaladi.  YOki   xalq  eposini   an`anaviy
boshlama   va   tugallanma,   otni   egarlash   va   ta`riflash,   otda   bahodirona   chopish,
janglar   tasviri,   safarga   otlangan   qahramonga   nasihat   qilish,   jangga   kirish   oldidan
o`zini   maqtashi,   sevishganlar   uchrashadigan   chorbog`lar   tavsifi,   malikalar,
1
 Millеr V.F. Lеktsii pо istоrii russkоy nаrоdnоy slоvеstоsti. M. ,  1911. kanizaklar, ko`sa va maston kampirlar tasvirisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bularsiz
dostonlarda an`anaviy shjet qurilmasini tasavvur qilish  qiyin. 
An`anaviylik   fol`klorninggina   emas,   balki   xalq   musiqasi,   raqsi   va   amaliy
san`atining ham xos belgisi sanaladi.
An`anaviylik   o`zining   ijtimoiy   –   tarixiy   manbalariga   ega.   CHunonchi,
fol`korning   ilk   namunalari   ibtidoiy   jamiyatda   yaratilgan,   ularda   o`sha   zamon
kishilarining nisbatan qaror topgan urf-odatlari va hayotga oid qarashlari aks etgan.
Bu   hol   fol`klor   asarlari   shakli,   obrazlari   va   motivlari   muayyan   barqarorlik   kasb
etishini ta`minlagan.  Fol`klor asarlari     jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Uning ayrim janrlarida so`z
va kuy omuxtaligi etakchi bo`lsa, ayrimlarida sahna san`ati unsurlari ustun turadi.
Bu   hol   fol`klor   asarlariga   qorishiqlik       (sinkretiklik)   xususiyatini   baxsh   etgan.
Fol`klor   namunalari   ijrosi   xilma-xil   san`at   turlariga   xos   unsurlarni   o`zida
mujassamlashtirgan. Uning talay namunalari so`z va kuy uyg`unligida ijro etiladi.
CHunonchi,   doston   va   termalarni   do`mbira   jo`rligida   kuylash   an`anaviy   bo`lsa,
qo`shiq   dutor,   childirma   jo`rligida   kuylanadi.   Aksariyat   fol`klor   asarlarida   so`z
etakchi  o`rinni  egallaydi.  Ertak,   afsona,   naql,  rivoyat,  latifa,  maqol  va  topishmoq
janrlari   shunday   xarakterga   ega.   Xalq   ertaklarida,   xalq   dramasida   harakat   va
mimika  muhim  qimmat   kasb  etadi.  Biroq  ko`pgina  asarlar   ijrosida  kuy  g`oyaviy-
badiiy   mazmunni   ifodalashda   bir   qadar   qimmat   kasb   etsa-da,   baribir   so`z
mazmunini  ochuvchi  asosiy  vosita  bo`lib qolaveradi. Bu fol`klorning so`z san`ati
sifatidagi mohiyatini to`la–to`kis tasdiqlaydi. 
          Xalq   –   fol`klorning   ijodkori.   Fol`klor   qabila,   urug`,   elat,   xalq   yoki
millatning mafkurasi va ruhiyatini aks ettiradi. Uning paydo bo`lishida hal qiluvchi
rol`   o`ynaydi.   Ibtidoiy   jamiyatda   fol`klor   hayot   bilan   mustaqil   kurash   vositasiga
aylanib   shakllandi.   Qoyalardagi   tasvirlar,   bolta   va   boshqa   mehnat   qurollari
qadimiy   ajdodlarimizning   tabiiy   tuyg`ularini   shakllantira   bordi,   hayvonlardan
farqli   o`laroq,   badiiy   ijod   qilish   iqtidorini   uyg`ota   boshladi,   ulardagi     ma`naviy
kuchning   qo`pol   amaliy   ehtiyojlar   asirligidan   qutulishiga   ko`maklashdi.   Xayolga
erk   berish   zamirida   ibtidoiy   odamda   estetik   tuyg`u   shakllana   bordi,   go`zallikni
tushunish   va   anglash   teranlashdi   va   shular   zaminida   xalq   og`zaki   ijodiyotining
dastlabki   namunalari   hzaga   keldi.   Mehnat   jarayoni,   ijtimoiy   taraqqiyot   tufayli
mehnatning turli  tarmoqlarga taqsimlanishi  esa,  o`z navbatida, so`z san`atini ham
shaklan, ham mazmunan xilma-xil xarakter kasb etishini ta`minladi.  Jamiyat   taraqqiyoti   o`zgargan   sari   ijtimoiy   tabaqalanish   chuqurlasha   bordi:   xalq
ikki ijtimoiy guruhga – hukmronlik mavqeidagi xo`jayinlar va ularga itoat qilishga
mahkum qilingan mehnatkashlar toifalariga bo`lindi. Bu hol manfaatdorlik nuqtai
nazaridan ular o`rtasida ma`lum ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Natijada fol`klorda
zolimlardan   norozilik,   zolim   kuchlarga   nafrat   motivlari   paydo   bo`la   boshladi.
Mazlum   omma   hayot   haqidagi   tushunchalarini,   ijtimoiy-siyosiy,   tarixiy-falsafiy,
badiiy-estetik,   diniy-axloqiy   qarashlarini   ifoda   etish   bilan   fol`klor   asarlarining
g`oyaviy mazmundorlik jihatidan xalqchilligini ta`minladi. 
Xalq og`zaki ijodi namunalarida aks etgan ijtimoiy-tarixiy voqealar hamisha oddiy
mehnat kishilari  - umumxalq manfaatlari nuqtai  nazaridan baholanadi. Fol`klorda
xalq optimizmi engilmas qudratga ega pafos darajasiga ko`tarilgan. 
Fol`klor   qadimiy   so`z   san`ati   sifatida   nafaqat   chuqur   g`oyaviyligi,   balki
hksak   badiiyligi   bilan   ham   ajralib   turadi.   Unda   voqelikni   ifodalashning   doston,
ertak,   maqol   qo`shiq,   topishmoq,   afsona,   rivoyat   va   askiya   singari   xilma-xil
janrlari shakllangan. 
Fol`klor asarlari tili – jonli so`zlashuv tili, shu bilan birga arxaik ifodalar va
dealiktizmlar   ular   uchun   norma   sanaladi.   Bu   xususiyati   bilan   fol`klor   tili   adabiy
jihatdan   sayqallangan   badiiy   adabiyot   tilidan   farq   qiladi.   Fol`klor   tili   –   muttasil
harakatdagi     jonli   so`zlashuv   tili   bo`lib,   hamma   zamonlarda   ham   adabiy   tilning
boyish manbai bo`lib keldi va shunday bo`lib qoladi.
O`zbek   xalq   ijodiyotida   ifodaviy-tasviriy   vositalarning   badiiy   adabiyotdan
farq qiluvchi o`ziga xos butun bir tizimi ishlangan. Bu xalq qo`shiqlaridagi ramziy
obrazlar,   doimiy   sifatlashlar,   an`anaviy   qoliplar   (klishelar),   turg`un   iboralarning
farovonligida, fol`klor asarlari tilida erkalovchi, kichraytiruvchi qo`shimchalarning
serobligida,   ayniqsa,   muvoziylik   (parallelizm),   mubolag`a   va   saj`ning   behad   faol
va o`ziga  xos qo`llanilishda yorqin ko`rinadi. Fol`klor   asarini   aniq   ijodkorga   nisbat   berib   bo`lmaydi.   Ularning   yaratilishi
paytini ham aniq ko`rsatishning imkoni yo`q. CHunki fol`klor asari uzoq muddatli
ijodiy   jarayonda   og`izdan-og`izga,   avloddan-avlodga,   ustozdan   –   shogirdga   o`tib
hzaga   keladi   va   yashaydi.   Badiiy   adabiyot   namunasining   muallifi   ham,   yozilgan
vaqti   ham ma`lum  bo`ladi. Fol`klor asarlari muallifining noaniqligi – anonimligi
(grek   anonumis-no`malum)   o`sha   asarning   qachonlardir   individual   ijodkor
tomonidan   yaratilganligini   inkor   etmaydi.   V.G.Belinskiy   aytganidek,   fol`klorda
«mashhur nomlar yo`q, uning muallifi hamisha xalqdir. Uning navqiron xalq yoki
qabila   ichki   va   tashqi   hayotining   jimjimalarsiz   va   aniq     tasvirlangan   oddiy   va
soddagina   qo`shiqlarini   kim   to`qiganini   hech   kim   bilmaydi…va   bu   qo`shiq
urug`dan   –   urug`ga,   avloddan-avlodga   o`tadi;   va   vaqtlar   o`tishi   bilan   o`zgarib
boradi;   goh   uni   qisqartirishsa,   goh   uzaytirishadi,   goh   yangidan   to`qishadi,   goh
unga   boshqa   qo`shiqni   ulashsa,   goh   unga   qo`shimcha   qilib   boshqa   bir   qo`shiqni
to`qishadi   –   shunda   qo`shiqdan   doston   chiqadi.   Faqat   xalq   unga   o`zini   muallif
sanay   oladi.   Adabiyot   –   boshqa   ish;   endi   xalq   emas,   balki   xalq   hayotining   turli
tomonlarini   o`z   aqliy   faoliyatlarida   aks   ettiruvchi   alohida   shaxslar   uning   arbobi.
Adabiyotda shaxs to`la xuquq bilan maydonga chiqadi va adabiy bosqich hamisha
shaxslarning   nomi   bilan   ajralib   turadi». 2
  Ko`rinayotirki,   fol`klor   asarlari
qachonlardir   noma`lum   shaxs   (individ)   tomonidan   to`qilsa-da,   og`izdan-og`izga,
avloddan-avlodga   o`tish   jarayonida   jamoa   (kollektiv)   ijodkorligi   namunasiga
aylanadi;   jamoa   ijodiy   salohiyatidan   to`lishib,   mukammallashib,   g`oyaviy-badiiy
kamolot kasb eta boradi.
2
  B еlinskiy V.G. Pоln. Sоbr. Sоch. V. 13-ы tоmах, T. 5, M., 1954, s . -625 Abdurauf   Fitrat   bu   masalaga   o`z   munosabatini   bildira   turib,   og`zaki   va
yozma   adabiyotlarning   o`zaro   tafovutli   xususiyatlariga   to`xtalarkan,   «buning
ayirmasi yozma bo`lmasligida, yo egasining ma`lum emasligini»ni ta`kidlab, «har
bir doston, maqol, topishmoq ,   ashula, asosan, bir kishi tomonidan chiqoriladir-da,
so`ngra   umumiylashib   ketadir»,   -   deya   fol`klor   asari   ham   individual   ijoddan
boshlanajagiga, so`ngra «umumiylashib» jamoa ijodi mahsuliga aylanishiga ishora
qiladi.   SHu   bilan   birga   u   fol`klorning   asl   mohiyatini   xalqona   ruhga
sug`orilganligida   ko`radi.   SHu   ma`noda   fol`klor   betimsol   og`zaki   badiiy   –
ma`naviy boylik ijodkori bo`lgan xalqning o`zi haqidagi fandir. 
Shuni aytish o`rinliki, fol`klor qadim zamonlarda jamoaning ommaviy ijodi
sifatida   hzaga   kelgan   edi.   Ilk   namunalariyoq   hammabop   va   ommabop   to`qilgan
bo`lib,  uning  ijrosiga  mo`ljallangan.   O`sha  zamonlarda  shaxsiy  ijodkor   jamoadan
hali   to`la-to`kis   ajralib   chiqmagan   edi.   Ijtimoiy   –   siyosiy   munosabatlarining
takomillasha   borishi,   xalq   estetik   tafakkurining   o`sishi   va   mehnat   taqsimotining
chuqurlashuvi   jarayonida   davrlar   o`tishi   bilan   alohida   ijrochilar   –   qo`shiqchilar,
ertakchilar, baxshilar, qissasozu qissaxonlar, latifago`ylar (bazlago`ylar), hazzollar
(hazilkashlar),   qiziqchilar,   xalfalar   o`z   mahoratlari   bilan   yarqirab   ko`rina
boshladilar. Ammo bu talantlar ham jamoa dahosi bilan to`qilib, og`izdan-og`izga,
avloddan-avlodga,   ustozdan   shogirdga   o`tib   kelgan   asarlarni   kuylar,   ijro   etar   va
albatta,   shu   jarayonda   o`zidan   ham   nimanidir   qo`shib,   individual   mahoratlarini
namoyon   etar   edi.   Tilla   kampir,   Sulton   kampir,   Jolmon   baxshi.   Bo`ron   shoir,
Jumanbulbul,   Jossoq,   Xonimjon   xalfa,   Bibi   shoira,   Ernazar   baxshi,   Riza   baxshi,
Suyar   baxshi,   Amin   baxshi,   Yo`ldoshbulbul,   Sultonmurod,   Qurbonbek,   Xidir
shoir, Yo`ldosh shoir. Suyar shoir, SHerna hzboshi, Mulla Xolnazar, Haybat soqi,
Qunduz soqi, Fozil Yo`ldosh o`g`li. Ergash Jumanbulbul o`g`li, Po`lkan Jonmurod
o`g`li,     Islom     Nazar   o`g`li,   Saidmurod   Panoh   o`g`li,   Abdulla   shoir,   Umir   Safar
o`g`li,   Nurmon   Abduvoy   o`g`li.   Xolyor   Abdukarim   o`g`li,   Bola   baxshi,   Bolta
baxshi,   Qodir   baxshi   Rahim   o`g`li   va   boshqalar   o`z   individual       ijrochiliklari
tufayli   jamoa   dahosi   bilan   yaratilgan   asarlarni   avloddan-avlodga   etkazib   keldilar.
Ularning   ba`zilari   esa   shu   jamoa   ijodkorligiga   xos   an`analarga   mustahkam tayangan   holda   o`zlari   ham   ijod   eta   boshladilar,   aniqrog`i,   an`anaviy   dostonlar
kuychisi darajasida qolib ketmay, baxshilikdan shoirlik darajasigacha ko`tarildilar.
Fol`klor   –   og`zaki   ijod.   Og`zakilik   –   xalq   ijodining   yashash   va   yaratilish
tarzi. CHunki u hali yozuv kashf qilinmagan uzoq o`tmishdagi ajdodlarimiz turish–
turmushining,   dunyoqarashi   va   e`tiqodining,   kurashlardagi   zafari   va
mag`lubiyatlarining   ifodachisi   sifatida   hzaga   kelgan.   Fol`klor   og`izdan-og`izga
o`tib   yashasa,   badiiy   adabiyot   yozuv   vositasida   yashaydi.   Fol`klor   asari   og`zaki
aytiladi   (ertak,   maqol,   topishmoq,   rivoyat,   afsona,   latifa,   naql   va   boshqalar),   ijro
etiladi   (doston,   og`zaki   drama,   lof,   askiya   va   boshqalar),   kuylanadi   (qo`shiq).
Badiiy adabiyot esa faqat o`qiladi, ijrosiga xos xususiyatlar esa fol`klordan ijodiy
o`zlashtirilgan.   Og`zakilik   fol`klorning   o`zgarmas   shakli   bo`lib,   o`z   navbatida,
xotirada     saqlamoqni,   yodlab   eslamoqni   taqozo   etadi.   Buning   uchun   esa,   kuchli
hofiza   zaruriyatga   aylanadi.   O`zbek   baxshi     va   shoirlari   orasida   qirqdan   ziyod
an`anaviy   dostonlarni,   tag`in   qanchadan   –   qancha   termalarni   bilgan,   kuylagan,
yana o`zi to`qiganlarning borligi shu an`anaviy ehtiyojning hosilasidir. 
          Fol`klor asari og`izdan-og`izga o`tishi tufayli shaklan va mazmunan qanaqa
o`zgarishga uchramasin, bu hol uning g`oyaviy – badiiy, ijtimoiy-estetik qimmatini
tushirmaydi.   CHunki   unda   ijodkor   xalqning   voqelikka   munosabati   aks   etgan.
Fol`klor   asarlarining   og`izdan-og`izga   o`tib,   uzoq   asrlar   davomida   yashab
kelayotganining asosiy sababi shunda.
Davrlar   o`tishi   bilan   ayrim   fol`klor   janrlari   badiiy   tizimida   jiddiy
o`zgarishlar   sodir   bo`ldi.   Jumladan,   yangi   dostonlarda,   garchi   an`anaviy
dostonchilikka   xos,   epiklikka,   tayyor   qoliplarga,   motivlarga   suyanilsa-da,   biroq
bular   endi   an`anaviy  dostonlardagidek  g`ayritabiiylik asosida  emas,  balki   hayotiy
reallikka,   ob`ektivlikka   asoslangan   holda   ifodalanadigan   bo`ldi.   An`anaviy
dostonlarning ideal qahramonlari g`ayritabiiy kuchlar madadkorligida harakat qilib
g`alaba qozonsa, yangi dostonlarning qahramonlari real tarixiy shaxslar bo`lib, ular
yangi voqelikka suyanib harakat qiladi va   o`z maqsadiga erishadi. Bunday farqni
an`anaviy dostonlar bilan yangi dostonlar konflikti misolida ham ko`rish mumkin.
Konflikt   an`anaviy  dostonlarda  yakka  shaxs  manfaati   taqozosi,  yangi   dostonlarda esa   omma   manfaatlari   taqozosi   hosilasidir.   Binobarin,   yangi   dostonlar   konflikti
hayotiy zaminga ega va uning echimi ham realdir.
Xalq   ijodiyoti   namunalari   jonli   ijro   jarayonida   xilma   –   xil   variantlardagina
yashaydi.   Variantlik   –   fol`klorning   jonli   yashash   tarzi.   «Variantlik,   -   deb   yozadi
T.Mirzaev,-   fol`klor   tabiati,   uning   estetikasi,   yaratilishi   va   jonli   ogzaki   ijroda
yashash   qonuniyatlari   hamda   funktsiyasidan   kelib   chiqqan   xususiyatidir.   U
fol`klorning   hamma   tomonlari   va   elementlarini   –   shjeti,   obrazliligi,   stilistikasini,
umuman, poetikasi va janr xususiyatlarini qamrab oluvchi belgisidir». 3
  Binobarin,
variant – ma`lum bir asarning jonli og`zaki epik an`ana zaminida vujudga kelgan,
bir-birini inkor etmasdan yonma-yon yashay oladigan va o`zaro faqlanuvchi turli-
tuman     matnlaridir.   CHunonchi,   «Alpomish»   dostoninng   yigirma   sakkiz
dostonchidan   yozib   olingan   o`ttiz   uchta   to`liq,   parcha   va   mazmunidan   iborat
variantlari mavjud. 
Variantlar na mazmun, na shakl jihatlaridan farq qilmasligi mumkin. Lekin
ularda qay bir ma`nosi yaqin so`z almashingan bo`lsa-da, motiv an`analigiga xalal
etmaydi.
Anoring dona-dona,
Ko`yingda men devona.
Ikkilikning bu varianti ikkinchi shaxsdagi «anoring» so`zi keyingi variantda
uchinchi shaxsdagi «anori» shaklini olgan, «ko`yingda» so`zi «ishqida» so`zi bilan
almashingan:   natijada   birinchi   ikkilikda   qahramon  lirik  «sen»ga,   ikkinchisida   esa
lirik   «u»ga   izhori   ishq   aylayotir.   Motivdagi   shu   tafovutning   o`ziyoq   ularning   har
biriga   mustaqil   asar,   aniqrog`i,   el   orasida   keng   tarqalgan   qo`shiqning   bir-biridan
farqlanuvchi variantlari sifatida qarashga asos bo`la oladi:
Anori dona-dona,
Ishqida men devona.
Xalq   ijodiyotida   variantlar   bir   –   birlaridan,   avvalo,   asar   matnining
saqlanishi,   ya`ni   to`laligi,   qisqarganligi,   parcha   holiga   kelganligi   yoki
kontominatsiya   (lotincha:   contaminatio   –   bir-biriga   tegdirmoq,   aralashtirmoq,
3
 Mirzаеv T. Хаlq bахshilаdining еpik rеpеrtuаri. T.: «Fаn», 1979, 71-b. qorishtirmoq)ga   uchraganligi,   so`ngra   esa,   badiiy   shaklining   o`zgarib   turishi,
aytaylik,   band   yo   bayt   tarkibining   o`zgarib   turishi,   bir   matnning   goh   u   va   goh
boshqa bir janr tarkibida o`rin almashtirishi natijasida farqlilik kasb etadilar. SHu
sababli fol`klorda har bir variant to`la va teng xuquqqa ega mustaqil asar sanaladi.
Variantliknig muhim  xususiyati versiya ichida harakat qilishidir. Binobarin,
versiya   mohiyatan   ancha   keng   hodisa   bo`lib,   “kompozitsion   va   g`oyaviy-badiiy
tasvir  vositalari jihatidan bir-biridan printsipial ravishda keskin farq qiluvchi xalq
og`zaki   poetik   ijodining   bir   shjet   va   janrdagi   namunalari   (tekstlari)» 4
  dan   tashkil
topgan.   CHunonchi,   «Alpomish»   dostonining   o`zbek,     qorakalpoq,   qozoq   va
boshqa xalqlarga mansub versiyalri kabi. Gohida birgina doston   birgina xalqning
o`zida   ham   ikki   va   undan   ortiq   versiyaga   ega   bo`lishi   mumkin.   Masalan,
«Alpomish»,   «SHirin   bilan   SHakar»   va   «Sohibqiron»   dostonlari   o`zbek   xalqi
orasida ikki versiyada tarqalgan.
SHunday   qilib,   variantlilik   fol`klor   asarlarining   xalqchilligini   hamda
tarqalish   chegarasini   belgilaydi,   fol`klorda   kechayotgan   o`zgarishlarning
sabablarini   o`rganish   asosida   xalq   ijodiyotidagi   jarayonlarga   xos   qonuniyatlarni
ochish uchun boy material beradi. 
Xalq   badiiy   tafakkuri   hali   ilk   bosqichida   dunyoni   stixiyali     materialistik
tarzda   anglashga,   idrok   etishga   moyil   va   qodir   edi.  Bu   hol   o`sha   real   hodisalarni
ajabtovur mo``jizaviylik yoki sehrlilik fonida tasavvur qilishga olib keldi. Natijada
xalq badiiy tafakkurida reallik fantastikaga yo`g`rilab ko`rina boshladi. SHu tariqa
fol`klorda shartlilik – fantastika va hayotiylik – reallik o`zaro singishib, tipik holga
aylanib bordi. Fantastika va romantika mehnat ahliga  o`z xayoli –o`ylarida yorqin
kelajakni   yaratish   imkonini   bergan:   manzildan   manzilga   tezroq   borish   istagi   –
uchar   gilam,   g`irot,   boychibor,   simurg`larni;   dushmandan   qasos   olish   istagi   –
urto`qmoq, bir sermaganda qirq gaz cho`ziladigan keskir qilichni, ichi qovoqariga
to`la   tarvuzni;   jahon   ayvonidagi   voqealardan   vofiq   bo`lishi   istagi   –   oynai
jahonnamoni;   hayot   ishqi   bilan   yashash   istagi-insonni   yashartiruvchi   yoki   har
qanday   xastaliklardan   xalos   etuvchi   obi   hayot,     sehrli   olma   va   hokazolarni
4
 O`shа аsаr, 75-b. yaratganki,   kishilik   jamiyatining   hozirgi   bosqichida   qachonlardir   sehrlilik   timsoli
bo`lgan   bu   obrazlar   tezuchar   samolyotlar,   tezhrar   avtomobillar,   avtomat,
minomyot, kathshalar, televizor va hayotbaxsh dorilar tarzida reallashdi.
Fol`klordagi   bir   qator   janrlarda,   jumladan,   maishiy   –hayotiy   ertaklarda,
tarixiy   va   lirik   qo`shiqlarda   voqelik   ham,   qahramon   ham   real   ifodalanadi.   Bu,
shubhasiz,   xalq   onginig   mifologik   tasavvurlardan   qutula   borib,   o`z   –   o`zini
anglashi ancha chuqurlashgan, oilaviy va ijtimoiy turmush tarzidagi o`zgarishlarni
teranroq idrok eta borishi tufayli nisbatan keyinroq sodir bo`lgan hodisadir.
Fol`klor   haqidagi   fan   –   fol`klorshunoslik   (fol`kloristika)   bo`lib,
sotsiologiya, etnografiya, til, tarix, arxeologiya,   san`atshunoslik, musiqashunoslik
va   boshqa   fanlar   bilan   aloqadorlikda   ish   ko`radi.   CHunki   fol`klor   sinkretik   so`z
san`ati sifatida san`atning barcha turlari bilan chambarchas bog`langan. 
Fol`klorshunoslik   fani   uch   tarmoqdan   tarkib   topgan   holda   shakllangan:   a)
xalq ijodiyoti namunalarini to`plash; b) xalq og`zaki ijodiyoti bo`yicha to`plangan
namunalarni nashr etish; v) xalq og`zaki badiiy ijodini tadqiq qilish. 
Fol`klor   asarlari   xalq  urf-odatlari,  rasm-rusumlarini   chuqur   aks   ettiradi.  Bu
jihatdan,   ayniqsa,   marosim   fol`klori   namunalari   alohida   ajralib   turadi.   Ana   shu
jarayonlarni tadqiq etishda fol`klorshunos etnografiyaga tayanadi. Aks holda uning
tadqiqoti bir yoqlama bo`lib qoladi.
Bu   holdan   ko’rinadiki,   ilmiy   jamoatchilik   tomonidan   fol’klor   maktabi
rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin. ZARURIY ADABIYOTLAR:
1. O’zbek   xalq   og’zaki   poetik   ijodi   (X.Razzoqov,   T.Mirzaev,   O.Sobirov,
K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
2. H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil. 
3. SH.Xolmatov. O’zbek xalq og’zaki ijodi. –S.: SamDU, 1980.
4. O’zbek adabiyot tarixi. 5 tomlik 1 tom. eng qadimgi davrlardan XV asrning II
yarmigacha. –T.: Fan, 1978, 328 b.
5. B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.
6. Safarov O., Jo`rayev M., Tursunqulov A. Folklor praktikasi. Buxoro, 19
7. E.Musurmonov.   O’zbek   fol’klori   materiallarini   to’plashga   oid   metodik
tavsiyalar. –S.: SamDU, 2005.
8. Jumanazarov   U.   Xalq   og`zaki   ijodi   asarlarini   tanlash,   yozib   olish   va   folklor
praktikasini o`tkazish yuzasidan ilmiy-metodik  tavsiyalar. Toshkent, 1988.
9. Folklor praktikasidan metodik tavsiyalar. Tuzuvchilar: UmurovH., Ochilov T.,
Azimov A., Xoliqulov J. Samarqand, 1981.

Fanning maqsadi va vazifalari, manbalari. Folklor – xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari. REJA : 1. Xalq og’zaki ijodi fanining maqsad va vazifalari. 2. Fanning asosiy manbalari, mazmuni va uning tarkibi. 3. Xalq og’zaki poetik ijodining o’ziga xos belgilari. 4. Xalq og’zaki poetik ijodi haqida umumiy ma`lumot.

So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Xalq og’zaki poetik ijodi – mehnatkash omma ijodi, xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san`atining boshqa turlaridan (muzika, teatr, raqs, o’yin, tasviriy va amaliy san`at hamda boshqalardan) o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og’zaki so’z san`atidir. Har bir xalqning asrlar orzusini aks ettirgan boy og’zaki so’z san`ati bo’lganidek, o’zbek xalqining ham og’zaki adabiyoti durdonalari mavjud. Mehnatkash omma tomonidan og’zaki yaratilib, xalqning istedodli vakillari ijrosida sayqal topib, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan badiiy asarlar o’zbek xalq poetik ijodini tashkil etadi. Og’zaki so’z san`ati «fol’klor» yoki «xalq og’zaki poetik ijodi» («xalq poetik ijodi», «xalq og’zaki ijodi») terminlari bilan ifodalanadi. «Fol’klor» termini birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vil’yam Toms tomonidan 1846 yilda qo’llangan bo’lib, u ikki so’zdan iborat: «fol’k» (folk) – xalq, «lor» (lore) – bilim, donolik, donishmandlik, ya`ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» demakdir. «Fol’klor» – xalqaro termin. O’zbek fol’klorshunosligiga «fol’klor», «o’zbek fol’klori» terminlarini birinchi marta Hodi Zarif kiritdi (1932, 1935). U oliy o’quv yurtlari uchun tuzilgan birinchi xrestomatiya kitoblarini «O’zbek fol’klori» deb atadi (1939, 1941). Ungacha «El adabiyoti», «Og’zaki adabiyot», «O’zbeklarda og’zaki adabiyot» kabi atamalar ishlatilar edi. Bu atamalar sohani aniq ifodalamasligi tufayli iste`moldan chiqib ketdi va hozirgi kunda «O’zbek fol’klori», «O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi» terminlari fanda mustahkam o’rnashib qoldi. Milliy mustakillik xalkimizning o’z bobolari zakovati tufayli yaratilgan ulkan madaniy merosga bulgan munosabatini tubdan yangilab, ajdodlarimiz tarixi, madaniyati, ma`naviy kadriyatlari tizimini keng kulamda targ’ib etishning misli kurilmagan imkoniyatlarini ochib berdi. Istiklol sharofati bilan dunyokarashimizda, ongimizda ruy bergan yangilanish, ruhiy poklanish va ma`naviy tiklanish jarayoni fol’klor san`atining taraqqiyotida ham yaqqol aks etmokda. Zero, fol’klor san`ati an`analari “mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxc - komil insonni

tarbiyalash ”, dek ulug’vor maksadlarga xizmat qiladi. O’lkamiz mustaqillikka erishganidan keyin xalk og’zaki ijodiyotiga bo’lgan qiziqish kuchaydi va bu narsa fol’klorni o’rgatuvchi, xalk og’zaki badiiy ijodi buyicha dars beruvchi, fol’klor san`ati bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar oldiga ham dolzarb vazifalarni qo’ydi. Ayniqsa, an`anaviy fol’klorni tadqiq etish, uning qadimiy uzvlarini tiklash, nodir ijro yo’llari, fol’klor janrlari va ularning badiiyati haqida darslik, o’quv qo’llanmalari va dasturlar yaratish fol’klorshunoslikning kechiktirib bo’lmaydigan vazifalaridan biriga aylandi. Ajdodlarimizning ko’p acrlik badiiy tafakkur durdonalarini bebaho milliy kadriyatlar tizimi sifatida saklab kolish, targ’ib va tadqiq etish, uning eng nodir na- munalarini keng ommalashtirishda fol’klorshunoslik fanining xizmatlari benihoya kattadir. Asrlar davomida xalqimizni yuksak ma`naviy komillik ruhida tarbiyalashdek ezgu maksadga xizmat qilib kelgan ana shu badiiy qadriyatlarni to’plash, fol’klor asarlarini arxivlashtirish, uning eng yaxshi namunalarini nashr etish, ilmiy urganish va ommalashtirish fol’klorshunoslikning asosiy maksadini tashkil etadi. Fol’klorshunoslik fanining asosiy maksadi va vazifalari bu fanning o’ziga xos ilmiy mezonlari va kriteriylarini ko’rsatish, fol’klorshunoslikdagi aso siy metodlar va ilmiy maktablar, hozirgi kunga qadar erishilgan asosiy natijalar, o’zbek fol’klorini mustakillik davrida urganishning yangicha tamoyillari va bu fanning istiqbollari haqida chuqur bilim berishdan iboratdir. Fol’klor asarlarida muzika, raqs, teatr san`ati elementlari qo’shilib ketadi, shu sababdan fol’klor sinkretik san`at deyiladi. Ayni vaqtda fol’klor asarlari san`atning boshqa turlaridan o’ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Fol’klorda so’z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og’zaki ijodi uzoq davrlardan beri tarixning yo’ldoshi, uning chinakam aks sadosi bo’lib kelgan. Xalq ijodini o’rganuvchi, tekshiruvchi fan fol’klorshunoslik deb yuritiladi. Bundan tashqari, fol’klor asarlari bilan bir qancha fanlar shuqullanadi: tarixchilar tarixiy voqealarning xalq og’zaki ijodida qanday aks etganini o’rganadi;

etnograflarni xalqning urf-odatlari qiziqtiradi; san`atshunoslar esa fol’klordagi muzika, raqs, o’yin, xoreografiya va boshqalarni o’rganadilar; tilshunoslar xalq ijodi tilining lahja va dialektlari bilan, adabiyotshunoslar fol’klor asarlarining yozuv adabiyoti bilan munosabatlarini tekshiradilar. Xalq poetik ijodi yozuv paydo bo’lmasdan ko’p zamonlar ilgari yuzaga kelgan. Uning yaratilishi va tarqalishi jonli og’zaki an`ana bilan bog’liqdir. Og’zakilik xususiyati uni xalq san`atining boshqa turlaridan (masalan, muzika, raqs, o’ymakorlik) ajratib turadi. Fol’klor asarlarining uzoq asrlar davomida og’zaki yaratilishi va og’zaki ijro etilishi uning shakl va mazmuniga ta`sir etmasdan qolmas edi. Ma`lumki, ayrim tarixiy faktlarning to’liq esda qolmasligi, zamon taqozosi bilan unutilishi natijasida ularning asardan tushib qolishi yoki o’zgarishi, qorishtirib talqin etilishi mumkin. SHuning uchun ham tarixiy voqea va hodisalar fol’klorda aynan aks etavermaydi. Ba`zan esa dostonlarda mavjud bo’lgan she`riy parchalarning unutilishi mazkur janrni ertak shakliga keltirib ham qo’yishi mumkin. YOki aksincha, ertakning dostonga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas. Fol’klor asarlarida yuz berishi mumkin bo’lgan bunday hodisa uning g’oyaviy-badiiy, estetik qimmatini kamaytirmaydi. CHunki har bir fol’klor asarida, u qaysi forma va janrda bo’lmasin, ijodkor xalqning voqelikka bo’lgan aktiv munosabati ifodalanadi. SHuning uchun ham fol’klor asarlari g’oyaviy-badiiy jihatdan puxta ishlanadi. Xalq og`zaki ijodining o`z ijodiy metodi mavjudligi. Uni shartli ravishda romantizm tipidagi ijodiy metod deyish mumkinligi, chunki folklor asarlarida fantastika, badiiy uydirmalar, hayotiy asos bo`lishi, yo`g`rilgan xayoliy voqea va hodisalar hayotni tasvirlashning o`ziga xos uslubi sifatida namoyon bo`lganligi. “Folklor” termini haqida tushuncha. Xalq og’zaki badiiy ijodi tarixi va uning asosiy janrlari. O’zbek xalq og’zaki poetil ijodi va boshqa xalqlar folklorining mushtarakligi, farqli tomonlari va an’analarining badiiy ifodasi sifatida. Xalq og`zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining kollektivlik xarakteriga egaligi. Uning og`zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik

tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga kelishi. U muayyan eshituvchilar guruhiga mo`ljallangan bo`lishi va kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etishi. Folklor namunalari og`zaki yaratilib, og`zaki ijro etilishi. Xalq og`zaki poetik ijodining kollektivlik xarakteri individual ijodchilar faoliyatini inkor etmasligi. Iste'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va keng ommalashtirish bilan birga og`zaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratilishi. Fol’klor asarlari o’zining hayotiyligi, ijtimoiy tabiati, g’oyaviy mohiyati hamda o’ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xalqning mehnati, urf- odati, turmush sharoiti, orzu istagi, kurash va g’alabalari uning mavzusi va g’oyaviy mazmunida aks etadi. Bu xususiyat asosan tom ma`nodagi so’z san`ati, doimo mehnatkash el manfaati, orzu va istagi va intilishlariga mos keladi. Fol’klor so’z san`atining boshlang’ichi, yuksak mahoratli badiiy tuzilishdir. Xalq og’zaki ijodining har bir namunasi asrlar davomida ko’plab iste`dodli xalq ijodchilari tomonidan yuksak san`at namunasi darajasiga ko’tarilgan. Bugina emas, fol’klor san`atning boshqa turlari adabiyot, teatr, muzika, kino va boshqalarning taraqqiyotida ham muhim rol o’ynadi va o’ynamoqda. Xalq og’zaki badiiy ijodini o’rganuvchi fan fol’klorshunoslik yoki fol’kloristika deb yuritiladi. Fol’klorshunoslik turli davrlarda va turli mamlakatlarda goh etnografiya, goh adabiyotshunoslik va muzikashunoslik, goh madaniyat tarixi, goh antropologiyaning va hatto sotsiologiyaning bir qismi kabi qaralib kelingan. Bizning mamlakatimizda esa xalq og’zaki badiiy ijodi haqidagi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlandi. SHu bilan birga, fol’klorshunoslik tekshirish predmetining ko’lami va xilma-xilligi jihatidan adabiyotshunoslik va musiqashunoslik, etnografiya va antropologiya kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Fol’klorni o’rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlarda yondashilganlikni kuzatish bilangina cheklanmaydi, balki insoniyat tafakkuri taraqqiyotida unga turlicha munosabatda bo’lgan ilm-fan va madaniyat arboblarining adabiy qiziqishlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. SHu ma`noda