logo

“O‘zbek onomastikasi masalalari” mavzuidagi tanlov fanning maqsadi va vazifalari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.69921875 KB
“O‘zbek onomastikasi masalalari” mavzuidagi  tanlov  fanning  maqsadi va
vazifalari.
Reja:
1. Kirish.   “O‘zbek   onomastikasi   masalalari”   mavzuidagi   tanlov   fanning
predmeti, asosiy bahs mavzulari.  
2. Onomastika  (nomshunoslik) fani ning  asosiy  nazariy masalalari. Onomastika     –   yunoncha   onomastike   –   so‘zidan   olingan   bo‘lib,     “nom
qo‘yish san’ati”  degan  ma’noni bildiradi.  Hozirgi vaqtda bu termin  ikki ma’noda
qo‘llaniladi:
  1. Ma’lum bir til, xalq tarkibida qo‘llangan barcha atoqli otlarning yig‘indisi.
  2.   Atoqli   otlar,   ularning   shakllanishi   va   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi 1
.
  XX   asrning   60-70-yillarida   o‘zbek   tilshunosligida   bir   qator   ilmiy
yo‘nalishlar   paydo   bo‘ldi.   Masalan:   eksperimental   fonetika,   fonologiya,
morfonologiya, frazeologiya, stilistika (uslubshunoslik), nutq madaniyati, ijtimoiy
tilshunoslik   (sotsiolingvistika),   areal   lingvistika,   lingvostatistika   kabilar.   O‘zbek
onomastikasi   ham   o‘sha   davrlarda   vujudga   kelgan   tilshunoslikning   yangi
sohalaridan biri sanaladi. 
  O‘zbek   onomastikasi   (nomshunosligi)   o‘tgan   asrning   ikkinchi   yarmidan
boshlab   tilshunoslikning   eng   rivojlangan   sohalaridan   biriga   aylandi.   O‘zbek
nomshunosligi   bo‘yicha   olib   borilgan   keng   ko‘lamli   tadqiqotlar   o‘zbek
onomastikasi   sohasini   bir   qator   monografiyalar,   risolalar,   izohli   lug‘atlar,   ko‘p
sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitdi 2
.  
“O‘zbek   onomastikasi   masalalari”   tanlov   fanini   o‘rganish   uchun
Prezidentimiz   I.A.Karimovning   “Yuksak   ma’naviyat   -     engilmas   kuch”   asarida
bildirilgan   quyidagi   fikr-mulohazalar   asosiy   dasturilamal   bo‘lib   xizmat   qiladi:
“Bugungi kunda yoshlarimiz yurtimizning ko‘cha va xiyobonlari, metro va avtobus
bekatlari, katta-katta maydonlar, binolarni bezab turgan o‘zbekcha nomlar, shior va
lavhalarni   ko‘rib   bularning   barchasini   odatiy   bir   hol   sifatida   qabul   qiladi.
Vaholanki, yaqin tariximizda bu manzara butunlay boshqacha ko‘rinishga ega edi.
Birgina   Toshkent   shahridagi   ko‘chalarning   nomlarini   o‘qib,   beixtiyor   qaysi
mamlakatda   yurganingizni   bilmay   qolar   edingiz:   Lenin,   Marks,   Engels,
Lunacharskiy,   Kirov,   Voroshilov,   Lopatin   va   hokazo.   Shunisi   ajablanarliki,
bolsheviklar partiyasining dohiylari bo‘lmish bu insonlarning birortasi ham umrida
1
  Бегматов Э., Улуқов Н.  Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 60.
2
  Бу   ҳақда   қаранг:   Бегматов   Э.,   Улуқов   Н.   Ўзбек   ономастикаси.   Библиографик   кўрсаткич   (Х1Х   аср
охиридан – 2008 йилгача эълон қилинган ишлар олинган). – Наманган, 2008. – 168 б.   yurtimizga   qadam   qo‘ymagan,   bizning   tariximiz   va   qadriyatlarimizga   mutlaqo
aloqasi bo‘lmagan kimsalar edi. Y o ki shahardagi aksariyat turarjoy mavzelari   “S-
1”, “S-2”, “S-15”  degan, odamda hech qanday his-tuyg‘u, xotira uyg‘otmaydigan
mavhum nomlar bilan atab kelinganini eslaylik. 
  Bularning   barchasi   zamirida   sovet   mafkurasiga   xos   bo‘lgan,   odamzotni
tarixiy   xotira,   Vatan   tuyg‘usidan   judo   qilishga   qaratilgan   g‘arazli   intilishlar
mujassam ekanini anglash, tushunish qiyin emas. 
  Holbuki,   ajdodlarimiz   o‘zlari   yashaydigan   mahalla,   shahar   va   qishloqlar,
xiyobonlarga nom tanlashga juda katta e’tibor bergan. Misol uchun, Toshkentning
o‘n   ikki   darvozasiga   berilgan   chuqur   ma’noli,   go‘zal   nomlarni   olaylik.
Samarqand,   Beshyog‘och,   Ko‘kcha,   Chig‘atoy,   Sag‘bon,   Labzak,   Taxtapul,
Qorasaroy,   Kamolon,   Qo‘ymas,   Qo‘qon,   Qashqar   darvoza   degan   nomlar
avvalambor o‘zining aniq tarixiy-jug‘rofiy ma’nosi bilan ajralib turadi. 
  Qadimiy   nomlarda   ota-bobolarimizning   hayot   va   tafakkur   tarzi   yaqqol   o‘z
aksini   topgan.   Masalan,   Toshkentning   Eski   shahar   qismidagi   Pichoqchilik,
Charxchilik, Ko‘nchilik, Degrezlik, Taqasi, Egarchi, O‘qchi, Zargarlik, Parchabof
singari   mahalla   nomlari   bu   erda   hunarmandchilik   naqadar   rivojlanganidan,
xalqimizning   azaldan   o‘troq   hayot   kechirib,   yuksak   madaniy   turmush   darajasiga
ega bo‘lganidan dalolat beradi. 
  Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   keyingi   yillarda   poytaxtimizda   milliy
tariximizga begona bo‘lgan, yuqorida zikr etilgan yasama, siyosiy nomlar o‘rniga
Mirobod,   Rakat,   Mingo‘rik,   Darxonariq,   Shayxontohur,   Yakkasaroy,   Zarqaynar,
Uchtepa   kabi   asl   nomlarning   tiklanganini,   eng   muhimi,   bunday   ishlar
mamlakatimizning   barcha   mintaqa   va   hududlari   miqyosida   amalga
oshirilayotganini ta’kidlash joiz” 3
.        
“O‘zbek   onomastikasi   masalalari”     deb   nomlanuvchi   tanlov   fanning   asosiy
vazifasi     nom   qo‘yish   san’ati   bo‘lgan   onomastikaning   mamlakatda   shakllanishi,
3
  Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 91-93.  rivojlanish   bosqichlari,   onomastik   birliklarni   o‘rganish   metodlari     haqida
talabalarga zarur tushuncha va ma’lumotni  berishdan iboratdir 4
.
  Ma’lumki,   onomastika   tilshunoslikning   har   qanday   atoqli   otlarni,   ularning
paydo bo‘lish va o‘zgarish tarixini o‘rganuvchi bo‘limi, shuningdek tildagi barcha
atoqli   otlar   yig‘indisini   o‘zida   ifodalaydi.     Onomastika   fani   tildagi   mavjud
onomastik tizimlarni aniqlash va o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi. 
  Onomastika   fani   atoqli   nomlarni   olgan   ob’ektlarning   toifalariga   ko‘ra
quyidagi guruh (bo‘lim)larga ajratadi:   antroponimiya  – kishilarning atoqli nomlari
(ismlari,   familiyalari,   ota   ismlari,   laqablari,   taxalluslari),   toponimiya   –   geografik
ob’ektlarning atoqli nomlari,   teonimiya   – turli diniy tasavvurlar bo‘yicha xudolar,
ma’budlar,   diniy-afsonaviy   shaxs   va   mavjudotlarning   nomlari,   zoonimiya   –
hayvonlarga qo‘yiladigan (shartli) atoqli nomlar, laqablar,    kosmonimiya  – fazoviy
bo‘shliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarning ilmiy muomalada va xalq
orasida   tarqalgan   nomlari,   astronimiya   –   ayrim   osmon   jismlari   (planeta   va
yulduzlar)   nomlarining   majmuini   o‘zida   ifodalaydi.   Bundan   tashqari
onomastikaning   yana   bir   qancha   bo‘lim   (guruh)lari     mavjud.   Masalan,
onomastikaning   bir   bo‘limi     realionimlar   (avval   va   hozir   mavjud   bo‘lgan
ob’ektlarning   nomlari)   deb   nomlansa,   unga   zid   bo‘lgan   mifonimlar   xayoliy   –
to‘qima ob’ektlarning nomlarini bildiradi. 
  Atoqli   nomlarning   til   (lisoniy)   xususiyatlarini   o‘rganilish   darajasiga   qarab
onomastika   adabiy   va   dialektal   onomastika,   odatdagi   (amaliy)   va   poetik
onomastika, zamonaviy va tarixiy onomastika, nazariy va amaliy onomastika   kabi
turlarga bo‘linadi.  
  Shulardan   biri   bo‘lgan   nazariy   onomastika   til   va   nutqdagi,   adabiy   va
dialektal sohalarga tegishli atoqli nomlarning paydo bo‘lishi, ularning nominatsiya
(nomlanish) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil o‘zgarishlari, onomastik
birliklarning   nutqda   qo‘llanilishi,   muayyan   hudud   va   tillarda   tarqalishi   hamda
onomastik   birliklarning   tarkibiy   tuzilishini   o‘rganadi.   Badiiy   matnlardagi   atoqli
4
  Ўзбек ономастикаси масалалари. Намунавий дастур. Бакалавриат йўналиши: 5А 220100 –
филология (ўзбек тили ва адабиёти). Тузувчилар:   Йўлдошев Б., Эназаров Т.  -  Самарқанд,
СамДУ нашри, 2009. – 32 б.   nomlarni   tadqiq   etish   alohida   muammo   bo‘lib,   bu   badiiy   onomastika   yoki
onomapoetikaningasosiy   vazifasidir.   Onomastika,   shuningdek,   tilshunoslikning
qiyosiy-tarixiy,   struktur,   genetik,   areal,   onomastik   xaritalashtirish   va   boshqa
usullarini   qo‘llagan   holda,   atoqli   nomlarning   fonetik,   morfologik,   derivatsion
(yasalish, shakllanish), semantik, etimologik kabi jihatlarini ham o‘rganadi. 
  Amaliy   onomastika   horijiy   tillarga   mansub   nomlarning   transkripsiyasi,
transliteratsiyasi,   an’anaviy   (talaffuz   va   yozilishiga   ko‘ra),   tarjima   qilinadigan   va
tarjima   qilinmaydigan   nomlarni   aniqlash,   “begona”   nomlarni   o‘z   tilda   qanday
yozish   bo‘yicha   yo‘riqnomalar   tayyorlash,   horijiy   tillardan   o‘zlashgan   nomlardan
yangi   onomastik   birliklar   hosil   qilish   bilan,   nom   berish   va   nomlarni   o‘zlashtirish
masalalari bilan shug‘ullanadi. 
  Onomastika, jumladan o‘zbek onomastikasi  tarix, etnografiya, genealogiya,
geraldika,   matnshunoslik,   adabiyotshunoslik,   geografiya,   astronomiya,   geologiya,
demografiya kabi bir qator fanlar bilan uzviy aloqador  fan sanaladi. 
Keyingi   yillarda   mamlakatimiz   oliy  o‘quv   yurtlarida  bu   tanlov  fan   turli   xil
nomlar   bilan   o‘rganilmoqda.   Jumladan,   O‘zMUda   bu   tanlov   fan   “Nomshunoslik
masalalari”   deb   nomlanadi,   BuxDUda   esa     “O‘zbek   tili   onomastikasi”   deb
nomlangan   ixtisoslik   kursi   o‘rganiladi 5
.   Ana   shu   ixtisoslik   kursi   materiallari
asosida   “Buxoro   viloyati   toponimlari”   deb   nomlangan   o‘quv   qo‘llanmasi   ham
yaratildi. 
    “O‘zbek   onomastikasi     masalalari”   nomli   tanlov     fanning   tarkibiy   qismi
quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:
1. Atoqli otlarning tilshunoslikda o‘rganilish tarixi haqida.
2.   Hozirgi   zamon   tilshunosligida   atoqli   otlarning   o‘ziga   xosligi
muammolarining  o‘rganilishi.
3.  O‘zbek onomastik ko‘lami, uning hajmi va mazmuni. 
4.  Onomastik birliklarni tadqiq etish   metodlari.
5.  O‘zbek antroponimikasi, uning tarixi va asosiy taraqqiyot bosqichlari.
6. O‘zbek toponimikasi, uning asosiy  taraqqiyot bosqichlari.
5
  Қиличев Э.  Ўзбек тили ономастикаси (5 А 220102 ихтисослиги учун). Ўқув-услубий қўлланма. – Тошкент,
2004. – 80 б.  7. O‘zbek   toponimikasining   umumiy   tavsifi,   unda   o‘z   va   o‘zlashgan   qatlam
elementlari.
8. O‘zbek   kosmonimikasi,   zoonimikasi,   gidronimikasi,   etnonimikasi,
ideonimikasi kabilarning rivojlanish bosqichlari.
9. O‘zbek   onomastikasi   masalalarini   litsey,   kollejlar   va   umumta’lim
maktablarida o‘rganish muammolari va boshqalar. 
Keyingi   yillarda   mamlakatimizda   onomastikaning   nazariy   va   amaliy
muammolarini o‘rganishga alohida ahamiyat berilmoqda. Masalan, respublikadagi
har   bir   viloyat,   shahar,   tuman   hokimliklari   oldida   toponimik   ob’ektlarga   nom
qo‘yishni   muvofiqlashtirish     bo‘yicha   maxsus     komissiyalar     ish   yuritmoqda.   Bu
komissiyalar  o‘sha   hududdagi   tomonimik  ob’ektlarga  qo‘yilgan  nomlarni     zamon
talablariga   ko‘ra   yangilash   bo‘yicha   qator   ishlarni   amalga   oshirmoqda.   Masalan,
prof.I.Suvonqulov   Samarqand   shahri   ko‘chalarining   yangi   nomlari   talqini   haqida
“Tariximizning   o‘chmas   sahifalari”   deb   nomlangan   asar   yaratgan   edi.   Xuddi
shunday ish Qarshi shahri bo‘yicha ham amalga oshirilgan. 
            2. O‘ZBEK ONOMASTIKASI  MUAMMOLARINING   O‘RGANILISH
TARIXIDAN .   O‘zbek   onomastikasi   yoki   nomshunosligi   o‘tgan   asrning   60-70-
yillarida   alohida   ilmiy   yo‘nalish   sifatida   yuzaga   keldi.   O‘zbek   nomshunosligi
o‘tgan   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   eng   rivojlangan   sohalardan   biriga
aylandi.   Ayniqsa,   bu   sohaning   antroponimika,   toponimika,   etnonimika   kabi   bir
qator   sohalarida   juda   barakali   ishlar   amalga   oshirildi.   Masalan,   o‘zbek   ismlari
(antroponimlari)   materiallari   atroflicha   to‘plandi,  to‘rtta   nomzodlik  dissertatsiyasi
(E.Begmatov – 1965, G‘.Sattorov – 1990, S.Rahimov – 1998, R.Xudoyberganov -
2007)   himoya   qilindi,   E.Begmatovning   “Kishi   nomlari   imlosi”   (1970),   “O‘zbek
ismlari imlosi” (1972), “O‘zbek ismlari” (1991), “O‘zbek ismlari ma’nosi” (1998;
2004; 2010), “Ism chiroyi” (1994) nomli kitoblari nashr etildi. 
  Bu davrda o‘zbek toponimikasi  bo‘yicha olib borilgan ishlarning samarasi
salmoqli   bo‘ldi.   Shu   kunga   qadar   o‘zbek   toponimikasi   bo‘yicha   20   dan   ortiq
nomzodlik,   uchta   doktorlik   (Z.Do‘simov,   S.Qoraev,   T.Enazarov)   ishi   himoya
qilindi.   O‘zbek   toponimikasi   bo‘yicha   himoya   qilingan   nomzodlik   ishlari Qashqadaryo viloyati (T.Nafasov, T.Enazarov, O.Begimov), Surxondaryo viloyati
(Y.Xo‘jamberdiev,   X.Xolmo‘minov),   Samarqand   viloyati   (T.Rahmatov,
N.Begaliev,   A.Turobov,   S.Bo‘riev),   Sirdaryo   viloyati   (N.Mingboev),   Toshkent
viloyati   (M.N.Ramazonova),   Buxoro   viloyati   (S.Nayimov,   A.Aslonov),   Navoiy
viloyati   (O‘.Oripov),   Jizzax   viloyati   (A.Zokirov),   Farg‘ona   viloyati   (N.Oxunov,
S.Gubaeva, J.Latipov), Xorazm  miloyati (Z.Do‘simov, A.Otajonova, M.Tillaeva),
SHimoliy   o‘zbek   shevalari   toponimiyasi   (L.Karimova),   Toshkent   shahri
(SH.Qodirova) toponimiyasi bo‘yicha yozilgan edi.        
O‘zbek   toponimikasi   muammolari   H.Hasanov,   S.Qorayev,   E.Begmatov,
T.Nafasov kabi olimlarning ishlarida umumiy tarzda ham tahlil qilingan. 
O‘zbek   tarixiy   toponimikasi   va   antroponimikasi   bo‘yicha   mamlakatimizda
ayrim   ishlar   qilingan.   Masalan,   akademik   B.Ahmedov,   akademik
A.Muhammadjonovning   ayrim   tarixiy   toponimlar   etimologiyasiga   doir
kuzatishlari 6
,   SH.Kamoliddinning   O‘rta   Osiyodagi   qadimgi   turkiy   toponimiyaga
oid   ishlari   diqqatga   sazovor 7
.   N.Husanovning   XU   asr   yozma   yodgorliklaridagi
antroponimlarga,   SH.YOqubov   va   B.Bafoevlarning   Alisher   Navoiy
onomastikasiga,   M.Turdibekovning   Abulg‘ozi   Bahodirxonning   “SHajarai   turk”
asari   onomastikasiga,   I.Xudoynazarovning   o‘zbek   folklori   onomastikasiga
bag‘ishlangan tadqiqotlari o‘zbek nomshunosligida muhim ahamiyat kasb etadi 8
.  
O‘zbek   nomshunoslari   olib   borgan   keng   ko‘lamli   tadqiqotlar   keyingi
yillarda   o‘zbek   tilshunosligi   sohasini   bir   qator   monografiyalar   (S.Qoraev,
T.Nafasov,   Z.Do‘simov,   L.Karimova,   A.Turobov,   N.Oxunov,   N.Begaliev,
T.Enazarov, N.Husanov, S.Karimov, S.Bo‘riev), risolalar (S.Qoraev, E.Begmatov,
N.Oxunov,   T.Nafasov,   T.Enazarov,   B.Qilichev),   izohli   lug‘atlar   (S.Qoraev,
E.Begmatov,   Z.Do‘simov,   X.Egamov,   B.O‘rinboev,   T.Nafasov,   V.Nafasova,
6
  Муҳаммаджонов   А.   “Турон”   геоними   ҳақида   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти,   2007.   №   2.   –   Б.   12-16;
Муҳаммаджонов А.  Самарқанднинг тарихий топонимлари // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. № 4. – Б. 37-42;
Муҳаммаджонов А.  Марғилон-Марғинон номининг маъноси ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. № 5. –
Б. 39-42;  Муҳаммаджонов А.  Фарғона номининг маъносига доир // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. № 6. – Б.
7-12;   Муҳаммаджонов   А.   “Қува”   ёки   “Қубо”   топоними   ва   “Қубод”   атамасининг   этимологик   асослари   //
Ўзбек тили ва адабиёти, 2008. № 3. – Б. 41-46 ва бошқалар.   
7
   Камолиддин Ш.С.  Древнетюркская топонимия Средней Азии. – Ташкент: «Шарк», 2006. – 192 с.
8
  Бундай   асарлар   рўйхати   ҳақида   қаранг:   Бегматов   Э.,   Улуқов   Н.   Ўзбек   ономастикаси.   Библиографик
кўрсаткич (Х1Х аср охиридан – 2008 йилгача эълон қилинган ишлар олинган). – Наманган, 2008. – 168 б.  O.Holiqov)   hamda  ko‘p  sonli   ilmiy  hamda ilmiy-ommabop maqolalar   (S.Qoraev,
E.Begmatov,   T.Nafasov   va   boshqalar)   bilan   boyitdi 9
.   Bu   sohada,   ayniqsa,
T.Nafasov,   Z.Do‘simov,   H.Hasanov,   S.Qoraev,   N.Oxunov,   N.Xusanov,
T.Enazarov,   X.Doniyorov,   A.Otajonova,   B.O‘rinboev   kabi   olimlarning   hissasi
kattadir. 
O‘zbek nomshunosligining taraqqiyotida onomastikaga oid respublikamizda
o‘tkazilgan   ilmiy-nazariy   anjumanlarning   o‘rni   kattadir.   Masalan,   1974   yilda
Buxoro shahrida “O‘rta Osiyo onomastikasining dolzarb muammollari” mavzuida
butunittifoq   ilmiy   anjuman   o‘tkazilgan   edi.   Bu   anjumanda   juda   ko‘plab   taniqli
olimlar   qatori   Samarqand   shahridan   L.I.Royzenzon,   H.Berdiyorov,
R.Qo‘ng‘urovlar   ishtirok   etgan   edilar.   H.Berdiyorov   B.Yo‘ldoshev   bilan
hamkorlikda     bu   anjumanda   «O‘zbek   tilida   frazeologizmlar   tarkibida   atoqli
otlarning qo‘llanilishi», R.Qo‘ng‘urov esa “Mushtum” satirik jurnalida okkazional
ma’noli   atoqli   otlar”   mavzuida   ma’ruzalar   qilgan   edilar.     Xuddi   shu   yillari
SamDUda   “Onomastika   masalalari”   nomi   bilan   bir   necha   ilmiy   to‘plam   nashr
etilgan 10
,   bu   sohada   ilmiy-tadqiqotlar   ko‘lami   ancha   kengaygan   edi.   Masalan,
xuddi   shu   yillari   SamDU   olimlari   poetik   onomastika   yoki   onomastik   uslubiyat
masalalari   bilan   maxsus   shug‘ullana   boshladilar.   Taniqli   adabiyotshunos   olim
E.B.Magazannikning   “Onomapoetika   yoki   adabiyotda   gapiruvchi   nomlar”   nomli
yirik   monografiyasi   Toshkentda   nashr   etilgan   edi 11
.   Bu   olimning   shogirdi
YU.Po‘latov   esa   shu   sohada   izlanishlar   olib   borib,     badiiy   matndagi   nomlar
tarjimasiga   doir   qiziqarli   risola   yaratgan   edi.   Keyinchalik   I.Mirzaev   badiiy
tarjimada   kishi   ismlari   va   geografik   nomlarning   berilishiga   doir   ayrim   kuzatish
ishlari olib bordi. 
  XX   asrning 80-90-yillarida Jizzax (1985), Guliston (1987), Qarshi  (1989),
Navoiy   (1993;   1998)   shaharlarida   “O‘zbekiston   onomastikasi”   deb   nomlangan
9
  Бундай   ишлар   рўйхати   қуйидаги   ишда   келтирилган:     Бегматов   Э.,   Улуқов   Н.   Ўзбек   ономастикаси.
Библиографик  кўрсаткич (Х1Х аср  охиридан  – 2008 йилгача эълон қилинган ишлар олинган). – Наманган,
2008. – Б. 8-164.
10
  Вопрос ы ономастики. Сборник научных статей. Выпуск 1. – Самарканд: издание СамГУ, 1971. – 150 с. ; 
Вопрос ы ономастики. Сборник научных статей. Выпуск П. – Самарканд: издание СамГУ, 1975. – 95 с. ; 
Вопрос ы ономастики. Сборник научных статей. Выпуск Ш. – Самарканд: издание СамГУ, 1976. – 170 с.  
11
  Магазаник  Э.Б.  Ономапоэтика или «говорящие имена» в литературе. – Ташкент: Фан, 1978. – 148 с.   butunittifoq   va   respublika   ilmiy-nazariy   hamda   ilmiy-amaliy     anjumanlari
o‘tkazilgan,   ularning   materiallari   alohida   to‘plamlar   sifatida   nashr   etilgan   edi.
Xuddi shu yillardan boshlab O‘zMU, ToshDPU, SamDU, QarshiDU, BuxDU kabi
oliy   o‘quv   yurtlarida   “Nomshunoslik   masalalari”,   “O‘zbekiston   toponimikasi”,
“O‘zbekiston   onomastikasi”,   “O‘zbek   tili   onomastikasi”   muammolariga
bag‘ishlangan maxsus kurslar, ixtisoslik seminarlari o‘qiladigan bo‘ldi.
  O‘zbek   nomshunosligida   mavjud   bo‘lgan   ishlarning   aksariyatida   ismlar,
qisman laqab va taxalluslar, mikrotoponim  va makrotoponimlar, etnonimlar tahlil
qilingan, xolos. 
  Lekin   o‘zbek   tilidagi   atoqli   otlarning   ba’zi   tiplari   shu   kunga   qadar   deyarli
o‘rganilgan   emas   yoki   kam   tahlil   qilingan.   Bunday   masalalar   qatoriga
kosmonimlar   (astronimlar),   mifonimlar,   ktematonimlar,   agnonimlar,   nekronimlar,
geonimlar,   gemeronimlar,   dokumentonimlar,   oronimlar,   patronimlar,
pereytonimlar,   xromonimlar,   geortonimlar,   speleonimlar   fitonimlar,
ekklezionimlar,   ergonimlar,   xrematonimlar,   badiiy   onomastika,   onomastik
uslubiyat,   laqab   va   taxalluslar,   atoqli   otlarning   imlosi,   onomastik   birliklarning
amaliy   transkripsiyasi   va   transliteratsiyasi,   nomshunoslikning   amaliy   va   nazariy
muammolari, jumladan onomastik leksikografiya muammolari kiradi. 
Asosiy adabiyotlar:
Йўлдошев   Б.   “Ўзбек   ономастикаси   масалалари”   танланма   фанидан
услубий қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. – 112 б.
Эназаров   Т.   Номшунослик   масалалари.   Услубий   қўлланма.   –
Тошкент: Университет, 2010. – 112 б.
Эназаров   Т,   Ҳусанова   М,   Есемуратов   А.   Ўзбек   номшунослиги.–
Тошкент: Наврўз, 2015.  150.

“O‘zbek onomastikasi masalalari” mavzuidagi tanlov fanning maqsadi va vazifalari. Reja: 1. Kirish. “O‘zbek onomastikasi masalalari” mavzuidagi tanlov fanning predmeti, asosiy bahs mavzulari. 2. Onomastika (nomshunoslik) fani ning asosiy nazariy masalalari.

Onomastika – yunoncha onomastike – so‘zidan olingan bo‘lib, “nom qo‘yish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi vaqtda bu termin ikki ma’noda qo‘llaniladi: 1. Ma’lum bir til, xalq tarkibida qo‘llangan barcha atoqli otlarning yig‘indisi. 2. Atoqli otlar, ularning shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi 1 . XX asrning 60-70-yillarida o‘zbek tilshunosligida bir qator ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan: eksperimental fonetika, fonologiya, morfonologiya, frazeologiya, stilistika (uslubshunoslik), nutq madaniyati, ijtimoiy tilshunoslik (sotsiolingvistika), areal lingvistika, lingvostatistika kabilar. O‘zbek onomastikasi ham o‘sha davrlarda vujudga kelgan tilshunoslikning yangi sohalaridan biri sanaladi. O‘zbek onomastikasi (nomshunosligi) o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. O‘zbek nomshunosligi bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘zbek onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug‘atlar, ko‘p sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitdi 2 . “O‘zbek onomastikasi masalalari” tanlov fanini o‘rganish uchun Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” asarida bildirilgan quyidagi fikr-mulohazalar asosiy dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi: “Bugungi kunda yoshlarimiz yurtimizning ko‘cha va xiyobonlari, metro va avtobus bekatlari, katta-katta maydonlar, binolarni bezab turgan o‘zbekcha nomlar, shior va lavhalarni ko‘rib bularning barchasini odatiy bir hol sifatida qabul qiladi. Vaholanki, yaqin tariximizda bu manzara butunlay boshqacha ko‘rinishga ega edi. Birgina Toshkent shahridagi ko‘chalarning nomlarini o‘qib, beixtiyor qaysi mamlakatda yurganingizni bilmay qolar edingiz: Lenin, Marks, Engels, Lunacharskiy, Kirov, Voroshilov, Lopatin va hokazo. Shunisi ajablanarliki, bolsheviklar partiyasining dohiylari bo‘lmish bu insonlarning birortasi ham umrida 1 Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. – Б. 60. 2 Бу ҳақда қаранг: Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси. Библиографик кўрсаткич (Х1Х аср охиридан – 2008 йилгача эълон қилинган ишлар олинган). – Наманган, 2008. – 168 б.

yurtimizga qadam qo‘ymagan, bizning tariximiz va qadriyatlarimizga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan kimsalar edi. Y o ki shahardagi aksariyat turarjoy mavzelari “S- 1”, “S-2”, “S-15” degan, odamda hech qanday his-tuyg‘u, xotira uyg‘otmaydigan mavhum nomlar bilan atab kelinganini eslaylik. Bularning barchasi zamirida sovet mafkurasiga xos bo‘lgan, odamzotni tarixiy xotira, Vatan tuyg‘usidan judo qilishga qaratilgan g‘arazli intilishlar mujassam ekanini anglash, tushunish qiyin emas. Holbuki, ajdodlarimiz o‘zlari yashaydigan mahalla, shahar va qishloqlar, xiyobonlarga nom tanlashga juda katta e’tibor bergan. Misol uchun, Toshkentning o‘n ikki darvozasiga berilgan chuqur ma’noli, go‘zal nomlarni olaylik. Samarqand, Beshyog‘och, Ko‘kcha, Chig‘atoy, Sag‘bon, Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Kamolon, Qo‘ymas, Qo‘qon, Qashqar darvoza degan nomlar avvalambor o‘zining aniq tarixiy-jug‘rofiy ma’nosi bilan ajralib turadi. Qadimiy nomlarda ota-bobolarimizning hayot va tafakkur tarzi yaqqol o‘z aksini topgan. Masalan, Toshkentning Eski shahar qismidagi Pichoqchilik, Charxchilik, Ko‘nchilik, Degrezlik, Taqasi, Egarchi, O‘qchi, Zargarlik, Parchabof singari mahalla nomlari bu erda hunarmandchilik naqadar rivojlanganidan, xalqimizning azaldan o‘troq hayot kechirib, yuksak madaniy turmush darajasiga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi yillarda poytaxtimizda milliy tariximizga begona bo‘lgan, yuqorida zikr etilgan yasama, siyosiy nomlar o‘rniga Mirobod, Rakat, Mingo‘rik, Darxonariq, Shayxontohur, Yakkasaroy, Zarqaynar, Uchtepa kabi asl nomlarning tiklanganini, eng muhimi, bunday ishlar mamlakatimizning barcha mintaqa va hududlari miqyosida amalga oshirilayotganini ta’kidlash joiz” 3 . “O‘zbek onomastikasi masalalari” deb nomlanuvchi tanlov fanning asosiy vazifasi nom qo‘yish san’ati bo‘lgan onomastikaning mamlakatda shakllanishi, 3 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 91-93.

rivojlanish bosqichlari, onomastik birliklarni o‘rganish metodlari haqida talabalarga zarur tushuncha va ma’lumotni berishdan iboratdir 4 . Ma’lumki, onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli otlarni, ularning paydo bo‘lish va o‘zgarish tarixini o‘rganuvchi bo‘limi, shuningdek tildagi barcha atoqli otlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. Onomastika fani tildagi mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va o‘rganishni maqsad qilib qo‘yadi. Onomastika fani atoqli nomlarni olgan ob’ektlarning toifalariga ko‘ra quyidagi guruh (bo‘lim)larga ajratadi: antroponimiya – kishilarning atoqli nomlari (ismlari, familiyalari, ota ismlari, laqablari, taxalluslari), toponimiya – geografik ob’ektlarning atoqli nomlari, teonimiya – turli diniy tasavvurlar bo‘yicha xudolar, ma’budlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlari, zoonimiya – hayvonlarga qo‘yiladigan (shartli) atoqli nomlar, laqablar, kosmonimiya – fazoviy bo‘shliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlari, astronimiya – ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar) nomlarining majmuini o‘zida ifodalaydi. Bundan tashqari onomastikaning yana bir qancha bo‘lim (guruh)lari mavjud. Masalan, onomastikaning bir bo‘limi realionimlar (avval va hozir mavjud bo‘lgan ob’ektlarning nomlari) deb nomlansa, unga zid bo‘lgan mifonimlar xayoliy – to‘qima ob’ektlarning nomlarini bildiradi. Atoqli nomlarning til (lisoniy) xususiyatlarini o‘rganilish darajasiga qarab onomastika adabiy va dialektal onomastika, odatdagi (amaliy) va poetik onomastika, zamonaviy va tarixiy onomastika, nazariy va amaliy onomastika kabi turlarga bo‘linadi. Shulardan biri bo‘lgan nazariy onomastika til va nutqdagi, adabiy va dialektal sohalarga tegishli atoqli nomlarning paydo bo‘lishi, ularning nominatsiya (nomlanish) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil o‘zgarishlari, onomastik birliklarning nutqda qo‘llanilishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda onomastik birliklarning tarkibiy tuzilishini o‘rganadi. Badiiy matnlardagi atoqli 4 Ўзбек ономастикаси масалалари. Намунавий дастур. Бакалавриат йўналиши: 5А 220100 – филология (ўзбек тили ва адабиёти). Тузувчилар: Йўлдошев Б., Эназаров Т. - Самарқанд, СамДУ нашри, 2009. – 32 б.

nomlarni tadqiq etish alohida muammo bo‘lib, bu badiiy onomastika yoki onomapoetikaningasosiy vazifasidir. Onomastika, shuningdek, tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik xaritalashtirish va boshqa usullarini qo‘llagan holda, atoqli nomlarning fonetik, morfologik, derivatsion (yasalish, shakllanish), semantik, etimologik kabi jihatlarini ham o‘rganadi. Amaliy onomastika horijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi, transliteratsiyasi, an’anaviy (talaffuz va yozilishiga ko‘ra), tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlarni aniqlash, “begona” nomlarni o‘z tilda qanday yozish bo‘yicha yo‘riqnomalar tayyorlash, horijiy tillardan o‘zlashgan nomlardan yangi onomastik birliklar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni o‘zlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Onomastika, jumladan o‘zbek onomastikasi tarix, etnografiya, genealogiya, geraldika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, astronomiya, geologiya, demografiya kabi bir qator fanlar bilan uzviy aloqador fan sanaladi. Keyingi yillarda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida bu tanlov fan turli xil nomlar bilan o‘rganilmoqda. Jumladan, O‘zMUda bu tanlov fan “Nomshunoslik masalalari” deb nomlanadi, BuxDUda esa “O‘zbek tili onomastikasi” deb nomlangan ixtisoslik kursi o‘rganiladi 5 . Ana shu ixtisoslik kursi materiallari asosida “Buxoro viloyati toponimlari” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasi ham yaratildi. “O‘zbek onomastikasi masalalari” nomli tanlov fanning tarkibiy qismi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi: 1. Atoqli otlarning tilshunoslikda o‘rganilish tarixi haqida. 2. Hozirgi zamon tilshunosligida atoqli otlarning o‘ziga xosligi muammolarining o‘rganilishi. 3. O‘zbek onomastik ko‘lami, uning hajmi va mazmuni. 4. Onomastik birliklarni tadqiq etish metodlari. 5. O‘zbek antroponimikasi, uning tarixi va asosiy taraqqiyot bosqichlari. 6. O‘zbek toponimikasi, uning asosiy taraqqiyot bosqichlari. 5 Қиличев Э. Ўзбек тили ономастикаси (5 А 220102 ихтисослиги учун). Ўқув-услубий қўлланма. – Тошкент, 2004. – 80 б.