logo

Afsona va rivoyatlar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

70.5 KB
Mavzu:   Afsona va rivoyatlar.
.
Reja.
I Kirish.
II Asosiy qism.
2.1. Afsonalarning kelib chiqishi tarixi.
2.2. Rivoyatlarning kelib chiqishi tarixi.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar. Afsonalar   dunyodagi   deyarli   hamma   xalqlar   og ’ zaki     ijodining   eng   qadimgi ,
aziz   va   ommaviy   janrlaridandir .   Ularda   tarixiy   hayotda   ro ’ y   bermagan   bo ’ lsa - da ,
ro ’ y   berishi   mumkin   bo ’ lgan   voqealar   hikoya   qilinadi .   Badiiy     to ’ qima   bu   janr
asarlarning   asosiy   xususiyati     hisoblanadi .   Shuning   uchun   olimlar   afsonalarning
ayrimlarini   ertaklarga   tenglashtirganlar .   Ayrim   afsonalar   esa   miflarga   o ’ xshab
ketadi .  Bunday   namunalarda   biror   narsa - predmetning   paydo   bo ’ lishi ,  rasm - rusum    
yoki   odatlarning   boshlanishi   haqida   ma ’ lumot   beriladi .   Ammo   miflar   mazmunan
afsonalardan   farq   qiladi .   Jumladan ,   avval   qayd   qilganimizdek ,   miflarda   asosan
dunyoning ,  odamning ,  butun     koinot     va   borliqning   yaratilishi     haqida   sodda   tarzda
hikoya   qilinadi .   Shuning uchun ham afsonalar     miflardan keyin, ertaklardan oldin
paydo bo’lgan    degan taxminni bildirish mumkin.
Mahmud Koshg’ariy “Devonu lug’otit turk” asarida “sav” so’ziga bir necha
izoqlar keltiradi: 
“caw-otalar so’zi,
  caw-qissa. Qadimgi voqealardan xabar berish, aytish.
  caw-hikoya. Biror voqeani aytib berish.
  caw-risola. Xat, kichik    kitobcha. 
  caw-so’z, nutq.
  caw-    ilgarigi xabarlar, yangiliklarni yetkazuvchi”. 
Yuqoridagi   izohlardan biri  “ilgargi  xabarlar”  mazmunan  hozirgi   paytda biz
tushunadigan afsonalarga mos keladi. Ammo bu izohlar    ajdodlarimizning bir so’z
bilan    juda ko’p ma’noni bildirishganini qayd etish ma’quldir.
Afsona   forscha   (afsun)   so’zidan   olingan   bo’lib,   yo’q   narsani   borday   qilib
ko’rsatish,   ya’ni   jodulash,   to’qish,   uydirma   qilish   ma’nosini   anglatadi.   Ba’zan  
tomoshalarda   ko’z   boylagichlarni   afsungar     deb   atashadi.   Yoki   haqiqatga   to’g’ri
kelmaydigan gap eshitib qolsak ham afsona bo’lsa kerak deb o’ylaymiz. 
Afsonalar   ijro   etilishi   jihatidan   ertak,   doston,   qo’shiq   askiya   kabi   alohida
tayyorgarlik ko’rishni talab qilmaydi. Shuning bu namunalarda matnga xos maxsus
an’ana ko’zga    tashlanmaydi. Ularda sehrli voqea-hodisalar shunaqa tasvirlanadiki,
odam tinglayotganini o’zi ham bilmay qoladi.  Ma’lumki,     qadim     zamonlardan   ajdodlarimiz   diniy   e’tiqodlarga   berilib
kelganlar   .   Shuning   uchun   afsonalarning   ko’pchiligi   payqambarlar,   avliyolar
hayotidan olingan voqealarni eslatadi: “ Kunlardan bir kun Muso payg’ambar xudo
oldiga   ketayotgan   ekan,   erta   bahor   bo’lishiga   qaramay,   don   ekayotgan   dehqoni
ko’rib qolibdi. Muso unga hali don ekishga erta ekanini aytibdi. Dehqon tajribasiga
ishonib,   uning   gapini   rad   qilibdi.   Xudo   bilan   suhbatda     Muso     bu   munozara
echimini   so’raganida   ,   xudo   dehqoning   haq   ekanini,   ammo   Muso   gapini   endi
inobatga   olish   kerakligini   bildiribdi.   Shunday   qilib,   Muso   xudo   oldidan
qaytayotganida,   havo   sovugan,   qor   shamoli   esayotganmish.     Dehqon   esa   hayron
bo’lib,   osmonga   qararmish.   Shunda     Muso   o’zining     haq   ekanini   dehqonga
eslatibdi.   Dehqon   istehzo   bilan   kulib,   “don   ekish   vaqti   kelishga-ku     kelgan,
havoning   bu   buzilishi   mening   sen   bilan   tortishganim   oqibatidir”-   deb   javob
beribdi.   Shu-shu   ekish   paytida   havo   buzilsa,   dehqonning   payg’ambarning   gapiga
ko’nmaganini eslasharkan”. 
Yuqoridagi   misoldan   mazkur   afsonani   mazmunan   saqlagan   holda
boshqacharoq aytish ham mumkinligi bilinib turibdi. Afsonalar mazmunan turlicha
bo’lishi  mumkin. Ularning  shartli  ravishda  asotiriy tushunchalari,  koinot   jismlari,
o’rin - joy nomlari, odatlarini sharhlovchi afsonalarga bo’lish mumkin. 
Asotiriy   afsonalarda   qadimda   yashagan   ajdodlarimiz   o’zlariga   homiy   deb
hisoblagan   shaxslarni   ulug’laganlar.   Diniy   e’tiqod   masalarini   yoritganlar   .
Masalan, xalqimiz har bir insonning taqdiri tangri tomonidan belgilangan bo’ladi,
ammo inson xatti-harakati, niyati bilan o’z qismatini  o’zgartirishi  mumkin, degan
tushuncha   bor.   Shu   fikrni   dalilash   uchun   shunday   afsona   keltiriladi:   “Muso
kunlardan bir kun tangri oldiga ketayotganida, yo’lida oyoq-qo’li yo’q majruh bir
odamni   ko’ribdi.   Odam   undan   o’zining   taqdiriga   jannat   yoki   do’zax   yozilganini
bilib   berishni   so’rabdi.   Tangri   payg’ambarga:   “U   odamning   oxirgi   joyi   do’zax
bo’ladi.   Chunki   umr   bo’yi   uni   yemak-ichmakka   muhtoj   qilmadim,   ammo   biron
marta   “Xudoga   shukur”   demadi”,-   debdi.   Muso   payg’ambar   qaytishida   haligi
odam   undan   javob   kutibdi.   Payg’ambar   bor   gapni   aytibdi.   Shunda   odam:
“Bo’lmasa   xudoga   ayt,   men   o’lganimda   tanamni   shunaqa   katta   qilib   yuborsinki, boshqa   hech   kimga   do’zaxdan   joy   qolmasin”,-debdi.   Ana   shu   gapdan   keyin
bechora jannati bo’lgan ekan. 
Xalqimiz   orasida   “shirin   qiz”,   “oyda   nima   uchun   dog’   bor”,   qug’sh   bilan
oyning   bir   oilada   yashagani,   yulduzlar   ularning   bolalari   ekani   haqidagi   afsonalar
ko’p. “Qonqus”, “Kuygan yor”, “Oshoba”, “Andijon”, “Tuya cho’kdi” kabi yuzlab
afsonalar   borki,   ularning   yozuvchilarimiz   ham   o’z   ijodlari   davomida
foydalanadilar. 
Shu bilan birga ba’zan xalqimiz yashaydigan ayrim hududlardagi  odatlarga
izoh   beruvchi   afsonalarga   ham   duch   kelamiz.   Masalan,   O'zbekistonning   turli
viloyatlarida   yashaydigan   aholining   bevosita   hududiy   xususiyatlari   borligi
hammaga   ma’lum.   Xususan,   Farg’ona   viloyatida   istiqomat   qiluvchi
yurtdoshlarimiz   umuman   mehmondo’stliklaridan   tashqari   sertakalluf   ekanliklari
bilan nom chiqarganlar. Ular o’z mehmonlari ko’nglini olish uchun “oling-oling”ni
juda   ko’p   va   tez-tez   takrorlaydilar.   Ammo     xorazmliklar   mehmondo’stlikda
farg’onaliklardan qolishmasalarda, ortiqcha “oling-oling” bilan mehmonga murojat
ham   qilavermaydilar.   Xorazm   viloyatida   o’tkazilgan   ekspeditsiyalarda   bu   haqda
so’raganimizda, quyidagi afsonani aytib berishdi: 
“Xorazm   Hirot   podsholigi   tarkibida   ekanida,   Hirot   shohning   o’g’li
Xorazmga   mehmonga   kelibdi.   Bu   yerda   uni   katta   tantanalar   bilan   kutib   olishibdi
va quyuq ziyofatlar uyushtirishibdi. Ammo shahzoda kelgan kunining    ertasigayoq
jahl   bilan   o’z   yurtiga   qaytajagini   bildiribdi.   Xorazmshoh   juda   iztirob   chekib,   bu
qadar   tez   yo’lga   otlanish   sababini   mehmondan   so’rabdi.   Mehmon   xafa   bo’lish
sababini aytmay o’z yurtiga ketish taraddudini ko’raveribdi. Karvon yo’lga tushay
deganda, Xorazmshoh shahzoda otining tizginini ushlab, o’z xatosini ko’rsatishini
so’rabdi. Shunda shahzoda:
-Kecha oqshom men dasturxondan bir parcha go’sht olib yeya boshlaganimda, siz,
“shahzodam”,   -dedingiz   va   go’shtga   yopishib   qolgan   bir   qilni   olib   tashladingiz.
Men yeyayotgan go’shtdagi qilni ko’rgan ko’zingiz, go’shtni ko’rmadimi?” debdi.
Shundan   keyin   Xorazimshoh   butun   tumanlarga   jarchi   yuborib,   farmon   e’lon
qilibdi:   “   Xorazm   viloyatiga  kimda-kim   mehmon   bo’lib   kelsa,   uning  oldiga   holi- baqudrat   dasturxon   yozing.   Yemagini,   ichmagini   ziyoda   qilib   qo’ying.   Ammo
mehmonning taom tanovvul qilishiga aslo aralashmang”. Shu voqeadan buyon bu
yerliklar   mehmondo’stlikni   tark   etmaganlari   holda   mehmonni   ortiqcha   “oling-
oling” bilan qiynamaydilar”. 
Afsonadan ma’lum bo’ladiki, xorazmliklarning mehmondo’stligi o’ziga xos
fazilatga   ega   ekan.   Bu   odatning   qadimiy   afsona   bilan   izohlanishi   yana   ham   ajib
taassurot qoldiradi. 
Yuqoridagi afsona mazmuniga e’tibor qilsak, unda hayotda bo’lmagan hech
qanday   lavha   yo’q.   Undagi   voqea   ham,   savol-javob   ham   eshitgan   odamda   hech
qanday   shubha   qoldirmaydi.   Ammo   bu   voqeaning   aniq   ro’y   bergani   haqida   ham
hech qanday hujjatli dalillar yo’q. 
Shuning   uchun   bu   afsonaning   hayot   haqiqatiga   qanchalar   mos   kelishi
yuzasidan   aniq   hukm   chiqarish   mushkul.   Afsonalarning   qiziqligi,   ularning   inson
diqqatini   jalb   qilish   sabablari   ham,   ehtimol,   shu   xususiyat   bilan   izohlanadi.  
Bunday asarlarning matnida ertaklarga xos bayon usuli, voqea tanlash tamoyillari
ko’zga   yaqqol   tashlanib   turadi.   Quydagi   afsonada   bu   fikr   yana   bir   karra   o’z
tasdig’ini topadi: 
“Xudo   dunyodagi   hamma   xalqlarga   yer   yuzadagi   yerlarni   bo’lib   beribdi.
O'zi   bilan   o’zi   ovora   o’zbek   o’sha   taqsimotiga   ham   kechikib   boribdi.   Bu   paytda
o’zbek   olishi   mumkin   bo’lgan   yerning   o’zi   qolmagan   ekan.   Xudo   rahmdil   emas-
mi?!   Shuning   uchun   o’zbekka:   -   Mayli,   men   o’zimga   ikki   daryo   oralig’idan   bir
parcha yer olib qo’ygan edim, shu joyga sen egalik qilaqol,- degan ekan. Shu-shu
o’zbek   hozir     O'zbekiston   deb   ataluvchi   yurtda   istiqomat   qilarmish…   Bu   o’lkaga
xudoning nazari tushgani uchun kuzda dalada qolib ketgan ketmon bahorda novda
chiqarib gullar emish”. 
Ko’ryapmizki, xalqimiz afsonalarni yaratishda juda ijodkor. U o’z hayotiga
tegishli   har   bir   voqea-hodisaga,   an’anaga,   joy   nomlariga,   hatto     o’zi   yashayotgan
vatanga mehr bilan munosabatda bo’lgan va xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari
qatori afsonalar vositasida o’z munosabatini bildirgan. Afsonalar esa ajdodlarimiz
tomonidan hayot tajribasi xulosasi sifatida yaratilgan.  Demak,   afsonalar   xalq   og’zaki   ijodining   epik   turidan   biri   ekan.   Ulardan
tasvirlangan   voqealar,   asosan,   ijodiy   to’qimalar   zaminida   yaratiladi.   Bu   janr
namunalarini   aytib   beruvchi   shaxs   asar   mazmunini   saqlagan   holda   ma’lum
o’zgartirish   kiritish   mumkin.   Afsonalarda   mazmun   jihatidan   xilma-xil     voqealar
hikoya hilinadi. Bu jihatdan ular asotiriy voqealarni, kosmogonik jismlarni, o’rin-
joy   nomlarini,   odatlarni   izohlavchi   turlarga   bo’linadi.   Ular   xalqimiz   tarixini
o’rganishida   turli   urf-odatlar,   rasm-rusumlar,   an’analarni   sharhlashda,   joy
nomlarini izohlashda muhim ahamiyatga ega.
Rivoyatlar   afsonalardan   hayot   haqiqatiga   anchayin   yaqinligi   bilan   farq
qiladi. Agar afsonalar to’laligicha ajdodlarimiz tomonidan o’ylab topilgan to’qima
hikoyalardan   iborat,   bo’lsa,   rivoyatlar   hayotda   ro’y   bergan   qandaydir   tarixiy
voqealarga   asoslanadi.   Ular   mazmunan   afsonalardan   farq   qilmaydi,   ammo   bu
asarlar   zaminida   aniq   tarixiy   dalil   ildizi   mavjud   bo’ladi.   Rivoyatlarning   o’ziga
xosligini   ana   shu   xususiyat   ko’pincha   sodir   bo’lgan   tarixiy   voqea   ishtirokchisi
tomonidan   yo   yozib   qoldiriladi   yoki   aytib   beriladi.   Ajdoddan   avlodga   meros
sifatida   o’tib   bizgacha   yetib   keladi.   Shuning   uchun   rivoyatlar   o’tmish   voqealari
haqida   bizga   ma’lumot   berishi   bilan   qiziqarlidir.   Ularda   tariximiz   saqifalari,
mashhur   allomalar   hayotidan   lavhalar,   mardlarning   jasurligi,   ayrim   joy
nomlarining paydo bo’lishi o’z aksini topadi. 
Rivoyatlar   ham   afsonalar   kabi   mazmunan   ayrim   turlarga   bo’linadi.   Shartli
ravishda rivoyatlarni tarixiy va o’rin-joy nomlari bilan bog’liq asarlar tashkil etadi.
Tarixiy   rivoyatlarda   xalqimiz   ozodligi   uchun   jonini   fido   qilib   kurashgan   mard-u
maydon   farzandlar     jasorati   yoki   o’zining   manfaati   yo’lida   butun   yurtdoshlarini
dushman   qo’liga   tutib   bergan   xoinlarning   xiyonati   hikoya   qilinadi.   Bu   bilan
xalqning   mard   jasorati   ham,   xoinning   xiyonati   ham   unutmasligini   ta’kidlagandek
bo’ladi. Xususan,  ularda To’maris, Shiroq, Jaloliddin, Temur Malik, Amir Temur
kabi   haqiqiy   insonlar   hayoti   aks   ettirilgan.   Bu   shaxslar   o’z   vatanlarini   ichki   va
tashqi dushmanlardan himoya qilishda biz uchun haqiqiy ibrat bo’la oladilar. Agar
bugungi    kunda har bir yurtdoshimiz Vatanimizni ana shunday go’zal insonlar kabi
sevsa,   yurtimiz   zavol   ko’rmaydi.   Darvoqe,   rivoyatlarni,   avlodlarga   meros   qilib qoldirishdan  nazarda  tutilgan maqsad     ham   shunday  niyat   bilan  belgilanadi.  Ayni
paytda Dalvarzin, Guldursin haqidagi rivoyatlarda o’tkinchi havas deb dushmanga
o’z   shahrining   darvozasini   ochib   bergan   razil   shaxslar   qilmishi   fosh   etiladi.
Mazkur   shaharlar,   qal’alar   vayronalari   esa   munofiq   kimsalar   qilmishlarini   asrlar
o’tsa-da el yodidan o’chmasligidan dalolat sifatida saqlanib qolgan. 
O'zbek xalqi orasida Imom Buxoriy, Beruniy, Burhoniddin Marg’iloniy, Ibn
Sino, Ulug’bek, Navoiy     kabi buyuk allomalar haqida yaratilgan o’nlab rivoyatlar
hamon saqlanib kelmoqda. 
Mana   ulardan   bir   misol:   “Ibn   Sino   har   kuni   betoblarni   qabul   qilar   ekan.
Ammo navbat bir yigitga etib kelganida, uni chetlab o’tar ekan. Kunlardan bir kun
yigitning onasi u yotgan to’shak yoniga bir kosa qatiq qo’yib, o’z yumushlari bilan
band bo’libdi. Yigit    kosadagi qatiqqa tikilib yotsa, shipdan bir ilon tushib qatiqqa
zaharini solibdi. Jonidan to’ygan yigit alam bilan kosadagi zaharlangan qatiqni jon
jahdi bilan ichib yuboribdi. Ammo bir oz o’tmay o’zini tuzuk seza boshlabdi. Soat
o’tgan   sayin   u   sog’ayibdi.   Ertasiga   ancha   o’ziga   kelib,   yana   ibn   Sino   qabuliga
boribdi.   Bu   safar   ham   tabib   uni   chetlab   o’tibdi.   Ajablangan   yigit   unga   e’tiroz
bildiribdi. Shunda alloma:
-Siz   kecha   va   avvalari   kelganingizda   dardingizga   davo   yo’q   edi.   Shuning   uchun  
sizni ko’rmagandim. Chunki, men sizga qatiqni to’shak yoniga qo’yish, unga ilon
zahar   solishi,   bu   qatiqni   siz   ichishingiz   kerakligini   ayta   olmas   edim-da.   Ammo
taqdir   sizga   bu   imkoniyatni   yetkazdi.   Endi   sizga   tabibning   keragi   yo’q.   Siz
mutlaqo sog’siz. Shuning uchun sizni chetlab o’tdim, debdi”. 
Bu   rivoyatda   Abu   Ali   ibn   Sinoning   naqadar   mohir,   zakiy   va   dono   tabib
ekanligi   o’z   aksini   topgan.   Rivoyatlar   matnini   tahlil   qilish   ularning   hajmi   katta
bo’lmasligini tasdiqlaydi. Ularda voqealar bayoni bir, ikki lavhadan iborat bo’ladi
xolos. 
Endi   o’rin-joy   nomi   bilan   bog’liq   rivoyatga   diqqat   qiling:   “Buxoro   bilan
Navoiy oralig’ida katta Malik cho’li yastanib yotadi. Uning bir qismini O'rtacho’l ,
tog’ yon Qarnob cho’li ham deb yuritadilar. Malikcho’l yelkasidan esa Zarafshon
oqadi. Malikning qoq o’rtasi- avtomobil     yo’li yoqasida Malik darvozasi va yopiq hovuz   xarobalari   saqlangan.   “Malik”   rivoyatini   bizga   Qizil   tepaning   Kenagas
qishlog’ida yashovchi mashhur Saidmurod     Panoh baxshining o’g’li sakson yoshli
usta Berdi ota aytib bergan edi:
-Bir kuni Buxoro amiri faytunda Nurota, Karmana, Ziyodin, Sultonobodni aylanib
kelib   charchaydi-yu,   cho’lda   soyabon   o’rnattirib,   dam   oladi.   Amirning
shotirlaridan   biri   Malik   deguvchi   yigit   ekan.   Amir   uxlab   qoladi.   Shu   paytda
amirning   burnidan   bir   chivin   chiqib,   so’ng   suv   to’la   kosa   ustida   turgan   pichoq
ustidan yurib o’tib sichqon iniga kirib ketadi. Birozdan so’ng chivin sichqon inidan
chiqib   keladi-da,   yana   o’sha   suv   to’la   kosa   ustidagi   pichoqdan   yurib   o’tib,
podshoning burniga kirib ketadi. Malik botir bu hangomani ko’rib hayratda qoladi-
yu,   nima   qilarini   bilmaydi.   Amir   bo’lsa   qattiq   uxlagan,   boshqa   amaldoruu
xizmatkorlar ham chekkada dam olayotgan ekan. Malik o’sha chivinni o’ldiraman
desa, amir uyg’onib qolib unga qo’l ko’targanini ko’rsa, tayinki, boshi ketadi.
Nihoyat   amir   uyg’onibdi.   Malik   uning   qo’liga   suv   quyibdi,   amaldorlar   davra
quribdilar. Amir g’aroyib tushini aytibdi:
-Tushimda   bir   uzoq   cho’lga   chiqib   ketganmishman.   Ancha   yurib   daryoga
yetibman. Daryo ustida temir  ko’prik bor g’orga kirib ketibman. G’or ichida ikki
xum   tilla   yotganmish.   G’ordan   chiqib,   ko’prikdan   o’tib,   cho’ldan   kechib   yana
taxtimga   kelib   o’tiribman.   Tushimning   ta’birini   aytinglarchi,   ne   kori   hol   bo’lar
ekan?
Amirning   hamrohlari   birisi   u,   birisi   bu   deyishbdi.   Malik   dono   yigit   ekan,   u   sirni
bilibdi-yu,   o’zini   kasalga   solib   yotib   olibdi.   O'zimga   kelib   olsam   sizlarga     yetib
olaman debdi. Amir kishilari bilan jo’nab ketibdi. Malik darrov ketmon olib o’sha
chivin kirib chiqqan sichqon inini kovlashga tushibdi. 
Haqiqatan, u yerda ikki xum tillo bor ekan. Malik tilladan bir xaltasini olib,
ahli   nomdor,   dongdor   ustalarni   boshlab   kelib   shu   yerga   qishloq   qurdiribdi,
hovuzlar   bunyod   etibdi.   Ana   o’shandan   buyon   cho’lni     “cho’li   Malik   ”     deb
atashibdilar”. 
Yuqorida aytganlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: rivoyatlar xalq
og’zaki ijodining epik turiga kirgan ommaviy janrlardandir.  Ular afsonalardan farqli o’laroq aniq bir voqea-hodisa asosida yaratiladi.
Rivoyatlar   mazmuniga   ko’ra   tarixiy   va   toponimik   (o’rin-joy  nomlari   izohi)
turlariga bo’linadi. 
Bunday asarlar voqeaga guvoh bo’lgan shaxslar tomonidan yozib qoldiriladi
yoki avloddan avlodga o’tib yoziladi.  Xulosa.
Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og’zaki ijodining eng qadimgi,
aziz   va   ommaviy   janrlaridandir.   Ularda   tarixiy   hayotda   ro’y   bermagan   bo’lsa-da,
ro’y   berishi   mumkin   bo’lgan   voqealar   hikoya   qilinadi.   Badiiy   to’qima   bu   janr
asarlarning   asosiy   xususiyati   hisoblanadi.   Shuning   uchun   olimlar   afsonalarning
ayrimlarini   ertaklarga   tenglashtirganlar.   Ayrim   afsonalar   esa   miflarga   o’xshab
ketadi. Bunday   namunalarda  biror   narsa-predmetning  paydo  bo’lishi,  rasm-rusum
yoki odatlarning boshlanishi haqida ma’lumot. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. -T.: “ Sharq”, 2010.
2. Xorazm tarixi. 2-jild,- Urganch, 1997.
3. Ibn Arabshox. Amir Temur tarixi. I va 2 jild. T.: “Mehnat”, 1992.
4. Temur   tuzuklari.   T.:   1997   O’zbekiston   tarixi   moddiy   madaniyat   va   yozma
manbalarda. -T.: “Fan”2005.
5. O’ljayeva   Sh.   Amir   Temur   va   temuriylar   davrida   milliy   davlatchilikning
rivojlanishi. -T.: “Fan”. 2005.
6. Shamsutdinov R. Qishlok fojeasi:  jamoalashtirshi, qulokqlashtirish, surgun.
T.: 2004.
7. O’zbekiston tarixi va madaniyati. -T.: 1992.
8. Ziyoyev X. 3. Turkistonda Rossiya tajovuzi va xukmronligiga qarshi kurash.
T.: «Sharq», 1998.
9. O’zbekiston tarixi. T.: “Universitet”, 1999.

Mavzu: Afsona va rivoyatlar. . Reja. I Kirish. II Asosiy qism. 2.1. Afsonalarning kelib chiqishi tarixi. 2.2. Rivoyatlarning kelib chiqishi tarixi. III.Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og ’ zaki ijodining eng qadimgi , aziz va ommaviy janrlaridandir . Ularda tarixiy hayotda ro ’ y bermagan bo ’ lsa - da , ro ’ y berishi mumkin bo ’ lgan voqealar hikoya qilinadi . Badiiy to ’ qima bu janr asarlarning asosiy xususiyati hisoblanadi . Shuning uchun olimlar afsonalarning ayrimlarini ertaklarga tenglashtirganlar . Ayrim afsonalar esa miflarga o ’ xshab ketadi . Bunday namunalarda biror narsa - predmetning paydo bo ’ lishi , rasm - rusum yoki odatlarning boshlanishi haqida ma ’ lumot beriladi . Ammo miflar mazmunan afsonalardan farq qiladi . Jumladan , avval qayd qilganimizdek , miflarda asosan dunyoning , odamning , butun koinot va borliqning yaratilishi haqida sodda tarzda hikoya qilinadi . Shuning uchun ham afsonalar miflardan keyin, ertaklardan oldin paydo bo’lgan degan taxminni bildirish mumkin. Mahmud Koshg’ariy “Devonu lug’otit turk” asarida “sav” so’ziga bir necha izoqlar keltiradi: “caw-otalar so’zi, caw-qissa. Qadimgi voqealardan xabar berish, aytish. caw-hikoya. Biror voqeani aytib berish. caw-risola. Xat, kichik kitobcha. caw-so’z, nutq. caw- ilgarigi xabarlar, yangiliklarni yetkazuvchi”. Yuqoridagi izohlardan biri “ilgargi xabarlar” mazmunan hozirgi paytda biz tushunadigan afsonalarga mos keladi. Ammo bu izohlar ajdodlarimizning bir so’z bilan juda ko’p ma’noni bildirishganini qayd etish ma’quldir. Afsona forscha (afsun) so’zidan olingan bo’lib, yo’q narsani borday qilib ko’rsatish, ya’ni jodulash, to’qish, uydirma qilish ma’nosini anglatadi. Ba’zan tomoshalarda ko’z boylagichlarni afsungar deb atashadi. Yoki haqiqatga to’g’ri kelmaydigan gap eshitib qolsak ham afsona bo’lsa kerak deb o’ylaymiz. Afsonalar ijro etilishi jihatidan ertak, doston, qo’shiq askiya kabi alohida tayyorgarlik ko’rishni talab qilmaydi. Shuning bu namunalarda matnga xos maxsus an’ana ko’zga tashlanmaydi. Ularda sehrli voqea-hodisalar shunaqa tasvirlanadiki, odam tinglayotganini o’zi ham bilmay qoladi.

Ma’lumki, qadim zamonlardan ajdodlarimiz diniy e’tiqodlarga berilib kelganlar . Shuning uchun afsonalarning ko’pchiligi payqambarlar, avliyolar hayotidan olingan voqealarni eslatadi: “ Kunlardan bir kun Muso payg’ambar xudo oldiga ketayotgan ekan, erta bahor bo’lishiga qaramay, don ekayotgan dehqoni ko’rib qolibdi. Muso unga hali don ekishga erta ekanini aytibdi. Dehqon tajribasiga ishonib, uning gapini rad qilibdi. Xudo bilan suhbatda Muso bu munozara echimini so’raganida , xudo dehqoning haq ekanini, ammo Muso gapini endi inobatga olish kerakligini bildiribdi. Shunday qilib, Muso xudo oldidan qaytayotganida, havo sovugan, qor shamoli esayotganmish. Dehqon esa hayron bo’lib, osmonga qararmish. Shunda Muso o’zining haq ekanini dehqonga eslatibdi. Dehqon istehzo bilan kulib, “don ekish vaqti kelishga-ku kelgan, havoning bu buzilishi mening sen bilan tortishganim oqibatidir”- deb javob beribdi. Shu-shu ekish paytida havo buzilsa, dehqonning payg’ambarning gapiga ko’nmaganini eslasharkan”. Yuqoridagi misoldan mazkur afsonani mazmunan saqlagan holda boshqacharoq aytish ham mumkinligi bilinib turibdi. Afsonalar mazmunan turlicha bo’lishi mumkin. Ularning shartli ravishda asotiriy tushunchalari, koinot jismlari, o’rin - joy nomlari, odatlarini sharhlovchi afsonalarga bo’lish mumkin. Asotiriy afsonalarda qadimda yashagan ajdodlarimiz o’zlariga homiy deb hisoblagan shaxslarni ulug’laganlar. Diniy e’tiqod masalarini yoritganlar . Masalan, xalqimiz har bir insonning taqdiri tangri tomonidan belgilangan bo’ladi, ammo inson xatti-harakati, niyati bilan o’z qismatini o’zgartirishi mumkin, degan tushuncha bor. Shu fikrni dalilash uchun shunday afsona keltiriladi: “Muso kunlardan bir kun tangri oldiga ketayotganida, yo’lida oyoq-qo’li yo’q majruh bir odamni ko’ribdi. Odam undan o’zining taqdiriga jannat yoki do’zax yozilganini bilib berishni so’rabdi. Tangri payg’ambarga: “U odamning oxirgi joyi do’zax bo’ladi. Chunki umr bo’yi uni yemak-ichmakka muhtoj qilmadim, ammo biron marta “Xudoga shukur” demadi”,- debdi. Muso payg’ambar qaytishida haligi odam undan javob kutibdi. Payg’ambar bor gapni aytibdi. Shunda odam: “Bo’lmasa xudoga ayt, men o’lganimda tanamni shunaqa katta qilib yuborsinki,

boshqa hech kimga do’zaxdan joy qolmasin”,-debdi. Ana shu gapdan keyin bechora jannati bo’lgan ekan. Xalqimiz orasida “shirin qiz”, “oyda nima uchun dog’ bor”, qug’sh bilan oyning bir oilada yashagani, yulduzlar ularning bolalari ekani haqidagi afsonalar ko’p. “Qonqus”, “Kuygan yor”, “Oshoba”, “Andijon”, “Tuya cho’kdi” kabi yuzlab afsonalar borki, ularning yozuvchilarimiz ham o’z ijodlari davomida foydalanadilar. Shu bilan birga ba’zan xalqimiz yashaydigan ayrim hududlardagi odatlarga izoh beruvchi afsonalarga ham duch kelamiz. Masalan, O'zbekistonning turli viloyatlarida yashaydigan aholining bevosita hududiy xususiyatlari borligi hammaga ma’lum. Xususan, Farg’ona viloyatida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz umuman mehmondo’stliklaridan tashqari sertakalluf ekanliklari bilan nom chiqarganlar. Ular o’z mehmonlari ko’nglini olish uchun “oling-oling”ni juda ko’p va tez-tez takrorlaydilar. Ammo xorazmliklar mehmondo’stlikda farg’onaliklardan qolishmasalarda, ortiqcha “oling-oling” bilan mehmonga murojat ham qilavermaydilar. Xorazm viloyatida o’tkazilgan ekspeditsiyalarda bu haqda so’raganimizda, quyidagi afsonani aytib berishdi: “Xorazm Hirot podsholigi tarkibida ekanida, Hirot shohning o’g’li Xorazmga mehmonga kelibdi. Bu yerda uni katta tantanalar bilan kutib olishibdi va quyuq ziyofatlar uyushtirishibdi. Ammo shahzoda kelgan kunining ertasigayoq jahl bilan o’z yurtiga qaytajagini bildiribdi. Xorazmshoh juda iztirob chekib, bu qadar tez yo’lga otlanish sababini mehmondan so’rabdi. Mehmon xafa bo’lish sababini aytmay o’z yurtiga ketish taraddudini ko’raveribdi. Karvon yo’lga tushay deganda, Xorazmshoh shahzoda otining tizginini ushlab, o’z xatosini ko’rsatishini so’rabdi. Shunda shahzoda: -Kecha oqshom men dasturxondan bir parcha go’sht olib yeya boshlaganimda, siz, “shahzodam”, -dedingiz va go’shtga yopishib qolgan bir qilni olib tashladingiz. Men yeyayotgan go’shtdagi qilni ko’rgan ko’zingiz, go’shtni ko’rmadimi?” debdi. Shundan keyin Xorazimshoh butun tumanlarga jarchi yuborib, farmon e’lon qilibdi: “ Xorazm viloyatiga kimda-kim mehmon bo’lib kelsa, uning oldiga holi-

baqudrat dasturxon yozing. Yemagini, ichmagini ziyoda qilib qo’ying. Ammo mehmonning taom tanovvul qilishiga aslo aralashmang”. Shu voqeadan buyon bu yerliklar mehmondo’stlikni tark etmaganlari holda mehmonni ortiqcha “oling- oling” bilan qiynamaydilar”. Afsonadan ma’lum bo’ladiki, xorazmliklarning mehmondo’stligi o’ziga xos fazilatga ega ekan. Bu odatning qadimiy afsona bilan izohlanishi yana ham ajib taassurot qoldiradi. Yuqoridagi afsona mazmuniga e’tibor qilsak, unda hayotda bo’lmagan hech qanday lavha yo’q. Undagi voqea ham, savol-javob ham eshitgan odamda hech qanday shubha qoldirmaydi. Ammo bu voqeaning aniq ro’y bergani haqida ham hech qanday hujjatli dalillar yo’q. Shuning uchun bu afsonaning hayot haqiqatiga qanchalar mos kelishi yuzasidan aniq hukm chiqarish mushkul. Afsonalarning qiziqligi, ularning inson diqqatini jalb qilish sabablari ham, ehtimol, shu xususiyat bilan izohlanadi. Bunday asarlarning matnida ertaklarga xos bayon usuli, voqea tanlash tamoyillari ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Quydagi afsonada bu fikr yana bir karra o’z tasdig’ini topadi: “Xudo dunyodagi hamma xalqlarga yer yuzadagi yerlarni bo’lib beribdi. O'zi bilan o’zi ovora o’zbek o’sha taqsimotiga ham kechikib boribdi. Bu paytda o’zbek olishi mumkin bo’lgan yerning o’zi qolmagan ekan. Xudo rahmdil emas- mi?! Shuning uchun o’zbekka: - Mayli, men o’zimga ikki daryo oralig’idan bir parcha yer olib qo’ygan edim, shu joyga sen egalik qilaqol,- degan ekan. Shu-shu o’zbek hozir O'zbekiston deb ataluvchi yurtda istiqomat qilarmish… Bu o’lkaga xudoning nazari tushgani uchun kuzda dalada qolib ketgan ketmon bahorda novda chiqarib gullar emish”. Ko’ryapmizki, xalqimiz afsonalarni yaratishda juda ijodkor. U o’z hayotiga tegishli har bir voqea-hodisaga, an’anaga, joy nomlariga, hatto o’zi yashayotgan vatanga mehr bilan munosabatda bo’lgan va xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari qatori afsonalar vositasida o’z munosabatini bildirgan. Afsonalar esa ajdodlarimiz tomonidan hayot tajribasi xulosasi sifatida yaratilgan.