logo

TRANSFORMATSION-GENERATIV GRAMMATIKA MAKTABLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.9453125 KB
TRANSFORMATSION-GENERATIV GRAMMATIKA  MAKTABLARI
 
Reja:
1.  Noam Xomskiyning transformatsion-generativ grammatikasi
2. Jorj Millerning kommunikatsiya modeli  1. Noam Xomskiyning transformatsion-generativ  grammatikasi
Amerikalik   tilshunos   Noam   Xomskiy   (Noam   Chomsky)   transformatsion
grammatika   (yoki   transformatsion-generativ   grammatika),   deb   nomlanuvchi
nazariyani   taklif   qildi.   N.Xomskiyning   fikricha,   “til   –   til   birliklari   va   ularning
sinflari   majmuyi   emas,   balki   to‘g‘ri   jumlalar   tarkib   toptiradigan   mexanizm”.
Sintaksisni   Xomskiy   jumlalar   tuzish   tamoyillari   va   usullari   haqidagi   ta’limot
sifatida belgiladi.
N.Xomskiyning   1957-yilda   nashr   qilingan   “Sintaktik   strukturalar”
(“Syntactic   Structures”)   asari   jahon   tilshunosligida   yangi   yo‘nalishga   asos   soldi.
Mazkur   tadqiqotda   Xomskiy   “tilning   barcha   gaplarini   bilish   mumkin   emas,   til
asosida ayrim cheklangan qoidalar tizimi bo‘lishi kerak” degan fikrni ilgari suradi.
“Bu qoidalar tizimi esa tilning grammatikasi demakdir. So‘zlovchi ham tinglovchi
ham muloqot jarayonida grammatikani uning vositasida “to‘g‘ri” ifoda qurish, yoki
“to‘g‘ri” qurilgan ifodani tushunish uchun vujudga keltiradi” :
1)   pi e  l i t t l e  b l u e  mu d  ma ke   ey e  g i r l  w as
   non kichkina moviy qum yasamoq ko‘zli qizcha
2)   Th e  l i t t l e  p i e  w i t h  mu d  e ye s   wa s  m ak i n g  a  b l u e  gi rl .
    Kichkina non qum ko‘zli moviy qizcha yasar edi.    
3)   Th e  l i t t l e  g i r l   wi t h   bl ue  e ye s   wa s   ma ki ng  a  m ud  p i e .
      M ov i y   ko‘ zl i  k i c hk i n a  qi zc ha  q um da n  no n  ya sa r   ed i .   
Eshitilgan   tovushlar   oqimi   mazkur   til   grammatikasini   bilgandagina   ma’no
kasb etadi. 
Xomskiyga   ko‘ra,   har   bir   tilda   mavjud   bo‘lgan   son-sanoqsiz   gaplar,   nutq
so‘zlovchisining   yangi-yangi   gaplarni   cheklanmagan   darajada   yarata   olish
qobiliyati   bilan   bog‘liqdir.   Bu   o‘rinda   ma’no   anglatmagan   jumlalar   ham
grammatik   jihatdan   to‘g‘ri   bo‘lishi   mumkin.   Boshqacha   qilib   aytganda,   har   bir
kishi   o‘zining   nutqiy   faoliyati   jarayonida   shu   paytgacha   eshitilmagan   yangidan-
yangi   gaplarni   yaratishi   mumkin   va   bu   yangi   gap   tinglovchi   tomonidan   to‘g‘ri
tushuniladi.  Shu   o‘rinda   tabiiy   savol   tug‘ilishi   mumkin:   Tinglovchi   qanday   qilib   shu
paytgacha   eshitmagan   yangi   gaplarni   tushunadi?   Buning   asosiy   sababi   shundan
iboratki,   tilda   mavjud   bo‘lgan   cheklanmagan   miqdordagi   gaplar,   ma’lum
miqdordagi   gaplar,   ma’lum   miqdordagi   elementar   sintaktik   modellardan   paydo
bo‘lgan   va   elementar   sintaktik   modellarning   (yadro   gaplar)   soni   chegarali   va
amalda bir nechta bo‘lishi mumkin 1
. 
Shunga   ko‘ra,   Xomskiy   gaplarni   yadroli   va   bu   yadrodan   qayta   o‘zgargan,
uning  transformasi  bo‘lgan gaplarga ajratdi.  Yadro  gaplar, deb sodda, yig‘iq, darak
gaplar   tushuniladi.   Fe’l   kesimli   gap   bo‘lsa,   kesimi   aniq   nisbatda   turadi.   Bu   eng
kichik   gaplar   har   bir   tilning   sintaktik   tizimining   asosini   tashkil   qiladi.   Masalan,
Ishchilar uy qurishyapti  gapi  yadro  gapga misol bo‘ladi. Bunda N1 N2 V. Bu aktiv
konstruksiya hisoblanadi. 
Yadro gaplardan turli shakliy o‘zgarishlar  asosida asosiy  ma’noni  saqlagan
holda   ikkilamchi   sintaktik   qurilmalarning   hosil   qilinishi   transformasiya   deyiladi.
Masalan,   Uyni ishchilar qurishyapti.    N2 N1 V. Bu konstruksiya  passiv  bo‘lib, u
transformasiya amali natijasida hosil qilingan. 
Shuningdek, yuqorida keltirilgan misollar ham transformalar sanaladi:  
Qushlar sayrashyapti → Qushlarning sayrashi   
(Kimdir ) til o‘rganyapti → Til o‘rganish  
(Kimdir) yozuvchini taklif qilyapti → yozuvchini taklif qilish
Qayd   qilingan   barcha   transformatsiyalarda   fe’l   harakat   nomiga   aylangan,
ya’ni otlashish amali vujudga kelgan.  
Modelning   1-variantiga   leksika   ham   fonetika   ham   kiritilmagan   edi.
Bularning   barchasi   bir   necha   yildan   keyingi   ikkinchi   modelda   paydo   bo‘ladi.
Ushbu modelda bevosita kuzatishdan yashirin bo‘lgan –   botiniy    struktura g‘oyasi
ilgari   suriladi 2
.   N.Xomskiy   transformatsion   tahlil   doirasida   til   tizimidagi   har
qanday   jumlani   botiniy   va   zohiriy   strukturaga   ajratadi.   Botiniy   strukturani
tushunchalarning ma’no tomoni,  zohiriy  strukturani esa muomaladagi so‘zlar bilan
aloqador   qiladi.     Ya’ni     zohiriy   struktura   bu   –   biz   eshitadigan   va   o‘qiydigan
1  Баскаков Н.А., Содиқов А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. –Тошкент: Ўқитувчи, 1979. – Б. 126.
2  Chomsky N. Aspects of Theory of Sintax. –Cambridge, 1965. –P. 141.  jumlalar,     botiniy   struktura   esa   jumlaning   ma’nosi   bilan   bog‘liq   tomoni.   Botiniy
strukturalar   zohiriy   strukturalarda   shunchaki   qayta   tiklangan   yoki   transformalar
shaklida   qayta   tiklangan   bo‘lishi   mumkin.   Boshqacha   qilib  aytganda,   realizatsiya
qilingan matnda aks etmagan, biroq qandaydir holatda,   botinda nimadir   mavjud.
Masalan,   zohiriy   strukturasi   turlicha   bo‘lgan   va   botiniy   strukturasi   esa   bir   xil
bo‘lgan   gaplar   (1   va   2),   shuningdek,   birgina   zohiriy   strukturaga   (3)   va   ikkita
botiniy  strukturaga ega  (4 i 5) jumlalar mavjud: 
(1) Politsiya namoyishni tarqatib yubordi. 
(2) Namoyish politsiya tomonidan tarqatib yuborildi. 
(3) Uning hibsga olinishi.  
(4) U hibsga olindi.
(5) U hibsga oldi. 
N.   Xomskiyga   ko‘ra,   transformatsion   tahlil   sintaktik   strukturalarning
zohiriy dan   botiniy ga   aylanish   yo‘li   bilan   tahlil   qilishdir.   Haqiqatan   ham   nutq   va
tafakkur   jarayonlarida   botiniy   strukturaning   o‘rni   mavjud.   Biroq   ushbu
“ botiniylik ”ning   qanday   va   qayerdan   paydo   bo‘lganligi   tadqiq   qilinmaydi.   Ya’ni
Xomskiyning modelida hali “tafakkur” yo‘q.
N. Xomskiyning dastlabki tadqiqotlarida hali hech qanday psixologiya yo‘q
edi.   Uning   transformatsion   modeli   tabiiy   til   ifodalarini   avtomatik   sxemalarga
solish   imkoniyatinigina   yaratgandi.     Keyinroq   N.   Xomskiy   asta-sekin   insonning
nutqiy faoliyati muammolari bilan qiziqa boshladi. 
N.   Xomskiy   F.de   Sossyurning   til-nutq   dixatomiyasiga   muqobil   bo‘lgan
lisoniy qobiliyat   ( linguistic  competence ) va   lisoniy faollik  ( linguistic  performance )
tushunchalarini   rivojlantirdi.   U   lisoniy   qobiliyat ni     tilshunoslik   sohasiga,   lisoniy
faollik ni   psixologiya   sohasiga   aloqador   qildi   va   lisoniy   qobiliyat ni   mazkur   tilda
so‘zlashish   qobiliyatini   tashkil   qiluvchi,   lisoniy   faollik ni   esa   til   egasi   tomonidan
yaratiladigan ifodalar sifatida izohladi 3
.  
Ma’lumki,   kishi   tovushlar   birikuvi,   so‘zlar   bog‘lanishi,   umuman,   tildagi
so‘zlar   tizimining   qo‘llanishini   onasidan,   tevarak-atrofidagi   yaqinlaridan   eshitib
3   Ko ‘ rsatilgan   bet .   o‘z ona tilini o‘zlashtiradi  (ayni holat tilshunos yoki tilni o‘rganuvchi har qanday
kishida ham kuzatiladi). Bunday tizimdan foydalanish natijasida inson ona tilidagi
cheksiz   so‘z   turkumlari,   jumlalar   va   matnlarni   hosil   qilish   qobiliyatini   egallab
boradi.   Shunga   ko‘ra,   lisoniy   qobiliyatni   so‘zlovchi   va   tinglovchi   til   bilimining
potensiali, deb izohlash mumkin.  
    N.   Xomskiy   lisoniy   faollikni   “aniq   sharoitlarda   tilning   kundalik
qo‘llanishi”, - deb tushuntiradi. Lisoniy faollik   nutqiy faoliyatda lisoniy qobiliyatni
amalga   oshirishda   yuz   beradigan   jarayondir.   Ya’ni   lisoniy   faollik   ona   tilini
o‘zlashtirgan kishi egallagan til bilimlarini amalda qo‘llay olishidir. 
N.Xomskiy   “lisoniy   qobiliyat   birlamchi   bo‘lib,   u   lisoniy   faollikni
belgilaydi”,   -   deb   hisobladi.   Transformatsion   grammatika   tarafdorlari   ham   asosiy
urg‘uni  lisoniy qobiliyatga berishdi. 
Umuman,   N.   Xomskiyning   g‘oyalari   psixolingvistikani   uch   jihatdan
shakllantirdi: 
-   tilning   bixevioristik   talqiniga   va   tilshunoslik   nazariyalariga   tanqidiy
yondashishlar kognitiv fanlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynadi; 
    -   N.Xomskiy   tomonidan     tilni   o‘zlashtirish     masalasi   mantiqiy   muammo
sifatida shakllantirildi;
- eksperimental psixolingvistikaning asosida transformatsion model yotardi.   
 2. Jorj Millerning kommunikatsiya modeli
Psixolingvistikada   transformatsion   yo‘nalishning   asoschisi   nutqiy   faoliyat
sohasida   qator   tadqiqotlar   olib   borgan   psixolog   Jorj   Miller   (George   Miller)
hisoblanadi.   J.Millerning   ta’limoti   N.Xomskiyning   transformatsion
grammatikasiga asoslangan edi.
J.Miller kommunikatsiyaga quyidagicha yondashadi:
1. Inson o‘z fikrini nutqqa chiqarishdan oldin aytadigan gaplarining dasturini
tuzadi.   Bunday   dastur   “reja”,   deb   nomlanadi.   Aytiladigan   gaplarning   rejasi
bo‘lganda, nima deyish haqida aniq tasavvurga ega bo‘linadi. Boshqacha aytganda, so‘zlovchi   aytmoqchi   bo‘lganlari   haqida   qandaydir   obrazga   ega   bo‘ladi   va   rejani
amalga oshirish jarayonida u bunga yaqinlashishga harakat qiladi.  
Nutqning   kelib   chiqishi   passiv   reaktivlik   uchun   xos   bo‘lgan   assotsiativ
aloqalar tizimi bilan emas, balki rejalashtirilgan xatti-harakatning xususiyati bilan
aniqlanadi.   J.Miller   transformatsion   hosilalarni   tahlil   qilish   orqali   xatti-harakatni
rejalashtirish jihatini ajratib ko‘rsatadi va insonning shunchaki reaktivligiga emas,
aksincha, aktivligiga urg‘u beradi.
   2. Ch.Osgud uchun asosiy hisoblangan xabarni ochib berishning   statistik
mezonlari   J.Miller   uchun   muhim   ahamiyat   kasb   etmaydi.   U   uchun   ifodani
transformatsion qayta hosil qilishning qat’iy algoritmik qoidalari muhimdir. Ushbu
qoidalarni   to‘g‘ri   bajarish   natijasida   avtomatik   ravishda   grammatik   to‘g‘ri
transformatsiya olinadi. 
3.   J.Millerning   psixolingvistikasida   Ch.   Osgud   tomonidan   oxiriga
yetkazilmagan  nutqni  qabul  qilish  va   nutqni  ishlab   chiqish  jarayonlarining  birligi
haqidagi tasavvurga qadam tashlanadi. 
4. Ch.Osgudning atomizm konsepsiyasi bartaraf qilinadi.
5. Assotsianistik psixolingvistika so‘z strukturasi bilan shug‘ullangan bo‘lsa,
transformatsion   psixolingvistika   so‘zdan   butun   ifodalarga,   jumlalarga,   yoxud
tranformasion o‘zgarishlarga ko‘tariladi.
Ch.Osgud   ta’limotida   hamma   narsa   o‘rganish   g‘oyasi   asosida,   J.Miller
ta’limotida esa tug‘ma mexanizmlar asosida har qanday strukturadagi tilni egallash
mumkin. Hayvonlar orasida katta bo‘lgan bolalarning nutqi bo‘lmaydi. Agar bola
3-4   yoshgacha   til   asoslarini   o‘zlashtirmasa,   u   til   o‘rganish   imkoniyatini   biologik
jihatdan yo‘qotadi. 
Transformatsion   psixolingvistika   uchun   ham   xuddi   assotsianistik
psixolingvistika  singari   nutq  mexanizmlarini  talqin  qilishda   individualizm   xosdir.
J.Millerning   psixolingvistikasida   so‘zlovchi   kishi   Robinzon   bo‘lib   qoladi.   Til
faoliyatida   tug‘ma   qoidalar   g‘oyasi   muhim   o‘rin   tutadi   (shuning   uchun   ham
transformatsion   yo‘nalishning   tadqiqotchilari   bolalar   nutqiga   katta   e’tibor
berishadi).   ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 .   Usmanova   Sh.     “Psixolingvistika”   fanidan   ma’ruza   kurslari .   – Toshkent:
Universitet, 2014.
2.   Usmanova   Sh.     Psixolingvistika.   O‘quv   qo‘llanma.   – Toshkent:   Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika.  Uchebnoe posobie.  –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki.  Uchebnoe posobie.   – M.:  ACT: Astrelь,
2008.
5 .   Karaseva   O.F.,   Safonova   O.A.     Psixolingvistika:   novыe   texnologii   analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie.  – Krasnodar, 2012. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 .   Axutina   T.V.   Porojdenie   rechi.     Neyrolingvisticheskiy   analiz   sintaksisa.   -   M.:
MGU, 1989. 
7.   Baskakov   N.A.,   Sodiqov   A.S.,   Abduazizov   A.A.   Umumiy   tilshunoslik.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 
8.   Batov   V.I.   O   sudebnoy   psixologo-lingvisticheskoy   ekspertize   //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P.  Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 .   Bыkova   G.   V.,   Fraerl   V.   L.   Lakunы   russkogo   yazыka.   Pod   nauch.   red.   I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.

TRANSFORMATSION-GENERATIV GRAMMATIKA MAKTABLARI Reja: 1. Noam Xomskiyning transformatsion-generativ grammatikasi 2. Jorj Millerning kommunikatsiya modeli

1. Noam Xomskiyning transformatsion-generativ grammatikasi Amerikalik tilshunos Noam Xomskiy (Noam Chomsky) transformatsion grammatika (yoki transformatsion-generativ grammatika), deb nomlanuvchi nazariyani taklif qildi. N.Xomskiyning fikricha, “til – til birliklari va ularning sinflari majmuyi emas, balki to‘g‘ri jumlalar tarkib toptiradigan mexanizm”. Sintaksisni Xomskiy jumlalar tuzish tamoyillari va usullari haqidagi ta’limot sifatida belgiladi. N.Xomskiyning 1957-yilda nashr qilingan “Sintaktik strukturalar” (“Syntactic Structures”) asari jahon tilshunosligida yangi yo‘nalishga asos soldi. Mazkur tadqiqotda Xomskiy “tilning barcha gaplarini bilish mumkin emas, til asosida ayrim cheklangan qoidalar tizimi bo‘lishi kerak” degan fikrni ilgari suradi. “Bu qoidalar tizimi esa tilning grammatikasi demakdir. So‘zlovchi ham tinglovchi ham muloqot jarayonida grammatikani uning vositasida “to‘g‘ri” ifoda qurish, yoki “to‘g‘ri” qurilgan ifodani tushunish uchun vujudga keltiradi” : 1) pi e l i t t l e b l u e mu d ma ke ey e g i r l w as non kichkina moviy qum yasamoq ko‘zli qizcha 2) Th e l i t t l e p i e w i t h mu d e ye s wa s m ak i n g a b l u e gi rl . Kichkina non qum ko‘zli moviy qizcha yasar edi. 3) Th e l i t t l e g i r l wi t h bl ue e ye s wa s ma ki ng a m ud p i e . M ov i y ko‘ zl i k i c hk i n a qi zc ha q um da n no n ya sa r ed i . Eshitilgan tovushlar oqimi mazkur til grammatikasini bilgandagina ma’no kasb etadi. Xomskiyga ko‘ra, har bir tilda mavjud bo‘lgan son-sanoqsiz gaplar, nutq so‘zlovchisining yangi-yangi gaplarni cheklanmagan darajada yarata olish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda ma’no anglatmagan jumlalar ham grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir kishi o‘zining nutqiy faoliyati jarayonida shu paytgacha eshitilmagan yangidan- yangi gaplarni yaratishi mumkin va bu yangi gap tinglovchi tomonidan to‘g‘ri tushuniladi.

Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘ilishi mumkin: Tinglovchi qanday qilib shu paytgacha eshitmagan yangi gaplarni tushunadi? Buning asosiy sababi shundan iboratki, tilda mavjud bo‘lgan cheklanmagan miqdordagi gaplar, ma’lum miqdordagi gaplar, ma’lum miqdordagi elementar sintaktik modellardan paydo bo‘lgan va elementar sintaktik modellarning (yadro gaplar) soni chegarali va amalda bir nechta bo‘lishi mumkin 1 . Shunga ko‘ra, Xomskiy gaplarni yadroli va bu yadrodan qayta o‘zgargan, uning transformasi bo‘lgan gaplarga ajratdi. Yadro gaplar, deb sodda, yig‘iq, darak gaplar tushuniladi. Fe’l kesimli gap bo‘lsa, kesimi aniq nisbatda turadi. Bu eng kichik gaplar har bir tilning sintaktik tizimining asosini tashkil qiladi. Masalan, Ishchilar uy qurishyapti gapi yadro gapga misol bo‘ladi. Bunda N1 N2 V. Bu aktiv konstruksiya hisoblanadi. Yadro gaplardan turli shakliy o‘zgarishlar asosida asosiy ma’noni saqlagan holda ikkilamchi sintaktik qurilmalarning hosil qilinishi transformasiya deyiladi. Masalan, Uyni ishchilar qurishyapti. N2 N1 V. Bu konstruksiya passiv bo‘lib, u transformasiya amali natijasida hosil qilingan. Shuningdek, yuqorida keltirilgan misollar ham transformalar sanaladi: Qushlar sayrashyapti → Qushlarning sayrashi (Kimdir ) til o‘rganyapti → Til o‘rganish (Kimdir) yozuvchini taklif qilyapti → yozuvchini taklif qilish Qayd qilingan barcha transformatsiyalarda fe’l harakat nomiga aylangan, ya’ni otlashish amali vujudga kelgan. Modelning 1-variantiga leksika ham fonetika ham kiritilmagan edi. Bularning barchasi bir necha yildan keyingi ikkinchi modelda paydo bo‘ladi. Ushbu modelda bevosita kuzatishdan yashirin bo‘lgan – botiniy struktura g‘oyasi ilgari suriladi 2 . N.Xomskiy transformatsion tahlil doirasida til tizimidagi har qanday jumlani botiniy va zohiriy strukturaga ajratadi. Botiniy strukturani tushunchalarning ma’no tomoni, zohiriy strukturani esa muomaladagi so‘zlar bilan aloqador qiladi. Ya’ni zohiriy struktura bu – biz eshitadigan va o‘qiydigan 1 Баскаков Н.А., Содиқов А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. –Тошкент: Ўқитувчи, 1979. – Б. 126. 2 Chomsky N. Aspects of Theory of Sintax. –Cambridge, 1965. –P. 141.

jumlalar, botiniy struktura esa jumlaning ma’nosi bilan bog‘liq tomoni. Botiniy strukturalar zohiriy strukturalarda shunchaki qayta tiklangan yoki transformalar shaklida qayta tiklangan bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, realizatsiya qilingan matnda aks etmagan, biroq qandaydir holatda, botinda nimadir mavjud. Masalan, zohiriy strukturasi turlicha bo‘lgan va botiniy strukturasi esa bir xil bo‘lgan gaplar (1 va 2), shuningdek, birgina zohiriy strukturaga (3) va ikkita botiniy strukturaga ega (4 i 5) jumlalar mavjud: (1) Politsiya namoyishni tarqatib yubordi. (2) Namoyish politsiya tomonidan tarqatib yuborildi. (3) Uning hibsga olinishi. (4) U hibsga olindi. (5) U hibsga oldi. N. Xomskiyga ko‘ra, transformatsion tahlil sintaktik strukturalarning zohiriy dan botiniy ga aylanish yo‘li bilan tahlil qilishdir. Haqiqatan ham nutq va tafakkur jarayonlarida botiniy strukturaning o‘rni mavjud. Biroq ushbu “ botiniylik ”ning qanday va qayerdan paydo bo‘lganligi tadqiq qilinmaydi. Ya’ni Xomskiyning modelida hali “tafakkur” yo‘q. N. Xomskiyning dastlabki tadqiqotlarida hali hech qanday psixologiya yo‘q edi. Uning transformatsion modeli tabiiy til ifodalarini avtomatik sxemalarga solish imkoniyatinigina yaratgandi. Keyinroq N. Xomskiy asta-sekin insonning nutqiy faoliyati muammolari bilan qiziqa boshladi. N. Xomskiy F.de Sossyurning til-nutq dixatomiyasiga muqobil bo‘lgan lisoniy qobiliyat ( linguistic competence ) va lisoniy faollik ( linguistic performance ) tushunchalarini rivojlantirdi. U lisoniy qobiliyat ni tilshunoslik sohasiga, lisoniy faollik ni psixologiya sohasiga aloqador qildi va lisoniy qobiliyat ni mazkur tilda so‘zlashish qobiliyatini tashkil qiluvchi, lisoniy faollik ni esa til egasi tomonidan yaratiladigan ifodalar sifatida izohladi 3 . Ma’lumki, kishi tovushlar birikuvi, so‘zlar bog‘lanishi, umuman, tildagi so‘zlar tizimining qo‘llanishini onasidan, tevarak-atrofidagi yaqinlaridan eshitib 3 Ko ‘ rsatilgan bet .

o‘z ona tilini o‘zlashtiradi (ayni holat tilshunos yoki tilni o‘rganuvchi har qanday kishida ham kuzatiladi). Bunday tizimdan foydalanish natijasida inson ona tilidagi cheksiz so‘z turkumlari, jumlalar va matnlarni hosil qilish qobiliyatini egallab boradi. Shunga ko‘ra, lisoniy qobiliyatni so‘zlovchi va tinglovchi til bilimining potensiali, deb izohlash mumkin. N. Xomskiy lisoniy faollikni “aniq sharoitlarda tilning kundalik qo‘llanishi”, - deb tushuntiradi. Lisoniy faollik nutqiy faoliyatda lisoniy qobiliyatni amalga oshirishda yuz beradigan jarayondir. Ya’ni lisoniy faollik ona tilini o‘zlashtirgan kishi egallagan til bilimlarini amalda qo‘llay olishidir. N.Xomskiy “lisoniy qobiliyat birlamchi bo‘lib, u lisoniy faollikni belgilaydi”, - deb hisobladi. Transformatsion grammatika tarafdorlari ham asosiy urg‘uni lisoniy qobiliyatga berishdi. Umuman, N. Xomskiyning g‘oyalari psixolingvistikani uch jihatdan shakllantirdi: - tilning bixevioristik talqiniga va tilshunoslik nazariyalariga tanqidiy yondashishlar kognitiv fanlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynadi; - N.Xomskiy tomonidan tilni o‘zlashtirish masalasi mantiqiy muammo sifatida shakllantirildi; - eksperimental psixolingvistikaning asosida transformatsion model yotardi. 2. Jorj Millerning kommunikatsiya modeli Psixolingvistikada transformatsion yo‘nalishning asoschisi nutqiy faoliyat sohasida qator tadqiqotlar olib borgan psixolog Jorj Miller (George Miller) hisoblanadi. J.Millerning ta’limoti N.Xomskiyning transformatsion grammatikasiga asoslangan edi. J.Miller kommunikatsiyaga quyidagicha yondashadi: 1. Inson o‘z fikrini nutqqa chiqarishdan oldin aytadigan gaplarining dasturini tuzadi. Bunday dastur “reja”, deb nomlanadi. Aytiladigan gaplarning rejasi bo‘lganda, nima deyish haqida aniq tasavvurga ega bo‘linadi. Boshqacha aytganda,