GEOSIYOSIY TAHLIL. GEOSIYOSATNING KLASSIK MAKTABLARI
GEOSIYOSIY TAHLIL. GEOSIYOSATNING KLASSIK MAKTABLARI
Reja : • Amerikalik olim Alfred Mexen ing geosiyosiy qarashlari (1840-1914) • Nikolas Spaykmen g‘oyalarini tushunishga kirish. Makkinder konsepsiyalarining tahlili. • Karl Xausxofer ning geosiyosiy konseptsialari
Alfred Mexen • Amerika Birlashgan Harbiy Flot Kuchlarining ofitseri Alfred Mexen 1885 yildan boshlab Nyu-Port (Roud Aylend) shahridagi Harbiy flot kuchlari kollejida harbiy flot tarixidan dars beradi. 1890 yilda uning birinchi va harbiy strategiyaning klassik matniga aylangan “Tarixda Dengiz kuchlari” (1660-1783) kitobi nashrdan chiqadi. Keyinroq uning boshqa asarlari – “Dengiz kuchining Fransiya revolyusiyasi va imperiyasiga hozirgi zamondagi va kelajakdagi ta’siri” (1793-1812), “Amerikaning bugun va kelajakda Dengiz kuchidan manfaatdorligi”, “Osiyo muammosi va uning xalqaro siyosatga ta’siri” hamda “Dengiz kuchi va uning urushga munosabati” nashrdan chiqdi. • Uning deyarli barcha asarlari bir mavzuga – “Dengiz kuchlari” (Sea Power)ga bag‘ishlangan edi. Uning nomi ba’zan bu atamaga sinonimdek tuyulardi.
Dengiz sivilizatsiyasi-savdo sivilizatsiyasi • Mexen nazarida siyosatning bosh ish quroli savdodir. Harbiy harakatlar bor-yo‘g‘i sayyoraviy savdo sivilizatsiyani barpo etishda qulay shart-sharoit yaratib berishi kerak. • Iqtisodiy siklni Mexen quyidagicha ko‘rib chiqadi: 1) Ishlab chiqarish (mol va xizmatlarning dengiz orqali almashuvi); 2) Navigatsiya (bu ayriboshlashni amalga oshiruvchi kuch); 3) Koloniyalar (ular mol almashuvini dunyo miqyosida amalga oshirish sirkulyatsiyasini amalga oshiradilar).
Dengiz sivilizatsiyasi-savdo sivilizatsiyasi Alfred Mexen davlatning pozitsiyasi va geosiyosiy rutbasini tahlil qilishda quyidagi 6 mezonni keltirib o‘tadi: 1. Davlatning jug‘rofiy joylashuvi, uning dengizlarga ochiqligi, boshqa mamlakatlar bilan dengiz kommunikatsiyalari imkoniyatining mavjudligi. Quruqlikdagi chegaralarning cho‘ziqligi, va davlatning strategik muhim mintaqalarni nazorat qilish imkoniyati. Raqibning hududlariga o‘z floti bilan tahdid solish imkoniyatining mavjudligi. 2. Davlatning “jismoniy konfiguratsiya”si, ya’ni dengiz sohillarining surati va ularda joylashgan portlarning miqdori. Bu omillar Davlatda savdoning gullab-yashnashi va strategik himoyalanganligining garovidir. 3. Hududning cho‘ziqligi. Bu ko‘rsatkich qirg‘oq chizig‘ining cho‘ziqligiga teng. 4. Aholining statistik miqdori. Bu ko‘rsatkich Davlatning kemalar qurish va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini baholashda juda zarur. 5. Milliy mentalitet. Xalqning savdo-sotiq bilan shug‘ullanish layoqati, chunki dengiz qudrati keng va tinch savdo-sotiqqa asoslanadi. 6. Boshqaruvning siyosiy xarakteri. Eng zo‘r tabiiy va inson resurslarining qudratli dengiz kuchini barpo etishga jalb qilish ushbu ko‘rsatkichga bog‘liq.