logo

Lingvokulturologiya maktablari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.3486328125 KB
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim
vazirligi 
Samarqand Davlat Chet tillar Instituti
          Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari
                                fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu :  Lingvokulturologiya   maktablari
Samarqand  2021 Lingvokulturologiya
Lingvokulturologiya   maktablari
XX     asrning     oxiriga     kelib     Moskvada     to‘rtta     lingvokulturologik     maktab   y
uzaga   keldi:
1.     Yu.Yu.   Stepanov     maktabining     maqsadi     madaniyatning     davomiyligini  
diaxron   nuqtayi   nazardan   tasvirlashdir.   Yo‘nalish   turli   davrlarda   yaratilgan   matnlar
yordamida,     ya’ni     tilning     faol     egasi     emas,   balki     tashqi     kuzatuvchisi     sifatida     is
hko‘radi.  
2.     N.D.   Arutyunova     maktabi     turli     xalqlar     va     davrlarga     oid     matnlardagi   umum
madaniy     terminlarni     tadqiq     etadi.     Mazkur     madaniy     terminlar     ham     tilning   faol  
egasi   emas,   balki   tashqi   kuzatuvchisi   nuqtayi   nazaridan   o‘rganiladi.    
3.     V.N.   Teliya     maktabi     Rossiyada     va     xorijda     frazeologizmlarning  
lingvokulturologik     tahlil     qilish     bilan     tanilgan.     V.N.Teliya     va     uning     shogirdlari
lisoniy     mohiyatlarni   jonli   til   egasining   refleksi   nuqtayi   nazaridan   tadqiq   qilishadi.  
Ya’ni     bu     madaniyat     semantikasini     bevosita     til     va     madaniyat     subyekti     orqali  
egallashga   qaratilgan   yo‘nalishdir.      
4.     V.V.   Vorobyev,     V.     M.     Shaklein     maktabi.     Ular     Ye.M.Vereshchagin     va  
V.G.Kostomarovlarning     ta’limotlarini   rivojlantirishdi.
Shunday     qilib,     lingvokulturologiya     jonli     milliy     tilda     va     til     jarayonlarida  
namoyon     bo‘ladigan     moddiy     va     ma’naviy     madaniyatni         o‘rganadigan     ijtimoiy  
fandir.     U     tilni     madaniyatning     yaratilish     vositasi,     rivojlanishi,     saqlanishi     va  
namoyon   bo‘lishidek   eng   muhim   vazifasini   belgilab   beradi .
Lingvokulturologiyaning   fan   sifatida   shakllanishi  
Tilshunoslikda     XX     asrning     oxirlariga     kelib     “til     madaniyat     bilan     bog‘liq  
bo‘lib     qolmasdan,     balki     uning     o‘zi     madaniyatdan     o‘sib     chiqqan     va     uni  
ifodalaydigan     vositadir”     degan     faraz     qabul     qilina     boshlandi.     Ayni     paytda     til  
madaniyatning   yaratilish   vositasi,   rivojlanishi,   saqlanishi   (matnlar   ko‘rinishida)   va  
uning   tarkibiy   qismidir.   Chunki   til   vositasida   madaniyatning     moddiy   va   ma’naviy  
asarlari     yaratiladi.     Ana     shu     g‘oya     asosida     ming     yillar     davomida     shakllangan  
lingvokulturologiya   fanning   yangi,   maxsus   sohasi   sifatida   XX   asrning   90-yillarida  
vujudga   keldi.   Lingvokulturologiya   tilshunoslikdagi   antroposentrik   paradigmaning
mahsuli   bo‘lib,   u   so‘ngi   o‘n   yilliklar   davomida   rivojlanib   kelmoqda.    
  XXI     asrning     boshlariga     kelib     lingvokulturologiya     jahon     tilshunosligidagi  
yetakchi   yo‘nalishlardan   biriga   aylandi.   Lingvokulturologiya   tilda   va   diskursda   o‘z
aksini     topgan     va     mustahkamlangan     xalq     madaniyatini     o‘rganadi.     U     birinchi   navbatda,     muayyan     madaniyatning     mif,     afsona,     urf-odat,   an’ana,   udum,   taomil,  
ramzlarini   va   h.k.ni   tadqiq   etadi.   Mazkur   konseptlar     madaniyatga     taalluqli   bo‘lib,  
ular   tilda   maishiy   va   taomil   muomalasi   shaklida   mustahkamlanadi.    
V.N.   Teliyaga   ko‘ra,   lingvokulturologiya,   avvalo,   jonli   kommunikativ  
jarayonlarni   va   ularda   qo‘llaniladigan     til     ifodalarining     sinxron     harakatdagi     xalq  
mentaliteti   bilan   aloqasini   tadqiq   qiladi.        
                   Lingvokulturologiya     tilni     madaniyat     fenomeni     sifatida     o‘rganuvchi     fan  
bo‘lib,     o‘zaro     aloqadorlikda     bo‘lgan     til     va     madaniyat     uning     predmetini     tashki
qiladi.     Binobarin,     V.N.   Teliya     bu     haqda     shunday     yozadi:     “Lingvokulturologiya
insoniy,   aniqrog‘i,   insondagi     madaniy     omilni     tadqiq   etuvchi   fandir.   Bu   esa   shuni  
bildiradiki,     lingvokulturologiya     markazi   madaniyat   fenomeni     bo‘lgan     inson  
to‘g‘risidagi   antropologik   paradigmaga   xos   bo‘lgan   yutuqlar   majmuasidir”.
                G.G.Slishkinga     ko‘ra,   “Lingvokulturologiya   inson   omiliga,   aniqrog‘i,  
insondagi   madaniyat   omiliga   yo‘naltirilgan.   Lingvokulturologiyaning   markazi  
madaniyat   fenomenidan   iborat     bo‘lishi   inson     haqidagi   fanning   antropologik  
paradigmaga   tegishli   hodisa   ekanligidan   dalolat   beradi”
N.   Alefirenko     lingvokulturologiyani   quyidagicha   tavsiflaydi:  
-   lingvokulturologiya   tilshunoslik   va   madaniyatshunoslik   bilan   chambarchas  
bog‘langan   bo‘lib,   u   sintezlovchi   xususiyatga   ega;  
-     lingvokulturologiyaning     asosiy     e’tibori     tilda     izohlanadigan     madaniy  
dalillarga   qaratiladi;  
  -     lingvokulturologiya     tilshunoslik     fanlariga     kiradi,     shuning     uchun     uning  
tadqiqot   natijalaridan   ona   tili   va   chet   tillari   o‘qitish   jarayonida   amaliy   foydalanish  
mumkin;  
-     lingvokulturologiya     tadqiqotlarining   asosiy     yo‘nalishlari:   a)   lisoniy     shaxs;  
b) til   madaniy   qadriyatlarning   semiotik   gavdalantirish   tizimi   hisoblanadi
  Lingvokulturologiyaning   asosiy   yo‘nalishlari  
                Lingvokulturologiyada     bugungi     kunga     qadar     bir     qancha     yo‘nalishlar  
shakllangan:  
1.   Muayyan   ijtimoiy   guruhlar,   xalqning   ko‘zga   ko‘ringan   davrdagi   madaniy  
munosabatlari     lingvokulturologiyasi,     ya’ni     aniq     lingvokulturologik     holatlarning  
tadqiq   etilishi.    
2.   Xalqning   muayyan   davriga   tegishli   bo‘lgan   lingvomadaniy   o‘zgarishlarni  
o‘rganadigan   diaxronik   lingvokulturologiya.      
3.   O‘zaro     aloqada     bo‘lgan     turli     xalqlarning     lingvomadaniy     ko‘rinishlarini    
tadqiq   qiladigan   qiyosiy   lingvokulturologiya.    
4.   Chog‘ishtirma     lingvokulturologiya.     U     endi     rivojlanishga     boshlagan  
bo‘lib,   ayrim   tadqiqotlarda   o‘z
aksini   topgan.   Masalan,   M.K.   Golovanivskaya   “Rus   tili     sohibi     nuqtayi     nazaridan     fransuz     mentaliteti”     nomli     tadqiqotida     fransuz  
mentaliteti     xususiyatlarini     rus     tili     va     madaniyati     sohibining     nuqtayi     nazaridan  
o‘rgangan.   Tahlil   materiali   sifatida     rus     va     fransuz     tillaridagi     taqdir,     xavf,     omad
jon,   vijdon,   fikr,   g‘oya   va   h.k.   mavhum   otlar   xizmat   qilgan.      
              Lingvokulturologik     tadqiqotlarda,     asosan,     quyidagi     masalalarni     tadqiq  
etilganini     ko‘rish     mumkin:    
1)   Muayyan     nutqiy     janrning     lingvokulturologik  
xususiyatlari.     Bunda     miflar,     xalq     og‘zaki     ijodiga     xos     janrlar     tili     o‘rganilgan;    
2)   Muayyan     uslubda     yozilgan     asardagi     lingvomadaniy     konseptning     ifodalanishi
tadqiqi. Bunda     asosan     badiiy-nasriy     asarlar     tili     tahlil     etilgan;
3)   Qiyosiy  
yo‘nalishdagi     tadqiqotlar.     Bunda     ko‘proq     rus     tilidagi     birliklar     ingliz,     nemis,  
fransuz   tillari   bilan   qiyoslangan;
4)   Lingvokulturologiyaning   pedagogika   fani   bilan   bog‘liq   jihatlari.   Bunda   ijtimoiy  
fanlarda   o‘quvchi   va   talabalarga   lingvokulturologik   birliklarni   aniqlash   va   tahlil  
etish   maqsad   qilib   olingan.      
      O’zbek     tilshunosligida     lingvokulturologik     tadqiqotlar     oxirgi     o‘n     yilliklarda  
paydo     bo‘la     boshladi.     Jumladan,     Z.I.Soliyevaning     nomzodlik     ishida     o‘zbek     va
ingliz     tillaridagi     sentensiya,     ya’ni     axloqiy-ta’limiy     xarakterdagi     matnlarning  
milliy-madaniy   xususiyatlari   yoritilgan

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu : Lingvokulturologiya maktablari Samarqand 2021

Lingvokulturologiya Lingvokulturologiya maktablari XX asrning oxiriga kelib Moskvada to‘rtta lingvokulturologik maktab y uzaga keldi: 1. Yu.Yu. Stepanov maktabining maqsadi madaniyatning davomiyligini diaxron nuqtayi nazardan tasvirlashdir. Yo‘nalish turli davrlarda yaratilgan matnlar yordamida, ya’ni tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi sifatida is hko‘radi. 2. N.D. Arutyunova maktabi turli xalqlar va davrlarga oid matnlardagi umum madaniy terminlarni tadqiq etadi. Mazkur madaniy terminlar ham tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. 3. V.N. Teliya maktabi Rossiyada va xorijda frazeologizmlarning lingvokulturologik tahlil qilish bilan tanilgan. V.N.Teliya va uning shogirdlari lisoniy mohiyatlarni jonli til egasining refleksi nuqtayi nazaridan tadqiq qilishadi. Ya’ni bu madaniyat semantikasini bevosita til va madaniyat subyekti orqali egallashga qaratilgan yo‘nalishdir. 4. V.V. Vorobyev, V. M. Shaklein maktabi. Ular Ye.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarovlarning ta’limotlarini rivojlantirishdi. Shunday qilib, lingvokulturologiya jonli milliy tilda va til jarayonlarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganadigan ijtimoiy fandir. U tilni madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi, saqlanishi va namoyon bo‘lishidek eng muhim vazifasini belgilab beradi . Lingvokulturologiyaning fan sifatida shakllanishi Tilshunoslikda XX asrning oxirlariga kelib “til madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki uning o‘zi madaniyatdan o‘sib chiqqan va uni ifodalaydigan vositadir” degan faraz qabul qilina boshlandi. Ayni paytda til madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi, saqlanishi (matnlar ko‘rinishida) va uning tarkibiy qismidir. Chunki til vositasida madaniyatning moddiy va ma’naviy asarlari yaratiladi. Ana shu g‘oya asosida ming yillar davomida shakllangan lingvokulturologiya fanning yangi, maxsus sohasi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Lingvokulturologiya tilshunoslikdagi antroposentrik paradigmaning mahsuli bo‘lib, u so‘ngi o‘n yilliklar davomida rivojlanib kelmoqda. XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o‘z aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o‘rganadi. U birinchi

navbatda, muayyan madaniyatning mif, afsona, urf-odat, an’ana, udum, taomil, ramzlarini va h.k.ni tadqiq etadi. Mazkur konseptlar madaniyatga taalluqli bo‘lib, ular tilda maishiy va taomil muomalasi shaklida mustahkamlanadi. V.N. Teliyaga ko‘ra, lingvokulturologiya, avvalo, jonli kommunikativ jarayonlarni va ularda qo‘llaniladigan til ifodalarining sinxron harakatdagi xalq mentaliteti bilan aloqasini tadqiq qiladi. Lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida o‘rganuvchi fan bo‘lib, o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan til va madaniyat uning predmetini tashki qiladi. Binobarin, V.N. Teliya bu haqda shunday yozadi: “Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir”. G.G.Slishkinga ko‘ra, “Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog‘i, insondagi madaniyat omiliga yo‘naltirilgan. Lingvokulturologiyaning markazi madaniyat fenomenidan iborat bo‘lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi” N. Alefirenko lingvokulturologiyani quyidagicha tavsiflaydi: - lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, u sintezlovchi xususiyatga ega; - lingvokulturologiyaning asosiy e’tibori tilda izohlanadigan madaniy dalillarga qaratiladi; - lingvokulturologiya tilshunoslik fanlariga kiradi, shuning uchun uning tadqiqot natijalaridan ona tili va chet tillari o‘qitish jarayonida amaliy foydalanish mumkin; - lingvokulturologiya tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: a) lisoniy shaxs; b) til madaniy qadriyatlarning semiotik gavdalantirish tizimi hisoblanadi Lingvokulturologiyaning asosiy yo‘nalishlari Lingvokulturologiyada bugungi kunga qadar bir qancha yo‘nalishlar shakllangan: 1. Muayyan ijtimoiy guruhlar, xalqning ko‘zga ko‘ringan davrdagi madaniy munosabatlari lingvokulturologiyasi, ya’ni aniq lingvokulturologik holatlarning tadqiq etilishi. 2. Xalqning muayyan davriga tegishli bo‘lgan lingvomadaniy o‘zgarishlarni o‘rganadigan diaxronik lingvokulturologiya. 3. O‘zaro aloqada bo‘lgan turli xalqlarning lingvomadaniy ko‘rinishlarini tadqiq qiladigan qiyosiy lingvokulturologiya. 4. Chog‘ishtirma lingvokulturologiya. U endi rivojlanishga boshlagan bo‘lib, ayrim tadqiqotlarda o‘z aksini topgan. Masalan, M.K. Golovanivskaya “Rus

tili sohibi nuqtayi nazaridan fransuz mentaliteti” nomli tadqiqotida fransuz mentaliteti xususiyatlarini rus tili va madaniyati sohibining nuqtayi nazaridan o‘rgangan. Tahlil materiali sifatida rus va fransuz tillaridagi taqdir, xavf, omad jon, vijdon, fikr, g‘oya va h.k. mavhum otlar xizmat qilgan. Lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, quyidagi masalalarni tadqiq etilganini ko‘rish mumkin: 1) Muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda miflar, xalq og‘zaki ijodiga xos janrlar tili o‘rganilgan; 2) Muayyan uslubda yozilgan asardagi lingvomadaniy konseptning ifodalanishi tadqiqi. Bunda asosan badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan; 3) Qiyosiy yo‘nalishdagi tadqiqotlar. Bunda ko‘proq rus tilidagi birliklar ingliz, nemis, fransuz tillari bilan qiyoslangan; 4) Lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog‘liq jihatlari. Bunda ijtimoiy fanlarda o‘quvchi va talabalarga lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish maqsad qilib olingan. O’zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlar oxirgi o‘n yilliklarda paydo bo‘la boshladi. Jumladan, Z.I.Soliyevaning nomzodlik ishida o‘zbek va ingliz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlari yoritilgan