logo

SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.6953125 KB
SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL
QILISH
Reja:
1. Iqtidorli   sportchilarni   tarbiyalashda   bolalar   va   o’smirlar   sport
maktablarining   ahamiyati.   Sport   maktablarining   turlari   va   ularning
Nizomi xaqida tushunchalar.
2. Ixtisoslashgan   va   majmuiy   /kompleks/   sport   maktablari.   Murabbiylar
kengashi.   Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari.
3. Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari.
4. Sport maktablarida tadbirlarini 
uyushtirish.   Murabbiylar ,   tarbiyachilar , xodimlar va sport chilarni 
rag’batlantirish.
5. Sport   markazlari   va   ularning   faoliyatlari.   Terma   jamoalar   tuzish ,
ularning   o’quv-yig’inlarini   uyushtirishda   Murabbiylar   va   sport
tashkilotlari rahbarlarining o’zaro hamkorligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot
1 Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport
maktablarining ahamiyati.   Sport ning turlari va ularning   nizomlari
tushunchalar
Jahon   sport   nazariyasi   hamda   amaliyotida   yuqori   cho’qqilarga   erishish   bolalar
hamda   o’smirlar   orasida   iqtidorli   yoshlarni   tanlab   olib,   ularni   tarbiyalab
yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida
30-yillarda   ilk   bor   shakllangan   va   ijtimoiy-madaniy   taraqqiyotning   rivojlanishiga
ijobiy   ta’siri   natijasida   sport   turlari   bo’yicha   maxsus   sport   maktablari ,   sport-
internat   maktablari   tashkil   qilingan.   Bunday   sport   maktablarining   ijobiy   mexnat
samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq jarayonida mukammalashib,
o’z   istiqbollarini   ta’minladi.   Natijada   ularning   yaxshi   ishlab   chiqilgan   Nizomlari
hozirgi   mustaqillik   sharoitlarida   o’z   kuchi   va   mohiyatini
yo’kotmadi.O’zbekistonda   o’tkazilayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy ,   ta’lim-tarbiya
sohalaridagi   tub   islohotlar   o’quvchi-yoshlarni   sportga   jalb   etish,   ularni   kasb-
hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish
muammolarini   qo’ymokda.   Bunday   ulkan   va   ulug’vor   vazifalarni   amalga
oshirishda eng avvalo umumta’lim   maktablari , kollej, litsey,  o’rta maxsus  va oliy
o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muxim
ahamiyatga ega. Chunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qizikish
va ixloslari sinovdan o’tkaziladi.Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va
o’smirlarning   jismoniy   tayyorgarligi ,   ularni   sport   orqali   rivojlantirish,   iqtidorli
bolalarni   tanlab   sportga   jalb   etish   kabi   tajriba   keng   mazmun   topganligi   e’tiborga
loyiqdir.   Ularning   ta’kidlashlaricha,   bolalarni   sportga   jalb   etish ,   mahoratli
sportchilarni   tayyorlash   va   ularning   halqaro   sport   maydonlarida   samarali
qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan
barkamol   o’sishi   ta’lim-tarbiyada,   o’zlashtirish   bo’yicha   yukori   natijalarga
erishishda , qolaversa,   jamiyatimizning qonunlari , tartib-qoidalarini buzishning oldi
olinishida muhim rol uynaydi.
2 Sport maktablarining   turlari va ularning   nizomlari
xaqida tushunchalar
Yukorida   ta’kidlanganidek   O’zbekistonda   sport   tur lari   bo’yicha   turli   xil   maxsus
sport   maktablari   faoliyat   ko’rsatib   kelmokda   va   ularning   o’z   sohalari,
ixtisosliklariga   qarab   Nizomlari   mavjud. Bolalar   va   o’smirlar   sport   maktablari
haqidagi   nizomlar   ularning   ish   faoliyatini   tartibga   soluvchi   va   doimiy
ravishda   muvofiqlashtiruvchi   rasmiy   hamda   huquqiy   hujjatdir    .   1
     Ular
Respublika   xuukumati ,   sport   tashkilot lari   hamda   mutasaddi   vazirliklar,
tashkilotlarning   Qarorlari,   yo’l-yo’riqlari   asosida   to’ldirilib,   boyitib
boriladi.Nizomlarda   asosan   sport   maktablarining   maqsad   va   vazifalari,   tarkibiy
tuzilishi , sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, murabbiylarning vazifaaari,
moddiy-texnik   va   xo’jalik   ishlarini   boshqarish   kabi   sohalar   bayon
qilingan.O’zbekistonda   sport   maktablari,   i   bilim   yurtlarini   tuzish   hamda   ularni
boshqarishning   qat ь iy   tartib   va   qoidalari   mukammal   ishlab   chiqilgan.Sport
maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning nizomlarida
batafsil bayon qilingan.Nizomlarga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktab lari va
olimpiya o’rinbosarlari   bilim yurtlari , sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi
vazirligi tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Davlat sport qo’mitalari, tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va olimpiya
bilim yurtlari.
2.   Xalq   ta’limi   vazirligi   tizimidagi   bolalar   va   o’smir lar   sport   maktablari,   sport
turlari   bo’yicha   Ixtisoslash tirilgan   maktablari,   olimpiya   o’rinbosarlari   bilim
yurtlari.
3. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport jamiyatlari
tarkibidagi   sport   maktablari.Sport   maktablari   va   bilim   yurtlarini   moddiy-texnik
ta’minlash   hamda   boshqarish   tartiblari   mas’ul   idoralar   va   tashkilotlar   tomonidan
amalga oshiriladi.
3 Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor tomonidan
boshqariladi.   Unda   pedagogik   kengash   hal   qiluvchi   organ
hisoblanadi.Pedagogik   /murabbiylar/   kengashda   tarbiyaviy   ishlar ,   sportchi-
o’quvchilarni   tanlab   olish,   o’quv-sport   mashrulot-larini   tashkil   qilish,
musobaqalarga tayyorgarliq musobaqa natijalari,   murabbiylarning faoliyatlari , ota-
onalar   bilan   aloqadorliq   moliyaviy-xo’jalik   va   boshqa   ko’pgina   masalalar
muhokama   qilinadi.Bolalar   va   o’smirlar   sport   maktablari,   asosan,   ixtisoslashgan
/fakat  bir tur/  va kompleks  /ko’p turlar/ shaklida bo’ladi.Ma’lumki, Respublikada
futbol,   kurash,   voleybol   va   boshqa   sport   turlari   bo’yicha   juda   ko’p   sport
maktablari, olimpiya o’rinbosarlari  bilim  yurtlari  tashkil  qilingan.1993 yil  martda
O’zbekiston   Vazirlar   Mahkamasi   Res publikada   ommaviy   futbolni   rivojlantirish
to’g’risida   qaror   qabul   qildi.   Bu,   o’z   navbatida ,   barcha   viloyatlar,   tumanlar
markazlarida   futbol   maktab-internatlar   tash kil   qilish,   ularning   faoliyatlarini
boshqarish   va   moddiy-texnik   ta’minlashga   alohida   e’tibor   berishni   taqozo
qiladi.Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarkand, Andijon, CHirchik shaharlarida
sport   internatlari   (hozir   ular   olimpiya   o’rinbosarlari   kollejlari)   faoliyat   ko’rsatib
keldi   va   Respublika   terma   jamoalari   uchun   ko’p   mingli   iqtidorli   sportchilar
tayyorlab   berdi.   Ularning   orasida   yuzlab   halqaro   sport   musobaqalarining
sovrindorlari   bor.O’zbekiston   mustaqilligi   sharoitida   yangidan   futbol ,   kurash,
tennis,   karate   va   boshqa   sport   turlari   bo’yicha   maxsus   klublar   tashkil   etilgan,
ularda   turli   yoshdagi   bolalar   shug’ullanmokda.   Bu   klublar,   asosan,   sport   maktabi
vazifasini bajarmokda.
Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari. Murabbiylar
kengashi.   Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari
Ixtisoslshgan va kompleks sport   maktablarining bosqichlari
Avval   ta’kidlanganidek   sport   maktablari   turli   sport   tashkilotlari,   jamiyatlari   va
davlat   idoralariga   mansubdir.   Kaysi   sohada   bo’lmasin,   sport   maktablarining   tur -
lari,   tashkiliy tuzilishlari , faoliyatlari umumiy qoida va tartiblar /Nizomlar/ asosida
amalga oshiriladi. SHu sababdan ularni ikki yunalishga ajratish mumkin:
4 1. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari.
2. Kompleks sport maktablari.
Ixtisoslashtirilgan   sport   maktabi   ham   o’z   navbatida ,   bir   necha   bosqichlardan
iborat.   Uning   asosiy   xususiyati   shundaki ,   unda   faoliyat   sportning   fakat   bir   turi
bo’yicha olib boriladi. Bunda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi:
1. Turli yoshdagi /6-14/ bolalar tayyorlov guruhlari.
2. Oliy sport mahorati.
3. Olimpiya o’rinbosarlari.
Birinchi   bosqichdagi   bolalar   va   o’smirlar   sport   mak tablari   /sport   turlariga   qarab/
asosan   jismoniy   tayyorgarliq   jismoniy   sifatlar   hamda   sportning   texnik-tak tik
mazmunlarini   o’rgatish   bilan   faoliyat   ko’rsatadi.Ikkinchi   bosqichdagi   sport
maktablarida   sportning   texnik-taktik   mazmunlarini   singdirgan   holda   turli   yirik
musobaqalarga tayyorgarlik davri o’tkaziladi.Uchinchi bosqich sport maktablarida
turli   yoshdagi   bo lalar   shug’ullanadilar.   Ular   tayyorgarlik   mahorat   egallash   va
olimpiya   o’yinlari,   halkaro   sport   musobaqalarida   qatnashuvchi   sportchilarni
tanlash davrlarini o’tkazadi.Umuman olganda, ixtisoslashgan sport maktablarining
ish   faoliyati   aniq   va   ixchamlashgan   holda   boshqarishni   talab   etadi.   Bunda   sport
maktablari   ma’muriyati,   ayniqsa,   murabbiylarning   vazifasi   o’ta   mas’uliyatli
hisoblanadi.Kompleks sport maktablarining xususiyatlari shundaki, unda sportning
bir necha turi /gimnastika, akroba tika, kurash,   yengil atletika , futbol va hokazolar/
bo’yicha   bolalar   jalb   etiladi   va   mashg’ulotlar   olib   boriladi.Kompleks   sport
maktablarida   ham   sport   turlariga   qarab   shug’ullanuvchilarni   bir   necha
guruhlarga   /yoshi,   jismoniy   va   sport   tayyorgarligiga   qarab/   bo’lib,   mashg’ulot lar
alohida   jadval   asosida   olib   boriladi.   Bunda   muammo   bo’ladigan   jihatlar,
asosan,   sport   inshootlari ,   sport   buyumlari   va   kiyimlari   bilan   ta’minlashdir.   SHu
sababdan sport maktablari ma’muriyati zamonaviy ish usullari, xayriya jamg’arma
5 uyushmalaridan   foydalanish   hamda   pulli   xizmatlar   ko’rsatib   /ijara,   musobaqa ,
tijorat  va hokazo/,  moddiy muammolarni  hal  qiladilar.Kompleks sport  maktablari
faoliyatida   ham   yetuk  sport chilarni   tarbiyalab  yetkazish,   sharoit   va   zaruriyatlarga
qarab   yosh   sportchilarni   oliy   sport   mahorati   maktablari ,   sport   internat-maktablari
va   olimpiya   o’rinbosarlari   bilim   yurtlariga   tavsiya   qilish   mumkin   bo’ladi.Sobik
Ittifok   davrida   Toshkent,   Samarkand ,   Andijon,   CHirchik   va   Buxoro   shaharlarida
ixtisoslashtirilgan sport internat-maktablari tashkil qilindi. Ular Respublika uchun
jula   ko’p   sportchilar   tayyorlab   berishda   katta   xizmat   qilib   keldi.   O’zbekiston
Mustaqil   davlat   bo’lgach,   bu   internatlar   Olimpiya   o’rinbosarlari   maktabiga,
keyinchalik   esa   bilim   yurtlariga   aylantirildi.   SHu   sababdan   mahoratli   sportchilar
tayyorlash bilan birga jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta maxsus ma’lumotli
kadrlar   tayyorlash   yo’lga   qo’yildi.   Bu,   o’z   navbatida,   yurtimizda   "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bulmokda.
Murabbiylar   kengashi   Sport maktablari va Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari
Nizomida   murabbiylar   kengashiga   alohida   e’tibor   berilgan.   CHunki   yosh
sportchilarni   texniq   taktik   va   ahloqiy   jihatdan   tarbiyalashda   murabbiylar   asosiy
faoliyat   ko’rsatadilar.Sport   maktablarining   xususiyatlariga   qarab   murabbiy lar
kengashi   tuziladi.   Uning   tarkibi   murabbiylarning   soniga   qarab   belgilanadi.
Kengash   raisi   sport   maktabi   rahbari   /direktor/   hisoblanadi.   Direktorning   o’quv-
sport   ishlari   bo’yicha   muovini,  murabbiylar   yoki   xizmatchi   xodimlardan  kengash
kotibi saylanadi.Murabbiylar  kengashi  kalendar yili /yoki o’quv yili/ bo’yicha ish
rejasini   tuzadi   va   tasdiqlaydi.   SHunga   ko’ra,   xar   oyda   bir   marotaba   /zarur
bo’lganda   undan   ko’proq/   ken gash   yig’ilishi   o’tkaziladi.   Kengash   tuzilgan   reja
asosida   kun   tartiblarini   belgilaydi.   Ularda   asosan   murabbiy larning   ish
faoliyati,   hisobotlar ,   ota-onalar   bilan   ishlash,   ta’lim-tarbiya   jarayonlari ,   iqtidorli
sportchi   yoshlarni   tanlash,   sinovdan   o’tkazish   va   qabul   qilish   ma-salalari
muhokama   qilinadi.Ma’lumki,   Mustaqillik   yilarida   rahbar   va   boshqa   xodimlarni
attestaqiyadan   o’tkazish   rasmiy   odatga   aylandi.   Bu   ishda   sport   maktablarining
murabbiylari   ham   bevosita   ishtirok   etadi.   Sport   maktablarida   murabbiylarni
attestatsiyaga   tayyorlash   va   o’tkazishda   ularning   nazariy   bilim   va   amaliy
6 faoliyatlari ,   davlat   siyosati   hamda   olib   borilayotgan   islohotlarga   munosabatlari
inobatga   olinadi.   Eng   muhimi,   Respublika   va   halqaro   sport   musobaqalarida
sportchilarning   qatnashish   natijalari ,   bunda   murabbiyning   ijodiy   faoliyati   asosiy
o’ringa   qo’yiladi.   At testatsiya   yakuni   asosida   murabbiylarga   turli   toifadagi   /oliy
toifagacha/ unvonlar beriladi.Shu sababdan ham aksariyat barcha murabbiylar,   eng
avvalo ,   iqtidorli   yoshlarni   tanlash,   saralash   va   ular   bilan   katta   maqsad   yo’lida
fidoyilik bilan mehnat qilishga xarakat qiladilar.
Iqtidorli   yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari
Pedagogik   kuzatishlar ,   ilgor   tajribalar   va   ilmiy-pedagogik   tadqiqotlarning
natijalariga   ko’ra,   bolalar   va   o’smirlar   sport   maktablari ,   maxsus   olimpiya
o’rinbosarlari   sport   maktablari,   oliy   sport   mahorati   maktablari,   olimpiya
o’rinbosarlari bilim yurtlari  va shunga o’xshash  sport  maktablariga yoshlarni  jalb
etish quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Maktab jismoniy tarbiya o’qtuvchilarining tavsiyasi.
2. O’quvchi-yoshlarning o’z ixtiyori va tashabbusi.
3. Ota-onalarning tavsiya va iltimoslari.
4. Murabbiylarning bevosita maqsad yo’lida kuzatishlari.
Sport   maktablarining   toifasi ,   darajasi   va   ehtiyoji   asosida   iqtidorli   yoshlarni
kuzatish,   tanlash   va   sinov-tajribalarga   tayyorlash   hollari   ko’proq   murabbiylar
tomonidan   olib   boriladi.Sport   turlariga   qarab   sinov-tanlov   jarayoni   umumiy
jismoniy tayyorgarliq mazkur sport to’rining texnik qoidalari va me’yorlari asosida
bolalar   maxsus   tibbiy   ko’rikdan   o’tkaziladi.Sport   maktablariga   kiruvchi   bolalar
shaxsiy   hujjatlarini   talab   darajasida   tayyorlab ,   sinov-tanlovdan   muvaffaqiyatli
o’tgandan   keyin,   sport   maktabi   ma’muriyati   tomonidan   buyruq   bilan
rasmiylashtiriladi.Sport   maktablarida   bolalar   va   ularning   ota-onalari   ichki   tartib
7 qoidalar bilan tanishtiriladi. Sport mashg’ulotlari, musobaqa qoidalari hamda axloq
normalariga rioya qilmagan bolalar esa sport maktabidan chetlashtiriladi.
Sport   turlari   bo’yicha   murabbiylar   yangidan   qabul   qilingan   bolalar   bilan
mashg’ulot   tashkil   qilish   jarayonida   ularning   faoliyati,   imkoniyat   darajasi ,
qiziqishi,   munosabati   va   ruhiy   holatlarini   o’rganib   oladi.   Eng   muhimi ,   ularni
ortiqcha yuklama yoki qo’pol muomala bi lan bezdirmaslik lozim.
Olimpiya o’rinbosarlarini   tayyorlovchi bilim yurtlari
Olimpiya   o’rinbosarlari   bilim   yurtlari ,   sport   internat-maktablar   va   olimpiya
o’rinbosarlari sport maktablari negizida vujudga keldi. Ular hozirgi kunda deyarli
barcha   viloyatlarning   markazida   tarkib   topmoqda   va   kollej   shaklila   faoliyat
ko’rsatmokda.   Ular,   eng   avvalo ,   Xalq   ta’limi   vazirligi   tizimida   shakllandi   va
rivojlandi.   SHu   sababdan   ularning   o’quv   rejalari   va   fanlar ,   sport   turlari   bo’yicha
dasturlari   Xalq   ta’lim   vazirligi   tomo nidan   ishlab   chiqiladi   hamda
tasdiklanadi.Respublikada olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik va ular bilan bevosita
bog’liq   bo’lgan   masalalarda   olimpiya   o’rinbosarlari   bilim   yurtlari   faoliyatiga   har
tomonlama  yordam  berish   maqsadida  Davlat   jismoniy  tarbiya   va  sport   qo’mitasi,
O’zbekiston   Milliy   Olimpiya   qo’mitasi   va   sport   uyushmalari   hamkorlik
qilmokda.Bilim   yurtlarining   o’quv   rejasida   davlat   ta’lim   standartlari   asosida
umumiy va o’rta maxsus ta’lim   dasturlaridagi barcha siyosiy ,   gumanitar , tabiiy va
maxsus   fanlar   o’qitiladi.   Mavjud   bo’lgan   gurux   /sinf/   va   bo’limlarda   olimpiya
o’yinlari   sport   turlari   bo’yicha   ixtisoslashtirilgan   nazariy   hamda   amaliy   fanlar
o’rgatiladi.   O’quv   rejalarida   belgilangan   barcha   fanlar   va   sport   turlarining   asosiy
mohiyati yetuk va mahoratli sportchilar hamda mutaxassis xodimlar tayyorlashdan
iborat.Avvalgi  bo’limlarda   qayd  etilganidek  rahbarlik   ishlari   bilim  yurti   direktori ,
uning o’quv, sport, ma’naviyat va ma’rifat, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarla ri
hamda sport turlari bo’yicha bo’lim boshliqlari tomo nidan amalga oshiriladi.Bilim
yurtida   pedagogik   va   murabbiylar   kengashi   bar cha   faoliyatlarni   muhokama   qilib ,
zarur qarorlarni qabul qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda sport tayyorgar ligi
8 bilim yurtida eng ustuvor faoliyat hisoblanadi.   Bu sohalarda Toshkent ,   Samarkand ,
Andijon,   CHirchik   va   boshqa   shaharlardagi   bilim   yurtlarining   ish   faoliyati   va
erishgan   tajribalarini   talabalar   Mustaqil   ravishda   o’rganishga   harakat   qilishlari
lozim.
Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlari-ni uyushtirish.   Murabbiylar ,
tarbiyachilar, xodim lar va sportchilarni rag’batlantirish
Sport maktablarida ommaviy   sport tadbirlarini uyushtirish
Barcha   toifalardagi   bolalar   va   o’smirlar   sport   mak tablarida,   asosan,   sport
mashg’ulotlarini   o’tkazish   va   sport   turlari   bo’yicha   maxsus   musobaqalar   tashkil
qilinib borilsada, ularning ish faoliyatida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish
ham alohida o’ringa ega.   Ayniksa, sport o’yinlari, yengil atletika va boshqa ba’zi
sport   turlari   ommaviylik   mazmuniga   egadir.   SHu   sabab dan   bu   turlar
bo’yicha   musobaqalar   uyushtirilganda ,   boshqa   sport   maktablari   va   umumta’lim
maktab   o’quvchilarining   sport   jamoalari   ham   ishtirok   etishi   mumkin.   Ommaviy
sport   tadbirlarining   asosiy   shakllari   tuman-shahar,   viloyat   va   respublika
birinchiliklari ,   spartakiadalari,   o’rtoqlik   uchrashuvlari   hisoblanadi.   Bunday
musobaqalarning   zamirida   sportchilarning   tayyorgarligi ,   egallangan   mahoratlar
sinov   hamda   yirik   sport   musobaqalari,   Xalqaro   uchrashuvlar ,   Markaziy   Osiyo,
Osiyo   va   jahon   chempionatlariga   terma   jamoa   tayyorlash   ko’rigi   bo’lib   xizmat
qiladi.Ommaviy   sport   tadbirlarining   yana   bir   shakli   va   maqsadi   shundaki ,   qaysi
sport   turi   bilan   shug’ullanishlaridan   qat ь iy   nazar,o’z   jamoalarida   tashkil   etilgan
kross ,   futbol   musobaqalari   hamda   «Alpomish»   va   «Barchinoy»   maxsus   testlarini
bajarish uchun tashkil qilinadigan ommaviy musobaqalarda ishtirok etish shartdir.
Bundan   asosiy   maqsad   shuki,   sportchilarning   jismoniy   tayyorgarliklari   darajasini
muntazam   oshirib   borishdir.   SHu   sababdan   sport   maktablarining   kalendar
rejalariga   om maviy   sport   musobaqalarini   kiritish   va   ularni   amalda   o’tkazish
mahsadga muvofikdir.
Murabbiylar,   tarbiyachilar , xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish
9 O’quvchi-yoshlar,   ayniqsa   yosh   sportchilarni   har   tomonlama   tarbiyalash   ishlari
ancha murakkab va o’z navbatida o’ta mas’uliyatli faoliyatdir. Murabbiylar oddiy
xavaskorni   eng   mohir   va   respubli ka   musobaqalarida   qatnashuvchi   sportchi
darajasiga   yetkazadi.   Ularning   qaysi   birlari   halqaro   sport   musobaqalari   va   jahon
birinchiliklarida   sovrindor   bo’lishga   erishadilar.   Bunday   sportchilarni   tarbiyalab
yetkazgan   Murabbiylar   diqqat   e’tibordan   chetda   qolmaydi.   Ularning
murabbiylik   toifalari   oshiriladi ,   moddiy   rag’batlantiriladi,   «O’zbekistonda   xizmat
ko’rsatgan   murabbiy»   unvonlari   hamda   hukumatning   orden   va   meddallari   bilan
takdirlanadilar.Ma’lumki,   sport   maktablarida   uslubchi   /metodist/   va   boshqa
xodimlar   lavozimi   mavjud.   Sport   internat-maktablari,   olimpiya   o’rinbosarlari
maktablari   va   shu   sohadagi   bilim   yurtlarida   o’quvchi-sportchilarning
yotoqxonalari,   ta’lim-tarbiya   joylari,   oshxona   va   texnik   xizmat   joylarida
tarbiyachilar ,   mutaxassis   xodimlar   ham   faoliyat   ko’rsatishadi.   Ularning   yaxshi
mehnatlari   evaziga   Nizomga   ko’ra   moddiy   va   ma’naviy   rag’batlantirish   amalga
oshirib   boriladi.Sport   maktablari,   olimpiya   o’rinbosarlari   bilim   yurtlarida
shug’ullanuvchilar   orasida   sport   ko’rsatkichlari   yuqori,   ahloq-odob   jihatidan
namunali   bolalar   ko’p   bo’ladi.   Ularni   rag’batlantirish,   «Navro’z»   «Mustaqillik
kuni»   bayramlari ,   «Jismoniy   tarbiyachilar   kuni»   /kasb-bayrami/,   yozgi   sport
mavsumi   boshlanishiga,   an’anaviy   sport   musobaqalari   va   boshqa   tadbirlarda
amalga   oshiri ladi.   Bunda   o’quvchilar   faxriy   yorliqlar ,   diplomlar,   qimmatbaho
buyumlar   bilan   takdirlanadi.Respublika   yoki   halqaro   sport   musobaqalarining
g’oliblarini   tantanali   yig’ilishda   belgilangan   mukofotlar   bilan   sharaflaydilar   va
olqishlaydilar.
Sport markazlari   va ularning faoliyatlari
Sport   markazlari   tushunchasi   asosan   zamonaviy   sport   inshootlarini   bildiradi.   Bu
mashg’ulotlarni   o’tkazishdagi   to’g’ri   tushuncha   hisoblanadi.   SHuningdek   sport
jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar,   murabbiylar ,
hakamlar   hamda   boshqa   rasmiy   kishilarning   sport   turlari   bo’yicha   terma   jamolar
10 tuzish,   ular   bilan   o’quv-yig’in   mashg’ulotlarini   o’tkazish   masalalarini
muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga /sport markazi/ kiradi.
Tuzilgan   terma   jamoalar   safida   eng   kuchli   sportchilar   yig’iladi,   o’quv-yig’in
mashg’ulotlari   va   rasmiy   hamda   norasmiy   musobaqalarda   ularning   texnik-taktik
tayyorgarliklari   sinab   ko’riladi.   SHu   jihatdan   ham   bunday   tad birlarda   faqat
murabbiylargina   emas,   balki   ilmiy   xo dimlar,   mutasaddi   rahbarlar ,   mas’ul
xodimlar, shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda   musobaqalarda ishtirok
etish ,   o’zlarining   taxminiy   mulohazalarini   bildirishlari   mumkin.Bunday   hollarda
sport   turlariga   qarab   shahar   va   viloyat   markazlarida   mavjud   bo’lgan   eng   yaxshi
sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob-uskunalar, tex nik vositalar,
shart-sharoitlar   yaratiladi.   Sport   markazlaridagi   o’quv-yig’in   mashg’ulotlari   va
musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq   tashkiliy ishlar , moddiy-
texnik   hamda   moliyaviy   ta’minot   ishlari   tashkil   qiluvchi   tashkilot,   jamiyat,   klub
tomonidan   amalga   oshiriladi.   So’nggi   yillarda   bunday   mas’ul   va   yirik   sport
tadbirlarini   tashkil   qilish   hamda   ularni   maqsaddagidek   o’tkazish   jamg’arma
uyushmalari,   homiylar   tomo nidan   qo’llab-quvvatlanmokda.Sport   markazlari
faoliyati , asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul jamiyatlar va sport klublari
to monidan   boshqariladi.   Umumiy   rahbarlik   sport   uyushmalari,   sport   qo’mitalari
tomonidan olib boriladi.
11 Xulosa
Xulosa   qilib   aytganda,   O’zbekistonning   katta   sporta   rivojiga   bolalar   va
o’smirlar   sport maktablari , maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari hamda
bilim   yurtlari   jamoalari   o’z  hissalarini  qo’shmokda.  Yosh  sportchilarni  tarbiyalab
voyaga   yetkazishda,   ularning   Xalqaro   sport   maydonlariga   qadam   qo’yishlarida
murabbiylarning   xizmati   g’oyat   kattadir.O’zbekistonning   shon-shuhfatini   sport
orqali   jahonga   yoyishda   kurash,   boks,   tennis,   shaxmat,   sharkona   yakkakurash   va
boshqa   sport   turlari   bo’yicha   sportchilar   mardonavor   mahorat   ko’rsatmoqdalar.
SHu   sababdan   ham   O’zbekiston   Prezidenti   va   xukumati   sportni   yanada
rivojlantirish , ayniqsa, bolalar va o’smirlarning sport maktablari faoliyatini yanada
yaxshilash   zarurligini   ko’zda   tutib,   qator   farmonlar,   qarorlar   qabul   qilmokda.
SHuningdek   tajribali   murabbiylar   va   xalqaro   sport   musobaqalarining   g’oliblari
munosib   ravishda   taqdirlanmoqda.   Bunday   g’amxo’rlik   va   e’tiborlar   sport
inshootlarini   yanada   kengaytirish,   eng   zamonaviy   sport   inshootlarida   terma
jamoalarning o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish hamda musobaqalarni tashkil
qilishga muhayyo qilib berilmokda.Ta’kidlash lozimki, "Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi"ni   hayotga   singdirish   uchun   respublika   viloyatlarining   markazlarida
olimpiya   o’rinbosarlari   kollejlari   tashkil   etilmokda.   Ular   terma   jamoalar   tarkibini
to’ldirish   bilan   birgalikda   jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasida   o’rta   ma’lumotli
mutaxassislar   tayyorlaydi.   Eng   muhim   tomoni   shundaki ,   bu   bilim   yurtlariga
ko’proq,   mahaliy   xotin-qizlardan   qabul   qilish   va   ularni   davr   talablari,   milliy
qadriyatlar asosida tayyorlash ko’zda tutilmokda. Bu esa, o’z navbatida, respublika
terma jamoalarini mahalliy millat xotin-qizlari bilan ta’minlash hamda milliy sport
turlari   va   Xalq   milliy   o’yinlarini   keng   yoyish ,   ularni   ommaviylashtirishga   zamin
tayyorlaydi.
12 Foydalanilgan adabiyot
1. Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. T.: 2002y. 120 – 
135   betlar
2. J. Eshnazarov Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 2008 Qo`shimcha 
adabiyotlar.
3.   Xoldorov   T.X,   Nurmatov   F.A.,   Yunusova   D.S.   Jismoniy   madaniyat   tarixi   va
boshqarish   T.:   20082.   Botirov   X.A.   Jismoniy   tarbiya   va   sport   tarixi.   T.
“O’qituvchi” 1993 y.
4. Xo’jaev F. O’zbekistonda jismoniy tarbiya. 1997 y.
5.   Akramov   A.I.   O’zbekistonda   jismoniy   tarbiya   va   sport   tarixi.   O’zDJTI
1997y.F.Xo’jaev va boshqalar “Xalq milliy o’yinlari” 1 qism Toshkent 2001 yil
13

SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH Reja: 1. Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati. Sport maktablarining turlari va ularning Nizomi xaqida tushunchalar. 2. Ixtisoslashgan va majmuiy /kompleks/ sport maktablari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari. 3. Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari. 4. Sport maktablarida tadbirlarini uyushtirish. Murabbiylar , tarbiyachilar , xodimlar va sport chilarni rag’batlantirish. 5. Sport markazlari va ularning faoliyatlari. Terma jamoalar tuzish , ularning o’quv-yig’inlarini uyushtirishda Murabbiylar va sport tashkilotlari rahbarlarining o’zaro hamkorligi. Xulosa Foydalanilgan adabiyot 1

Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati. Sport ning turlari va ularning nizomlari tushunchalar Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida 30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari , sport- internat maktablari tashkil qilingan. Bunday sport maktablarining ijobiy mexnat samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq jarayonida mukammalashib, o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini yo’kotmadi.O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy , ta’lim-tarbiya sohalaridagi tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb- hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish muammolarini qo’ymokda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo umumta’lim maktablari , kollej, litsey, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muxim ahamiyatga ega. Chunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qizikish va ixloslari sinovdan o’tkaziladi.Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va o’smirlarning jismoniy tayyorgarligi , ularni sport orqali   rivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish , mahoratli sportchilarni tayyorlash va ularning halqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yukori natijalarga erishishda , qolaversa, jamiyatimizning qonunlari , tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol uynaydi. 2

Sport maktablarining turlari va ularning   nizomlari xaqida tushunchalar Yukorida ta’kidlanganidek O’zbekistonda sport tur lari bo’yicha turli xil maxsus sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmokda va ularning o’z sohalari, ixtisosliklariga qarab Nizomlari mavjud. Bolalar va o’smirlar sport maktablari haqidagi nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy hujjatdir . 1 Ular Respublika xuukumati , sport tashkilot lari hamda mutasaddi vazirliklar, tashkilotlarning Qarorlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib boriladi.Nizomlarda asosan sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy tuzilishi , sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, murabbiylarning vazifaaari, moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon qilingan.O’zbekistonda sport maktablari, i bilim yurtlarini tuzish hamda ularni boshqarishning qat ь iy tartib va qoidalari mukammal ishlab chiqilgan.Sport maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning nizomlarida batafsil bayon qilingan.Nizomlarga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktab lari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari , sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi vazirligi tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Davlat sport qo’mitalari, tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va olimpiya bilim yurtlari. 2. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va o’smir lar sport maktablari, sport turlari bo’yicha Ixtisoslash tirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari. 3. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport jamiyatlari tarkibidagi sport maktablari.Sport maktablari va bilim yurtlarini moddiy-texnik ta’minlash hamda boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 3

Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor tomonidan boshqariladi. Unda pedagogik kengash hal qiluvchi organ hisoblanadi.Pedagogik /murabbiylar/ kengashda tarbiyaviy ishlar , sportchi- o’quvchilarni tanlab olish, o’quv-sport mashrulot-larini tashkil qilish, musobaqalarga tayyorgarliq musobaqa natijalari, murabbiylarning faoliyatlari , ota- onalar bilan aloqadorliq moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar muhokama qilinadi.Bolalar va o’smirlar sport maktablari, asosan, ixtisoslashgan /fakat bir tur/ va kompleks /ko’p turlar/ shaklida bo’ladi.Ma’lumki, Respublikada futbol, kurash, voleybol va boshqa sport turlari bo’yicha juda ko’p sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari tashkil qilingan.1993 yil martda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Res publikada ommaviy futbolni rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida , barcha viloyatlar, tumanlar markazlarida futbol maktab-internatlar tash kil qilish, ularning faoliyatlarini boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi.Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarkand, Andijon, CHirchik shaharlarida sport internatlari (hozir ular olimpiya o’rinbosarlari kollejlari) faoliyat ko’rsatib keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli sportchilar tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab halqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor.O’zbekiston mustaqilligi sharoitida yangidan futbol , kurash, tennis, karate va boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan, ularda turli yoshdagi bolalar shug’ullanmokda. Bu klublar, asosan, sport maktabi vazifasini bajarmokda. Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash , qabul qilish tartiblari Ixtisoslshgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari Avval ta’kidlanganidek sport maktablari turli sport tashkilotlari, jamiyatlari va davlat idoralariga mansubdir. Kaysi sohada bo’lmasin, sport maktablarining tur - lari, tashkiliy tuzilishlari , faoliyatlari umumiy qoida va tartiblar /Nizomlar/ asosida amalga oshiriladi. SHu sababdan ularni ikki yunalishga ajratish mumkin: 4

1. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari. 2. Kompleks sport maktablari. Ixtisoslashtirilgan sport maktabi ham o’z navbatida , bir necha bosqichlardan iborat. Uning asosiy xususiyati shundaki , unda faoliyat sportning fakat bir turi bo’yicha olib boriladi. Bunda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi: 1. Turli yoshdagi /6-14/ bolalar tayyorlov guruhlari. 2. Oliy sport mahorati. 3. Olimpiya o’rinbosarlari. Birinchi bosqichdagi bolalar va o’smirlar sport mak tablari /sport turlariga qarab/ asosan jismoniy tayyorgarliq jismoniy sifatlar hamda sportning texnik-tak tik mazmunlarini o’rgatish bilan faoliyat ko’rsatadi.Ikkinchi bosqichdagi sport maktablarida sportning texnik-taktik mazmunlarini singdirgan holda turli yirik musobaqalarga tayyorgarlik davri o’tkaziladi.Uchinchi bosqich sport maktablarida turli yoshdagi bo lalar shug’ullanadilar. Ular tayyorgarlik mahorat egallash va olimpiya o’yinlari, halkaro sport musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarni tanlash davrlarini o’tkazadi.Umuman olganda, ixtisoslashgan sport maktablarining ish faoliyati aniq va ixchamlashgan holda boshqarishni talab etadi. Bunda sport maktablari ma’muriyati, ayniqsa, murabbiylarning vazifasi o’ta mas’uliyatli hisoblanadi.Kompleks sport maktablarining xususiyatlari shundaki, unda sportning bir necha turi /gimnastika, akroba tika, kurash, yengil atletika , futbol va hokazolar/ bo’yicha bolalar jalb etiladi va mashg’ulotlar olib boriladi.Kompleks sport maktablarida ham sport turlariga qarab shug’ullanuvchilarni bir necha guruhlarga /yoshi, jismoniy va sport tayyorgarligiga qarab/ bo’lib, mashg’ulot lar alohida jadval asosida olib boriladi. Bunda muammo bo’ladigan jihatlar, asosan, sport inshootlari , sport buyumlari va kiyimlari bilan ta’minlashdir. SHu sababdan sport maktablari ma’muriyati zamonaviy ish usullari, xayriya jamg’arma 5