logo

Musiqa mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini to’g’ri tashkil etish metodikasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

198.59765625 KB
Musiqa mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini to’g’ri tashkil etish
metodikasi
Reja:
1.Musiqa  rahbariga  qo’yiladigan  asosiy  talablar.
2.Musiqa  bolalarning  estetik  idrokini  shakllantiruvchi  vosita  sifatida. Musiqa  rahbariga  qo’yiladigan  asosiy  talablar.
Musiqiy   faoliyat   turlari.   Tinglash,   kuylash,   musiqiy   ritmik   harakatlarni
bajarish, cholg’u asboblar bilan tanishtirish va ularga jo’r bo’lish, musiqiy didaktik
o’yinlardan   foydalanish.   Mashg’ulotning     ta’limiy,   tarbiyaviy   va   rivojlantiruvchi
maqsadlari   va   ularning   davlat   ta’lim   standartlari   va       kompetensiyalar   bilan
bog’liqligini ko’rish mumkin.
O’quv   maqsadi: Tinglovchilarni   musiqiy ta’limning   mohiyati   va     musiqa
rahbariga   qo’yiladigan     asosiy   talablar   bilan     tanishtirish.   Musiqiy     ta’lim   orqali
bolalarning     estetik     idrokini     shakllantirish   yo’llari     bilan     tanishtirish.   Musiqiy
ta’limga   bo’lgan   ehtiyojlar   va   ushbu   ta’lim   shaklining   afzallik   jihatlari,   bolalarni
jismonan     sog’lom     bo’lib   o’sishlarida     jismoniy     tarbiyaning   o’rni     haqida
ma’lumotlar berish.
Musiqa     rahbariga     qo’yiladigan     asosiy     talablar:   Zamonaviy pedagogikata’lim
tizimining     maqsadi,   yangi     toifaga     mansub     bo’lgan     musiqa     rahbarining
umumiy  va  kasb  kamolotiga erishishdan  iborat. Har  qanday  pedagoglik  kasbi
murakkab     va     serqirra     jarayondir,   shuning     uchun       bu     kasb     qaysi     sohaga
tegishli  bo’lmasin,  musiqa  rahbari  oldiga  ko’pgina  talablarni  qo’yadi. Ta’lim –
tarbiyaning  barcha  sohalarining  maqsadi  barkamol  shaxs  tarbiyasidir. Lekin  bu
borada  MTMgacha  ta’lim  muassasalaridagi  estetik  turkumga  kiruvchi  fanlar –
musiqa, tasviriy   san’at, adabiyot   va   ularning   o’zaro   aloqadorligi   asosiy   rolni
o’ynaydi.   Jumladan,   MTMgacha     ta’lim     muassasalaridagi     «musiqa»
mashg’ulotlarini  o’tishda,   musiqa  rahbarlari  ham  maxsus  bilimlar, ko’nikma –
malakalar,  pedagogik     qobiliyat     hamda   pedagogik     mahoratga     ega     bo’lmoqlari
lozim.   Ma’lumki,   «musiqa»   mashg’ulotlari     beshta     musiqiy     jarayonni     o’z
ichiga  oladi. 
1.    Qo’shiq va ashulla kuylash.
2. Musika savodi.
3.   Musi q a tin g lash.
4. Musikaga mos xarakatlarni bajarish. 5. Bolalar chol g’ u asboblarida jur b o’ lishdan iborat.
Mana     shu     jarayon     bir   –   biri     bilan     uzviy     bog’langan     holda     o’tilishi
maqsadga     muvofiqdir.   Bolalarda     yuqori     natijalarga     erishish     uchun     musiqa
rahbari   musiqiy   bilimlarni: garmoniya, polifoniya, solfedjio, musiqa   nazariyasi,
musiqa  tarixi, musiqa  adabiyoti, musiqiy  asar  tahlili  va  yana  birorta  musiqiy
asbobni     chalishni     bilishi     zarurdir.   Lekin     yuqorida   aytilgan     bilimlarni
egallashning  o’zi  yetarli  emas. 
Musiqa     rahbari     mashg’ulot
jarayonida     musiqa     haqida
bolalarga  juda qiziqarli,  savodli  va
obrazli     qilib,     har     xil
illyustrasiyalarni     qo’llagan     holda
gapirib     bera     olishi     kerak.   Biror
bastakorning     asarini   o’rganish
jarayonida, shu   asar   haqida, asarning   mualliflari   haqida, asar   yaratilgan   davr
haqida  to’liq  ma’lumot  bera  olishi  zarur.
 Asarning  ladi, tonligi, tuzilishi, akkordlar  funksiyasini  va  hokazolarni  
bilishi  lozim.
Bulardan  tashqari  musiqa  rahbari  oldiga  amaliy  vazifalar  ham  
qo’yiladi:
1.  Berilgan  qo’shiqni  kuylab  bera  olishi ;
2.  Kuyga  akkomponiment  chala  bilishi ;
3. Bemalol  transpozisiya   qila  olishi ;
4.  Dirijyorlik  qila  olishi  kerak  va  boshqalar. ..
Musiqa     rahbari     nafaqat     o’z     predmetini,   balki     falsafa,   estetika,
psixologiya, pedagogikani  yaxshi  bilishi  va  o’z  ish  faoliyati  davomida  qo’llay
olishi  shart.
Musiqaning  ta’sirchanligini, uning  mohiyatini  to’liqligicha  bolalar  ongiga
yetkazish     pedagogikaning    eng   qiyin    muammolaridan     biridir. Musiqa    rahbari
«Musiqa   mashg’uloti»da   bolalarda   quyidagi   fazilatlarni   shakllantirishi   lozim: Do’stlik, vatanparvarlik, sadoqat, mehr – shavqat, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik
va  hokazo.
Bolalarda   yuqorida   sanab   o’tilgan
fazilatlarni     shakllantirish     uchun   musiqiy
rahbar     bir     qator     vazifalarni     bajarishi
kerak:
1)   Bolalarni     musiqani     sevish     va
tushunishga  o’rgatish;
2)   Bolalarning     badiiy     va     estetik
didlarini  shakllantirish;
3) Bolalarda musiqiy  qobiliyatni  rivojlantirish;
4)   Bolalarning   musiqa     savodi,   musiqa     tarixi,   musiqa     adabiyoti,   qo’shiq
kuylash  kabi  musiqiy  bilimlarini  hamda  tushunchalarini  kengaytirish. 
Sanab     o’tilgan     fazilatlarni     shakllantirish     uchun,   avvalam     bor     musiqa
rahbari     mashg’ulotlarni     yuqori     professional     darajada     o’tishi     zarurdir.
Mashg’ulotdan     kutilgan     natijalarni     olish     uchun     mashg’ulotlarda     ta’lim
tamoyillariga  rioya  qilish  maqsadga  muvofiqdir. Hozirgi  rivojlanish jarayonida
ko’pchilik   MTMgacha   ta’lim   muassasalari   musiqiy   markazlar, televizor, radio
kabi     bir     qator     yangi     axborot     texnologiyalari     bilan     jihozlanmoqda.   Bu
texnologiyalardan     musiqa     madaniyati     mashg’ulotlarida   foydalanish   yuqorida
keltirilgan  shaxsiy  fazilatlarni  shakllantirishda juda  qo’l  keladi.
Musiqa  mashg’ulotlari  bolalarga  o’z  milliy  musiqiy  tarixlari, musiqaning
elementar     nazariyasi,   jahon   musiqa     san’ati     namoyondalarining     ijodi     haqida
tushunchalar   berish,   ularda     musiqiy     madaniyatni,   odobni   va   nafosatni
tarbiyalashda  asos  soladi.
Musiqa  mashg’ulotlari   xoh   u  qo’shiq  kuylash  bo’lsin, xoh  tinglash  bo’lsin,
xoh   nazariy   bilimlar   bo’lsin – yosh   avlodni   axloqiy   poklik, ma’naviy   boylik
va     jismoniy     barkamollikni     mujassamlashtirgan     har     tomonlama     yetuk     shaxs
qilib  shakllantirishga  asos  solar  ekan.  Pedagoglar musiqa markazini jixozlashda,
undan   joy   olgan   barcha   jihozlarning   imkon   qadar   yorqin,   tabiiy     ranglarda bo’lishi, bola e’tiborini tortishi, shuningdek yoshlikdan   bolada go’zallikka intilish
va   muhabbat   uyg’otishi,   badiiy   va   estetik   didni   shakllantirib   va   taraqqiy   ettirib
borishiga   xizmat   kilishiga   e’tiborlarini   qaratishlari     lozim.     Bolani   o’rab   turgan
barcha   narsa-xonani   jihozidan   tortib   to   musika   raxbari   va     tarbiyachining   tashqi
ko’rinishigacha bolani tarbiyalashini doimo yodda tutish lozim.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   kerakki, musiqa   mashg’ulotlari   orqali musiqa
rahbari     bolalarda     yuksak     ma’naviy,   badiiy     va     axloqiy     madaniyatni,   milliy
g’urur,   vatanparvarlik     tarbiyasini,   nafosat     va     badiiy       didni       o’stirishga,
tafakkurlarini     kengaytirishga,   mustaqillik     va     tashabbuskorlikni     tarbiyalashga
xizmat  qiladi.
  Musiqa    bolalarning  estetik  idrokini shakllantiruvchi  vosita  sifatida. Bolalarni  shaxs  sifatida   tarbiyalash  uchun  ta’lim,  jismoniy  va  ongli	
tarbiya     uyg’unlikda     olib     borilishi     kerak.   Bu     maqsadga     erishish     uchun
bolalarda     to’g’ri     tashkillashtirilgan     musiqiy     mashg’ulotlar   tashkil     etiladi.
Estetik   tarbiya   MTMgacha   yoshdagi   bolalarda go’zallikni   tushunish, uni his
qilish, yaxshi   va   yomonni, badiiy    san’at    turlarini   farqlay   olish    va   ularga
ijodkorona     yondashishga     yo’naltirilgandir.   Estetik     tarbiyaning     eng     ko’zga
ko’ringan   omillaridan   biri   bu – musiqadir. Bu   maqsadlarga   erishish   uchun
MTMgacha  yoshdagi  bolalarning  umumiy  musiqiyligini  rivojlantirish  kerak.
Bolalarning     umumiy     musiqiyligiga     nimalar     asos     bo’ladi:   musiqa   bolaning
estetik     tarbiya     omili     sifatida     unga     go’zallikni       qabul     qilish,   tushunish
qobiliyatlarini  rivojlantirish. 	
Bu     masalalarni     hal    etish     uchun     umumiy     musiqiylikni     rivojlantirish
zarurdir.
       Musiqiy  omillar  3  tamoyilga  bo’linadi:
1.   Musiqaning     xarakteri,   kayfiyatini     his     etish,   musiqaga     emosional
munosabat   bildirish (musiqaning   ifodaviyligi   va   tasviriyligi). Bolada   musiqani
tinglaganda  uning  xarakteriga  mos  kayfiyatda bo’lishiga  erishish  kerak.
2. Eng  yorqin  musiqiy obrazli  asarni  tinglash, taqqoslash  va  baho  berish.
Bunda  musiqa  ifoda  vositalari, musiqiy  asboblar  tembrlari, eshitish  madaniyati talab  etiladi. Masalan, cholg’u  asboblarning  yuqori  va  past tembrlari (skripka –
alt, kontrabas – violonchel  va  boshqa  cholg’u  asboblar)
3. Musiqaga  ijodkorlik  munosabatini  bildirish. Har  bir  bola  biror musiqiy
asarni     eshitib     o’zicha     badiiy     tasavvur     qiladi     va     qo’shiqda,   o’yinlarda,   raqs
elementlari     bilan       hissiy     munosabat     bildirishi     mumkin.   Bu     bolalarda
ijrochilikning  ilk  namoyishlari, ya’ni  ilk  urug’lari  bo’lishi  mumkin.  
a) Musiqa – bolalarning  aqliy  faoliyatining  faollashtiruvchi  omildir.
b) Musiqa – ahloqiy   omil   bo’lib, ma’naviyatning   ajralmas   qismini tarkib
toptiradi. Musiqadan  an’analarga  hurmat, Vatanni  sevish  va  boshqa  tarbiyaviy
axloqiy  fazilatlarni  tarbiyalaydi.
v) Musiqa – jismoniy  tarbiya  omili  hamdir.
Musiqa bolalarning his – tuyg’ulariga bevosita  ta’sir  qilishi  orqali ularning
ma’naviy   qiyofasini    shakllantiradi. Musiqa    san’atining   ta’sir    kuchi    boshqa –
ta’kid  va  uqtirishlarga  nisbatan   kuchliroq  bo’ladi.
Bolalarni     har     xil     emosional   –   obrazli     mazmundagi     asarlar     bilan
tanishtirar  ekanmiz, biz  beixtiyor  ularni  hissiyotlariga  ta’sir  qilamiz  va  ularni
kechinmalar  olamiga  olib  kiramiz. Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish to’g’risidagi masalaga 	to’xtaymiz.	
Idrok san’ati  o’zidan kiyin psixologik faoliyatni  namoyon  	qiladi, qaysiki,	
intellektual, bilish, emosional momentlarni 	birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini	
tushunish   masalasi   o’zidan   o’zi   kelib   chiqishi   mumkin   emas.   Uni   o’rgatish
kerak.   Musiqa   asarlarini   idrok   etish   hissiyotidan   boshlanadi.   Musiqa   asarlarini
idrok etish emosional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga
tanish   mazmun   va   quvonch-idrok   asosida   emosiyalarning   paydo   bo’lishidir.
Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.	
Musiqani   idrok   etish   ilk   bolalardan   shakllanadi.   To’plangan  	emosional	
musiqaviy taassurotlar qo’shiq aytishga, musiqa asboblarini chalishga, badiiy xalq
qo’shiqlaini aytishga olib keladi.	
Hissiyot,   eshitish,   idrokning   rivojlanishi   asosida   bolalarda   musiqaviy	
taasurotlar   to’plana   boshlaydi.   7   yoshli   bola   musiqaning  	mazmuniga   qarab qayg’uradi   va   fikr   yuritadi.   Biz   bola   oldiga  	musiqani   idrok   etishninng   payida	
bo’lishi   vazifasini   qo’yamiz.   Keyin   esa   tashqi   ta’sir   etish   orqali   musiqaviy
taasurotlarni yig’indisi vazifasini. 	
  Estetik   idrok   –   bu   2   asosiy   komponentlar   yig’indisidir:  	emosionallik     va	
tushunarlilik. Lekin  bunga yana hayol va harakat momenti – ritm ham qo’shiladi.	
 Keyin  MTMgacha    yoshdagi   bolalar  tanish  musiqani  biladilar, marsh,	
plyaska,   alla     musiqalarni     ajratadilar,     musiqaning       sokin     va     quvnoq
xarakterini       ajratadilar,   lekin       uni       yosh       xususiyatlari     kuchiga   ko’ra      so’z
orqali     ifodalay     olmaydilar.   4-5 yoshda   bolalar     	obrazlarni detallashtiradilar,	
musiqaning     kontrast    	xarakterlarini     qisman   ajratadilar,   musiqa     asarlarining	
ifodaliligi     shakl     va     vositalarini   tushunadilar.    Pedagogning   	savoli   va   talabiga	
so’z     orqali     javob   qaytaradilar.     6-7   yoshli  	bolalar   quyidagi   terminlar   orqali:	
kirish, kuplet, birga aytish 	bo’lim. temp va boshqalar, differensiyalashtirishlari va	
umumlashtirishlari   mumkin.   Ular   musiqa   asarlarining  	ifodaliligi   xarakter   va	
vositalarini tushunadilar va o’yin 	obrazlariga qarashadi.	
Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:
1. Musiqa materialini ajratib olish.
2. Tarbiya va ta’lim metodlarini tizimiylashtirish.
3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.
4. Musiqa   asarlarining  turli-tuman   tematiklaridan   	foydalanish (ijtimoiy, 	
tabiat, mehnat, bolalar turmushi, ertaklar).	
5. Musiqa asarining obrazlar soni va shaklsiga qarab asta-sekin 	
murakkablashib borishi.	
 Musiqani emosional uchun uning  tovush  materialini   qabul qilishni bilish	
zarur,   uni   eshitish,   ifferensiyalashni       bilish   kerak.   Bu   malaka   bolalar     bilan
musiqa   asarlarini (oddiylarini) analiz  qilish,  ular   diqqatini  musiqa  ifodaliliga
vositalariga   qaratish   yo’li   bilan   rivojlantiriladi.   Musiqa   asarlarini   analiz   qilish
orqali bola musiqani o’ziga xos tilini ajrata boshlaydi – musiqaning xarakteridagi
dunyodagi   obrazlar   bilan   bog’liqlik   ular   emosional       kayfiyatini     (lirika,
bardamlik,    tantanavorlik    va boshqalar). Pedagog bolalarda  aktiv  faoliyatni  vujudga  keltirish  uchun obrazli va 	
she’riy so’z orqali ashula, o’yin, eshitish  uchun  pyesa 	syujetini yoritadi, bolada  	
paydo  bo’ladigan  hayolni qo’zg’aydi, obrazlarni chaqiradi, uni syujet asosida  
fikrlash  harakati  	musiqa asarini  programmasiga  jalb  qiladi.	
Shunday   yo’nalishdan   keyin   musiqani   idrok   etish   bolada  	emosional	
tushunarli bo’ladi.	
So’z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish  musiqa 	rahbarining 	
mohir  rahbarligi   ostida  asta – sekin badiiy – musiqaviy  didni  paydo qiladi.	
Shunday kilib, badiiy-musiqaviy did quyidagi jarayonda 	shakillanadi:1. Musiqa asarini to’laligicha idrok etish.
2. Uning ma’nosini tushunib olish.
3. Agar o’rinli bo’lsa, bajarish. 
Amaliyotda u namoyon bo’ladi:	
1. Agar bahosida.
2. Badiiy talablarga javob beradigan asarlarni qabul qilishga 	intilish.	
3. Asar tanlashda idrokda badiiylikni boshdan kechirish va 	asarlarni ijro 	
etish.
 Musiqa  janrlari  qahramonlik  ruhidagi, lirik  ohangdagi, quvnoq  yumorni
va     jo’shqin     raqsona     kuylarni     o’ta     jiloli     tovushlar     hamda   boy   tembri     bilan
idrok     etishga     ko’mak     beradi.   Qo’shiq,   raqs     va     musiqa     tinglash     faoliyatlari
jarayonida  bolalar  ruhan  birlashadilar  hamda  jamoada  tarbiyalanadilar. Bolalar
individual   shakllanishlari   uchun ham ularga   jamoada   yaxshi   muhit   yaratilgan
bo’lmog’i     lozim.   Ijrosi     yaxshi   bo’lmagan,   tortinchoq     bolalar     o’z
tengdoshlarining   ijrosini   ko’rib   ruhan   tetiklashadilar   va   faollashadilar, ularga
ergashadilar   va   yaxshi   ijroga   intiladilar. O’ziga   haddan   ziyod   bino   qo’ygan
bolalarga   ijrosi   sust   bo’lgan   o’rtoqlariga   yordam   berishni   taklif   qilib, ularni
kamtarinlikka o’rgatish  hamda  ularning  qobiliyatlarini  rivojlantirish  kerak.
Musiqa     mashg’ulotlari     bolalarning     umumiy     madaniyatiga     ham     ta’sir
qilmay  qolmaydi. Har  xil  faoliyatlar  bilan  shug’ullanish  (musiqa  tinglash, qo’shiq  aytish, musiqiy – ritmik  harakatlar  bajarish, bolalar  
musiqiy  cholg’ularida  ijro  etish) bolalardan  diqqatni, uyushqoqlikni, zukkolikni 
talab  qiladi. Bu  faoliyatlar  davomida  bolalarda irodaviylik  shakllanib, 
tortinchoqlik  yo’qola  boradi. Shu  tarzda  musiqiy  faoliyatlar  bolalar  shaxsining
ma’naviy – madaniy  sifatlarini  shakllantirish  uchun  kerakli  bo’lgan  shart – 
sharoitlarni ta’minlaydigan  va  ularning  umumiy  madaniy  saviyasiga  asos  
soladi. Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009

Musiqa mashg’ulotlarida tarbiyalanuvchilar faoliyatini to’g’ri tashkil etish metodikasi Reja: 1.Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar. 2.Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida.

Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar. Musiqiy faoliyat turlari. Tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, cholg’u asboblar bilan tanishtirish va ularga jo’r bo’lish, musiqiy didaktik o’yinlardan foydalanish. Mashg’ulotning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari va ularning davlat ta’lim standartlari va kompetensiyalar bilan bog’liqligini ko’rish mumkin. O’quv maqsadi: Tinglovchilarni musiqiy ta’limning mohiyati va musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar bilan tanishtirish. Musiqiy ta’lim orqali bolalarning estetik idrokini shakllantirish yo’llari bilan tanishtirish. Musiqiy ta’limga bo’lgan ehtiyojlar va ushbu ta’lim shaklining afzallik jihatlari, bolalarni jismonan sog’lom bo’lib o’sishlarida jismoniy tarbiyaning o’rni haqida ma’lumotlar berish. Musiqa rahbariga qo’yiladigan asosiy talablar: Zamonaviy pedagogikata’lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub bo’lgan musiqa rahbarining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat. Har qanday pedagoglik kasbi murakkab va serqirra jarayondir, shuning uchun bu kasb qaysi sohaga tegishli bo’lmasin, musiqa rahbari oldiga ko’pgina talablarni qo’yadi. Ta’lim – tarbiyaning barcha sohalarining maqsadi barkamol shaxs tarbiyasidir. Lekin bu borada MTMgacha ta’lim muassasalaridagi estetik turkumga kiruvchi fanlar – musiqa, tasviriy san’at, adabiyot va ularning o’zaro aloqadorligi asosiy rolni o’ynaydi. Jumladan, MTMgacha ta’lim muassasalaridagi «musiqa» mashg’ulotlarini o’tishda, musiqa rahbarlari ham maxsus bilimlar, ko’nikma – malakalar, pedagogik qobiliyat hamda pedagogik mahoratga ega bo’lmoqlari lozim. Ma’lumki, «musiqa» mashg’ulotlari beshta musiqiy jarayonni o’z ichiga oladi. 1. Qo’shiq va ashulla kuylash. 2. Musika savodi. 3. Musi q a tin g lash. 4. Musikaga mos xarakatlarni bajarish.

5. Bolalar chol g’ u asboblarida jur b o’ lishdan iborat. Mana shu jarayon bir – biri bilan uzviy bog’langan holda o’tilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarda yuqori natijalarga erishish uchun musiqa rahbari musiqiy bilimlarni: garmoniya, polifoniya, solfedjio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, musiqiy asar tahlili va yana birorta musiqiy asbobni chalishni bilishi zarurdir. Lekin yuqorida aytilgan bilimlarni egallashning o’zi yetarli emas. Musiqa rahbari mashg’ulot jarayonida musiqa haqida bolalarga juda qiziqarli, savodli va obrazli qilib, har xil illyustrasiyalarni qo’llagan holda gapirib bera olishi kerak. Biror bastakorning asarini o’rganish jarayonida, shu asar haqida, asarning mualliflari haqida, asar yaratilgan davr haqida to’liq ma’lumot bera olishi zarur. Asarning ladi, tonligi, tuzilishi, akkordlar funksiyasini va hokazolarni bilishi lozim. Bulardan tashqari musiqa rahbari oldiga amaliy vazifalar ham qo’yiladi: 1. Berilgan qo’shiqni kuylab bera olishi ; 2. Kuyga akkomponiment chala bilishi ; 3. Bemalol transpozisiya qila olishi ; 4. Dirijyorlik qila olishi kerak va boshqalar. .. Musiqa rahbari nafaqat o’z predmetini, balki falsafa, estetika, psixologiya, pedagogikani yaxshi bilishi va o’z ish faoliyati davomida qo’llay olishi shart. Musiqaning ta’sirchanligini, uning mohiyatini to’liqligicha bolalar ongiga yetkazish pedagogikaning eng qiyin muammolaridan biridir. Musiqa rahbari «Musiqa mashg’uloti»da bolalarda quyidagi fazilatlarni shakllantirishi lozim:

Do’stlik, vatanparvarlik, sadoqat, mehr – shavqat, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va hokazo. Bolalarda yuqorida sanab o’tilgan fazilatlarni shakllantirish uchun musiqiy rahbar bir qator vazifalarni bajarishi kerak: 1) Bolalarni musiqani sevish va tushunishga o’rgatish; 2) Bolalarning badiiy va estetik didlarini shakllantirish; 3) Bolalarda musiqiy qobiliyatni rivojlantirish; 4) Bolalarning musiqa savodi, musiqa tarixi, musiqa adabiyoti, qo’shiq kuylash kabi musiqiy bilimlarini hamda tushunchalarini kengaytirish. Sanab o’tilgan fazilatlarni shakllantirish uchun, avvalam bor musiqa rahbari mashg’ulotlarni yuqori professional darajada o’tishi zarurdir. Mashg’ulotdan kutilgan natijalarni olish uchun mashg’ulotlarda ta’lim tamoyillariga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi rivojlanish jarayonida ko’pchilik MTMgacha ta’lim muassasalari musiqiy markazlar, televizor, radio kabi bir qator yangi axborot texnologiyalari bilan jihozlanmoqda. Bu texnologiyalardan musiqa madaniyati mashg’ulotlarida foydalanish yuqorida keltirilgan shaxsiy fazilatlarni shakllantirishda juda qo’l keladi. Musiqa mashg’ulotlari bolalarga o’z milliy musiqiy tarixlari, musiqaning elementar nazariyasi, jahon musiqa san’ati namoyondalarining ijodi haqida tushunchalar berish, ularda musiqiy madaniyatni, odobni va nafosatni tarbiyalashda asos soladi. Musiqa mashg’ulotlari xoh u qo’shiq kuylash bo’lsin, xoh tinglash bo’lsin, xoh nazariy bilimlar bo’lsin – yosh avlodni axloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan har tomonlama yetuk shaxs qilib shakllantirishga asos solar ekan. Pedagoglar musiqa markazini jixozlashda, undan joy olgan barcha jihozlarning imkon qadar yorqin, tabiiy ranglarda

bo’lishi, bola e’tiborini tortishi, shuningdek yoshlikdan bolada go’zallikka intilish va muhabbat uyg’otishi, badiiy va estetik didni shakllantirib va taraqqiy ettirib borishiga xizmat kilishiga e’tiborlarini qaratishlari lozim. Bolani o’rab turgan barcha narsa-xonani jihozidan tortib to musika raxbari va tarbiyachining tashqi ko’rinishigacha bolani tarbiyalashini doimo yodda tutish lozim. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, musiqa mashg’ulotlari orqali musiqa rahbari bolalarda yuksak ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatni, milliy g’urur, vatanparvarlik tarbiyasini, nafosat va badiiy didni o’stirishga, tafakkurlarini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa bolalarning estetik idrokini shakllantiruvchi vosita sifatida. Bolalarni shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim, jismoniy va ongli tarbiya uyg’unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun bolalarda to’g’ri tashkillashtirilgan musiqiy mashg’ulotlar tashkil etiladi. Estetik tarbiya MTMgacha yoshdagi bolalarda go’zallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va yomonni, badiiy san’at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga yo’naltirilgandir. Estetik tarbiyaning eng ko’zga ko’ringan omillaridan biri bu – musiqadir. Bu maqsadlarga erishish uchun MTMgacha yoshdagi bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak. Bolalarning umumiy musiqiyligiga nimalar asos bo’ladi: musiqa bolaning estetik tarbiya omili sifatida unga go’zallikni qabul qilish, tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish. Bu masalalarni hal etish uchun umumiy musiqiylikni rivojlantirish zarurdir. Musiqiy omillar 3 tamoyilga bo’linadi: 1. Musiqaning xarakteri, kayfiyatini his etish, musiqaga emosional munosabat bildirish (musiqaning ifodaviyligi va tasviriyligi). Bolada musiqani tinglaganda uning xarakteriga mos kayfiyatda bo’lishiga erishish kerak. 2. Eng yorqin musiqiy obrazli asarni tinglash, taqqoslash va baho berish. Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy asboblar tembrlari, eshitish madaniyati