logo

NAZARIY VA AMALIY MASHG’ULOT TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

45.65625 KB
MAVZU :   NAZARIY   VA   AMALIY   MASHG’ULOT   TASHKIL   ETISH   VA
O’TKAZISH ME T ODIKASI
Reja:  
1. Nazariy mashg’ulotlarning turlari.
2. Qiziqtirish metodlari. 
3. O’zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun topshiriqlar berish. 
4. Fanning o’qitish texnologiyasi va modeli.
5. Baholash va uning ahamiyati.  Qo’llaniladigan   ta’lim   texnologiyalari:   dialogik   yondashuv,   muammoli
ta’lim. menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat, piramida.
Tayanch iboralar:   pedagogik faoliyat,   kasbiy pedagogik faoliyat, b aholash,
qiziqtirish,   motivatsiya,   bilimlarni   qayta   ishlash,   baholash   tamoyillari,   o’quv
maqsadlariga asoslanganlik, baholashning reyting tizimi.
Pеdagogik   faoliyat   ijtimoiy   maxsus   ko’rinish   bo’lib,   insoniyat   jamiyati
tomonidan   to’plangan   bilim,   tajriba,   madaniyat,   shuningdеk,   talabalarni
rivojlantirish   uchun   yaratilgan   shart-sharoitlari   avloddan   avlodga   uzatishga
yo’naltirilgandir.   Kasbiy   pеdagogik   faoliyat   maxsus   tashkil   etilgan   ta’lim
muassasalarida kеchadi (amapga oshiriladi) va talabalar shaxsini rivojlantiradi.
Pеdagogik   faoliyatning   maqsadi   talabalarning   imkoniyatlari,   jamiyat   va
davlatning   mutaxassis   kadrlarga   bo’lgan   talab   hamda   ehtiyojlarini   hisobga   olgan
holda   shakllantiriladi.   Bir   tomondan,   u   turli   ijtimoiy,   etnik   guruhlar   va   yaxlit
jamiyatning,   ikkinchi   tomondan,   alohida   shaxslarning   moyilligi,   ehtiyojlari,
qiziqishlari   va   intilishlarini   o’zida   ifodalaydi.   Pеdagogik   faoliyatning   asosiy
ob’yеktlari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Ta’lim-tarbiya muhiti –  ta’lim-tarbiya bеruvchi jamoa, talabalar faoliyati va
ularning individual o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, pеdagogik faoliyatning maqsadi
bеvosita   ijtimoiy   pеdagogik   vazifalar   yеchimini   topish   bilan   bog’liq.   Bular:
tarbiyaviy mеhnatni shakllantirish; talabalar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi
jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish.
Kasbiy pеdagogik faoliyat   –   bu intеgrativ faoliyat bo’lib o’ziga psixologik,
pеdagogik   va   ishlab   chiqarish   tеxnologik   komponеntlarni   qamrab   oladi.   Kasbiy
pеdagogik   faoliyatning   asosiy   maqsadi   talabalarni   kasb-hunar   sir-asrorlariga
o’rgatish va shaxsni rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.
Kasbiy   pеdagogik   faoliyat   jarayonida   eng   kamida   quyidagi   ikki   turdagi
munosabatlar   sodir   bo’ladi:   pеdagogning   pеdagogik   ta’sir   vositasi   va   prеdmеtiga
nisbatan munosabatlarni  ifodalovchi  sub’yеkt  - ob’yеkt  munosabatlari, pеdagogik
o’zaro tasir jarayonidagi sub’yеkt – sub’yеkt munosabatlari. Pеdagogik   o’zaro   ta’sir   maqsadlarini   amalga   oshirish   o’z   navbatida
talabalarga   ta’sir   ko’rsatish   vositalari   va   usullarini   tanlash   hamda   qo’llash   bilan
bog’liq. Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pеdagog vositalar va o’z ish- harakat
usullarini qiyoslaydi.
Pеdagogik   masalalar   yеchimini   topish   usullarini   tanlab,   o’qituvchi   har   bir
talabaning   individual   sifatlarini   mo’ljallashi,   jamoadagi   shaxslararo   munosabatlar
xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pеdagogik jarayon davomiyligini hisobga
olishi   zarur.   Bundan   pеdagogik   masalalarning   yеchimini   topish   ko’p   jihatdan
o’qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog’liqdir.
Talabaning   kasbiy   rivojlanishi   kasbiy   pеdagogik   faoliyatning   asosiy
natijasidir.       
Kasbiy   ta’lim   o’qituvchisi     shaxsi:   ijtimoiy,   axloqiy.   Kasbiy   pеdagogik   va
bilish   tеkisliklarida   qaraladi   yoki   talqin   etiladi.   Bu   holatni   jadval   shaklida
quyidagicha tasvirlash mumkin.
Malakalar guruhi Malakalarning tavsifi
Bilish (gnostik) Umumkasbiy,   ishlab   chiqarish   va   psixologik-pеdagogik
bilimlarni   egallash   borasidagi   bilish   malaka lari;   yangi
axborotlarni   olish,   undagi   bosh   g’oyani   ajratish;   o’zining
shaxsiy   pеdagogik   tajribasini   umumlashtira   olish   vaG’oyaviy Talabalar   orasida   ijtimoiy   muhim   siyosiy   tarbiyaviy   ishlarni
olib borish va kasbiy bilimlarni targ’ib etish malakalari
Didaktik Ta’limning maqsadlarini aniqlash, unga mos shakl, mеtod va
vositalarni   tanlash,   pеdagogik   vaziyatlarni   shakllantirish,
o’quv-ishlab   chiqarish   matеriallarini   tushuntirish,   tеxnik
Tashkiliy mеtodik Ta’lim-tarbiya   jarayonini   amalga   oshirish;   suhbat-
o’rganishga qiziqish uyg’ota olish; talabalarning o’quv-bilish
faoliyatlarini   tashkil   etish;   ta’lim-tarbiya   jarayoni
Muloqotga
kirishuvchanlik  Umumpеdagogik malakalar va pеdagogik rеjissyorlik
Bashoratchilik Ta’lim-tarbiya   jarayonining   muvaffaqiyatini   oldindan   ko’ra
bilish;   shaxs   va   jamoani   tashxislashga   oid   pеdagogik
vaziyatlarni   tahlil   etish;   pеdagogik   faoliyatning   muqobil
modеllarini   tuzish;   shaxs   va   jamoa   rivojlanishini Rеflеksiv   (tirik
organizmning
tashqi   ta’sirga
javobi   sifatida O’z-o’zini   bilish,   kasbiy   qobiliyat   va   xulqini   baholay   olish,
o’zini-o’zi dolzarblashtirish qobiliyati
Tashkiliy-
pеdagogik Ta’lim-tarbiya   jarayonini   rеjalashtira   olish;   maqbul
pеdagogik   o’zaro   ta’sir   va   o’zaro   muloqot   vositalarini
tanlash,   o’z-o’zini   tarbiyalash,   talabalarni   kasbiy   jihatdan
Umumkasbiy Chizmalarni   o’qiy   olish   va   bajarish;   sxеmalar,   tеxnik
diagrammalar   tuzish,   hisob   grafik   ishlarini   bajara   olish,
ishlab chiqarishda iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlay olish
Konstruktiv
(loyihachilik) Tеxnologik   jarayonlar   va   tеxnik   qurilmalarni   ish lab   chiqish
malakalari;   o’quv   va   tеxnik-tеxnologik   hujjatlarni   ishlab
chiqish;   loyihalashtirish   ish larini   bajarish:   tеxnologik   va
Tеxnologik Ishlab   chiqarish   vaziyatlarini   tahlil   etish;   tеxnologik
jarayonni   oqilona   tashkil   etish:   tеxnologik   qurilmalarni
Opеratsion   ishlab
chiqarish Tutash   kasblar   bo’yicha   umummеhnat   malakalariga   ega
bo’lish
Maxsus Iqtisodiyotning   aniq   sohasi   doirasida   kasbiy   tor   malakalarga
ega bo’lish
O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar
Shaxsiy 
yo’nalganlik
O’qituvch
i
shaxsi
Kasbiy 
layoqatliligi Muhim 
kasbiy sifatlar     7-rasm. O’qituvchi shaxsining komponentlari.
Pеdagogning   kasbiy   layoqati   muhim   shaxsiy   komponеntdir.   U   intеgrativ
xususiyatga   ega   bo’lib,   mutaxassisning   ishchanlik   va   shaxsiy   fazilatlarini
o’zida   mujassamlashtiradi   hamda   bilim,   ko’nikma   malaka   va   tajribalar
darajasida o’z ifodasini topadi. .
Kasbiy   ta’lim   o’qituvchisining   muhim   fazilatlari .   Pеdagog   shaxsining
tuzilmasida   kasbiy   fazilatlar   muhim   ahamiyatga   ega.   Ular   sirasiga   quyidagilarni
kiritish   mumkin:   maqsadga   intiluvchanlik,   shaxsiy   faollik,   o’z-o’zini   boshqara
olish, talabalar bilan ishlash xohishining mavjudligi, ekstrеmal vaziyatlarda o’zini
yo’qotmaslik,   to’g’riso’zlik,   haqgo’ylik,   zamonaviylik,   insonparvarlik,
bilimdonlik, pеdagogik takt sohibi ekanlik, intizomlilik, pеdagogik ishonchlilik. 
O’qituvchining muhim kasbiy pеdagogik fazilatlaridan biri mantiqiy fikrlash
hisoblanadi. Bunday xislat tushunchalarni tahlil etish, sintеzlash, turlash, mantiqiy
aloqalarini   o’rnatish,   opеratsiyalarini   bajarishga   yo’naltirilgan   mantiqiy   fikrlash
usullarini yaxlit shakllanganligi kabilarda namoyon bo’ladi. Shuningdеk, pеdagog
profеssiogrammasiga artistik qobiliyati ham  kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr
va yеchimlar topishni qamrab oladi.
Shaxsning muhim kasbiy fazilatlari uning aqliy, emotsional, irodaviy tavsifi
sifatida   kasbiy   pеdagogik   faoliyat   natijalariga   ta’sir   ko’rsatadi,   pеdagogning
individual ish uslubini bеlgilaydi. Kasbiy 
layoqatliligi Muhim 
kasbiy sifatlar   Baholash   va   uning   ahamiyati.   Baholash   –   ta’lim   jarayonining   ma’lum
bosqichida   o’quv   maqsadlariga   erishilganlik   darajasini   oldindan   belgilangan
mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Bilimlarni   tekshirish   va   baholashning   ta’limiy   ahamiyati   shundan   iboratki,
bunda   o’quv   materialining   o’zlashtirilganligi   haqida   ta’lim   beruvchi   ham,   ta’lim
oluvchi   ham   muayyan   ma’lumotga   ega   bo’ladi.   Baholash   natijasida,   ta’lim
beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi
o’quv   materiali   yaxshi   o’zlashtirilganu,   qaysi   biri   hali   yetarli   darajada   yoki
umuman   o’zlashtirilmaganligi   ma’lum   bo’ladi.   Bu   ta’lim   oluvchining   bilish
faoliyatini   tashkil   etish   va   boshqarish   uchun   asos   bo’lib   hisoblanadi.   Ta’lim
beruvchi   o’z   ishining   afzalliklariga   va   kamchiliklariga   tanqidiy   baho   beradi.   O’z
ishi   metodlariga   tuzatishlar   kiritadi.   Shuningdek,   baholash   natijalari   ta’lim
beruvchining   o’quv   dasturidagi   materiallarni   ta’lim   oluvchining   bilish
imkoniyatlari   nuqtai   nazaridan   qayta   ko’rib   chiqilishi   va   baholanishi   uchun   ham
juda muhimdir. 
Baholash   nitijasida   tushuncha   va   qonun-qoidalarning   qaysi   birlari   qiyin,
qaysi   birlari   esa   oson   o’ zlashtirilishi   aniq   va   ravshan   bo’ladi.   Bu   ta’lim
oluvchining   ijodiy   tarzda   darsga   tayyorgarlik   ko’rishi   va   o’quv   mashg’ulotini
o’tkazishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchi ham
ta’lim   jarayonida   qaysi   o’quv   materialini   yaxshi,   qaysisini   qoniqarli   va   nimani
yomon o’zlashtirgani ma’lum bo’ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o’z
bilimlarini chuqur, har tomonlama va to’g’ri baholashga qodir emas. 
Ba’zan   unga   go’yo   u   o’quv   materialini   yaxshi   egallab   olganday   tuyuladi,
tekshirish chog’ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma’lum
bo’lib   qoladi.   Baholash   natijasida,   ta’lim   oluvchilarning   o’rganilayotgan
materiallarni   bilish,   tushunish,   esda   saqlab   qolish,   anglab   olish,   amalda   qo’llay
olish,   tahlil   qilish   va   o’z   bilimlarini   tanqidiy   baho   berish   darajalari   aniqlanadi.
Ta’lim   oluvchi   o’z   bilimlarining   ijobiy   tavsifi,   ta’lim   muassasasida   va   uydagi
ishining   uslubini   takomillashtirish,   bilimlari,   malaka   va   ko’nikmalaridagi   ijobiy
tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi.  Bilimlarni,   ko’nikma   va   malakalarni   nazorat   qilish   va   baholashning
tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta’lim oluvchilarning o’qishga, o’z yutuqlari
va   muvaffaqiyatsizliklariga   nisbatan   munosabati   shakllanadi,   qiyinchiliklarni
yengish istagi tug’iladi.  Baholash hamisha ta’lim oluvchining shaxs sifatida o’ziga
nisbatan   muayyan   bir   munosabatini   hosil   qiladi.   Ta’lim   beruvchi   ta’lim
oluvchining   o’ziga   nisbatan   munosabatini,   tuyg’ularini,   uning   xarakteridagi
irodalilik,   hamkorlik,   o’zoro   bir-biriga   yordam   berish   kabi   sifatlarini
shakllantirishga qaratilishi lozim bo’ladi.
Ba’zan   baholash   jarayonida   ta’lim   oluvchi   qo’shimcha   bilim,   ko’nikma   va
malakalarga   ham   erishadi.   Ta’lim   jarayonida   o’zlashtirmagan   tushunchalarning
mohiyatiga tushunib etadi. Shu bois, baholashni  ta’lim olish jarayonining davomi
deb ham aytish mumkin. 
Bilimlarni   nazorat   qilish   va   baholash   davlat   ahamiyatiga   egadir.   Baholash
natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi jamoasining ta’lim-tarbiya sohasidagi
faoliyatiga, talabalarning umumiy o’zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli
xulosalar   chiqariladi.   Davlat   ta’lim   standartlarida   davlat   tomonidan   qo’yilgan
talablar nechog’lik bajarilayotganligi aniqlanadi. 
Natijalarni baholash orqali bir paytning o’zida butun ta’lim tizimi va uning
komponentlari   tekshirilib   ko’rilishi   kerak.   Bu   bilan   ta’lim   tizimida   o’q i tilayotgan
natijaga   erishilayotganlik   darajasi   tekshirilib   o’lchanadi.   Bilimlarni   muntazam
baholab   borish   ta’lim   rejasi,   uning   katta-kichik   bo’limlari   asosida   amalga
oshiriladi. Ta’lim tizimi natijalari muayyan standart me’yori orqali ifodalanadi. 
Baholash   natijasida   nafaqat   ta’lim   oluvchining,   balki   ta’lim   beruvchining
kuchli   va   kuchsiz   tomonlari,   shuningdek,   o’quv   jarayonidagi   kamchiliklar   ham
aniqlanadi.   Ta ’ lim   vositalari,   rejalari,   ta’lim   jarayonini   tashkil   etish   sifatida   ham
baho beriladi. 
Ta’lim dasturining qism bo’laklari bo’yicha muntazam baholab borish oxir-
oqibat aniq va adolatli baholanishning shakllanishiga olib keladi. Kichik bo’limlar
bo’yicha   baholash,   jamlash   va   umumlashtirish   yakuniy   baholashning   aniq
bo’lishiga   yordam   beradi.   Ta’lim   oluvchini   muntazam   ravishda   o’z   natijalari to’g’risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro’yobga
chiqarishga   ijobiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Ta’lim   berish   davomidagi   nazorat   natijalarini
o’lchab   borish   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   baholash   talabaning   o’zligini
anglashi uchun bir imkoniyatdir. 
Yuqorida   keltirilgan   fikrlardan   kelib   chiqib,   baholashning   mohiyati   haqida
quyidagi xulosalarni aytish mumkin: 
Nima uchun baholash kerak?
 o’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;
 keyingi bosqichga o’tishdan oldin, avvalgi  o’zlashtirish darajasini aniqlash
uchun;
 natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;
 talabalarning qiziqishlarini aniqlash uchun;
 yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
 o’qituvchi o’z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
 yalpi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
 ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
 ta’lim oluvchilar ni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
 tashqi   qiziquvchilarga,   ish   beruvchilarga,   yuqori   tashkilotlarga   va   ota-
onalarga ma’lumot berish uchun.
Nimani baholash kerak?
 nazariy bilimlarni;
 amaliy ko’nikma va malakalarni;
 xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni;
Q achon baholash kerak?
 ta’lim jarayoni boshida (boshlang’ich baholash);
 ta’lim jarayoni davomida (joriy va oraliq baholash);
 ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash). Baholashning aso s iy xususiyatlari :
 ta’lim maqsadiga yo’naltirilganlik;
 muntazam o’tkazib borish;
 pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
 umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik.
Yuqorida   ta’kidlanganidek,   nazariy   bilimlar   baholaniyotganida   kognitiv
o’quv   maqsadlarga   erishganlik   darajalari   aniqlanadi.   Amaliy   ko’nikma   va
malakalar   baholanayotganida   psixomotorik ,   hulq-atvor   va   shaxsiy   fazilatlar
baholanayotganida   esa   –   affektiv   o’ q uv   maqsadlariga   erishganlik   darajalari
aniqlanadi.
Baholash   mezonlari.   Har   qanday   baholash   natijalari   o’zaro   taqqoslanishi,
ya’ni   o’lchanishi   lozim   bo’ladi.   Ularni   taqqoslash   baholashdan   oldin   yoki   keyin
ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari
o’quv   maqsadlariga   qay   darajada   erishilganlikni   anglatuvchi   ko’rsatkichdir.   Bu
ko’rsatkichlar sonlar («besh», «to’rt», «uch» va hokazo) so’zlar («a’lo», «yaxshi»,
«qoniqarli»   va   hokazo)   yordamida   tavsiflanishi   mumkin.   Boshqacha   qilib
aytadigan   bo’lsak,   baholash   mezonlari   ta’lim   oluvchining   qaysi   o’zlashtirish
darajasini   namoyish   qilishiga   qarab   mos   qo’yiladigan   baho   ko’rsatkichining
tavsifidan iborat.
Baholash tamoyillari.     Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik
talablarga  javob  berishi   kerak.  Tekshirish   va  nazorat  qilish  tizimli,  doimiy  tarzda
bo’lishi   shart.   Bu   talabga   rioya   etilmasa,   ta’lim   oluvchilarning   o’qishga   nisbatan
munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. 
                  Bilimlarni   baholash   individual   xarakterga   egadir.   Har   bir   ta’lim   oluvchi
uning   qaysi   bilimlari,   ko’nikma   va   malakalari   baholanayotganini   bilishi   kerak.
Ta’lim   beruvchining   savollariga   va   vazifalariga   javob   berishga   tayyorlik   holati
bilimlarni   tekshirish   va   baholash   o’quv   jarayonining   muhim   bir   bo’lagiga,   uning
tarkibiy qismiga aylangan taqdirdagina ro’y beradi. 
                  Ta’lim   oluvchining   bilimlari,   ko’nikma   va   malakalari   davlat   o’quv
rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.          Ta’lim oluvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini tekshirish shakllari
turlichadir. Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida
bir xildagi usullarini qo’llaydi. Unda so’rash, savol berish, izohlash kabi muayyan
odat  paydo bo’ladi. Ta’lim  oluvchilar  bugunday tekshirishga  moslashib  ketadilar,
o’qituvchining   qay   tarzda   so’rashi   ularga   oldindan   ma’lum   bo’ladi.   Ular   faqat
ta’lim beruvchi uchun, uni qanoatlantirish uchun javob bera boshlaydilar.
                  Q uyidagi   beshta   asosiy   tamoyillar   baholash   tizimi   samaradorligining
poydevori hisoblanadi: 
- o’quv maqsadlariga asoslanganlik; 
- haqiqiylik;
- haqqoniylik;
-    ishonchlilik; 
-    qulaylik.
1. O’quv maqsadlariga asoslanganlik.   Samarali baholashning asosiy tamoyili
o’quv   maqsadlariga   asoslanganlik   hisoblanadi.   Baholashning   sifati   o ’ quv
maqsadlariga   to ’ g ’ ridan - to ’ g ’ ri   bog ’ liqdir .   O ’ quv   maqsadlari   baholash   mazmunini
aniqlab   beradi .   O ’ quv   maqsadlarining   q o’ yilish   darajasiga   qarab ,   baholashning
shakli   va   usullari   tanlanadi .   Shuningdek ,   o ’ quv   maqsadlariga   erishish   uchun
bajarilgan   faoliyat   natijasi ,   baholash   mezonlarini   aniqlashda   muhim   ahamiyatga
ega . 
Har   qanday   baholash   tizimi   loyihalashtirilganda ,   baholash   topshiriqlari
berilgan   ta ’ lim   mazmuni   doirasida   bo ’ lishi   talab   etiladi .   Baholashni
loyihalashtishda ,  har   doim   quyidagi   ikki   savolni   e ’ tiborga   olish   lozim :
Baholash   topshiriqlari   ta ’ lim   jarayonidan   ko ’ zlangan   o ’ quv   maqsadlarini
to ’ la   aks   ettiradimi ?
O ’ quv   maqsadlari   darajasiga   baholash   shakllari ,  usullari   va   mezonlari   to ’ g ’ ri
tanlandimi ?
Masalan,   yo’l   harakatlari   qoidalari   bo’yicha   olgan   bilimlarni   baholashda
yozma   test   olish   usuli   mos   kelishi   mumkin.   Lekin,   undan   mashinani   boshqarish
malakalarini baholashda foydalanib bo’lmaydi. Bu malakalar og’zaki yoki yozma emas,   balki   amaliy   faoliyatga   asoslangan   baholash   usuli   yordamida   baholanishi
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
2. Haqiqiylik.   O’quv   maqsadida   ko’zda   to’tilgan   natijagina   baholashga
qaratilgan   topshiriq   yoki   test   haqiqiy   hisoblanadi.   U   baholanishi   lozim   bo’lgan
bilim va ko’nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo’lishi lozim.
Ta’lim   oluvchi   erishgan   natijalar   to’g’risida   asoslangan   va   ishonchli
axborotlar berilishi kerak.   Ta’lim oluvchi egallagan bilim, malaka va ko’nikmalar
hamda   shaxsiy   fazilatlarni   o’lchash   imkonini   beradigan   metodlardan   foydalanish
zarur.
3.   Haqqoniylik   (ob’yektivlilik).   Baholash   tizimi   o’quv   maqsadlariga   mos
bo’lishi,   shuningdek,   baholash   shart-sharoitlari   va   maqsadlari   bilan   talabalar
oldindan tanishgan bo’lishlari lozim. Ta’lim oluvchilarga bir  xil murakkablikdagi
va hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.
4.   Ishonchlilik.   Natijalarni   baholash   mobaynida   har   xil   usullardan
foydalanish   mumkin.   Lekin,   bu   usullarni   tanlashga   qo’yiladigan   asosiy   shart
ishonchlilik   hisoblanadi.   Usul   ishonchli   bo’lishi   uchun   baholash   asosli   va   aniq
ma’lumotlarga   asoslangan   bo’lishi   zarur.   Bunda   topshiriq  yoki   testning   o’rganish
maqsadlarini   nazorat   qilishga   yo’naltirilganligi   qanchalik   ishonchli   ekanligi
nazarda tutiladi.
Baholash   ishonchli   bo’lishi   uchun   ta’lim   oluvchilarda   bir-biriga   o’xshash,
ammo har xil sharoitlarda baholash o’tkazilganda, natijalari bir xil bo’lishi  kerak.
Baholash   metodining   ishonchliligi   turli   metodlarning   natijalari   bilan   taqqoslash
orqali   aniqlanadi.   Baholash   tizimi   ishonchli   bo’lishi   uchun   turli   ekspertlar
yordamida   turli   vaqtlarda   baholash   o’tkazilganda,   uning   natijalari   bir-biriga
o’xshash bo’lishi kerak.
Baholash ishonchliligining ikki tomoni bor. Baholash usulining ishonchliligi
– аgar foydalanilayotgan baholash usulining ishonchliligi yuqori bo’lsa, talabaning
o’zlashtirish   darajasi   baholashning   har   xil   usullaridan   foydalanganda   ham
o’zgarmay qoladi (olingan natijalar bir xil, o’zgarmas bo’ladi). Baholashning o’zlashtirish darajasini baholash usullarining ishonchliligi deb,
baholash   boshqa  joyda  va  boshqa  imtihon  oluvchi   tomonidan  o’tkazilganda   ham,
uning bir xil bo’lishi, o’zgarmasligi tushuniladi.
Baholash   usullarining   ishonchlilik   darajasi   quyidagi   holatlarda   ko’proq
bo’ladi:
- hamma ta’lim oluvchilar qo’yilgan talabni aniq tushunsa;
- baholash shartlari oldindan ma’lum qilinsa va unga rioya qilinsa;
- hamma   natijalar   baholashning   oldindan   kelishilgan   mezonlari   to’la
asoslangan bo’lsa;
- tasodifiy   xatolarni   kamaytirish   maqsadida   mos   baholash   turlari
qo’llanilsa.
5.   Qulaylik.   Baholash   tizimi   o’quv   maqsadlaridan   kelib   chiqqan   holda,
o’quv  ishlab   chiqarish  standartlariga  mos   bo’lishi,  murakkab  bo’lmasligi,  nazorat
o’tkazuvchi va ta’lim oluvchi uchun qulay bo’lishi lozim. Baholashni  o’tkazishda
imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Topshiriq   yoki   test   paytida   ball   beriladigan   bo’lsa,   ball   berish   o’rganish
maqsadlarini   nazorat   qilishga   moslashtirilgan   bo’lishi   lozim.   Bunda   mavzuning
muhimroq   bo’lgan   qismlariga   unchalik   muhim   bo’lmagan   qismlariga   nisbatan
ko’proq ball berish kerak bo’ladi.
Baholashning   reyting   tizimi.   Reyting   tizimidagi   ta’lim   jarayonida   baholash
quyidagi nazorat turlari orqali aniqlanishi mumkin:
- n azorat qilish ;
- x u lqini baholash ;
- n azariy va amaliy bilimlarni baholash .
1. Nazorat qilish orqali o’zlashtirganlikni aniqlash:
- ta’lim   oluvchining   bilim   ko’rsatkichlari   darajasini,   malakasini
shakllantirish;
- ta’lim   oluvchini   doimiy   baholash   va   ular   olgan   baholarni   taqqoslab
borish; - ta’lim   oluvchining   o’qishga   intilishi   va   o’zaro   bellashish   imkoniyatini
shakllantirish;
- ta’lim   oluvchilarning   bilim   saviyasi   va   malaka   ko’nikmalarini   haqqoniy
baholash;
- ta’lim beruvchilarning pedagogik faoliyatini to’g’ri baholash.
2. Xulqini baholash orqali o’zlashtirganlikni aniqlash:
- ta’lim oluvchilarning darslarga qatnashish intizomini yaxshilash va ularni
fanlar b o’ yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish;
3. Nazariy   va   amaliy   bilimlarni   baholash   orqali   o’zlashtirganlikni
aniqlash:
- ta’lim   beruvchi   va   ta’lim   oluvchining   o’z   qobiliyatini   oldindan
rejalashtirish;
- ta’lim jarayonining borishini tezkor tahlil qilish;
- o’z faoliyatida zaruriy o’zgarishlar kiritish imkoniyatlarini yaratish.
Reyting   tizimi   yuqorida   sanab   o’tilgan   barcha   nazorat   turlarini   o’zaro
taqqoslash   orqali   ta’lim   jarayonidagi   baholash   tizimini   yaratadi.   Reyting   tizimida
ta’lim   oluvchilar   bilimi   doimiy   ravishda   nazorat   qili ni b   va   baholanib   boriladi.
Reyting   nazorat   tizimi   asosida   o’quv   rejasiga   kiritilgan   har   bir   fanning   ta’lim
oluvchi   o’zlashtirishining   sifat   ko’rsatkichlari   ballar   bilan   baholash   yotadi.
Respublikamiz   ta’lim   muassasalari   o’q uv   jarayonida   qo’llanilayotgan   reyting
tizimiga asoslangan holda  ikkita nazorat turidan foydalanishni maqsadga muvofiq
deb bilamiz.
Har   bir   o’qituvchi   o’z   fani   bo’yicha   reyting   tizimini   loyihalashtirishda
quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Har  bir  fan bo’yicha  semestr   davomida  talaba to’plashi   mumkin bo’lgan
maksimal ball 100 ballni tashkil etadi;
2. Har   bir   fan   uchun   ajratilgan   maksimal   ball   nazorat   turlari   bo’yicha
taqsimlanadi: Har bir darsda tayyorlanib kelgan ta’lim oluvchi javob berishi va ball olishi
mumkin,   lekin   ta’lim   beruvchi   qolgan   ta’lim   oluvchilarni   ham   e’tibordan   chetda
qoldirmasligi lozim.
Oraliq  nazoratning asosiy   maqsadi  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  ma’lum   bir
mavzu,   bob   yoki   modul   bo’yicha   erishilgan   natijalarni   (belgilangan   standartlarga
erishganligini)   aniqlashdan   iborat.   Oraliq   nazoratni   topshirish   barcha   ta’lim
oluvchilar uchun majburiy hisoblanadi. 
Yakuniy reyting ko’rsatkichini aniqlash uchun semestr yakunida yoki o’kuv
predmeti   yakunida   ta’lim   oluvchining   barcha   mavzular   bo’yicha   olgan   ballari
hisoblanib, o’rtachasi aniqlanadi. Semestrda fan yuzasidan necha soat dars o’tilgan
bo’lsa, har biriga maksimum  100 balldan ajratilib, semestr  yakunida o’rtacha ball
hisoblanadi va reyting jurnaliga qo’yiladi. 
O’quv rejasi va fan dasturiga asosan tuzilgan tizim – mavzu rejasi bo’yicha,
hamda ajratilgan soatlarni e’tiborga olgan holda, har bir talabani semestr davomida
necha marta nazorat qilish imkoniyatlaridan kelib chiqib, nazorat va so’rov turlari
aniqlab   chiqiladi   va   ma’lum   bir   fan   bo’yicha   “Reyting   ballarining   taqsimoti”
tuziladi.  
Amaliy   mashg`ulot   darslari   kasb-hunar   kollejlarda   o`quv   jarayonining   asosiy
shakllaridan   biri   bo`lib   unda,   o`quvchilarning   mustaqil   ishlash   qobiliyatlari
shakllantiriladi.   O`z   bilimlarini   chuqurlashtiradi   va   mustahkamlaydi.
Amaliy   mashg`ulot   darslarini   ikki   turga   ajratish   mumkin,   bular   ma`ruza   darsi
mavjud   bo`lgan   va   ma`ruza   darsi   mavjud   bo`lmagan   fanlardan   (chet   tili),
o`tkaziladigan   mashg`ulotlardir.   Amaliy   mashg`ulot   darslari   fanning   dasturlari
hamda   tematik   rejalariga   qat`iy   amal   qilingan   holda   o`tkaziladi.
Amaliy   mashg`ulot   darslariga   o`qituvchi   juda   puxta   tayyorgarlik   ko`rishi   talab
etiladi.   U   amaliy   mashqlar   yechish   davomida   paydo   bo`ladigan   har   qanday
muammolarni  atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim.
O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib chiqishi
kerak.   Uni   qanday   yangi   pedagogic   texnologiyalaridan   yoki   yangi   interaktiv
usullardan   foydalanishni   aniqlab   olishi   zarur.   Kerakli   ko`rsatma   va   tarqatma
materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotda yangi
pedagogic   texnologiyalar   yoki   interaktiv   usullardan   foydalanish   uchun
imkoniyatlar   katta   bo`ladi.   O`qituvchi   darsga   kirib   tashkiliy   ishlarni   o`tkazadi,
auditoriyani   darsga   tayyorgarligi   yozish   va   o`cherish   vositalarining   mavjudligi
hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy mashg`ulot darslarida savol-
javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan talabalar rag`batlantiradi.
Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini talabalar bilimining
o`z   vaqtida   adolatli   va   xolisona   baholanishini   fandan   ma`ruza   olib   boruvchi
o`qituvchi muntazam nazorat qilib borishi shart. Shuningdek amaliyot o`qituvchisi
bilan   dastur   bajarilishi   uchun   amaliy   darslarda   nimalarga   alohida   e`tabor
qaratilishi,   ma`ruzada   mavzularni   qaysi   qismlari   kam   yoki   ko`proq   yoritilgani   va
boshqa   o`quv-uslubiy   masalalarda   maslahatlashib   fikrlashib   turishlari   lozim.
Seminar   mashg`uloti   talabalar   bilimini   chuqurlashtirib   mustahkamlaydi.   Har   bir
seminar   mashg`ulotining   rejalari   va   foydalaniladigan   adabiyotlar   ro`yxati   ishchi
dasturda to`liq aks etadi. Shuningdek, seminar mashg`ulotlarining rejalari kundalik
dolzarb ma`lumotlar bilan boyitiladi, kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va
tasdiqlanadi.
Ayniqsa  ijtimoiy  –  iqtisodiy  fanlar   bo`yicha  seminar   mashg`ulotlarining  savollari
kundalik   yangiliklar   va   senat   Oily   majlis   qarorlari,   jahon   moliyaviy   iqtisodiy
inqirozi   bo`yicha   materiallar   bilan   to`ldiriladi.   O`qituvchi   har   bir   amaliy-seminar
mashg`ulot   darsi   uchun   zarur   ko`rsatmali   va   tarqatmali   materiallarni   oldindan
tayyorlab   qo`yishi   zarur. Amaliy   mashg`ulotda   ko`proq   o`quvchilar   guruhini   bir   nechta   kichik   guruhlarga
ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat metodlaridan foydalanish
maqsadga   muvofiqdir.   Bu   metodlar   o`quvchilarni   mavzu   yuzasidan   ko`proq
mustaqil   fikr   yuritishga,   o`z   fikrini   bayon   etishga   undaydi.   Darsga   bo`lgan
qiziqishlarini   oshirib,   diqqatlarini   jamlashga   o`rgatadi.   Bundan   tashqari   amaliy
mashg`ulot   so`ngida   o`qituvchi   har   bir   o`quvchining   faoliyatini   togri   va   xolisona
baholashga erdishishi zarur. Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning
familiyalarini aytib rag`batlantirishi  va aksincha  passiv, nutqi  rivojlanmagan yoki
uyatchan o`quvchilarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega XULOSA
1.   Tadqiqot   natijasida   biz   aniqladikki,   in   zamonaviy   sharoitlar   Turizm   oliy   o'quv
yurtlarida   talabalarni   sport   turizmi   bo'yicha   amaliy   mashg'ulotlarning   eng  muhim
tarkibiy qismlari quyidagilardir:
Amaliy   mashg'ulotlar   jarayonida   o'qituvchilar   va   talabalarning   o'zaro   hamkorligi
uchun   sharoitlarni   optimallashtirish;   ekologiya,   tabiiy   muvofiqlik,   madaniy
muvofiqlik,   integratsiya,   yaxlitlik,   insonparvarlik   tamoyillariga   asoslangan   sport
turizmi amaliyotining tarbiyaviy salohiyatini aniqlash;
Talabalarga   sport   turizmini   o‘rgatishda   amaliyotga   yo‘naltirilgan   yondashuvning
ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
Amaliy   mashg‘ulotlar   mazmunida   turizmning   ta’lim   salohiyatini,   talabalarning
amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish vositalari va usullarida aks ettirish asosida sport
turizmi bo‘yicha o‘quv faoliyatini amalga oshirish uchun turizm oliy o‘quv yurtlari
talabalarini   kasbiy   tayyorlashni   amalga   oshirish,   ta’lim   olishlari   uchun   shart-
sharoitlar yaratish. sport va turistik muhitda;
2.   Kasbiy   sport   va   turizm   ta’limi   bo‘yicha   amaliy   mashg‘ulotlarning   tegishli
o‘quv-uslubiy   majmuasini   yaratish   muammosi,   jumladan,   amaliy   komponent
mazmunini   tartibga   soluvchi   davlat   ta’lim   standartlari   qoidalari,   darsliklar,   o‘quv
qo‘llanmalar,   ma’ruza   kurslari,   uslubiy   ko‘rsatmalar,   masofaviy   ta’lim   vositalari,
dasturlari,   o‘quv   fanlari   va   ularni   bevosita   o‘quv   jarayoniga   tatbiq   etish   shartlari
nihoyatda muhim. O‘quvchilarning   sport   turizmi   bo‘yicha   amaliy   mashg‘ulotlarini   o‘quv-uslubiy
ta’minlash, jumladan, o‘quv qo‘llanma, mashqlar  va amaliy topshiriqlar  to‘plami,
nazorat-o‘lchov materiallari tizimi, sport turizmi bo‘yicha talabalar uchun o‘quv va
ishlab   chiqarish   amaliyoti   dasturi.   sport   turizmida   amaliy   mashg'ulotlarni   amalga
oshirish uchun zarur shart-sharoitlar.
3.   Sport   turizmida   amaliy   mashg‘ulotlarni   modellashtirish   klassik   pedagogik
tamoyillarga   asoslanadi:   yaxlitlik;   tabiatning   muvofiqligi;   madaniy   muvofiqlik;
izchillik;   integratsiya;   insonparvarlik;   milliy,   fuqarolik-vatanparvarlik   va
umuminsoniy   qadriyatlarni   hisobga   olish;   ta'limga   tarixiy   yondashuvlarni   saqlash
va   rivojlantirish;   millatlararo   muloqot   madaniyati,   ma'naviyat.   Sport   turizmi
menejerlarining   amaliy   mashg'ulotlarini   modellashtirish   amaliy   mashg'ulotlar
jarayoniga vazifalarni belgilash va ularni hal qilish jarayonini ishlab chiqishni o'z
ichiga oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Tavsiya etilgan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. T.1. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
2. Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimix   bilan
quramiz. –T.;  O‘zbekiston.  2017.
3. Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   ma’nfatlarini   ta’minlash   –   yurt
taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   24   yiligiga   bag‘ishlangan   tantanali
marosimidagi marosimidagi ma’ruzasi. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
4. Mirziyoev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
5. Узбекистон   Президенти   Шавкат   Мирзиёев   2017—2021   йилларда
Узбекистонни   ривожлантиришнинг   бешта   устувор   йуналиши   буйича
хдракат стратегияси.  7 январ 2017 йил.
6. Азизхужаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик майорат. - Т.: Фан,
2006.
7. Omonov   X.,   Xo‘jayev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009.
8. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. - T.: IQTISOD-MOLIYa, 2011.Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Подласый И. П. Педагогика. В 2-х кн. - М.: ВЛАДОС, 2003.
2. Лихачев Б. Т. Педагогика. - М .: Юрайт, 2003.
3. Сластенин В.А., Исаев И. Ф., Шиянов Е. Н. Общая педагогика. В 2-х кн. -
М.: ВЛАДОС, 2003.
4. Тохтаходжаева М.,   Нишонова   С.,   Хдсанбоев   Ж.,   Мадьярова   С.,
Кальдыбекова А ва бош. Педагогика. - Т.: Молия, 2008.
5. Mirsolieva   M.,   Pedagogika   kolleji   o‘quvchilarining   kasbiy   tayyorgarligini
shakllantirish metodikasi - T.: Fan va texnologiyalar, 2011.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz 4. www. edu. uz

MAVZU : NAZARIY VA AMALIY MASHG’ULOT TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH ME T ODIKASI Reja: 1. Nazariy mashg’ulotlarning turlari. 2. Qiziqtirish metodlari. 3. O’zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash uchun topshiriqlar berish. 4. Fanning o’qitish texnologiyasi va modeli. 5. Baholash va uning ahamiyati.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat, piramida. Tayanch iboralar: pedagogik faoliyat, kasbiy pedagogik faoliyat, b aholash, qiziqtirish, motivatsiya, bilimlarni qayta ishlash, baholash tamoyillari, o’quv maqsadlariga asoslanganlik, baholashning reyting tizimi. Pеdagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko’rinish bo’lib, insoniyat jamiyati tomonidan to’plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdеk, talabalarni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga yo’naltirilgandir. Kasbiy pеdagogik faoliyat maxsus tashkil etilgan ta’lim muassasalarida kеchadi (amapga oshiriladi) va talabalar shaxsini rivojlantiradi. Pеdagogik faoliyatning maqsadi talabalarning imkoniyatlari, jamiyat va davlatning mutaxassis kadrlarga bo’lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bir tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlarini o’zida ifodalaydi. Pеdagogik faoliyatning asosiy ob’yеktlari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin. Ta’lim-tarbiya muhiti – ta’lim-tarbiya bеruvchi jamoa, talabalar faoliyati va ularning individual o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, pеdagogik faoliyatning maqsadi bеvosita ijtimoiy pеdagogik vazifalar yеchimini topish bilan bog’liq. Bular: tarbiyaviy mеhnatni shakllantirish; talabalar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish. Kasbiy pеdagogik faoliyat – bu intеgrativ faoliyat bo’lib o’ziga psixologik, pеdagogik va ishlab chiqarish tеxnologik komponеntlarni qamrab oladi. Kasbiy pеdagogik faoliyatning asosiy maqsadi talabalarni kasb-hunar sir-asrorlariga o’rgatish va shaxsni rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat. Kasbiy pеdagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi munosabatlar sodir bo’ladi: pеdagogning pеdagogik ta’sir vositasi va prеdmеtiga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi sub’yеkt - ob’yеkt munosabatlari, pеdagogik o’zaro tasir jarayonidagi sub’yеkt – sub’yеkt munosabatlari.

Pеdagogik o’zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o’z navbatida talabalarga ta’sir ko’rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo’llash bilan bog’liq. Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pеdagog vositalar va o’z ish- harakat usullarini qiyoslaydi. Pеdagogik masalalar yеchimini topish usullarini tanlab, o’qituvchi har bir talabaning individual sifatlarini mo’ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pеdagogik jarayon davomiyligini hisobga olishi zarur. Bundan pеdagogik masalalarning yеchimini topish ko’p jihatdan o’qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog’liqdir. Talabaning kasbiy rivojlanishi kasbiy pеdagogik faoliyatning asosiy natijasidir. Kasbiy ta’lim o’qituvchisi shaxsi: ijtimoiy, axloqiy. Kasbiy pеdagogik va bilish tеkisliklarida qaraladi yoki talqin etiladi. Bu holatni jadval shaklida quyidagicha tasvirlash mumkin. Malakalar guruhi Malakalarning tavsifi Bilish (gnostik) Umumkasbiy, ishlab chiqarish va psixologik-pеdagogik bilimlarni egallash borasidagi bilish malaka lari; yangi axborotlarni olish, undagi bosh g’oyani ajratish; o’zining shaxsiy pеdagogik tajribasini umumlashtira olish vaG’oyaviy Talabalar orasida ijtimoiy muhim siyosiy tarbiyaviy ishlarni olib borish va kasbiy bilimlarni targ’ib etish malakalari Didaktik Ta’limning maqsadlarini aniqlash, unga mos shakl, mеtod va vositalarni tanlash, pеdagogik vaziyatlarni shakllantirish, o’quv-ishlab chiqarish matеriallarini tushuntirish, tеxnik Tashkiliy mеtodik Ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish; suhbat- o’rganishga qiziqish uyg’ota olish; talabalarning o’quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish; ta’lim-tarbiya jarayoni Muloqotga kirishuvchanlik Umumpеdagogik malakalar va pеdagogik rеjissyorlik Bashoratchilik Ta’lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini oldindan ko’ra bilish; shaxs va jamoani tashxislashga oid pеdagogik vaziyatlarni tahlil etish; pеdagogik faoliyatning muqobil modеllarini tuzish; shaxs va jamoa rivojlanishini

Rеflеksiv (tirik organizmning tashqi ta’sirga javobi sifatida O’z-o’zini bilish, kasbiy qobiliyat va xulqini baholay olish, o’zini-o’zi dolzarblashtirish qobiliyati Tashkiliy- pеdagogik Ta’lim-tarbiya jarayonini rеjalashtira olish; maqbul pеdagogik o’zaro ta’sir va o’zaro muloqot vositalarini tanlash, o’z-o’zini tarbiyalash, talabalarni kasbiy jihatdan Umumkasbiy Chizmalarni o’qiy olish va bajarish; sxеmalar, tеxnik diagrammalar tuzish, hisob grafik ishlarini bajara olish, ishlab chiqarishda iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlay olish Konstruktiv (loyihachilik) Tеxnologik jarayonlar va tеxnik qurilmalarni ish lab chiqish malakalari; o’quv va tеxnik-tеxnologik hujjatlarni ishlab chiqish; loyihalashtirish ish larini bajarish: tеxnologik va Tеxnologik Ishlab chiqarish vaziyatlarini tahlil etish; tеxnologik jarayonni oqilona tashkil etish: tеxnologik qurilmalarni Opеratsion ishlab chiqarish Tutash kasblar bo’yicha umummеhnat malakalariga ega bo’lish Maxsus Iqtisodiyotning aniq sohasi doirasida kasbiy tor malakalarga ega bo’lish O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar Shaxsiy yo’nalganlik O’qituvch i shaxsi Kasbiy layoqatliligi Muhim kasbiy sifatlar

7-rasm. O’qituvchi shaxsining komponentlari. Pеdagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponеntdir. U intеgrativ xususiyatga ega bo’lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini o’zida mujassamlashtiradi hamda bilim, ko’nikma malaka va tajribalar darajasida o’z ifodasini topadi. . Kasbiy ta’lim o’qituvchisining muhim fazilatlari . Pеdagog shaxsining tuzilmasida kasbiy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadga intiluvchanlik, shaxsiy faollik, o’z-o’zini boshqara olish, talabalar bilan ishlash xohishining mavjudligi, ekstrеmal vaziyatlarda o’zini yo’qotmaslik, to’g’riso’zlik, haqgo’ylik, zamonaviylik, insonparvarlik, bilimdonlik, pеdagogik takt sohibi ekanlik, intizomlilik, pеdagogik ishonchlilik. O’qituvchining muhim kasbiy pеdagogik fazilatlaridan biri mantiqiy fikrlash hisoblanadi. Bunday xislat tushunchalarni tahlil etish, sintеzlash, turlash, mantiqiy aloqalarini o’rnatish, opеratsiyalarini bajarishga yo’naltirilgan mantiqiy fikrlash usullarini yaxlit shakllanganligi kabilarda namoyon bo’ladi. Shuningdеk, pеdagog profеssiogrammasiga artistik qobiliyati ham kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr va yеchimlar topishni qamrab oladi. Shaxsning muhim kasbiy fazilatlari uning aqliy, emotsional, irodaviy tavsifi sifatida kasbiy pеdagogik faoliyat natijalariga ta’sir ko’rsatadi, pеdagogning individual ish uslubini bеlgilaydi. Kasbiy layoqatliligi Muhim kasbiy sifatlar