logo

Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

47.7607421875 KB
Mavzu:  Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari.
Reja:
1. T a’limni tashkil etishning turli shakllari .
2. Darsda   o‘quvchilar   o‘quv   faoliyatini   tashkil   etish   zamonaviy
shakllarining turlari.
3. Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli . Jahon   pedagogik   fani   va   amaliyotida   ta’limni   tashkil   etishning   turli
shakllari   mavjud.   Jamiyat   rivojining   har   bir   yangi   bosqichi   ta’limni   tashkil
etishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ayni   vaqtda   ta’limning   quyidagi   shakllari   ajratib   ko‘rsatiladi:   individual,
individual-guruhli,   sinf-dars,   leksion-seminarli   va   sinfdan   tashqari,
auditoriyadan   tashqari,   maktab   va   maktabdan   tashqari .   Ular   o‘quvchilarni
qamrab   olishi,   o‘quvchilar   faoliyatini   tashkil   etishi,   jamoaviy   va   individual
shakllarining   nisbatlari,   mustaqilligi   darajasi   va   o‘qish   jarayoniga   rahbarlik
qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
1) individual; 
2) sinf-darsli; 
3) ma’ruza -seminarli.
Qadim   zamonlarda   mavjud   bo‘lgan   o‘qitishning   eng   qadimgi   shakli
ta’limning   individual   shakli   hisoblanadi.   Hayotiy   tajribalarni   ajdodlardan-
avlodlarga   uzatish   ibtidoiy   jamiyatda   yuzaga   kelgan.   Yozuv   paydo   bo‘lishi
bilan qavm boshlig‘i turli belgilar yordamida o‘zining tajribalarini yoshlarga
o‘rgatgan. O‘qituvchi va o‘quvchining bevosita va individual aloqasiga misol
sifatida   repetitorlikni   ko‘rsatish   mumkin.   O‘qishni   tashkil   etishning
individual   shakli   antik   davr   va   o‘rta   asrlarda   yagona   usul   bo‘lgan,   undan
ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan. 
Individual   ta’lim   bir   qator   afzalliklarga   ega,   shuning   uchun   bu   usuli
bizning   davrimizgacha   repetitorlik   shaklida   saqlanib   qolgan.   Uning
usutunligi   o‘quv   faoliyati   mazmuni,   metodi   va   suratini     to‘la
individualashtirish,   aniq   bir   masalani   hal   etishda   uning   har   bir   harakati   va
operatsiyalarini   kuzatib   borishga   imkon   berishidan   iborat.   Individual   ta’lim
o‘qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo‘lishini talab etadi. 
Individual   o‘qitishning   ustunliklari   bilan   bir   qatorda   bir   qator
kamchiliklari   ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:  1) vaqtning tejamli emasligi; 
2) o‘qituvchi     ta’sirining   cheklanganligi   (o‘qituvchining   vazifasi
o‘quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat); 
3) boshqa   o‘quvchilar   bilan   hamkorlikda   ishlash   imkoniyati
cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi);
4) jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
Mazkur   sabablar   XVI   asrdan   boshlab   individual   o‘qitish   usulining
ahamiyati   pasayib,   uning   o‘rnini   ta’limning   individual-guruhli   shakli
egallashiga imkon berdi.
Ta’limning   individual-guruhli   shaklidagi   Ye vropada,   XVI   asrda   keng
foydalana   boshladilar.   Markaziy   Osiyo   davlatlarida   bu   usuldan   qadim
davrlarda   ham   foydalanganlar.   Bunga   Avesto   davri   misol   bo‘la   oladi,   bu
davrda   o‘quvchilar   uchun   asosiy   o‘quv   qo‘llanma   zardushtiylikning
muqaddas   manbai   “Avesto”   (eramizdan   avvalgi   VII-XVI   asrlar)   bo‘lib
kelgan.   Avesto   davri   jamiyatidagi   maktablarda   individual   o‘qitish   jamoali
o‘qitish bilan birga olib borilar edi.     O‘qituvchi “Avesto” kitoblaridan birini
ochadi va o‘quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz chiqarib o‘qiydilar, keyin
esa   hamma   birgalikda   o‘qilganni   takrorlaganlar,   mashqlarni   maxsus
taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o‘qituvchining o‘quvchi bilan erkin
suhbati   davomida   olib   borilgan.   Jismoniy   tarbiyalash   individual   va   jamoali
mashg‘ulotlar   shaklida   amalga   oshirilgan.   Jismoniy   tarbiyaning   maqsadi
yoshlarni   harbiy   xizmatga   tayyorlashdan   iborat   bo‘lgan.   Otda   yurish,   ov
qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va
shu   kabilar   harbiy   tayyorgarlikning   majburiy   turlari   hisoblangan.   Ta’lim
olish   jarayoni   kun   chiqqandan   kun   botgungacha   davom   etgan,   uy   vazifalari
mavjud bo‘lmagan 1
.
1 1
  Авесто. Қадимги Шарқ адабиёти. – Москва,  МДНМ, 1984, -с. 352. XI   asrdayoq   Abu   Ali   ibn   Sino   o‘zining   “Tadbiri   manzil”   nomli   ilmiy
asarining   maxsus   “Amuzish   va   parvarishi   modrasas   farzand”   («Bolalarni
maktabda   o‘qitish   va   tarbiyalash»)   bo‘limida   o‘quvchilarga   jamoali   o‘qitish
haqida quyidagi tavsiyalarni beradi:
1)   agarda   o‘quvchilar   birgalikda   o‘qisalar,   ular   zerikmaydilar,   fanni
o‘rganishga   qiziqish   kuchayadi;   ularda   bir-birlaridan   ortda   qolmaslik   uchun
o‘zaro   musobaqalashish   istagi   rivojlanadi,   ular   bolaning   o‘qishi
yaxshilanishiga yordam beradi.
2)   o‘zaro   suhbatlarda   o‘quvchilar   kitobdan   o‘qish   yoki   kattalardan
eshitgan qiziqarli ma’lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar;
3)   bolalar   birgalikda,   yig‘ilganlarida   bir-birilari   bilan   do‘stlashadilar   va
bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-
birlariga   o‘quv   materiallarini   o‘zlashtirishda   yordam   beradilar;   bu   bilan
bolalar mag‘rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o‘rganadilar 2
.
Burhoniddin   Zarnuji   (XII   asr)   «Bilim   olish   yo‘lida   o‘quvchiga
maslahatlar»   nomli   o‘zining   ilmiy   asarida     dars   olib   borish   bo‘yicha
tavsiyalar   beradi.   Uning   ko‘p   yillik   dars   o‘tish   tajribalari   asosida   mazkur
ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha o‘ziga xos pedagogika darsligi sifatida
Markaziy  Osiyo  madrasalarida foydalanilib  kelingan. Asarda maktabda  dars
taxminan   bir   soatlar   davom   etishi   kerakligi   yoziladi.   O‘qituvchi   maktabda
darsga tushinish va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan o‘quv materiallarini tanlab
olishi,   darsda   o‘rganilagandigan   materiallarni   tushuntirib   berishi   kerak.
O‘quv materiali   shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda
o‘zlashtirilsin. S h uning uchun u katta matnlarni qismlarga bo‘lish va boshqa
darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi 1
. 
2 2
  Раҳимов   С.Р.   Абу   Али   ибн   Синонинг   психологик-педагогик   қарашлари.   –
Тошкент, Ўқитувчи, 1978, - 103-бет .
1 1
  Анатомия педагогической мўсли Узбекистана. – Москва,  1986. XV asrda jamoali o‘qitishni tashkil etish g‘oyasini Muhammad Tarag‘ay
Ulug‘bek   davom   ettiradi.   Mutafakkir   o‘zining   madrasalarida     individual
mashg‘ulotlar   tizimini   bekor   qiladi   va   “jamoa”   sinf-dars   tizimiga   yaqin
bo‘lgan shaklini joriy qiladi. Umumiy ma’ruzani 50-70 nafar kishidan iborat
katta   guruhga   odatda,   o‘z   sohasida   mashhur   bo‘lgan   olim   mudarris
(o‘qituvchi-professor)   o‘qiydi,   amaliy   mashg‘ulotlarni   esa   10-15   kishidan
iborat  kichik  guruhda  kichik  mudarris (o‘qituvchi)  olib  boradi.  O‘qitishning
muhim   metodlari   munozara   va   tortishuvlar   hisoblangan.   Samarqand
madrasasida   ma’ruzalarni   allomaning   o‘zi   va   Qozizoda   Rumiy,   Mavlono
Muhammad,   Ali   Qushchi,   Avaz   Kirmani   kabi   va   boshqa   mashhur   olimlari
o‘qiganlar.   Muhammad   Tarag‘ay   Ulug‘bek   va   uning   izdoshlari   tomonidan
matematika,   metafizika,   astronomiya,   georafiya,   tarix   fanlaridan   yangi
darsliklar yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan.  Lekin
“jamoa”   usulida   ham   o‘zining   salbiy   tomonlari   bo‘lgan.   Jamoa   usulida   XX
asr   maktabida   mashhur   bo‘lgan   guruhli-laboratoriya   metodida   bo‘lgani   kabi
o‘zlashtirishni   individual   xususiyati   hisobga   olinmagan.   Yaxshi
o‘zlashtirmagan   ba’zi   shogirdlar   ham   ilg‘orlar   qatorida   bir     qo‘llanmani
o‘rganishdan   boshqasini   o‘rganishga   o‘z-o‘zidan   o‘tavergan,   kerakli   bilimni
egallay olmagan holda madrasani  bitirib chiqadilar 2
.
Individual-guruhli   shaklining   mazmuni   mashg‘ulotlarni   o‘qituvchi     bir
o‘quvchi  bilan   emas,  balki  tayyorlik  darajasi  turlicha   bo‘lgan   turli   yoshdagi
bolalar guruhi bilan olib borishidan iborat edi. O‘qituvchi navbat bilan har bir
o‘quvchidan   o‘tilgan   materialni   so‘raydi,   yangi   savollarni   tushuntiradi,
mustaqil   ishlash   uchun   individual   topshiriqlar   beradi,   qolgan   bolalar   o‘z
ishlari   bilan   shug‘ullanadilar.   O‘qishni   bunday   tashkil   etishda,   bolalar
mashg‘ulotlarga   yilning   turli   davrlarida   hamda   kunning   turli   vaqtlarida
kelishlari mumkin bo‘lgan. 
2 2
  М.Тохиров. Мирзо Улу g ’бекнинг педагогик қарашлари. – Тошкент, Фан, 1984. XV va XVI asrlar davomida,  Ye vropada ishlab chiqarishning rivojlanishi
kuzatildi.   Ushbu   o‘zgarishlar   bolalarga   ta’lim   berishning   ommaviy   shakli
yuzaga kelishiga  zamin yaratdi.
Ulardan   biri   bolalarni   guruhli   (jamoali)   ta’lim   sanaladi.   U   G‘arbiy
Rossiya   (hozirgi   Belorussiya   va   Ukrainaning     g‘arbiy   qismlari)   birodarlik    1
  
maktablarida ilk bor qo‘llanilgan va  o‘qish sinf-darsli shakli ning asosi bo‘lib
qolgan.   Bu   tizimlar   XVII   asrda   Yan   Amos   Komenskiy   tomonidan   “Buyuk
didaktika”   asarida   nazariy   jhatdan   asoslab   berildi   va   ommaviylashtirildi.
Olim   pedagogikaga   o‘quv   yili,   o‘quv   kuni,   dars,   mashg‘ulotlar   orasidagi
tanaffus,   o‘quv   ta’tillari   kabi   tushunchalarni   kiritdi.   Quyosh   it   yulduzlari
turkumida bo‘lganida bolalarni dam olishga yuboradilar («ta’til» lotinchada –
kunlarning eng qizigan davri deganini bildiradi).
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada, bugungi kunda
ham keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.
Sinf-dars   tizimi ning   mazmuni   o‘quv     ishlarini   tashkil   etish   o‘ziga   xos
shakli sifatida, quyidagilarda iborat:
- bir   xil   yoshdagi   va   taxminan   bir   xildagi   tayyorgarlik   darajasiga   ega
bo‘lgan   o‘quvchilar   sinfni   tashkil   etadi.   Bu   sinf   maktabda   o‘qishning
umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;
- sinf   faoliyati   yagona   yillik   reja   va   dastur   asosida,   doimiy   dars   jadvali
bo‘yicha tashkil etiladi,  buning natijasida bolalar maktabga yilning bir
vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo‘ladi.;
- mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;
- dars   odatda   bir   fan   yoki   mavzuga   bag‘ishlangan   bo‘ladi,   shu   bois
o‘quvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;
- darsda   o‘quvchilarning   ishiga   o‘qituvchi   rahbarlik   qiladi,   u   o‘z   fani
bo‘yicha o‘qish natijalari, har bir o‘quvchini alohida bilimini baholaydi
1
  ХVI-ХVII   асрларда   ¢ арбий   Русияда   биродарлик   ва   диний-маърифатпарварлик   деб   аталувчи
ташкилотлар пайдо б ў лади. va   yil   oxirida   o‘quvchini   keyingi   sinfga   o‘tishi   haqida   qaror   qabul
qiladi.
Sinf-dars   tizimi   K.D.Ushinskiy   tomonidan   yanada   rivojlantiriladi.   U   bu
shaklning   hamma   ustunliklarini   ilmiy   asoslab   berdi.   Dars,   ayniqsa,   uning
tashkiliy     qurilishi   va   tipologiyasining   ixcham   nazariyasini   yaratdi.
K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog‘langan quyidagi
uchta qismini ajratib ko‘ratadi:
1) ilgari o‘rganilgan bilimlar asosida yangi bililarni anglashni amalga
oshirish   va   o‘quvchilarda   materialni   jadal   qabul   qilishga   maqsadli
ko‘rsatmani   yaratishga   qaratiladi.   Darsning   bu   qismi   K.D.Ushinskiyning
fikricha darsga go‘yoki “eshik” hisoblanadi. 
2) asosiy   masalani   hal   etishga   yo‘naltiriladi   va   darsning   muhim,
markaziy qismi hisobalanadi. 
3) amalga   oshirilgan   faoliyatga   yakun   yasash   va   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarni mustahkamlashga qaratiladi.
Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham
katta hissa qo‘shdi. U o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatiga taalluqli o‘qitish
tamoyillari   va   qoidalari   tizimini   ishlab   chiqdi,   o‘quvchilarning   yoshi
imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab berdi.
Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi va
didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko‘rsatib berdi. 
Afzalliklari:   yaxlit   o‘quv-tarbiyaviy   jarayonning   tartibli   ketishini
ta’minlovchi   aniq   tashkiliy   tizim;   jarayonlarning   oddiy   boshqarilishi:
muammoning   jamoa   bo‘lib   muhokama   qilinishi,   masalaning   echimini
birgalikda   izlash   jarayonida   bolalar   o‘rtasida   o‘zaro   munosabatlarning
shakllanish   imkoniyati;   o‘qituvchining   o‘quvchilar   va   ularning   tarbiyasiga
doimiy   emotsional   ta’sir   ko‘rsatishi;   ta’limning   emotsionalligi   (zero,
o‘qituvchi   bir   vaqtning   o‘zida   o‘quvchilarning   katta   guruhi   bilan   ish   olib boradi),   o‘quv   faoliyatiga   musobaqalashish   elementlarini   kiritish   uchun
sharoitning   yaratilishi,   bilimsizlikdan   bilimlarni   o‘zlashtirish   sari
harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi .
Kamchiliklari:   tizimning   asosan   bilimlarni   o‘rtacha   darajada
o‘zlashtiruvchi     o‘quvchilar   uchun   mo‘ljallanganligi,   bo‘sh   o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o‘qituvchi
uchun   o‘qitish   mazmuni   va   o‘qitish   sur’atlari   hamda   metodlari   bo‘yicha
individual     ishlarni   tashkil   etish,   shuningdek,   o‘quvchilarning   individual
xususiyatlarini   hisobga   olishdga   qiyinchilikning   yuzaga   kelishi;   katta   va
kichik yoshli o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.
XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida,   aqliy   rivojlanishida   farqi   bo‘lgan
o‘quvchilarni   o‘qitishda   individuallashtirishga   ahamiyat   qaratish   masalasi
ayniqsa     dolzarb   xususiyat   kasb   etdi.   Shunga   mos   ravishda   tanlab   o‘qitish
shakli yuzaga keldi (AQSHda Batov, Yevropada Maingeyms tizimi). 
Yevropa   va   AQSHda,   XX   asr   boshida   o‘quvchilarning   individual,   faol,
mustaqil o‘quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab ta’lim tizimlarining
samaradorligi   sinab   ko‘rilgan.   1905   yili   Dalton   shahrida   (Massachusets
shtati)   o‘qituvchi   Elena   Park   Xerst   tomonidan   birinchi   bor   qo‘llanilgan
ta’limning individuallashtirilgan tizimi   ular orasida eng radikal hisoblangan.
Bu   tizim   dalton-reja   nomi   bilan   pedagogika   va   maktab   tarixiga   kirdi.   U
ba’zan  laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi  deb ham ataydilar.
Bu   tizimning   mazmuni   quyidagilardan   iborat:   o‘quv   faoliyatining
muvaffaqiyati   maktabda   ishlash   sur’atining   har   bir   o‘quvchining
imkoniyatlari,   ularning   qobiliyatlariga   moslashtirilishiga   bog‘liq:   ta’lim
faoliyati   ustun   turadigan   o‘qishni   an’anaviy   tashkil   etish   o‘quvchining
mustaqil   o‘quv   faoliyatining   markaziy   hisoblanishi,   o‘qituvchi   vazifasining
faoliyatni   odob   bilan   tashkil   etishdan   iboratligi,   sinf   laboratoriyalarining ustaxonalar   bilan   almashtirilishi,   darslarning   bekor   qilinishi,   o‘qituvchining
yangi   materialni   tushuntirmasligi,   o‘quvchining   laboratoriya   yoki
ustaxonalarda   o‘qituvchidan   olingan   topshiriq   asosida   mustaqil
shug‘ullanishlari va zarur  bo‘lgan paytda o‘qituvchidan yordam so‘rashlari.
Mazkur tizim bir qator kamchiliklariga ko‘ra keskin tanqi dga uchragan.
XX   asr   20-yillarida   maktab   ishlari   Ilmiy   tekshirish   instituti   ta’limning
loyihali   tizimini   targ‘ib   qila   boshladi.   Uni   amerikalik   U.Kilpatrik   ishlab
chiqqan.   O‘qitish   bu   tizimining   mazmuni   o‘quvchilarning   o‘zlari   loyiha
ishlari   mavzuni   tanlab   olishlaridan   iborat.   U   mavjud   haqiqiy   hayot   bilan
bog‘langan bo‘lishi va o‘quv guruhi ixtisoslashishlariga qarab (yo‘nalishlari)
ijtimoiy-siyosiy, xo‘jalik-ishlab chiqarish yoki madaniy-turmush tomonlarini
aks ettirishi kerak bo‘lgan. 
60-yillarda   Tramk   rejasi   juda   mashhur   bo‘ldi.   Uni   amerikalik   professor
pedagog Lyuyd Tramk ishlab chiqqan. O‘qitishni tashkil etishning bu shakli
katta   auditoriyalarda   (100-150   odam)   mashg‘ulotlarni,   10-15   kishilik
guruhlarda   va   o‘quvchilarning   individual   ishlarini   birgalikda   olib   borishni
taklif etadi. Turli xildagi texnik vositalardan foydalanib umumiy ma’ruzalarni
olib   borishga   o‘quv   vaqtining   40   %     ajratiladi.   Kichik   guruhlarda
mashg‘ulotlarga (seminarlar) – 20 %  kabinet va laboratoriyalarda individual
mustaqil ishlarni bajarishga 40 %  ajratiladi.
70-yillarda   o‘qishni   tashkil   etish   noan’anaviy   shakllarini   izlash   davom
ettiriladi.   Tajriba   va   sinov     maktablarini   izlash   birinchi   navbatda   sinf-dars
tizimini   modernizatsiyalashtirish   fikri   bilan   bog‘liq   bo‘lgan.   Izlanishlar
asosiy masalasi – o‘qishni individuallashtirish edi.
Birinchi   universitetlar   paydo   bo‘lishi   bilan   ta’limning   ma’ruza-seminar
tizimi   yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir
katta   o‘zgarishlarga   ega   emas.   Ma’ruza,   seminar,   amaliy   va   laboratoriya
ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha leksion- seminar   tizim   sifatida   o‘qishning   asosiy   shakllaridan   biri   bo‘lib   kelmoqda.
Leksion-seminar   tizimi   o‘zining   sof   ko‘rinishida   oliy   va   oliy   maktabdan
keyingi   ta’lim   amaliyotida   qo‘llaniladi.   O‘zbekistonda   uch   yillik   o‘rta
maxsus,   kasb-hunar   ta’limini   tadbiq   etilishi   bilan   leksion-seminar   tizimidan
akademik   litsey   va   kasb-hunar   kollejlarida   foydalanila   boshlandi.   Oxirgi
paytlarda leksion-seminar tizimi elementlaridan o‘rta maktab katta sinflarida
ham qo‘llanila boshlandi.
Darsda   o‘quvchilar   o‘quv   faoliyatini   tashkil   etish   zamonaviy
shakllarining   turlari.   Turli     dars   tuzilmalaridan   yanada   samaraliroq
foydalanish yo‘llarini izlashda darsda o‘quvchilar o‘quv faoliyatlarini tashkil
etish shakllari alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Pedagogik adabiyotlar va
maktab   amaliyotida   asosan   uchta   shunday   shakllari   qabul   qilingan   –
ommaviy, guruhli va individual.  
Ta’limning   ommaviy   shakli   sinfdagi   jami   o‘quvchilarning   o‘qituvchi
rahbarligi  ostida  birgalikda  harakatlarini  ko‘zda  tutadi.  Guruhli  shaklida  esa
o‘quvchilar   3-6   kishidan   iborat   guruhlar   yoki   juftliklarda   ish   olib   boradilar.
Guruhlar uchun topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Individual
shakli har bir o‘quvchining alohida mustaqil ishlashini ko‘zda tutadi.
O‘qitish frontal shaklida, o‘qituvchi bir vazifa ustida ishlayotgan butun sinf
o‘quv   faoliyatini   boshqarib   boradi.   U   o‘quvchilarning   hamkorliklarini
ta’minlaydi   va   hamma   uchun   bir   bo‘lgan   ish   sur’atini   belgilaydi.   Frontal
ishlashning pedagogik samaraliligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining butun sinfni
nazorat   qila   bilishiga   va   shu   bilan   bir   vaqtda   har   bir   o‘quvchining   ishini
ko‘zdan   qochirmasligiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Agarda   o‘qituvchi   ijodiy   jamoali
ishlash   muhitini   yarata   olsa,   o‘quvchilar   diqqatini   va   faolliklarini   ta’minlab
tura   olsa   samarasi   yana   oshadi.   Ammo   frontal   ishlash   individual   farqlarni
hisobga   olmaydi,   u   o‘rta   o‘quvchiga   mo‘ljallangan.   S h uning   uchun   ba’zi o‘quvchilar   berilgan   ish   sur’atidan   ortda   qoladilar,   boshqalari   esa   zerikib,
qiynalib ketadilar.
O‘qish   guruhli   shakli da   o‘qituvchi   sinf   o‘quvchilari   guruhlari   o‘quv-
o‘rganish   faoliyatilarini   boshqaradi.   O‘quvchilarni   zvenoli,   brigadali,
birlashtirish-guruhli     va   differensiyalangan   guruhlarga   taqsimlash   mumkin.
O‘qish   zvenoli   shakli     o‘quvchilar   doimiy   guruhi   o‘quv   faoliyatini   tashkil
etishni  ko‘zda tutadi. 
Birlashtirish-guruhli   shaklida   sinfni   odatda   katta   umumiy   topshiriqni   har
biri faqatgina bir qismini bajaradigan guruhlarga ajratishni ko‘zda tutadi.
Differensiyalashgan-guruhli ta’lim shakli doimiy guruhlar ham, bir xildagi
o‘quv imkoniyatlariga ega va o‘quv ko‘nikmalari bir xil darajada shakllangan
o‘quvchilarni   birlashtirishini   ko‘zda   tutadi.   Guruhli   shakllariga
o‘quvchilarning   juft   bo‘lib   ishlashlarini   ham   kiritiladi.   O‘quv     guruhlari
faoliyatlarini o‘qituvchi o‘zi bevosita hamda o‘z yordamchilari – o‘quvchilar
fikriga qarab tayinlangan zvenolar va brigadar orqali boshqaradi.
Individual   ta’lim     o‘quvchilarning   boshqa   o‘quvchilar   bilan   bevosita
aloqalarini   ko‘zda   tutmaydi.   O‘z   mohiyatiga   ko‘ra   sinf   jamoasi   yoki
muayyan   guruhlar   bilan   ishlashdan   tubdan   farq   qilmasa-da,   biroq   o‘quvchi
o‘zining   shaxsiy   imkoniyatlariga   muvofiq   o‘qituvchi   tomonidan   berilgan
topshiriqni   mustaqil   bajaradi.   Bu   maqsad   yo‘lida   maxsus   tayyorlangan
kartochkalardan foydalanish mumkin. 
Darsda   o‘qituvchiining   e’tibori   bir   necha   o‘quvchiga   qaratilsa,   bu   vaqtda
qolgan   o‘quvchilar   mustaqil   ishlasalar   ta’limning   bunday   shakli   individual-
guruhli  shakl deb ataladi.
Zamonaviy   ta’lim   amaliyotida   ko‘proq   ikki   tashkiliy   shakl:   ommaviy   va
individual   shakllardan   foydalaniladi.   Ayni   vaqtda   guruhli   va   juftli   o‘qish
shaklidan amaliyotda ancha keng foydalaniladi. Ta’limning   ommaviy   shakli   ham,   guruhli   shakli   ham   jamoaviy
hisoblanmasa-da,   lekin   ayrim   pedagoglar   ularni   ommaviy   ta’lim   deb
ko‘rsatishga harakat qiladilar. 
Jamoaviy   ishlash   faqatgina   differensiyalashgan   guruhli   ishlar   asosidagina
tashkil etiladi. O‘quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli o‘qituvchi va
o‘quvchilarning dinamik yoki o‘zgaruvchan tartibli juftliklarida kechayotgan
munosabatlaridir. 
Ta’lim   maqsadlari   va   foydalanshning   qulayligi   nuqtai   nazaridan   ta’lim
shakllari quyidagicha darajalanadi::  asosiy, qo‘shimcha va yordamchi ta’lim .
Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. 
Dars   ta’lim   jarayonining   yaxlitligi   nuqtai   nazaridan   ta’limning   asosiy
tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi,
unda   o‘quvchilarni   ommaviy   qamrab   olish,   tashkiliy   tartib   va   o‘quv
ishlarining   muntazamligi   ta’minlanadi.   Dars   iqtisodiy   jihatdan   foydalidir.
O‘quvchilar   hamda   sinf   jamoasining   individual   xususiyatlarini   bilishi
o‘qituvchi   uchun   har   bir   o‘quvchi   faoliyatiga   rag‘batlantiruvchi   ta’sir
ko‘rsatishga   imkon   beradi.   Dars   doirasida   ommaviy,   guruhli   va   individual
ta’lim   shakllarini   birlashtirish   imkoniyati   uning   rad   etib   bo‘lmaydigan
ustunligi hisoblanadi.
Dars   bevosita   o‘qituvchi   rahbarligida   aniq   belgilangan   vaqt   davomida
muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy
shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha
o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab
olishlari,   ularning   idrok   etish   qobiliyatlari   va   ma’naviy-axloqiy   sifatlarini
tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars   ta’limning   boshqa   shakllaridan   farq   qiluvchi   o‘ziga   xos   belgilarga
ega,   chunonchi:   o‘quvchilarning   doimiy   guruhi,   o‘quvchilar   faoliyatiga
ularning   har   biri   xususiyatlarini   hisobga   olish   bilan   rahbarlik   qilish, o‘rganilayotgan   fan   asoslarini   bevosita   darsda   egallab   olish   (bu   belgilari
darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning   tuzilishi   oddiy   va   ancha   murakkab   bo‘lishi   mumkin.   Bu   o‘quv
materialining   mazmuni,   darsning   didaktik   maqsadi,   o‘quvchilar   va   jamoa
sifatida sinfning xususiyatlariga bog‘liq.. 
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi  turlari  ajratib ko‘rsatilgan:
- aralash darslar;
- yangi   ma’lumotlar,   aniq   hodisalar   bilan   tanishish   bo‘yicha   yoki
umumlashtirishlarni anglab etish va o‘zlashtirish maqsadiga ega darslar;
- bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
- o‘rganilganlarni   umumlashtirish   va   tizimlashtirish   asosiy
maqsadiga ega darslar;
- malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
- bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o‘rganish darsi;
- o‘z   tuzilishi   bo‘yicha   oddiy   bo‘lgan,   ya’ni   bitta   asosiy   didaktik
maqsadga   ega   bo‘lgan   dars   turlari   (o‘rta   va   katta   sinflarda   qo‘llash   uchun
mos keladi).
Boshlang‘ich   sinflarda   o‘quvchilar   yoshlarini   hisobga   olib   o‘quv   ishlari
turli   xillaridan   foydalanishga,   yangi   bilimlarni   berishni   avval   ilgari
o‘rganilganni   mustahkamlash,   takrorlash   bilan   birga   olib   borishga   to‘g‘ri
keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu erda ko‘pincha ishlar boshqa turlarini
o‘z   ichiga   oladi:   materialni   og‘zaki   etkazish.   qiziqarli   hikoyani   o‘qish.
Darsning aynan mana shu turi  aralash (kombinatsiyalashgan ), yoki  murakkab
tuzilishli   deb   ataladi.   Kombinatsiyalashgan   darsning   taxminiy   tuzilishi:   uy
vazifalarini   tekshirish   va   o‘quvchilar   bilan   savol-javob,   yangi     materialni
o‘rganish,   o‘zlashtirishini   dastlabki   tekshirish,   mashq   misollari   davomida
yangi   bilimlarini   mustahkamlash,   ilgari   o‘rganilganlarni   suhbat   ko‘rinishida
takrorlash, o‘quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish. O‘quvchilarning   yangi   materiallar   bilan   tanishish   darsi   yoki   yangi
bilimlarni   berish   (o‘rganish)   darsi   nisbatan   keng   doiradagi   savollarni   o‘z
ichiga   olgan   va   uni   o‘rganishga   ko‘p   vaqtini   talab   qiluvchi,   o‘quvchilarga
tanish   bo‘lmagan   yangi   material   uning   mazmuni   bo‘lgan   ta’lim   jarayoni.
Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va o‘quvchilarning mustaqil
ish bajarishga tayyorgarliklariga   qarab,  ba’zi  hollarda  yangi  materialni o‘zi
bayon   etadi.   Boshqa   hollarda   esa   –   o‘qituvchi   rahbarligi   ostida
o‘quvchilarning   mustaqil   ishlari   olib   boriladi,   uchinchi   holda   –   unisi   ham
bunisidan   ham   foydalaniladi.   YAngi   material   bilan   tanishish   darsining
tuzilishi:   yangi     materialni   o‘rganish   uchun   asos   bo‘lgan   avvalgi   materialni
takrorlash.   O‘qituvchining   yangi   materialni   va   darslik   bilan   ishlashni
tushuntirishi,   bilimlarni   tushunishlarini   tekshirish   va   dastlabki
mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida  o‘quv ishining asosiy mazmuni ilgari
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi
bor tushunib olish hisoblanadi.
O‘quvchilar   o‘z   bilimlarini   yangi   manbalar   bo‘yicha   anglab   oladilar   va
chuqurlashtiradilar   yoki   ularga   ma’lum   bo‘lgan   qoidaga   yangi   masalalar
echadilar, ilgari olgan bilimlarini og‘zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari
o‘rganganlarini   yanada   chuqurroq   va   mustahkam   o‘zlashtirish   maqsadida
ulardan   alohida   masalalar   bo‘yicha   axborot   beradilar.   Tuzilishi   bo‘yicha
bunday   darslar   quyidagi   bosqichlardan   o‘tishni   ko‘zda   tutadi:   uy   vazifasini
tekshirish,   og‘zaki   va   yozma   mashqlarni   bajarish,   topshiriqni   bajarishni
tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko‘nikma   va   malakalarni   ishlab   chiqish   va   mustahkamlash   darslari
bilimlarni   mustahkamlash   darslari     bilan   bog‘liqdir.   Bu   jarayon   bir   necha
maxsus   darslar   jarayonida   amalga   oshiriladi.   Boshqa   darslarda   yangi
mavzularni   o‘rganishda  davom     ettiriladi.   Shu   bilan  birga   avvaliga  mashqni bajarish   ishlari   bolalar   tomonidan   o‘qituvchi   yordamida   va   ular   topshiriqni
qanday   tushunganlarini   daslab   jiddiy   tekshirish   bilan   bajarilsa,   keyinchalik
esa qaerda qanday qoida qo‘llanilishini o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydilar.
Ular   turli   vaziyatlarda   malaka   va   ko‘nikmalarini   qo‘llash,   shu   jumladan,
hayotiy amaliyotida qo‘llashni o‘zlashtirib olishlari kerak. 
Umumlashtiruvchi   darslari   (bilimlarini   umumlashtirish   va
tizimlashtirishlar)   ilgari   o‘tilgan   materialdan   eng   muhim   savollari   qayta
takrorlanadigan   va   tizimlashtiriladigan,   o‘quvchilar   bilimlarida   mavjud
kamchiliklari   to‘ldiriladigan   va   o‘rganilayotgan   kursning   muhim     g‘oyalari
ochib   beriladigan   darslar   hisoblanadi.   Umumlashtiruvchi   darslar   mavzu,
bo‘lim   va   o‘quv   kurslarining   yakunida   o‘tkaziladi.   Kirish   va   yakunlash
darsning   tarkibiy   elementi   hisoblanadi.   Takrorlash   va   umumlashtirishning
o‘zi   hikoya,   qisqacha   xabarlar,   darslikni   o‘qib   berish   yoki   o‘qituvchining
o‘quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Tekshirish   (nazorat)   darslari   o‘qituvchiga   o‘quvchilarning   ma’lum
sohadagi   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalari   shakllanganlik   darajasi,   o‘quv
materialini   egallashdagi   kamchiliklarni   aniqlash,   shuningdek,   navbatdagi
topshiriqlarning bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish
darslari o‘quvchidan ushbu mavzu bo‘yicha uning hamma bilim, ko‘nikma va
malakalarini qo‘llashini talab etadi. Tekshirish og‘zaki hamda yozma shaklda
ham  amalga oshirilishi mumkin.
Y u qorida   ifodalangan   hamma   darslarning   majburiy   elementi   tashkiliy   va
yakuniy   bosqich   hisoblanadi.   Tashkiliy   bosqich   maqsadlarni   qo‘yish   va
ularni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini
yaratish,   o‘quv   faoliyati   motivlarini   dolzarblashtirish   va   materialni   idrok
etish,   anglash,   eslab   qolish   yuzasidan   beriladigan   ko‘rsatmalarni
shakllantirishni ko‘zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish   qayd   etiladi,   ularga   erishishda   barcha   yoki   yakka   o‘quvchilarning
alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Ta’limning   tashkiliy   shakli   sifatida   dars   dinamik   hodisadir.   U   pedagogik
jarayonning   yaxlitligini   ta’minlaydi   va     ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish
vazifalarini ijobiy echimini topishga imkon beradi. 
Dars   rivojlanishining   asosiy   tendensiyalari   darsga   bo‘lgan   talablarda
o‘zining aniq ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
- fanning ilg‘or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish,
darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
- darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini
ta’minlash;
- o‘quvchilarning   qiziqishlari,   layoqati   va   talablarini   hisobga   olish
asosida   ular   tomonidan   bilimlarning   puxta   o‘zlashtirilishi   uchun   zarur
sharoitlarni yaratish;
- o‘quvchilar anglab etadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish;
- ilgari   o‘rganilgan   bilim   va   malakalari,   shuningdek,
o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
- shaxsning   har   tomonlama   rivojlantirishni   motivatsiyalash   va
faollashtirish;
- o‘quv-tarbiyaviy   faoliyat   barcha   bosqichlarining   mantiqiyligi   va
emotsionalligi;
- pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
- zarur   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar,   fikrlash   va   faoliyat   ratsional
usullarini shakllantirish; 
- mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
- har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin
qilish. Har   bir   dars   quyidagi   uchta   asosiy   maqsadga   erishishga   yo‘naltiriladi:
o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish . Ana shularni hisobga olib darsga umumiy
talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga  har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq
belgilash,   darsni   axborotlar   bilan   boyitish,   ijtimoiy   va   shaxsiy   ehtiyojlarni
hisobga   olish   bilan   mazmunini   optimallashtirish,   idrok   etish   eng   yangi
texnologiyalarini   kiritish,   turli   xildagi     shakli,   metodlari   va   ko‘rinishlaridan
mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish,
jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli
shakllaridan   birga   foydalanish,   operativ   qayta   aloqani   ta’minlash,   amaliy
nazorat   va   boshqaruvni   amalga   oshirish,   ilmiy   mo‘ljal   va   darsni   mahorat
bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga   nisbatan   qo‘yiladigan   tarbiyaviy   talablar   o‘quv   materialining
tarbiyaviy   imkoniyatlarini   aniqlash,   darsdagi   faoliyat,   aniq   erishilishi
mumkin   bo‘lgan   tarbiyaviy   maqsadlarni   shakllantirish   va   qo‘yish,   faqat
o‘quv   ishlari   maqsadlari   va   mazmunidan   tabiiy   ravishda   kelib   chiqadigan
tarbiyaviy     masalalarni   belgilash,   o‘quvchilarni   umuminsoniy   qadriyatlarda
tarbiyalash,   hayotiy   muhim   sifatlar   (tirishqoqlik,   tartiblilik,   mas’uliyatlilik,
intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va
boshqalar)ni   shakllantirish,   o‘quvchilarga   diqqat-e’tiborli   munosabatda
bo‘lib,   pedagogik   odob   talablariga   amal   qilish,   o‘quvchilar   bilan   hamkorlik
va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat.
Barcha   darslarda   doim   amalga   oshirilib   boriladigan   rivojlantiruvchi
talablarga   o‘quvchilarda   o‘quv-o‘rganish   faoliyati   ijobiy   sifatlari,   qiziqish,
ijodiy   tashabbuskorlik   va   faollik   shakllantirish   hamda   rivojlantirish,
o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish,
“rivojlanishning yaqin  zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib  ketish” darajasidagi
o‘quv   mashg‘ulotlarini   tashkil   etish,   rivojlanishidagi   yangi   o‘zgarishlarni rag‘batlantirish,   o‘quvchilarning   intellektual,   emotsional,   ijtimoiy
rivojlanishlaridagi   «sakrash»larni   oldindan   ko‘ra   bilish,   boshlanayotgan
o‘zgarishlarni   hisobga   olish   asosida   o‘quv   mashg‘ulotlarini   operativ   qayta
qurish kabilar kiradi.
Nostandart   darslar .     XX   asr   70-yillari   o‘rtalarida,   milliy   maktablarda
o‘quvchilarning   mashg‘ulotlarga   qiziqishlarining   pasayish   xavfi   aniqlandi.
Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga
alohida   e’tibor   qaratildi.   Nostandart   dars   an’anaviy   tuzilishdagi
improvizatsion o‘quv mashg‘ulotidir. 
Pedagogik   adabiyotlarni   tahlil   qilish   nostandart   darslarning   o‘nlab   turlari
mavjudligini ko‘rsatdi. Ular orasida  “berilish” darsi, amaliy o‘yinlar, matbuot
konferensiyalari,   ijodiy   hisobotlar,   musobaqalar,   KVN   turidagi   o‘yinlar,
tanlov,   teatrlashtirilgan   darslar,   binar,   kompyuterli   darslar,   fantaziyalar,
“sudlar”,   haqiqatni   izlash,   “paradokslar”,   auksionlar,   dialoglar   va   boshqalar
ko‘zga tashlanadi.
O‘qituvchining   darsga   tayyorgarligi.   Darsning   samaradorligi   uning
puxta   tayyorlanganligi   va   samarali   tashkil   etilganligi   bilan   bog‘liq.   YAxshi
rejalashtirilmagan,   etarlicha   o‘ylab   chiqilmagan,   shoshilinch     tuzilgan   va
o‘quvchilar   imkoniyatlariga   moslashtirilmagan   dars   sifatli   bo‘la   olmaydi.
Darsga tayyorgarlik   aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni
ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks
chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining   darsga   tayyorgarligida   quyidagi   uchta   bosqich   ko‘zga
tashlanadi:   tashxislash,   bashoratlash,   loyihalashtirish   (rejalashtirish).   SHu
bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib
borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini  bo‘lajak mashg‘ultning
algoritmlari,   samaradorligi   bog‘liq   bo‘lgan   omillar   va   holatlarni   hisobga
olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi. Algoritmni   amalga   oshirish   aniq   sharoitlarni   diagnostika     qilish   bilan
boshlanadi.   Tashxis   didaktik   jarayon   kechadigan   barcha   sharoitlarni
oydinlashtirish,   uning   natijalarini   belgilashdir.   Unda   o‘quvchilarning
imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari,
qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati,
uning   amaliy   ahamiyati,   dars   tuzilishi,   yangi   axborotni   o‘zlashtirish,
mustahkamlash   va   tizimlashtirish,   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini   nazorat
qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. 
Bashoratlash   bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash
va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. 
Loyihalashtirish   (rejalashtirish )   o‘quvchilarning   o‘quv   faoliyatini
boshqarish   dasturini   yaratish   bo‘lib,   u   darsga   tayyorlanishning   yakuniy
bosqichi   hisoblanadi.   Loyiha   (boshqarish   dasturi)   qisqa   va   aniq,   erkin
tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan
va  qachon  so‘rash,  qaerda  mavzuni  kiritish,  mashg‘ulot  keyingi    bosqichiga
qanday   o‘tish,   oldindan   ko‘zda   tutilmagan   qiyinchiliklar   yuzaga   kelganida
jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon
beruvchi   hujjatdir.   Boshqarish   dasturi   darsning   an’anaviy   rejasidan
boshqarish   ta’sir   ko‘rsatishlarini   aniq   va   tushunarli   belgilab   olish   bilan   farq
qiladi.
Ta’limning yordamchi shakllari.   Ta’limning yordamchi shakllari: to‘garak,
praktikum,   seminar,   konferensiya,   maslahat   (konsultatsiya),   fakultativ
mashg‘ulot,   o‘quv   ekskursiyalari,   o‘quvchilarning   mustaqil   uy   ishlari   va
boshqalar sanaladi. 
Maktabdan   tashqari   mashg‘ulotlarning   asosiy   va   barqaror   turlariga   o‘qish
jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning   mustaqil uy
ishlari  kiradi.  Uning asosiy maqsadi  – darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma
va   malakalarini   kengaytirish,   chuqurlashtirish,   ularni   esdan   chiqarishning oldini   olish,   o‘quvchilarning   individual   layoqati,   iste’dod   va   qobiliyatini
rivojlantirishdan   iborat.   Bu   ishlar   o‘quv   dasturi   talablari,   o‘quvchilarning
qiziqish     va   ehtiyojlari   hamda   ularning   rivojlanish   darajalarini   hisobga   olib
quriladi.   O‘quvchilarning   mustaqil   uy   ishlari     ma’lum   didaktik   vazifa larni
bajaradi.   CHunonchi,   darsda   o‘zlashtirilgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni
mustahkamlash,   sinfda   ishlab   chiqilgan   o‘quv   materialini   kengaytirish   va
chuqurlashtirish,   mashqlarni   mustaqil   bajarish   ko‘nikmalarini   shakllantirish,
dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish
asosida   mustaqil   fikrlashini   rivojlantirish,   individual   kuzatishlar,   tajribalar,
gerbariy,   tabiiy   namunalar,   otkritkalar,   rasmlar,   gazeta   va   jurnal   lavhalari
statistik   ma’lumotlar   kabi   o‘quv   qo‘llanmalarini   to‘plash   va   tayyorlash   va
boshqalar.
Darslarda   pedagogning   o‘quvchilar   tomonidan   uy   vazifalarining   halol
bajarishlariga   kam   e’tibor   berayotganliklari,   ularni   sinfda   tekshirishga
uninmasliklari,     yaxshi   o‘zlashtirayotgan   o‘quvchilarni   rag‘batlantirib
bormasliklari   ta’lim   amaliyotda   keng   tarqalgan   kamchilik     hisoblanadi.   Uy
vazifalarini   tushuntirib   berishga   ko‘pincha   vaqt   etmaydi,   ular   shoshilinch
beriladi.   Pedagoglar   kamdan-kam   hollarda,   o‘quvchilar   uy   vazifasini
bajarayotganda   duch   keladigan   qiyinchiliklarini   ko‘rsatib   beradilar,   ularni
bartaraf   etish   yo‘lini   esa   ko‘rsatmaydilar.   Natijasida   mustaqil   uy
vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi. 
Fan   to‘garaklari   yo‘nalishi,   mazmuni,   ish   metodi,   o‘qish   vaqti   va   boshqa
jihatlari   bilan   ajralib   turadi.   Ular   o‘quvchilarning   qiziqish   va   qobiliyatlarini
rivojlantirish,   o‘qishga   ijobiy   munosabatni   shakllantirishga   yordam   beradi..
To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni
rivojlantiradi.   Fan   to‘garaklarida   o‘quvchilarning   ishlari   o‘quv   jarayonini
faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi. Ta’limning   yordamchi   shakllariga   ekskursiyalar   ham   kiradi.   Ular
ommaviy ,   guruhli   va   kichik   guruhli   bo‘lishi   mumkin.   O‘quv   ekskursiyalari
alohida   fanlar   hamda   bir   qancha   fanlar   bo‘yicha   ham   rejalashtiriladi.
Ekskursiyani   muvaffaqiyatli   o‘tkazish   uchun   o‘qituvchi   unga   puxta
tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani
ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi
kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi,
o‘quvchilar idrok  etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun
zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani
o‘tkazish   metodikasi   mavzu,   didaktik   maqsad,   o‘quvchilarning   yoshi,
ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktab   o‘quv   rejasi   turli   fakultativ   va   tanlovi   bo‘yicha   kurslarni   tashkil
etishni   ko‘zda   tutadi.   Ular   o‘quvchilar,   ularning   ota-onalari   istak   va
qiziqishlarini   hisobga   olish   bilan   ishlab   chiqiladi.   Amaliyotda   fermerlik,
iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika,
psixologiya,   etika,   antik   tarix,   botanika   ba’zi   sohalari,   ikkinchi   chet   tili,
etnografiya,   stenografiya,   kutubxona   ishi,   rassomchilik,   musiqa   kabi
kurslarni   fakultativ   sifatida   o‘rganiladi.   Fakultativ   va   fanlarni   ro‘yxatini
aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab
imkoniyatidan   kelib   chiqiladi.   Fakultativ   va   tanlovi   bo‘yicha   mashg‘ulotlar
majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi
kerak.
Maslahat   (konsultatsiya   -   o‘quv   suhbati) ga   talablar   ko‘pincha
o‘quvchilarning   ma’lum   o‘quv   materiali   yoki   topshirig‘i   ustida   mustaqil
ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi savol beradi. To‘g‘ri
tashkil   etilgan   konsultatsiya   o‘quvchilarga   o‘quv   materialini   egallashda
qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida  o‘qituvchi
o‘quvchilar   faoliyatini   u   yoki   bu   masalani   to‘g‘ri   tushunishga   mustaqil keladigan,   ular   uchun   qiyin   topshiriqni   tushunib   oladigan   qilib,
o‘rganilayotgan   materialni   mohiyatini   ochishga   o‘rganadigan   qilib
yo‘naltiradi.   Konsultatsiya   o‘qituvchiga   o‘quvchilar   bilimlaridagi
kamchiliklarni   aniqlash,   alohida   e’tibor   berishni   talab   etuvchi   vaziyatlarga
ularning   diqqatini   jalb   etishga   imkon   beradi.   To‘g‘ri   tashkil   etilgan
konsultatsiya   o‘quvchilarda   o‘zini   nazorat   qilish,   bilimlarga   tanqidiy   ko‘z
bilan   qarashni   tarbiyalaydi.   O‘qimishlilik   darajasini   to‘g‘ri   aniqlashga
yordam beradi.  Adabiyotlar
1.Авесто. Қадимги Шарқ адабиёти. – Москва,  МДНМ, 1984, -с. 352.
 
2.Раҳимов   С.Р.   Абу   Али   ибн   Синонинг   психологик-педагогик
қарашлари. – Тошкент, Ўқитувчи, 1978, - 103-бет.
3.Анатомия педагогической мўсли Узбекистана. – Москва,  1986.
М.Тохиров.   Мирзо   Улу g ’бекнинг   педагогик   қарашлари.   –
Тошкент, Фан, 1984.
4. Х VI -Х VII   асрларда   ¢ арбий   Русияда   биродарлик   ва   диний-
маърифатпарварлик деб аталувчи ташкилотлар пайдо б ў лади.
5.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
6 .   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
7. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
8.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
9. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
10. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim samaradorligi omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
11.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Mavzu: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari. Reja: 1. T a’limni tashkil etishning turli shakllari . 2. Darsda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini tashkil etish zamonaviy shakllarining turlari. 3. Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli .

Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksion-seminarli va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktab va maktabdan tashqari . Ular o‘quvchilarni qamrab olishi, o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o‘qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko‘ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: 1) individual; 2) sinf-darsli; 3) ma’ruza -seminarli. Qadim zamonlarda mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan- avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo‘lishi bilan qavm boshlig‘i turli belgilar yordamida o‘zining tajribalarini yoshlarga o‘rgatgan. O‘qituvchi va o‘quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko‘rsatish mumkin. O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan. Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun bu usuli bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning usutunligi o‘quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to‘la individualashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta’lim o‘qituvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo‘lishini talab etadi. Individual o‘qitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1) vaqtning tejamli emasligi; 2) o‘qituvchi ta’sirining cheklanganligi (o‘qituvchining vazifasi o‘quvchiga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat); 3) boshqa o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi); 4) jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi. Mazkur sabablar XVI asrdan boshlab individual o‘qitish usulining ahamiyati pasayib, uning o‘rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi. Ta’limning individual-guruhli shaklidagi Ye vropada, XVI asrda keng foydalana boshladilar. Markaziy Osiyo davlatlarida bu usuldan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo‘la oladi, bu davrda o‘quvchilar uchun asosiy o‘quv qo‘llanma zardushtiylikning muqaddas manbai “Avesto” (eramizdan avvalgi VII-XVI asrlar) bo‘lib kelgan. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda individual o‘qitish jamoali o‘qitish bilan birga olib borilar edi. O‘qituvchi “Avesto” kitoblaridan birini ochadi va o‘quvchilar navbatma-navbat kelib ovoz chiqarib o‘qiydilar, keyin esa hamma birgalikda o‘qilganni takrorlaganlar, mashqlarni maxsus taxtachalarda yozganlar. Aqliy mashqlar o‘qituvchining o‘quvchi bilan erkin suhbati davomida olib borilgan. Jismoniy tarbiyalash individual va jamoali mashg‘ulotlar shaklida amalga oshirilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsadi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat bo‘lgan. Otda yurish, ov qilish, qilichdan foydalanishni bilish, suvda suzish, yugurish, nayza otish va shu kabilar harbiy tayyorgarlikning majburiy turlari hisoblangan. Ta’lim olish jarayoni kun chiqqandan kun botgungacha davom etgan, uy vazifalari mavjud bo‘lmagan 1 . 1 1 Авесто. Қадимги Шарқ адабиёти. – Москва, МДНМ, 1984, -с. 352.

XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tadbiri manzil” nomli ilmiy asarining maxsus “Amuzish va parvarishi modrasas farzand” («Bolalarni maktabda o‘qitish va tarbiyalash») bo‘limida o‘quvchilarga jamoali o‘qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi: 1) agarda o‘quvchilar birgalikda o‘qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o‘rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o‘zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o‘qishi yaxshilanishiga yordam beradi. 2) o‘zaro suhbatlarda o‘quvchilar kitobdan o‘qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma’lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar; 3) bolalar birgalikda, yig‘ilganlarida bir-birilari bilan do‘stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir- birlariga o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag‘rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o‘rganadilar 2 . Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo‘lida o‘quvchiga maslahatlar» nomli o‘zining ilmiy asarida dars olib borish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Uning ko‘p yillik dars o‘tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha o‘ziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. O‘qituvchi maktabda darsga tushinish va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan o‘quv materiallarini tanlab olishi, darsda o‘rganilagandigan materiallarni tushuntirib berishi kerak. O‘quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda o‘zlashtirilsin. S h uning uchun u katta matnlarni qismlarga bo‘lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi 1 . 2 2 Раҳимов С.Р. Абу Али ибн Синонинг психологик-педагогик қарашлари. – Тошкент, Ўқитувчи, 1978, - 103-бет . 1 1 Анатомия педагогической мўсли Узбекистана. – Москва, 1986.

XV asrda jamoali o‘qitishni tashkil etish g‘oyasini Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek davom ettiradi. Mutafakkir o‘zining madrasalarida individual mashg‘ulotlar tizimini bekor qiladi va “jamoa” sinf-dars tizimiga yaqin bo‘lgan shaklini joriy qiladi. Umumiy ma’ruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda, o‘z sohasida mashhur bo‘lgan olim mudarris (o‘qituvchi-professor) o‘qiydi, amaliy mashg‘ulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhda kichik mudarris (o‘qituvchi) olib boradi. O‘qitishning muhim metodlari munozara va tortishuvlar hisoblangan. Samarqand madrasasida ma’ruzalarni allomaning o‘zi va Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, Ali Qushchi, Avaz Kirmani kabi va boshqa mashhur olimlari o‘qiganlar. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek va uning izdoshlari tomonidan matematika, metafizika, astronomiya, georafiya, tarix fanlaridan yangi darsliklar yaratildi, bu darsliklar oddiy va tushunarli shaklda yozilgan. Lekin “jamoa” usulida ham o‘zining salbiy tomonlari bo‘lgan. Jamoa usulida XX asr maktabida mashhur bo‘lgan guruhli-laboratoriya metodida bo‘lgani kabi o‘zlashtirishni individual xususiyati hisobga olinmagan. Yaxshi o‘zlashtirmagan ba’zi shogirdlar ham ilg‘orlar qatorida bir qo‘llanmani o‘rganishdan boshqasini o‘rganishga o‘z-o‘zidan o‘tavergan, kerakli bilimni egallay olmagan holda madrasani bitirib chiqadilar 2 . Individual-guruhli shaklining mazmuni mashg‘ulotlarni o‘qituvchi bir o‘quvchi bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha bo‘lgan turli yoshdagi bolalar guruhi bilan olib borishidan iborat edi. O‘qituvchi navbat bilan har bir o‘quvchidan o‘tilgan materialni so‘raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar beradi, qolgan bolalar o‘z ishlari bilan shug‘ullanadilar. O‘qishni bunday tashkil etishda, bolalar mashg‘ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo‘lgan. 2 2 М.Тохиров. Мирзо Улу g ’бекнинг педагогик қарашлари. – Тошкент, Фан, 1984.