logo

TA’LIMNI TASHXIS ETISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

39.0244140625 KB
TA’LIMNI   TASHXIS   ETISH
R EJ A :
1. O’quvchilar bilimini tashxis etishning mohiyati .
2. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari.
3. Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar.
4. O’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   baholash
mezonlari .
5. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari. Ta’lim   tashxisi   mohiyati   haqida   gapirishdan   oldin   tashxisni   umumiy
yondashuv  hamda   tashxislashni  amaliy  pedagogik   faoliyat  jarayoni   sifatida  qabul
qilamiz.   Tashxis   –   bu   didaktik   jarayon   kechadigan   barcha   sharoitlarni
oydinlashtirish,   uning   natijalarini   belgilash   demak.   Tashxissiz   didaktik   jarayonni
samarali   boshqarish,   mavjud   sharoit   uchun   optimal   natijalarga   erishish   mumkin
emas.
Ta’lim   tashxisida   oqibatlar,   erishilgan   natijalar   va   ta’lim   olganlik
farqlanadi. Shuningdek, ta’lim olganlikni tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni
amalga   oshirishda   erishilgan   daraja   sifatida   ham   qaraladi.   Didaktik   tashxisning
maqsadi   o’quv   jarayonini   uning   samaradorligi   bilan   bog’liq   holda   aniqlash,
baholash va tahlil qilishdan iborat.
Yuqoridagilardan   ma’lum   bo’ladiki,   tashxis   ta’lim   oluvchilarning   bilim,
ko’nikma   va   malakalarini   an’anaviy   tekshirishga   nisbatan   kengroq   va   chuqurroq
ma’no   kasb   etadi.   Ta’limni   baholash   yoki   tekshirish   faqat   natijalarni   qayd   etadi,
biroq   ularning   kelib   chiqishini   izohlamaydi.   Tashxis   natijalarini   ularga   erishish
yo’llari   va   vositalari,   usullari   bilan   aloqadorlikda   baholaydi,   ta’lim   samarasini
ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi:
O’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   nazorat   qilish,   baholash
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning
ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy
hamrohi   bo’lib   kelgan.   Shunga   qaramay,   bugun   ham   baholashning   mazmuni,
texnologiyalari   haqida   qizg’in   munozaralar   davom   etmoqda.   Avval   bo’lgani   kabi
pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar.  Ularning
fikrlaricha, bahoning: 
1) ta’lim   oluvchining   o’zlashtirish   darajasini   qat’iy   belgilovchi   –   sifat
ko’rsatkichi, yoki; 
2) u   yoki   bu   ta’lim   tizimining   ustunligi,   kamchiliklarini   ko’rsatuvchi
ko’rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur.
Ta’limni   baholashda   ziddiyatli   qarashlarning   tug’ilishini   buyuk   pedagog
Ya.A.Komenskiy   ham   ta’kidlab   o’tgan   edi.   U   pedagoglarni   o’zlari   ega   bo’lgan baholash   huquqidan   aql   bilan   foydalanishga   chaqirgan.   Ta’lim   oluvchilarga
nisbatan   nazoratning   obyektiv   bo’lishiga   erishish   didaktik   tizimlarning   asosida
yotadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal)
nazorat  bo’lmasligi  lozim, Didaktik nazorat  ta’limning o’ziga  xos metodi  sifatida
aniq   ifodalangan   ta’lim   beruvchi,   rivojlantiruvchi   xususiyatga   ega   bo’lishi   o’z-
o’zini   nazorat   qilish   bilan   birlashishi,   eng   avvalo,   ta’lim   oluvchining   o’zi   uchun
zarur va foydali bo’lishi lozim.
Ta’lim   tizimini   demokratlashtirish   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   nazorat
va   baholashdan   emas,   balki   baho   yordamida   o’qishga   undashning   murakkab
shakllaridan   voz   kechishni   talab   qiladi.   O’quvchilarning   o’quv   mehnatini
rag’batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to’plab
borayotgan   shaxsiy   foyda     tamoyili   yangicha   yondashuvlarni   belgilab   beradi.
Tashxislash   tizimida   baho   rag’batlantirish   vositasi   sifatida   bir   qator   afzalliklarga
ega.   Birinchi   navbatda,   baholovchi   fikrlar   (ballar)   qo’llanishi   mumkin   bo’lgan
tashxislash   natijalari   shaxsning   yetuklik   darajasini   belgilashga   ko’maklashadi,   bu
esa   raqobatli   ta’lim   sharoitlarini   yaratishda   muhim   omil   sanaladi.   Ta’lim
(shuningdek,   nazorat)ning   ixtiyoriyligi   tamoyili   bilan   boyitilgan   baho   o’tmishda
o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting
– shaxsning jamiyatdagi mavqyei ko’rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.
Ta’lim   jarayonida   nazorat   va   hisobga   olishning   vazifalari.   Ta’lim
jarayonining   muhim   tarkibiy   qismlaridan   biri   -   nazorat   va   hisobga   olishdir.     Bu
tushunchalar   o’ziga   xos   mohiyat   va   xususiyatlarga   ega.   O’qituvchi   nazorat   va
hisobga   olishni   to’g’ri   tashkil   etsa,   ta’lim   jarayonining   samaradorligi   ortadi.
Buning uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini
aniqlab berishi lozim.
Nazorat   (ta’lim   jarayonida)   ta’lim   oluvchining   bilim,   ko’nikma   va
malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash
va o’lchash tekshirish deb ham ataladi.  Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan
o’quv   materialini   o’zlashtirish   haqida   obyektiv   axborot   olinishi,   bilimlardagi
kamchilik   va   nuqsonlarni   o’z   vaqtida   aniqlashni   ta’minlashdir.   Tekshirishning
maqsadi   nafaqat   o’quvchining   bilim   darajasi,   sifati,   shuningdek,   uning   o’quv
mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan
avvalgi   o’quv   yilida   o’zlashtirilgan   bilimlari   darajasini   aniqlash   maqsadida
o’tkaziladi.  Bu kabi  tekshirish,  shuningdek, o’quv yilining o’rtasida  yangi  bo’lim
(kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi mumkin va o’rinli.
Bilimlarni   tekshirishning   ikkinchi   bosqich   har   bir   mavzuni   o’zlashtirish
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv
dasturida   belgilangan   ayrim   alohida   elementlarni   o’zlashtirish   darajasini
tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan
muayyan   vaziyatni   o’rganishdir.   Bunday   tekshirish   shakl   va   metodlari   turlicha
bo’lib,   ular   o’quv   materiali   mazmuni,   murakkabligi,   o’quvchilarning   yoshi   va
tayyorgarligi,   ta’lim   bosqichi   va   maqsadlari,   muayyan   pedagogik   sharoitlarga
muvofiq belgilanadi.
Oraliq   tekshirish   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   tekshirishning   uchinchi
bosqichi   sanalib,   o’quvchilarning   o’quv   materialining   muayyan   bob   yoki
bo’limlari   bo’yicha   o’zlashtirgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalari   darajasini
aniqlash, baholash shakli. Yangi  mavzuni  o’rganish bilan birga o’quvchilar avval
o’zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga
ko’maklashadi,   biroq   o’quv   ishlari   bosqichini   tavsiflash,   bilimlarning
mustahkamlik darajasini tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl
va metodlari bilan birga qo’llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi.
Tizimning   to’rtinchi   bosqichi   –o’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va
malakalarini   yaxlit   bo’lim   yoki   kursning   alohida   mavzusi   bo’yicha   davriy
tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o’rganilgan   o’quv   materialining   strukturaviy   elementlari   o’rtasidagi   o’zaro
aloqalarni o’zlashtirish sifatini tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi –
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni   tashkil   etishda   beshinchi   bosqich   ta’lim   oluvchilarning   ta’lim
jarayonining   barcha   bosqichlarida   egallangan   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini
yakuniy   tekshirish   va   hisobga   olishdir.   O’zlashtirishning   yakuniy   hisobi   har   bir
chorak   va   o’quv   yili   oxirida   o’tkaziladi.   U   olingan   baholarni   qo’shib,   o’rtacha
arifmetik   ballni   mexanik   tarzda   chiqarishdangina   iborat   bo’lmasligi   lozim.   Bu,
avvalo,   mazkur   bosqichda   belgilangan   maqsadga   muvofiq   tarzda   mavjud   bilim
darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho
(natija   sifatida)   ham   oladi.   O’zlashtirish   tabellari,   sinf,   guruh   jurnallari,   reyting
daftarchalari   va   shu   kabilarda   baholar   shartli   belgilar,   kod   signallari,   xotiralash
belgilari   va   hokazolar   baho   ko’rinishida   qayd   etiladi.   O’quvchining   o’zlashtirish
darajasini   baholash   uchun   nazorat   yakunlari   (natijalari)   asos   bo’ladi.   Bunda
o’quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor
ko’rsatkichlari ko’proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko’rsatkichlari esa a’lo, yaxshi,
qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi
fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko’rsatkich (masalan, o’rin
– 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o’lchash va hisoblashlar natijasida
olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik
muhim. Baholovchi son sifatida qo’llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir
qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.  
Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bilan davlat ta’lim
standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy
hajmi   o’rtasidagi   nisbat   sifatida   tushunish   (ta’riflash)dan   ta’lim   darajasining
miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi
BqAG’T yuz foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda: 
B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi; T   –   o’zlashtirish   nazarda   tutilgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalarning   to’liq
hajmi.
Ko’rinib   turibdiki,   o’zlashtirish   ko’rsatkichi   (baho)   bu   o’rinda   100   foiz   –
axborotni to’liq o’zlashtirish va 0 foiz – uning umuman mavjud emasligi o’rtasida
bo’ladi.   Ma’lumki,   baholash   funksiyasi   ta’lim   darajasini   qayd   etish   bilangina
cheklanmaydi.   Baho   –   ta’lim   oluvchilarga   ularning   ta’lim   olishi,   bilimlarni
o’zlashtirishga   nisbatan   ijodiy   yondoshishini   rag’batlantirish   maqsadida   ta’sir
ko’rsatish   vositasi.   Aynan   xolis   (obyektiv)   baholash   ta’sirida   o’quvchilarda
adekvat o’z-o’zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga
keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o’quvchilar o’quv
faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni  ta’minlaydigan
ko’rsatkichlarni izlab topishni taqozo etadi.
Hisobga   olish   ta’limning   muayyan   davrida   o’quvchilar   va   o’qituvchi
faoliyatini umumlashtirish, xulosalash demakdir.
O’quvchilarning   o’zlashtirish   natijalarini   hisobga   olishda   quyidagilarga
e’tiborni qaratish lozim:
1) o’quv   dasturi   asosida   mavzu   va   bulimni   o’rganishda   o’quvchilarning   bilim,
ko’nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
2) har   bir   yakunlangan   mavzu   bo’yicha   o’quvchilarning   faoliyati   to’g’risida
xulosa chiqarish;
3) o’rtacha   arifmetik   ma’lumotlarga   tayanibgina   o’quvchilarning   o’zlashtirish
darajasini baholamaslik;
4) o’quvchilarning   mavjud   bilimlariga   aniq,   batafsil   ma’lumot   (tavsif)   berish
uchun   ularning   bir   necha   o’quv   yilidagi   statistik   o’zlashtirish   ma’lumotlarga
asoslanib tahlil etish. 
Demak,   o’zlashtirishni   nazorat   qilish   va   hisobga   olish   nazorat,   o’qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:  Nazorat   qilishning   asosiy   vazifasi   o’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va
malakalari   darajasini   aniqlash   va   baholashdan   iborat.   Bu   o’quv   materiallarini
o’rganishning   keyingi   bosqichiga   o’tish   imkoniyatlarini   aniqlashtiradi   va
o’qituvchining   o’quv   metod   hamda   usullarini   to’g’ri   tanlaganini   nazorat   qiladi.
Nazorat qilish vazifasi o’quv materiallarini o’rganishning maqbul yo’llarini topish
bilan bog’liqdir.
Ta’lim   vazifasi   o’quvchilarning   bilimini   tekshirishda   aniq   ko’rinadi.   Yangi
mavzuni   mustahkamlash   jarayonida   yoki   uy   vazifalarini   tekshirishda
o’quvchilarning   o’tilgan   mavzuni   takrorlashga,   ular   uchun   tushunarsiz   bo’lgan
ma’lumotlarni   bilish   olishlariga   imkon   tug’iladi.   Chunki   guruhdagi   boshqa
o’quvchilar   javob   berayotgan   o’quvchining   fikrlarini   diqqat   bilan   tinglashadi   va
avval   egallangan   bilimlarni   mustahkamlab,   qo’shimcha   ma’lumotlar   bilan
boyitiladi.   O’rtoqlarining   javoblariga   qo’shimcha   qilishga   yoki   qolgan   savollarga
javob   berishga   shaylanish   orqali   o’rganilgan   mavzuni   aniqlashtirishga   harakat
qiladi.
Nazoratning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, o’quvchilar tekshirishga
tayyor bo’lish uchun darslarni o’z vaqtida tayyorlaydilar,bo’sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o’rganadilar.
Shuningdek,   tekshirish   va   baholash   o’quvchining   o’z   bilimlari   va
qobiliyatlarini   o’zi   mustaqil   aniqlashiga   ham   yordam   beradi.   O’zidagi
kamchiliklarni   ko’ra   olishga   va   uni   tugatish   yo’llarini   izlashga   ko’maklashadi.
Lekin   o’quvchining   bilimini   baholashda   o’qituvchi   nohaqlikka   yo’l   qo’ysa,
o’quvchi   bilan   o’qituvchi   o’rtasida   ziddiyat   kelib   chiqadi.   Uy   vazifalarining   esa Nazorat qilish va hisobga olish
O’qitishNazorat
Tarbiyalash Rivojlantirish
Назорат қилиш ва ҳисобга олиш вазифалари haddan   ziyod   ko’p   bo’lishi   ham   o’quvchilarning   yuzaki   dars   tayyorlashiga   olib
keladi.
Eng   asosiysi   o’zlashtirishni   hisobga   olish   shaxsning   ijobiy   fazilatlarini
shakllantirish,   yaxshi   o’qishga   xohish   uyg’otish,   o’quv   ishlariga   vijdonan
yondashish,   javob   berishga   tayyorlanishda   mustaqil   bo’lish   hamda   bilish
faoliyatini chuqurlashtirishga yo’naltirilmog’i lozim.
Agar   nazoratning   o’qitish   va   tarbiyalash   vazifalari   to’g’ri   amalga   oshirilsa,
shaxsning   tafakkurini   rivojlantirish   hamda   his-tuyg’ulari   va   axloqiy   sifatlarini
tarbiyalashga imkon tug’iladi. Bu o’z-o’zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi
sanaladi.
O’qituvchi   mazkur   vazifalardan   xabardor   bo’lish   asosida   o’quvchilarning
o’zlashtirish darajasini hisobga olishni to’g’ri tashkil etadi.
Ta’lim   natijalarini   tekshirish   va   baholashga   qo’yiladigan   talablar.
O’quvchilarning ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan pedagog
talablar   (buni   pedagog   olim   N.A.Sorokin   ta’rifida   berishni   ma’qul   deb   topdik)
ta’lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan:
1) har   bir   o’quvchining   o’quv   faoliyatini   nazorat   qilishni   talab   etadigan,   sinf
yoki   guruhning   o’quv   ishi   natijalari   o’quvchining   shaxsiy   natijalarining   o’rnini
almashtirishga yo’l bermaydigan nazoratning individual tavsifi;
2) nazoratni   ta’lim   jarayonining   barcha   bosqichlarida:   boshlang’ich   idrok
etishdan to bilimlarni amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida o’quvchilarning
o’quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi;
3) nazoratning   o’qitish,   tarbiyalash   va   rivojlantirish   vazifalarini   hal   etadigan,
uni olib borishga o’quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;
4) o’quv   dasturining  barcha   qismlarini   qamrab   olgan,  o’quvchilarning   nazariy
bilimlari, intellektual hamda amaliy ko’nikma va malakalarini tekshirishdan iborat
nazoratning keng ko’lamliligi;
5) o’quvchilarni   har   jihatdan   bilib   olmasdan   turib,   o’qituvchining   xato
xulosalar   chiqarish,   subyektiv   munosabatda   bo’lishiga   yo’l   qo’ymasligi, shuningdek,   o’zlashtirish   natijalarini   baholashda   baho   mezonlariga   qat’iy   rioya
qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi (obyektivligi);
6) har   bir   fan,   uning   bo’limlarining   maxsus   xususiyatlari,   shuningdek,
o’quvchilarning   shaxsiy   qobiliyatlarini   hisobga   olgan   holda   turli   nazorat
metodlarini tanlashning tabaqalashganligi;
7) muayyan   sinf   (guruh)   o’quvchilarining   o’quv   ishlarini   nazorat   qilishda
barcha o’qituvchilar tomonidan qo’yiladigan talablarning bir xil bo’lishi.
Yuqorida ko’rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi
ortadi va yoquv jarayonida o’z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi.
O’quv   faoliyati   natijalarini   hisobga   olish   turlari,   shakl   va   metodlari.
Pedagogika   fani   bilimlarni   o’z   vaqtida   nazorat   qilish   va   baholashning   uchta
vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1. O’zlashtirishni   nazorat   qilish   va   baholash   natijalariga   qarab   davlat   ta’lim
standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2.   Bilimlarni   nazorat   qilish   va   baholash   natijasida   o’quvchilarda   bilimlar
yanada   kengayadi.   Bu   bilan   ta’lim   muassasalari   oldida   turgan   ta’limiy   maqsad
bajariladi.
3. Ta’lim   sohasida   yaxshi   natijalar   yoshlar   tarbiyasiga   ham   ta’sir   ko’rsatadi,
ularda   ko’tarinki   ruh,   o’z   kuchiga   bo’lgan   ishonch   va   qiziqish   paydo   bo’ladi.
Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining
ajralmas qismidir.
Ana   shu   vazifalardan   kelib   chiqib   o’quvchilar   o’quv   faoliyatini   hisobga
olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.
Har   bir   fan   bo’yicha   o’quvchining   o’quv   faoliyatini   nazorat   qilish   va
baholash   chorak   yoki   yarim   yillik   davomida   muntazam   ravishda   olib   boriladi   va
quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:
- joriy nazorat;
- oraliq nazorat;
- yakuniy nazorat. Joriy nazorat   – bu   ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan   o’quv dasturida
belgilangan   muayyan   mavzularni   o’zlashtirilish   bo’yicha   bilim,   ko’nikma   va
malakalari   darajasini   aniqlash,   baholash   shakli .   Bu   nazorat   o’qituvchi   tomonidan
o’tkazilib,   o’quvchilarning   bilim   darajasini   aniqlash   fanning   har   bir   mavzusi
bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq   nazorat   o’quvchilar   tomonidan   o’quv   materialining   muayyan   bob
yoki   bo’limlari   bo’yicha   o’zlashtirilgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalari   darajasini
aniqlash, baholash shakli.
Yakuniy   nazorat   –   ta’lim   oluvchilarning   chorak   yoki   yarim   yillik   uchun
belgilangan   o’quv   materiallari   bo’yicha   o’zlashtirilgan   bilim,   ko’nikma   va
malakalari   darajasini   aniqlash,   baholash   shakli   bo’lib,   o’rganilgan   mavzular
bo’yicha yozma, og’zaki, test shaklida o’tkaziladi. 
O’quvchilarning   faoliyatini   hisobga   olish   metodlari   og’zaki,   yozma,   test
hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo’lishi mumkin.
Og’zaki   tekshirish.   Bu   metod   bilimlarni   nazorat   qilish   va   baholashning
ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og’zaki   tekshirishning   mohiyati   shunda   ko’rinadiki,   o’qituvchi
o’quvchilarga   o’rganilgan   mavzuning   mazmunidan   kelib   chiqib,   ularning
o’zlashtirish   darajasini   aniqlaydi.   Og’zaki   tekshirish   o’quvchilarning   bilimlarini
tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda
suhbat   usuli   deb   ham   atashadi.   Og’zaki   tekshirishda   o’qituvchi   o’rganilayotgan
mavzuni   alohida   qismlarga   ajratadi   va   ularni   har   biridan   o’quvchilarga   savollar
beradi.   Biroq,   o’quvchilarning   nutqini   o’stirish   hamda   ularning   chuqur   va
mustahkam   bilimga   ega   bo’lishlari   uchun   ulardan   shu   yoki   oldingi   mavzuni
butunlay   esga   tushirishni   talab   qilish   mumkin.   Ko’pgina   fanlarda   og’zaki
tekshirish   o’quvchilarning   javoblarini   yozma   mashqlarni   tashkil   etish   asosida
to’ldirib   boriladi.   Masalan,   o’quvchilarning   «Qo’shma   gaplar»   mavzusini   qanday
o’zlashtirganliklarini   tekshirishda   ana   shunday   yo’l   tutish   mumkin.   Ular   o’z
javoblarini   isbotlash   uchun   misol   keltiradilar.   Bu   misollarni   doskaga   yozib,
sintaktik   va   grammatik   jihatdan   tahlil   qiladilar.   Matematika,   fizika   va   ximiyadan og’zaki   tekshirish   qoidaga   muvofiq   misol   va   topshiriqlarni   amaliy   ko’nikma   va
malakalar   baholash   maqsadidan   kelib   chiqib   hal   etiladi.   Keng   tarqalganligi   va
samarali   ekanligiga   qaramay   o’quvchilarning   bilimlarini   nazorat   qilish   va
baholashda   og’zaki   tekshirish   ayrim   kamchiliklarga   ham   ega.   Chunonchi,   uni
qo’llash jarayonida:
- nisbatan ko’p mehnat sarflanadi;
- dars mobaynida 3-4 nafar o’quvchinigina bilimini tekshirish mumkin. 
Shu   bois   o’quvchilarning   bilimlarini   nazorat   qilish   va   baholashning
muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi. 
          Og’zaki ommaviy tekshirish o’quvchilardan og’zaki so’rash bo’lib, ular
guruhga qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa
bo’ladi.   Mazkur   so’rash   ko’pchilik   o’quvchilarni   nazorat   qilishni   ta’minlaydi   va
butun   guruhni   faollashtiradi,   ammo   o’quvchilarning   nutqini   o’stirmaydi.   Bunday
nuqsonlar   individual   so’rashda   ko’zga   tashlanmaydi.   Ammo   so’rashning   bu
shaklida   guruhdagi   boshqa   o’quvchilarning   to’laqonli   ishlashlariga   erishish   juda
qiyin. 
Kombinasiyalangan   (tezlashtirilgan)   tekshirishda   o’qituvchi   bir   necha
o’quvchini   bir   vaqtda   doskaga   chaqiradi,   biri   og’zaki   javob   beradi,   3-4   nafar
o’quvchi   esa   kartochkalar   bo’yicha   yozma   ishni   bajarishadi   va   hokazolar.   Bu
tekshirishning   murakkab   usuli   bo’lib,   o’qituvchidan   yetarlicha   tajriba   va
diqqatlarini guruhdagi hamma o’quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
Yozma tekshirish  – o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat
qilish   va   baholashning   eng   samarali   usullaridan   biri   bo’lib,   ularning   ijodiy
qobiliyatlarini   baholash   imkonini   beradi.   Mazkur   usulning   mohiyati   shundaki,
o’qituvchi   alohida   mavzu   yoki   o’quv   dasturining   ma’lum   bo’limini   o’tib
bo’lganidan so’ng o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni  tashkil
etadi.   Yozma   tekshirish   topshiriq,   ya’ni,   insho   yozish   hamda   turli   nazorat   va
mustaqil   ishlarni   bajarishni   uyda   ham   amalga   oshirishga   imkon   beradi.   Ushbu
jarayonda   o’qituvchining   bajarilgan   ish   bilan   tanishib   chiqishi,   uning   sifatini
tekshirishi uchun ko’p mehnat va vaqt sarflanadi. Amaliy   topshiriqlarni   bajarishga   asoslangan   tekshirish .   Bajarilayotgan
amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to’g’riligini kuzatish yoki olingan
natijalarga tayanishdan iborat bo’lishi mumkin.
O’quvchining   butun   dars   davomidagi   barcha   faoliyatlarini   nazorat   qilish
tekshirishning   maxsus   turi   bo’lib,   u   o’quvchining   darsdagi   ishtiroki   uchun   ball
qo’yish   bilan   yakunlanadi.   Bu   o’quvchini   doimo   harakat   qilishga   va   faollikka
undaydi.
Ma’lumki,  bugun  ta’lim  tizimida  reyting  nazoratidan  keng  foydalanilmoqda.
Reyting   deganda   baholash,   tartibga   keltirish,   klassifikasiyalash,   bironta   hodisani
oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash tushuniladi.
Shkalalash   –   aniq   jarayonlarni   raqamlar   tizimi   yordamida   modellashtirish.
Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o’zgarishlarga aylantirishga yordam
beradi.
Reyting nazorati asosida o’quvchilarning o’quv faoliyatini hisobga olishning
yuqorida   keltirilgan   metodlari   bilan   birga   test   usulidan   ham   samarali
foydalanilmoqda.   Test   so’rovidan     nafaqat   o’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va
malakalari   darajasini   aniqlash,   balki   1993   yildan   boshlab   O’zbekiston
Respublikasida   abituriyentlarni   oliy   o’quv   yurtlariga   tanlov   asosida   qabul   qilish
jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test   –   aniq   maqsad   asosida   muayyan   holat   darajasini   sifat   va   miqdoriy
ko’rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari  ko’zga tashlanadi. Ular
quyidagilardir:
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
          2)nazariy   va   amaliy   bilim   darajasini   obyektiv   sharoitda   aniqlash
imkonining mavjudligi;
          3)   bir   vaqtning   o’zida   ko’p   sonli   o’quvchilar   bilan   nazoratni   tashkil   etish
mumkinligi;
     4)bilim natijalarining o’qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;      5) barcha o’quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir
xil sharoitning yaratilishi. 
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan
sohadir.
Ta’lim   tizimida   islohotlarni   amalga   oshirish   jarayonida   o’quvchilarning
bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun
kasb   etdi.   Davlat   ta’lim   standartlarining   ishlab   chiqilganligi,   yangi   o’quv
dasturining   amaliyotga   joriy   etilganligi,   erkin   va   mustaqil   fikrlovchi   shaxsni
tarbiyalashga   nisbatan   yuqori   talabning   qo’yilayotganligi,   ta’lim   amaliyotiga
pedagogik   texnologiyalar   olib   kirilayotganligi,   o’quvchilarni   kasbga
muvaffaqiyatli   yo’llash   maqsadida   psixologik   va   pedagogik   diagnostika   barcha
turdagi   ta’lim   muassasalarida   keng   ko’lamda   amalga   oshirilayotganligi   kabi
holatlar   ko’zga   tashlanayotgan   bir   vaqtda   o’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va
malakalarini   eng   samarali   shakl,   metod   va   vositalar   yordamida   nazorat   qilish
hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilar bilimini   baholashning besh balli tizimi ning eskirganligi, zamon
talablariga   javob   bera   olmagani   uni   reyting   tizimi   asosida   baholash   uslubi   bilan
almashtirishni   taqozo   etdi.   Shu   o’rinda   «Qanday   sabablarga   ko’ra   besh   balli
baholash mezoni o’zini oqlamadi?» degan savolga javob berish o’rinlidir:
Birinchidan,   O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy
dasturi» ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni
nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo’llik, o’qituvchining mustabidligi
hamda   uning   ta’lim   jarayonida   yakka   hukmronligini   ta’minlashga   xizmat   qilib
kelgan.
Demak,   ushbu   jarayonda   talab   va   amaldagi   holat   bir-biriga   muvofiq
kelmaydi.
Ikkinchidan,   baholash   mezoni   o’qituvchi   va   o’quvchi   o’rtasida   ixtiloflarni
keltirib   chiqarishga   emas,   aksincha,   o’zaro   faol   hamkorlik,   bir-birini   tushuna
olishlari uchun xizmat qilishi lozim. Uchinchidan,   baholash   mezoni   faqatgina   o’quvchilar   tomonidan   bilim,
ko’nikma   va   malakalarning   o’zlashtirilish   darajasini     nazorat   qilish     uchungina
emas, balki ta’limni tashxis etishning faol ko’makchisiga aylanishi zarur.
Baholashning   besh   balli   tizimi   birdan   beshgacha   farqlanuvchi   dastlabki
baholar   qo’yish   tartibini   bildirib,   mohiyatan   baholar   o’rtasida   yig’indisining
o’rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat.
Masalan,   o’quvchi   biror   o’quv   fanidan   uchta   nazorat   ishini   3,   4   va   5   ga
bajargan, joriy nazorat  bo’yicha ham  shunday  natijalarni  qayd  etgan bo’lsa,  unga
chorak uchun «4» baho qo’yiladi. Bu esa o’quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat
paytida   yaxshi   tayyorgarlik   ko’rib,   ijobiy   baholanishiga,   chorak   oxirida   muayyan
mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga
sharoit yaratadi.
«Reyting»   (inglizcha   baholash,   tartibga   keltirish,   klassifikasiyalash)
muayyan  hodisani   oldindan  belgilangan  shkala  bo’yicha baholash.   Reyting  tizimi
o’quvchilarning   bilim   sifatini   nazorat   qilish   turi,   metodi   va   shakli   sifatida   e’tirof
etilib,   uning   yordamida   o’quvchilarning   o’quv   fanlari   bo’yicha   ta’lim   standartida
belgilangan barcha talablar bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.
Reyting   tizimida   o’zlashtirish   natijasi   nazoratning   ko’rsatilgan   barcha
shakllardan   o’tish   jarayonida   to’plangan   ballarni   qo’shish   yo’li   bilan   aniqlanadi.
Har bir  nazorat  turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o’quv fani uchun 100 ball
hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo’yilsa, o’quvchining chorak yoki yarim yillik uchun
to’plagan   bali   27   ballni   tashkil   etadi,   bu   esa   55   foizdan   kam,   shuning   uchun   u
yetarlicha reyting ballini to’plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o’tmagancha
attestasiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim
o’rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:
- ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
- o’quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
- ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish; - ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan o’quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy
mavzularning to’laligicha o’zlashtirilishi;
- o’quvchilarda o’z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni
egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
- o’quvchilarda   yomon   baho   olishga   bo’lgan   qo’rquv   yo’qolib,   uning   o’rniga
bilimlarni   ixtiyoriy   o’zlashtirish,   mavjud   kamchilik   va   nuqsonlarni   bartaraf   etish
yo’lida   mustaqil   ishlash   imkoniyati   yaratiladi.   Boshqacha   aytganda,   qo’rquv
o’rniga   intilish,   rejalashtirish,   harakat   qilishga   ehtiyoj   tug’iladi,   o’rganishga
nisbatan qiziqish ortadi.
Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan
foydalanilayotganligi   bois   pedagoglar   mazkur   tizimning   rag’batlantiruvchi   rolini
oshirish   yo’llarini   izlamoqdalar.   Bu   borada   bir   necha   usullardan
foydalanishmoqda. Xususan:
1) baholarni   qo’shish   va   ayrish   alomatlari   bilan   ifodalash.   Sinf   jurnallarini
yuritishning   amaldagi   qoidalari   ifodaviy   belgili   baholarni   qo’llashga   imkon
bermaydi.   Shu   bois   pedagog   murosa   qilib,   sinf   jurnaliga   aniq   baholarni   qo’yadi,
plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;
2) raqamni   balli   baho   (qo’shimcha   baho)   bilan   to’ldirishi.   Bu   usul   instruktiv
taqiqlarga   ega   emas,   biroq   pedagoglar   tomonidan   kam   qo’llaniladi,   zero,   bu   usul
dars   davomida   shusiz   ham   tanqisligi   seziladigan   vaqtni   ko’proq   sarflashni   talab
etadi;
3) o’qituvchining   kundalik   daftarga   baho   qo’yish   bilan   birga   ota-onalar   uchun
qaydlarni yozishi. Bu usul o’quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga
asoslanadi.   Quyidagi   holat   inobatga   olinmasa,   bunda   biror   g’ayri   oddiylik   yo’q.
Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy
mazmunda   ekanligini   ko’rsatadi.   Ma’lumki,   salbiy   fikrlar   o’quvchilarda   ta’lim
olishga bo’lgan rag’batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha, 5-6-
sinf   o’quvchilarida   ta’lim   olishga   bo’lgan   rag’batning   pasayishini   ta’minlovchi
omil – aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir. 4) kommunikativ   motiv   –   tengdoshlarining   munosabati,   fikri.   O’quvchilar
tengdoshlarining     munosabati,   fikrlariga   nisbatan   e’tiborsiz   bo’la   olmaydilar.
Pedagog   ana   omildan   foydalana   olishi   zarur,   biroq   uni   suiiste’mol   qilish
yaramaydi,   zero,   bunday   yondashuv   ham   o’quvchilarda   ta’lim   olishga   bo’lgan
rag’batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun
bo’lgan:   o’quvchini   jamoa   oldida   maqtash   mumkin,   lekin   koyish   mumkin   emas.
Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas.
5) kommunikativ   ta’sirni   kuchaytirish,   bu   o’rinda   o’quvchilarni   o’z
sinfdoshlarining   muvaffaqiyatlari   va   muvaffaqiyatsizliklarini   his   qilish,   unga
yordam ko’rsatishga o’rgatishdan iborat; 
6) o’zlashtirish   ekranlaridan   foydalanish.   Sinfda   ekran   osib   qo’yilib,   unda
o’quvchilarning barcha baho ko’rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi
a’lochilarda   kibrlanish,   past   o’zlashtiruvchilarda   esa   befarqlik   yuzaga   keladi.
Bunday holatning oldini olish uchun o’quvchilarni axborotni to’g’ri qabul qilishga
o’rgatib borish zarur.
7) o’z-o’zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o’quvchi o’z faolitini
tahlil   etadi.   Yakunlangan   haftada   o’zlashtirish   pasaysa,   garchi   u   a’lochi   bo’lib
qolaversa   ham   o’quvchi   musobaqada   boy   beradi.   Aksincha,   kuchsiz   o’quvchi
yakunlangan   haftada   samarali   ishlasa,   g’olib   chiqqan   hisoblanadi.   O’z-o’zi   bilan
musobaqada   barcha   o’quvchilar   teng   sharoitda   bo’ladilar,   ya’ni,   past
o’zlashtiruvchi   o’quvchi  bitta  past   bahoni   kam   olsa,   yutgan,   a’lochi  o’quvchi  esa
bitta a’lo bahoni kam olgan bo’lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o’zlashtirish
uchun emas, balki o’zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
O’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   baholash   mezonlari .
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt
bahstalab   mavzu   bo’lib   kelgan.   Shu   bois   u  turli   adabiyotlarda   turlicha   yoritilgan.
Biroq mavjud qarashlarni  umumlashtirib aytish mumkinki, o’quvchilarning bilim,
ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari,
shuningdek,   sinf   (guruh)dagi   o’quvchilarning   o’zlashtirish   darajasiga   tayangan
holda   belgilanadi.   Shuningdek,   baholash   mezonlarini   ishlab   chiqishda o’quvchilarning   og’zaki   javob   berishlari,   ko’nikma   va   malakalariga   alohida-
alohida   yondashiladi.   Masalan,   ximiya   darsidan   baholash     mezonlariga
o’quvchilarning og’zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda
mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida
aniqlashtiramiz:   og’zaki   javob   berish   jarayonida   «4»   baho   qo’yiladi,   quyidagi
holatlar namoyon bo’lsa:
1) o’rganilayotgan mavzu yuzasidan to’g’ri javoblar berilsa;
2) material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa;
3) o’qituvchi   talabi   bilan   tuzatilgan   ikki-uchta   unchalik   ahamiyatga   ega
bo’lmagan xatolar yo’l qo’yilsa yoki to’liq bo’lmagan javob aytilsa.
Yozma   topshiriqni   bajarishda   «4»   baho   qo’yiladi,   quyidagi   holatlar   namoyon
bo’lsa:
1) masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo’lmasa;
2) topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmagan bir-ikki
xatoga yo’l qo’yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo’lsa.
Amalda   bilimlarni   namoyish   etishda   «4»   baho   qo’yiladi,   quyidagi   holatlar
namoyon bo’lsa: 
1) ishni to’liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chiqara olmasa;
2) ishni   bajarishda,   tajribani   tugallashda   ikki-uch   muhim   bo’lmagan  xatolarga
yo’l qo’yilsa.
Bildirilgan   fikrlarga   tayangan   holda   shunday   xulosa   chiqarish   mumkin:
o’quvchilarning   bilimlari   uchun   besh   balli   tizimda   baholar   quyidagi   holatlarda
qo’yiladi:
1. «5»   baho:   a)   o’quvchi   materialni   to’liq   o’zlashtirib   olgan   bo’lsa;   b)
o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v)
egallangan bilimlarni amalda qo’llay olsa; g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda,
o’zma   ishlarda   xatolarga   qo’l   qo’ymasdan,   ma’lumotlarni   tushuntirib   bera   olsa
qo’yiladi.
2. «4»   baho:   a)   o’quvchi   o’rganilgan   mavzuning   mohiyatini   bilsa;   b)
o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda   qo’llay   olsa;   g)   og’zaki   javob   berishda   jiddiy   xatolarga   yo’l
qo’ymasdan,   o’qituvchining   qo’shimcha   savollari   bilan   xatolarini   to’g’rilay   olsa
hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa;
3.   «3»   baho:   a)   o’quvchi   o’rganilgan   mavzuni   o’zlashtirgan,   lekin   mustaqil
tushuntirish   berishda   o’qituvchining   aniqlashtiruvchi   savollariga   ehtiyoj   sezsa;   b)
savollarning mantiqiy tuzilishini o’zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v)
yozma ishda xatolari bor bo’lsa.
4. «2»   baho:   o’quvchi   o’rganilgan   mavzu   haqida   tushunchaga   ega,   biroq
mavzuni o’zlashtirmagan, yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa.
                                                                                                Adabiyotlar:
1. O’zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonuni   Barkamol   avlod
–   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   Toshkent,   Sharq   nashriyot-matbaa
konserni, 1998.
2. O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»   Barkamol
avlod   –   O’zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –   Toshkent,   Sharq   nashriyot-
matbaa konserni, 1998.
3. O’zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   Vazirligining   «O’quvchilarning   ta’lim
tayyorgarligi darajasini baholashda ko’p balli reyting tizimiga bosqichma-bosqich
o’tish haqida»gi 121-sonli buyrug’i Ta’lim taraqqiyoti j., 2002. № 4.
4. «Umumiy   o’rta   ta’lim   muassasa   (maktab)larida   o’quvchilarning   bilimini
nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida»gi muvaqqat Nizomi. Ma’rifat g., 2002
yil, 5 avgust.
5. Shaygaydullina   O.D.   Reytingovaya   sistema   kontrolya   kachestva   obucheniya
uchaщixsya. – Toshkent, O’qituvchi, 1998.
6. Pedagogika A.Q.Munavvarov tahriri ostida. – Toshkent, O’qituvchi, 1996.
7. Podlaso’y I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn 1. – Moskva, VLADOS, 1998.

TA’LIMNI TASHXIS ETISH R EJ A : 1. O’quvchilar bilimini tashxis etishning mohiyati . 2. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari. 3. Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar. 4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari . 5. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari.

Ta’lim tashxisi mohiyati haqida gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondashuv hamda tashxislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim tashxisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. Shuningdek, ta’lim olganlikni tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxisning maqsadi o’quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog’liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, tashxis ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini an’anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma’no kasb etadi. Ta’limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarini ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta’lim samarasini ta’minlovchi jarayon va bosqichlarni aniqlaydi: O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo’lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg’in munozaralar davom etmoqda. Avval bo’lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ularning fikrlaricha, bahoning: 1) ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat ko’rsatkichi, yoki; 2) u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko’rsatuvchi ko’rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur. Ta’limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug’ilishini buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy ham ta’kidlab o’tgan edi. U pedagoglarni o’zlari ega bo’lgan

baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning obyektiv bo’lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi. Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo’lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta’limning o’ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo’lishi o’z- o’zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o’zi uchun zarur va foydali bo’lishi lozim. Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o’qishga undashning murakkab shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O’quvchilarning o’quv mehnatini rag’batlantirishning yangi usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to’plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashxislash tizimida baho rag’batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo’llanishi mumkin bo’lgan tashxislash natijalari shaxsning yetuklik darajasini belgilashga ko’maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o’tmishda o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning jamiyatdagi mavqyei ko’rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari. Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o’ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchining o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim. Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash tekshirish deb ham ataladi.

Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o’quv yilining o’rtasida yangi bo’lim (kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham o’tkazilishi mumkin va o’rinli. Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni o’zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o’rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular o’quv materiali mazmuni, murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi. Oraliq tekshirish bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bosqichi sanalib, o’quvchilarning o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Yangi mavzuni o’rganish bilan birga o’quvchilar avval o’zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko’maklashadi, biroq o’quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik darajasini tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari bilan birga qo’llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi. Tizimning to’rtinchi bosqichi –o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida

o’rganilgan o’quv materialining strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’zlashtirish sifatini tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish. Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O’zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o’quv yili oxirida o’tkaziladi. U olingan baholarni qo’shib, o’rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo’lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjud bilim darajasi (sifati)ni tashxislashdir. Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholash (jarayon sifatida) va baho (natija sifatida) ham oladi. O’zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko’rinishida qayd etiladi. O’quvchining o’zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko’rsatkichlari ko’proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko’rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko’rsatkich (masalan, o’rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o’lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida qo’llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega. Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bilan davlat ta’lim standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi BqAG’T yuz foiz nisbat asosida hisoblanadi. Bunda: B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi; A – amalda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi;