logo

Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

200.5 KB
Korxonalarda b uxgalt eriy a hisobi ni t ashk il et ish.
Reja .
 
1. Korxonalarda buxgalteriya   hisobini  tashkil   etish tamoyillari.
  2. Korxonalarda buxgalteriya  hisobini  me’yoriy  tartibga solish va hisob  
siyosati.
  3. Buxgalt eriy a hisobidagi islohot lar.
                         1. Korxonalarda buxgalteriya   hisobini  tashkil   etish tamoyillari. 
  Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil
etish   kerakki,   u   tejamli   bo‘lib,   kam   mablag‘   sarflangan   holda   ichki   va   tashqi
foydalanuvchilarni ko‘proq axborotlar bilan ta’minlasin.
Bozor   munosabatlariga   o‘tish   va   davlat   mulkini   xususiylashtirish   xo‘jalik
yuritishning   mazmuni,   tuzilishi   hamda   psixologiyasida   jiddiy   o‘zgarishlarga   olib
keladi. Bu o‘z navbatida, buxgalteriya hisobida tub o‘zgarishlarni talab qiladi.
Buxgalteriya  hisobi  xalqaro  biznes   tili   sifatida  davlat   qonunlarining  bajarilishini
kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlantirishiga, mulkni saqlash va ko‘payishiga xizmat
qilishi, manfaatdor (investorlar, aksiyadorlar, banklar, fondlar, mol yuboruvchilar,
mol oluvchilar, rasmiy organlar va h.k.) lar tomonidan muhim iqtisodiy qarorlarni
qabul   qilishda   (kapitalini   investitsiya   qilish,   bozorga   chiqish,   xodimlarni   yollash,
soliq siyosati, moliyalash manbalarini qidirib topish, hisoblashishlar va h.k.) zarur
bo‘ladigan to‘liq va ishonarli axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish kerak.
Buxgalteriya hisobini Korxonalarda hozirgi zamon talabi darajasida tashkil  etish
quyidagi kompleks tadbirlar bilan ta’minlanadi:
1.Buxgalteriya   hisobini   qonuniy   tartibga   solish   va   uning   me’yoriy   bazasiii
shakllantirish bilan;
2.Uslubiy ta’minot (yo‘riknomalar, uslubiy ko‘rsatmalar, sharhlar) bilan;
3. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan;
4.X alqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘li orqali;
5.Hisobni boshqarish tizimini qaytadan tashkil etish yo‘li bilan.
     «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunda buxgalteriya hisobini tashkil etish
va yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari keltirilgan:
♦     buxgalteriya hisobini ikkiyoqlamali yozuv usulida yuritish;
♦      buxgalteriya hisobining uzluksizligi;
♦     aktiv va passiv operatsiyalarini pulda baholash; ♦      axborotlarning ishonchliligi;
♦     hisoblash;
♦     ehtiyotkorlik;
♦     shakldan iqtisodiy mazmunning ustuvorligi;
♦     Korxonalarfaoliyatining davomiylik tamoyili;
♦     hisobot ko‘rsatkichlarini tahhoslab bo‘lishligi;
♦     moliyaviy hisobotning xolisligi (betarafligi);
♦     o‘rinlilik (joyidaligi);
♦     hisobot davri daromadi va xarajatlarining muvofiqligi;
♦     aktiv va majburiyatlarni haqiqiy baholash.
Qonun  korxonalarning  ichki buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi asosiy talablarni
qo‘yadi:  Korxonalar rahbar lari ning  q onunchilikka itoat qilishi; moliyaviy hisobotd a
keltirilgan   axborotlarga   tashqi   foydalanuvchilar   tomonidan   ishonch   hosil   q ilish
maqsadida   auditor   tomonidan   tasdiq l angandan   so‘ng   hisobot   yilidan   keyingi
yilning 1 mayigacha chop etish.
Buxgalteriya hisobi yuritishning tamoyillaridan biri maxfiylik (oshkor qilmaslik)
bo‘lib   hisoblanadi .   Bunda   buxgalteriya   hisobi   reg i strlari   mazmuni   bilan   tanishish
ma’muriyat   roziligi   yoki   qonunchilikda   nazarda   t u tilgan   hollarda   ruxsat   etiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar maxfiylikni
saqlashi kerak.
Korxonalarda buxgalteriya hisobi  va hisobotini Korxonalar   rahbari tashkil etadi
va u quyidagi huquqlarga ega:
♦   bosh   buxgalter   rahbarligida   buxgalteriya   hisobi   xizmatini   tashkil   etish   yoki
shartnoma asosida jalb qilingan buxgalterlar xizmatidan foydalanish;
♦   buxgalteriya hisobini yuritishda shartnoma asosida  ixtisoslashgan  buxgalteriya
firmalariga   yoki   tarkibiga   buxgalteriya   hisobi   sub’ekti   kiradigan   markazlashgan
xo‘jalik A.J.lari hisob bo‘limiga topshirish; ♦     buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Korxonalar rahbarlariga ko‘yidagilarni ta’minlash mas’uliyati yuklatilgan:
♦     hisob siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash;
♦     ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish;
♦     xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibi;
♦     to‘liq va ishonchli buxgalteriya hisobini yuritish;
♦     hisob hujjatlarini saqlash;
♦     tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash;
♦     soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash;
♦     hisob - kitoblarni o‘z vaqtida yuritish.
    Korxonalarda   buxgalteriya   hisobini   yuritishga   aloqador   bo‘lgan   shaxslar
buxgalteriya   hisobini   tashkil   etish   va   yuritiщda   buxgalteriya   hisobining   asosiy
tamoyillariga rioya qilishlari kerak.
    Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob
yozuvlarini   oqilona   olib   borishi   va   ular   asosida   boshqaruv   va   moliyaviy
hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishlari zarur.
   Korxonalarda buxgalteriya quyidagi bo‘limlardan tashkil topishi mumkin:
      ♦   material   bo‘limi,   bu   yerda   sotib   olingan   material   qiymatliklarni,   material
yuboruvchilar   bilan   hisob   -   kitoblarni,   materiallarni   saqlash   hamda   foydalanish
joylari   bo‘yicha   kirimi   va   sarflanishining   hisobi   yuritiladi.   Unchalik   katta
bo‘lmagan   Korxonalarningbu   bo‘limida   asosiy   vositalar,   arzon   va   tez   eskiruvchi
buyumlar   va   tayyor   mahsulotlar   hisobi   ham   yuritiladi.   Yirik   Korxonalarda     bu
uchastkaning ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun maxsus bo‘lim tashkil etiladi;
♦hisoblashish bo‘limi, bu yerda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va
undan   ushlanmalar   bo‘yicha   barcha   hisoblashishlar   olib   boriladi,   mehnat   haqi
fondi va iste’mol fondidan foydalanish bo‘yicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy sug‘urta   va   ta’minotga   ajratmalar   bo‘yicha,   pensiya   fondi,   bandlik   fondi   va
boshqalar bo‘yicha hisoblashishlar hisobini olib boradi; 
♦ishlab   chiqarish   -   kalkulyatsiya   bo‘limi,   bu   bo‘limda   barcha   turdagi   ishlab
chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ishlab chiqarilgan maqsulotlarning
xaqiqiy   tannarxi   aniqlanadi   va   hisobot   tuziladi,   tugallanmagan   ishlab   chiqarishga
sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi; 
♦umumiy   bo‘lim,   bu   bo‘limda   yuqorida   sanab   o‘tilgan   bo‘limlarda   hisobga
olinmaydigan operatsiyalar hisobi yuritiladi, Bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya
hisoboti   tuziladi.   Yirik   Korxonalarda     moliyaviy   bo‘lim   ajratilib,   unda   pul
mablag‘lari,   Korxonalarva   ayrim   shaxslar   bilan   hisob   -   kitoblar   hisobi   yuritiladi.
Buxgalteriya   Korxonalarningbarcha   ishlab   chiqarish   bo‘linmalari       bilan   bevosita
munosabatda   bo‘ladi.   U   ulardan   buxgalteriya   hisobini   yuritish   uchun   tegishli
ma’lumotlar oladi, chunonchi:
♦kadrlar   bo‘limidan   -   ishga   qabul   qilinganligi,   ishdan   bo‘shatilganligi,   ta’tilga
chiqqanligi,   Korxonalarichida   bir   joydan   ikkinchi   joyga   o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi   shaxslar   ro‘yxati   (buyruq)ni   alohida   kategoriya   ishlovchilariga   haq
to‘lash   va   mukofotlash,   stavkalar,   okladlar,   shtatlarning   o‘zgarishi   to‘g‘risidagi
Nizomlarini. ; 
♦omborlardan   -   tovar   -   material   qiymatliklarining   harakati     (kirim,   chiqim,   bir
joydan ikkinchi joyga o‘tkazilishi) to‘g‘risidagi hujjatlarni; 
♦ishlab   chiqarish   bo‘linmalaridan   -   ayrim   xo‘jalik   operatsiyalari   (maqsulotni
ishlab   chiqarish   va   h.k.)   bo‘yicha   hujjatlar,   xarajatlar   bo‘yicha   ishlab   chiqarish
hisoboti va boshqalarni;
  ♦reja   bo‘limidan   -   Korxonalarningbarcha   faoliyati   bo‘yicha   tasdiqlangan   reja
ko‘rsatkichlari (daromad va xarajatlar smetasi) ni ; 2. Korxonalarda buxgalteriya  hisobini  me’yoriy  tartibga solish va hisob
siyosati.
Korxonalardagi hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishiga,
ob’ektiv, hammaga tushunarli bo‘lishida amaldagi me’yoriy bazaga bog‘liq.  
O‘zbekiston   hududida   buxgalteriya   hisobi   va   hisobotining   tashkiliy   –
uslubiy asosini 1996 yil 30 avgustida qabul qilish qilingan «Buxgalteriya
hisobi   to‘g‘risida»gi   Qonun,O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi   tomonidan   1999   yil   5   fevralda   tasdiqlangan   «Mahsulot
(ishlar,   xizmatlar)ni   ishlab   chiqarish   va   sotish   xarajatlarining   tarkibi
hamda   moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi   to‘g‘risida   Nizom»,
Buxgalteriya   hisobining   Milliy   standartilari   hamda   karxonaning   hisob
siyosati   tashkil   etadi.   Buxgalteriya   hisobining   Milliy   standarti   №   21   -
sonli   «Xo‘jalik   yurituvchi   sub’ektlar   moliyaviy   -   xo‘jalik   faoliyatining
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»
2004   yilning   1   yanvaridan   amalga   tadbiq   etildi.Shu   bilan   birga
Korxonalarda     buxgalteriya   hisobini   tashkil   etish   va   yuritishning
umumiy qoidalarini   O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil
26 martda 1781-son bilan ro‘yxatga olingan Moliya vazirligi va Qishloq
va   suv   xo‘jaligi   vazirligining   2008   yil   21   yanvardagi   1,   1/2-son   qarori
bilan   tasdiqlangan   “Korxonalarda   buxgalteriya   hisobining
soddalashtirilgan   tizimini   tashkil   etish   to‘g‘risida   NIZOM”   tartibga
soladi. Bu   me’yoriy   hujjatlar   Korxonalarda     buxgalteriya   hisobini   tashkil   etish   va
yuritishning   umumiy   qoidalarini   belgilaydi,   shuningdek   kimning   qaramog‘ida
bo‘lishi, mulk shakllari hamda faoliyat turlaridan qat’iy nazar barcha Korxonalarva
tashkilotlarga ham tegishlidir.
Shu bilan birga Korxonalarbu me’yoriy hujjatlarga asoslanib xo‘jalik yuritishning
tashkiliy   -   huquqiy   shakllari,   tarmoq   xususiyatlari   va   faoliyat   xarakrediterlari,
xodimlar malakasi va boshqa vazifalarni inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi
hamda nazoratni tashkil etish usullarini o‘zlari mustaqil belgilash huhuqiga ega.
«Buxgalteriya   hisobi   to‘g‘risida»gi   Qonun   O‘zbekiston   Respublikasi   hududida
ham   undan   tashqarida   joylashgan   barcha   O‘zbekiston   Respublikasida   ro‘yxatdan
o‘tgan   davlat   tashkilotlari   va   boshqarmalari,   yuridik   shaxslar,   ularning   sho‘ba
fermer   xo‘jaliklarilari,   filiallari,   vaqilliklari   va   boshqa   tashkiliy   bo‘linmalari
buxgalteriya hisobining sub’ektlari ekanligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to‘liq, ishonarli, o‘z vaqtida
tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta’minlash
bo‘lib hisoblanadi.
Bu   maqsadga   muvaffaqiyatli   erishish   uchun   buxgalteriya   hisobi   quyidagi
vazifalarni hal etishi kerak:
♦   buxgalteriya   hisobi   schyotlarida   aktivlar   holati   va   harakati,   mulkiy   hukuq   va
majburiyatlar holati to‘g‘risida to‘liq, ishonarli ma’lumotlarni shakllantirish;
♦samarali   boshqarish   maqsadida   buxgalteriya   hisobi   ma’lumotlarini
umumlashtirish;
♦     moliyaviy, soli q  va boshqa hisobotlarni t u zish.
Korxonalarda     buxgalteriya   hisobi   ma’lum   qoidalar   va   tamoyillar   bo‘yicha
yuritiladi.
Tamoyil va qoidalarning shunday majmuini o‘rnatish kerakki, uni amal da qo‘llash
hisob   yuritishining   maksimal   samarasini   ta’minlasin.   Bunda   samara   deb   moliyaviy va boshqaruv axborotlarni o‘z vaqtida shakllantirish keng doiradagi foydalanuvchilar
uchun ishonchliligi, ravonligi va foyda liligini ta’minlash tushuniladi.
Nazariy   jihatdan   Korxonalarda   buxgalteriya   hisobini   yuritish   qoida larini
o‘rnatishga uch xil yondoshish mavjud:
Markazlashtirilgan   -   bunda   buxgalteriya   hisobini   yuritish   yagona   markazdan
boshqariladi;
Markazlashtirilmagan   -   h ar   bir   xo‘jalik   sub’ekti   uchun   buxgalteriya   hisobi
qoidalarini   individuallashtirish.   Bu   xil   yondoshish   hisob   ishlarini   faoliyat
xarakrediteriga   aynan   mos   kelishini   ta’minlagani   bilan   bu   bozor   iqtisodiyoti
sharoitida to‘g‘ri kelmaydi;
Aralash - bu birinchi va ikkinchi yondoshishni oqilona birlashtirish dir.
Ja h on   amaliyoti   shuni   ko‘rsatmoqdaki,   aralash   usulda   markazlashti rilgan   tartibda
quyidagilar belgilanadi.
Moliyaviy   axborotlarning   ishonchliligi,   taqqoslanuvchanligi   va   foy daliligini
ta’minlaydigan hisob yuritishning asosiy qoida  h amda tamoy illarini belgilash.
Hisob yuritishning umumiy qoidalari va tamoyillari  h ar bir Korxonalarning   faoliyat
ko‘rsatish   sharoitlari,   xodimlar   kvalifikatsiyasi,   mavjud   boshqaruv   texnik   bazasidan
kelib chiqqan qolda konkretlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda Korxonalaro‘zining
hisob siyosatini ishlab chiqadi va amal ga oshiradi.
№1 BHMS ”Moliyaviy   hisobot   va   hisob   siyosati ” ga   asosan   Korxonalar h ar   bir
xo‘jalik yili uchun o‘z  hisob siyosatini ishlab chiqishi kerak.
Buxgalteriya siyosatiga xo‘jalik faoliyati faktlarini  guruhlash  va ba h o lash,  aktivlar
qiymatini   hisobdan   chiqarish,   h ujjat   aylanish   va   inventarizatsiyani   tashkil   etish
usullari,   buxgalteriya   hisobi   schyotlarini   qo‘llash   usullari,  hisob  tizimi,  axborotlarni
ishlab   chiqish   va   boshqa   tegishli   usul lar   kiradi. Shunday   qilib   hisob   siyosati
buxgalteriya hisobini yuritish usullari yig‘indisidan iborat. Bu   hisob   siyosatida   moddiy   qiymatliklarni   tayyorlash,   sotib   olish   va   bah olash
qoidalari hamda tartibi, buyumlarni asosiy vositalar, inventar va   xo‘jalik jihozlariga
kiritish   mezoni,   ularning   eskirishi,   tayyor   mahsulotlarni   baholash   va   sotish   tartibi,
buxgalteriya   hisobini   ish   schyotlar   rejasi ni   ishlab   chiqish   belgilanadi.   Navbatdagi
hisobot   yili   uchun   ishlab   chiqil gan   hisob   siyosati   korxonalar   rahbari   tomonidan
tasdiqlangandan so‘ng yuridik kuchga ega hujjat statusiga ega bo‘ladi.
Korxonalarning hisob siyosati korxonalar rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Hisob   siyosatining   shakllantirishda   sub’ekt   tomonidan   qabul   qilingan
buxgalteriya   hisobini   yuritish   usullari   buyruq   chiqqan   yildan   keyingi   yilning   1
yanvaridan   qo‘llaniladi.   Bunda   xo‘jalik   sub’ekti   bo‘linmalarining   joylashgan
joylaridan qat’i nazar, barcha strukturaviy bo‘linmalari  tomonidan qo‘llaniladi.
Yangi   tashkil   etilgan   korxonalar   qabul   qilgan   hisob   siyosatini   korxonalarning
moliyaviy   hisobotini   matbuotda   birinchi   nashr   etilishigacha,   lekin   davlat
ro‘yxatidan   o‘tgan   sanadan   90   kundan   kechikmasdan   rasmiylashtirishi   kerak.
Kalendar yili ichida hisob siyosati o‘zgartirilmaydi.
Faqat quyidagi hollarda korxonalarning hisob siyosati o‘zgarishi mumkin:
1. Korxonalar qaytadan tashkil etilsa (birlashish, ajralish);
2.Mulkdorlarning almashishi natijasida;
3.O‘zbekiston   Respublikasi   qonunchiligi   o‘zgarsa   yoki   O‘zbekiston
Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi normativ tizimida o‘zgarish
bo‘lsa;
4.Buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilsa. 
     Hisob siyosati oldiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
♦   To‘liqlilik (barcha faktlarni hisobda to‘liq aks ettirishni ta’minlash); 
♦   Ehtiyotkorlik - nobudgarchiliklarni aks ettirishga tayyor bo‘lish; 
♦   Mazmunning shakldan ustunligi (operatsiyalarni iqtisodiy mazmuniga qarab aks
ettirilishi); ♦Qarama-qarshiliksiz(sintetik va analitik hisoblar ma’lumot larining tengligi); 
♦Oqilonalilik (hisobni tejamkorlik bilan yuritish). 
Korxonalarda     buxgalteriya   hisobi”Korxonalarda   buxgalteriya
hisobining   soddalashtirilgan   tizimini   tashkil   etish   to‘g‘risida
nizom”( Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2008 yil
21   yanvardagi   1,1/2-son   qarori   bilan   tasdiqlangan,   Adliya   vazirligi
tomonidan   26.03.2008   yilda   1781-son   bilan   ro‘yxatga   olingan)  asosida
tashkil   etiladi.Fermer   xo‘jaliklari,   o‘z   xo‘jalik   faoliyatlarining
ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan   holda,   hisob   siyosatini   mustaqil   ravishda
shakllantiradi.   Buxgalteriya   hisobi   Korxonalartomonidan   qonunchilik
bilan belgilangan yagona uslubiy asoslar va tartibga muvofiq yuritiladi.
Bunda   korxonalar   qo‘llanilayotgan   buxgalteriya   hisobi   registrlarini,
quyidagi   talablarga   rioya   qilgan   holda,   mustaqil   ravishda   o‘z
faoliyatining xususiyatlariga moslashtirishi mumkin:
a)yagona uslubiy asos (ikki yoqlama yozuv tamoyili);
b)analitik va sintetik hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog‘liqligi;
v)boshlang‘ich   hujjatlar   asosida   barcha   xo‘jalik   operatsiyalarining
hisob registrlarida yoppasiga aks ettirish;
g)boshlang‘ich   hujjatlar   ma’lumotlarini   fermer   xo‘jaligini   boshqarish,
nazorat   qilish   va   xo‘jalik   faoliyatini   tahlil   qilish,   shuningdek   moliyaviy
hisobotni tuzish uchun zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichlar bo‘yicha jamlash
va tizimlash.       Korxonalarda   xo‘jalik   operatsiyalarining   buxgalteriya   hisobini
yuritish   uchun   asos   bo‘lib,   operatsiyalarning   haqiqatda   amalga
oshirilganligini   qayd   etadigan   va   ularni   amalga   oshirish   uchun
farmoyish   beradigan   boshlang‘ich   hisob   hujjatlari   hisoblanadi.
Korxonalarda   boshlang‘ich   hisob   hujjatlari   xo‘jalik   operatsiyalari
amalga   oshilgan   paytda   yoki   ular   sodir   etilgandan   so‘ng   darhol
(kechikreditirmasdan) tuziladi. 
      Korxonalarda   tuziladigan   boshlang‘ich   hujjatlarning   majburiy
rekvizitlari, ularni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida
aks   ettirish   tartibi,   shuningdek   hujjatlar   aylanmasini   amalga   oshirish
tartibi   "Buxgalteriya   hisobi   to‘g‘risida"gi   O‘zbekiston   Respublikasi
Qonunining 9-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
2003   yil   23   dekabrdagi   131-sonli   buyrug‘i   bilan   tasdiqlangan
Buxgalterlik   hisobida   hujjatlar   va   hujjatlar   aylanuvi   to‘g‘risidagi
nizomga  muvofiq tartibga solinadi.
Boshlang‘ich   hujjatlar   qonunchilikda   belgilangan   namunaviy
shakllarda   yoki   korxonalar   tomonidan   ishlab   chiqiladigan   va
tasdiqlanadigan blankalarda tuziladi. 
Korxonalarga   kelib   tushadigan   boshlang‘ich   hujjatlar   albatta
tekshirilishi   shart.   Bunda   tekshirish   shakl   bo‘yicha   (hujjatlarning
rasmiylashtirilishi   to‘liqligi   va   to‘g‘riligi,   rekvizitlarning   to‘ldirilishi),
mazmun   bo‘yicha   (hujjatlashtirilgan   operatsiyalarning   qonuniyligi,
alohida ko‘rsatkichlarning mantiqiy bog‘liqligi) amalga oshiriladi. Hisobni  soddalashtirilgan   shaklda   tashkil  etish   uchun   fermer  xo‘jaligi
xo‘jalik   operatsiyalari   buxgalteriya   hisobining   ishchi   schyotlar   Rejasini
tuzadi,   bu   esa   mablag‘lar   va   ular   manbalarining   hisobini   asosiy
schyotlar bo‘yicha yuritish imkoniyatini yaratadi va shu bilan mulkning
mavjudligi   va   saqlanishi,   majburiyatlarning   bajarilishi   va   buxgalteriya
hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Korxonalar   buxgalteriya   hisobining   ishchi   schyotlar   Rejasini
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 9 sentyabr dagi 103-
sonli   buyrug‘i   bilan   tasdiqlangan,   Adliya   vazirligida   2002   yil   23
oktyabrda     ro‘yxatga   olingan     O‘zbekiston   Respublikasi   buxgalteriya
hisobining   milliy   standarti   (21-sonli   BHMS)   "Xo‘jalik   yurituvchi
sub’ektlarning   moliya-xo‘jalik   faoliyati   buxgalteriya   hisobi   schyotlar
rejasi   va   uni   qo‘llash   bo‘yicha   yo‘riqnoma"ga   va   Moliya   vazirligi   va
Qishloq   va   suv   xo‘jaligi   vazirligining   2008   yil   21   yanvardagi   1,   1/2-son
qarori   bilan   tasdiqlangan,   Adliya   vazirligida   2008   yil   26   martda   1781-
son   bilan   ro‘yxatga   olingan   “Korxonalarda   buxgalteriya   hisobining
soddalashtirilgan   tizimini   tashkil   etish   to‘g‘risida   Nizom”ning   1-
ilovasida   keltirilgan   Korxonalarning   moliyaviy-xo‘jalik   faoliyati
buxgalteriya   hisobi   namunaviy   Schyotlar   rejasiga   muvofiq   tuzadi.
Xo‘jalik   operatsiyalari   buxgalteriya   hisobining   ishchi   schyotlar   rejasida
fermer xo‘jaligining hisob siyosatiga asosan qonunchilikda belgilangan
tartibda aks ettirilishi lozim.  Korxonalarda   buxgalteriya   hisobining   shakli   quyidagi   shakllar
bo‘yicha yuritilishi mumkin: 
a) buxgalteriya hisobining oddiy shakli;
b) buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli.
Fermer   xo‘jaligi   o‘zining   ishlab   chiqarish   va   boshqaruv   talablaridan
kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi shaklini mustaqil tanlaydi.
3. Buxgalt eriy a hisobidagi islohot lar.
Buxgalteriya   hisobini   isloh   qilish   rejali   iqtisodiyotdan   bozor
iqtisodiyotiga   o‘tganda   iqtisodiy   islohatlarining   zaruriy   elementi
hisoblanadi.   Xar   qanday   boshqaruv   tizimi,   u   ma’muriy   yoki   bozor
boshqaruv   tizimi   bo‘lishidan   qatiy   nazar,   iqtisodiy   qarorlar   qabul
qilishda   tegishli   axborotlar   kerak   bo‘ladi.   Buxgalteriya   hisobi   bunday
iqtisodiy   axborotlarni   to‘plash   va   umumlashtirish   vositasidar.
Buxgalteriya   hisobi   turli   tizimlarda   turli   vazifalarni   bajaradi   va   turli
maqsadlarni   nazardan   tutadi,   shuning   uchun   bir   iqtisodiy   tizimdan
boshqasiga   o‘tishda   buxgalteriya   hisobi   tizimi   ham   shunga   muvofiq
o‘zgartirildi.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga mos
va   bozor   iqtisodiyoti   talablarigi   javob   berishini   ta’minlash   maqsadidia
quyidagi qonun va me’eriy hujjatlar qabul qilindi.
1.«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» qonun. 1996 yil 30 – avgust. 2.«Mahsulot   (ish,   xizmat)   ishlab   chiqarish   va   sotish   xarajatlari   tarkibi
hamda   moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi   to‘g‘risida   Nizom».
1999 yil 5 – fevralda Vazirlar Maxkamasining № 54 -   sonli qarori bilan
tasdiqlangan.
3.«Fermer   xo‘jaliklarilarning   chorakli   va   yillik   moliyaviy   hisobot
shakllarini   tasdiqlash   to‘g‘risida»   Moliyaviy   vazirligining   2002   yil   27–
dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i.
4.«Buxgalteriya   hisobining   milliy   standartlari»   .   1998   –   2009   yillarda
Moliya   vazirlagi   tomonidan   tasdiqlanib,   Adliya   vazirligida   ro‘yxatdan
o‘tkazilgan. Bunga “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va takdim etishning
konseptual   asosi”hamda
№1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,14,15,16,17,19,20,21,22, 23,24- Buxgalteriya
hisobining milliy standartlari kiradi. 
      «Buxgalteriya   hisobi   to‘g‘risida»gi   qonun   buxgalteriya   hisobi
yuritilishini   tartibga   soladi.   Shuningdek,«Buxgalteriya   hisobi
to‘g‘risida»gi   qonunning   2-   moddasida   buxgalteriya   hisobining
maqsadi va vazifalari belgilab berildi.
Buxgalteriya   hisobining   maqsadi   foydalanuvchilarni   o‘z   vaqtida
hamda   aniq   moliyaviy   va   boshqa   buxgalteriya   axboroti   bilan
ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari :  - Buxgalteriya   hisobi   hisob   varaqalarida   (registrlarida   )   aktivlarining
holati   va   harakati   ,   mulkiy   huquqlar   va   majburiyatlarning   holati
t o‘g‘ risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni sh ak llantirish;
- Samarali   boshqarish   maqsadida   buxgalteriya   hisobi   ma’lumotlarini
umumlashtirish;
- Moliyaviy , soliq q a doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Maxkamasining   1999   yil   5   fevraldagi   №54
sonli   qarori   bilan   tasdiqlangan   «Mahsulot   (ish,   xizmat)   ishlab   chiqarish   va  sotish
xarajatlari   tarkibi   hamda   moliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi   to‘g‘risida
Nizom» mamlakatimizdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mahsulot (ish, xizmat)
ishlab   chiqarish   va   sotish   xarajatlari   tarkibi   hamda   moliyaviy   natijalarni
shakllantirish tartibini belgilab berdi.  Korxonalarda  ham  moliyaviy natijalar hisobi
« M ahsulot   (ish,   xizmat)   ishlab   chiqarish   va   sotish   xarajatlari   tarkibi   h amda
m oliyaviy   natijalarni   shakllantirish   tartibi   to‘g‘risida   Nizom»   va   Buxgalteriya
hisobining milliy standartsi №3  «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot»ga asosan
hisobga olib boriladi va Korxonalar  xarajatlari quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi:
1. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiradigan xarajatlar.
2. Davr xarajatlari.
3. Moliyaviy faoliyat xarajatlari.
4. Favqulodda zararlar.
Shuningdek,  Korxonalar  daromadlari  h am to‘rt guruhga bo‘linadi:
1. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum.
2. Asosiy faoliyatining boshqa  daromadlari .
3. Moliyaviy faoliyat  daromadlari .
4. Favqulodda foyda. Korxonalarning   xarajatlari   va   daromadlarining   to‘rt   guruhga   bo‘linishidan,
moliyaviy natijalarning besh ko‘rsatkichi aniqlanadi.
1. Mahsulot (ish, xizmat) sotish ning  yalpi moliyaviy natijasi.
2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatdan moliyaviy natija.
3. Umumxo‘jalik faoliyatdan moliyaviy natija.
4. Soliq to‘laguncha bo‘lgan foyda.
5. Sof foyda.
Moliyaviy   natija   korxonalarda   yil   oxirida   aniqlanadi,   chunki,   xo‘jalikda   ishlab
chiqarilgan   mahsulotlar   haqiqiy   tannarxi   yil   oxirida   aniqlanib,   s o‘ ngra   sotilgan
mahsulotlarning moliyaviy natijasi aniqlanadi.
Hozirgi   kunda   «Buxgalteriya   hisobi   to‘g‘risida»   gi   konunning   16-moddasiga
asosan,   O‘zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligining   2002   yil   27-dekabrdagi
140-sonli buyrug‘iga asosan moliyaviy hisobotning quyidagi shakllari mavjud:
1) Buxgalteriya balansi (1-shakl)
2) Moliya natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl)
3) Asosiy vositalar to‘g‘risida hisobot (2-3 shakl)
4) Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl)
5) Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl)
6) Debetorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2 a -shakl)
Hozirgi   kunda   mamlakatimizda   buxgalteriya   hisobini   buxgalteriya
hisobining   halqaro   standartlariga   mos   ravishda   olib   borish     uchun
tegishli me’yoriy hujjatlar qabul  qilingan va huquqiy baza yaratilgan.
Mav zuni must aqil o‘zlasht irish  b o‘ y icha  sav ollar :
1. Buxgalteriya   hisobini  tashkil   etish tamoyillari.
2. Buxgalteriya hisobini tartibga solish va uning me’yoriy bazasi.  3. Buxgalteriya hisobini uslubiy ta’minoti. 
4. Buxgalteriya  va uning  boshqa  bo‘linmalar bilan  aloqasi. 
5. Buxgalteriya hisobining vazifalar.
6. Hisob siyosatining mohiyati va ahamiyati.
7.   Qaysi   hollarda   xo‘jalik   yurituvchi   sub’ekt   hisob   siyosatini   o‘zgartirishi
mumkin?
8. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni mohiyati va ahamiyati.

Korxonalarda b uxgalt eriy a hisobi ni t ashk il et ish. Reja . 1. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish tamoyillari. 2. Korxonalarda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish va hisob siyosati. 3. Buxgalt eriy a hisobidagi islohot lar.

1. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish tamoyillari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish kerakki, u tejamli bo‘lib, kam mablag‘ sarflangan holda ichki va tashqi foydalanuvchilarni ko‘proq axborotlar bilan ta’minlasin. Bozor munosabatlariga o‘tish va davlat mulkini xususiylashtirish xo‘jalik yuritishning mazmuni, tuzilishi hamda psixologiyasida jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘z navbatida, buxgalteriya hisobida tub o‘zgarishlarni talab qiladi. Buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlat qonunlarining bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlantirishiga, mulkni saqlash va ko‘payishiga xizmat qilishi, manfaatdor (investorlar, aksiyadorlar, banklar, fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy organlar va h.k.) lar tomonidan muhim iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda (kapitalini investitsiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarini qidirib topish, hisoblashishlar va h.k.) zarur bo‘ladigan to‘liq va ishonarli axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish kerak. Buxgalteriya hisobini Korxonalarda hozirgi zamon talabi darajasida tashkil etish quyidagi kompleks tadbirlar bilan ta’minlanadi: 1.Buxgalteriya hisobini qonuniy tartibga solish va uning me’yoriy bazasiii shakllantirish bilan; 2.Uslubiy ta’minot (yo‘riknomalar, uslubiy ko‘rsatmalar, sharhlar) bilan; 3. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan; 4.X alqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘li orqali; 5.Hisobni boshqarish tizimini qaytadan tashkil etish yo‘li bilan. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari keltirilgan: ♦ buxgalteriya hisobini ikkiyoqlamali yozuv usulida yuritish; ♦ buxgalteriya hisobining uzluksizligi; ♦ aktiv va passiv operatsiyalarini pulda baholash;

♦ axborotlarning ishonchliligi; ♦ hisoblash; ♦ ehtiyotkorlik; ♦ shakldan iqtisodiy mazmunning ustuvorligi; ♦ Korxonalarfaoliyatining davomiylik tamoyili; ♦ hisobot ko‘rsatkichlarini tahhoslab bo‘lishligi; ♦ moliyaviy hisobotning xolisligi (betarafligi); ♦ o‘rinlilik (joyidaligi); ♦ hisobot davri daromadi va xarajatlarining muvofiqligi; ♦ aktiv va majburiyatlarni haqiqiy baholash. Qonun korxonalarning ichki buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi asosiy talablarni qo‘yadi: Korxonalar rahbar lari ning q onunchilikka itoat qilishi; moliyaviy hisobotd a keltirilgan axborotlarga tashqi foydalanuvchilar tomonidan ishonch hosil q ilish maqsadida auditor tomonidan tasdiq l angandan so‘ng hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha chop etish. Buxgalteriya hisobi yuritishning tamoyillaridan biri maxfiylik (oshkor qilmaslik) bo‘lib hisoblanadi . Bunda buxgalteriya hisobi reg i strlari mazmuni bilan tanishish ma’muriyat roziligi yoki qonunchilikda nazarda t u tilgan hollarda ruxsat etiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar maxfiylikni saqlashi kerak. Korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisobotini Korxonalar rahbari tashkil etadi va u quyidagi huquqlarga ega: ♦ bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalterlar xizmatidan foydalanish; ♦ buxgalteriya hisobini yuritishda shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalteriya firmalariga yoki tarkibiga buxgalteriya hisobi sub’ekti kiradigan markazlashgan xo‘jalik A.J.lari hisob bo‘limiga topshirish;

♦ buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Korxonalar rahbarlariga ko‘yidagilarni ta’minlash mas’uliyati yuklatilgan: ♦ hisob siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash; ♦ ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish; ♦ xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibi; ♦ to‘liq va ishonchli buxgalteriya hisobini yuritish; ♦ hisob hujjatlarini saqlash; ♦ tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash; ♦ soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash; ♦ hisob - kitoblarni o‘z vaqtida yuritish. Korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritishga aloqador bo‘lgan shaxslar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritiщda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillariga rioya qilishlari kerak. Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishlari zarur. Korxonalarda buxgalteriya quyidagi bo‘limlardan tashkil topishi mumkin: ♦ material bo‘limi, bu yerda sotib olingan material qiymatliklarni, material yuboruvchilar bilan hisob - kitoblarni, materiallarni saqlash hamda foydalanish joylari bo‘yicha kirimi va sarflanishining hisobi yuritiladi. Unchalik katta bo‘lmagan Korxonalarningbu bo‘limida asosiy vositalar, arzon va tez eskiruvchi buyumlar va tayyor mahsulotlar hisobi ham yuritiladi. Yirik Korxonalarda bu uchastkaning ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun maxsus bo‘lim tashkil etiladi; ♦hisoblashish bo‘limi, bu yerda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi, mehnat haqi fondi va iste’mol fondidan foydalanish bo‘yicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy

sug‘urta va ta’minotga ajratmalar bo‘yicha, pensiya fondi, bandlik fondi va boshqalar bo‘yicha hisoblashishlar hisobini olib boradi; ♦ishlab chiqarish - kalkulyatsiya bo‘limi, bu bo‘limda barcha turdagi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ishlab chiqarilgan maqsulotlarning xaqiqiy tannarxi aniqlanadi va hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi; ♦umumiy bo‘lim, bu bo‘limda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlarda hisobga olinmaydigan operatsiyalar hisobi yuritiladi, Bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi. Yirik Korxonalarda moliyaviy bo‘lim ajratilib, unda pul mablag‘lari, Korxonalarva ayrim shaxslar bilan hisob - kitoblar hisobi yuritiladi. Buxgalteriya Korxonalarningbarcha ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan bevosita munosabatda bo‘ladi. U ulardan buxgalteriya hisobini yuritish uchun tegishli ma’lumotlar oladi, chunonchi: ♦kadrlar bo‘limidan - ishga qabul qilinganligi, ishdan bo‘shatilganligi, ta’tilga chiqqanligi, Korxonalarichida bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi shaxslar ro‘yxati (buyruq)ni alohida kategoriya ishlovchilariga haq to‘lash va mukofotlash, stavkalar, okladlar, shtatlarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi Nizomlarini. ; ♦omborlardan - tovar - material qiymatliklarining harakati (kirim, chiqim, bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazilishi) to‘g‘risidagi hujjatlarni; ♦ishlab chiqarish bo‘linmalaridan - ayrim xo‘jalik operatsiyalari (maqsulotni ishlab chiqarish va h.k.) bo‘yicha hujjatlar, xarajatlar bo‘yicha ishlab chiqarish hisoboti va boshqalarni; ♦reja bo‘limidan - Korxonalarningbarcha faoliyati bo‘yicha tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlari (daromad va xarajatlar smetasi) ni ;