PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISH


PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISH • Reja: 1. T a’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va strukturasi. 2. Psixologik xizmatning predmeti maqsad va vazifalari.
Ta’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va strukturasi • M a’lumki, psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga bag‘ishlangan va uning barcha yo‘nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo‘lmasada, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning “metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.
• Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtayi nazaridan tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keladi .
• Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yo‘nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalaming tuzilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo‘lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo‘lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog‘Iiq nazariy, amaliy va empirik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ko‘lamini belgilashning bugungi kungacha nechogMik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to‘g‘ri keladi .