logo

Psixologik xizmatni tashkil etish

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

135.6513671875 KB
   Psixologik  xizmatni  tashkil  etish.
                                            RE JA:
1.   Psixologik  xizmatning  rivojlanish  tarixi.
2. Psixologik  xizmat  tuzilishi  va  uni  boshqarish. 
3. Psixologik  xizmatni  tashkil  etishning  umumiy  
mezonlari.                   Xorij mamalakatlarida  psixologik   xizmat   xususan , AQSh da 1800 
yildan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi 
psixologlari o’z-o’zini tarbiyalsh muammosini o’rgangan 
eksperemental psixologlar edi. Amerika maktablarida aqliy 
taraqqiyot “koeffisiyentini” aniqlash keng tarqalib, keyinchalik 
“Gaydens” xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi  Alfred Bine  bo’lib, bu sohada 1894 
yildan boshlab ish boshlagan. 1900 yilda Fransiyada maktab psixologik 
xizmati tashkil yetildi. 1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam 
guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil yetadi. Bunday guruhlar 
esa maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxasisni o’z ichiga oladi. Bunday 
brigada 800 –1000 ta o’quvchiga xizmat qiladi.  Bular   bir   maktabda   joylashib , 
bir nechta maktabga xizmat qilishi mumkin.                     PSIXOLOGIK  XIZMAT
Ko’pchilik Sharqiy Yevropa 
mamlakatlaridan maktab 
psixologik xizmati tuman 
yoki viloyat psixologik-
pedagogik psixologik 
markazlar shaklida tashkil 
etilgan. Psixologik 
xizmatning asosiy mazmuni 
– sog’lom shaxsning 
o’sishini ta’minlash shaxs    
 rivojlanishidagi turli 
qiyinchiliklarni korreksiya 
qilish va kasb tanlash 
muammosidir.   Birinchi bo’lib 1975 yilda 
Estoniyada psixologik 
xizmat ashkil yetildi. Uning 
rahbari X.I.Liymes, 
Yu.L.Serd bo’lib tarbiyasi 
qiyin o’smirlar uchun ish 
olib bordilar. Rossiyada I.V.Dubrovina psi
xologik xizmatning 
rivojalanishiga juda katta 
hissa qo’shgan. Ushbu 
mavzuda doktorlik 
dissertasiyani yoqlagan va 
bir qancha psixologik 
xizmat asarlari muallifidir.                   Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o’sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning 
ijodiy o’sishi va axloqiy potensialiga bog’liq bo’ladi. Bu sifatlarni shaklanishi 
odamlarining maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalanish va maktabda o’qish 
yillariga to’g’ri keladi.  
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkini psixolog xizmatiga muxtojlik 
bugun yoki kecha paydo bo’lmasdan , ayrim mamlakatlarda allaqachonlar hayotga 
tadbiq yetilib yaxshigina rivojlanmoqda.
Jumladan, bu kasb AQShda o’tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo’lib hozirgi 
zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980  yillarda   maktab 
psixologlarining Milliy assosiyasi tuzilgan yedi. AQShda maktab psixologining markaziy 
vazifalarida biri o’quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash 
hisoblanadi.
AQShda psixologik xizmat uning kelajagi rivojlanish haqidagi ma’lumotlar 
K.R.Reynolds, T.B.Gudkin va boshqalarning 1984 yil Nyu-Yorkda chop etilgan kitobida 
yoritilgan                     Bu mamlakatlarning ko’pchligida tuman va viloyatlarida 
markazlashtirilgan pedogogika-psixologiya yoki maslahat 
markazlari tashkil etilgan bo’lib, ular xalq ta’limi muassalariga 
yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik 
xizmatning asosiy mazmuni sog’lom  shaxsni   shakllantirish , 
shaxsni rivojlanishdagi ayrim kamchiliklarga o’z vaqtida 
e’tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash masasalari 
psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki 
bog’chaga berish  kabi   muammolarni   hal   qilish , kasbga 
yo’naltirish, psixoterapiyaning turli formalari (logopediya, 
psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo’llashdan iborat.
Bu mamlakatlarda psixologik konsultasiyalar orqali ota-
onalarga amaliy yordam ham beriladi, ya’ni boladagi o’qishga 
qiziqmaslik, maktabdan qo’rqish, o’g’irlik yolg’onchilik, 
bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola xulqidagi 
tasodifiy o’zgarishlar, nutqning buzilishi so’zlashda 
duduqlanish , bolaning ota-onasi ustidan shikoyati, doimiy 
bosh og’rig’i uyqusizlik, sababsiz tez toliqish v.h.k.lar sababi 
ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari 
uchun hadiksirashlarini yo’qotishga harakat qilinadi.                     Ilmiy tadqiqot vazifalari - o’quvchilar shaxsning shakllantirishning muhim muammolarini, ta’lim va tarbiyaning 
psixologik asoslarini o’quvchilar bilan o’qituvchilar, maktab psixologlari, maktab psixologlar bilan o’qituvchilar 
o’rtasidagi o’zaro ta’sirni hamda maktab psixologning etikasini o’z ichiga oladi.
Amaliy vazifalar - psixologik tadqiqotni natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qo’llab, bolalarning 
maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash, o’quvchilrning o’qish faoliyatini osonlashtirish, o’quvchi shaxsini 
har tomonlama kamon toptirish, o’quvchilarnig qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va rivojlantirish, 
talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi  «qiyin» bolalar 
bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.
Tashviqot ishlari – psixologik bilimlarni, psixologik umumta’lim tashviq qilib, o’quvchilarning 
psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, 
anjumanlar o’tkazishdan iborat.  Psixologik xizmatning asosiy vazifasi-tadqiqot ishlari, 
amaliy ishlar va tashviqot ishlridan iborat 3 ta vazifadan 
tashkil topadi.                     Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yo’nalishi ta’lim va tarbiyasi 
amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi, 
harakatning ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, o’quv ko’nikma va 
malakalarini egallash uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi. 
Boshqa so’zlar bilan aytganda, kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola 
o’qiy olishi va o’qishni istashi kerak. Ta’limning keyingi bosqichlarida 
vujudga keladigan barcha muammolar (o’zlashtira olmaslik, maktabga 
borishni istamaslik) yoki bolaning o’qiy olmasligiga yoki bolaning o’qiy 
olmasligiga yoki o’qishga qiziqmas bo’lganligiga bog’liq bo’ladi.
Boshlang’ich sinflarning oxirida u yoki predmetga qiziqish 
borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi. Faqat 
bir predmetiga chuqur qiziqish ham o’quvchilarning umumiy 
rivojlanishiga turtki bo’ladi. Agar boshlang’ich sinflarda o’qishga 
qiziqish shakllantirilmagan bo’lsa, undan keyingi yosh davrlarida 
bu juda qiyin bo’ladi, ikkinchidandan yetarli darajada 
shakllantirilmagan o’quv faoliyati o’smirlik davrida yangi 
tuzilmalarning paydo bo’lishiga to’siq bo’ladi.                     1.                 YUqori darajada 
– psixologik xizmat 
vazifalarini  aniqlash, uning 
xujjatlarini tartibga keltirish 
Respublika xalq ta’limi 
Vazirligi qoshidagi psixologik 
xizmat markazining 
buyurtmasiga binoan yuqori 
malakali psixologlar 
(pedagogika institutlarida 
universitetlarining psixologiya 
kafedralari) tomonidan 
amalga oshiriladi. 2.   o’rta darajada – mazkur 
xujjatlar tomonidan hali hisobga 
olinmagan yangi masalalarini 
amaliy ravishda hal etish-psixolog 
mutaxassislar /xalq ta’lim Vazirligi 
qoshidagi maktab psixologik 
xizmati markazi/ tomonidan 
amalga oshiriladi. 3.                  Asosiy ommaviy 
darajada – psixologik xizmatning 
kundalik vazifalarini amalga 
psixologik xizmat haqidagi qonun 
va qoidalarga binoan psixologik 
jihatini to’g’ri hal qilish. Bu ish 
amaliyotchi psixologlar (maktab 
psixologi), viloyat xalq 
boshqarmasi qoshidagi psixologik 
xizmat bo’limlari, nohiya, shahar 
xalq ta’lim bo’limlari qoshidagi 
psixologik 
xizmat (bo’limlar) xonalari, 
maktab, maktabgacha tarbiya 
muassalari, kasb hunar 
kollejlaridagi amaliyotchi 
psixologlar tomonidan amalga 
oshiriladi.  Maktabdagi psixologik xizmat o’zbekiston Respublikasi 
Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tashkil etilib - quyidagi 
tartib va darajaga egadir:                          a) xalq ta'limi va o`rta maxsus kasb-hunar ta'limi xodimlari, o`quvchilar, talabalar bilan 
ma'ruzalar turkumi,  aholining psixologik madaniyatini o`stirish maqsadida trening 
mashg`ulotlari o`tkazish; 
b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish;
v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; 
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o`tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, 
tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); 
d) psixologik maslahat berish; 
e) p s ixologik konsiliumlar o`tkazish; 
j) ta'lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion 
treninglarni amalga oshirish; 
z) psixologik tadqiqot ob'ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o`quv 
dasturi, o`quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar.PSIXOLOGIYA  METODLARI  TURLICHA  BO`LISHI  MUMKIN.

Psixologik xizmatni tashkil etish. RE JA: 1. Psixologik xizmatning rivojlanish tarixi. 2. Psixologik xizmat tuzilishi va uni boshqarish. 3. Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari.

Xorij mamalakatlarida  psixologik xizmat xususan , AQSh da 1800 yildan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalsh muammosini o’rgangan eksperemental psixologlar edi. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot “koeffisiyentini” aniqlash keng tarqalib, keyinchalik “Gaydens” xizmatining rivojlanishiga olib keldi. Fransuz maktab psixologiyasining otasi  Alfred Bine  bo’lib, bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1900 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil yetildi. 1970-yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil yetadi. Bunday guruhlar esa maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxasisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800 –1000 ta o’quvchiga xizmat qiladi.  Bular bir maktabda joylashib , bir nechta maktabga xizmat qilishi mumkin.

PSIXOLOGIK XIZMAT Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik- pedagogik psixologik markazlar shaklida tashkil etilgan. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir. Birinchi bo’lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat ashkil yetildi. Uning rahbari X.I.Liymes, Yu.L.Serd bo’lib tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun ish olib bordilar. Rossiyada I.V.Dubrovina psi xologik xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo’shgan. Ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyani yoqlagan va bir qancha psixologik xizmat asarlari muallifidir.

Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o’sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy o’sishi va axloqiy potensialiga bog’liq bo’ladi. Bu sifatlarni shaklanishi odamlarining maktabgacha ta’lim muassalarida tarbiyalanish va maktabda o’qish yillariga to’g’ri keladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkini psixolog xizmatiga muxtojlik bugun yoki kecha paydo bo’lmasdan , ayrim mamlakatlarda allaqachonlar hayotga tadbiq yetilib yaxshigina rivojlanmoqda. Jumladan, bu kasb AQShda o’tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo’lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980  yillarda   maktab psixologlarining Milliy assosiyasi tuzilgan yedi. AQShda maktab psixologining markaziy vazifalarida biri o’quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash hisoblanadi. AQShda psixologik xizmat uning kelajagi rivojlanish haqidagi ma’lumotlar K.R.Reynolds, T.B.Gudkin va boshqalarning 1984 yil Nyu-Yorkda chop etilgan kitobida yoritilgan

Bu mamlakatlarning ko’pchligida tuman va viloyatlarida markazlashtirilgan pedogogika-psixologiya yoki maslahat markazlari tashkil etilgan bo’lib, ular xalq ta’limi muassalariga yordam beradi. Chexoslavakiya va Vengriyada psixologik xizmatning asosiy mazmuni sog’lom  shaxsni shakllantirish , shaxsni rivojlanishdagi ayrim kamchiliklarga o’z vaqtida e’tibor berib, tuzatib borish, kasb tanlash masasalari psixodiagnostika, bolani qanday tibdagi maktabga yoki bog’chaga berish  kabi muammolarni hal qilish , kasbga yo’naltirish, psixoterapiyaning turli formalari (logopediya, psixonevrologiya v.h.k.) usullarini qo’llashdan iborat. Bu mamlakatlarda psixologik konsultasiyalar orqali ota- onalarga amaliy yordam ham beriladi, ya’ni boladagi o’qishga qiziqmaslik, maktabdan qo’rqish, o’g’irlik yolg’onchilik, bolani uydan yoki maktabdan qochib ketishi bola xulqidagi tasodifiy o’zgarishlar, nutqning buzilishi so’zlashda  duduqlanish , bolaning ota-onasi ustidan shikoyati, doimiy bosh og’rig’i uyqusizlik, sababsiz tez toliqish v.h.k.lar sababi ilmiy jihatdan tushuntirib beriladi va ota-onalarda bolalari uchun hadiksirashlarini yo’qotishga harakat qilinadi.