logo

BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

95 KB
BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH
Reja
1.  Boshqaruv hisobining predmeti va usullari
2.   Boshqaruv   hisobini   tashkil   qilishning   avtonom   va   integrallashgan
usullari
3.   Boshqaruv   va   moliyaviy   hisoblarining   schyotlarida   xo‘jalik
muomalalarini qayd qilish
4.   Xarajatlarni   hisobga   olish   va   mahsulotning   tannarxini   kalkulatsiya
qilish tizimini turkumlash 1.  Boshqaruv hisobining predmeti va usullari
Boshqaruv   hisobi   -   xo‘jalik   yurituvchi   subekt     axborot   tizimining   tarkibiy
qismi   hisoblanadi.   Ishlab   chiqarish   faoliyatini   boshqarishning   samaradorligi
tarkibiy bo‘linmalar, subekt xizmatlari bo‘limlarining faoliyati haqidagi ma’lumot
bilan   ta’minlanadi.   Bu   ma’lumotni   boshqaruv   hisobi   to‘g‘ri   boshqaruv   qarorlarni
qabul   qilish   maqsadida   subektning   ichida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   turli   darajadagi
boshqaruvchilar uchun shakllantiradi.
Boshqaruv   hisobining   mazmuni   boshqaruv   maqsadlari   bilan   aniqlanadi:   u
ichki   bo‘linmalarning   boshqaruvchilari   oldiga   qo‘yilgan   qiziqish   va   maqsadlarga
binoan ma’muriyat qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Boshqaruv hisobining mazmunini o‘rganishga uni subektning butun axborot-
nazorat     tizimi   sifatida   tavsiflovchi   belgilar   to‘plamini   ko‘rib   chiqishga   yordam
beradi:   axborot   bilan   ta’minlanishining   uzluksizligi,   maqsadga   yo‘naltirilganligi,
to‘liqligi,   jamoatning   obektiv   iqtisodiy   qonunlaridan   foydalanishda   amaliy   aks
ettirilishi,   o‘zgaruvchan   tashqi   va   ichki   sharoitlarda   boshqaruv   obektlariga   ta’sir
ko‘rsatish darajasi va hokazolar.
Boshqaruv   hisobining   mazmuni   -   tezkor   boshqaruv   qarorlari   va   subektning
kelajakdagi   rivojlanish   muammolarining   muvofiqlashtirish     uchun   ma’lumotni
tizimlashtiruvchi xarajatlar va daromadlar, me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat
qilish va tahlil qilish hisobining integratsiyalashgan tizimidan iborat.
Taklif   etilgan   tavsif   shu   mavzuda   ko‘rilgan   obektlar,   belgilar,   masala   va
maqsadlardan   kelib   chiqqan   holda   berilgan.   Boshqaruv   hisobining   mazmunini
tavsiflab   uning   muhim   xususiyatini   belgilash   lozim,   chunki   boshqaruv   hisobi
boshqaruv jarayonini hisob jarayoni bilan bog‘laydi.
Boshqaruv   predmeti   bo‘lib   obektga   ta’sir   ko‘rsatish   jarayoni   yoki   ishlab
chiqarishning  maksimal samaradorligiga erishish uchun insonlar faoliyatini tashkil
etish va muqobillashtirish maqsadidagi boshqaruv jarayoni hisoblanadi. Boshqaruv -   boshqaruv   predmetini   rejalashtirish,   tashkil   etish,   muvofiqlashtirish,
stimullashtirish   va   nazorat   qilish   yordamida   ta’sir   ko‘rsatadi.   Boshqaruvning
maqsadlari   va   masalalariga   javob   beruvchi   o‘z   tizimini   yaratib   boshqaruv   hisobi
ayni shu funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi   vaqtda   boshqaruv   hisobining   predmetini   aniqlovchi   aniq   belgilar
mavjud emas. Mualliflar hozirgacha buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv
hisobining   qisman   mazmunini   tushuntirish   bilan   chegaralanganlar.   Bu   borada,
subektning   faoliyatini   boshqarish   tizimi   va   uslublari   o‘zgarmoqda,   shuning   bilan
boshqaruv   hisobining   protsedura   (muolaja)si   va   mazmuni   ham   o‘zgarmoqda.   Bu
ayniqsa   turli   tashkiliy   tizimli,   o‘zgaruvchan   tashqi   omillarning   ta’sirchan
(inflatsiya, sanoatning tizimli qayta qurilishi va hokazo)ligiga ta’lluqli. SHu erdan
boshqaruvning obektlari va subektlarining ro‘yxati o‘zgaradi. 
Boshqaruv   haqidagi   fan   boshqaruv   hisobi   predmeti   haqidagi   konsepsiyani
ham shakllantiradi.
Boshqaruv hisobining predmeti bo‘lib umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarishni
boshqarish   butun   sikli   jarayonidagi   obektlarning   jamlamasi   hisoblanadi.
Predmetning   mazmunini   uning   ko‘p   obektlari   ochadi   va   ularni   ikki   guruhga
birlashtirish   mumkin:   subektning   xo‘jalik   faoliyati   jarayonida   odamlarning
mehnatini   ma’lum   maqsadga   yo‘naltirilganligini   ta’minlovchi   ishlab   chiqarish
resurslari;   to‘plamda   subektning   ishlab   chiqarish   faoliyatini   tuzuvchi   xo‘jalik
jarayonlari va ularning natijalari.
Ishlab   chiqarish   resurslarining   tarkibiga   quyidagilar   kiradi:   asosiy
jamg‘armalar   -   bu   mehnat   vositalari,   ularning   holati   va   foydalanilishi;   nomoddiy
aktivlar   -   uzoq   muddatli   qo‘yilmalarning   obektlari   (Erdan   foydalanish   huquqi,
standartlar,   litsenziyalar,   savdo   belgilari   va   boshqalar),   ularning   holati   va
foydalanilishi;   moddiy   resurslar-   mehnat   vositasi   yordamida   ishlab   chiqarish
jarayonida qayta ishlov berish uchun mo‘ljallangan mehnat buyumlari. Boshqaruv hisobida bu resurslar ishlab chiqarish zaxiralari sifatida subektning
omborlarida,   sex   omborlarida   va   bo‘linmalarda,   ishlab   chiqarish   bo‘limining
omborlarida   va   tayyor   mahsulot   omborigacha   ishlab   chiqarish   bosqichining
darajalari   bo‘yicha   ularning   harakati   jarayonida   ko‘rsatilgan.   Ular   xom-ashyoni
sanoatning   qazib   oluvchi   tarmog‘ining   mahsuloti,   qishloq   xo‘jaligi   mahsuloti
sifatida;   shu   va   boshqa   subektlarda   oldindan   ishlov   berilgan   materiallar   sifatida
(YATM   -   tayyorlanmalar,   quyilmalar,   detallar,   uzellar   va   boshqalar);   hozirgi
davrda   subektda   mavjud   mehnat   resurslari,   mehnat   resurslaridan   maqsadga
muvofiq faoliyat jarayonida foydalanishi va mehnatning natijasi sifatida ko‘radilar.
Boshqaruv hisobi obektlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi:
-   ta’minot-tayyorlov-   ishlab   chiqarish   ta’minoti   va   ta’miri,   shuningdek
ta’minot   jarayoni   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   marketing   faoliyati   uchun   mo‘ljallangan
sotib   olish,   saqlash,   ishlab   chiqarishni   xom-ashyo   resurslarini   sotib   olish   bilan,
yordamchi   materiallar   va   ehtiyot   qismlari   bilan   ishlab   chiqarish   uskunasi   bilan
ta’minlash;
- ishlab chiqaruvchi- ishlab chiqarish texnologiyasi tomonidan shartlangan va
asosiy   hamda   yordamchi   muomalalardan   tashkil   topgan   jarayonlar;   ishlab
chiqarilayotgan   mahsulotlarni   takomillshatirish   va   yangilarini   ishlab   chiqarish
bo‘yicha muomalalar;
-   moliyaviy-sotuv     -   mahsulotni   sotish   bozorini   shakllantirish   bo‘yicha
marketing   tadqiqotlari   va   muomalalar;   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   sotuv   muomalalari,
bularga   qadoqlash,   transportirovka   qilish   va   boshqa   turdagi   ishlar   kiradi;
reklamadan   boshlab   to   istemolchilar   bilan   to‘g‘ri   aloqalar   o‘rnatish   bilan   tugab
sotish   hajmining   o‘sishiga   yordamlashuvchi   muomalalar;   ishlab   chiqarilayotgan
mahsulotning sifatini nazorat qilish;
-   tashkiliy-   subektning   tashkiliy   tizimini   tuzish,   subektning   tizimidan
funksional   bo‘limlarni,   xizmatlarni,   sexlarni,   bo‘linmalarni   ajratish;   tizimli bo‘linmalar,   rejalashtirish,   nazorat   qilish,   rejani   bajarishni   baholash,
rag‘batlantirish   vazifalariga   to‘g‘ri   keladigan   boshqaruvning   turli   darajalari
o‘rtasidagi   ichki   kommunikatsion   aloqalarning   talablariga   javob   beruvchi   to‘g‘ri
va   qaytaruv   aloqali   axborot   tizimini   subektda   tashkil   etish;   subektning   asosiy
maqsadini bajarishga qaratilgan ichki ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish
muomalalari. 
Boshqaruv   hisobi   obektlarining   boshqacha   guruhlashtirilishi   tanlanishi
mumkin, lekin har bir holatda u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi
kerak.
Boshqaruv   hisobi   tizimida   uning   obektlari   ma’lum   ixtisosli   yo‘nalishda   aks
ettirishga   ega.   Birinchi   o‘rinda   ishlab   chiqarish   resurslarining   holati,   harakati,
subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi.
Ularning   yordamida   subektning   axborot   tizimida   boshqaruv   hisobining
obektlari akslanuvchi turli qo‘llanma va usullarning jamlami boshqaruv hisobining
uslubi deyiladi. U quyidagi elementlardan iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya,
nazorat schyotlarini baholash, guruhlashtirish va umumlashtirish, meyorlashtirish,
rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslubning hamma elementlari bir-biridan
alohida   emas,   boshqaruv   masalalarini   yechishga   qaratilgan   ichki   xo‘jalik
aloqalarini tashkil etish tizimida harakat qiladi.
2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan
usullari
Xo‘jalik yurituvchi subekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda
ishlab   chiqarish   xarajatlarini   hisobga   oluvchi   schyotlarni   umumiy   schyotlar
rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim
schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish lozim.   O‘zbekistonda   ikkinchi   usul,   ya’ni   tegishli   schyotlarni   schyotlar   rejasidan
ajratib   olish   orqali   boshqaruv   hisobi   yuritilyapti.   Boshqaruv   hisobi   schyotlarini
ajratib olgan holda yuritish natijasida:
a)   boshqaruv   tarkiblarini   axborotlar   bilan   ta’minlashni   yaxshilashga   olib
kelmoqda;
b) ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi to‘g‘risidagi tijorat sirini saqlashga
yordam bermoqda;
v)   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   (ish,   xizmat)ning   rentabellik   darajasini   sir
saqlashga yordam bermoqda.
Boshqaruv   hisobini   tashkil   qilishning   turlari   va   uning   moliyaviy   hisob   bilan
o‘zaro   aloqasi,   ya’ni   mustaqil   (avtonom),   integrallashgan   buxgalteriya   hisobi
usullari   iqtisodchi   olimlar   tomonidan   chuqur   o‘rganilmoqda   va   amaliyotda
qo‘llashga taklif qilinmoqda.
Buxgalteriya   hisobining   mustaqil   (avtonom)   variantida   moliyaviy   va
boshqaruv   hisob   tizimi   yopiq   hisoblanadi.   Moliyaviy   hisobni   yuritadigan
buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlari bo‘yicha guruhlashtirilsa, boshqaruv
hisobida   esa   kalkulatsiya   moddalari   bo‘yicha   turkumlashtiriladi.   Ushbu   ishlab
chiqarish   xarajatlarini   hisobga   olish   uchun   mustaqil   schyotlarning   kodi   tanlab
olinadi.   Ular   ekran-schyotlar,   tranzit   yoki   oyna   schyotlar   deb   ham   yuritiladi.
CHunki   sarflangan   xarajatlar   ushbu   schyotlarda   o‘zlarining   aksini   ko‘radilar.
Moliyaviy hisobni yuritadigan buxgalteriya esa ushbu xarajatlarning sodir bo‘lgan
joylarini   aks   ettirmaydi   va   tayyor   mahsulotlar   bo‘yicha   sarflangan   umumiy
xarajatlarnigina   aks   ettirgan   axborotlarni   beradi.   SHuning   uchun   ham   moliyaviy
hisobda faqatgina sarflarning umumiy miqdorini olish mumkin.
Boshqaruv hisobi esa ushbu ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘laklarga ajratadi,
ya’ni   sarflangan   tovar-moddiy   zaxiralari,   mehnat   sarflari,   asosiy   vositalarning eskirishi,   ijara   to‘lovlari,   yonilg‘i,   suv,   energiya   sarflari   qaerlarga   sarflanganiga
qarab ayrim olingan holda ko‘rsatiladi.
SHu   bilan   bir   qatorda   mahsulot   (ish,   xizmat)larni   sotishdan   olingan
daromadlar   turlari   bo‘yicha   moliyaviy   hisobda   ham,   boshqaruv   hisobida   ham
ko‘rsatiladi.
SHunday   qilib,   moliyaviy   hisob   olingan   umumiy   daromad   va   sarflangan
umumiy   xarajatlar   to‘g‘risida   ma’lumotlarni   yig‘adi.   Ushbu   ma’lumotlarga
asoslangan   holda   manfaatdor   shaxslar   kalkulatsiya   qilish   sirlariga   chuqur   kirib
bormay   soliqlarning   to‘g‘ri   hisoblanganligini   tekshirishi   mumkin.   Ushbu   holat
faqatgina   bozor   iqtisodiyotiga   mos   kelmaydigan   davlatlarning   hozirgi   faoliyatiga
to‘g‘ri kelmaydi. CHunki amaliyotda ko‘pchilik holatlarda soliq organlari xo‘jalik
yurituvchi   subektning   xarajatlarining   turlari,   kalkulatsiya   qilish   usullarining
qo‘llanishini mahsulotni tannarxdan past bahoda sotish natijasida soliq summasini
kamaytirish   holatlarining   oldini   olish   va   jazolash   maqsadida   chuqur   va   har
tomonlama tekshiradilar.
Boshqaruv   hisobida   qo‘llanilayotgan   ayrim   schyotda   xo‘jalik   yurituvchi
subektning   ishlab   chiqarish   faoliyati   bo‘yicha   ikkita   moliyaviy   natija   aniqlanadi-
marjinal daromad va foyda summasi. Agarda ishlab chiqarish jarayonidagi hamma
xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘lsa u vaqtda marjinal daromad va foydaning
summasi   bir  xil  bo‘lib  qoladi,  umuman  olganda   amaliyotda  mahsulotni  sotishdan
olingan   daromadning   summasidan   o‘zgaruvchan   xarajatlar   chegirilib   marjinal
daromadning   summasi  aniqlanadi   va  ushbu  marjinal   daromad  summasidan   ishlab
chiqarishning ustama xarajatlari chegirilsa qolgan summa foyda hisoblanadi.
Moliyaviy hisobda 9900 schyotda daromad va xarajatlar yig‘ilib balansda aks
ettiriladigan   foyda   summasi   shakllantiriladi.   Ushbu   foyda   asosiy   ishlab   chiqarish
faoliyati, muomalaviy, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda hodisalarning natijasi
bo‘yicha   olinishi   mumkin.  Ushbu   tartibni   tushunishni   osonlashtirish   uchun  ayrim cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subekt faqat asosiy ishlab
chiqarish   faoliyatini   amalga   oshiradi   va   muomalaviy   faoliyatlari,   moliyaviy
faoliyatlari yo‘q deb faraz qilinadi.
Moliyaviy  buxgalteriyada  hisobot   davrining  oxirida  foyda  qo‘yidagi  tartibda
hisoblab chiqiladi:
-   tovar-moddiy   zaxiralarning   qiymati   faqatgina   yilning   oxirida
inventarizatsiya natijalaridan keyin boshqaruv hisobining ma’lumotlariga muvofiq
qayd qilinadi.
- moliyaviy natija esa hisoblangan daromad summasiga yilning oxirida TMQ
qoldiq   summasining   ko‘payishiga   qo‘shilib   ushbu   olingan   ko‘rsatkichdan
sarflangan umumiy xarajatlarning chegirilishi natijasida aniqlanadi.
Hisobning   integrallashgan   tizimida   esa   schyot-ekranlar   qo‘llanilmaydi,   balki
buxgalteriya   hisobi   schyotlaridan   foydalaniladi.   Natijada   boshqaruv   hisobida
qo‘llanilayotgan schyotlarning qoldiq summasi moliyaviy hisobda qo‘llanilayotgan
ushbu   schyotlarga   taalluqlidir.   Subektning   faoliyati   bo‘yicha   sarflarni   aniqlash
uchun   moliyaviy   hisobda   faqatgina   ushbu   schyotlarning   qoldig‘i   aks   ettiriladi   va
ularning   muomalalari   va   jamlangan   aylanma   summalari   boshqaruv   hisobining
schyotlarida yoritiladi.
Misol:   2800   -"Tayyor   mahsulotlar"   schyotlarining   guruhida   faqatgina
boshqaruv   hisobining   ushbu   schyotidan   berilgan   ma’lumotga   asosan   tegishli
mahsulotlarning qoldig‘i  ko‘rsatiladi,  ushbu qoldiqni  topishgacha  bo‘lgan  hamma
muomalalar,   tayyor   mahsulotlarni   qabul   qilish,   chiqarish   muomalalari,   ularning
umumiy   summalari   boshqaruv   hisobining   ushbu   schyotida   qayd   qilib   boriladi.
Boshqa   jarayonlar-   tugallanmagan   ishlab   chiqarishning   qoldiq   summasi,   TMZ
qoldiq   summasi,   moliyaviy   natijalarning   ko‘rsatkichlari   ham   shu   tartibda
moliyaviy va boshqaruv hisoblarida yoritiladi. Tegishli ma’lumotlarni bir tizimdan
ikkinchi tizimga o‘tkazish ayrim olgan schyotlar (masalan, 4100 yoki 6100) orqali amalga   oshirilib   hisobot   davrining   ohirida   ushbu   schyotlar   yopiladi   va   ularda
qoldiq bo‘lmaydi.
Boshqaruv hisobi tizimini yaratishdagi asosiy omil bu ushbu ma’lumotlarning
samaradorligidir.   CHunki   asosiy   maqsad   shu   hisobning   ma’lumotlariga   tayangan
holda qabul qilingan qarorlarning natijasidan iqtisodiy naf olishdir. SHuning uchun
ham   boshqaruv   hisobi   tizimini   joriy   qilish   uchun   ketgan   xarajatlarni   uning
ma’lumotlariga   asosan   qabul   qilingan   qarorlardan   ko‘rilgan   iqtisodiy   naflar
qoplasa va ulardan ortiqcha bo‘lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi.
Ushbu holatda shuni ham etiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan
naflar darhol ko‘zga tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini
qoplash   uzoq   vaqt   davom   qilishi   mumkin.   SHuning   uchun   boshqaruv   hisobining
iqtisodiy   samardorligi   uni   qo‘llash   doirasiga   va   ma’lumotlarni   yig‘ish   va   ularga
ishlov   berishni   avtomatlashtirish   darajasiga   bog‘liq.   Amaliyotda   mamlakatimizda
buxgalteriya   hisobi   tasdiqlangan   umumiy     schyotlarning   rejasiga   asosan
(integrallashgan) yuritiladi.
Moliyaviy   va   boshqaruv   hisobining   integrallashgan   tizimini   yaratish   eng
avvalo   tasdiqlangan   schyotlarning   rejasiga   asoslangan   holda   schyotlar   rejasini
ishlab chiqish va hisob siyosatiga kiritishdir.    
3. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik
muomalalarini qayd qilish
Hozirgi   davrda   xo‘jalik   yurituvchi   subektning   faoliyatidagi   sodir   bo‘lgan
muomalalarni   kompyuterlashtirish   muhim   ahamiyatga   ega,   chunki   ushbu
voqealarni   tezkor   jamlash,   ishlov   berish,   boshqaruv   qarorlarini   qabul   qilish   va
ularning natijalarini baholash muhim ahamiyatga ega. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda xarajatlarni tegishli moddalar, ishlab chiqarish
bo‘linmalari,   mas’uliyat   markazlari   bo‘yicha   guruhlashtirishning   zaruriyati   va umumiy   ishlab   chiqarish   xarajatlarini   (reklama,   sotish,   ma’muriy)   tegishli
belgilariga   mutanosib   ravishda   taqsimlash   zarurligidan   kelib   chiqqan   holda
ularning  maxsus belgilariga qarab analitik hisobini yuritishni taqozo qiladi. Ushbu
dasturlarni   hozirda   qo‘llanilayotgan   yangi   schyotlarning   rejasiga   moslashtirish
lozim,   chunki   ushbu   schyotlar   bosh,   ikkinchi   va   uchinchi   darajali   schyotlarga
bo‘linmagan   holda   ularning   analitik  xususiyati   to‘liq  yoritilgan.  Ushbu   jarayonda
qo‘llaniladigan schyotlar quyidagicha tavsiflanadi:
                -   mahsulotlarni   sotish   muomalalari   boshqaruv   hisobida   2810/1   va   9110/1
schyotlarida, moliyaviy hisobda 2810 va 9110-schyotlarda yuritiladi;
              -  hisoblash  texnikalarini  qabul  qilish  va   sotishga   jo‘natish   muomalalari  esa
boshqaruv hisobida 2910/1 va moliyaviy hisobda 2910-schyotda yuritiladi;
             -  muomala  sarflarining  hisobi   esa  boshqaruv  hisobida  9410/1 va  moliyaviy
hisobda 9410-schyotda qayd qilib boriladi.
Boshqaruv  va  moliyaviy  hisoblarida  ham  mahsulotlarni   sotish  schyoti-   9110
umumlashtirilgan   holda   va   muomala   sarflari   (9410   schyotlarda)     tegishli   turlari
bo‘yicha (9419gacha) ayrim ochilgan schyotlarda qayd qilib boriladi.
Ushbu   tizim   tannarxning   analitik   hisobini   moliyaviy   hisobda   to‘liq   tannarx
usulida   va   boshqaruv   hisobida   "direkt-kosting"   usulida   yuritish   imkoniyatini
yaratadi. Ushbu sharoitda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini
har   xil   usullar   yordamida   hisoblab   chiqish   va   ushbu   ma’lumotlarni   hisobotning
turli shakllariga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Keltirilgan   analitik   hisobni   yuritish   uchun   ushbu   tuzilgan   dasturda   quyidagi
imkoniyatlardan foydalaniladi:
      - xo‘jalik muomalalarini qayd qilish vaqtida analitik schyotlarni aniqlash;
       - kirim qoldiqlarini kirtish;
       -  namunaviy hisobot hujjatlarini tayyorlash;              - analitik schyotlardan foydalangan holda boshqaruv ma’lumotlariga maxsus
ishlov berish va rahbariyatga taqdim qilish.
Kompaniyalarda   foydalanilgan   kompyuter   dasturlarining   imkoniyatlaridan
biri   har   xil   muddatlarga   subektning   budjetini   ishlab   chiqishdir.   Ushbu   maqsad
uchun   "Moliyaviy   rejalar"   turkumidagi   dastur   qo‘llaniladi.   Ushbu   dasturning
afzalligi quyidagilardir:
   kelgusidagi daromad va sarflarni hohlagan muddatga rejalashtiradi;
  ushbu daromad va sarflarni subektning budjeti bilan birlashtiradi;
  to‘lovlarning ustidan nazorat o‘rnatadi;
  smetalardan foydalanishni tahlil qiladi;
 subektning moliyaviy faoliyatini muqobillashtiradi.
Rejalashtirish   talab   qilingan   vaqt   oralig‘i   bo‘yicha   amalga   oshiriladi.
Subektning   budjeti   esa   bir   marta   bo‘ladigan     va   takrorlanib   turadigan
muomalalarga asosan tuziladi. CHunki har bir muomalaning natijasi resurslarning
harakatiga - TMZ harakati, pul mablag‘larining va asosiy vositalarning harakatiga
olib keladi.
Takrorlanadigan   muomalalar   bo‘yicha   harakat   davri   va   takrorlanish   davri
topiladi.   Akat   davri   ushbu   muomalalarning   harakatining   boshlanish   va   tugash
vaqtini   belgilaydi.   Misol,   yil   davomida   ijara   to‘lovlarini   to‘lash-   01.01-31.12   va
hokazo. Zaruriyat tug‘ilganda harakat davrining oxirini aniqlash shart emas, chunki
ayrim hollarda ushbu muomalalarni harakat davrining oxiri bo‘lmaydi. 
Takrorlanish   davri   ayrim   muomalalarning   takrorlanib   turishini   shakllantirish
imkoniyatini  yaratadi. Ushbu takrorlanish uchun bir necha kun, hafta, dekada, oy
yoki   yil   tanlab   olinishi   mumkin.   Ushbu   takrorlanadigan   muomalalarni
rejalashtirish topshirilgan sana yoki kunlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
B ir   tuzilgan   moliyaviy   reja   uchun   ushbu   dastur   takrorlanadigan
muomalalarning   ayrim   ro‘yxatini   tuzadi.   Ushbu   muomalalarni   moliyaviy   rejaga kiritgandan keyin komputer o‘z-o‘zidan ularni rejaning sanalariga moslashtirib bir
marta sodir bo‘ladigan muomalalarga aylantiradi. Oldindan olingan ma’lumotlarga
asosan dastur kelgusi davrlar uchun rejalarni tuzish imkoniyatiga ega, keyinchalik
ushbu davr kichik davrlarga bo‘linib reja ko‘rsatkichlariga ushbu sharoitdan kelib
chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mazkur   dastur   ilgari   yig‘ilgan   yillik   va   choraklik   ma’lumotlarga   asosan
kelgusi   yillar   uchun   uzoqni   ko‘zlagan   rejalarni   tuzishga   imkoniyat   yaratadi.
Keyinchalik   esa   zarurat   tug‘ilganda   ilgari   tuzilgan   moliyaviy   rejalashtirishga
qaytiladi   va   ushbu   rejani   tuzgan   davrdan   keyingi   sodir   bo‘lgan   voqealarning
natijalariga asosan unga aniqliklar kiritiladi. 
Moliyaviy   rejaga   kiritilgan   muomalalarga   asosan   to‘lov   hujjatlari
tayyorlanadi. Ushbu muomalalarning sodir bo‘lganligiga qarab (to‘lov hujjatlariga
ishlov   bergandan   keyin)   dastur   pul   mablag‘larining   kirimi   va   chiqimini   to‘lov
hujjatlarining sanasiga muvofiq shu ma’lumotlarni moliyaviy rejaga kiritib boradi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asosan dastur avtomat tarzida rejadagi va
haqiqiy   kirim   qoldig‘ini   rejalashtirilgan   davrning   boshi   va   oxiriga   shakllantiradi,
boshlang‘ich   va   oxirgi   sanaga   pul   mablag‘larining   kirimi,   chiqimi   va   ishlov
berilgan to‘lov hujjatlarining ma’lumotlariga asoslanib pul  mablag‘larining ushbu
davr ichidagi umumiy kirimi va umumiy chiqimini jamlab beradi.
Bu   axborotlarga   asoslangan   holda   rejalashtirish   davrining   boshlang‘ich   va
oxirgi sanasini o‘zgartirib:
 o‘rnatilgan davrda to‘lovlarning amalga oshishi ustidan nazorat o‘rnatiladi;
 aniq bitta buxgalteriya schyoti bo‘yicha moliyaviy rejaning bajarilishi tezkorlik
bilan tahlil qilinadi;
 zarurat tug‘ilsa joriy davrdagi muomalalarning rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ushbu   tadbirlarning   amalga   oshirilishi   natijasida   xo‘jalik   yurituvchi
subektning faoliyati rejalashtirilgan vaqt mobaynida muqobillashtirib boriladi. Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   kompaniyalarning   faoliyatini   hisobga   olish
jarayonida   ikki   hisob   -boshqaruv   va   moliyaviy   hisob   yuritiladi.   Boshqaruv
hisobida   soliqlar   xarajatlar   schyotida   ushbu   summani   budjetga   to‘lagan
daqiqasidan   boshlab   hisobga   olinadi.   Bundan   tashqari     xarajatlarni   hisobga   olish,
sotish   sarflarini   hisobga   olishning   analitik   hisobi   faqat   buxgalteriya   hisobida
yuritiladi.
Moliyaviy   hisobda   ishlab   chiqarilgan   mahsulotning   tannarxini   hisoblash
jarayonida   ishlab   chiqarish   xarajatlarini   hisobga   oluvchi   schyotlarda   faqatgina
Nizomga asosan ishlab chiqarish va sotishga ta’lluqli xarajatlargina qayd qilinadi.
Boshqa   xarajatlar   esa   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   9910-"Daromad   va   sarflarning
jamlanmasi" schyotiga olib boriladi.
Boshqaruv   hisobida   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   (ish,   xizmat)ning   tannarxi
subektda   ishlab   chiqilgan   va   tasdiqlangan   hisob   siyosatida   ko‘rsatilgan   usulga
muvofiq hisoblab chiqiladi.
Moliyaviy   hisobda   qo‘llaniladigan   hamma   schyotlar   balans   schyotlari
deyiladi,   ya’ni   ushbu   schyotlardagi   boshlang‘ich   va   oxirgi   qoldiq   summalari   shu
davrga   tuzilgan   balansning   ayrim   olgan   moddalarida   aks   ettiradi.   Ayrim   hollarda
faoliyatning   natijasini   tahlil   qilish   va   boshqaruv   qarorlarini   osonlashtirish   uchun
muomalalarning   qiymatini   o‘zgarmaydigan   val yu tada   aks   ettirish   maqsadga
muvofiqdir.
Avtomatlashtirilgan   buxgalteriya   hisobining   dasturida   moliyaviy   va
boshqaruv   hisobini   birga   yuritish   maqsadida   boshqaruv   hisobining   schyotlari
tranzit schyotlar sifatida berilgan chunki ularning asosiy qismida hisobot davrining
oxirida   qoldiq   qolmaydi.   Misol,   9310,   9410,   9420,   9430,   9440,   9500-9900-
schyotlar   bo‘lib   amaliyotda   va   21-BXMSga   asosan   ushbu   schyotlar   tranzit
schyotlar deb yuritiladi. Tovar-moddiy   zaxiralarni   (TMZ)   hisobga   olish.   TMZ   xaqiqiy   tannarx
bo‘yicha   hisobga   olib   boriladi.   Xom-ashyo   va   materiallar   ishlab   chiqarishga   sarf
qilinayotganda   o‘rtacha   hisoblangan   haqiqiy   tannarxda   aks   ettiriladi.   Ushbu
haqiqiy o‘rtacha tannarxi oy boshidagi qoldiq TMZ qiymatiga oy davomida qabul
qilingan   TMZ   qiymati   qo‘shilib   hosil   bo‘lgan   summani   ushbu   TMZ   miqdoriga
bo‘lish usuli bilan hisoblab chiqiladi.
Xarajatlarni   hisobga   olish.   Boshqaruv   hisobida   2010-"Asosiy   ishlab
chiqarish"   schyoti   tegishli   tasdiqlangan   xarajat   moddalaridan   tashqari   ishlab
chiqarish   bilan   bog‘liq   boshqa   xarajatlarni   ham   hisobga   olish   uchun
kengaytirilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarishning ustama xarajatlari
tegishli   schyotlarda   (xom-ashyo   va   materiallarning   sarfi,   komplektlashtiruvchi
detallarning   qiymati   mehnat   haqi   sarflari,   kommunal   xizmatlari   uchun   to‘lovlar,
soliqlar   va   boshqa   sarflar)   hisobga   olinadi.   Ushbu   tartib   "direkt-kosting"   tizimini
qo‘llash uchun xarajatlarni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas-doimiy xarajatlarga ajratish
imkoniyatini yaratadi.
Ishlab   chiqarish   ustama-doimiy   xarajatlar   tegishli   ayrim   olgan   schyotlarda
hisobga olib boriladi va hisobot davrining oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotning
tannarxini   aniqlash   uchun   tasdiqlangan   usulga   muvofiq   taqsimlanadi   va   ularning
tannarxiga qo‘shiladi. Ushbu tartib:
-   ishlab   chiqarish   hajmi,   xarajatlar   va   foydaning   hajmi   o‘rtasidagi   o‘zaro
bog‘liqliklarni o‘rganishga imkon yaratadi;
-   ishlab   chiqarishning   hajmiga   nisbatan   tannarxning   o‘zgarishi   yoki   ayrim
xarajatlarning o‘zgarishini bashorat qilishga yordam beradi;
- baho va hajmni muqobillashtiradigan variant va kombinatsiyalarni topishga
imkon yaratadi;
-   samarali   baho   siyosatini   subektning   faoliyatiga   tadbiq   etishga   yordam
beradi. Mas’uliyat   markazlari   rahbarlarining   faoliyati   ustidan   nazorat   qilish   uchun
xarajatlarning   sarfini   hisobga   olishning   meyorlashtirilgan   usulini   tadbiq   qiladilar.
Buning   uchun   zaruriyat   tug‘ilganda   ayrim   schyot   ochilib   (misol,   3510-"Tayyor
mahsulotlarni   olish")   unda   ushbu   xarajatlar   tasdiqlangan   me ’ yorlar   asosida
mahsulotlarning tannarxi hisoblanadi. Ushbu schyotning debet tomonida haqiqatda
sarflangan xarajatlar hisobga olib borilsa, kredit tomonidan esa ishlab chiqarilgan
tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning meyoriy tannarxi ko‘rsatiladi. Ushbu schyotning
ma’lumotlariga   asosan   tegishli   hisobot   davri   ichida   ishlab   chiqarilgan   mahsulot
(ish, xizmat)lar bo‘yicha haqiqiy sarflar bilan ularning me ’ yoriy tannarxi orasidagi
farqni   aniqlash   imkoniyatini   yaratadi.   Aniqlangan   farq   summalari   (ijobiy   yoki
salbiy)   tegishli   9110-"Sotilgan   mahsulotning   haqiqiy   tannarxi"   schyotiga
o‘tkaziladi. Ushbu schyotda (3510) hisobot davrining ohirida qoldiq bo‘lmaydi va
u   yopiladi.   Agarda   me ’ yoriy   tannarx   haqiqiy   tannarxdan   ortiq   bo‘lsa   bu   ijobiy
holat   deb   hisoblanadi.   Mabodo   meyoriy   tannarxdan   haqiqiy   tannarx   ortiq   bo‘lsa
uning   sabablari   analitik   schyotlarning   ma’lumotlariga   asosan   har   tomonlama   va
chuqur tahlil qilinadi, sabablari aniqlanadi va baholanadi. Natijada ushbu farqning
sodir   bo‘lish   sabablari,   mas’ullari   aniqlanib   tegishli   chora-tadbirlar   ishlab
chiqiladi,   chunki   xo‘jalik   yurituvchi   subekt   mas’uliyat   markazlariga   bo‘lingan
holda hisob yuritadi. 
Tayyor mahsulotlarni sotish. Mahsulotlarni sotish jarayoni ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning   majmuasidan   tashkil   topgan.   Mahsulotlarni   sotish   istemolchi   va
buyurtmachilar   bilan   ilgari   tuzilgan   shartnomalarga   asosan   amalga   oshiriladi.
Ushbu   mahsulot   (ish,   xizmat)larni   sotish   muomalalarini   moliyaviy   va   boshqaruv
hisobining schyotlarida qayd qilishdan asosiy maqsad tegishli mahsulotlarni sotish
bo‘yicha   moliyaviy   natijalarni   aniqlashdir.   Mahsulot   (ish,   xizmat)larni   sotishni
hisobga olishning ikkita usuli mavjud:    sotilgan   mahsulotning   qiymatini   to‘lash   sanasidan   (kassa   usuli)   ularni
sotilgan deb tan olish va tegishli schyotlarda qayd qilish;
   tayyor   mahsulotlarni   xaridor   va   buyurtmachilarga   jo‘natish   yoki   to‘lov
hujjatlarini   bankka   topshirgan   sanadan   sotilgan   deb   tan   olish   va   tegishli
schyotlarda qayd qilish (hisoblash usuli).
O‘zbekiston   Respublikasida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   xo‘jalik   yurituvchi
subektlar   ichki   bozorlarga   o‘zlarining   ishlab   chiqargan   mahsulotini   sotayoganda
hisobga olishning ikkinchi usulini qo‘llaydilar:
Debet 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi"
Kredit 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" va bir vaqtda
Debet 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"
Kredit 9010-"Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar"
Tayyor   mahsulotlarni   sotish   muomalalari   ikkita   schyotda   qayd   qilib  boriladi
9110-schyotning   debetida   sotilgan   mahsulotning   tannarxi   (xarajat)   va   9010
schyotning   kreditida   ushbu   mahsulotning   shartnomada   ko‘rsatilgan   bahosi
(daromad).   Ushbu   tartib   tannarx   (xarajat)   bilan   kelishilgan   baho   (daromad)ni
taqqoslash   va   ushbu   jarayon   bo‘yicha   foyda   yoki   zararni   aniqlashga   yordam
beradi:
Debet 9910 -"Daromad va xarajatlarning jamg‘armasi",
Kredit 9110 -"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi" schyoti.
Debet 9010 -"Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar",
Kredit 9910-"Daromad va xarajatlarning jamg‘armasi" schyoti
Agarda hisobot davrining ohirida  zarar ko‘rilsa :
Debet   9910   >   kredit   9910,   ya’ni   9910   schyotning   debetidagi   summa
kreditidagi umumiy summadan ko‘p bo‘ladi.
Agarda  ushbu jarayon bo‘yicha  foyda olinsa : Debet   9910   <   kredit   9910,   ya’ni   9910   schyotning   debet   tomonidagi   summa
kredit tomonidagi summadan kam bo‘ladi.
Boshqaruv   hisobining   maqsadi   va   vazifasi   ichki   foydalanuvchilarni   xo‘jalik
faoliyati bo‘yicha zarur bo‘lgan axborotlar bilan ta’minlashdir. 
4. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya
qilish tizimini turkumlash
Xo‘jalik   yurituvchi   subektning   faoliyatida   sodir   bo‘lgan   xarajatlarni
guruhlashtirish u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yo‘naltirilgan. Lekin
xo‘jalik   faoliyatida   ro‘yobga   chiqadigan   holatlar   ishlab   chiqarilgan   namunaviy
tizimlarga to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z
menedjerlarining   talabidan   kelib   chiqqan   holda   va   ularning   talabini   qondirish
uchun   ayrim   olingan   hisob   tizimining   loyihasini   ishlab   chiqadilar.   SHu   bilan   bir
qatorda   ushbu   hisob   tizimlarining   xilma-xilligidan   qat’iy   nazar   subektlar
faoliyatining   nazariyasi   va   amaliyoti   tomonidan   xarajatlarni   hisobga   olish   va
mahsulotning   tannarxini   kalkulatsiya   qilishni   tashkil   qilishning   umumiy   tartibi
ishlab chiqilgan.
Xo‘jalik   yurituvchi   subektning   ishlab   chiqarish   faoliyatida   xarajatlarning
boshqaruv   hisobi   tizimini   tashkil   qiladigan   va   o‘zaro   bog‘langan   uchta   element
mavjud:   ishlab   chiqarishga   sarflangan   xarajatlarni   hisobga   olish;   tayyor
mahsulotlarning   hisobini   yuritish   va   ushbu   tayyor   mahsulotlarning   tannarxini
kalkulatsiya qilish.
Ushbu o‘zaro bog‘langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan holda
ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning
turlari, tarkibi, mazmuni, yo‘nalishi, sodir bo‘lgan joylari va mas’uliyat markazlari,
mahsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning qismi
va   yarimfabrikatlar   bo‘yicha   guruhlashtirishda   qo‘llaniladigan   usullarning   o‘zaro aloqalarini aks ettirishi lozim va amal qilinayotgan me ’ yorlar bilan rejalashtirilgan
samaradorlikni   taqqoslash   natijasida   ishlab   chiqarish   resurslaridan   foydalanishni
nazorat qilish usullaridir. 
Ularning   tarmoqlar   bo‘yicha   xususiyatidan   qat’iy   nazar   har   bir   xo‘jalik
yurituvchi   subektda   xarajatlarni   hisobga   olish   tizimi   xo‘jalik   faoliyatining
natijalarini ishonchli va xolisona aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatining borishi
ustidan   nazorat   o‘rnatish   imkoniyatini   yaratib   beradigan   tashkiliy   modulni   talab
qiladi.
SHu   bilan   bir   vaqtda   ishlab   chiqarishning   texnologiya   va   tashkiliy
xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning
miqdor va sifat tasnifi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning
tannarxini kalkulatsiya qilishning har xil usullari va usl ublarini qo‘llashni talab
qiladi. Xo‘jalik yurituvchi subektning amaliyotida qo‘llanilayotgan ushbu
tizimlar quyidagi tartibda turkumlashtiriladi:
A. Guruhlashtiriladigan obektlar
Buyurtma tizimi Jarayon tizimi
V. Meyorlashtirish darajasi
Haqiqiy sarflarning tizimi  Meyoriy sarflarning tizimi
S. Xarajatlarni qamrashning to‘laligi
To‘liq sarflarning tizimi Qisman sarflarning tizimi 1- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining
turkumlanishi
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish tizimidan
foydalanishda   o‘zbilarmonchilikka   yo‘l   qo‘yish   mumkin   emas.   CHunki   uni
qo‘llashning   maqsadi   boshqarish   va   xarajatlarni   hisobga   olish   obektlari   bilan
chambarchas bog‘langan holda yig‘ilgan. 
Bizning mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va korxonalarning iqtisodiyotiga
bag‘ishlab   chop   qilingan   adabiyotlarda,   1999-yil   5-fevralda   Vazirlar
Mahkamasining   qarori   bilan   tasdiqlangan   "Mahsulot   (ishlar,   xizmatlar)ni   ishlab
chiqarish   va   sotish   xarajatlarning   tarkibi   va   moliyaviy   natijalarni   shakllantirish
tartibi   to‘g‘risida"gi   nizom,   buxgalteriya   hisobining   standartlari   va   xalqaro
standartlarga   ko‘ra   xo‘jalik   yurituvchi   subektlarda   ishlab   chiqarilgan   mahsulot,
bajarilgan  ish va ko‘rsatilgan  xizmatlarning xarajatini  hisobga  olish va tannarxini
kalkulatsiya qilishning uchta usuli me ’ yoriy, ishlov berish (jarayonlar bo‘yicha) va
buyurtma usullari mavjud. Ushbu usullarning qaysi birini qo‘llash har bir xo‘jalik
yurituvchi   subektda  ishlab  chiqarilgan mahsulotning  turlari,  texnologiya jarayoni,
tarmoqning   xususiyati,   ishlab   chiqarishni   tashkil   qilish   usuli   va   uning   turlaridan
kelib   chiqqan   holda   o‘zida   ishlab   chiqilgan   hisob   siyosatida   ko‘rsatadi   va
rahbarning   buyrug‘i   bilan   mastahkamlaydi.   SHu     bilan   bir   qatorda   yuqorida
keltirilgan   turkumlarning   hech   biri   ayrim   olgan   holda   xo‘jalik   yurituvchi
subektning ichidagi  o‘ziga xos  xususiyatlarini  to‘liq va har  tomonlama yoritishga
da’vogar bo‘la olmaydi.         
Ushbu   yuqorida   keltirilgan   xarajatlarni   hisobga   olish   va   kalkulatsiya   qilish
belgilari   xarajatlarni   hisobga   olish   tizimini   muvaffaqiyatli   tashkil   qilishga   va   bir
usulni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi.
Xulosa Boshqaruv   hisobining   nazariy   asoslari   o‘z   tarkibida   boshqaruv   hisobining
mazmuni   haqida,   uning   predmeti   va   boshqaruv   hisobi   tomonidan   amalga
oshirilayotgan   obektlar,   v azifalarni   aks   ettiruvchi   vositalar   haqida,     prin s iplar   va
tashkillashtirishning tizimlari haqidagi tushunchani birlashtirishdir.                    
Nazorat va muhokama  uchun savollar
1. Boshqaruv hisobi qa e rda va qachon mustaqil fan sifatida shakllangan?
2. Boshqaruv hisobini yuritishdan asosiy maqsad nima?
3. Boshqaruv   hisobi   va   moliyaviy   hisobning   umumiyligi   hamda   bir-biridan
farqini ayting?
4. Boshqaruv hisobining kon s eptual asoslarining yoriting?
5. Boshqaruv hisobini tartibga soluvchi meyoriy hujjatlarni ayting?
6. Boshqaruv hisobining predmetining tasniflang?
7. Boshqaruv hisobining uslubi va uning elementlarini ayting?
8. Boshqaruv hisobining obektlari nimadan iborat?
9. Boshqaruv hisobining tarkibiy tuzilishini yoritib bering?
10. Boshqaruv hisobi qaysi hisob tizimiga kiradi?

BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH Reja 1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari 2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari 3. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik muomalalarini qayd qilish 4. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish tizimini turkumlash

1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari Boshqaruv hisobi - xo‘jalik yurituvchi subekt axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi tarkibiy bo‘linmalar, subekt xizmatlari bo‘limlarining faoliyati haqidagi ma’lumot bilan ta’minlanadi. Bu ma’lumotni boshqaruv hisobi to‘g‘ri boshqaruv qarorlarni qabul qilish maqsadida subektning ichida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi boshqaruvchilar uchun shakllantiradi. Boshqaruv hisobining mazmuni boshqaruv maqsadlari bilan aniqlanadi: u ichki bo‘linmalarning boshqaruvchilari oldiga qo‘yilgan qiziqish va maqsadlarga binoan ma’muriyat qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. Boshqaruv hisobining mazmunini o‘rganishga uni subektning butun axborot- nazorat tizimi sifatida tavsiflovchi belgilar to‘plamini ko‘rib chiqishga yordam beradi: axborot bilan ta’minlanishining uzluksizligi, maqsadga yo‘naltirilganligi, to‘liqligi, jamoatning obektiv iqtisodiy qonunlaridan foydalanishda amaliy aks ettirilishi, o‘zgaruvchan tashqi va ichki sharoitlarda boshqaruv obektlariga ta’sir ko‘rsatish darajasi va hokazolar. Boshqaruv hisobining mazmuni - tezkor boshqaruv qarorlari va subektning kelajakdagi rivojlanish muammolarining muvofiqlashtirish uchun ma’lumotni tizimlashtiruvchi xarajatlar va daromadlar, me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat qilish va tahlil qilish hisobining integratsiyalashgan tizimidan iborat. Taklif etilgan tavsif shu mavzuda ko‘rilgan obektlar, belgilar, masala va maqsadlardan kelib chiqqan holda berilgan. Boshqaruv hisobining mazmunini tavsiflab uning muhim xususiyatini belgilash lozim, chunki boshqaruv hisobi boshqaruv jarayonini hisob jarayoni bilan bog‘laydi. Boshqaruv predmeti bo‘lib obektga ta’sir ko‘rsatish jarayoni yoki ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish uchun insonlar faoliyatini tashkil etish va muqobillashtirish maqsadidagi boshqaruv jarayoni hisoblanadi. Boshqaruv

- boshqaruv predmetini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, stimullashtirish va nazorat qilish yordamida ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruvning maqsadlari va masalalariga javob beruvchi o‘z tizimini yaratib boshqaruv hisobi ayni shu funksiyalarni bajaradi. Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobining predmetini aniqlovchi aniq belgilar mavjud emas. Mualliflar hozirgacha buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv hisobining qisman mazmunini tushuntirish bilan chegaralanganlar. Bu borada, subektning faoliyatini boshqarish tizimi va uslublari o‘zgarmoqda, shuning bilan boshqaruv hisobining protsedura (muolaja)si va mazmuni ham o‘zgarmoqda. Bu ayniqsa turli tashkiliy tizimli, o‘zgaruvchan tashqi omillarning ta’sirchan (inflatsiya, sanoatning tizimli qayta qurilishi va hokazo)ligiga ta’lluqli. SHu erdan boshqaruvning obektlari va subektlarining ro‘yxati o‘zgaradi. Boshqaruv haqidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi konsepsiyani ham shakllantiradi. Boshqaruv hisobining predmeti bo‘lib umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarishni boshqarish butun sikli jarayonidagi obektlarning jamlamasi hisoblanadi. Predmetning mazmunini uning ko‘p obektlari ochadi va ularni ikki guruhga birlashtirish mumkin: subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida odamlarning mehnatini ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi ishlab chiqarish resurslari; to‘plamda subektning ishlab chiqarish faoliyatini tuzuvchi xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari. Ishlab chiqarish resurslarining tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy jamg‘armalar - bu mehnat vositalari, ularning holati va foydalanilishi; nomoddiy aktivlar - uzoq muddatli qo‘yilmalarning obektlari (Erdan foydalanish huquqi, standartlar, litsenziyalar, savdo belgilari va boshqalar), ularning holati va foydalanilishi; moddiy resurslar- mehnat vositasi yordamida ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlov berish uchun mo‘ljallangan mehnat buyumlari.

Boshqaruv hisobida bu resurslar ishlab chiqarish zaxiralari sifatida subektning omborlarida, sex omborlarida va bo‘linmalarda, ishlab chiqarish bo‘limining omborlarida va tayyor mahsulot omborigacha ishlab chiqarish bosqichining darajalari bo‘yicha ularning harakati jarayonida ko‘rsatilgan. Ular xom-ashyoni sanoatning qazib oluvchi tarmog‘ining mahsuloti, qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatida; shu va boshqa subektlarda oldindan ishlov berilgan materiallar sifatida (YATM - tayyorlanmalar, quyilmalar, detallar, uzellar va boshqalar); hozirgi davrda subektda mavjud mehnat resurslari, mehnat resurslaridan maqsadga muvofiq faoliyat jarayonida foydalanishi va mehnatning natijasi sifatida ko‘radilar. Boshqaruv hisobi obektlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi: - ta’minot-tayyorlov- ishlab chiqarish ta’minoti va ta’miri, shuningdek ta’minot jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati uchun mo‘ljallangan sotib olish, saqlash, ishlab chiqarishni xom-ashyo resurslarini sotib olish bilan, yordamchi materiallar va ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqarish uskunasi bilan ta’minlash; - ishlab chiqaruvchi- ishlab chiqarish texnologiyasi tomonidan shartlangan va asosiy hamda yordamchi muomalalardan tashkil topgan jarayonlar; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillshatirish va yangilarini ishlab chiqarish bo‘yicha muomalalar; - moliyaviy-sotuv - mahsulotni sotish bozorini shakllantirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari va muomalalar; to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv muomalalari, bularga qadoqlash, transportirovka qilish va boshqa turdagi ishlar kiradi; reklamadan boshlab to istemolchilar bilan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish bilan tugab sotish hajmining o‘sishiga yordamlashuvchi muomalalar; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini nazorat qilish; - tashkiliy- subektning tashkiliy tizimini tuzish, subektning tizimidan funksional bo‘limlarni, xizmatlarni, sexlarni, bo‘linmalarni ajratish; tizimli

bo‘linmalar, rejalashtirish, nazorat qilish, rejani bajarishni baholash, rag‘batlantirish vazifalariga to‘g‘ri keladigan boshqaruvning turli darajalari o‘rtasidagi ichki kommunikatsion aloqalarning talablariga javob beruvchi to‘g‘ri va qaytaruv aloqali axborot tizimini subektda tashkil etish; subektning asosiy maqsadini bajarishga qaratilgan ichki ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish muomalalari. Boshqaruv hisobi obektlarining boshqacha guruhlashtirilishi tanlanishi mumkin, lekin har bir holatda u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi kerak. Boshqaruv hisobi tizimida uning obektlari ma’lum ixtisosli yo‘nalishda aks ettirishga ega. Birinchi o‘rinda ishlab chiqarish resurslarining holati, harakati, subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi. Ularning yordamida subektning axborot tizimida boshqaruv hisobining obektlari akslanuvchi turli qo‘llanma va usullarning jamlami boshqaruv hisobining uslubi deyiladi. U quyidagi elementlardan iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, nazorat schyotlarini baholash, guruhlashtirish va umumlashtirish, meyorlashtirish, rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslubning hamma elementlari bir-biridan alohida emas, boshqaruv masalalarini yechishga qaratilgan ichki xo‘jalik aloqalarini tashkil etish tizimida harakat qiladi. 2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari Xo‘jalik yurituvchi subekt boshqaruv hisobining tizimini tashkil qilayotganda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarni umumiy schyotlar rejasidan ajratishni taqozo qiladi. Demak, boshqaruv hisobini yuritish uchun ayrim schyotlarning rejasini tuzish yoki umumiy rejadan tegishli schyotlarni ajratib olish