logo

Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.8388671875 KB
                       Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik.  
Mundarija
Kirish.
Asosiy qism.
I BOB.   Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o’rni, uning asosiy   
                   xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari
I.1   Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining predmeti va   
      Vazifalari.
I.2   Manbalar turlari  hamda manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili.
II BOB.   Manbashunoslikning asosiy yo’nalishlari. Tarixiy, nazariy va amaliy 
              manbashunoslik
II.1   Tarixiy va nazariy manbashunoslik yo’nalishlari va ularning manbalarni  
       o’rganishdagi o’rni .
II.2   Amaliy manbashunoslik yo’nalishi.
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.  
Ilovalar    O`zbekiston   Respublikasida   davlat   mustaqilligini   qo’lga   kiritish   bilan   o`zbek   xalqi
tarixida   tub   burilishi   sodir   bo’ldi.   Mustaqillik   xalqimizning   o’z   huquqlari,   milliy   o’zligini
tiklashga,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   ma`naviy   taraqqiyot   sari   yuz   tutishga   cheksiz   imkoniyatlar
yaratdi.   Ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot   sari   yo’l   tub   islohotlar   bilan   belgilangan   bo’lsa,
ma`naviy   taraqqiyotga   milliy   ma`naviyatni   tiklash   va   mustahkamlash,   fan,   maorif
madaniyatni   rivojlantirish,   tafakkurga   erkinlik   berish   bilan   asoslandi.   Bu   jarayonda   tarix,
tarixiy ong va xotira xalqqa ruhiy kuch-quvvat bagishlovchi, unga ma`naviy ozuqa beruvchi
muhim omil sifatida maydonga chiqdi. O`zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni
shu tarix bilan qurollantirish zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. O`zbekiston
mustaqillikka erishgach manbashunoslik fanida yangi sahifa ochildi.
Boy   tariximizni   o’rganishda   manbalarning   xususan   manbashunoslik   fanining   o’rni
nihoyatda   kattadir.   Kurs   ishimizda   biz   manbashunoslik   fanining   predmeti,   vazifalari,
yo’nalishlari, manbalar va ularning turlari, manbashunoslikning nazariy muammolari, O‘rta
Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati kabi masalalar mohiyatini ochib beradi. 
I.1 Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining 
predmeti va  vazifalari
            O’zbekiston   davlat   mustaqilligini   qo’lga   kiritishi   bilan   tarixiy   haqiqatni   tiklash
uchun,   yangicha   va   xolis   yondashuv,   sovet   davrida   yuzaga   kelgan   Vatanimiz   tarixidagi
noxolisliklar va «oq dog’lar»ni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay
shart-sharoit   qaror   topdi.   Bunga   bosh   mezon   sifatida   tarixiy   dalil   va   voqealarga,   butun
tarixiy jarayonga respublika va uning xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda printsipial
baho   berish   asos   qilib   olindi.   Ўзбек     халқининг   неча   минг   йиллик   тарихида   қандай
мураккаб   даврлар,   оғир   синовлар   бўлганини   барчамиз   яхши   биламиз.
Ўзбекистоннинг   энг   янги   тарихи   ва   биз   эришган   оламшумул   ютуқлар   мард   ва
матонатли   халқимиз   ҳар   қандай   қийинчилик,   тўсиқ   ва   синовларни   ўз   кучи   ва
иродаси билан енгиб ўтишга қодир, деб баралла  айтишга тўла асос беради.
              Биз   аждодларимизнинг   ёрқин   хотирасини   асраб-авайлаб,   қалбимизда,
юрагимизда абадий сақлаймиз. Букилмас ирода, фидойилик ва жасорат намунасини
амалда   намоён   этиб,   ўз   ҳаётини   азиз   Ватанимизнинг   ҳар   томонлама   равнақ
топишига   бағишлаган   устоз   ва   мураббийларимиз,   замондошларимиз   билан   биз
чексиз фахрланамиз 1
.
1
  Эркин ва фаровон, демократии Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси
Президенти   лавозимига   киришиш   тантанали   маросимига   бағишланган   Олий   Мажлис   палаталарининг
қўшма  мажлисидаги нутк /Ш.М.  Мирзиёев - Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2016.  - 6  б .                 Manbashunoslik   fanini   o’rganishdan   maqsad   talabalarda   ushbu   fan   soh’asi
to’g’risida   umumiy   tushuncha   h’osil   qilish   va   ularda   qiziqish   uyg’otish   va   O’zbekiston
tarixini manbalar asosida mustaqil o’rganishga h’arakat qildirishdan iborat. 
             Tarixiy  fakt  va  voqealar  bayoni  inson xarakteri,  malumot beruvchi  shaxs, guruh’,
firqa, sulola, mazh’ab va mamlakatlar manfaati yo’lida turlicha talqin qilinishi mumkin. 
       Masalan, O’zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX
asr   boshlaridagi   siyosiy   voqealar   turli   davrlarda,   manbalarda   va   turli   mualliflar
tomonidan  turlicha   talqin   qilinmoqda.   Bular  o’z   davrida   yaratilgan   yo zma   yo dgorliklar,
tarixiy   ’ujjatlar   va   solnomalarda   qanday   ba yo n   qilingan?   Sho’ro   davrida   qanday
tushuntirildi?   Va   nih’oyati   mustaqillik   sharoitida   tarixiy   adolatni   tiklash,   manbalar
asosida   xolis   va   obektiv   bo’lib   o’tgan   voqealarni   bilishimiz   mumkin   vakerak.   Bu   esa
manbashunoslik   fanisiz,   anbalarga   ilmiy   yondoshuvsiz   mumkin   emas.   Chunki,   o’sha
davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus
tilida h’am bitilgan va o’sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. 
       Xulosa, manbashunoslik faniyurtimiz tarixi to’g’risida xolis va obektiv bilim olishga,
o’zligimizni   anglashga,   boy   va   qadimiy   madaniyatimizni   bilishga   xizmat   qiluvchi   tarix
fanining muh’im soh’alaridan biridir. 
             Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muh’im soh’alaridan biri bo’lib, turli
(moddiy,   etnografik,   yozma   va   boshqa)   manbalarni   o’rganish   h’amda   ulardan   ilmiy
foydalanishning nazariyva amaliy jih’atlarini o’rganadi. 
  Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? 
          Tarixiy   manba   deganda   uzoq   o’tmishdan   qolgan,   tabiat   va   jamiyatning   malum
bosqichdagi   kechmishini   o’zida   aks   ettirgan   moddiy   va   manaviy   yodgorliklarni
tushunamiz. 
          Moddiy   yodgorliklarga   -   qadimiy   obidalar,manzilgoh’lar   va   mozarlar,   shah’arlar,
qasrlar   va   qalalar   xarobalari,   uy-ro’zg’or   buyumlari   va   boshqalar   kiradi.   Manaviy
yodgorliklar deganda qadimgi  yozuvlar, xalq og’zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma
yodgorliklar – bitik, qo’lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi. 
            Umuman,   tarixiy   manba   inson   ijtimoiy   faoliyati   natijasidapaydo   bo’lgan   va   uning
xususiyatlarini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklardan iboratdir. Ularni
o’rganadigan   fanni   biz   manbashunoslik   deymiz.   Manbashunoslik   fani   ijtimoiy   fan
  soh’asida   asosan   ikki   xil   bo’lishi   mumkin-tarixiy   manbashunoslik   va   adabiy
manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy manbashunoslikni o’rganishdir. 
      Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib topish, ularni
ro’yxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o’z aksini topgan
yoki   bayon   etilgan   voqealar,   keltirilgan   faktlarni   to’la   va   obektivligini   aniqlash,
manbaning   tarix   fani   taraqqiyotini   o’rganishdagi   ah’amiyatiga   bah’o   berish,
manbashunoslikningasosiy vazifasi h’isoblanadi.  
       Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o’tmishni o’zida aks ettirishga qarab
quyidagi olti asosiy guruh’ga bo’lish mumkin. 
      Malumki,   kishilik   jamiyati   tarixi   qariyb   40   ming   yillik   davrni   o’z   ichiga   oladi,   lekin
yozuv   paydo   bo’lganiga   esa   ko’p   vaqt   o’tganicha   yo’q.     Masalan,   tsivilizatsiyaning   ilk
o’choqlaridan   biri   bo’lmish   Markaziy   Osiyoda   dastlabki   yozuv   arameycha   xat   negizida
taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi
Erkin   Oxunjonovning   malumotiga   ko’ra,   yurtimizda   arab   istilosiga   qadar   o’n   sakkiz
yozuv  turi   mavjud  bo’lgan  ekan.  Lekin,  afsuski,  ko’h’na  tariximizni  o’zida  aks  ettirgan
yozma   yodgorliklarning   katta   qismi   bizning   zamonamizgacha   etib   kelmagan.   Ularning
ko’pchiligi   bosqinchilik   urushlari   vaqtida,   qolaversa   tabiiyofatlar   oqibatida   yo’q   bo’lib
ketgan. 
        İlk tarixning ayrim lavh’alari o’tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan
bog’liq bo’lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha saqlangan qoldiqlari
etib kelgan. 
       I.2   Manbalar turlari  hamda manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili
       Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin
yozuv   paydo   bo’lganiga   esa   ko’p   vaqt   o’tganicha   yo’q.     Masalan,   tsivilizatsiyaning   ilk
o’choqlaridan   biri   bo’lmish   Markaziy   Osiyoda   dastlabki   yozuv   arameycha   xat   negizida
taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi
Erkin   Oxunjonovning   malumotiga   ko’ra,   yurtimizda   arab   istilosiga   qadar   o’n   sakkiz
yozuv  turi   mavjud  bo’lgan  ekan.  Lekin,  afsuski,  ko’h’na  tariximizni  o’zida  aks  ettirgan
yozma   yodgorliklarning   katta   qismi   bizning   zamonamizgacha   etib   kelmagan.   Ularning
ko’pchiligi   bosqinchilik   urushlari   vaqtida,   qolaversa   tabiiyofatlar   oqibatida   yo’q   bo’lib
ketgan. Xullas, moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va
dafn  etilgan joylar, ularning meh’nat vaurush qurollari, bino va turli  inshootlar (qala va qasrlar,   h’ammomlar   va   karvonsaroylar,   h’unarmandchilik   ustaxonalari   h’amda   suv
inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-ro’zg’or buyumlari va zebziynat aqinchoqlari
tushuniladi.   Moddiy   yodgorliklarni   qidirib   topish   va   o’rganish   ishlari   bilan   arxeologiya
ilmi   (yunon,   arxeo   -qadimiy,   logos   –   ilm;   o’tmish   h’aqidagi   ilm;   kishilik   jamiyatining
uzoq o’tmishni o’rganuvchi ilm, qadimshunoslik) shug’ullanadi
           Xalqlarning  kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan material va malumotlar etnografik
manba h’isoblanadi. Masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qo’li va aql –zakovati
bilan   yaratilgan   qurolva   buyumlarning   naqsh   va   bezaklari,   kishilar   ongida,   shuningdek,
og’zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o’tmish urf-odat va ananalari, kishilarning
turmush   tarzi   etnografik   manba   h’isoblanadi.   Bularning   barchasini   etnografiya(yunon,
etnos – xalq, grapxo – yozaman, xalq h’aqida malumotlar; xalqshunoslik) ilmi tekshiradi
va o’rganadi. 
       Lingvistik manbalar  deb tilimizdagi, aniqrog’i uning leksik-so’z boyligi tarkibidagi
uzoq   o’tmishdan   qolgan,   ijtimoiy   –   iqtisodiy,   mamuriy   va   yuridik   atamalar,   masalan,
xiroj-   o’rta   asrlarda   ah’olidan,   asosandeh’qonlardan   olinadigan   asosiy   soliq;   daromad
solig’i;   ushr–   daromadning   o’ndan   bir   qismini   tashkil   etgan   soliq;   zakot–   chorva   va
mulkdan kambag’allar  uchun yiliga  bir marta  olinadigan  soliq;  cuyurg’ol–  shah’zodalar
va   amirlarga   toju   taxt   oldida   ko’rsatgan   katta   xizmatlari   uchun   beriladigan   er-
suv;tansuqot     –   kamyob,   etiborga   molik   buyum,   mato;   podshoh’lar,   xonlar   va   nufuzli
kishilarga   qilinadigan   tortiq;   cherik-   qo’shin;   qorovul-   qo’shinning   oldi   va   yon
tomonlarida   boradigan   maxsus   h’arbiy   bo’linma;   xalifa   –Muh’ammad   payg’ambarning
o’rinbosari,   o’rta   asrlarda   arab   musulmon   feodal   davlatining   boshlig’i;   mirishkor   –
to’g’risi  –  miri   shikor,  podshoh’  va  xonlarning  ov  qushlari   va  ov  h’ayvonlarini  tasarruf
etkvchi   mansabdor;   mirob   –   suv   taqsimoti   bilan   shug’ullanuvchi   mansabdor;     qozi   –
shariat asosida ish yurituvchi sudya; yorlig’-o’rta asrlarda h’ukmdor tarafidan beriladigan
rasmiy   h’ujjat;   vaqfnoma   –masjid,   madrasa,   xnaqoh’   va   mozorlarga   inom   etilgan   yer   -
suv   haqidagi   tuzilgan   maxsus   h’ujjat   va   boshqa   atamalar   juda   ko’p   uchraydi.   Bu   va
shunga   o’xshash   atamalar   shubh’asizqimmatli   tarixiy   material   bo’lib,   ajdodlarimizning
ijtimoiy   –   siyosiy   h’ayotini   o’rganishga   yordam   beradi.   Ularning   kelib   chiqishi   va
etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani o’rganadi. 
       Xalq og’zaki adabiyoti                Og’zaki   adabiyot   madaniyatning   eng   qadimgi   qismi   bo’lib,   uning   ildizi   ibtidoiy
jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Og’zaki adabiyotning ayrim namunalari
qadimgi   yunon   tarixchilari,   shuningdek,   Tabariy,   Masudiy,   Beruniy,   Firdavsiy,   İbn   al-
Asir kabi sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha etib kelgan. Kayumars, Jamshid va
Siyovush h’aqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To’maris va Shiroq h’aqidagi qissalar
shular jumlasidandir. 
            Urug’chilik   davri   tarixini,   ayniqsa,   patriarxal   –   munosabatlarini   o’rganishda
“Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi dostonlar,shuningdek, xalq ertaklari, marosim qo’shiqlari,
matal   va   topishmoqlarning   roli   h’am   benih’oyat     kattadir.   Bu   xalq   durdonalari   turli
ijtimoiy   tabaqaga   mansub   kishilarning   turish   –   turmushi,   manaviy   qiyofasi,   urf-odati,
ayniqsa, uzoq o’tmishda h’ukm surgan ijtimoiy munosabatlar h’aqida qimmatli malumot
beradi.   Tarixiy   manbalarning   bu   turi   bilan   folklor   (nem.   Folk   –   xalq,   lore   –   bilim;
donishmandlik, xalq donoligi) fani shug’ullanadi. 
      Yozma manbalar 
         YOzma manbalar tarixiy manbalarning muh’im va asosiy turidir. İnsonning ijtimoiy
faoliyati,   aniqrog’i   kishilarning   o’zaro   munosabatining   natijasi   o’laroq   yaratilgan   va
o’sha   zamonlarda   sodir   bo’lgan   ijtimoiy-siyosiy   voqealarni   o’zida   aks   ettirgan   manba
sifatida   o’rta   asr   (U1-X1X   asrlar)   tarixini   o’rganishda   muh’im   o’rin   tutadi.   YOzma
manbalar o’z navbatida ikki turga bo’linadi: 
        1.   Oliy   va   mah’alliy   h’ukmdorlar   mah’kamasidan   chiqqan   rasmiy   h’ujjatlar
(yorliqlar,   farmonlar,   inoyatnomalar,   moliyaviy-h’isobot   daftarlari,   rasmiy
yozishmalar). 
          İjtimoiy-siyosiy,   ayniqsa,   iqtisodiy   munosabatlarga   oid   masalalarni   o’rganishda
rasmiy   h’ujjatlar,   moliyaviy   -   h’isobot   daftarlari   va   yozishmalarning   ah’amiyati
benih’oya   kattadir.   Rasmiy   h’ujjatlar   ijtimoiy-siyosiy   h’ayotni   malum   yuridik   shaklda
bevosita va ko’p h’ollallarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. 
      Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy yozishmalarda soh’talari h’am uchrab turadi.
Shuning   uchun   h’am   ulardan   foydalanilganda   diqqat-etibor   va   zo’r   eh’tiyotkorlik   talab
qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiysiyosiy voqea yoki faktni
talqin   etish   uchun   foydalanish   jarayonida,   bittasi   bilan   kifoyalanmasdan,   o’xshash   bir
necha   h’ujjat,   manbalarni   qo’shib   o’rganmoq   zarur,   chunki   bitta   h’ujjatda   faqat   bir
kelishuv   yoki   fakt   ustida   gap   boradi.   Shuning   uchun   faqat   bir   h’ujjat   bilan   malum ijtimoiy-siyosiy   masala   ustada   qatiy   fikr   yuritib,   umumlashtirib   qatiy   xulosaga   kelib
bo’lmaydi. 
2.Tarixiy, geo-kosmografik h’amda biografik asarlar. 
           Tarixiy, geo-kosmografik, h’amda biografik asarlar to’g’risida shuni aytish kerakki,
ular   h’ukmron   sinfning   topshirig’i   bilan   yozilgan   va   shu   tufayli   ularning   sah’ifalarida
ko’proq podshoh’lar  va xonlarning, amirlar va yirik  ruh’oniylarning  h’ayoti va faoliyati
yoritilgan,   moddiy   boylik   yaratuvchimeh’natkash   xalqning   tarixi   esa   ko’p   h’ollarda
chetlab o’tilgan. 
      Xullas, bu asarlarda, yani yozma manbalarda h’ukmron feodal sinfning dunyoqarashi
o’z ifodasini topgan, o’sha sinfning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib
turadi. 
      Mo’jaz rasm-miniatyuralar
          X-XIX   asrlar   davomida   qo’lyozma   kitoblarini   ziynatlash   uchun   yaratilgan   nafis
mo’jaz   rasmlar   h’am   tarixiy   manba   bo’lib   xizmat   qiladi.   Yurtimiz   tarixi   va   moddiy
ashyolar,   hunarmandchilik,   kiyim-kechak,   memorlik   obidalari   va   umuman   moddiy
madaniyatimiz   xususiyatlarini   o’rganmoqchi   bo’lsak,   nafis   mo’jaz   tasviriy   sanat
namunalari-   miniatyura   rasmlar   qimmatli   manba   rolini   o’taydi.   Chunki   ularda   tarixiy
ashyolar   tasviri   aynan,   bazan   badiiy   ijod   xususiyatlariga   moslashtirilgan   h’olda   aks
ettiriladi. 
            Masalan,   buyuk   musavvir   ustod   Kamoliddin   Beh’zodning   “Samarqanddagi
Bibixonim   masjidining   masjida   qurilishi”   nomli   mashh’ur   rasmini   eslatish   kifoya.   Bu
rasmda   XU   asrdagi   qurilish   jarayoni,   unda   ishtirok   etayotgan   ustalar   to’g’risida
mukammal   tasavvur   beriladi.   Bunday   rasmlardan   tarixni   o’rganishda   tasviriy   vosita
sifatida   unumli   foydalanish   mumkin.   Biz   so’nggi   yillarda   chop   etilgan   manbalarda
ulardan shunchaki befarq foydalanishlarini ko’rishimiz mumkin. 
            Umuman,   bizgacha   etib   kelgan   qadimgi   devoriy   rasmlar   va   qo’lyozma   kitoblarga
ishlangan   h’amda   aloh’ida   muraqqalardagi   rasmlar   ah’amiyati   juda   katta.   Ko’rib
chiqqanimizdek,   manbashunoslikfani   tadqiqot   manbalari   juda   ko’p   va   xilma-h’il   bo’lib,
biz   eng   asosiylari   to’g’risida   malumot   berdik.   Shu   kunlarda   texnika   tarqqiyoti
munosabati bilan yana tovushli manba, foto manba, kinotelevidenie manbalari va internet
materiallari h’am paydo bo’lib, ular ananaviy manbalarni inkor etmaydi, balki o’shimcha vosita   bo’lib   xizmat   qilishi   mumkin.   Ayniqsa   kompakt   disklarni   yaratilishi   turli   yangi
pedagogik vositalarni qo’llash imkonini yaratadi. 
      Manbashunoslik fani tarix ilmining fundamental yo’nalishi bo’lib, bu soh’ada faoliyat
olib borish uchun bir necha til va yozma manbalar to’g’risida katta bilim va tajribaga ega
bo’lish talab qilinadi. 
II.1 Tarixiy va nazariy manbashunoslik yo’nalishlari va ularning manbalarni  
       o’rganishdagi o’rni
  Manbashunoslikning yo’nalishlari asosiy maqsad va vazifalari Manbashunoslik fani
asosan   ikki   yo’nalishga   ega   bo’lib,   u   nazariy   manbashunoslik   va   amaliy
manbashunoslikdan  iboratdir. Biz quyida nazariy  manbashunoslik xususiyatlarini  bayon
etamiz. 
        Nazariy   manbashunoslik   (yo’nalishi)   Nazariy   manbashunoslik   yo’nalishi   amaliy
manbashunoslik   tajribasini   umumlashtiradi,   yozma   manbalarni   vujudga   kelishi   va
ularning   real   tarixiy   sharoitni   o’zida   aks   ettirish   qonuniyatlari,   manbalarni   izlab   topish,
turkumlash,   tavsifga   olish,   tartibga   solish   asoslarini   ishlab   chiqadi   va   ularni   ilmiy
muomalaga   kiritishning,   amaliy   o’rganishning   eng   maqsadga   muvofiq   asosiy   usul   va
yo’llarini aniqlaydi va amaliyotga tavsiya etadi. Ular quyidagilardir. 
   Manbalarni turkumlash 
Sharq   yozma  manbalarni  turkumlashning   yagonaaniq  bir  qoidasi  h’ozirgacha   ishlab
chiqilmagan. Mavjud qo’lyozma manbalar fih’risti bir qismi asarlar tili nuqtai nazaridan
kelib   chiqib   tuzilgan.   Masalan,   Angliyaning   Britaniya   muzeyida   saqlanayotgan   sharq
qo’lyozmalari  yirik sharqshunos Charlz Riyotomonidan ularning qaysi tilda yozilganiga
qarab, arab, fors va turkiy tildagi qo’lyozmalarni aloh’ida, aloh’ida tavsifga olib fih’rist
tuzgan.   Frantsiya   poytaxti   Parijdagi   Milliy   kutubxonadagi   saqlanayotgan   sharq
qo’lyozmalari h’aqida Edgar Bloshe h’am shu tartibda katalog tuzgan. 
Toshkentdagi   Abu  Rayh’on  Beruniy   nomidagi  Sharqshunoslik  instituti   xazinasidagi
qo’yozmalar   birinchi   bor   saqlanayotgan   tashkilot   “O’zbekiston   Fanlar   Akademiyasi
Sharq   qo’lyozmalari   majmuasi”   nomi   ostida   turli   tildagi   va   turli   mavzudagi   asarlar
tavsifga   olinib,   ularning   o’n   bir   jildda   nashr   etilgan.   Hozir   qo’lyozmalarni   qaysi   fan
soh’asiga   oidligiga   qarab   tavsifga   olish   boshlab   yuborilgan   mana   shunday   kataloglar
chop etilmoqda.  Bazi   manbashunoslar   qo’lyozmalarni   mazmuniga   qarab,asarda   qaysi   masala   bayon
etilganiga qarab, turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruh’i asarning kelib
chiqishiga, yani qaerda va qachon yozilganligiga qarab turkumlashni maqul ko’radilar. 
  Yana   bir   guruh’   olimlar   esa   ularnirasmiy   h’ujjatlar,   tarixiy,   geokosmografik   va
biografik asarlar kabi turlarga bo’lib o’rganishni tavsiya qiladilar. 
Manbalarni   avtograf   –   yani   muallifning   o’z   qo’li   bilan   ekanligiga   qarab   yoki
ko’chirilgan nusxa ekanligigi qarab turkumlash h’ollari h’am uchraydi. 
  Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning faqat bittasiga,
yani ularning turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb h’isoblaydilar. Chunki
boshqa   tadqiqot   yo’llari   yozma   manbani   chuqur   va   atroflicha   o’rganish   h’amda   tah’lil
qilish vazifalariga to’la javob bera olmaydi. 
Birinchidan,   tarixiy   manbalar   ichida   faqat   bir   masala   –   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy,
madaniy va boshqaga butunlay bag’ishlangan asar deyarli yo’q yoki juda kam. 
 Til bo’yicha manbalarni o’rganish yomon emas, lekin biror mavzuga oid manbalarni
o’rganganda,   faqat   bir     yoki   ikki   tilda   yaratilgan   asarlar   bilan   chegaralanish   tadqiqot
ilmiy qiymatini pasaytiradi. 
  Mana   shularni   inobatga   olganda,   tarixiy   manbalarni   turlariga   va   qaysi   davr
voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. Avvalgi paytlarda
talaygina   markaziy   oliy   o’quv   yurtlarida   o’qitilgan   “CCJM   tarixi   manbashunosligi”   va
“O’rta asrlar tariximanbashunosligi” darsliklari mana shu qoidaga asoslangan. 
B. A. Ah’medov “O’zbekiston tarixi (o’rta asrlar) manbalari”ni (yozma manbalarni)
quyidagi   uch   turga   bo’lib   o’rganishni   tavsiya   qilgan:   1)   Ashyoviy   manbalar,   yani
arxeologik   qazishlar   natijasida   topilgan   ashyolar;   2)   rasmiy   h’ujjatlar;   3)   tarixiy,   geo-
kosmografik   h’amda   biografik   asarlar.   Ushbu   turkumda   qayd   etilgan   arxeologik   yoki
ashyoviy   manbalar,   yani   qadimda   ajdodlarimiz   turmush   tarzi   va   ijtimoiy   faoliyatini
o’rganish  uchun  asosiy  manba  bo’lib  xizmat  qiluvchi   manbalar  asosan  arxeologiya  fani
tomonidan   o’rganiladi   va   biz   uchun   qo’shimcha   yoki   yordamchi   dalil   sifatida
tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin. 
  Bizning fikrimizcha, O’zbekiston tarixi yozma manbalarini asasan ikki turga bo’lib
o’rganish maqul ko’rinadi. 
1) rasmiy h’ujjatlar – yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar, h’isob-kitob
daftarlari,   rah’nomalar,   rasmiy   yozishmalar,   maktublar   va   boshqalar.   Umuman,   tarixiy h’ujjatlarning   o’ttizdan   ortiq   turi   mavjud.   Hujjatlar   ijtimoiy-siyosiy   h’ayotni   bevosita
qayd   etishlari,   yani   feodal   eregaligi,   ijtimoiy   munosabatlar,   davlat   tuzilishi   va   shunga
o’xshash masalalar bo’yicha daliliy malumotga boyligi bilan tarixiy manbalarning boshqa
turlaridan   ajralib   turadi.   Ular   asosan   h’ujjatshunoslar   tomonidan   maxsus   o’rganilsa-da,
tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy qiymati juda katta. 
2) tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlar. 
Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlarda rasmiy h’ujjatlarga
nisbatan   tarixiy   voqea   va   h’odisalar   keng   va   to’la   yoritiladi.   Shuning   bilan   bir   qatorda
ularda faktik materialning boyligi ko’zga tashlanadi. 
YOzma   manbalarni   faqat   zikr   etilganlaribilan   cheklab   bo’lmaydi.   Xususan,   badiiy
adabiyotlarda   h’am   tarixiy   voqealar,   shaxslar   to’g’risidagi   malumotlar   bayoni   mavjud
bo’lib, faqat ularning o’ziga xos bayon uslubi, badiyatini nazardan qochirmasdik kerak.
Chunki   tarixchi   bor   h’aqiqatni   yozishi   kerak   bo’lsa,   shoir   yoki   ijodkor   badiiy   to’qima,
bo’rttirish, mubolag’aga yo’l qo’yish, yani o’z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga ega.
Masalan,Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir davriga va zamondoshlariga oid qimmatli
fikr,   muloh’azalar   mavjud.   Xususan,   uning   asarlaridagi   shoir   biografiyasiga   oid
malumotlar asosida  İzzat Sulton 
“Navoiyning   qalb   daftari”   nomli   kitob   yozib,   unda   Alisher   Navoiy   biografisini
tiklashga h’arakat qilgan. 
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida h’am tarixiy malumotlar,
xususan Mirzo Ulug’bek shaxsi va uning ilmiy merosi to’g’risida juda qimmatli malumot
mavjud. 
YOzma manbalardagi o’ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan voqea, 
h’odisalarga subektiv yondoshuv, ayrimlarini xaspo’shlash yoki buzib talqin h’ollari
uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib borilganda ularga tanqidiy yondoshish
talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab va printsiplaridan biridir. 
     Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tah’lil etish 
Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va nih’oyat
uni   ilmiy   tah’lil   qilish   h’ar   qanday   katta   kichik   tadqiqotning   dastlabki   bosqichi
h’isoblanadi.    Tanlangan   mavzuning   ilmiy   h’amda   nazariy   jih’atdan   to’g’ri   h’al   etilishi   ko’p
jih’atdan h’ar qanday tadqiqotningasosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat va
salmog’iga, yani mukammalligiga va faktik materialga boyligiga bog’liqdir. 
 Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadqiq etishda bir emas, balki
bir necha manbalar turiga – rasmiy h’ujjatlar, solnomalar, geokosmografik, agiografik va
biografik asarlarga asoslanib, ulardagi malumotlarqiyosiy solishtirilib  tah’lil  etilsa ilmiy
tadqiqot saviyasi oshib, xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo’lib, uning ilmiy
ah’amiyati h’am katta bo’lishi shubh’asizdir. 
Tadqiqot   uchun   yozma   manbalarning   qaysi   biriasosiy   va   qaysilari   yordamchi   rol
o’ynashi   tanlangan   mavzuning   xarakteriga   bog’liqdir.   Masalan,   iqtisodiyijtimoiy
masalalarni   o’rganishda   rasmiy   h’ujjatlar   asosiy   birlamchi   manba   rolini   o’taydigan
bo’lsa, siyosiy h’amda madaniy h’ayotni yoritib berishda solnomalar – tarixiy asarlar va
biografik  tazkiralarh’amda adabiy-badiiy asarlar  etakchi  o’rinda turadilar. Lekin  shunga
qaramay,ilmiy   tadqiqot   olibborishda   faqat   asosiy   h’isoblangan   birgina   birlamchi   manba
bilan   kifoyalanib   qolmay,   imkon   qadar   boshqa   ikkinchi   darajali   manbalarga   murojaat
etish, ularni h’am tadqiqotga jalb etish maqsadga muvofiqdir. 
  Manbashunos   olimlarning   tajribasi   shuni   ko’rsatadiki,   aksariyat   tarixiy   asarlar
ijtimoiy-iqtisodiy   masalalar   h’amda   madaniy   h’ayotga   oid   qimmatli   malumotlarga   boy
bo’ladi.   Rasmiy   h’ujjatlarda   va   biografik   asarlarda   esa   siyosiy   tarixga   oid   qimmatli
faktlarni, tarixiy asarda yo’q malumotlarni uchratish mumkin. 
      II.2   Amaliy manbashunoslik yo’nalishi
            Amaliy   manbashunoslik   yo’nalishi   bevosita   yozma   manbalarni   nazariy
manbashunoslik   tavsiyasiga   binoan   o’rganish,   izlab   topish,   tavsif   etish   va   o’zi   topgan,
mavzu   uchun   yangi   va   kerakli   malumotlarni   ilmiy   muomalaga   olib   kirishni   nazarda
tutadi. 
Amaliy   manbashunoslikda   tadqiqotchi   o’zi   uchun   tanlab   olgan   biror   mavzuga   oid
manbalarni   tanlab   olgandan   keyin   ularning   h’ar   birini   tashqi   yoki   moddiy   –texnik
belgilari va ichki mazmuniga ko’ra guruh’larga ajratib ilmiy tah’lil etishi lozim. 
  Manbalarni   tashqi   belgilari   yoki   moddiy-texnik   malumotlari   deganda   qo’lyozma
kitob yoh’ud h’ujjat bitilgan qog’ozning o’lchami,qog’ozi, varaqlar soni, muqovasi,matn
o’lchami,   xati,   siyoh’i,   xattoti,   asar   nomi,   muallifi,   kitobat   tarixi,   joyi   kabi   malumotlar
nazarda   tutiladi.   Bu   malumotlar   asar   yozilish   sabablari,   uning   yozilgan   joyi   va   o’sha vaqtdagi texnik taraqqiyot va ijtimoiy-siyosiy muh’itni o’rganishda muh’im ah’amiyatga
ega.   Bu   malumotlarni   aniqlamay   turib,   asarda   bayon   etilgan   voqealar   h’aqida,
umumanasar h’aqida to’g’ri va to’la tasavvurga ega bo’lish, uning xususidafikr bildirish
mumkin emas. 
Qo’lyozma kitoblarning muallifi, asar nomi, yozilgan vaqti va joyini aniqlash qiyin.
Chunki   qadimgi   qo’lyozmalarda   bugungi   kundagikitoblardagi   kabi   muqovaning
o’zidayoq   asar   nomi,   muallif   nomi,   kitob   boshlanishi   va   oxiridagi   kabi   zaruriy
malumotlar keltirilmagan. Bazi h’ollarda asar oxiri-xotimada uning ko’chirilgan vaqti va
joyi h’amda kotibning nomi qayd etiladi, xalos. 
Malumotlar   keltirilmagan   taqdirda,   asarning   matni,   yozilish   va   kitobati   tarixi,
qog’ozi,   xati   h’amda   tili   va   til   uslubiga   qarab   tah’minan   aniqlanadi.   Bunday
malumotlarni   aniqlash   tadqiqotchidan   katta   h’ayotiy   tajriba   va   yuksak   malakani   talab
qiladi   va   bu   ancha   qiyin   va     masuliyatli   ishdir.   Bunday   masalalarni   mashh’ur   kitob
bilimdoni İbodulla Odilov, Abduqodir Murodov, Abdulla Nosirov kabi yuksak malakali
mutaxassislargina bir necha yozma manbalarni solishtirish, qiyoslash asosida h’al qilishi
mumkin. 
Asar   muallifi   va   uning   shaxsini   aniqlash   qo’lyozma   kitobning   ilmiy   tah’lil   etishda
katta   ah’amiyatga   ega.   Bu   asarning   yaratilish   tarixi   va   uning   yozilishiga   sabab   bo’lgan
ijtimoiy-siyosiy muh’itni aniqlab olish uchun h’am zururdir. 
  Odatda,   qadimgi   qo’lyozma   asarlarda   ko’p   h’ollarda   muallifning   ismi   malum   va
ko’zga tashlanadigan joyda, masalan, asarning boshi yoki oxirida qayd etilmaydi. 
Bazan   u   muqaddima   qismida,   yoki   asar   o’rtasida,   voqealar   bayoni   orasida   biron
masala   yuzasidan   tilga   olinadi.   Ko’p   h’ollarda   esa   muallif   o’zining   h’aqiqiy   ismini
aytmay,   “faqiru   h’aqir”,   “ojiz   va   xoksor”,   “bu   g’arib   banda”   deb   atash   bilangina
kifoyalanadi.   Bunday   h’ollarda   asar   varaqma-varaq,   satrma-satr,   aloh’ida   etibor   va
sinchkovlik   bilan   o’rganilishi   lozim.   Shunday   h’am   bo’ladiki,   asarning   biron   erida
muallif   o’zi,   otasi   yoki   yaqinlari   h’aqida   bir-ikki   kalima   aytib   o’tadi.   YOki   bayon
etilayotgan vlqeaga o’zining munosabatini (masalan, “Abdullaxon taxtga o’tirgan vaqtda
kamina Hofizi Tanish ibn Mir Muh’ammad 33 yoshda edim”) bildiradi. 
Asar muallifining shaxsi, yani uning qaysi ijtimoiy guruh’ga mansubligi, uning 
dunyoqarashini   aniqlash   uchun   asarning   umumiy   g’oyaviy   yo’nalishini   to’g’ri
belgilab olish uchun muh’im ah’amiyat kasb etadi.    Manbalarni   ichki   belgilariga   qarab   tah’lil   etish   Manbalarni   ichki   belgilariga   qarab
tah’lil etish deganda qo’lyozma asarning tarkibi va mazmunini tah’lil qilish, tushuntirish,
g’oyaviy-siyosiy saviyasi va ilmiy qiymatini aniqlash masalalari anglashiladi. 
Qo’lyozma   asarning   ilmiy   qiymatini   unda   nimalar   bayon   etilganligi,   voqea   -
h’odisalarga  muallifning  xolismunosabati,  keltirilgan   dalil   va  malumotlarning  to’g’riligi
va oldinga surilgan fikrva g’oyalar bilan belgilanadi. 
Tarixiy   asarning   asl   nusxa,   original   bo’lishi   yoki   kompilyativ   –   yani   boshqalar
malumotlarni   terib   yoki   aynan   keltirishi,   to’la   va   noqisligi,   qisqaligi,   voqealarning   qay
tarzda bayon etilishi h’am muh’im ah’amiyat kasb etadi.
İlmiy tadqiqotlarda original va mo’tabar qo’lyozmalarga tayanib ish olib borish h’ar
bir   dalil   va   malumot,   raqamlar   eng   ishonchli,   nodir,   birlamchi   manbalardan   olinishi
kerak. Boshqalar kitobida keltirilgan malumotlardan saqdanish lozim. 
O’tmish   jamiyat   sharoitida   yozilgan   asarlarning   mualliflari   ko’pincha   o’zlari
keltirayotgan   dalillardan   to’g’ri   xulosa   chiqarmaydilar,   ularning   fikrlarida   noaniqlik,
chalkashlik va qarama-qarshilik h’am uchraydi. Bu tabiiy h’ol, albatta chunki ular yashab
ijod etgan muh’itning o’zi ziddiyatlar bilan ajralib turar edi. 
YOzma   manbalarda   qarama-qarshi   fikrlar   bilan   bir   qatorda   xolisona   muloh’azalar
h’am uchraydi. Bunday paytlarda muallif ko’pincha o’z fikr va muloh’azalarini pardozli
iboralar   va   istiorali   so’zlar   orasiga   yashiradi,   goroskop   –   odam   tug’ilganda   uning
taqdirini   yoki   biron   ulug’   shaxs   ishtirokida   sodir   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   muh’im
voqeaning   natijasini   sayyoralarning   o’sha   paytdagi   h’olati   va   o’rniga   qarab   maxsus
jadvallar vositasida oldindan belgilash, shuningdek, ko’p asr avval bo’lib o’tgan va aynan
muallif   bayon   qilmoqchi   bo’lgan   voqeaga   o’xshash   faktlarni   misol   tariqasida   keltirish
yo’li bilan bayon etganlar. 
  Manbaning   tarkibi   va   mazmunini   ilmiytah’lil   qilishdan   kuzatilgan   maqsad,   uning
muh’im   va   qimmatli   tomonlarini   aniqlash,   unda   keltirilgan   dalillarning   ishonchliligi   va
to’g’risini boshqalaridan ajrata olish h’amda eng muh’imi  asarda bayon etilgan voqeani
xolis tarixchi nuqtai-nazaridan turib bah’olay olishdan iboratdir. 
  Manbashunoslik   talablaridan   biri   shuki,   yozma   manbani   faqat   uning   bir   o’zida
keltirilgan   dalil   va   malumotlarga   qarab   bah’olab   bo’lmaydi.   Bazi   h’ollarda     keltirilgan
dalil   soxta,   bayon   etilgan   voqea   esa   soxtalashtirilgan   bo’lishi   h’am   mumkin.   Shuning
uchun h’am biron asar h’aqida qatiy bir fikr aytishdan avval uni o’ziga o’xshash boshqa asar bilan  solishtirib  ko’rish, keltirilgan  dalillarni  bir-biri  bilan solishtirish  va tekshirish
zarur. 
  Amaliy   manbashunoslik   qadimgi   davrlardan   boshlab   to   shu   kungacha   malum
darajada   tajriba   to’pladi.   Ko’plab   yozma   yodgorliklarning   eng   asosiylari   asl   nusxada-
faksimilesi,   tanqidiy   matni,   tarjima   va   izoh’li   tarjimasi   amalga   oshirilib,   chop   etishga
erishildi. Turli qo’lyozma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy majmualardagi yozma
yodgorliklar   tavsifi   fih’rist-kataloglarda   elon   qilinib,   ularda   amalga   oshirilgan
manbashunoslik  soh’asidagi tadqiqotlar natijalari umumlashtirildi. 
  Xullas,   manbalarni   o’rganish   bo’yicha   amalga   oshirilgan   ishlar,   tajribalar
umumlashtirilib, kelshusida amalga oshirilajak tadqiqotlar  uchun eng qulay va istiqbolli
tadqiq metod va usullarini aniqlab, belgilab va ishlab chiqib, ularning eng zamonaviylari
va samaradorlarini amaliyotga qo’llashni tavsiya etish zarur. 
  So’nggi   paytda   zamonaviy   kompyuterlarning   yozma   manbalarni   tadqiq   etish
imkoniyatidan foydalanish vaqti keldi. Buo’rinda zamonaviy talaba va pedagog inturnet
xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi. 
  Umuman,   nazariy   va   amaliy   manbashunoslik   biri-birini   to’ldiradi,   biri   ikkinchisi
uchun   asosiy   tadqiqot   yo’nalishi   va   uslublarini   belgilasa,   ikkinchisi   birinchisi   uchun
faktik material jamlab, asos bo’lib xizmat qiluvchi dalillarni yig’adi. 
Amaliy   manbashunoslik   nazariy   bilim   va   tajriba   asosida   manbashunoslikning
konkret,   muayyan   soh’asi,   bo’limi,   davri   masalasi   yoki   biror   manba   yuzasidan   amaliy,
praktik   tadqiqot   olib   boradi,   arxiv,   muzey,   kutubxona   va   shaxsiy   majmualarda   mavjud
yozma   manbalarni   o’rganib,   eng   qimmatlilarini   ilmiy   muomalaga   olib   kirib,   keng
jamoatchilikmanaviy mulkiga aylantiradi.                                                     Хулоса
           Марказий   Осиё   халқлари   тарихини   ўрганишда   юқорида   қайд этганимиз–
манбашунослик   йўналишини   ҳал     қилувчи     соҳа   сифатида   алоҳида   таъкидлаш
лозим.  Ҳаққоний  тарихни  манбалар  асосида,  далил  ва  исботли тарзда ўрганиш
муҳим методологик талаб сифатида белгилаб қўйилган. 
              Манбашунос     кадрлар     қадимги     тиллар     –     юнон,     классик     араб,     қадимий
хитой,  ўрта  форс,  суғдий,  хоразмий,  бохтарий,  эски  уйғур  ва  бошқа тиллардан
хабардор   бўлишлари   муҳим.   Шу   мақсадларда   кадрлар тайёрлашнинг бевосита
амалий   аҳамиятини   баҳолаш   учун   бир   мисол   кифоя:   ҳозир     Марказий     Осиё
мустақил   республикалари,   Шарқий   Туркистон   (ХХР Уйғур автоном райони) ва
бошқаларда   сақланаётган   юз     минглаб   қўлёзмалар,   миллионлаб     ҳужжатлар     ўз
тадқиқотчиларини   кутмоқда.   Фикримизча,   бу тоифа   кадрлар   тайёрлаш   ишида
умумшарқшунослик,     филологик     ва     тарих     йўналишида     таълим     тизимини
бевосита     Тошкент     давлат     шарқшунослик   институти   доирасида   махсус
уюштирилгани ўзини тўла оқлаб келмоқда.     
                              foydalanilagan adabaiyotlar ro’yhati
   Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: O‘zbekiston, 1998.
1. Karimov I.A. Yuksak ma’anviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 
2. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqilikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekiston, 2011.
  Saidqulov   T.S.   Ocherki   istoriografii   istorii   narodov   Sredney   Azii.   chast   I.   –   T.:
O‘qituvchi,    1990.
3. Madraimov   A.,   Fuzailova   U.   Tarixiy   manbashunoslik.   O‘quv   qo‘llanma.   –   T.:   Fan,
2010.
4. Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari (qadimgi zamon va O‘rta asrlar). – T., 2001.
5. Bo‘riyev. O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo. – T., 1997.
6.   Doniyorov A. Etnograficheskiye issledovaniya v Uzbekistane v XX veke: osnovniye
etapi,   problemi,   perspektivi   razvitiya.     Avtoref.   diss.   ...   dokt.   ist.   nauk.   –   Tashkent,
2003  
7.  Ilhomov Z. Tarix fani metodologiyasi. – T., 2013.
8. Saidboboyev   Z.   Yevropada   O‘rta   Osiyoga   oid   tarixiy-kartografik   ma’lumotlar(XVI-
XIX    asrlar). – T.:Fan, 2008.
9. Samarqand   shahrining   umumbashariy   madaniy   taraqqiyot   tarixida   tutgan   o‘rni.
Samarqand  shahrining 2750 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy simpozium
materiallari. –  T.: Fan, 2007.
10. Tarixiy   manbashunoslik   muammolari   /   Respublika   ilmiy-amaliy   anjumani
materiallari. –  T.,  2008, 2013.
11. Tarixshunoslik   o‘qishlari.   B.V.   Lunin   xotirasiga   bag‘ishlangan   tarixshunoslik
o‘qishlari //  Anjuman materiallari to‘plami. – T.: Fan, 2010.
 
1.    www.ziyonet.net
2. www.history.ru

Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik. Mundarija Kirish. Asosiy qism. I BOB. Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o’rni, uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari I.1 Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining predmeti va Vazifalari. I.2 Manbalar turlari hamda manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili. II BOB. Manbashunoslikning asosiy yo’nalishlari. Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik II.1 Tarixiy va nazariy manbashunoslik yo’nalishlari va ularning manbalarni o’rganishdagi o’rni . II.2 Amaliy manbashunoslik yo’nalishi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Ilovalar

O`zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligini qo’lga kiritish bilan o`zbek xalqi tarixida tub burilishi sodir bo’ldi. Mustaqillik xalqimizning o’z huquqlari, milliy o’zligini tiklashga, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy taraqqiyot sari yuz tutishga cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo’l tub islohotlar bilan belgilangan bo’lsa, ma`naviy taraqqiyotga milliy ma`naviyatni tiklash va mustahkamlash, fan, maorif madaniyatni rivojlantirish, tafakkurga erkinlik berish bilan asoslandi. Bu jarayonda tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruhiy kuch-quvvat bagishlovchi, unga ma`naviy ozuqa beruvchi muhim omil sifatida maydonga chiqdi. O`zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan qurollantirish zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach manbashunoslik fanida yangi sahifa ochildi. Boy tariximizni o’rganishda manbalarning xususan manbashunoslik fanining o’rni nihoyatda kattadir. Kurs ishimizda biz manbashunoslik fanining predmeti, vazifalari, yo’nalishlari, manbalar va ularning turlari, manbashunoslikning nazariy muammolari, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati kabi masalalar mohiyatini ochib beradi. I.1 Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan tarixiy haqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «oq dog’lar»ni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va voqealarga, butun tarixiy jarayonga respublika va uning xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda printsipial baho berish asos qilib olindi. Ўзбек халқининг неча минг йиллик тарихида қандай мураккаб даврлар, оғир синовлар бўлганини барчамиз яхши биламиз. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи ва биз эришган оламшумул ютуқлар мард ва матонатли халқимиз ҳар қандай қийинчилик, тўсиқ ва синовларни ўз кучи ва иродаси билан енгиб ўтишга қодир, деб баралла айтишга тўла асос беради. Биз аждодларимизнинг ёрқин хотирасини асраб-авайлаб, қалбимизда, юрагимизда абадий сақлаймиз. Букилмас ирода, фидойилик ва жасорат намунасини амалда намоён этиб, ўз ҳаётини азиз Ватанимизнинг ҳар томонлама равнақ топишига бағишлаган устоз ва мураббийларимиз, замондошларимиз билан биз чексиз фахрланамиз 1 . 1 Эркин ва фаровон, демократии Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутк /Ш.М. Мирзиёев - Тошкент: «Узбекистан» НМИУ, 2016. - 6 б .

Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad talabalarda ushbu fan soh’asi to’g’risida umumiy tushuncha h’osil qilish va ularda qiziqish uyg’otish va O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil o’rganishga h’arakat qildirishdan iborat. Tarixiy fakt va voqealar bayoni inson xarakteri, malumot beruvchi shaxs, guruh’, firqa, sulola, mazh’ab va mamlakatlar manfaati yo’lida turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, O’zbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular o’z davrida yaratilgan yo zma yo dgorliklar, tarixiy ’ujjatlar va solnomalarda qanday ba yo n qilingan? Sho’ro davrida qanday tushuntirildi? Va nih’oyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va obektiv bo’lib o’tgan voqealarni bilishimiz mumkin vakerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, anbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o’sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir qismi rus tilida h’am bitilgan va o’sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. Xulosa, manbashunoslik faniyurtimiz tarixi to’g’risida xolis va obektiv bilim olishga, o’zligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muh’im soh’alaridan biridir. Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muh’im soh’alaridan biri bo’lib, turli (moddiy, etnografik, yozma va boshqa) manbalarni o’rganish h’amda ulardan ilmiy foydalanishning nazariyva amaliy jih’atlarini o’rganadi. Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? Tarixiy manba deganda uzoq o’tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning malum bosqichdagi kechmishini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar,manzilgoh’lar va mozarlar, shah’arlar, qasrlar va qalalar xarobalari, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalar kiradi. Manaviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og’zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, qo’lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasidapaydo bo’lgan va uning xususiyatlarini o’zida aks ettirgan moddiy va manaviy yodgorliklardan iboratdir. Ularni o’rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. Manbashunoslik fani ijtimoiy fan

soh’asida asosan ikki xil bo’lishi mumkin-tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy manbashunoslikni o’rganishdir. Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib topish, ularni ro’yxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o’z aksini topgan yoki bayon etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni to’la va obektivligini aniqlash, manbaning tarix fani taraqqiyotini o’rganishdagi ah’amiyatiga bah’o berish, manbashunoslikningasosiy vazifasi h’isoblanadi. Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o’tmishni o’zida aks ettirishga qarab quyidagi olti asosiy guruh’ga bo’lish mumkin. Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo’lganiga esa ko’p vaqt o’tganicha yo’q. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o’choqlaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga ko’ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o’n sakkiz yozuv turi mavjud bo’lgan ekan. Lekin, afsuski, ko’h’na tariximizni o’zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko’pchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiyofatlar oqibatida yo’q bo’lib ketgan. İlk tarixning ayrim lavh’alari o’tmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moddiy yodgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha saqlangan qoldiqlari etib kelgan. I.2 Manbalar turlari hamda manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni o’z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo’lganiga esa ko’p vaqt o’tganicha yo’q. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o’choqlaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminaneramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga ko’ra, yurtimizda arab istilosiga qadar o’n sakkiz yozuv turi mavjud bo’lgan ekan. Lekin, afsuski, ko’h’na tariximizni o’zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko’pchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiyofatlar oqibatida yo’q bo’lib ketgan. Xullas, moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va dafn etilgan joylar, ularning meh’nat vaurush qurollari, bino va turli inshootlar (qala va

qasrlar, h’ammomlar va karvonsaroylar, h’unarmandchilik ustaxonalari h’amda suv inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-ro’zg’or buyumlari va zebziynat aqinchoqlari tushuniladi. Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o’rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -qadimiy, logos – ilm; o’tmish h’aqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq o’tmishni o’rganuvchi ilm, qadimshunoslik) shug’ullanadi Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan material va malumotlar etnografik manba h’isoblanadi. Masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qo’li va aql –zakovati bilan yaratilgan qurolva buyumlarning naqsh va bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, og’zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o’tmish urf-odat va ananalari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba h’isoblanadi. Bularning barchasini etnografiya(yunon, etnos – xalq, grapxo – yozaman, xalq h’aqida malumotlar; xalqshunoslik) ilmi tekshiradi va o’rganadi. Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, aniqrog’i uning leksik-so’z boyligi tarkibidagi uzoq o’tmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, mamuriy va yuridik atamalar, masalan, xiroj- o’rta asrlarda ah’olidan, asosandeh’qonlardan olinadigan asosiy soliq; daromad solig’i; ushr– daromadning o’ndan bir qismini tashkil etgan soliq; zakot– chorva va mulkdan kambag’allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq; cuyurg’ol– shah’zodalar va amirlarga toju taxt oldida ko’rsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan er- suv;tansuqot – kamyob, etiborga molik buyum, mato; podshoh’lar, xonlar va nufuzli kishilarga qilinadigan tortiq; cherik- qo’shin; qorovul- qo’shinning oldi va yon tomonlarida boradigan maxsus h’arbiy bo’linma; xalifa –Muh’ammad payg’ambarning o’rinbosari, o’rta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshlig’i; mirishkor – to’g’risi – miri shikor, podshoh’ va xonlarning ov qushlari va ov h’ayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdor; mirob – suv taqsimoti bilan shug’ullanuvchi mansabdor; qozi – shariat asosida ish yurituvchi sudya; yorlig’-o’rta asrlarda h’ukmdor tarafidan beriladigan rasmiy h’ujjat; vaqfnoma –masjid, madrasa, xnaqoh’ va mozorlarga inom etilgan yer - suv haqidagi tuzilgan maxsus h’ujjat va boshqa atamalar juda ko’p uchraydi. Bu va shunga o’xshash atamalar shubh’asizqimmatli tarixiy material bo’lib, ajdodlarimizning ijtimoiy – siyosiy h’ayotini o’rganishga yordam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani o’rganadi. Xalq og’zaki adabiyoti