logo

Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.15625 KB
Sotsiologik  tadqiqotlarni tashkil etish va  umumlashtirish.
Reja:
1. Tadqiqot dasturining nazariy asoslari.
2.       Sotsiologik tadqiqot usullari.
3.       Eksperiment usuli.
4 Intervyu. Test usuli. 
5. Xujjatlarni o’rganish usuli.  
6. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish.
              T   a y a n c h    tushunchalar
So’rov,   anketa,     kuzatish,     statika,   intervyu,   fundamental,   panel,   standart,
respondent, klinik, eksperiment, tajriba, sotsiometriya, miqdor
6.1. Ijtimoiy   -   ma'naviy,   iqtisodiy   taraqqiyotning   hozirgi   bosqichi,
jamiyat     hayotining     turli   jabxalariga   zamonaviy   texnik   vositalar   va   yangi
texnologik jarayonlarning singib borishi, yangi istiqlol  mafkurasi  oliy maktab
tizimidagi ta'lim - tarbiya ishlari darajasining oshib borishiga sabab bo’lmokda.
«Bozor     munosabatiga   o’tish   davrida,   -deb   ta'kidlaydi   Prezidentimiz
I.A.Karimov,-ijtimoiy   soha-sog’liqni     saqlash,     ta'lim,     madaniyat       va   san'at,
shuningdek,   ilm-fan   ayniqsa   mushkul   ahvolda   qolmoqda.   Hozirgi     murakkab
davrda   bu   tarmoqlarni   qat'iy   qo’llab     quvvatlash,   shu   sohalarda     ishlayotgan
kishilar mehnatini munosib baholash uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishi
zarur  (I.Karimov. O’zbekiston kelajagi  buyuk   davlat, T. «O’zbekiston» 1992
y, 32-bet).
Sotsiologik dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash
va     ma'lumotlarni     tahlil   qilishni   o’z   ichiga   oladi.     Dastur   tadqiq   etiluvchi
ijtimoiy   muammo   mohiyatini   aniqlash,   tadqiqot   ob'ekti     va   predmetini
belgilash,     maqsad   va   vazifalarini   xarakterlab   berish,     ish   farazi   (ilmiy
taxmin)ni  belgilash, usullarini aniqlash,   ma'lumotlarni  to’plash  va taxlil  etish
sxemasini   chizib   olish   kabi   qismlarni   o’zida   mujassamlashtiradi.     Shunday
qilib,   dastur,   asosan   ikki   katta   bo’lim,   ya'ni   metodologik-nazariy   va   amaliy-
uslubiy bo’limlardan iborat.
1. Nazariy-metodologik   bo’lim   mavzu   tanlash,     tadqiqot   ob'ektini
xarakterlash,   maqsad   va   vazifalar   faraz   hamda   predmetni   aniqlash   kabi
qismlarni o’z ichiga oladi. 2. Nazariy-uslubiy   esa,     ma'lumotlarni   to’plash     usullarini   bayon   etish,
yig’ilgan   materiallarni   qayta   ishlash,   taxlil   qilish   va   tavsiyalar   tayyorlash
singari amaliy faoliyatlarini mujassamlashtiradi.
Tadqiqot dasturida qo’yidagilar bo’lishi lozim:
1. Tadqiqot o’tkazishdan maqsad.
Tadqiqot   natijalari   asosida   oliy   maktab   ma'muriyati,   tegishli   vazirliklar
va   keng   jamoatchilikka   kasb   mahorati   sirlarini   egallash   uchun   zarur
hisoblanuvchi omillarga bag’ishlangan  amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish.
2. Tadqiqot ob'ekti.
Oliy     o’quv   yurtlaridagi   o’quv   -   tarbiyaviy   jarayon   hisoblanib,   bu
sohadagi   umumiy   ahvol,   muammolar,   istiqbol   mo’ljallari   tuliq   o’rganib
chiqiladi. (boshqa sohalarga ham xuddi shunday).
3. Tadqiqot predmeti.
Kasb maxoratini shakllantirish jarayonida tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-
ruxiy omillarning o’rni va ta'siri  masalalaridan iboratdir.
4. Asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili.
Tadqiqot   maqsadiga,     mavzu   ob'ekti   va   predmeti   talablariga   muvofiq,     ilmiy
izlanishning   analitik   xususiyatga   ega   ekanligini   e'tiborga   olib,     «umumiy
rivojlanish»,  «kasbiy rivojlanish», «kasbiy mahorat» kabi tushunchalarni tahlil
etish, ularning mazmunan o’ziga  xosligini aniqlab chiqish.
5. Tadqiqot gepotezasi (farazi).
Asosiy ilmiy taxmin.
6. Tadqiqot vazifalari.
Sotsiologik   tadqiqotlarda     ilmiy   maqsad   muhim   axamiyat   kasb   etib,
tadqiqotlarning   nazariy   yoki   amaliy   yo’nalishlarda   bo’lishini   ko’rsatuvchi
mo’ljal     vazifasini     o’taydi.     Maqsadni   amalga   oshirish   jarayonida   bir   qator
ijtimoiy ziddiyatli  holatlargi  duch  kelish mumkin.
Dekart,   «Agar   siz   qandaydir   o’ylanmagan,     kutilmagan,   xayolingizga
keltirmagan     narsani     topishni   o’ylamaydigan   bo’lsangiz,   siz   bu   narsani   hech
qachon   topa   olmaysiz   degan   edi.   Dasturda   ilmiy   izlanishga     sabab     bo’lgan ijtimoiy     ziddiyatli   muammolar   va   ularning   asosiy   tushuncha,   atamalari
atroflicha izohlab beriladi.
Dasturda   kompleks   sotsiologik   tadqiqot   natijalarini   qo’lga   kiritish,
o’rganilayotgan   ob'ekt   va   predmet   xususiyatlarini     aniqlash   maqsadlarida
sotsiologik   tadqiqotlar instrumentarisiga alohida to’xtalib o’tishimiz lozimdir.
Instrumentariy   deganda   biz   -sotsiologik   tadqiqotlar   o’tkazish   uchun   zarur
bulgan   metodik   va   texnik   usullar   yig’indisini     e'tiborga   olamiz.   Har   qanday
tadqiqot   biron   bir   muammoni   qo’yilishidan   boshlanadi.   Bunday     muammo
tashqaridan     buyurtmachi   tomonidan   berilishi   yoki   jamiyat   xayotida   o’zining
ilmiy echimini kutayotgan muammo  bo’lishi mumkin.
Sosilogik   tadqiqotlarning   sifat   darajasini     oshirish     uchun   empirik
ma'lumotlarning ishonchli ekanligini,   ilmiy asoslanganligini ta'minlash uchun
uning metodologik asosiga alohida  e'tibor qaratilmog’i lozimdir:
1. Sotsiologik   tadqiqotni   tayyorlash   va   tashkil   etish.(yuqorida   qayd
etganimizdek,  buyurtma va ob'ektning mavjudligi).
2. Amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayoni.
3. Empirik  ma'lumotlarni sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish.
4..Olingan   ma'lumotlarni   taxlil   qilish   umumlashtirish.     (Biz   bunga   sal
keyinroq  to’xtalib utamiz).
Har   qanday     tadqiqot   dasturining   umumiy   talablari   mavjud.     Bularga,
tadqiqotning   asosiy   maqsad   va     vazifalarini     aniqlash;   ishchi   farazni   ishlab
chiqish,     dasturni   ishlab   chiqish   jarayonida   kompyuter   texnikasidan
foydalanish kabilar kiradi.  (Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni. Qarshi. 2000 yil
38-45 betlar).
Tadqiqot dasturi ichki tuzilish jarayoni qo’yidagicha bo’ladi:
1. Nazariy metodologik qism.
a).   Sotsiologik   muammoni   ishlab   chiqish,     tadqiqot   maqsadi   va   vazifasini
belgilash. 
b). Ob'ekt va predmetini belgilash.  
s). Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.   d). Predmetning dastlabki taxmini.  
e). Ishchi farazni ishlab chiqish.
II. Amaliy sotsiologik tadqiqot ish jarayoni.
a). Tadqiqotning umumiy rejasi.
b). Asosiy amaliy ish jarayonlari.
s). Tanlov ishlari.
d). Dastlabki olingan ma'lumotlarni tahlil qilish.  
e). Natijalarni umumlashtirish.
Yuqoridagi  tushunchalar    mazmunining atroflicha ochib berilishi  dastur
farazini tuzish uchun keng yo’l ochilishiga imkon yaratadi.
Ilmiy   faraz-ob'ektning   tuzilishi   xaqidagi   nazariy   asoslangan   ilmiy   taxmin
bo’lib,     mazkur   ob'ektning   tashkil   etuvchi   turli   xil   elementlar   va   aloqalar
xarakteri, ularning faoliyati yuritishi va taraqqiyotini o’zida ifodalaydi.  Xulosa
qilib   aytadigan bo’lsak, xozirgi bozor iqtisodi  sharoitida tadqiqotlar mufassal
ishlab chiqilgan dasturlariga ega bo’lishi zarur.
6.2. Sotsiologik tadqiqot usullari.
Oldingi   ma'ruzalarimizdan     bizga     ma'lumki,     sotsiologiyada   so’rov,
intervyu,     kuzatish,   eksperiment,     xujjatlarni   o’rganish,   test,   statistik,     kabi
tadqiqot   usullari   mavjud.     Biz   endi   bu   usullarga   batafsil   va   kengroq   to’xtalib
o’tamiz.
So’rash   usuli     sotsiologiyada     keng     yoyilgan     tadqiqot     shakli
hisoblanadi.   Bu   usulda   guruh   yoki   ayrim   kishilarga   savollar     bilan   murojaat
qilib,   dastlabki,     birlamchi   ma'lumotlar   to’plab   olinadi.   So’rash   usulining
yozma (anketa) va og’zaki turlari  mavjud. Bundan tashqari statsionar va sirtqi
(telefon orqali,  matbuot orqali),  ommaviy va ekspertlar uchun,  saylanma  va
yalpi (referendumlar ham shunga kiradi) shakllarda namoyon bo’ladi.  So’rash
usullarining   bugungi   kunda   keng   tarqalganligi,   aloxida   e'tibor   va     obro’ga
ekanligi   ko’pgina   sabablarga   bog’liqdir.     So’rash   usullari   orqali   shunday
ma'lumotlarga   ega   bo’lishi   mumkinki,   bunday   ma'lumotlarni   hamisha   xam hujjatli manbalardan olish mumkin emas. Lekin shunga   qaramay   1930 yillar
boshlarida bu usul Sobiq Ittifoqda inqirozga yuz tutdi.   Genetika singari fanlar
qatorida  sotsiologik  so’rovlar ham man etilgan edi.O’tkazilganda ham yuzaki
ravishda   o’tkazilar   edi.   Anketa   usuli   va   uni   qo’llanilishi.   Anketa   so’zi
fransuzcha   atama   bo’lib,     tadqiq   etish,   o’rganish,   so’rash   degan   ma'nolarda
qo’llaniladi.   Anketa   usuli   ommaviy   faktlar   (voqea-hodisalar)   kelib   chiqish
sabablarini   aniqlash,     mazkur   faktlarning   turli   qirralari,   umumiy
tendensiyalarini,   jamoatchilik   fikrining   bu   hodisalariga   nisbatan   munosabati
masalalarini   o’rganadi.   Odatda,     anketa   deganda,     muayyan   mavzu
tevaragidagi   savollar   to’plami   tushunilib,     bu   savollarga   tadqiq   etiluvchi
kishilar guruhi javob berishi nazarda tutiladi.
Anketa   o’tkazishdan     maqsad     sotsiologik     tadqiqotlar   nuqtai   nazaridan
dastlabki,   aksariyat   hollarda   muayyan   mo’ljal   olinuvchi   ma'lumotlar
to’plashdan     iboratdir.     Anketa   ba'zi   xususiyatlariga   ko’ra   intervyu   janriga
yaqin turadi,   ammo beriladigan   savollar alohida olingan respondentga emas,
balki   ko’pgina   kishilar   gurhxiga   qaratilgan   bo’ladi.   Ayni   vaqtda   tuzilgan
savollar     og’zaki   tarzda   emas,   balki   yozma   shaklda   beriladi.   Anketa
jamoatchilik   fikrini   atroflicha   o’rganish   omili   sifatida   sotsiologik   tadqiqot
usullari   orasida   alohida   o’rin   tutadi.   Anketa   ayni   vaqtda   shunday   janrki,   bu
usulni   qo’llagan   tadqiqotchi   odatda   so’roq   qog’ozlari   yoki     anketani
respondentlarga     tarqatgandan   boshlab   tadqiqot   ma'lumotlarini   to’plash
jarayoni ustidan nazorat qilish imkoniyatidan  mahrum bo’ladi. 
Anketa so’rovi shaklining asosiy komponentlari sotsiolog, respondent va
anketadan  iboratdir.
Anketa   savollari   respondent   tomonidan   to’ldiriladi.   Shu   boisdan   ham
anketa   bilan   ishlash   usulida   savollar   respondent     uchun   juda   ravshan   va   aniq
bo’lishi zarur. Yuqorida qayd etganimizdek,   anketa bir necha qismdan   iborat
bo’lib,     tadqiq   etilayotgan   ilmiy-ijtimoiy   muammo   uchun   zarur   bo’lgan,
tegishli   ma'lumotni   olishga   imkon     beruvchi     turli-tuman,   ammo   mantiqiy-
yakuniy savollar majmuasidan iboratdir.  Shu   o’rinda   yana   bir   karra   qayd   etish   lozimki,     anketa     shunchaki
tuzilmaydi,   balki   muayyan   tadqiqot   natijalariga   erishish   vositasi   sifatidagina
tuziladi va amalga oshiriladi.  
Demak, anketa vosita,  muayyan maqsadga erishish omilidir. Anketaning
kirish qismida  sotsiolog  tadqiqot  o’tkazayotgan ilmiy tashkilot  yoki  tadqiqot
guruhi   manzilgoxi,     tadkikotning   nomi   va   maksadi,   anketani   tuzuvchining
ismi-   sharifi,   ilmiy   unvoni   va   darajasi,     anketa   tuzilgan   vaqt   va   respondentga
berilgan   savollarga   qay   tarzda   javob   qilish   usuli   va   nihoyat,   to’ldirilgan
anketani kimga  va qaerga topshirish yo’llari qisqa va lo’nda bayon etiladi. Bu
muqaddimaning   ahamiyati   shundan   iboratki,   respondentdan   kirish     qismidan
dastlabki ma'lumotlarni oladi va tayyorgarlik ruhiga ega bo’ladi. 
6.3. Eksperiment.
Sotsiologiyada   eksperiment   usuli   ham   qo’llaniladi.   Aslida
eksperimentlar   tabiiy   fanlarda   keng   qo’llaniladi,   lekin   sotsiologiyada   uni
qo’llash   doirasi   cheklangan.   Laboratoriya   sharoitida   faqatgina   kichik   guruhni
joylashtirish   mumkin,   lekin   ular   ham   o’z   ustilaridan   tajriba
o’tkazilayotganligidan   xabardor   bo’ladilar   va   o’zlarini   odatdagidan   farqliroq
umuman   eksperimentni   sun'iy   yaratilgan   sharoitda   bir   yoki   bir   necha
o’zgaruvchan   miqdorning   boshqalariga   ta'sirini   o’rganish   deb   ta'riflashimiz
mumkin.
Filipp   Zimbardo   o’tkazgan   ajoyib   tadqiqot   bunga   misol   bo’la   oladi.   U
o’ziga   xos   «qamoqxona»   tashkil   etib,   unda   maxbuslar   va   qo’rikchilar   rolini
talabalar   o’ynagan.   Uning   maqsadi   turli   rollarni   ijro   etish   talabalar   xulq-
atvorini   qay   darajada   o’zgartirishini   aniqlash   edi,olingan   natijalar
tadqiqotchilarni   hayratga   solgan.   «Qo’riqchilar»   tez   orada   avtoritar   muomila
tarzini   o’zlashtirib   olib,   mahbuslarga   nisbatan   haqiqiy   dushmanlarga
munosabatda   bo’la   boshladilar.   Ularning   sheriklarida   esa   aksincha,   haqiqiy
qamoqxona maxbuslarida kuzatiladigan apatiya va isyonkorlik belgilari paydo
bo’la boshlagan. Bu xolat shunday keskin bo’lganki, eksperimentlarni boshidan
to’xtatishga   to’g’ri   kelgan.   Tadqiqotchi   qamoqxonalarda       xulq-atvorni   u yerdagilarning   shaxsiy     xislatlarini   emas,   muhitning   o’zi   belgilaydi,   degan
xulosaga kelgan. 
Bu   tadqiqot   natijasidan   shunday   xulosaga   kelib   chiqadiki,   eksperiment
tadqiqotning   shunday   metodini,   uning   jarayonida   biz   shunday   sharoitni
yaratamiz yoki bo’lmasa izlab topamizki, u yordamida o’zimizni qiziqtiradigan
hodisalar aloqasi namoyon bo’ladi. 
Eksperiment   o’tkazish   uchun   avvalo   ob’ekt   tanlanadi,   so’ngra   esa,
eksperiment   qilinadigan   guruhlar   tashkil   qilinadi,   ya'ni   eksperimental   holat
vujudga   keltiriladi.   Eksperimentning   asosiy   maqsadi   avvalo,   -   bu   farazni
isbotlash   yoki   inkor   etishdir.   Hozirda   turli   sohalarda   olib   borilayotgan   sotsial
eksperimentlarning asosi ham yuqoridagilarga uzviy bog’liqdir. 
6.4. Intervyu. 
Biz yuqorida so’rov (anketa) usuli  haqida batafsil to’xtalib o’tgan edik.
So’rov   va   intervyu   metodlari   o’rtasida   deyarli   farq   yo’k.   Chunki   respondent
(so’raluvchi)   ga     berilgan   savolnoma   bo’yicha   tadqiqotchi   undan   intervyu
oladi.   Anketa   bo’yicha   olingan   intervyuni   ba'zan   «formallashtirilgani»   yoki
«nazorat   qilinadi»   deb   atashadi.   Ba'zi   intervyular   umuman   anketasiz
o’tkaziladi:   odamdan   ancha   uzoq   vaqt   mobaynida   intervyu   olinadi   va
chuqurrok   ma'lumot   olish   talab   qilinganida   kam   sonli   so’raluvchilar   so’rov
qilinadi.   Chuqurlashtirilgan   intervyular   odatda   so’rovlarga   qaraganda
batafsilroq   ma'lumot   beradi,   lekin   bu   usullarning   kamchiligi   shuki,   intervyu
oluvchi     ta'sir   o’tkazishi   va   natijada   ma'lumotlar   o’zgarib   ketishi   mumkin;
bundan tashqari, javobni taqqoslab taxlil qilish qiyinrok bo’ladi. 
6.5. Hujjatlarni o’rganish.
Hujjatli   tadqiqot   –   ish   mobaynida   bosma   va   qo’lyozma   materiallardan
samarali   va   sistemali   tarzda   foydalanish   ko’pincha   e'tibordan   chetda   qolib
ketadi. Hujjatli tadqiqot – sotsiologik tadqiqot yig’ishning eng keng tarqalgan
usullaridan biridir.
1. Hujjatli   tadqiqotlarda   arxiv   materiallari,   davlat   xo’jjatlari,   davlat
xo’jjatlari,   xatlar,   sud   bayonnomalarini   kiritish   mumkin.   Tadqiqotda foydalanilayotgan  hujjatlar  qatoriga o’rganilayotgan mavzu  bo’yicha
avval   o’tkazilgan   tadqiqotlarning   natijalari,   xulosalarini   ham   kiritish
mumkin. Hukumatlar tomonidan keltiriladigan ma'lumotlar juda keng
ko’lamli   bo’lib,   bir   necha   manbaalarni   o’z   ichiga   oladi.   Masalan,
muntazam   ravishda,   ma'lum   vaqt   oralig’i   bilan,   aholini   ro’yxatga
olish   olib   boriladi.   Bu   esa   ko’plab   ijtimoiy   va   iqtisodiy   masalalar
bo’yicha   batafsil   ma'lumotlar   beradi.   Bunday   so’rovdagi   savollarga
javob   berish   majburiy   bo’lgani   uchun,   olingan   materiallar   ancha
to’liq     va   batafsil   bo’ladi.   Bulardan   tashqari   statistik   hujjatlar,
guvohnomalar,   protokollar,   hisobga   olish   ma'lumotlari   ham   mavjud.
Shaxsiy   hujjatlarga:   avtobiografiya,   xotiranomalar,   xatlar   kiradi.
Hujjatlarni o’rganishning avtobiografik metodini F.Znanetskiy ishlab
chiqqan.   Sotsiolog   hujjatlarni   batafsil   ko’rib   chiqib   o’rganadi.
Shuning   uchun   hujjatlar   sotsiolog   va   tarixchi   mutaxassislariga
qimmatbaho   material   hisoblanadi.   Hujjatlarni   o’rganish   metodini
o’tkazish, texnikai qo’yidagicha bo’ladi:
2. Belgilarni, tushunchalarni aniqlash va analiz qilish. 
3. Bu ko’rsatkichlarni tekst bilan o’zaro nisbatini aniqlash.
4. Ko’rsatkichlar uyicha miqdoriy analiz qilish.
Kontekst   (nutq   yoki   asarning   tugallangan   parchasi)   ni   sharxlab
xulosalash. 
Xujjatli   manbalar   ishonchliligini   turlicha   bo’ladi   va   ulardan
foydalanayotgan tadqiqotchi ularning haqiqiyligini to’gri baholay bilishi zarur.
Chunki,   gazeta   ,   jurnal,   maqolalarida,   ma'lumotlar   ko’pincha   ishonchsiz
manbalardan olingan bo’ladi. 
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak   sotsiologiyadagi   tadkikot   usullariga
qo’yidagicha ta'rif berish mumkin: 
1. Anketalashtirish (yozma shakldagi s o’ rov).
2. Intervyu (su h batlashish, og ’ zaki s o’ rov).
3. Sosiometriya – (guruhdagi shasxlararo munosabatlarni o’rganish). 4. Test – (maxsus qayta ishlangan vositalar, rasmlar, savollar yordamida
shaxsiy sifat va qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan so’rov).
5. Ekspert – (mutaxassislarga tegishli bo’lgan so’rov). 
6. Panel   –   (guruxlarning   belgisiga   ko’ra   bir-birini   taqqoslash   va
farqlash).
7. Yaxlit – (jamoatchilik fikrini, aholini ro’yxatga olishni o’rganish). 
 8.     Pilotaj – (informasiya olish). 
Ushbu   sotsiologik   so’rovlarning   barchasi   maxsus   o’z   xususiyatlariga
ega. O’rganilayotgan muammoni ular xususiyatlaridan kelib chikib, hal kiladi. 
6.6. Tadqiqotlarni tahlil etish va umumlashtirish.
O’tkazilgan   har   bir   sotsiologik   tadqiqot   tahlil   etilib,   umumlashtiriladi.
So’rov   natijalarini     qayta   ishlash   va   statistik     taxlil   qilish   qulay,   ammo   bu
usulga   qarshi   kishilarning   aytishlaricha,   qayta   ishlagan   natijalar   to’g’ridek
tuyuladi,   lekin   bu   javoblarning   aksariyati   o’ta   yuzakilikni   hisobga   olganda,
natijalar   aniqligi   shubxa   o’ygotadi.   Bundan   tashqari,   javob   berishdan   bosh
tortirsh   holiari   ko’p   uchraydi,   ayniqsa,   anketalar   pochta   orqali   yuborilganda.
So’rov   o’tkazish   sharoitlari   va   natijalarini   izohlashda   qo’llaniladigan   til
ko’pincha javob berayotgan real tirik shaxslardan juda uzoqdir. Savollar pochta
orqali yuborilganda so’raluvchi kishini tasavvur xam etish mushkul. 
Umuman   olganda,   tadqiqotchilar   va   respondentlar   o’rtasida   aloqa
qanchalik   to’gri   va   bevosita   bo’lsa,   xulosalar   shunchalik   informativ   va   asosli
bo’ladi.   So’rov   natijalari   imkon   qadar   chuqurlashtirilgan   materiallar   bilan
to’ldirilishi kerak. 
Yig’ilgan   material   tahlil   qilinib,   tadqiqotga   to’rtki   bo’lgan   muammoga
muvofiqlashtirilishi   kerak.   Olingan   ma'lumotni   qayta   ishlash   va   tadqiqot
mavzusiga moslashtirish oson kechmaydi. Hatto, barcha savollarga aniq javob
olish imkoniyati bo’lganda xam ko’plab tadqiqotlar to’gallanmay qolib ketadi.
Tadqiqot natijalari tahlil qilingandan sung, hisobot tayyorlanishi shart. Odatda
jurnal maqolasi yoki kitob shaklida chop etiladigan hisobot tadqiqot tabiatining
izohi   va   qilingan   xulosalarni   asoslashdan   iborat   bo’ladi.   Bu   oxirgi   bosqich hisoblanadi.   Ko’plab   hisobotlardan   javobsiz   qolgan   savollar   kelib   chiqadi   va
qo’shimcha   tadqiqotlar   o’tkazish   talab   etiladi.   Har   qanday   indvudial   tadqiqot
faoliyati   ijtimoiy   hamjamiyat   doirasida   amalga   oshirilayotgan   tadqiqot
jarayonining bir qismi hisoblanadi. 
Tadqiqot   metodologiyasida   tadqiqot   bilan   bog’liq   muammolarni
o’rganishda   vujudga   keladigan   eng   muhim   muammolardan   biri   –   sabab     va
oqibatlar taxlilidir. Ikki xodisa yoki xolatning sababli bog’lanishi – bu shunday
bog’lanishki, unda bir hodisa yoki xolat boshqa birini keltirib chiqaradi. Misol
uchun tog’ yon bag’rida turgan avtomobilning qo’l tormozi qo’yib yuborilishi
ko’rsatilgan   oqibatni   keltirib   chiqaradi.   Xuddi   tabiiy   fanlar   kabi,   sotsiologiya
ham   barcha   hodisalar   o’z   sabablariga   ega,   degan   taxmindan   kelib   chiqadi.
Sotsiologik   tadqiqotning   asosiy   vazifalaridan   biri   sabab   va   oqibatlarni
aniklashdan iborat. 
Ma'lumotlarni   taxlil   qilish   bu   farazni   tekshirish,   olingan   bilimlarni
o’rnini   aniqlash,   axborotni   ishlab   chiqish,   EHM   ga   taxlil   uchun   beriluvchi
ma'lumotlarni tayyorlash. 
Informasiyalarni   ishlab   chiqish,   guruhlash.   Sotsiologiyada   taxlil   uchun
matematik   metodlarni   o’rni   xam   ahamiyatlidir.   Bu   matematik   metodni
qo’llashdagi   asosiy   muammo   matematik   apparatni   tuzib   chiqishdir.
Matematik   usullar   sotsiologik   tadqiqotlarda     qo’yidagi   vazifalarni   hal
etadi: 
1. Taxlil.
2. Tanlash.
3. Mode l lashtirish. 
4. O ’lchash.
Hulosa   qiladigan   bo ’ lsak ,   sotsiologik   tadqiqotlarda   matematikani
qo ’ llanishining   muxim   jixati  –  sotsial   hodisalarni   modellashtirishdir .

Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish. Reja: 1. Tadqiqot dasturining nazariy asoslari. 2. Sotsiologik tadqiqot usullari. 3. Eksperiment usuli. 4 Intervyu. Test usuli. 5. Xujjatlarni o’rganish usuli. 6. Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish.

T a y a n c h tushunchalar So’rov, anketa, kuzatish, statika, intervyu, fundamental, panel, standart, respondent, klinik, eksperiment, tajriba, sotsiometriya, miqdor 6.1. Ijtimoiy - ma'naviy, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat hayotining turli jabxalariga zamonaviy texnik vositalar va yangi texnologik jarayonlarning singib borishi, yangi istiqlol mafkurasi oliy maktab tizimidagi ta'lim - tarbiya ishlari darajasining oshib borishiga sabab bo’lmokda. «Bozor munosabatiga o’tish davrida, -deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov,-ijtimoiy soha-sog’liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va san'at, shuningdek, ilm-fan ayniqsa mushkul ahvolda qolmoqda. Hozirgi murakkab davrda bu tarmoqlarni qat'iy qo’llab quvvatlash, shu sohalarda ishlayotgan kishilar mehnatini munosib baholash uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishi zarur (I.Karimov. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat, T. «O’zbekiston» 1992 y, 32-bet). Sotsiologik dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va ma'lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob'ekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarini aniqlash, ma'lumotlarni to’plash va taxlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shunday qilib, dastur, asosan ikki katta bo’lim, ya'ni metodologik-nazariy va amaliy- uslubiy bo’limlardan iborat. 1. Nazariy-metodologik bo’lim mavzu tanlash, tadqiqot ob'ektini xarakterlash, maqsad va vazifalar faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o’z ichiga oladi.

2. Nazariy-uslubiy esa, ma'lumotlarni to’plash usullarini bayon etish, yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, taxlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarini mujassamlashtiradi. Tadqiqot dasturida qo’yidagilar bo’lishi lozim: 1. Tadqiqot o’tkazishdan maqsad. Tadqiqot natijalari asosida oliy maktab ma'muriyati, tegishli vazirliklar va keng jamoatchilikka kasb mahorati sirlarini egallash uchun zarur hisoblanuvchi omillarga bag’ishlangan amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish. 2. Tadqiqot ob'ekti. Oliy o’quv yurtlaridagi o’quv - tarbiyaviy jarayon hisoblanib, bu sohadagi umumiy ahvol, muammolar, istiqbol mo’ljallari tuliq o’rganib chiqiladi. (boshqa sohalarga ham xuddi shunday). 3. Tadqiqot predmeti. Kasb maxoratini shakllantirish jarayonida tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy- ruxiy omillarning o’rni va ta'siri masalalaridan iboratdir. 4. Asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili. Tadqiqot maqsadiga, mavzu ob'ekti va predmeti talablariga muvofiq, ilmiy izlanishning analitik xususiyatga ega ekanligini e'tiborga olib, «umumiy rivojlanish», «kasbiy rivojlanish», «kasbiy mahorat» kabi tushunchalarni tahlil etish, ularning mazmunan o’ziga xosligini aniqlab chiqish. 5. Tadqiqot gepotezasi (farazi). Asosiy ilmiy taxmin. 6. Tadqiqot vazifalari. Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy maqsad muhim axamiyat kasb etib, tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda bo’lishini ko’rsatuvchi mo’ljal vazifasini o’taydi. Maqsadni amalga oshirish jarayonida bir qator ijtimoiy ziddiyatli holatlargi duch kelish mumkin. Dekart, «Agar siz qandaydir o’ylanmagan, kutilmagan, xayolingizga keltirmagan narsani topishni o’ylamaydigan bo’lsangiz, siz bu narsani hech qachon topa olmaysiz degan edi. Dasturda ilmiy izlanishga sabab bo’lgan

ijtimoiy ziddiyatli muammolar va ularning asosiy tushuncha, atamalari atroflicha izohlab beriladi. Dasturda kompleks sotsiologik tadqiqot natijalarini qo’lga kiritish, o’rganilayotgan ob'ekt va predmet xususiyatlarini aniqlash maqsadlarida sotsiologik tadqiqotlar instrumentarisiga alohida to’xtalib o’tishimiz lozimdir. Instrumentariy deganda biz -sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish uchun zarur bulgan metodik va texnik usullar yig’indisini e'tiborga olamiz. Har qanday tadqiqot biron bir muammoni qo’yilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat xayotida o’zining ilmiy echimini kutayotgan muammo bo’lishi mumkin. Sosilogik tadqiqotlarning sifat darajasini oshirish uchun empirik ma'lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta'minlash uchun uning metodologik asosiga alohida e'tibor qaratilmog’i lozimdir: 1. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish.(yuqorida qayd etganimizdek, buyurtma va ob'ektning mavjudligi). 2. Amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayoni. 3. Empirik ma'lumotlarni sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish. 4..Olingan ma'lumotlarni taxlil qilish umumlashtirish. (Biz bunga sal keyinroq to’xtalib utamiz). Har qanday tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab chiqish, dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi. (Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni. Qarshi. 2000 yil 38-45 betlar). Tadqiqot dasturi ichki tuzilish jarayoni qo’yidagicha bo’ladi: 1. Nazariy metodologik qism. a). Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash. b). Ob'ekt va predmetini belgilash. s). Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.

d). Predmetning dastlabki taxmini. e). Ishchi farazni ishlab chiqish. II. Amaliy sotsiologik tadqiqot ish jarayoni. a). Tadqiqotning umumiy rejasi. b). Asosiy amaliy ish jarayonlari. s). Tanlov ishlari. d). Dastlabki olingan ma'lumotlarni tahlil qilish. e). Natijalarni umumlashtirish. Yuqoridagi tushunchalar mazmunining atroflicha ochib berilishi dastur farazini tuzish uchun keng yo’l ochilishiga imkon yaratadi. Ilmiy faraz-ob'ektning tuzilishi xaqidagi nazariy asoslangan ilmiy taxmin bo’lib, mazkur ob'ektning tashkil etuvchi turli xil elementlar va aloqalar xarakteri, ularning faoliyati yuritishi va taraqqiyotini o’zida ifodalaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xozirgi bozor iqtisodi sharoitida tadqiqotlar mufassal ishlab chiqilgan dasturlariga ega bo’lishi zarur. 6.2. Sotsiologik tadqiqot usullari. Oldingi ma'ruzalarimizdan bizga ma'lumki, sotsiologiyada so’rov, intervyu, kuzatish, eksperiment, xujjatlarni o’rganish, test, statistik, kabi tadqiqot usullari mavjud. Biz endi bu usullarga batafsil va kengroq to’xtalib o’tamiz. So’rash usuli sotsiologiyada keng yoyilgan tadqiqot shakli hisoblanadi. Bu usulda guruh yoki ayrim kishilarga savollar bilan murojaat qilib, dastlabki, birlamchi ma'lumotlar to’plab olinadi. So’rash usulining yozma (anketa) va og’zaki turlari mavjud. Bundan tashqari statsionar va sirtqi (telefon orqali, matbuot orqali), ommaviy va ekspertlar uchun, saylanma va yalpi (referendumlar ham shunga kiradi) shakllarda namoyon bo’ladi. So’rash usullarining bugungi kunda keng tarqalganligi, aloxida e'tibor va obro’ga ekanligi ko’pgina sabablarga bog’liqdir. So’rash usullari orqali shunday ma'lumotlarga ega bo’lishi mumkinki, bunday ma'lumotlarni hamisha xam