logo

Musiqa mashg’ulotlarida integrallashgan mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

209.55078125 KB
Musiqa mashg’ulotlarida integrallashgan mashg’ulotlarni tashkil etish
metodikasi 
Reja:
1.Integrallashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim maqsadi va vazifasi
2.  Musiqaning boshqa sohalar bilan integrasiyasi
3.  Integrallashtirilgan mashg’ulotlarda  musiqali didaktik o’yin psixologiyasi    Integrallashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim maqsadi va
vazifasi.
Shaxsga   xos   asosiy   fazilatlar     bolaning   ilk   yoshlaridan   boshlab
shakllanishini inobatga olgan holda hozirgi zamon MTMgacha ta’lim muassasalari
ta’lim-tarbiya   jarayoni   ma’nan   boy   va   har   tomonlama   barkamol   shaxsni
shakllantirishga   yo’naltirilgan   ilg’or   pedagogik   texnologiyalarni   izlab   topish   va
amaliyotga   tatbiq   qilish   borasida   to’xtovsiz   takomillashib   borayotganligi   bilan
xarakterlanadi.   E’tirof   etilayotgan   jihatlar   pedagogning,   ayniqsa   bolalarda   ijodiy
qobiliyatlarni     tarbiyalashda   o’ta   muhim   ahamiyat   kasb   etadigan     musiqa
rahbarining   faoliyati   samaradorligiga   sezilarli   ta’sir   ko’rsatadi.   Mamlakatimiz
Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   ta’kidlaganidek:   «Ishning   natijaviyligini
ta’minlash–bu   har   bir   rahbar   xodimning   burchi   va   majburiyatidir».   Bu   so’zlarni
MTMgacha   ta’lim   muassasalari   barcha   bosqich   xodimlari   faoliyatiga   taalluqli
ekanligini to’la asos bilan aytish mumkin.
MTMgacha   ta’lim   muasssalari   ta’lim-tarbiya   jarayoni   samaradorligini
oshirishni ta’minlashning muxim yo’nalishlaridan biri globallashgan davr axborot
oqimlarini   faol   o’zlashtirish     sharoitda   xilma-xil   san’at   turlari   asosida     bolalar
ijodiy   qobiliyatlarini   o’stirishda     integrallashgan   mashg’ulotlarni   o’tkazish
hisoblanadi.   Amaliyot   bolalarga   berilayotgan   ma’lumotlar   har   doim   ham   sifatli
qabul   qilinmayotganligini
ko’rsatmoqda   va   o’z-o’zidan
MTMgacha   ta’lim   muassasalari
ta’lim-tarbiya   jarayoniga   nisbatan
innovasion   metod   va
yondashuvlarni   ishlab   chiqishni
dolzarb   muammo   sifatida   kun
tartibiga   qo’ymoqda.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   « 2017   —   2021
yillarda   MTMgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirishga   qaratilgan   chora-
tadbirlar   to’g’risida»gi   Qarori   MTM   o’qituvchi   va   tarbiyachilarini   mazkur muammoni   bartaraf   etish,   MTMgacha   ta’lim   sifatini   ko’tarishda   yanada   faol
bo’lishida huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Integralashgan   musiqa   mashg’ulotlarida   fanlararo   aloqalardan   maqsadli
foydalanish   bolalarning   ijodiy   qobiliyatlarini   rivojlantirishda   ulkan   imkoniyatlar
yaratadi.   Yana   shuni   ta’kidlash   kerakki,dunyo   ta’lim-tarbiya
amaliyotida integrallashgan   mashg’ulotlarda   fanlararo   aloqalardan   maqsadli
foydalanish   juda   keng   yoyilgan .   Tabiiy   tarzda   har   bir   pedagog   o’z   xususiy
metodikasini ishlab chiqish asnosida integrallashgan mashg’ulotlarga kichik bo’lsa
ham   qandaydir   yangilik  kiritishga   harakat   qiladi .  Integrallashgan   mashg’ulotlarda
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va o’stirishda quyidagi vositalardan
foydalananish tavsiya etiladi :
Musiqa
Tasviriy san’at
Nutq o’stirish
Teatrlashtirish
Jismoniy tarbiya
Integrallashgan mashg’ulotlar MTMgacha ta’lim muassasalarida bola ijodiy
qobiliyatlarini o’stirishga qaratilgan zamonaviy   ta’lim-tarbiyaning o’ta muhim va
istiqbolli   metodologik   yo’nalishlaridan   biri   sanaladi.   Integrallashgan
mashg’ulotlarning  bosh maqsadi rang-barang san’at turlari vositasida bola ongi va
shu   urida   dunyoning   go’zal   va   betakror     yaxlit   obrazini   shakllantirish   bilan
belgilanadi.   Yuksak   ijodiy   natija     beradigan   integrallashgan   musiqa
mashg’ulotlarini   o’tkazish   ularni   samarali   qo’llash   uchun   quyidagi   vositalardan
maqsadli foydalanishni tashkil qila bilish talab qilinadi.

mu siqa  –  tarona , ritm,  uyg’unlik , dinamika, intonasiya 
 tasviriy san’at –  rasm  ( shakl ,  hajm ,   umumiy  kompozisi yada turli predmetlar 
uyg’unligi ) 
 nutq o’stirish - ertak, she’r ,  hikoyalar ,  suhbat ,  tomishmoqlar, maqollar ,  
hikmatlar ,  teatr lashtirish –  dramalashtirishning ifodali vositalari :  harakatlar , jest lar ,   
imo-ishoralar ,  ovoz , intonasiya,  holatlar ;

jismoniy tarbiya -gimnastika, mu siqiy – ritmik harakatlar ,  mashqlar
Turli   yosh   guruhlarida   tashkil   qilinadigan     integrallashgan   mashg’ulotlarda
amalga   oshiriladigan   ijodiy   faoliyat   turlari   bolalarning   psixologik,   yosh   va
fiziologik xususiyatlarini to’la mos bo’lishi inobatga olinishi o’ta muhim.Masalan,
kichik     yoshidagi     bolalar   bilan   o’tkazadigan   integrallashgan   mashg’ulotlarimda
quyidagi faoliyat turlaridan  kompleks tarzda  qo’llashda:
 nutq   o’stirish   -   ertak,   she’r,
qo’shiq

  jismoniy   tarbiya -mu siqiy
– ritmik harakatlar ,  mashqlar
O’rta   yoshdagi   MTM
guruhlarida   e’tirof   etilayotgan
talablar   musiqa   ham   teatrlashtirish
hisobiga yanada boyitiladi:

mu siqa  –  ohang , ritm,  uyg’unlik - garmoniya, dinamika, intonasiya 
 teatr lashtirish   - dramalashtirishning   ifodali   vositalari :   harakatlar ,   jest lar ,
imo-ishoralar ,  ovoz , intonasiya,  holatlar ;
Katta   yoshdagi   MTM   guruhlarida   o’tkazadigan   integrallashgan
mashg’ulotlarimda   e’tirof   etilayotgan   talablar   musiqa,   tasviriy   san’at,   nutq
o’stirish,   jismoniy   tarbiya   hamda   teatrlashtirish   vositalaridan   foydalaniladi .
Integrallashgan   mashg’ulotlarni     katta   guruhlarda   amalga   oshirishda
« Moychechak »   metodini   qo’llashni   tavsiya   qilaman .     Bu     metod ni   men   bolalarni
o’zbek milliy cholg’ularida ixro etishda individual tarzda talqin qilaman .   masalan ,
moychechak   gulining   har   bir   yaprog’i   bilan   biror   o’zbek   milliy   cholg’usini
belgilayman .   Yaproqlardan   birini   tanlagan   bola   belgilangan   xalq   cholg’uning
nomi,   uning   o’ziga   xos   xususiyatlari   haqida   ma’lumot   berish   bilan   birga   o’sha
cholg’uda     ijro   mahoratini   ham   namoyish   etishga,   ya’ni   uni   chalishga     harakat
qiladi.   Tayyorlov  guruhlarida  sanab   o’tilgan   faoliyatlarning  barchasidan   to’laqonli
foydalaniladi,   masalan,     «Flomasterlar»   metodiga   murojat   qilamiz.   MTMda
bolalari   musiqa   eshitish   asnosida   qo’llaridagi   flomasterlari   bilan   doska   yoki
daftarlarida   musiqa   xarakteriga   mos   tuyg’ularini   ranglar   vositasida   ifodalashga
harakat qiladilar. Bunda mayin va mahzun   ohanglarni to’lqinli chiziqlar, o’ynoqi
ritmlarni   esa     qisqa   yoki   uzun   to’g’ri   chiziqlar   bilan     chizishadi,   shuningdek,
jamoaviy   tarzda   musiqa   xarakteriga   mos   ertak   aytishlari,   qo’shiq   kuylashlari
hamda   turli   jismoniy   mashqlarni   bajarishlari   mumkin   bo’ladi.   «Flomaster lar »
metodi bolalarning  tassavur  va  obrazli   tafakkurlarini rivojlantirishda katta samara
beradi.
MTMgacha   ta’lim   muassasasi     barcha   yosh   guruhlaridagi   integrasilashgan
mashg’ulotlar   samarali   hisoblanadi   va   yuqori   natijalar   beradi   hamda   bolalarning
mahsuldor   faoliyatini   ta’minlashga   xizmat   qiladi.   Ular   yordamida   MTMgacha
ta’lim   yoshidagi   bolalar   musiqiy-ijodiy   qobiliyatlarini   o’stirish   bilan   bog’liq
quyidagi vazifalar ijobiy yoki samarali   hal etiladi :
1. Musiqani   tushunish-anglash,   ritmni   his   qilish     qobiliyatlarini   rivojlantirish,
atrofdagi   hodisalar   mohiyatini   teran   idrok   etish,     go’zal   tasavvurlarni   tuyishlarini
ta’minlash  orqali bolaning musiqaga  bo’lgan qiziqishini o’stirish.
2. Emosional hozirjavoblik va harakatlar ifodaliligini o’stirish .
3. Bolalarga   mos   ijodiy   faoliyat   turlarida   ularning   ijodiy   faolligini
rivojlantirish :  ijro orqali obrazlar xarakterini yaratib bera olish ;   o’zlashtirgan  raqs
harakatlarini   ifodalay   bilish,   o’zi   mutaqil   tarzda   yangi   harakatlar   uyg’unligini
kashf etish, kichik hajmdagi qo’shiq yoki  naqoratlarni   improvizasiya  qilish .
4. Mustaqilligini   shakllantirish ,   tashabbuskorlik,     kundalik   hayotlarida
o’zlashtirilgan   ko’nikmalarini   amaliyotda   qo’llash,   kuy   ijro   etish,   raqsga   tushish,
hisoblash va ijodiy tafakkur yuritish . 
Integrallashgan  jarayon shakllari pedagog, tarbiyalanuvchilar hamda ota-onalar
o’zaro   yangi   munosabatlari   va   vazifalarida   aks   etadigan     yakuniy   mahsulot   bilan
xarakterlanadi. MTMdagi bunday integrativ shakllar sifatida hamkorlikdagi ijodiy loyihalar,   eksperimentlar,   ekskursiyalar,   syujetli-rolli   o’yinlarni   sanab   o’tish   joiz.
Ularni amalga oshirish bir qator muammolarni hal qilish g’oyasini ilgari suradi:
 uzluksiz  ta’lim tizimidaga barcha  umumiy o’rta ta’lim MTM o’qituvchilari
ishtirok etishi mumkin bo’lgan hamkorlikdagi innovasion ijodiy loyihalarni ishlab
chiqish;
 metodik   qo’llanmalar     va
yo’riqnomalar   majmuasini   ishlab
chiqish;
 yetakchi   mutaxassislarning   o’zaro
tajriba almashishlarini tashkil qilish.
Musiqa   ta’limida   tashkil   etilgan
integrallashgan   mashg’ulotlar   bolalarning
ijodiy qobiliyatlarini   rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ularni   samarali   tashkil   qilish   esa   ko’p   jihatdan   maktagacha   ta’lim   jarayonida
ishtirok etadigan pedagog, musiqa rahbarining bilimi, tajribasi, talanti, jonbozligi,
tashabbuskorligi, qobiliyati va bolajonligiga bog’liq.
.Ta’lim maqsadiga mutanosib bo’lgan ta’lim mazmunining
shaxsga    yo’naltirilganligini    ta’minlovchi    yo’nalishlarni  kengaytirish.
Ta’lim   maqsadi   va   mazmunining   bolalarni   rivojlantiruvchi   ahamiyat   kasb
etishi   ularning   yoshiga   mosligi   bilan   belgilanishini   hisobga   olish   asosiy
vazifalardan biridir.   Rivojlantiruvchi ta’lim har bir bolaning imkoniyatini hisobga
olgan holda o’qitish jarayoni bo’lib, unda o’quvchini har tomonlama rivojlantirish
maqsad   qilib   qo’yiladi.   Rivojlantiruvchi   ta’lim   tizimida   bilim,   ko’nikma   va
malakalar   bolaning   rivojlanganlik   darajasini   belgilovchi   natijalar   bo’lib
xisoblanadi. Ta’lim maqsadiga mos keladigan ta’lim mazmuni muayyan xalqning
tarixiy,   xayotiy   tajribalari,   ilmiy-ma’naviy   merosi,   fan-texnika   yutuqlari,   jamiyat
hayoti, ishlab chiqarish imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtirishi kerak. 
Jismoniy   rivojlanish.   Musiqaviy   ritmik   faoliyat   uchun   jismoniy   sifatlarni   (kuch,
chidam,   iroda,   muvozantni   ushlash   va   bosh.)   rivojlantirish,   bolalarning   harakat faolligini   oshirishda   musiqaviy   asarlardan   foydalanish.   Bolalarning   jismoniy   va
ruhiy   sog’ligini   saqlash,   musiqaviy   tarbiya   orqali   sog’lom   turmush   tarzi
to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish. Bola hayoti hafsizligini ta’minlash.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.   Musiqa sohasida kattalar va bolalar bilan erkin
muloqat qilish;do’stona yondashuv va o’zgalar fikrini tinglashga o’rgatish. 
Nutq   o’stirish   va   savodga   tayyorgarlik.   Bolaning   teatrlashgan   faoliyatda
og’zaki   nutqning   barcha   komponentlarini   rivojlantirish;   nutq   me’yorlarini   to’liq
egallashi, musiqiy asarlarni yod olishi
va   takrorlashi,   kuylashi   uchun   barcha
imkoniyatlarni yaratish.
Atrof-muhitni   anglash.
Musiqa   madaniyati   va   musiqa   sa’nati
to’g’risida   tasavvurlarini
shakllantirish,   o’yin   faoliyatini
rivojlantirish;   vatanparvarlik,
rostgo’ylik kabi  his tuyg’ularini tarbiyalash.  Musiqani  sa’nat  va ijodiyot  sohasida
yaxlit dunyo sifatida qabul qilishni shakllantirish.
Badiy adabiyot bilan tanishtirish.  Bolalar ijodini rivojlantirish, turli sa’nat
turlariga   qiziqishini   uyg’otish,   “Musiqa”   sohasining   mazmunini   badiy   adabiyot
asarlari yordamida boyitish, idrok etishni mustahkamlash.
Mehnat. Musiqaviy   asarlar   yordamida   mehnat,   kasblar,   kattalar   mehnati,
bilan tanishtirish, mehnat qilish istagini shakllantirish. Mehnat  faoliyati davomida
kattalar vatengdoshlari bilan munosabat o’rnatish.
 Integrallashtirilgan mashg’ulotlarda  musiqali didaktik o’yin psixologiyasi
Musiqa   psixologiyasi   psixologiya   yo’riqlariga   asoslanarkan,   bu   tarmoq
bolalarning tabiiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltiruvchi va musiqiy
qobiliyatlarini   rivojlantirishga   imkon   beruvchi   musiqa   pedagogikasiga   uzviy
bog’liqdir. Musiqani eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritmni aniqlash, tekshirish
kabi   an’anaviy   usullar   bilan   bir   qatorda   musiqa   psixologiyasida   musiqiy   zehn, musiqiy iste’dod, qobiliyatlarni aniqlash, asarlarni o’rganish va ular ustida ishlash,
konsertlarda   chiqish   uchun   tayyorgarlik   ko’rish,   bolalar   va   konsert   jamoasi   bilan
o’zaro   munosabatlar   bolalar   bilan   ishlashning   aniq   usullarini   topishga   yordam
beradi. 
Shu   bilan   birga   o’yinli   texnologiyalardan   foydalanishda   bir   qator   psixologik
xususiyatlar   ham   namoyon   bo’ladiki,   buning   oqibatida   har   bir   bola   o’zining
shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi.
  Ijtimoiy   xayotda   o’zi   egallagan   o’rinni   barqarorlashtiradi.   O’z–o’zini
boshqarish   ko’nikmalarini   hosil   qiladi.   O’yinli   texnologiyalar   nafaqat   nazariy
bilimlarini   mustahkamlash,   ularning   amaliy   ko’nikma   va   malakalarga   aylanishni
ta’minlabgina   qolmay,   balki   bolalarda   muayyan   ahloqiy,   irodaviy   sifatlarini   ham
tarbiyalashga yordam beradi.
Pedagog   va   psixolog   olimlar   D.N.Uznadze,   L.S.Vigotskiy,   A.N.Leontyev,
S.A.Shmokov,   G.K.Selevko,   P.Ya.Galperin,   I.Olloyorov,   A.Verbiskiy   va
boshqalar   o’yinlarga   asoslanuvchi   faoliyatning   mohiyati,   ularning   o’ziga   xos
xususiyatlarini, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. 
Ayni   vaqtda   biz   bu   borada   zarur   nazariy   va   amaliy   ma’lumotlarga   egamiz.
O’yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi.
1. Ta’limiy (didaktik) maqsad.
2. Tarbiyaviy maqsad
3. Faoliyatni rivojlantirishga yo’naltiruvchi maqsad
4. Ijtimoiy maqsad Musiqali didaktik o’yinlarning umumiy tasnifi
Xulosa   qilib   aytganda   musiqa   psixologiyasi   –   psixologiyaning   shunday
sohasiki,   bolalarning   paypaslab   sezish,   musiqani   musiqaviy   eshitish   qobiliyati
eshitish sezgisining chegaralari, musiqaning lad, ritmikasini xis qilish, sozni taktil
anglashi,   yodda   saqlashi,   ijro   etilishi   va   undan   baxramand   bo’lish   kabi   masalani
qamrab   oladi.   Bolalarning   musiqiy   iste’dodi   va   zakovati   o’zining   cheksiz
imkoniyatlari, mo’jizaviy tabiati bilan bizni xayratga soladi va maftun etadi. Мусиқали дидактик ўйин
Мусиқали 
дидактик 
ўйин тури 
ёки ўйинда 
ўйнаш учун 
олинган 
роллар Ўйинда 
танланган 
ролларни 
ижро этиш 
воситаси 
бўлган 
ўйинли 
ҳаракатлар Мусиқали 
дидактик 
ўйинда 
муайян 
мусиқали 
асбобларни 
танлаш Мусиқали 
харакатли ўйин 
иштирокчи-
лари 
ўртасидаги 
реал муно-
сабатлар 
мазмуни Шартли 
равишда 
яратилган 
мусиқали 
дидактик 
ўйин сюжети        Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009

Musiqa mashg’ulotlarida integrallashgan mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi Reja: 1.Integrallashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim maqsadi va vazifasi 2. Musiqaning boshqa sohalar bilan integrasiyasi 3. Integrallashtirilgan mashg’ulotlarda musiqali didaktik o’yin psixologiyasi

Integrallashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim maqsadi va vazifasi. Shaxsga xos asosiy fazilatlar bolaning ilk yoshlaridan boshlab shakllanishini inobatga olgan holda hozirgi zamon MTMgacha ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni ma’nan boy va har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan ilg’or pedagogik texnologiyalarni izlab topish va amaliyotga tatbiq qilish borasida to’xtovsiz takomillashib borayotganligi bilan xarakterlanadi. E’tirof etilayotgan jihatlar pedagogning, ayniqsa bolalarda ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalashda o’ta muhim ahamiyat kasb etadigan musiqa rahbarining faoliyati samaradorligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Ishning natijaviyligini ta’minlash–bu har bir rahbar xodimning burchi va majburiyatidir». Bu so’zlarni MTMgacha ta’lim muassasalari barcha bosqich xodimlari faoliyatiga taalluqli ekanligini to’la asos bilan aytish mumkin. MTMgacha ta’lim muasssalari ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishni ta’minlashning muxim yo’nalishlaridan biri globallashgan davr axborot oqimlarini faol o’zlashtirish sharoitda xilma-xil san’at turlari asosida bolalar ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda integrallashgan mashg’ulotlarni o’tkazish hisoblanadi. Amaliyot bolalarga berilayotgan ma’lumotlar har doim ham sifatli qabul qilinmayotganligini ko’rsatmoqda va o’z-o’zidan MTMgacha ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovasion metod va yondashuvlarni ishlab chiqishni dolzarb muammo sifatida kun tartibiga qo’ymoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining « 2017 — 2021 yillarda MTMgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora- tadbirlar to’g’risida»gi Qarori MTM o’qituvchi va tarbiyachilarini mazkur

muammoni bartaraf etish, MTMgacha ta’lim sifatini ko’tarishda yanada faol bo’lishida huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Integralashgan musiqa mashg’ulotlarida fanlararo aloqalardan maqsadli foydalanish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ulkan imkoniyatlar yaratadi. Yana shuni ta’kidlash kerakki,dunyo ta’lim-tarbiya amaliyotida integrallashgan mashg’ulotlarda fanlararo aloqalardan maqsadli foydalanish juda keng yoyilgan . Tabiiy tarzda har bir pedagog o’z xususiy metodikasini ishlab chiqish asnosida integrallashgan mashg’ulotlarga kichik bo’lsa ham qandaydir yangilik kiritishga harakat qiladi . Integrallashgan mashg’ulotlarda bolalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va o’stirishda quyidagi vositalardan foydalananish tavsiya etiladi : Musiqa Tasviriy san’at Nutq o’stirish Teatrlashtirish Jismoniy tarbiya Integrallashgan mashg’ulotlar MTMgacha ta’lim muassasalarida bola ijodiy qobiliyatlarini o’stirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim-tarbiyaning o’ta muhim va istiqbolli metodologik yo’nalishlaridan biri sanaladi. Integrallashgan mashg’ulotlarning bosh maqsadi rang-barang san’at turlari vositasida bola ongi va shu urida dunyoning go’zal va betakror yaxlit obrazini shakllantirish bilan belgilanadi. Yuksak ijodiy natija beradigan integrallashgan musiqa mashg’ulotlarini o’tkazish ularni samarali qo’llash uchun quyidagi vositalardan maqsadli foydalanishni tashkil qila bilish talab qilinadi.  mu siqa – tarona , ritm, uyg’unlik , dinamika, intonasiya  tasviriy san’at – rasm ( shakl , hajm , umumiy kompozisi yada turli predmetlar uyg’unligi )  nutq o’stirish - ertak, she’r , hikoyalar , suhbat , tomishmoqlar, maqollar , hikmatlar ,

 teatr lashtirish – dramalashtirishning ifodali vositalari : harakatlar , jest lar , imo-ishoralar , ovoz , intonasiya, holatlar ;  jismoniy tarbiya -gimnastika, mu siqiy – ritmik harakatlar , mashqlar Turli yosh guruhlarida tashkil qilinadigan integrallashgan mashg’ulotlarda amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat turlari bolalarning psixologik, yosh va fiziologik xususiyatlarini to’la mos bo’lishi inobatga olinishi o’ta muhim.Masalan, kichik yoshidagi bolalar bilan o’tkazadigan integrallashgan mashg’ulotlarimda quyidagi faoliyat turlaridan kompleks tarzda qo’llashda:  nutq o’stirish - ertak, she’r, qo’shiq  jismoniy tarbiya -mu siqiy – ritmik harakatlar , mashqlar O’rta yoshdagi MTM guruhlarida e’tirof etilayotgan talablar musiqa ham teatrlashtirish hisobiga yanada boyitiladi:  mu siqa – ohang , ritm, uyg’unlik - garmoniya, dinamika, intonasiya  teatr lashtirish - dramalashtirishning ifodali vositalari : harakatlar , jest lar , imo-ishoralar , ovoz , intonasiya, holatlar ; Katta yoshdagi MTM guruhlarida o’tkazadigan integrallashgan mashg’ulotlarimda e’tirof etilayotgan talablar musiqa, tasviriy san’at, nutq o’stirish, jismoniy tarbiya hamda teatrlashtirish vositalaridan foydalaniladi . Integrallashgan mashg’ulotlarni katta guruhlarda amalga oshirishda « Moychechak » metodini qo’llashni tavsiya qilaman . Bu metod ni men bolalarni o’zbek milliy cholg’ularida ixro etishda individual tarzda talqin qilaman . masalan , moychechak gulining har bir yaprog’i bilan biror o’zbek milliy cholg’usini belgilayman . Yaproqlardan birini tanlagan bola belgilangan xalq cholg’uning nomi, uning o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish bilan birga o’sha cholg’uda ijro mahoratini ham namoyish etishga, ya’ni uni chalishga harakat qiladi.

Tayyorlov guruhlarida sanab o’tilgan faoliyatlarning barchasidan to’laqonli foydalaniladi, masalan, «Flomasterlar» metodiga murojat qilamiz. MTMda bolalari musiqa eshitish asnosida qo’llaridagi flomasterlari bilan doska yoki daftarlarida musiqa xarakteriga mos tuyg’ularini ranglar vositasida ifodalashga harakat qiladilar. Bunda mayin va mahzun ohanglarni to’lqinli chiziqlar, o’ynoqi ritmlarni esa qisqa yoki uzun to’g’ri chiziqlar bilan chizishadi, shuningdek, jamoaviy tarzda musiqa xarakteriga mos ertak aytishlari, qo’shiq kuylashlari hamda turli jismoniy mashqlarni bajarishlari mumkin bo’ladi. «Flomaster lar » metodi bolalarning tassavur va obrazli tafakkurlarini rivojlantirishda katta samara beradi. MTMgacha ta’lim muassasasi barcha yosh guruhlaridagi integrasilashgan mashg’ulotlar samarali hisoblanadi va yuqori natijalar beradi hamda bolalarning mahsuldor faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Ular yordamida MTMgacha ta’lim yoshidagi bolalar musiqiy-ijodiy qobiliyatlarini o’stirish bilan bog’liq quyidagi vazifalar ijobiy yoki samarali hal etiladi : 1. Musiqani tushunish-anglash, ritmni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, atrofdagi hodisalar mohiyatini teran idrok etish, go’zal tasavvurlarni tuyishlarini ta’minlash orqali bolaning musiqaga bo’lgan qiziqishini o’stirish. 2. Emosional hozirjavoblik va harakatlar ifodaliligini o’stirish . 3. Bolalarga mos ijodiy faoliyat turlarida ularning ijodiy faolligini rivojlantirish : ijro orqali obrazlar xarakterini yaratib bera olish ; o’zlashtirgan raqs harakatlarini ifodalay bilish, o’zi mutaqil tarzda yangi harakatlar uyg’unligini kashf etish, kichik hajmdagi qo’shiq yoki naqoratlarni improvizasiya qilish . 4. Mustaqilligini shakllantirish , tashabbuskorlik, kundalik hayotlarida o’zlashtirilgan ko’nikmalarini amaliyotda qo’llash, kuy ijro etish, raqsga tushish, hisoblash va ijodiy tafakkur yuritish . Integrallashgan jarayon shakllari pedagog, tarbiyalanuvchilar hamda ota-onalar o’zaro yangi munosabatlari va vazifalarida aks etadigan yakuniy mahsulot bilan xarakterlanadi. MTMdagi bunday integrativ shakllar sifatida hamkorlikdagi ijodiy