logo

MUSIQA MASHG‘ULOTLARIDA MUSIQA TINGLASHNING AHAMIYATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.3720703125 KB
MUSIQA MASHG‘ULOTLARIDA MUSIQA TINGLASHNING
AHAMIYATI
Reja:
1.   Musiqa mashg‘ulotining bolalar hayotidagi   o‘rni .
2.  musiqa tunglash faoliyati  haqida tushuncha .
3.   Bolalar ijodida musiqa tinglash faoliyati . Turli   guruhlarda   musiqa   tinglashning   nazariy   uslubiyati.   Musiqani   tinglay
bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa
tinglash   madaniyati   yoshligidan   rivojlana   boshlaydi.   Bog‘chada   amalga
oshiriladigan   musiqa   tinglash   esa   uning   poydevoridir.   Zotan   bola   musiqa
mashg‘ulotlarining   barcha   elementlari   jarayonida   ham   musiqa   tinglab,   uni   idrok
etadi.   Ammo   mashg‘ulotning   musiqa   tinglash   qismi   oldida   o‘ziga   xos   jiddiy
vazifalar   turadi.   Avvalo   shuni   eslatish   lozimki,   kishining   kuylash   imkoniyatidan
ko‘ra tinglash imkoniyati ancha keng bo‘ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‘u
ijrosidagi   asarlarni   kuylab   emas,   balki   faqat   tinglab,   idrok   etish   mumkin,   xolos.
Shuning   uchun   olimlar   musiqaviy   tarbiya   jarayonida   musiqa   tinglashga   alohida
e’tibor   qaratishadi.   Chunki   kishi   musiqa   madaniyatining   shakllanishi   va
rivojlanishida   musiqa   tinglash,   malaka,   ko‘nikmalari   katta   rol   o‘ynaydi.   Musiqa
tinglashda   bolalarning   badiiy   idroki   yaxshi   rivojlanib   boradi.   Mashg‘ulotning
musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi:
1) bolalarni o‘z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari
bilan tanishtirib borish;
2) bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish;
Musiqa   haqida   boshlang‘ich   ma’lumotlar   berishni   o‘rgatadigan   asarlar
nomlarini   eslashga,   ularning   mazmuni,   xarakteri   va   ifoda   vositalarining   farqiga
borishga   hamda   tinglagan   asarlariga   ma’lum   miqdorda   badiiy   baho   bera   olishga
o‘rgatish.
Yengil,   kuychan   musiqalarni   birmuncha   xotirjam   idrok   etadilar.   Bu
yoshdagi   bolalarda   musiqa   mazmuni   va   xarakterini   bilishga   ayniqsa,   unda   nima
haqida   hikoya   etilishini   bilishga   qiziqish   paydo   bo‘ladi.   Shuning   uchun   ularda
musiqa   xotirasi   ancha   faol   rivojlana   borib,   tinglagan   musiqa   haqida   o‘z
ta’surotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. 5–6 yoshli bolalarda esa
erkin,   ixtiyoriy   tarzdagi   diqqat   e’tibor   shakllanib,   musiqani   diqqatni   yig‘ib
tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo‘ladi.   Ularda
musiqaga qiziqish ko‘proq sevimli asarlarni takror-takror tinglash jarayoni yaxshi
rivojlanadi.   Ular   musiqadagi   umumiy   kayfiyatni   yaxshi   sezib,   asarda   badiiy obrazning   rivojlanib   borishini   kuzatishni   o‘rganib   boradilar.   Yangi   asar   bilan   ilk
bor   tanishtirishga   tarbiyachining   qisqa   va   qiziqarli   tushuntiruv   so‘zi   katta   rol
o‘ynaydi. Cholg‘u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha
berilsa,   ular   asarni   yaxshi   idrok   etadilar.   Asarni   2–   3   mashg‘ulot   davomida
takroran   tinglash i   shart.   C h unki,   har   bir   tinglashda   bola   uchun   asarning   yangi -
yangi   qirralari   namoyon   bo‘ladi   va   asarga   nisbatan   ularning   muhabbati   oshib
boradi.   Bog‘chaning   tayyorlov   guruhlarida   bola   o‘z   yoshiga   muvofiq   musiqa
asarini   to‘la   idrok   etishga   qodir   bo‘ladi.   Bog‘chada   olingan   bilim   za x irasida
malaka va ko‘nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri farqiga borishga yordam
beradi.   Shunday   qilib,   dasturda   ko‘zda   tutilgan   va   bolaning   musiqa   madaniyati
rivojlanishida kelajakda asosiy rol o‘ynaydigan uch faktor amalga oshadi.
1.   Musiqaga   qiziqish   musiqa   asarlarini   ishtiyoq   bilan   tinglash   va   ularni
eslash, olingan taassurotlarni o‘ylash. 
2.   Musiqa   tinglashga   turg‘un   diqqat-e’tiborni   va   tinglash   madani yati
boshlang‘ich elementlarining shakllanishi.
3.   Musiqiy   didining   shakllanishi,   musiqa   asarlariga   badiiy   baho   bera   olish.
Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy vazifalari:
1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‘ularini rivojlantirish.
2.   Boshlang‘ich   musiqa   tinglash   tushunchalarini   rivojlantirish.   Musiqa
tinglash alohida metodlar orqali o‘tkaziladi.
 
 Musiqa orqali
bog‘lash Musiqa jarayonini
mustahkamlash
   Musiqa
  tinglash
Musiqa orqali
kayfiyat oshirish Musiqiy his-tuyg‘u larni 
rivojlantirish
      MTMgacha yoshdagi  bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat
kasb   etib,   muntazam   ravishda   olib   boriladigan   tarbiya   jarayonining   bir   qismini
tashkil   etadi.   Mazkur   qo‘llanma   MTMgacha   ta’lim   musassalarida   musiqiy
tarbiyani   amalga   oshirish   dasturida   belgilangan   ertalik   va   bayramlarni
nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan.
Musiqa,   ayniqsa,   milliy   musiqa,   bola   tarbiyasiga   benihoya   katta   ta’sir
ko‘rsatib,   ularda   yuqori   darajadagi   badiiy,   estetik   zavq   va   didni   shakllantiradi,
go‘zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol   o‘ynaydi. Bolalar bog‘chasida
musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni   o‘z oldiga qo‘yadi:
– musiqa tinglash;
– vokal ijrochilik;
– milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish;
– bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish;
– musiqa turlari bilan tanishtirish;
– ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish;
– bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish;
– musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish;
Musiqa   rahbarlari   ushbu   vazifalarni   amalga   oishirar   ekanlar,   o‘z   ish
tajribalarida   turli   faoliyat   shakllaridan   keng   foydalanadilar;–   Musiqa
mashg‘ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo‘nalishda bo‘ladi);
– bayram ertaliklari;
– ko‘ngil ochar musiqiy o‘yinlar;
– nafosat soatlari;
– badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar;
– musiqiy teatr dramatizatsiyalari;
– yakka hol ish turlari;
– to‘g‘arak ishlari;
Bayram  ertaliklariga tayyorgarlik ko‘rilar  ekan, avvalambor bu hammaning
bayrami   ekanligi,   bolalar   xotirasuda   unutilmas   iz   qoldirilishi,   ularga   zavq,
xursandchilik   olib   kelishini   nazarda   tutish   zarur.   Bu   jarayonda   barcha   teng qatnashishi   lozim.   Masalan,   pedagogik   jamoa,   ota-onalar   va   mahalla   ahli.
MTMgacha   ta’lim   muassasasida   tashkil   qilingan   bayram   ertaliklari   umumxalq
bayramlarining   bir   parchasi   bo‘lmog‘i   zarur.   Musiqani   tinglay   bilish   va   undan
zavqlana   olish   ham   katta   san’at   hisoblanadi.   Insonda   musiqa   tinglash   madaniyati
yoshlikdan   rivojlana   boshlaydi.   Bola,   musiqa   madaniyati   darslarining   barcha
faoliyatlari   jarayonida,   musiqani   tinglab,   uni   idrok   etadi.   Ammo   musiqa
darslarining   musiqa   tinglash   qismi   oldida,   o‘ziga   xos   jiddiy   vazifalar   turadi.
Avvalo,   shuni   eslatish   lozimki,   insonda   kuylash   imkoni yatlariga   ko‘ra,   tinglash
imkoniyatlari   ancha   keng   bo‘ladi.   Masalan:   milliy   cholg‘u   asboblar   ansambli,
orkestr,   xor,   yakka   cholg‘u,   cholg‘u   ijrosidagi   asarlarni   kuylab   emas,   balki   faqat
tinglab   idrok   etish   mumkin.   Shuning   uchun   ham   musiqa   tinglash   jarayonida
tarbiyalanuvchilarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi.
Musiqa   madaniyati   mashg‘ulotlarida   musiqa   tinglash   uchun   quyidagi
talablarga ko‘ra asarlarni tanlash tavsiya etiladi:
 -tarbiyalanuvchilarning   idrokiga   mos   xalq,   mumtoz   va   zamonaviy
musiqiy asarlarni tinglash.
 tarbiyalanuvchlarning   musiqani   idrok   etish   va   musiqiy   asarda   tasvir
etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
-   musiqa   haqida   boshlang‘ich   ma’lumotlar   berish,   tinglangan   asarlar
nomlarini eslash, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqini bilish
hamda tinglangan asarga ma’lum darajada baho bera olish.
- musiqiy asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va eslash, olgan ta’surotlar haqida
o‘ylash va fikr bildirish.
-   musiqa   tinglashda   turg‘un   diqqat-e’tiborni   va   tinglash   madaniyatini,
boshlang‘ich elementlarni shakllantirish.
Musiqiy   didni   shakllantirishga   oid   qiziqarli,   mazmunli   asarlarni   tinglash.
Bog‘cha tarbiyalanuvchilarning diqqat-e’tibori uncha barqaror bo‘lmasligi sababli,
ular   yorqin   yangraydigan   kichik   hajmdagi   musiqiy   asarlarni   idrok   etishga   qodir
bo‘ladilar.   Ular,   ayniqsa,   kichik   hajmdagi   qo‘shiqlarni   yaxshi   idrok   etadilar,
chunonchi,   so‘z   va   ohang   birligi   musiqaning   mazmunini   oson   idrok   etishga yordam beradi. Shuning uchun musiqa rahbari qo‘shiq aytganda yoki biror cholg‘u
asarini   ijro   etganda,   uning   tanish   ovozi,   sof   ohangi,   ifodali   ijrosi,   mimikasi   va
ishoralari   o‘quvchilarni   maftun   etishi   lozim.   Shundagina,   bolalarda   bo‘ladigan
zavqlanish,   ajablanish,   quvonish,   qayg‘urish,   o‘ylanish   kabi   holatlarni   kuzatish
mumkin.
Yangi   asar   bilan   ilk   bor   tanishtirishda   rahbarning   qisqa,   lo‘nda,   mazmunli,
qiziqarli kirish so‘zi, musiqa tinglash jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi. Musiqiy
asarni   tinglashdan   oldin   o‘quvchilarga   ma’lumot   berilsa,   ular   asarni   to‘liq   idrok
etishga   harakat   qiladilar.   Musiqiy   asarni   ikki-uch   mashg‘ulot   davomida   tinglash
shart.   Chunki,   har   bir   tinglashda   bola   uchun   asarning   9   yangi   qirralari   namoyon
bo‘ladi   va   unga   nisbatan   qiziqishi   va   muhabbati   ortib   boradi.   Yildan   yilga
o‘quvchilar o‘z yoshiga, bilim va malakalariga muvofiq, musiqiy asarni to‘la idrok
etishga   qodir   bo‘ladilar.   O‘quv   yili   davomida   tarbiyalanuchialar   12–14   ta   asar
tinglaydilar.   
Har   bir   qo‘shiq   pedagogik   maqsadlarni   amalga   oshirishni   ko‘zda   tutib
tanlanadi.   Qo‘shiqlarni   tanlashda   davomiylik,   izchillik,   ilmiylik   va   oddiylikdan
murakkabga   qarab   borish   tamoyiliga   rioya   qilinadi.   Unda   har   bir   yangi   qo‘shiq
oldingisidan   hosi l   etilgan   vokal   xor   malakalarini   mustahkamlaydi   va   ularni
rivojlantiradi.   Qo‘shiq   o‘quvchilar   ruhiyatiga,   badiiy-g‘oyaviy   mazmuni,   yil,
chorak mavzulari, yil fasllari, bayramlari, tarbiyalanuvchilari yoshiga mos bo‘lishi
kerak.
Qo‘shiqlarni quyidagi talablarga ko‘ra tanlash tavsiya etiladi:
-qo‘shiqlarning   tarbiyaviy   ahamiyati,   siyosiy   g‘oyaviy   mazmuni,   musiqiy
tuzilishi va xarakterining bolalar yoshiga mosligi;
-qo‘shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi  bolalarning lug‘at boyligi va
u l arning nutqini o‘stirish uchun xizmat qilishi;
- qo‘shiq   ohangi,   uning   xarakteri,   lad   va   tessiturasi,   ovoz   diapazoni
o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi;
-qo‘shiqning   badiiy   xususiyati   va   ifodaviyligi,   bolalar   idrokiga   mosligi,
garmonik tuzilishi va ohangdoshligi; Cha-man, cha-man  o-chi-lar     ba-hor  cho-g‘i  gul-lo-la
Gul-ni   yax-shi   ko‘-ra-di     kat - ta    ki-chik  har bo - la
Ket-gan qush - lar    u-zoq-dan   ya-na  biz - ga    qay-ta-di
Kur-tak  och-gan  shox-lar-da     say-rab  qo‘-shiq ay-ta-di. Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009

MUSIQA MASHG‘ULOTLARIDA MUSIQA TINGLASHNING AHAMIYATI Reja: 1. Musiqa mashg‘ulotining bolalar hayotidagi o‘rni . 2. musiqa tunglash faoliyati haqida tushuncha . 3. Bolalar ijodida musiqa tinglash faoliyati .

Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiyati. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana boshlaydi. Bog‘chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg‘ulotlarining barcha elementlari jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‘ra tinglash imkoniyati ancha keng bo‘ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin, xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa tinglashga alohida e’tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka, ko‘nikmalari katta rol o‘ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg‘ulotning musiqa tinglash qismi oldida quyidagi vazifalar turadi: 1) bolalarni o‘z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa namunalari bilan tanishtirib borish; 2) bolalarning musiqani idrok qilish qobilyatlarini rivojlantirib borish; Musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berishni o‘rgatadigan asarlar nomlarini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda tinglagan asarlariga ma’lum miqdorda badiiy baho bera olishga o‘rgatish. Yengil, kuychan musiqalarni birmuncha xotirjam idrok etadilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqa mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa, unda nima haqida hikoya etilishini bilishga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun ularda musiqa xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan musiqa haqida o‘z ta’surotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. 5–6 yoshli bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat e’tibor shakllanib, musiqani diqqatni yig‘ib tinglash, uning ayrim detallarini anglab olish qobilyati rivojlangan bo‘ladi. Ularda musiqaga qiziqish ko‘proq sevimli asarlarni takror-takror tinglash jarayoni yaxshi rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda badiiy

obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o‘rganib boradilar. Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli tushuntiruv so‘zi katta rol o‘ynaydi. Cholg‘u kuylari xarakteri va badiiy mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok etadilar. Asarni 2– 3 mashg‘ulot davomida takroran tinglash i shart. C h unki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi - yangi qirralari namoyon bo‘ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi. Bog‘chaning tayyorlov guruhlarida bola o‘z yoshiga muvofiq musiqa asarini to‘la idrok etishga qodir bo‘ladi. Bog‘chada olingan bilim za x irasida malaka va ko‘nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri farqiga borishga yordam beradi. Shunday qilib, dasturda ko‘zda tutilgan va bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol o‘ynaydigan uch faktor amalga oshadi. 1. Musiqaga qiziqish musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va ularni eslash, olingan taassurotlarni o‘ylash. 2. Musiqa tinglashga turg‘un diqqat-e’tiborni va tinglash madani yati boshlang‘ich elementlarining shakllanishi. 3. Musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga badiiy baho bera olish. Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy vazifalari: 1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‘ularini rivojlantirish. 2. Boshlang‘ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish. Musiqa tinglash alohida metodlar orqali o‘tkaziladi. Musiqa orqali bog‘lash Musiqa jarayonini mustahkamlash Musiqa tinglash Musiqa orqali kayfiyat oshirish Musiqiy his-tuyg‘u larni rivojlantirish

MTMgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. Mazkur qo‘llanma MTMgacha ta’lim musassalarida musiqiy tarbiyani amalga oshirish dasturida belgilangan ertalik va bayramlarni nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan. Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, bola tarbiyasiga benihoya katta ta’sir ko‘rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go‘zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol o‘ynaydi. Bolalar bog‘chasida musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi: – musiqa tinglash; – vokal ijrochilik; – milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish; – bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish; – musiqa turlari bilan tanishtirish; – ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish; – bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish; – musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish; Musiqa rahbarlari ushbu vazifalarni amalga oishirar ekanlar, o‘z ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar;– Musiqa mashg‘ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo‘nalishda bo‘ladi); – bayram ertaliklari; – ko‘ngil ochar musiqiy o‘yinlar; – nafosat soatlari; – badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar; – musiqiy teatr dramatizatsiyalari; – yakka hol ish turlari; – to‘g‘arak ishlari; Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko‘rilar ekan, avvalambor bu hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasuda unutilmas iz qoldirilishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu jarayonda barcha teng

qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa, ota-onalar va mahalla ahli. MTMgacha ta’lim muassasasida tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo‘lmog‘i zarur. Musiqani tinglay bilish va undan zavqlana olish ham katta san’at hisoblanadi. Insonda musiqa tinglash madaniyati yoshlikdan rivojlana boshlaydi. Bola, musiqa madaniyati darslarining barcha faoliyatlari jarayonida, musiqani tinglab, uni idrok etadi. Ammo musiqa darslarining musiqa tinglash qismi oldida, o‘ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo, shuni eslatish lozimki, insonda kuylash imkoni yatlariga ko‘ra, tinglash imkoniyatlari ancha keng bo‘ladi. Masalan: milliy cholg‘u asboblar ansambli, orkestr, xor, yakka cholg‘u, cholg‘u ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab idrok etish mumkin. Shuning uchun ham musiqa tinglash jarayonida tarbiyalanuvchilarning badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi. Musiqa madaniyati mashg‘ulotlarida musiqa tinglash uchun quyidagi talablarga ko‘ra asarlarni tanlash tavsiya etiladi:  -tarbiyalanuvchilarning idrokiga mos xalq, mumtoz va zamonaviy musiqiy asarlarni tinglash.  tarbiyalanuvchlarning musiqani idrok etish va musiqiy asarda tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish. - musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berish, tinglangan asarlar nomlarini eslash, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqini bilish hamda tinglangan asarga ma’lum darajada baho bera olish. - musiqiy asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va eslash, olgan ta’surotlar haqida o‘ylash va fikr bildirish. - musiqa tinglashda turg‘un diqqat-e’tiborni va tinglash madaniyatini, boshlang‘ich elementlarni shakllantirish. Musiqiy didni shakllantirishga oid qiziqarli, mazmunli asarlarni tinglash. Bog‘cha tarbiyalanuvchilarning diqqat-e’tibori uncha barqaror bo‘lmasligi sababli, ular yorqin yangraydigan kichik hajmdagi musiqiy asarlarni idrok etishga qodir bo‘ladilar. Ular, ayniqsa, kichik hajmdagi qo‘shiqlarni yaxshi idrok etadilar, chunonchi, so‘z va ohang birligi musiqaning mazmunini oson idrok etishga