Musiqa mashg‘ulotlarida bolalarga musiqalar xarakteriga xos harakatlar, o‘zbek xalq raqs elementlari va ritmik harakatlar ustida ishlash
Musiqa mashg‘ulotlarida bolalarga musiqalar xarakteriga xos harakatlar, o‘zbek xalq raqs elementlari va ritmik harakatlar ustida ishlash Reja: 1. Musiqada ritmik harakatlar. 2. O‘zbek xalq raqslari. 3. Ritmik harakatlar ustida ishlash.
Istiqlol sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladahn, MTMgacha tarbiya muas sasalari uchun «Tayanch dastur», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va Davlat ta’lim standartlari joriy etildi. Ushbu qohun va dasturlarning asosiy maqsadi yosh avlodni har tomonlama rivojlanishga ularni aqlan yetuk, jismonan baquvvat, ma’naviy pok qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Ritmikaning asoschisi shvetsariyalik olim musiqashunos kompozitor E.Jak-Dolkros shunday degan edi: «Ritm harakatlar asosida yashamoq kerak». Musiqiy o‘yin va mashg‘ulotlar bolalarning uch yoshdan yetti yoshgacha tavsiya etiladi. Ritmik harakatlar bolalar bog‘chasida boshlang‘ich guruhlarda va musiqa MTMlarida, uy sharoitida yanada chuqurroq o‘rganilishi mumkin. O‘quvchilarning aqliy, nafosat va jismoniy rivojida raqs, musiqali o‘yinlar va musiqaga mos harakatlar bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda musiqa madaniyati darslarida, musiqaga mos harakatlar bajarish quyidagi vazifalardan iborat: -o‘quvchilarning musiqiy uquvi, ayniqsa, xotirasi, ritm tuyg‘usi musiqaga mos harakatlar yordamida yaxshi rivojlanadi. Har qanday harakat turi musiqiy asarning sur’ati va ritmi ostida bajariladi, harakat bilan bog‘liq bo‘lgan musiqiy ohanglar bola xotirasida turg‘un saqla nadi; -raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlantirib, qomatining to‘g‘ri o‘sishiga va badanini chiniqtirishga katta yordam beradi; -musiqiy asarlar o‘quvchilarda turlicha emotsional hislar uyg‘otib, turlicha kayfiyatlar hosil etib, ularning ongida o‘ziga xos obrazlar yaratadiki, bolalar asar mazmunini turli harakatlar va ishoralar bilan ifodalashga harakat qiladilar.
Demak, musiqaga mos harakatlar o‘quvchilarning aqliy va nafosat qobilyatini rivojlantirish bilan birgalikda irodasini ham rivojlantiradi. Musiqiy asarlardan marsh, raqs va o‘yinlar o‘quvchilarga tez ta’sir etadi, shuning uchun ham quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o‘yinlar har bir bolaning e’tiborini o‘ziga tortadi. Ritmika bolalarda musiqiy harakatlarni, estetik tarbiyani oshirishda katta ro‘l o‘ynaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar ilk yoshdan boshlab sakraydi, o‘ynaydi, lekin bu bolaning ritmik harakatlandi, degani emas. Bu davrda bolalar musiqa ostida emotsional harakat lanadi, eshitish qobiliyati o‘sadi. Musiqa ostida harakatlanib, tarbiyachilar bilan birgalikda kichik-kichik qo‘shiqlar ham kuylanadi. Harakat turlari uchga bo‘linadi. 1. Asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash. 2. Gimnastik harakatlar: predmetlar bilan, ya’ni lenta, obruch, bayroqchalar va koptok bilan. 3. Raqs harakatlari: musiqa ostida ritmik harakatlar haqida nazariy bilimga ega bo‘lish mumkin. MTMda va bog‘chada o‘tkaziladigan har bir ertalikni, turli tadbirlarni musiqasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jumladan, musiqali ritmik harakatlarning ham o‘z o‘rni bor. Bunda bola ritmni his qiladi, qomatlari chiroyli bo‘lib, to‘g‘ri yurushni, musiqa ostida harakat qilishni o‘rganib boradilar. Hozirgi milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, o‘zbekchiligimiz o‘z o‘rnini topayotgan bir vaqtda bolalarga o‘zbek milliy musiqasi, qo‘shiqlari, ritm harakatlarini o‘rgatish juda muhimdir. Chamanda gul. (O‘zbek xalq kuyi) Tez sur’atda k atta guruh uchun
Bu raqsda to‘rtta yoki oltita qiz ishtirok etadi. Asosiy harakat sakrama, qo‘llar yuqorida «Shamol» harakati bilan ikki qator bo‘lib, ikki tomondan chiqadilar. 1-4- taktlar : 1- harakat : ikki tomondan ch iqishib , doira hosil qiladilar . Qizlar navbatma - navbat o‘tirib bir - birlarining atroflarida aylanadilar . 5-8- taktlar : 2- harakat : qizlar doira bo‘lib yurib , birin ch i qatorga saflanadilar . Qizlar o‘z joylarida turib, 4 tomonga, pastga qarsak chalib, so‘ng qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar. Bu harakatlar o‘ng va chap tomonga bajariladi. 9-12- taktlar: 3-harakat: 1,3,5-qizlar qo‘llarini «chiroqcha» qilib, oldinga chiqa dilar vayana o‘z joylariga qaytadilar. Bu harakatlar 2,4,6-qizlarda takrorlanadi. 1-4-taktlar: 4-harakat: qizlar 3 kishidan bo‘lib, qo‘l ushlashib aylanadilar. Qizlar doira bo‘ylab yurib , bir qatorga saflanib , salom berib , ch iqib ketadilar . Do‘loncha. (O‘zbek xalq kuyi) Katta va tayyorlov guruhlari uchun O‘rta ch a tez 1- holat : bosh u ch un . Oyoqlar ye lka kengligida , qo‘llar belda , bosh o‘ng va ch ap tomonga i martadan aylantiriladi. 2- holat: yelka uchun. Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar yelkada. Avval o‘ng, so‘ngra chap yelka oldinga va orqaga to‘rt marta aylantiriladi. 3- holat: qo‘l uchun. 4 marta «koptokni yuqoriga ot» harakati bajariladi. 4- holat: bel uchun.
Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar belda, 1 deganda, oldinga egiladilar, 2 deganda, dastlabki holat, 3 deganda, orqaga egilib, 4 deganda, dastlabki holatga keladilar (4 marta). 5- holat: tizza uchun. O‘ng qo‘l tirsagi chap oyoq tizzasiga, chap qo‘l tirsagi, o‘ng oyoq tizzasi tekkiziladi. 6- holat: oyoq uchun. Qo‘llar belda, oyoqlar juft holatda ikki marta sakrab, 3-4 hisobida o‘ng va chap oyoq birin-ketin oldga va orqaga harakatlanadi. 7- holat: nafas uchun. Qo‘llar orqadan yuqoriga ko‘tarilib, oldga tushuriladi va yengil nafas olinadi. Qashqarcha. (O‘zbek xalq kuyi) Tayyorlov guruhi uchun O‘rtacha tez 1- holat: bosh uchun. Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar belda, bosh o‘ng, chap, yuqori va pastga qaratiladi. 2- holat: yelka uchun: Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar pastda, yelkalar ikki marta o‘ng, ikki marta chap tomonga aylantiriladi. 3- holat: qo‘l uchun. Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar oldinda, yuqoriga, o‘ngga birin-ketin harakatlantiriladi, song dastlabki holat. 4- holat: bel uchun. Qo‘llar belda, oyoqlar yelka kengligida, ong va chap tomonga ikki martadan egiladilar. 5- holat: tizza uchun.