logo

O‘zbek xalq milliy cholg‘u asboblari va bolalar cholg‘u asboblari tasnifi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.0068359375 KB
O‘zbek xalq milliy cholg‘u asboblari va bolalar cholg‘u asboblari tasnifi
Reja:
1.O‘zbek cholg‘ulari to‘g‘risida.
2.Bolalar cholg‘u asboblari va ularning tahrifi.
3. Milliy cholg‘ular guruhlarini tashkil etish. Musiqa mashg‘ulotlarida bu faoliyat turi eng qiziqarli jarayonlardan biridir.
Bu   faoliyat   bolalarni   ijodkorlikka     undaydi.     Bolalar     cholg‘u   asboblarida   jonli
tovushli o‘yinchoqlar sifatida har bir  bolani   qiziqtiradi. Chapak va bolalar cholg‘u
asboblarida   ritmik   jo‘r   bo‘lish,   musiqaning   xarakter   va   obrazlarni   chuqurroq   his
etishda,   ularga   mos   emotsional   tuyg‘ular   hosil   qilish,   ayniqsa,   bolalarning   ijodiy
qobiliyatlarini   rivojlantirishda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Musiqa
mashg‘ulotlarida   bolalar   cholg‘u   asboblaridan   foydalanish   ijobiy   natijalar   berish
bilan birga bolalarning mashg‘ulotga intiluvchanligi, qiziqishi va musiqiy o‘quvini
(xotirasi,   ritmni   his   qilish   tuyg‘usini,   nutqini)   o‘stiradi.   Bu   borada   ko‘plab
pedagogik   olimlar   metodik   qo‘llanmalar   yaratganlar.   Ilmiy   ishlar   va   tadqiqotlar
olib   borganlar.   Misol   qilib,   N.A.Vetluginananing   «Musiqiy   alifbo»,
N.G.Kononova   «Обучение   дошкольников   игр   на   детских   музыкальных
инструментах»   kitoblarini     ta’kiblab   o‘tish   mumkin.   Undan   tashqari
Mustaqillikka   erishilgandan   so‘ng   o‘zbek   xalq   cholg‘ularida   ijroga   katta   e’tibor
qaratildi va aynan bolalar yoshiga mos keladigan o‘zbek xalq cholg‘ulari yasatildi.
Bu   asboblarning   kattalar   ijro   etadigan   asboblardan   farqi   –   bu   asboblar   shakl
jihatdan   kichkina.   Bolalarning   qo‘liga   to‘g‘ri   keladi,   ya’ni   ijro   vaqtida   bolalarga
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Endi bu asarlarni hayotga tadbiq etish uchun  ma’lum bir
o‘quv   qo‘llanma   talab   etilardi.   Bu   borada   O‘zbekiston   Davlat   Konservatoriyasi
professor-rahbariA.Leviyev   «O‘zbek   xalq  cholg‘ularida   ijrochilik»   nomli   kitobini
hayotga   tadbiq   etdi.     Bu   kitobning   o‘ziga   xosligi   shundaki,   birinchidan,   o‘zbek
kompozitorlarining   bolalar   uchun   yozgan   qo‘shiqlaridan     foydalanilgan.   Bu
bolalarda     tanish   bo‘lgan   qo‘shiqlarni   cholg‘ularda   ijro   etib   kuylashlariga   katta
turtki   bo‘ladi.   Ikkinchidan,   aynan   o‘zbek   xalq   kuylaridan   namunalar
keltirilganligidir.   Bu   bog‘cha   bolalarida   yoshligidan   o‘zbek   xalq   kuylarida   mehr-
muhabbat hissini, ularga hurmatini uyg‘otadi.  Bolalar o‘zlari o‘zbek xalq kuylarini
cholg‘uda   ijro   etishsa,   anchagacha   eslarida   qoladi.   Uchinchidan,   bu   cholg‘ular
tafsifi, uni ijro etish malakalari va ko‘nikmalari batafsil  yoritib beriladi. Lekin bu
kitobning murakkab jihati — bolalarda mashg‘uloti jarayonida qo‘llash qiyinchilik
tug‘diradi.   Bu   masalani   bartaraf   etish   uchun   mashg‘ulotdan   tashqari   vaqtda qo‘llash   kerak.   Yod   bo‘lgan   kuy     va   qo‘shiqlada   bayram   ertaliklardan   va
tantanalarda     bolalar   ijro   etishsa   o‘zlarini   kichkina   sozandalar   deb   his   qiladilar.
Turli   tantanalarda   ijro   etilgan   kuy   va   qo‘shiqlar   anchagacha   xotirada   muxrlanib
qoladi. Bolalar  cholg‘u asboblarda   jo‘r    bo‘lishda,   avval,  bolalar  chapak  chalib,
ritmik   jo‘r   bo‘ladilar.   Musiqa   rahbari   bolalar   kuy   ritmini   to‘g‘ri   his   etib   ijro
etishlari   uchun,   bolalarga   stol   ustida   terib   qo‘yilgan   cholg‘u   asboblarida   chalib,
musiqaga jo‘r bo‘lishi xaqida batafsil so‘zlab berishi lozim. So‘ng biror cholg‘uda
kuyni o‘zi ijro etib chapak bilan jo‘r bo‘lishini ko‘rsatadi. Keyin barchani   kuyga
chapak   chalib,   jo‘r   bo‘lishni   taklif   etadi   va   ijro   jarayonini   diqqat   bilan   kuzatib,
bolalar   cholg‘u   asboblarini   tarqatish   uchun   ilg‘or   va   zehnli   bolalardan     birini
tayinlaydi     (birinchi   marta   ilg‘or   bolalarni   tanlashdan   maqsad   kuy   chiroyli   va
to‘g‘ri bo‘lib ijro etilsa keyin qolgan bolalar ham o‘z tengdoshlari ijro etganlaridek
chalishadi). Birinchi ijrodagi yutuq va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun yana bir
takrorlab   chiroyli,   to‘g‘ri   ijro   etilishi   kerak.   So‘ngra   musiqa   raxbari   ijro   etmagan
bolalarga   cholg‘u   asboblarida   jo‘r   bo‘lishni   taklif   etadi.   Shu   tarzda   guruhdagi
barcha   bolalar   galma-gal   cholg‘u   asboblarida   jo‘r   bo‘lishga   undab,   ularning
qiziqishini   oshiradi.   Cholg‘ularda   chalishga   hamma   intiladi,   albatta.   Shuning
uchun   berilgan   asarni   bolalar   xato   qilmay   musiqani   his   etishga   va   xotirada
saqlashga   harakat   qiladilar.   Keyinchalik   ijrochilik   turlari   murakkablashtiriladi.
Ayni   shu   holda   guruhni   2   jamoaga   bo‘lib,   1-jamoa   chapak   chalib,   2-jamoa   esa
ovozda   usul   berish   bilan   yoki   cholg‘u  asbobida   ham   jo‘r   bo‘lishlari   mumkin.   Bu
usulning   yana   bir   foydalitomoni   shundaki,   bolalarda   jamoa   bo‘lib   kuylash
malakalarini, ko‘povozli kuylashning ilk malakalarini rivojlantiradi. Ijro etishning
yana bir  turi  — bolalar  doyrada  usulni  aniq va tekis    chalib turadi.    «Bum»ga 1-
jamoa   bolalari,   «bak»ka   esa   2-jamoa   bolalari   jo‘r   bo‘lishadi.   Buni   iloji   bo‘lsa
magnitofon tasmasiga yoki yozuvga yozib olib bajarisa ham bo‘ladi. Shuningdek,
kuyni dinamik belgilari va ifoda vositalarini ko‘rsatib turish uchun kartochkalardan
foydalansa   ham   bo‘ladi.   Bunday   mashg‘ulotlar   –   qiziqarli   o‘tadi,   bolalar   bilim
vako‘nikmalari   mustahkamlanadi   va   musiqiy   qobiliyatlari   har   tomonlama
rivojlanishni   ta’minlaidi.   Musiqa   mashg‘ulotlarida   bolalar   cholg‘u   asboblarini qo‘llashi,   tarbiyachidan   katta   mashuliyat,   ijodkorlik   va   topqirlikni   talab   etadi.
Bolalar   musiqa   cholg‘ulari   xarakteristikasi   Bolalar   musiqiy   o‘yinchoqlari   va
musiqiy   cholg‘ularda   tovush   hosil   bo‘lishi   va   tovush   sifatiga   ko‘ra   ma’lum
guruhlarga   bo‘linadi.   Bolalar   musiqa   cholg‘ulari   asosan   ikkita   guruhga,   ya’ni
tovush   balandligiga   ega   bo‘lgan   (melodik)   hamda   urib   chalinadigan   (melodik
bulmagan) cholg‘ularga bo‘linadi.
1. Urib chalinadigan (melodik bo‘lmagan) ritmik cholg‘ular: doyra, 
nog‘orachalar,   kayrok,   klaves,   bloklar,   tamburin,   baraban,   marokas,   uchburchak,
rumba,   yog‘och   qoshiqlar,   tarelkalar.   SHu   cholg‘ularning   bahzilarining   tavsifini
keltiramiz:  Klaves  – palisandr  daraxtidan tayyorlangan ikkita tayoqcha, bir  biriga
urib   ovoz   chiqariladi.   Ularni   ushlaganda   (bosh   va   ko‘rsatkich   barmoqlar
yordamida)   yog‘och   uchalri   bush   bulishi   kerak.   Baraban   –ikki   tarafi   teri   bilan
koplangan temir tsilindr. Tovush yog‘och tayoqchalar yordamida markaziga urish
orqali   hosil   kilinadi.   Marakas   –   ikkita   plastmass   shar,   ularning   ichida   toshchalar
harakatlanadi.   Bu   cholg‘uning   tovushi   og‘irroq   bo‘lgani   uchun   bolani   tez
charchatadi. SHuning uchun extiyot bo‘lib foydalanish zarur. Qo‘lda ushlab, mayin
harakat bilan silkitib tovush hosil qilinadi. 
Uchburchaklar   –chalish   paytida   osib   qo‘yiladi   yoki   chap   qo‘lda
tasmachasidan   ushlab   turiladi   va   o‘ng   qo‘lda   metall   tayyoqcha   bilan   uriladi.   Tez
tempda 
tayoqchani   uchburchakning   ichki   ikki   yoniga   urib   «tremalo»   ijro   etish
mumkin.   «Nozik»,   «yaltiroq»,   qisqa   tovushga   ega.   Tarelkalar   –   barabanchaga
mustahkamlanadi yoki chap qo‘lda ushlab turiladi. Ikkita yog‘och tayyoqcha bilan
barobar   yoki   alohida-alohida   chalish   mumkin.   2.   Melodik   cholg‘ular:   tovush
balandligiga   ega   bo‘lgan   metallofon,   ksilofon,   metallofon   va   ksilofon   alg‘t   (S1-
S2),   metallofon   va   ksilofon   soprano   (S2-S3),   qo‘ng‘iroqchalardan   iborat:   Bu
cholg‘ularning   asosiy   sozlanish   tonalligi   –   Do   major.   Almashtiriladigan
plastinkalar   yaqin   tonalliklarda   ijro   etish   imkoniyatini   beradi.   Eng   pastki   tovush
doimo tonika bo‘ladi. Ijro paytida cholg‘ular o‘quvchining bel qismi  balandligida
bo‘lishi   lozim.   Tayoqchalarni   bosh   va   ko‘rsatkich   barmoqlar   orasida   yengil ushlash   kerak.   Bunda   qo‘llar   tirsakdan   bilaklargacha   erkin   holatda   bo‘lishiga
e’tibor tortiladi. Avval bolalarga tovushni ikki qo‘l bilan hosil qilish taklif qilinadi.
Bunda ikkala qo‘lning balandligi bir xil bo‘lishi lozim.
Har bir cholg‘uning o‘z tayoqchalari bor:
-ksilofonda – qattiq   probkali tayoqchalar bilan chalinadi.
-metallofonda rezina tayoqchalar bilan ijro etiladi.
-ko‘ng‘iroqchalarda –yog‘och tayoqchalar bilan ijro etiladi.
Bulardan   tashqari   cholg‘ularning   boshqa   turlari   ham   mavjud.   Tovushsiz
cholg‘ular.   Bularga   musiqiy   cholg‘ularni   ifodalaydigan   o‘yinchoqlar
kiradi.Masalan,  tovushsiz   fortepiano, royal va boshqalar. Bular  bolalarga o‘yinni
qiziqtirish   uchun   xizmat   qiladi.   Musiqiy   o‘yinlar   esa   ijodiy   va   musiqiy   eshituvni
rivojlantiradi. Tovush balandligi aniq bo‘lmagan cholg‘ular   –   baraban, shaqildoq,
uchburchak,   n og‘ora,   safoyil,   quticha,   kastaneta.   Faqat   bir   tovushni   beruvchi
o‘yinchoq   —cholg‘ular.   (bular   ritmni   chalish   uchun   qulay   bo‘ladi)   –   surnaycha,
nay,  rojki,  sverelig   va  boshqalar.  Ma’lum  bir   kuynigina  ijro  eta  oladigan   cholg‘u
o‘yinchoqlar.   Masalan   musiqiy   shkatulka,   musiqiy   quticha.   Bularni   chalish
mexanik   tus   oladi.Xromatik   va   diatonik   tovushqatorli   o‘yinchoq-cholg‘ular   –
metallofon,   pianino,   royal,   klarnet,   saksofon,   lab   garmoni,   bayan   va   boshqalar.
Urma zarbli cholg‘ular. Yog‘och   qoshiqlar. Bu   cholg‘u bolalar   bog‘chalarining
ansambllarida,   musiqa mashg‘ulotlarida va bayram tantanalarida ijro   etiladi. Bu
cholg‘ u bolalarning rimtik hissini rivojlantiradi. Uchburchak  –  ansambl, orkestr va
qo‘shiqlarda   jo‘r   bo‘ladi.   Tovush   asbobga     yengil     urilishi     bilan   hosil   bo‘ladi.
Musiqiy bolg‘acha – ikki tomonlama plasmassadan yasalgan  bolg‘asimon cholg‘u.
Bolg‘a dasta va havo to‘ldirilgan tovush chiqaradigan asosdan  tashkil  topgan. Bu
o‘yinchoq   –   cholg‘u   kichik   guruh     bolalarida   kata   qiziqish   uyg‘otadi.   Undan
tashqarii   o‘rta   guruh   bolalarida   ritmni   his   qilishga   o‘rgatadi.   Qo‘ng‘iroqlar.   Bu
cholg‘ular   shakl   jihatidan   kata-kichik   bo‘ladi.   Bu   bolalarda   musiqiy   eshituv
qobiliyatini   rivojlantiradi.   Turli   shakldagilari   turli   balandlikka   egadir.   Masalan
kattaligi   jihatidan   turli   bo‘lgan   uchta   qo‘ng‘iroqlarni   qo‘llash dan   maqsad   bolalar
tovushlarni   yuqori  va  pastlarini     farqlay  oladilar.  Orkestrlarda  katta  qo‘ng‘iroqlar mavjud.   Bu   ayrim   kuylarda   pastki   tovushni   alohida   ijro   etish   uchun   belgilangan.
Metallofon.   Bu   asbob   yog‘och   tayoqchala   rva   tayoqchalarga   ulargan   metal
plastinkalardan   iborat   Musiqiy   zina   –   yetti   bosqichdan   tashkil   topgan
tovushqatorni   eslatadigan   zina.   Zinaning   asosi   yog‘och   yoki   metall.   Bu   cholg‘u
ikkita tayoqcha bilan ijro  etiladi. Bu bolalarda notalarning joylashuvi va yuqoriga
yo‘nalishini   ko‘rsatib   beradi.   Bu   cholg‘uda   ijro   etish   katta   va   MTMga   taiyorlov
guruhbolalariga   mo‘ljallangan.Urma   klavishli   cholg‘ular.   Pianino,   royalg‘.   Bu
cholg‘ular   katta   va   MTMga   tayyorlov   guruhbolalariga   mo‘ljallangan.   Bu
asboblarni   mashg‘ulot   davomida   va   mashg‘ulotdan   tashqari   vaqtda   ham
foydalanish mumkin. Mashg‘ulot   davomida musiqiy didaktik o‘yinlar jarayonida
tadbiq etilsa, bolaning mashg‘ulotga qiziqishi oshadi.
Damli cholg‘ular Damli cholg‘ularga klarnet, saksofon kabilar kiradi. Ularda
ijro etishni individual tarzda o‘zlashtiriladi. Damli garmonika. Bu asbobda tovush
hosil   qilish   uchun   puflab   klavishlarini     bosish   bilan   chalinadi.   Asbob   6-7   yoshli
bolalarga   mo‘ljallangan.   Triola   asbobi.   Rang-barang   klavishlarga   ega   bo‘lgan
bolalar   musiqa   cholg‘usi.   Bu   asbobda   puflash   bilan   birga   klavishlarini   bosib
tovush   chiqariladi.   Bu   asbob   yoqimliligi   bilan   boshqa   asboblardan   farq   qiladi.
Doyrada   ijro   etishdagi   holat.   Doyrada   belni   bukchaytirmasdan,   o‘tirib,   kiftlarni
erkin, boshni to‘g‘ri tutib, tirsaklar tanadan sal nariroqda ushlagan holda chalinadi.
Doyra   ikki   qo‘l   bilan,   notani   ko‘rib   turish   uchun   qo‘llarni   tanadan   sal   chaproqqa
qayirib   ushlab   chalinadi.   O‘ng   qo‘l:   bosh   barmoq   doyra   gardishini   tashqi
tomoniga, qolgan panjalari esa doyraning pardasi (membranasi)ga zarb urish uchun
erkin holatda ushlanadi.
Chap qo‘l: bosh  barmoq gardishni ichki tomonida turadi, qolgan barmoqbar
esa   tovush   chiqarish   uchun   xizmat   qiladi.   Doyraning   vazni   asosan   chap   qo‘lga
tushadi.   Doyra   chalish   usullari   Doyra   muayyan   bir   tovush   baland-pastligiga   ega
bo‘lgan urma cholg‘u asbobi guruhiga kiradi. Doyra turli-tuman ritmik va dinamik
imkoniyatlarga ega bo‘lib, doyrachi ikki qo‘l va barcha barmoqlarning zarblaridan
faydalanadi.   Kichik   nog‘oralar   kichik   nog‘oralar   ma’lum   bir   sozda   sozlanmaydi,
lekin uni  olovda yoki elektr isitgich oldida qizdirilganda tovushning jarangdorligi kuchayadi.   Ikkala   kichik   ko‘zalar   sozi   bir-biriga   nisbatan   taxminan   kvartaga
tushadi.   Bu   asboblarga   yog‘och   tayoqcha   bilan   urib   tovush   chiqariladi.
Nog‘oraning   birmuncha   chuqqurroq   tovushi   o‘ziga   xos   tus   bilan   ajralib   turadi.
Nog‘ora     partiyasini   yozish   uchun   bitta   chiziqdan   foydalanadi.   Nota   cho‘zimlari
chiziqning  ustiga yoki ostiga yoziladi. Chiziqning ostiga yozilgan  notalar pastroq
sozdagi ko‘zachaga uriladi, ustiga yozilgani esa yuqori sozdagi ko‘zachaga uriladi.
Safoyil   –   jarangdor   cholg‘u   bo‘lib,   2   ta   yog‘och   dastachalarga
mahkamlangan,   2   ta   katta   buralgan   xalqalardan   iborat.   Har   bir   katta   xalqaga   15
tadan   kichik   xalqachalar   o‘tkazilgan.   Bu     xalqachalarning   jaranggi   o‘ng   yetkaga
urib yoki havoda tez-tez harakat bilan oldinga silkitishdan   kelib chiqadi.   Safoyil
partiyasi   bitta   nota   chizig‘ida   yoziladi.   Qutichalar   qattiq   daraxt     turidan     yasalib,
har   xil yiriklikda bo‘lishi mumkin va unga yog‘och cho‘plar bilan urib chalinadi.
Qutichani   chap   qo‘lda   ushlab,   o‘ng   qo‘l   bilan   yog‘och   cho‘plarini   qutichaning
o‘rta qismiga o‘rib chalinadi. Ba ’ zan bir juft yog‘och cho‘p bilan ham ijro etiladi.
Bunda   quticha   stul   ustiga   qo‘yib   chalinadi.   Kichik   guruhlarda   cholg‘ularni   ijro
etishga   o‘rgatishmalakalari   Musiqa   cholg‘ularida   ijro   etishga   o‘rgatish   kichik
yoshdan   boshlanadi   (2-3   yosh).   Bolalar   musiqa   cholg‘ularining   tovush
balandligini   farqlay   olishga   erishish   kerak.   SHiqildoq   va     bubenlarni   farqlashi
kerak.   Bolalar   bilan   ishlash   jarayonida   musiqiy   o‘yinchoqlardan   foydalaniladi.
Masalan surnaycha va boshqa o‘yinchoqlar asboblarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.
Bolalar   bilan   turli   didaktik   o‘yinlarda   cholg‘ularni   qo‘llash   mumkin.   Masalan,
urma   zarbli   cholg‘ular   bolalarda   katta   qiziqish   uyg‘otadi.   Bolalarda   ritmni   his
qilish tuyg‘usini rivojlantirish aynan shu yoshdan boshlash kerak. Turli zarbli urma
cholg‘u   o‘yinchoqlardan   foydalanib,   ritmning   aniqijrosiga   erishish   maqsadga
muvofiqdir.   O‘rta   yoshda   ijro   etish   o'rta   guruh   bolalarida   ijro   etishga   zarbli
cholg‘ularga   yana     bir   yangi   cholg‘u   qo‘shiladi.   Bu   metallofonda   ijro.   Bu
cholg‘uda   bolalarning   hissi,   xotirasi   va   eshitish   qobiliyati   rivojlanadi.   Bolalarga
cholg‘uni musiqa mashg‘uloti davomida tanishtirish kerak. Lekin unda ijro etish va
ma’lum bir kuyni o‘rgatish esa mashg‘ulotdan  tashqarii  o‘tkaziladi. Metallofonda
ijro etishga o‘rgatishdan oldin uning tayoqchasini to‘g‘ri ushlashga, u  bilan to‘g‘ri foydalanish,   tovush   chiqarish   ustida   ishlash   kerak.   Masalan,   tayoqchani   qo‘lini
qattiq zo‘riqtirib va qisib ushlasa talab etiladigan tovush chiqmaydi. Biror bola ijro
etishga taklif etiladi. Uni bolalar kuzatib turishadi. Bola qo‘lidagi tayoqchani qisib
ushlayotganini   musiqa   rahbari   tushuntirib   beradi.   Katta   guruh   katta   guruh
bolalariga ijro etishni o‘rgatar ekanmiz ular oldiga yanada murakkabroq masalani
qo‘yamiz.   Ularga   tanish   bo‘lgan   qo‘shiqlarni   va   kuylarni   yakka   va   orkestrda   ijro
etishga   o‘rgatamiz.   Bu   davrda   bolalar   musiqa   asboblarining   barchasini   qo‘llasak
bo‘ladi.   Aynan   shu   davrda   bolalarga   ijodkorlik   malakalarini   ham   shakllantirish
mumkin,   chunki   bolalar   cholg‘   u   asbob   haqida   yetarli   darajada   malaka   va
ko‘nikmalarga ega. Ular faqat ritm yoki jamoa bo‘lib bir notani ijro etardilar. Endi
bu davrda har bir cholg‘uning individual partiyasini ijro etishlari talab qilinadi. Bu
bolalarda o‘zlarini partiyalarini ijro etish bilan bir qatorda yonidagi o‘rtog‘ini ham
ijrosini tinglay olish maqsadda tutiladi.
MTMga   tayyorlov   guruhi   MTMgacha   tayyorlov   guruhi   bolalari   ijrosiga
alohida   e’tibor   beriladi.   Bu   davrga   kelib   bolalar   cholg‘u   asboblari   bilan   batafsil
tanishadilar.   Uning   imkoniyatlarini   to‘liq   o‘rganib   chiqadilar.   Bolalar   nafaqat
musiqa rahbari, balki o‘zlari  musiqiy ansambl  tuza oladilar. Bu davrda  ijroga har
bir mashg‘ulotda 5-10 daqiqa sarflash kerak. Bu jarayon tizimiylikni va izchillikni
talab qiladi. Qo‘lanilayotgan asarlar murakkablashib boradi.
O‘rgatish vazifalari.
MTMgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiya   dasturiga   ko‘ra   cholg‘ularda
ijrochilikka   o‘rgatish   ishlarini   katta,   o‘rta   va   MTMgacha   tayyorlov   guruhlarida
olib   borish   ko‘zda   tutiladi.   Dastur   mazmuniga   ko‘ra   quyidagi   vazifalar
belgilangan:
1. Bolalarda kattalar ijro etgan asarlarni idrok etishi;
2.   Bolalarda   cholg‘u   malakalarini   oshirish.Bolalar   quyidagilarni   bilishlari
lozim.
1. C h olg‘ular nom iva ularning ko‘rinishlari.
2. C h olg‘ularning jaranglash xarakteri. 3. C h olg‘ulardan foydalanish yo‘llari.
4. Turli cholg‘ularda baland va past joylashuvi.
5. Notalar nomlarini va ularni asboblarda joylashuvini.
Bolalar quyidagilarni o‘rganishlari lozim:
a)   Turli cholg‘u asboblarida ijro etishning oddiy usullarini;
b)   Puflab chalinadigan asboblarda nafasni to‘g‘ri sarflash;
v) Uchburchak va tarelkalar (shu jumladan barcha urma -zarbli cholg‘ular)ni
chalganda tovushni pasaytira olish;
g) Ansamblni his qilish, ansambl tempiga e’tibor berish va shu tempda 
ijro eta olish; 
d)Ritmik va melodik mashqlarni erkin ijro etish va improvizatsiya qila olish.
Bolalarga   cholg‘u   asboblarida   ijro   etishga   o‘rgatishda   bir   qancha   bosqichlardan
olib boriladi. Bulardan: 1)cholg‘u asbobini tashki ko‘rinishi bilan tanishtirish; 2)bir
necha   mashg‘ulotlar   davomida   ijro   asari   bolalarga   tanishtiriladi;   3)cholg‘u
guruhlarga   bo‘lib   o‘rgatiladi;   4)umumiy   mashg‘ulotlarda   boshqa   cholg‘ular   bilan
tanishtiriladi.   5)urib   chalinadigan   cholg‘ularga   kamroq   mehnat   talab   etiladi.
SHuning uchun 1-mashg‘ulotda 2-3 ta cholg‘u asbobini tanishtirish kerak. Bolalar
cholg‘ularida ijroga o‘rgatish metodlari  Asboblar    turli    guruhlarga   bo‘linganligi
uchun ularning har  biriga individual  yondoshmoq lozimdir. Musiqa cholg‘ularida
ijro   etish   metodikasida   puxta   o‘ylab   chiqilgan   dastur   asosida   olib   boriladi.
Ulardan:
- asarning ifodali ijrosi, ijro usullarini ko‘rsatish va tushuntirish;
- bolalarga   asboblarni   mustaqil   ushlab   ko‘rish,   uni   ko‘zdan   kechirishga
berish;
- ular oldiga murakkab bo‘lmagan ijro vazifalarini ko‘yish;
Bu metodlarni uyg‘unlikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Asarga qo‘yilaligan talablar.
1. Bolalar yoshiga va bilim darajasiga mosligi.
2. Badiiy va tasavvurga boyligi.
3. Tarbiyaviy ahamiyatga egaligi. 4. Ijroning qulayligi, yengilligi va ravonligi.
5. Ritm jihatdan aniqligi.
Endi 2ta asarni ijrometodini ko‘rib chiqamiz.
1. N.Norxo‘jaevning «Navro‘zim  –  sho‘x sozim»
2. O‘zbek xalq   kuyi «Yallama - yorim»
«Navro‘zim  –  sho‘x   sozim»
X.Raxmat she’ri N.Norxo‘jayev musiqasi
Asar qo‘shiq bo‘lib, katta guruhbolalariga mo‘ljallangan.
Asarda barcha asboblar  (rubob, soz, tanbur, qonun, doyra, nog‘ora, safoyil,
quticha) ishtirok etadi. 
1. Asarning kirish qismini fortepiano jo‘rligida doyrava nog‘ora ijro etishadi.
Qolgan   asboblar   ijro   etishmaydi.   Bunda   bolalarga     o‘zlari   ijro   etgunlariga   qadar
do‘stlarini ijrosini diqqat bilan tinglashga undaydi.
2.   Asosiy   qismda   barcha   cholg‘ular   o‘z   partiyalarini   ijro   etishadi.   Bu
jarayonda   bolalarda   birga   boshlashni   va   tempdan   oldin   shoshib   yoqi   orqaga
cho‘zib   qolishni   bartaraf   etishga   qaratilshgan,   ya’ni   bolalar   o‘zlari   ijro   etatgan
asbobdan   tashqari   yonida   turgan   o‘rtog‘ining   chalishini   eshita   olishi   va
kamchiliklarini ayta olishga erishish kerak. 
3. Asarda berilgan uzun va qisqa cho‘zimli notalarni tekis ijro etishlari.
4. Bu asarada safoyil  va  quticha  fundament, ya’ni  asos vazifasini bajaradi.
5. Asar  qo‘shiq bo‘lganligi  uchun guruhning bir qism  bolalari cholg‘ularda
ijro   etishsa,   bir   qismi   esa   ko‘ylashlari   mumkin.   Bu   qo‘shiq   bayram   tadbirlari
repertuaridan   keng   joy   olishi   mumkin.   «Yallama   yorim»(O‘zbek   xalq   kuyi)   Kuy
MTMga   tayyorlov   guruhi   bolalari   ijrosiga   mo‘ljallangan.   Asarni   faktura   jihatdan
murakkabligi   uchun   4-5   mashg‘ulot   darayonida   o‘rganiladi.   Asarni   o‘rganish
jarayonida   musiqa   rahbari   asboblarni   guruhlarini   mashg‘ulotdan   tashqarii   yig‘ib
tayyorlashi   kerak,   chunki     mashg‘ulot   davomida   bolalar   bilan   ijro   ustida   ishlasa
qolganlari  zerikadi  va kutishdan  charchashadi. Bu o‘rganish  jarayonini va bolalar
qiziqishini   sustlashtiradi.   Asarni   o‘rganishda   mashg‘ulotlarni   aniqvazifalarga
yo‘naltirib o‘tiladi: 1-mashg‘ulot.   Musiqa   rahbari   asarni   ifodali   va   qiziqarli   qilib   ijro   etadi.
Musiqa rahbari bolalardan: «Bu asarni ijro etishda qanday asboblardan foydalansa
bo‘ladi  yoki  «Bu asar  qanday janrga mansub?»  - degan savolni  o‘rtaga tashlaydi.
Bu   bolalarda   raqs   janri   haqida   ham   ma’lumotga   ega   bo‘lishlari   mumkin.   2-
mashg‘ulot.   Musiqani   yana   bir   bor   ijro   etgandan   keyin   baxs   boshlanadi.   Bolalar
o‘z   tasavvurlari   va   fikrlash   qobiliyatlaridan   va   dunyoqarashlaridan   kelib   chiqib
turli   javoblarni   berishlari   mumkin.   Shunda   musiqa   rahbari   bolalar   fikrini   jamlab
yakuniy bir fikrga, ya’ni bu «xalq» kuyi ekanligiga keltiradi. 3-mashg‘ulot. Musiqa
rahbari   fortepiano   jo‘rligida   doyrada   ijro   etishga   harakat   qiladi.   Unda   usul   hissi
kuchli   bo‘lgan   bolani   ijroga   taklif   qiladi.   Asar   2-3   marta   ijro   etilgandan   keyin
bolalar   xotirasida   qoladi.   Kuyni   ovozda   taxminiy   ijro   eta   olganlaridan   keyin
qolgan   zarbli   urma   cholg‘ularni   ijroga   qo‘shsa   bo‘ladi.   4-mashg‘ulot.
Mashg‘ulotdan oldin asboblarni  sozlab bolalarga   o‘rgatish kerak. Chunki  bolalar
hayajonlanib,  ijro  etishlari   qiyinlashadi.  2-3  marta  orkestr  cholg‘ulari  (rubob,  soz
tanbir,   dutor,   tanbur,   qonun)   birgalikda   ijro   etishlari   yaxshilangandan   keyingina
urma   zarbli   cholg‘ularni   birlashtirsa   bo‘ladi.Mashg‘ulot   davomida   yaxshi   ijro
etishganidan   so‘ng   biror   bir   cholg‘uga   boshqa     bolalarni   ishtirok   ettirsa   bo‘ladi.
Chunki har bir bola ijro etib ko‘rishga o‘zini orkestr cholg‘uchisi sifatida ko‘rishni
xoxlaydi.5-mashg‘ulot.   Orkestr   jo‘rligida   qolgan   bolalarga   raqs   elementlarini
o‘rgatilsa,   ular   raqsga   tushishadi,   ya’ni   bayram   tadbirida   bir   guruh   bolalar   ijro
etishsa,   ikkinchi   guruhbolalari   raqsga   tushishadi.   Bunda   bolalar   bayram   vaqtida
zerikishni   his   qilishmaydi   va   hammalari   ishtirok   etadilar.   Xulosa   qilib   aytganda,
bolalar   cholg‘ularida   ijro   etishga   o‘rgatish   va   uni   hayoti   davomida   qo‘llash
bolalarga katta zavq ulashadi. Ular o‘zlarini sozanda sifatida ko‘radilar.  Adabiyotlar:
1. G.SHaripova, Sh. Yakubova. MTMgacha ta’lim  muassasalarda musiqa o`qitish 
metodikasi.Toshkent. 2007
2.D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi”
3..B.Boltayev “MTMgacha ta’lim muassasalarida musiqa mash’gulotlari”
4. .“Bolajon” tayanch dasturi :Toshkent.-2016
1. A.   Zimina   Osnova   muzыkalnogo   vospitaniya   i   razvitiya   ditey   mladщego
vozrosta. M., 2000 g.
2. M.S.Osenneva”Teoriya   i   metodika   muzikalnogo   vospitaniya”:”Akademiya”
Moskva. 2012 . 
3. Gogoberidze   A.G.   “Teoriya   i   metodika   muzыkalnogo   vospitaniya   detey
doshkolnogo vozrasta”: 
4. И. Ю.  Дьяченко.   “ Теория и методика музыкального вос питания”
5. RadыnovaO. Nastroyeniya, chustva v muzыke. M;2009

O‘zbek xalq milliy cholg‘u asboblari va bolalar cholg‘u asboblari tasnifi Reja: 1.O‘zbek cholg‘ulari to‘g‘risida. 2.Bolalar cholg‘u asboblari va ularning tahrifi. 3. Milliy cholg‘ular guruhlarini tashkil etish.

Musiqa mashg‘ulotlarida bu faoliyat turi eng qiziqarli jarayonlardan biridir. Bu faoliyat bolalarni ijodkorlikka undaydi. Bolalar cholg‘u asboblarida jonli tovushli o‘yinchoqlar sifatida har bir bolani qiziqtiradi. Chapak va bolalar cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish, musiqaning xarakter va obrazlarni chuqurroq his etishda, ularga mos emotsional tuyg‘ular hosil qilish, ayniqsa, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblaridan foydalanish ijobiy natijalar berish bilan birga bolalarning mashg‘ulotga intiluvchanligi, qiziqishi va musiqiy o‘quvini (xotirasi, ritmni his qilish tuyg‘usini, nutqini) o‘stiradi. Bu borada ko‘plab pedagogik olimlar metodik qo‘llanmalar yaratganlar. Ilmiy ishlar va tadqiqotlar olib borganlar. Misol qilib, N.A.Vetluginananing «Musiqiy alifbo», N.G.Kononova «Обучение дошкольников игр на детских музыкальных инструментах» kitoblarini ta’kiblab o‘tish mumkin. Undan tashqari Mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘zbek xalq cholg‘ularida ijroga katta e’tibor qaratildi va aynan bolalar yoshiga mos keladigan o‘zbek xalq cholg‘ulari yasatildi. Bu asboblarning kattalar ijro etadigan asboblardan farqi – bu asboblar shakl jihatdan kichkina. Bolalarning qo‘liga to‘g‘ri keladi, ya’ni ijro vaqtida bolalarga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Endi bu asarlarni hayotga tadbiq etish uchun ma’lum bir o‘quv qo‘llanma talab etilardi. Bu borada O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi professor-rahbariA.Leviyev «O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik» nomli kitobini hayotga tadbiq etdi. Bu kitobning o‘ziga xosligi shundaki, birinchidan, o‘zbek kompozitorlarining bolalar uchun yozgan qo‘shiqlaridan foydalanilgan. Bu bolalarda tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni cholg‘ularda ijro etib kuylashlariga katta turtki bo‘ladi. Ikkinchidan, aynan o‘zbek xalq kuylaridan namunalar keltirilganligidir. Bu bog‘cha bolalarida yoshligidan o‘zbek xalq kuylarida mehr- muhabbat hissini, ularga hurmatini uyg‘otadi. Bolalar o‘zlari o‘zbek xalq kuylarini cholg‘uda ijro etishsa, anchagacha eslarida qoladi. Uchinchidan, bu cholg‘ular tafsifi, uni ijro etish malakalari va ko‘nikmalari batafsil yoritib beriladi. Lekin bu kitobning murakkab jihati — bolalarda mashg‘uloti jarayonida qo‘llash qiyinchilik tug‘diradi. Bu masalani bartaraf etish uchun mashg‘ulotdan tashqari vaqtda

qo‘llash kerak. Yod bo‘lgan kuy va qo‘shiqlada bayram ertaliklardan va tantanalarda bolalar ijro etishsa o‘zlarini kichkina sozandalar deb his qiladilar. Turli tantanalarda ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar anchagacha xotirada muxrlanib qoladi. Bolalar cholg‘u asboblarda jo‘r bo‘lishda, avval, bolalar chapak chalib, ritmik jo‘r bo‘ladilar. Musiqa rahbari bolalar kuy ritmini to‘g‘ri his etib ijro etishlari uchun, bolalarga stol ustida terib qo‘yilgan cholg‘u asboblarida chalib, musiqaga jo‘r bo‘lishi xaqida batafsil so‘zlab berishi lozim. So‘ng biror cholg‘uda kuyni o‘zi ijro etib chapak bilan jo‘r bo‘lishini ko‘rsatadi. Keyin barchani kuyga chapak chalib, jo‘r bo‘lishni taklif etadi va ijro jarayonini diqqat bilan kuzatib, bolalar cholg‘u asboblarini tarqatish uchun ilg‘or va zehnli bolalardan birini tayinlaydi (birinchi marta ilg‘or bolalarni tanlashdan maqsad kuy chiroyli va to‘g‘ri bo‘lib ijro etilsa keyin qolgan bolalar ham o‘z tengdoshlari ijro etganlaridek chalishadi). Birinchi ijrodagi yutuq va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun yana bir takrorlab chiroyli, to‘g‘ri ijro etilishi kerak. So‘ngra musiqa raxbari ijro etmagan bolalarga cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishni taklif etadi. Shu tarzda guruhdagi barcha bolalar galma-gal cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishga undab, ularning qiziqishini oshiradi. Cholg‘ularda chalishga hamma intiladi, albatta. Shuning uchun berilgan asarni bolalar xato qilmay musiqani his etishga va xotirada saqlashga harakat qiladilar. Keyinchalik ijrochilik turlari murakkablashtiriladi. Ayni shu holda guruhni 2 jamoaga bo‘lib, 1-jamoa chapak chalib, 2-jamoa esa ovozda usul berish bilan yoki cholg‘u asbobida ham jo‘r bo‘lishlari mumkin. Bu usulning yana bir foydalitomoni shundaki, bolalarda jamoa bo‘lib kuylash malakalarini, ko‘povozli kuylashning ilk malakalarini rivojlantiradi. Ijro etishning yana bir turi — bolalar doyrada usulni aniq va tekis chalib turadi. «Bum»ga 1- jamoa bolalari, «bak»ka esa 2-jamoa bolalari jo‘r bo‘lishadi. Buni iloji bo‘lsa magnitofon tasmasiga yoki yozuvga yozib olib bajarisa ham bo‘ladi. Shuningdek, kuyni dinamik belgilari va ifoda vositalarini ko‘rsatib turish uchun kartochkalardan foydalansa ham bo‘ladi. Bunday mashg‘ulotlar – qiziqarli o‘tadi, bolalar bilim vako‘nikmalari mustahkamlanadi va musiqiy qobiliyatlari har tomonlama rivojlanishni ta’minlaidi. Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar cholg‘u asboblarini

qo‘llashi, tarbiyachidan katta mashuliyat, ijodkorlik va topqirlikni talab etadi. Bolalar musiqa cholg‘ulari xarakteristikasi Bolalar musiqiy o‘yinchoqlari va musiqiy cholg‘ularda tovush hosil bo‘lishi va tovush sifatiga ko‘ra ma’lum guruhlarga bo‘linadi. Bolalar musiqa cholg‘ulari asosan ikkita guruhga, ya’ni tovush balandligiga ega bo‘lgan (melodik) hamda urib chalinadigan (melodik bulmagan) cholg‘ularga bo‘linadi. 1. Urib chalinadigan (melodik bo‘lmagan) ritmik cholg‘ular: doyra, nog‘orachalar, kayrok, klaves, bloklar, tamburin, baraban, marokas, uchburchak, rumba, yog‘och qoshiqlar, tarelkalar. SHu cholg‘ularning bahzilarining tavsifini keltiramiz: Klaves – palisandr daraxtidan tayyorlangan ikkita tayoqcha, bir biriga urib ovoz chiqariladi. Ularni ushlaganda (bosh va ko‘rsatkich barmoqlar yordamida) yog‘och uchalri bush bulishi kerak. Baraban –ikki tarafi teri bilan koplangan temir tsilindr. Tovush yog‘och tayoqchalar yordamida markaziga urish orqali hosil kilinadi. Marakas – ikkita plastmass shar, ularning ichida toshchalar harakatlanadi. Bu cholg‘uning tovushi og‘irroq bo‘lgani uchun bolani tez charchatadi. SHuning uchun extiyot bo‘lib foydalanish zarur. Qo‘lda ushlab, mayin harakat bilan silkitib tovush hosil qilinadi. Uchburchaklar –chalish paytida osib qo‘yiladi yoki chap qo‘lda tasmachasidan ushlab turiladi va o‘ng qo‘lda metall tayyoqcha bilan uriladi. Tez tempda tayoqchani uchburchakning ichki ikki yoniga urib «tremalo» ijro etish mumkin. «Nozik», «yaltiroq», qisqa tovushga ega. Tarelkalar – barabanchaga mustahkamlanadi yoki chap qo‘lda ushlab turiladi. Ikkita yog‘och tayyoqcha bilan barobar yoki alohida-alohida chalish mumkin. 2. Melodik cholg‘ular: tovush balandligiga ega bo‘lgan metallofon, ksilofon, metallofon va ksilofon alg‘t (S1- S2), metallofon va ksilofon soprano (S2-S3), qo‘ng‘iroqchalardan iborat: Bu cholg‘ularning asosiy sozlanish tonalligi – Do major. Almashtiriladigan plastinkalar yaqin tonalliklarda ijro etish imkoniyatini beradi. Eng pastki tovush doimo tonika bo‘ladi. Ijro paytida cholg‘ular o‘quvchining bel qismi balandligida bo‘lishi lozim. Tayoqchalarni bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasida yengil

ushlash kerak. Bunda qo‘llar tirsakdan bilaklargacha erkin holatda bo‘lishiga e’tibor tortiladi. Avval bolalarga tovushni ikki qo‘l bilan hosil qilish taklif qilinadi. Bunda ikkala qo‘lning balandligi bir xil bo‘lishi lozim. Har bir cholg‘uning o‘z tayoqchalari bor: -ksilofonda – qattiq probkali tayoqchalar bilan chalinadi. -metallofonda rezina tayoqchalar bilan ijro etiladi. -ko‘ng‘iroqchalarda –yog‘och tayoqchalar bilan ijro etiladi. Bulardan tashqari cholg‘ularning boshqa turlari ham mavjud. Tovushsiz cholg‘ular. Bularga musiqiy cholg‘ularni ifodalaydigan o‘yinchoqlar kiradi.Masalan, tovushsiz fortepiano, royal va boshqalar. Bular bolalarga o‘yinni qiziqtirish uchun xizmat qiladi. Musiqiy o‘yinlar esa ijodiy va musiqiy eshituvni rivojlantiradi. Tovush balandligi aniq bo‘lmagan cholg‘ular – baraban, shaqildoq, uchburchak, n og‘ora, safoyil, quticha, kastaneta. Faqat bir tovushni beruvchi o‘yinchoq —cholg‘ular. (bular ritmni chalish uchun qulay bo‘ladi) – surnaycha, nay, rojki, sverelig va boshqalar. Ma’lum bir kuynigina ijro eta oladigan cholg‘u o‘yinchoqlar. Masalan musiqiy shkatulka, musiqiy quticha. Bularni chalish mexanik tus oladi.Xromatik va diatonik tovushqatorli o‘yinchoq-cholg‘ular – metallofon, pianino, royal, klarnet, saksofon, lab garmoni, bayan va boshqalar. Urma zarbli cholg‘ular. Yog‘och qoshiqlar. Bu cholg‘u bolalar bog‘chalarining ansambllarida, musiqa mashg‘ulotlarida va bayram tantanalarida ijro etiladi. Bu cholg‘ u bolalarning rimtik hissini rivojlantiradi. Uchburchak – ansambl, orkestr va qo‘shiqlarda jo‘r bo‘ladi. Tovush asbobga yengil urilishi bilan hosil bo‘ladi. Musiqiy bolg‘acha – ikki tomonlama plasmassadan yasalgan bolg‘asimon cholg‘u. Bolg‘a dasta va havo to‘ldirilgan tovush chiqaradigan asosdan tashkil topgan. Bu o‘yinchoq – cholg‘u kichik guruh bolalarida kata qiziqish uyg‘otadi. Undan tashqarii o‘rta guruh bolalarida ritmni his qilishga o‘rgatadi. Qo‘ng‘iroqlar. Bu cholg‘ular shakl jihatidan kata-kichik bo‘ladi. Bu bolalarda musiqiy eshituv qobiliyatini rivojlantiradi. Turli shakldagilari turli balandlikka egadir. Masalan kattaligi jihatidan turli bo‘lgan uchta qo‘ng‘iroqlarni qo‘llash dan maqsad bolalar tovushlarni yuqori va pastlarini farqlay oladilar. Orkestrlarda katta qo‘ng‘iroqlar