Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari
![Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari
Reja:
1. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari.
2. Metallarga ishlov ber ishda qo‘llaniladigan o‘lchash asboblari .](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_1.png)
![Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari
Chizgich chertilka masshtabli lineyka, guniya va andaza (shablon)lar
yordamida rejalash (chizish) ishlarini bajarishda turli konstruktsiyadagi pulat
chizgichlardan foydalaniladi. Metallarni bevosita rejalashda qalamdan foyda
lanilmaydi, chunki qalam bilan chizilgan reja chizig‘i metallga ishlov berishda
uchib ketib, ish aniqligining bo‘zilishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun metallarni
rejalashda faqat pulat chizgichlar ishlatiladi.
Chizgichlar :
68-rasm. a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo‘nib tayyorlangan
chizg‘ich, v— ikki uchli chizg‘ich, g—yassi chizgnch.
68-rasm. a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo‘nib tayyorlangan chizg‘ich, v— ikki
uchli chizg‘ich, g—yassi chizgnch. a-knopkali, o‘zi uraluvchi, b-oddiy, v—pulat lentali.
Slesarlik chekichi (kerner) reja chiziqlarining uchib ketishini hisobga olib,
ularning ustidan nuqta tushirish, markazalarni belgilash, parma urnini
chekishuchun ishlatiladi.
C h ekichlar U7A, U8A markali uglerodli, 7XF, 8XF markali legirlangan
asbobsozlik pulatlaridan tayyorlanadi va toblanadi. (69-rasm)](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_2.png)
![69-rasm.
Guniyalar har xil konstruktsiyada tayyorlanadi (70- rasm)
70- rasm . Slesarlik guniyalari: a-lekal guniya, b-kundali, e-oddiy, g-
yostiqli.
Rasm a dagi guniya kurinishi jihatidan o‘zaro qat’i 90 burchak ostida
joylashgan ikki lineyka birikmasidan iborat bo‘lib, uning yordamida tayyor yoki
tayyorlanayotgan buyum va detallarning tug‘ri burchakliligi tekshiriladi. rasm, b,
v, g larda duradgorlik guniyasini eslatuvchi cheklagich kundali va yostiqli
guniyalar kursatilgan bo‘lib, bulardan ko‘pincha tug‘ri burchakli rejalar chizishda](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_3.png)
![va ularni parallel kuchirishda, shuningdek, rejalash pliasi yordamida fazoviy
rejalashda foydalaniladi.
Yupqa listli metall (po‘lat, mis, alyuminiy) qalinligi 0,5 mm gacha bo‘lsa,
yog`och taxtacha — tekislagich bilan to‘g`rilanadi. Buning uchun zagotovka tekis
va qattiq yuzaga qo‘yilib, taxtacha zagotovka ustida u yoq, bu yoqqa yuritiladi (71-
rasm, a). Qalinligi 0,5 mm dan ortiq metall listlari to‘qmoq bilan tekislanadi (71-
rasm, b).
a) b)
71-rasm. Zagotovkani tekislagich Detal namunasi asosida
va to‘qmoq bilan to‘g`rilash. rejalash
Rejalashni andoza-detalning tekis namunasi yordamida bajarish mumkin.
Bunda andozani zagotovkaning ustiga qo‘yib bosib turiladi (buning uchun maxsus
qisqichlardan ham foydalanish mumkin) va andozaning atrofini chizg`ich bilan
aylantirib chizib chiqiladi.
Chizma bo‘yicha to‘g`ri burchakli detallarni rejalash uchun avval
zagotovkaning baza cheti aniqlanadi va baza belgisi chiziladi. Undan boshlab
rejalash amalga oshiriladi: chizg`ich bo‘ylab baza belgisi ustidan chiziladi,
burchaklik bo‘ylab 90° li ikkinchi baza chizig`i o‘tkaziladi, chizg`ich
harakatlanayotgan tomonga biroz og`dirilib, qattiq bosib chiziladi
Sirkul yordamida rejalash uchun dastlab kernernnng muhrasiga bolg`a
bilan sekin-sekin urib yoylar va aylanalarning markazlari tushiriladi. Mana shu
markazlarga rejalash stirqo‘lining oyog`i o‘rnatiladi. Rejalashda stirqo‘lni
harakatlanayotgan tomoniga biroz og`diriladi, og`irlik esa aylana markazida turgan
oyog`iga tushadi.](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_4.png)
![72-rasm. Sirkul bilan rejalash
Rejalashdan oldin zagotovkaning changlari, iflos joylari, zanglari
tozalanadi asboblarining sozligi tekshiriladi.
Rejalash juda mas’uliyatli operastiya. Yasaladigan buyumning sifati
rejalashning qanchalik aniq bajarilishiga bog`liqdir.
Tekislash va rejalashda xavfsiz ishlash uchun:
- zagotovka ushlanadigan qo‘l jarohatlanmasligi uchun ungaenglik kiyib
olish;
- soz holatdagi bolg`a va to‘qmoqdan foydalanish;
- chizg`ichni ehtiyotlik bilan ishlatish, ko‘z va qo‘lingizni jarohatlashdan
saqlash;
- chizg`ichni xalatning cho‘ntagiga solmaslik, u bilan o‘ynashmaslik,
ortiqcha harakatlar qilmaslik lozim.
Slesarlik uquv ustaxonalarida olib boriladigan amalyy mashg‘ulotlar
davomida uquvchilarda hosil qilingan dastlabki kunikma va malakalar asosida
aniqlik darajasi 0,01 mm gacha bo‘lgan turli konstruktsiyadagi kontrol-ulchov va](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_5.png)
![rejalash asboblari yordamida o‘lchash va rejalash ishlari urgatib boriladi. Bu
asboblardan foydalanib chizig‘iy o‘lchamlarni va burchaklarni o‘lchash, yassi
sirtlarning tekisligi va bir-biriga nisbatan tug‘riburchakliligini tekshirish,chizig‘iy
va burchakli reja chiziqlari chizishda etarli mehnat malakalari hosil qilinadi. Bu
maqsadda kontrol ulchov va rejalash asboblarining turlari, tuzilishi, ishga sozlash
usullari urgatib boriladi
Tayyorlanayotgan detal shaklining berilgan chizmaga nisbatan to‘g`riligini
bilish uchun uni tayyorlash jarayonida o‘lchash asboblari bilan tekshiriladi. Ular
shkalali va shkalasizlarga bo‘linadi.
Shkalali asboblarga: chizg`ich, shtangenstirkul, mikrometr va boshqalar
kiradi.
Chizg`ich yordamida 1 mm aniqligi bilan tashqi va ichki o‘lchamlar
o‘lchanadi
Shtangenstirkul yordamida tashqi va ichki diametr uzunlik, qalinlik,
chuqurlik va boshqalar o‘lchanadi. O‘lchash aniqligi 0,5 mm. Konus yordamida
aniqligi (0,1; 0,05; 0,02 mm) bilan o‘lchash mumkin.
Mikrometrlar tashqi o‘lchamlarni 0,01 mm aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi.
Ularni tokarlik ishlarida ham o‘lchash uchun ishlatiladi. (73-rasm)
73-rasm. Sh kalali o‘lchov asboblari.
Masshtabli lineyka yordamida zagotovka va buyumlarning chizig‘iy
o‘lchamlarini o‘lchash, tayyor detallarning o‘lchamini tekshirish, kronsirkul va
nutrometrlar yordamida olingan o‘lchamlarni hisoblash, sirqo‘lni o‘lchashga](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_6.png)
![sozlash ishlari bajariladi. Masshtab lineykasidan rejalash ishlarida ham
foydalaniladi.
Masshtabli lineyka ensiz, yupqa pulat polosadan iborat. Uning yuzasiga
millimetrli, santimetrli masshtab birliklari tushirilgan bo‘lib, U7 va U8 markali
uglerodli asbobsozlik pulatlaridan quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi
150 mm dan 1000 mm gacha, eni 11 mm dan 35 mm gacha, qalinligi 0,3 mm dan
1,5 mm gacha (74-rasm)
.
74-rasm
Metallarga ishlov ber ishda qo‘llaniladigan o‘lchash asboblari
Masshtabli lineyka yordamida bevosita o‘lchash mumkin bulmagan buyum
va detallarning tashqi va ichki o‘lchamlarini o‘lchashda kronsirkul va nutromerdan
foydalaniladi. Masalan, shar, o‘q, val, sterjen kabilarning tashqi diametri,
vtulkalarning ichki diametrlari, har xil aylanish sirtlaridan iborat detal va
buyumlarning tashqi hamda ichki o‘lchamlari ulchanadi. Kronsirkul va nutromer
yordamida olingan o‘lchamlar masshtabli lineyka yordamida hisoblanadi. (75-rasm)](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_7.png)
![75-rasm.
Buklama metr o‘ nta bir xil uzunlikdagi (100 mm li) lineykalardan iborat
bo‘lib, ular o‘zaro sharnir vositasida biriktirilgan. Bundan masshtabli lineyka
singari chizig‘iy o‘lchamlarni o‘lchashda foydalaniladi. Buklama metr slesarlik
uquv ustaxonalarida keng qullanilmaydi. U uzunligi 100 sm orasida bo‘lgan
buyumlarning ichki o‘lchamlarini o‘lchash uchun qulaydir (76-rasm).
76-rasm.
Ruletka katta o‘lchamlarni o‘lchashda qullaniladi u matodan va pulat
lentadan tayyorlanadi. Ruletkalar 2, 5, 10, 15 va 20 metrli bulishi mumkin. 5
metrgacha uzunlikdagi ruletkalarda millimetr, santimetr, metr masshtab birliklari
tushirilgan. Ular yordamida Silindr, val kabi buyumlarning aylana uzunligini
(yo‘g‘onligini), uyumlarning ichki o‘lchamlarini ham o‘lchash mumkin. (77-rasm).](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_8.png)
![77-rasm.
Shtangensirkul -universal ulchov asbobi bo‘lib, uning yordamida chizig‘iy
o‘lchamlarni, tashqi va ichki o‘lchamlarni, chuqurliklarni o‘lchash, tayyor detal va
buyumlarning o‘lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajariladi.
Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni
o‘lchaydigan asbob (shtangenglubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida
foydalanish mumkin. (78-rasm).
78-rasm.
SHT S -1 markali shtangensirkul:
a—tuzilishi: 1, 4—q o‘ zg ’ aluvchi jag‘lar; 2, 3—q o‘ zg‘almas ja g’ lar, 5—
qotiruvchi vint, 6—ramka, 7—glubinomer (chuqurlikni o‘lchaydigan sterjen), 8 —
shtanga, 9- non i us; b - hisob olish.
Asbobsozlik zavodlarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800,
1000, 1500 va 2000 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni o‘lchash imkonini beradigan,
aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo‘lgan shtangensirkullar ishlab](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_9.png)
![chiqariladi. Uquv ustaxonalarida 300 mm gacha o‘lchash imkonini beradigan
shtangensirkullar ishlatiladi.
Aniqlik darajasi 0,1 mm bo‘lgan shtangensirkul millimetr masshtabli
shtanga 8, qo‘zg‘almas jag‘ 2, 3, qo‘zg‘aluvchi jag‘ 1, 4, noniusli ramka 6,
qotiruvchi vint 5, nonius 9, va sterjen 7 dan iborat.
Nonius shkalasining uzunligi 9 mm bo‘lib, u 10 ta teng bulakka bulingan.
Demak, noniusning har bir bulimi 9 mm : 10= 0,9 mm ga teng. Noniusning noli
shtanganing noli bilan mos kelsa, uning uninchi chizig‘idan tashqari hech bir
chizig‘i shtanga chizig‘i bilan mos kelmaydi (bir tug‘ri chiziqda yotmaydi). Bunda
noniusning uninchi chizig‘i shtanganing tuqqizinchi chizig‘iga mos keladi.
SHunday qilib, noniusning bir chizig‘i shtanganing bir chizig‘iga 0,1 mm etmaydi,
noniusning ikki chizig‘i shtanganing ikki chizig‘iga 0,2 mm, uch chizig‘i 0,3 ,mm
va h. k. etmaydi.
S h tangensirkul yordamida o‘lchash va undan hisob olish quyidagicha olib
boriladi. Uning qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas jag‘lari ulchanuvchi detal sirtiga jips
tegadigan qilib suriladi va ramkani shtangaga mahkamlovchi vint yordamida
qotiriladi. Sung shtangensirkul detaldan chiqarilib, noniusdan hisob olinadi.
Noniusning noli shtanga chizig‘ining qaysi biri bilan mos kelsa, shuncha butun son
bo‘ladi. Agar noniusning noli shtanganing xohlagan bir chizig‘idan utsa, shuncha
butun son bo‘lib, kasr son shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan nonius
chizig‘idan hisoblanadi.
Masalan, noniusning nol chizig‘i shtanganing nol chizig‘idan utib, birinchi
chizig‘iga etmagan bulsin. Noniusning oltinchi chizig‘i shtanga chizig‘iga mos
kelsin. Bu holda hisob 0,6mm bo‘ladi. Ikkinchi o‘lchashda noniusning noli
shtanganing 25-chizig‘idan utgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6-
chizig‘i shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. Bu
holda shtangensirqo‘lning kursatishi 25,6 mm. Aniqlik darajasi, 0,05 yoki 0,02
mm gacha bo‘lgan shtangensirkul kursatilgan.
Ulchov olishda qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi jag‘larni detal sirtiga erkin
tekkizib, xomut shtangaga qotiriladi. Sungra mikrometrik surish vinti yordamida](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_10.png)
![ramkani surib, jag‘larni detal sirtiga jipslanadi va ramkani shtangaga qotirilib
shtangensirkul detaldap olinadi. Undagi ulchovni hisoblari yuqorida bayon etilgan
tartibda olib boriladi (79-rasm).
79-rasm. SHTS-11 marakali shtangensirkul: 1-shtanga, 2-qo‘zg‘almas jag‘, 3-
qo‘zg‘aluvchi jag‘, 4-ramka, 5- qotiruvchi vint, 6-xomut, 7-xomutni qotiruvchi vint, 8—
mikrometrik’ surish vinti.
Aniqlik darajasi 0,1 mm bo‘lgan asboblarda noniusdan olinadigan kasr
sonlar milli-metrning undan bir ulushlarida hisoblansa, aniqlik darajasi 0,05 va
0,02 mm bo‘lgan asboblarda millimetrning yuzdan besh va yuzdan ikki ulushlarida
hisoblanadi. Bu xildagi shtangensirkullardan tekislikdagi rejalash ishlarini olib
borishda sirkul va xatkash sifatida ham foydalaniladi. Asbobdan sirkul sifatida
foydalanishda metallarga chekich yordamida aylana markazlari chekib olinadi. Aks
holda shtangensirkul metall sirtida sirpanib, markazdan chiqib ketadi, bu esa reja
chizig‘ining aniq chiqmasligiga olib keladi .
Mikrometr 0,01 mm gacha aniqlikda o‘lchash imkonini beradigan asbob
bo‘lib, uning yordamida tashqi o‘lchamlar ulchanadi. Ular 0—25, 25—50, 50—75,
75—100 mm va h. k. o‘lchamli qilib tayyorlanadi. Mikrometrning skobasiga uning
aniqlik darajasi, o‘lchash chegarasi va asbobsozlik zavodining muhri tushirilgan
bo‘ladi.
Mikrometr skoba 1 uning bir tomoniga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan tovon
2, ikkinchi tomoniga o‘rnatilgan vtulka-stebel 5 dan iborat. Vtulkaga mikrometrik
vint-shpindel 3 kiritiladi. Vtulka stebelning tashqi tomoniga millimetrli va yarim
millimetrli masshtab shkalalari chizilgan. Vtulkaga gilza baraban 6 kiydirilib,
uning aylanasi buylab 50 bulimli nonius darajalangan. Mikrometrik vint qolpoqcha
yordamida barabanga qotirilib, uning uchiga treshchotka 7 o‘rnatiladi.](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_11.png)
![Natijada mikrometrik vint vtulka ichida, baraban uning tashqarisida
birgalikda buraladi. O‘lchash vaqtida mikrometrik vint sterjeni detal sirtiga tegishi
bilan treshchotka ovoz chiqaradi. Bu mikrometrik vintni ortiqcha buramaslik
detalga qotirmaslik kerakligini bildiradi. Treshchotka ovoz chiqargandan sung
mikrometrik vintni stopor halqa 4 bilan vtulkaga siqib, ulchovning o‘zgarmasligi
ta’minlanadi.
Mikrometrik vintning qadami 0,5 mm bo‘lib, baraban aylanasi 50
bulinmaga bulingan shuning uchun baraban tula bir marta aylanganda 0,5 .mm ga
suriladi. U holda uning har bir bulimi 0,5:50 = 0,01 mm ga teng bo‘ladi.Mikrometr
yordamida ulchov olishdan oldin uning tug‘riligi tekshirib olinadi. Buning uchun
mikrometrik vint treshchotka yordamida surilib, tovonga tekkiziladi. Buni
treshchotkadan chiqqan ovozga qarab aniqlanadi. Bu vaqtda barabanning
(noniusning) noli stebeldagi masshtab chizig‘ining noliga mos tushishi kerak. Agar
noni-usning noli masshtab chizig‘ining noliga mos tushmasa treshchotka
yordamida mikrometrik vintni tovonga tekkiziladi va stopor halqa bilan stebelga
siqib quyiladi. Sungra barabanni tutib turib, treshchotka qolpoqchasi bushatiladi
(80-rasm) .
80-rasm.
Bu vaqtda baraban mikrometrik vintdan erkin aylanib noninusning noli
masshtab chizig‘ining noliga moslanadi. Sungra qalpoqchani burab barabanni
mikrometrik vintga qotirib quyiladi. Mikrometrning aniqligi qayta tekshirilib
ulchov olish davom ettiriladi.](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_12.png)
![Mikrometr yordamida olingan o‘lcham quyidagicha hisoblanadi. Butun va
yarim millimetrli o‘lchamlar vtulka-stebeldagi masshtab shkalasidan hisoblanib,
millimetrning yuzdan bir ulushlari vtulka buylama chizig‘iga mos kelgan
barabandagi nonius chizig‘idan olinadi. Mikrametr yordamida olingan o‘lchamni
hisoblash kursatilgan.
Katta o‘lchamli mikrometrlar yordamida kichik o‘lchamli detallarni
o‘lchashda yordamchi sterjenlardan foydalaniladi. Erdamchi sterjenlar
mikrometrning o‘lchash chegarasiga qarab har xil uzunlikda bo‘ladi. O‘lchash
chegarasi 25—50 mm bo‘lgan mikrometrda 25 mm li, 50—75 mm lisida 50 mm li,
75—100 mm lisida 75 mm li va h. k. sterjenlar bo‘ladi.
O‘lchash chegarasi 75—100 mm li mikrometr yordamida o‘lchami 25 mm dan
kichik bo‘lgan detalni o‘lchashda uni yordamchi sterjen bilan birgalikda tovon va
mikrometrik vint orasiga tutiladi. Bu vaqtda mnkrometrning kursatishi 75 mm dan
ortiq bo‘lib, detalning o‘lchamini hisoblash uchun mikrometrning kursatishidan
yordamchi sterjen uzunligi ayiriladi. O‘lchami 75 mm dan ortiq bo‘lgan detallar
bevosita tovon va mikrometrik vint orasiga olinib ulchanadi. Mikrometrning
kursatishi detalning haqiqiy o‘lchamidan iborat bo‘ladi.](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_13.png)
![Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov, SH.S.SHaripov, M.Qodirov. “Texnik ijodkorlik va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010.
2. A.S.Iskandarov. «Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov, S.S.YAxyaev, A.E.Parmonov. CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev. “ Konstruksion materiallar texnologiyasi ” - T.:
« O‘qituvchi » 2004
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev, M.T.Primqulov, Yu.T.Toshpo‘latov. Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov, A.qosimov Mashinasozlik texnologiyasi. Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov Texnologik jarayonlarni loyixalash Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998](/data/documents/cff0541f-0177-437a-a61c-e788e2d5da10/page_14.png)
Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari Reja: 1. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari. 2. Metallarga ishlov ber ishda qo‘llaniladigan o‘lchash asboblari .
Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari Chizgich chertilka masshtabli lineyka, guniya va andaza (shablon)lar yordamida rejalash (chizish) ishlarini bajarishda turli konstruktsiyadagi pulat chizgichlardan foydalaniladi. Metallarni bevosita rejalashda qalamdan foyda lanilmaydi, chunki qalam bilan chizilgan reja chizig‘i metallga ishlov berishda uchib ketib, ish aniqligining bo‘zilishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun metallarni rejalashda faqat pulat chizgichlar ishlatiladi. Chizgichlar : 68-rasm. a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo‘nib tayyorlangan chizg‘ich, v— ikki uchli chizg‘ich, g—yassi chizgnch. 68-rasm. a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo‘nib tayyorlangan chizg‘ich, v— ikki uchli chizg‘ich, g—yassi chizgnch. a-knopkali, o‘zi uraluvchi, b-oddiy, v—pulat lentali. Slesarlik chekichi (kerner) reja chiziqlarining uchib ketishini hisobga olib, ularning ustidan nuqta tushirish, markazalarni belgilash, parma urnini chekishuchun ishlatiladi. C h ekichlar U7A, U8A markali uglerodli, 7XF, 8XF markali legirlangan asbobsozlik pulatlaridan tayyorlanadi va toblanadi. (69-rasm)
69-rasm. Guniyalar har xil konstruktsiyada tayyorlanadi (70- rasm) 70- rasm . Slesarlik guniyalari: a-lekal guniya, b-kundali, e-oddiy, g- yostiqli. Rasm a dagi guniya kurinishi jihatidan o‘zaro qat’i 90 burchak ostida joylashgan ikki lineyka birikmasidan iborat bo‘lib, uning yordamida tayyor yoki tayyorlanayotgan buyum va detallarning tug‘ri burchakliligi tekshiriladi. rasm, b, v, g larda duradgorlik guniyasini eslatuvchi cheklagich kundali va yostiqli guniyalar kursatilgan bo‘lib, bulardan ko‘pincha tug‘ri burchakli rejalar chizishda
va ularni parallel kuchirishda, shuningdek, rejalash pliasi yordamida fazoviy rejalashda foydalaniladi. Yupqa listli metall (po‘lat, mis, alyuminiy) qalinligi 0,5 mm gacha bo‘lsa, yog`och taxtacha — tekislagich bilan to‘g`rilanadi. Buning uchun zagotovka tekis va qattiq yuzaga qo‘yilib, taxtacha zagotovka ustida u yoq, bu yoqqa yuritiladi (71- rasm, a). Qalinligi 0,5 mm dan ortiq metall listlari to‘qmoq bilan tekislanadi (71- rasm, b). a) b) 71-rasm. Zagotovkani tekislagich Detal namunasi asosida va to‘qmoq bilan to‘g`rilash. rejalash Rejalashni andoza-detalning tekis namunasi yordamida bajarish mumkin. Bunda andozani zagotovkaning ustiga qo‘yib bosib turiladi (buning uchun maxsus qisqichlardan ham foydalanish mumkin) va andozaning atrofini chizg`ich bilan aylantirib chizib chiqiladi. Chizma bo‘yicha to‘g`ri burchakli detallarni rejalash uchun avval zagotovkaning baza cheti aniqlanadi va baza belgisi chiziladi. Undan boshlab rejalash amalga oshiriladi: chizg`ich bo‘ylab baza belgisi ustidan chiziladi, burchaklik bo‘ylab 90° li ikkinchi baza chizig`i o‘tkaziladi, chizg`ich harakatlanayotgan tomonga biroz og`dirilib, qattiq bosib chiziladi Sirkul yordamida rejalash uchun dastlab kernernnng muhrasiga bolg`a bilan sekin-sekin urib yoylar va aylanalarning markazlari tushiriladi. Mana shu markazlarga rejalash stirqo‘lining oyog`i o‘rnatiladi. Rejalashda stirqo‘lni harakatlanayotgan tomoniga biroz og`diriladi, og`irlik esa aylana markazida turgan oyog`iga tushadi.
72-rasm. Sirkul bilan rejalash Rejalashdan oldin zagotovkaning changlari, iflos joylari, zanglari tozalanadi asboblarining sozligi tekshiriladi. Rejalash juda mas’uliyatli operastiya. Yasaladigan buyumning sifati rejalashning qanchalik aniq bajarilishiga bog`liqdir. Tekislash va rejalashda xavfsiz ishlash uchun: - zagotovka ushlanadigan qo‘l jarohatlanmasligi uchun ungaenglik kiyib olish; - soz holatdagi bolg`a va to‘qmoqdan foydalanish; - chizg`ichni ehtiyotlik bilan ishlatish, ko‘z va qo‘lingizni jarohatlashdan saqlash; - chizg`ichni xalatning cho‘ntagiga solmaslik, u bilan o‘ynashmaslik, ortiqcha harakatlar qilmaslik lozim. Slesarlik uquv ustaxonalarida olib boriladigan amalyy mashg‘ulotlar davomida uquvchilarda hosil qilingan dastlabki kunikma va malakalar asosida aniqlik darajasi 0,01 mm gacha bo‘lgan turli konstruktsiyadagi kontrol-ulchov va