BOSIMNI O‘LCHASH ASBOBLARI.









BOSIMNI O‘LCHASH ASBOBLARI. REJA: 1. Pezometrlar. 2. Suyuqlik va differensial monometrlar. 3. Mikromonometrlar va vakummetrlar. 4. Mexanik asboblar (prujinali va membranali monometrlar).
Bosim o‘lchash asboblark barometrlar deb ataladi. Ular atmosfera bosimini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Barometrlar atmos fera bosimiga nisbatan havoning siyraklanishini o‘lchaydigan vakuummetrlarga va atmosfera bosimidan ortiq bosimni o‘lchashga mo‘ljallangan manometrlarga bo‘linadi. Manometrlar ishlash prinsipiga qarab suyuqlik va mexanik manometrlarga bo‘linadi. Suyuqlik manometrlari qisman suv yoki simob bilan to‘ldirilgan U -simoi naydan yasaladi. Nayning bir uchi tekshbrilayotgan muhit bilan, ikkinchi uchi (ochiq qoldirilib) atmosfera bilan tutashtiriladi. Eng oddiy suyuqlik manometri pyezometrdir. a) pyezometrlar — idishdagi bosim unga ulangan shisha naychada tekshirilayotgan suyuqlikning ko‘tarilishiga qarab aniqqlanadi (3.1-rasm). Idishdagi bosimning katta yoki kichikligiga qarab pyezometr (shisha naycha)da suvning sathi hn balandlikka qatariladi. Tekshirilayotgan A nuqtadagi bosim pa idishdagi erkin sathdagi bosim bilan undagi suv ustunining bosimi yig‘indisiga teng. Pyezometr orqali aniqlanganda u gidrostatikaning asosiy tenglamasi yordamida qo‘yidagicha aniqlanadi: p A= p a+ γ(h + hn) (3.1) U holda pyezometrda suyuqlik erkin sathining balandligi bo sim orqali qo‘yidagncha ifodalanadi: h+ hn= p A− pa γ (3.2) va idishdagi chegirma bosimga to‘g‘ri keladigan suyuqlik ustuni ning balandligini ko‘rsatadi. Bunday asboblar 0,5 ati dan yuqori bo‘lmagan kichik chegirma bosimlarni o‘lchashda ishlatiladi.
3. 1-rasm. Pyezometr 3.2-rasm. U –simon manometr Haqiqatda xaqiqatga teng bo‘lgan bosim 10 m suv ustunning balandligiga teng bo‘lgani uchun yuqori bosimlarni o‘lchashda juda uzun shisha naychalar ishlatishga to‘g‘ri kelgan bular edi. b) Suyuqlik U-simon manometrlari — bosim tekshirilayotgan suyuqlik bilan emas, simob ustuni yordamida o‘lchanadi ( 3.2-rasm). Bu holda simobli shisha naycha idishga U-simon naycha orqali ulanadi. Bunda simobning bosimi o‘lchanayotgan idishga oqib o‘tishiga U - simon naychadagi qarshilik to‘sqinlik qiladi. U holda A nuqtadagi bosim idish tomondagi qiymatlar orqali quyidagicha aniqlanadi:p A= pa+ γh 1 (3.3) Simobli naychadagi qiymatlari orqali esa p A= pa+ γsm⋅hsm (3.4) Bu ikki tenglikdan р ni topamiz:
p = pa+ γsm ⋅hsm − γh 1 (3.5) Bunday manometrlar ham bir necha atmosferadan ortiq bosimni o‘lchashga yaramaydi. v) Differensial manometrlar - ikki idishdagi bosimlar farqini o‘lchash uchun ishlatiladi (3.3-rasm). Bosimlarni ра va рv ga teng bo‘lgan ikki idish simobli U- simon naycha orqali tutashtirilgan. Bu holda S nuqtadagi bosim birinchi idishdan bosim orqali quyidagicha ifodalanadi: pc= pa+ γ1h1 (3.6) 3.3- rasm. Differensial mano metr . 3.4-расм. Mikromanometr Ikkinchi idishdagi bosim orqali esa p c= p a+ γ1h 2+ γsm ⋅h ( 3. 7) U holda idishlardagi bosimlar farqi
p a− pv= γ1(h2+ h 1)+ γsm ⋅h ( 3. 8) Ikki idishdagi suyuqliklar sathi teng bo‘lganda esa h2+ h1= − h va p a− pv= (γsm + γ1)h (3.9) g) Mikromanometrlar — juda kichik bosimlarni o‘lchash uchun ishlatiladi va suyuqlik sathining o‘zgarishi sezilarli bo‘lishi uchun suyuqlik to‘ldirilgan idishga shisha naycha qiya burchak ostida ulanadi (3.4-rasm). U holda idishdagi chegirma bosim qo‘yidagicha aniqlanadi: p= γh bo‘lgani uchun p= γl sin α (3. 10 ) shisha naychaning qiyalik burchagi α qancha kichik bo‘lsa, bosim shuncha aniq ulchanadi. Ko‘p hollarda manometr shisha naychasining qiyalik burchagini o‘zgaruvchan qilib ishlanadi. Bu holda mikromanometrlarning qo‘llanish chegarasi kengayadi. d) Vakuummetrlar. Tuzilishi xuddi-suyuqlik U-simon manometrlariga o‘xshash bo‘lib, idishdagi siyraklanish darajasini aniqlaydi (3.5-rasm). Gidrostatik bosim tenglamasiga asosan p + γsm hsm = pα (3.11) u holda p= pa− γsm hsm (3.12) simob ustunining pasayishi idishdagi bosim va pa orqali quyidagicha ifodalanadi: hsm = pα− p γsm (3.13) II. Mexanik asboblar (katta bosimlarni o‘lchash uchun ishlatiladi va buning uchun turli mexanik sistemalardan foydalaniladi).