Qon bosimi va uni o’lchash
Qon bosimi va uni o’lchash Reja: I Kirish II Asosiy qism 2. 1.Qon bosimini tonometr bilan aniq o’lchash uchun asosiy qoidalar 2. 2.Mexanik tonometr bilan qon bosimini o’lchash 2. 3. Qon bosimini avtomatik (elektron) tonometr bilan o’lchash 2. 4.Qon bosimi normasi qanday bo’ladi 2.5.Qon bosimi ko’tarilganda qaysi shifokorga murojaat qilish kerak Xulosa Foydalanilgan adabiyot
2.1.Qon Bosimini O’lchash — Tonometrni Ishlatish Qoidalari, Me’yoriy Ko’rsatkichlar Jadvali Qon bosimini o’lchash qanday amalga oshiriladi? Asosiy qoidalar, shuningdek, maqolada keltirilgan ko’rsatmalarga rioya qilish orqali siz qon bosimini to’g’ri va aniq o’lchashingiz mumkin. Tonometr (sfigmomanometr) — arterial qon bosimini o’lchash uchun asbob. QON BOSIMINI TONOMETR BILAN ANIQ O’LCHASH UCHUN ASOSIY QOIDALAR Qon bosimini o’lchashdan 1 soat oldin bemor chekish, spirtli ichimliklar ichish yoki kofeinli mahsulotlarni iste’mol qilishdan bosh tortishi kerak; Hojatxonaga borish istagi bo’lsa, qon bosimini o’lchamang, chunki to’la siydik pufagi bosim ko’rsatkichlarini taxminan 10 mm.sim.ust`ga oshiradi. Qon bosimini tinch sharoitda, xona haroratida o’lchash kerak;
Qon bosimini o’lchash bemorning o’tirgan va bo’shashgan holatida amalga oshiriladi, bunda o’lchov u bo’shashganindan kamida 5 daqiqadan keyin boshlanadi; Manjeta taqiladigan qo’l tirsagini taxminan yurak joylashgan darajadagi balandlikka joylashtirish kerak; Qo’l alatta butunlay bo’shashgan bo’lishi kerak; Amaliyot davomida gaplashish va harakat qilish mumkin emas; Ikki o’lchovlar oralig’ida 3-5 daqiqali pauza qilish kerak, shunda manjeta bilan qisilgan tomirlardagi qon bosimi normallashadi. 2.2.MEXANIK TONOMETR BILAN QON BOSIMINI O’LCHASH 1. Yuqorida keltirilgan dastlabki tayyorgarlikdan so’ng, manjetani yurak darajasida, tirsakdan 3-5 sm teparoqda qo’lga taqing. Agar sizning qurilmangiz qon bosimini bilakda o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lsa ham, u yurak darajasida bo’lishi kerak. 2. Steteskopni qo’lning ichki bukimi markaziga joylashtiring va uni quloqqa taqing. Bu joyda, manjetadan havoni chiqarish vaqtida pulsni aniq eshitib olish mumkin bo’ladi. 3. Manjetani 200-220 mm.sim.ust`gacha damlang. Agar qon bosimi yanada yuqoriroq bo’lishi mumkinligiga shubha tug’ilsa, uni yanada ko’proq damlash kerak bo’ladi; 4. Sekin-asta, sekundiga 2-4 mm tezlikda, tonometrning siferblatiga qaragan holda havoni chiqara boshlang va stetoskopdagi zarblarni (pulsni) tinglang. 5. Dastlabki zarbni eshitishingiz bilan, asbobning mazkur ko’rsatkichini yodda saqlab qoling, bu qon bosimning yuqori ko’rsatkichidir (sistolik qon bosimi). 6. Zarblar eshitilishi to’xtatganda, bu qon bosimning pastki ko’rsatkichi bo’ladi (diastolik qon bosimi).
7. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari bo’ladi. 2.3.QON BOSIMINI AVTOMATIK (ELEKTRON) TONOMETR BILAN O’LCHASH 1. Manjetani qo’lingizga taqing va uni yurak darajasiga qo’ying. 2. Qon bosimini o’lchashni boshlash uchun shunchaki avtomatik tonometr tugmachasini bosing. 3. Tonometr natijalarni ko’rsatgunicha kutib turing. U o’zi manjetani havo bilan to’ldiradi va uni chiqaradi. Siz faqat natijalarni yozib olishingiz kerak. 4. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari bo’ladi. 2.4.QON BOSIMI NORMASI QANDAY BO’LADI? Umumiy qabul qilingan inson normal qon bosimi 120/80 hisoblanadi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, yoshga, organizmning individualligiga, sutka vaqti va boshqa omillarga qarab, normal qon bosimi yoki ko’pincha ideal qon bosimi yoki ishchi qon bosimi deb ataladigan ko’rsatkich turlicha bo’lishi mumkin. Misol uchun, keling, turli yoshdagi odamlar uchun normal bosim ko’rsatadigan jadvalga qaraylik: Yosh Yuqori (sistolik) bosim Pastki (diastolik) bosim 16 — 20 yosh 100 — 120 70 — 80 20 — 40 yosh 120 — 130 70 — 80 40 — 60 yosh 140 gacha 90 gacha 60 yoshdan katta 150 90
Qon bosimining me’yordan ortiqchaligi gipertoniya (arterial gipertenziya), pastligi gipotoniya (arterial gipotenziya) deb ataladi. 2.5.QON BOSIMI KO’TARILGANDA QAYSI SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH KERAK? Terapevt; Kardiolog. Tibbiy va biologik fizika kursidan bilamizki, suyuqliklar muhiti organizmning katta qismini tashkil etadi, ularning ko’chishi moddalar almashinuvi va hujayralarning kislorod bilan ta'minlash ishini bajaradi, shu sababli suyuqliklarning oqishi va ularning fiziko – ximiyaviy xossalari, tibbiyot xodimlari va biologlar uchun zo’r qiziqish o’yg’ot adi. Shuning uchun suyuqliklarning shu jumladan tomirlarda qonning oqish xossalarini bilish harbir tibbiyot xodimining asosiy vazifalaridan bo’lib hisoblanadi. Bizga ma'lumki r е al suyuqliklar statsionar holatda qatlamlar bo’ylab oqadi va bu qatlamlar bir b iriga urinma ko’rinishda yo’nalgan kuchlar bilan o’zaro ta'sirlashadi. Suyuqliklarning bunday oqishi laminar oqim d е yiladi. Qovushoq suyuqliklarning oqish t е zligi oshirilsa, truba (tomirlarda ham) ko’ndalang k е simi yuzi bo’yicha bosim turlicha bo’lgani sababli uyurma hosil bo’la boshlaydi, bunda oqim uyurmali yoki turbul е nt bo’lib qoladi. Turbul е nt oqimda zarrachalar t е zligi turli joyda turlicha bo’lib, uzluksiz va xaotik o’zgarib turadi, harakat esa nostatsionar bo’ladi va bunday holatda suyuqliklar shovqi n kurinishidagi tovush ostida oqadi. Art е riyalarda qon oqishi normal bo’lganda laminar oqim bo’lib, klapanlar yaqinida esa biroz turbul е nt oqim vujudga k е ladi. Patalogiyada qonning qovushoqligi normadan kichik bo’lganda R е ynolds soni [1] kritik qiymatidan oshib k е tadi va harakat turbul е nt bo’lib qoladi. Turbul е nt oqim suyuqlikning oqishida qo’shimcha en е rgiya sarf bo’lishiga olib k е ladi, qonning bunday oqishida esa yurakning qo’shimcha ish bajarishiga olib k е ladi. Qonning