logo

QON FIZIOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

463.84765625 KB
QON FIZIOLOGIYASI .
Reja:
1. Qon tizimi haqida tushuncha;
2. Odamda qon miqdori va tarkibi;
3. Qonning hosil bo‘lishi;
4. Qonnin g funksiyalari;
5. Qonning shaklli elementlari va ularning tuzilishi, soni va funksiyasi;
6. Qonning fizik kimyoviy xossalari;
7. Qon guruhlari;
8. Qonning ivishi;
9. Mushak   faoliyatida   qondagi   o‘zgarishlar:   miogen   leykotsitoz,   eritrotsitoz,
trombotsitoz. 1. Qon tizimi haqida tushuncha
Qon, limfa va to’qima suyuqligi tanani barcha hujayra va to’qimalarni yuvib
turuvchi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning ichki muhitiga
hujayra   ichidagi   va  hujayra   tashqarisidagi   suyuqlik   kiradi.   Hujayra  tashqarisidagi
suyuqlik   o’z   navbatida   hujayralararo   va   tomirlar   ichidagi   (qon   va   limfa)
suyuqliklarga bo’linadi. 
Odam   tanasi   massasining   o’rtacha   60%   ni   suv   tashkil   qiladi.   Shundan   35%
hujayra   ichidagi   va   25   %   hujayra   tashqarisidagi   suyuqlikdir.   Qon   hujayra
tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo’lib, uning miqdori tana massasining
o’rtacha 6,5-7% ni tashkil qiladi.   Shundan qon zardobi tana   massasining 4,5-5%
ni   tashkil   etadi.   Odam   organizmi   qancha   yosh   bo’lsa,   tana   massasining   ko’proq
qismini   -   65-70   %   ni   suyuqlik   tashkil   qiladi.   Bu   yosh   organizmda   moddalar
almashinuvi jarayoni keksalardagiga nisbatan ancha faol o’tishini ta’minlaydi. 
Organizmning   ichki   muhiti,   ya’ni   yuqoridagi   suyuqliklarning   miqdori,
kimyoviy   tarkibi,   osmotik   bosimi   va   barcha   fizik-kimyoviy   xususiyatlari   nisbiy
doimiydir.   Bu   nisbiy   doimimylik   xususiyati   gomeostaz   deyilib,   u   hujayralar   va
to’qimalarning mu’tadil ish faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi.
Ichki   muhitning   nisbiy   doimiyligi   organizmning   ko’pchilik   a’zolari   tizimi
(asab-endokrin, ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayirish kabilar) ning
birgalikdagi   faoliyati   orqali   ta’minlanadi.   Shuning   uchun   ham   organizmning
barcha hujayralari, to’qimalari, a’zolari  va tizilmalari  yaxlit  bir  butun bo’lib, ular
ish faoliyatida bir-biri bilan mustahkam bog’langan.
2. Odamda qon miqdori va tarkibi
Qon   –   qizil   rangli   yopishqoq,   ta’mi   tursh   tabiiy   bo‘lib,   ikki   qismdan   tashkil
topgan: qon zardabi  (plazmasi) va shaklli elementlar : eritrotsitlar, leykotsitlar va
trombotsitlar (2.2.1 – 2.2.2 - rasmlar). 2.1.- rasm .  Odam   qonining   tarkibi .
Odamda   qonning   miqdori   tana   og’irligining   o’rtacha     7%   ni   (5-9%   gacha
o’zgarib turadi) tashkil qiladi. Qonning miqdori va uning tarkibi to’xtovsiz doimiy
o’zgaradi, lekin nisbiy doimiyligi bilan ajralib turadi. 
Mu’tadil sharoitda, odam tinch turganda hamma qon ikki qismga ajraladi. Bir
qismi   tana   bo’ylab   aylanib   turadigan   qon   bo’lib,   umumiy   hajmining   40-45%   ni
tashkil   etadi.   Uni   aylanib   turuvchi   qon   deb   ataladi.   Qolgan   qismi   a’zolarda
(depoda)   saqlanadi,   uni   zaxiraviy   qon   deb   ataladi.   Zaxiraviy     qon   taloq
kapilyarlarida,   jigarda   va   teri   osti   kletchatkalarida   zaxira   bo’lib   deyarli
aylanishdagi qonga qo’shilmaydi. 
Tana haroratining ko’tarilishi, mushak ishi, bug’ilish, zaharli gaz bilan nafas
olganda kuchli hayajonlanganda (emosiyada), buyrak usti bezining po’stloq qavati
gormoni   –adrenalin   yuborilganda,   zaxiraviy   qon   hisobidan   aylanishdagi   qon
miqdori oshadi.
Organizmga   suyuqlikning   kirishi   bilan   qisqa   muddat   ichida   umumiy   qon
miqdori   oshadi,  chunki  ichak  yo’llaridan  so’rilgan  suv  qonga  o’tadi.  Organizmda suv yuqotilishi yoki qon yuqotish natijasida qonning miqdori vaqtincha kamayadi.
Aylanishdagi   qonning   tez   suratda   yuqotilishi   shaklli   elementlarning   yuqotilishiga
nisbatan   xavfli   hisoblanadi,   chunki   bunday   tezlik   bilan   yuqotilgan   qon   umumiy
qon bosimiga ham ta’sir etkazadi.
2.2.-rasm. Qonning shaklli elementlari. 1-eritrositlar; 2-8 leykositlarning har xil turlari
Sekin   hatto   ko’p   yo’qotilgan   qon   tez   va   kam   yuqotilgan   qonga   nisbatan
unchalik   xavfli   emas.   Sekin   yuqotilgan   hamma   eritrositlar   3/4   nisbati
yo’qotilganda   ham   o’lim   xavfi   tug’ilmaydi.   Arteriya   qon   tomirlaridan   tez
yuqotilgan umumiy qonning 1/3 – 1/2 nisbati o’limga olib keladi.
Qon quyidagi muhim funlcsiyalarni bajaradi:
1. Qonning tashuvchilik funksiyasi
Me’da-ichaklarda   hazm   bo’lgan   oziq   moddalar   (oqsillar,   yog’lar,
karbonsuvlar, mineral tuzlar, vitaminlar, suv) qon va limfa tomirlariga so’rilib, qon
orqali   hujayralarga   yetkaziladi.   Shuningdek,   qon   o’pkadan   kislorod   qabul   qilib,
hujayralarga   olib   boradi.   U   yerda   moddalar   almashinuvi   natijasida   hosil   bo’lgan
qoldiq moddalar va karbonat kislota qonga o’tadi. Ular qon orqali ayiruv va nafas
olish a’zolariga yetkazilib tashqariga chiqarib yuboriladi. 2.  Qon   to’qimalar   va  a’zolar  funksiyasini   gumoral   yo‘l   qon   orqali   bilan
boshqarilishida   ishtirok   etadi.   Ichki   sekretsiya   (endokrin)   bezlarida   sintez
qilingan   gormonlar-   biologik   faol   moddalar   qonga   o’tib,   u   orqali   to’qima   va
a’zolarga  yetkaziladi  va ular  asab  tizimi  bilan birga asab-  gumoral  boshqarilishni
ta’minlaydi.
3.   Qon   organizmni   himoya   qilish   immunitet   funksiyasini   bajaradi.   Qon
tarkibidagi leykositlari (oq qon tanachalari) organizmga kirgan mikroblarni yutish,
parchalash   va   eritib   yuborish   xususiyatiga   ega.   Bundan   tashqari,   qon   zardobida
maxsus   oqsil   zarrachalari   (antitelalar)   bo’lib,   ular   mikroblarni   bir-biriga
yopishtiradi   va   eritib   uuboradi.   Shunday   qilib,   qonning   immunitetik   funksiyasi
organizmning har xil yuqumli kasalliklardan saqlanishiga yordam beradi.
4.   Qon   tana   haroratining   nisbiy   doimimyligini   saqlashda   ishtirok   etadi.
Qonning   uzluksiz   harakati   orqali   moddalar   almashinuvi   natijasida   hosil   bo’lgan
issiqlik   energiyasi   tananing   barcha   qismlariga   tarqalib,   ulardagi   harorat
doimiyligini ta’minlaydi.
.3. Qonning fizik – kimyoviy  xossalari
Qonning  solishtirma   og’irligi   suvnikiga   nisbatan   bir   oz  kattaroq-1,050-1,060
ga teng. Qon zardobining solishtirma og’irligi 1,025-1,034, shaklli elementlarining
solishtirma og’irligi 1,090 ga, ayollarda-1,053 ga teng.
Qonning   solishtirma   og’irligi   asosan   eritrositlarga   yoki   gemoglobinga   va
qisman qon tarkibidagi suyuqlikka bog’liq. Masalan, organizm suv yuqotganda, ter
ajralganda    qonning solishtirma og’irligi  oshadi,  qon yo’qotganda esa  solishtirma
og’irligi tushadi. 
Suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan, qonning yopishqoqligi esa 5.0
ga teng. Qonning yopishqoqligi suvnikiga nisbatan yuqori bo’lishi tarkibidagi oqsil
moddalar   va   shaklli   elementlar,   ayniqsa,   eritrositlar   miqdoriga   bog’liq.   Terlash,
qusish   va   ich   ketish   natijasida   odam   organizmi   ko’p   suv   yo’qotsa,   qon quyuqlashadi,   ya’ni   qon   zardobining   miqdori   kamayib,   shaklli   elementlarining
miqdori ko’payadi. Bu esa qonning yopishqoqligi ortishiga sabab bo’ladi. 
Venoz   qonda   eritrositlarning   shishishi   kuzatilganda   yopishqoqlik   arterial
qondagiga   nisbatan   yuqori   bo’ladi.   Davomli   o’rtacha   og’ir   ishda   yopishqoqlik
pasayadi, o’ta og’ir jismoniy mashqlar vaqtida esa ko’tariladi. 
Qonning   nisbiy   osmotik   bosimining   doimiy   bo’lishi   katta   biologik
ahamiyatga   ega,   chunki   to’qimalarda   doimimy   osmotik   bosim   saqlanishi   uning
hayotiy   faoliyati   uchun   zarurdir.   Osmotik   bosimninng   to’qimada   favqulotda   tez
o’zgarishi   uning  faoliyati  keskin   buzilishiga  hatto  o’limga  sabab   bo’ladi.  Bundan
tashqari   osmotik   bosimning   nisbiy   doimiyligi   qonda   eritrositlarning   butunligini
saqlaydi. 
Mo’’tadil   sharoitda   odam   va   sut   emizuvchi   hayvonlar   eritrositlarida,   qon
plazmasida,   hujayra   to’qimalarida   va   a’zolarida   osmotik   bosim   7,6   atmosferaga
teng.   Uning   doimiyligini   saqlashda   osh   tuzi   –   xlorid   natriy   (NaCL)   bosh   o’rinni
egallaydi. Osmotik bosimning o’lchami uning turg’unligiga asoslangan  usul  bilan
yoki qonning muzlash nuqtasi –00 dan pasayishi bilan aniqlanadi. 
Turg’unlik ko’rsatgichi grek alfaviti    (delta) bilan ifodalanadi. Odam qonida
  0,560 (0,56-0,58), shunday qilib, qonning plazmasida molekulyar qonsentrasiya
0.3 gr-mol/ litrga teng.
4. Fiziologik eritmalar
Fiziologik   eritmalar   (2.4.1-jadval)   suniy   eritmalar   bo’lib,   qon   tarkibida
uchraydigan   ba’zi   mineral   tuzlar   miqdoriga   nisbatan   yaqin   tayyorlanadi.   Ushbu
eritmalar  izotonik  («izo»-birxil, «tonos»-bosim) eritmalar deyiladi. Uning osmotik
bosimi   qonnikiga   teng   (p
1 =p
2 )   bo’ladi.   Agar   fiziologik   eritmalarning   miqdori
qonda uchraydigan mineral tuzlar miqdoridan yuqori bo’lsa, (p
1 >p
2 ) bunday eritma
gipertonik   eritma   deyiladi   va   aksincha,   eritmaning   miqdori   qonda   uchraydigan
mineral tuzlar miqdoridan past bo’lsa, bu eritma  gipotonik  eritma deyiladi (p
1 <p
2 ). Eritmada faqat umumiy ionlar miqdori emas, balki alohida ionlar miqdori ham
muhim fiziologik ahamiyatga ega. Fiziologik eritmani issiq qonli hayvonlarga mos
(37-38 0
) qilib isitish lozim. 
2.4.1. - rasm. Qon tarkibi.
2.4.2. – rasm. Turli osh tuzi NaCl konsentrasiyalarida eritrositning holati (gipotonik eritmada osmotik
gemoliz ko’rsatilgan). I – izotonik eritma (0.9%NaCl): II – gipertonik eritma; III – gipotonik eritma.
Fiziologik eritma tarkibi
2.4.1-jadval
Modda Sovuq   qonlilar
uchun   Ringer
eritmasi Issiqqonlilar
uchun   Ringer
eritmasi Lokka eritmasi Tirode
eritmasi
NaCL
KCL
CaCL
NaHCO3 6.0-6.5
0.1
0.1
0.1 8.5-9.0
0.2
0.2
0.2 9.0
0.2
0.2
0.2 8.0
0.2
0.2
1.0 AgCL2
NaH2PO4
Glyukoza -
-
- -
-
- -
-
- 0.1
0.05
1.0
Fiziologik eritma tarkibida oqsil bo’lmagani uchun to’qimalarga tez shimiladi.
Shuning uchun qonga yuborilayotganda unga arab yelimi – aqoqiyo qo’shiladi. 
.5. Gemoliz hodisasi
Gemoliz   eritrositlarning   yorilishi.   Ularning   gemoliz   sodir   bo’lishiga   qarshi
ta’sir ko’rsatish qobiliyati uning barqarorligi-rezistentligi bilan belgilanadi. 
Eritrositlar   qobig’i   ko’pgina   neytral   tuzlar   eritmalarini   o’zidan   o’tkazmaydi.
Shu   tufayli   izotonik   eritmalarni   osh   tuzi   va   eriydigan   boshqa   tuzlardan,
glyukozadan   va   qamish   shakaridan   ham   tayyorlansa   bo’ladi.   Ushbu   eritmalarda
eritrositlar buzilmaydi (2.4.2-rasm). 
Gipotonik   eritmalarda plazmaga nisbatan bosim past bo’lganligi tufayli, suv
eritrositlarning   ichiga   kiradi,   natijada   ular   shishadi.   Eritma   past   konsentrasiyada
(NaCl   eritmasi   0,44   %   dan   past)   bo’lganida   shishgan   eritrositlar   yoriladi.   To’liq
gemoliz sodir bo’lganda gemoglobin eritmasi qizil lak rangini hosil qiladi.
Gipertonik   eritmalarda   osmotik   bosim   plazmaga   nisbatan   biroz   baland
bo’lganligi   uchun   suv   eritrosit   ichidan   chiqadi,   natijada   eritrositlar   burishib,
tarkibiy qismi eritmaga chiqadi. 
Shunday   qilib,   gipotonik   va   gipertonik   eritmalarda   eritrositlar   yoriladi,
natijada   gemoglobin   eritmaga   chiqadi,   ya’ni   osmotik   gemoliz   hodisasi   sodir
bo’ladi. 
Turli   hayvonlarda   eritrositlarning   osmotik   rezistentligi   turlicha.   Eritrositning
yog’simon   qobig’ini   erituvchi   har   qanday   modda-xloroform,   efir,   spirt,   ut   kislota
va   boshqalar   gemolizni   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Gemolizni   keltirib
chiqaradigan   o’simlik   va   hayvon   mahsulotlaridan   olingan   moddalar   -   gemolizin deb aytiladi.  O’simlik gemoliziniga juda past konsentrasiyasi ham ta’sir qiladigan
sanonin kiradi. Gemoliz qonda zaharlar ta’sir etganda ham sodir bo’ladi. 
Fiziologik   sharoitda   ham   eritrositlar   doimo   buzilib   turadi.   Odam   eritrositi
umri  100-150 kundan oshmaydi  va  o’rtacha 30-40 kun yashaydi.  Radioaktiv nur,
ya’ni   «nishonlangan»   atom   ta’sirida   odam   qonida   eritrositlar   3-4   oy   yashashi
isbotlangan. Odam  va yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda eritrositlarning buzilishi
taloq va jigarda sodir bo’ladi. 
6. Qonning faol reaksiyasi
Qonning   faol   reaksiyasini   vodorod   (H+)   va   gidrooqsil   (OH-)   ionlarning
miqdori   belgilaydi.   Bu   reaksiyani   vodorod   ko’rsatkichi   –pH   ifodalaydi.   Osmotik
bosim va tuz ionlari konsentrasiyasining nisbati doimo bir xilda turishi bilan birga
qon reaksiyasi ham doimo bir xilda turadi. 
Odam   arterial   qonining   pH   7,4,   venoz   qonining   pH   esa   karbonat   kislotasi
ko’proq   bo’lganidan   7,35-Rh   ning   salgina   o’zgarishlari   (0,1-0,2   ga)   ham   uzoq
davom etishi  mumkin emas. Qonning o’zgargan faol  reaksiyasi  tezda tiklanmasa,
organizm halok bo’ladi. 
Qon   reaksiyasini   saqlab   turadigan   eng   asosiy   omil   –   bu   kislota-ishqor
doimiyligidir.   Qon   reaksiyasining   kislotali   yoki   ishqoriy   bo’lib   qolishi   organizm
faoliyatini buzib, uning normal suratda ishlashini izdan chiqaradi. Ammo sog’lom
organizmning   hayot   faoliyati   mo’’tadil   holda   bo’lsa,   ba’zan   ishqor   va   kislotalar
birmuncha ko’p miqdorda kirganda ham, qon reaksiyasi deyarli o’zgarmaydi. 
Qonda   bo’ladigan   va   qonning   bufer   moddalari   deb   ataladigan   maxsus
moddalar   qon   reaksiyasini   doimo   bir   xilda   saqlashga   yordam   beradi .   Ana   shu
moddalar   qonga   kirgan   kislota   va   ishqorlarning   talaygina   qismini   neytrallaydi   va
shu   bilan   qon   reaksiyasining   o’zgarishiga   to’sqinlik   qiladi.   Qonning   bufer
moddalariga gemoglobin, bikarbonatlar, fosfatlar va qon oqsillari kiradi. 
Jismoniy  mashqlar  bilan shug’ullanganda, chuqur  va ortiqcha nafas olganda,
ba’zi bir kasalliklarda va shunga o’xshash hollarda qon reaksiyasi bir oz o’zgaradi. Jismoniy   ish   vaqtida   sut   kislotasi   hosil   bo’ladi,   bu   kislota   qonga   muntazam
qo’shilib turadi. Ko’p jismoniy ish bajarganda qonga talaygina sut kislotasi o’tadi,
bu   esa   pirovard   natijasida   qon   reaksiyasini   bir   muncha   o’zgartirishi   mumkin.
Jismoniy   ish   vaqtida   pH   odatda   0,1-0,2   dan   ortiq   kamaymaydi.   Jismoniy   ish
to’xtatilgandan   keyin   qon   reaksiyasi   yana   me’yor   holga   qaytadi.   Qon
reaksiyasining   kislotali   bo’lib   qolishi   asidoz   deb   ataladi.   qon   reaksiyasining
ishqoriy bo’lib qolishi alkaloz deb ataladi. 
Shunday qilib, muhitning (pH) doimiyligi ayiruv a’zolarining ishi, eritrositlar
va   qon   plazmasining   tarkibi   bilan   ta’minlanadi.   Qon   plazmasining   tarkibi   RN
reaksiyasining   doimiyligini   saqlashda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi   va   bufer
tizimiga bog’liq. 
7. Qonning bufer tizimi
Qon   faol   reaksiyasining   doimiyligi   muhim   biologik   ahamiyatga   ega,   chunki
hujayra   ichida   o’tadigan   jarayonlar   doimiy   muhit   sharoitida   me’yorida   o’tadi.
Reaksiya doimiyligini ushlab turish qobiliyati buferlik bilan belgilanadi. 
Tarkibida   kuchsiz   yoki   kam   dissosiyalangan   kislota   va   shu   kislotaning
ishqorli tuzi eritmasi, ishqoriylik namoyon qiladi. 
Birinchi qonning bufer tizimi bikarbonat tizimi hisoblanadi, chunki u ko’mir
kislota va natriy yoki kaliyning bikarbonatlaridan tarkib topgan.  
Bu yerda K-konstantaning doimiy o’lchami, B-kaliy yoki natriy ionlarini bildiradi.
Bu tizim qonning 7-9% lik buferlik qobiliyatini tashkil etadi. Modda almashinuvi
jarayonida   qonga   kislota   quyilganda,   u   bikarbonat   bilan   neytrallanadi,   natijada
ajralgan   ko’mir   kislota   o’pkaning   kuchli   ventilyasiyasi   natijasida   chiqariladi,
qaysiki   u   vodorod   ionlari   konsentrasiyasini   oshirib,   nafas   markazini   qitiqlaydi.
Natijada ko’mir kislotaning bikarbonatga munosabati avvalgi holatiga qaytadi. 
Qonga ishqor kirishi  natijasida  kumir kislota neytrallanadi. Shu tufayli nafas
markazi   faoliyati   zaiflashadi,   upkada   kumir   kislotasining   ajralishi   pasayadi, ortiqcha   bikarbonat   buyrak   orqali   chiqariladi.   Odatdagidek   yana   ko’mir   kislota
bikarbonatga nisbati tiklanadi. 
Bikarbonat miqdori qonda ko’mir kislotaga nisbatan 18 marta ko’p. Qonning
buferlik hajmi ishqorga nisbatan kislota uchun yuqori. Buning biologik ahamiyati
shuki,   moddalar   almashinuvi   jarayonida   ishqor   kislotaga   nisbatan   kam   hosil
bo’ladi. 
Qonning   ishqoriy   tuzlari   ishqor   zaxiralarini   hosil   qiladi   yoki   zahiraviy
ishqoriylik   hosil   qiladi.   Qonning   ishqoriy   zahirasi   tarkibida   5,5%   CO2   gaz
aralashini   100   ml   qonga   kirtish   natijasida   yutilgan   hajmdagi   ko’mir   kislota   bilan
aniqlanadi.   Me’yorda   odam   qonida   ishqor   zahirasi   100   ml   qonda   CO2   ning
miqdori   55   dan   70   ml   darajasida   bo’ladi.   Ishqoriy   zahira   ovqatlanishga   ham
bog’liq,   o’simliklar   mahsulotlari   iste’mol   qilinganda   mushak   faoliyati   (mashq
qilgan sportchilarda boshqa omillarga nisbatan 10% ga oshadi) oshadi. 
Qonning   ikkinchi   bufer   tizimi   fosfat   tizimi   hisoblanadi.   Bunda   fosfor
kislotasining   kaliyli   yoki   natriyli   bir   asosli   tuzining   ikki   asosli   tuziga   nisbati
olinadi:     B-kaliy   yoki   natriy   ionini   bildiradi.   Shuning   uchun   bikarbonat
miqdori, erkin karbon kislota miqdoriga bog’liq.
H2CO3+B2PO4 BH2PO4+BHCO3
Uchinchi  bufer tizimi  eng asosiysi  – bu oqsil  bufer  tizimi hisoblanadi. Oqsil
deyarli   3/4   qism   karbon   kislotani   biriktiradi.   Qon   plazmasida   anion   va   kationlar
taxminan   teng   miqdorda   va   ortiqcha   kationlar   oqsil   bilan   ushlab   turiladi.   Plazma
oqsili karbon kislotaga nisbatan juda past kislotali, shu tufayli erkin karbon kislota
bilan reaksiya quyidagicha boradi: 
BP+H2CO3 HP+BHCO3
Bu yerda, B-natriy yoki kaliy ionini bildiradi, p-protein, oqsil.
Gemoglobinning   buferlik   roli   katta   bo’lib,   alohida   ahamiyatga   ega.
Gemoglobin plazma oqimiga nisbatan 3 marta ko’p kationlarni biriktiradi.  Qonga   karbon   kislotasi   to’planganda   u   eritrositga   o’tadi   va   gemoglobindan
ishqoriy   kationlarni   oladi.   Shuning   uchun   bikarbonatlar   hosil   bo’ladi.   Ushbu
jarayon   ayniqsa   oksigemoglobin   tomonidan   kislorodni   yo’qotish   paytida
kuchayadi,   qaysiki,   gemoglobinga   nisbatan   70   marta   kuchli   kislotali   xususiyatga
ega. Oqsil gemoglobin kuchsizroq kislotali gemoglobinga aylanadi. Gemoglobinga
nisbatan   kuchliroq,   karbon   kislotasi   gemoglobindan   ishqoriy   kationlarni   ajratib
oladi: 
BHb+H2CO3 HHb+BCO3,   B-kaliy   yoki   natriy   ionini   bildiradi.;   Hb-
gemoglobin.
Plazma   tarkibidagi   oqsil   gemoglobin   miqdorini   3   marta   oshiradi.
Gemoglobinning bufer hajmi, plazma oqsili bufer hajmidan 10 marta ortiq. 
Qonda   ishqor-kislotali   muvozanat   mavjud.   Ba’zi   sharoitda   faol   reaksiyaning
kislotali tomonga siljishi-asidoz, masalan:  mushakning shiddat bilan ishlashi  yoki
uning   ishqor   tomonga   siljishi-alkaloz,   masalan:   o’pkaning   kuchaygan
ventilyasiyasi.
Mushakning   shiddat   bilan   ishlash   imkoniyati   ishqoriy   zahiraga   bog’liq.
Masalan,   sportchilarda   qancha   ishqoriy   zahira   ko’p   bo’lsa,   shuncha   shiddat   bilan
ishlash   imkoniyati   paydo   bo’ladi.   Qushlar   qonida   buferlik   darajasi   katta   bo’lsa,
ular   uzoq   muddat   suv   tagida   tura   oladi.   Masalan,   o’rdak   nafas   yo’lini   8   daqiqa
qisib suv tagida turganida ham qonning buferlik darajasi siljimaydi.
8. Qonning ivishi
Qonning ivishi-organizmning muhim himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning
bu   xossasi   turli   jarohatlanishlardagi   organizmni   ortiqcha   qon   yo’qotishdan
saqlaydi.   Qonning   ivish   xususiyati   o’zgarsa,   ozgina   jarohatlanish   ham   odam
sog’ligiga katta xavf tug’diradi, chunki organizm ko’p qon yo’qotishi mumkin. .8.1. - rasm. Fibrinogenning erimaydigan tolali oqsil-fibringa aylanishi.
Qonning   ivishi   -   suyuq   holatdan   qon   laxtaga   aylanishi   organizmning   qon
yo’qotishga to’sqinlik qiladigan muhim biologik himoya reaksiyasidir. Mayda qon
tomirining jarohatlangan joyida qon laxtasi-tromb hosil bo’ladi, u tomirni berkitib,
qon ketishini to’xtatadi. 
Odam   qoni   tomirdan   chiqgach   3-4   daqiqadan   keyin   iviydi,   5-6   daqiqadan
so’ng   esa   butunlay   dirildoq   laxtaga   aylanadi.   Qon   tomirlarining     ichki   qavati
shikastlanganda   va   qonning   ivish   xossasi   ortganda   butun   organizmdagi   tomirlar
ichida ham qon ivib qolishi mumkin. Bu holda tromb qon tomirining ichida hosil
bo’ladi. 
Qon   ivishi   plazmadagi   oqsil-fibrinogenning   fizik-kimyoviy   holatining
o’zgarishiga   asoslanadi.   Fibrinogen   erigan   shakldan   erimaydigan   shaklga   o’tib,
fibringa aylanadi va laxta hosil bo’ladi.
9. Qonni ivituvchi omillar.
Qonning   ivishi   ko’p   bosqichli,   murakkab   jarayondir.   Unda   talay   omillar
ishtirok   etadi.   Tabiiy   sharoitda   odamning   qonida   bu   omillar   faol   holatda
bo’lmaydi.   Halqaro   qo’mita   qaroriga   binoan   qon   ivish   omillari   yunon   raqamlari
bilan belgilanadi (2-jadval).   I omil   - fibrinogen,-qon plazmasining eng katta molekulali oqsili. Qon ivishi
jarayonida   zol   holatidan   suvda   erimaydigan   gel   holatiga   o’tadi.   Qon   ivishining
mohiyati ham shunda. 
II   omil   -   protrombin,   glikoprotein-   jigarda   sintezlanadi.   Tromboplastin
ta’sirida   faol   ferment   trombinga   aylanadi.   Trombin   esa   fibrinogenning   fibringa
aylanishi uchun zarur modda hisoblanadi; 
III   omil   –   tromboplastin   -   hamma   hujayralar   membranasida   uchraydigan
fosfolipid;
IV omil  - kalsiy ionlari-qon ivishda ishtirok etadigan hamma fermentlarni faol
bo’lmagan holatdan faol holatiga o’tishi uchun zarur;
V   va   VI     omil   -   praksellerin   va   akselerin-tromboplastin   va   trombin   hosil
bo’lishini tezlashtiradi;
VII omil  - prokonvertin-tromboplastin hosil bo’lishida ishtirok etadi; 
VIII   omil   -   antigemofil   A   globulin-qon   ivishining   boshlanishida   qon
tromboplastini   hosil   bo’lishi   uchun   zarur.   Kalsiy   ta’sirida   faollashadi.
Yetishmovchiligi og’ir irsiy gemofiliyaga sabab bo’ladi;
IX   omil   -   antigemofil   V   globulin   (Kristmas   omili)   –   bu   ham   tromboplastin
hosil  bo’lishi uchun kerak. Yetishmovchiligi nasliy gemofiliyaga sabab bo’ladi.
X omil  - Styuart-Prauer omili-tromboplastin hosil bo’lishini tezlashtiradi;
XI   omil   -   tromboplastinning   plazmadagi   o’tmishdoshi   yetishmovchiligi
gemofiliyaga olib keladi;
XII   omil   -   Xegeman   omili-glikoprotein,   shikastlangan   to’qimalar   yuzasida
faollashadi. Bunga XI- omil yordamlashadi; 
XIII   omil   –   fibrinni   me’yorida   saqlanib   turuvchi   omil   –   suvda   erimaydigan
fibrin hosil bo’lishida ishtirok etadi.
Xulosa   qilib   aytganda   qonning   ivivshi-organizmning   muhim   himoya
reaksiyasi   hisoblanadi.   Qonning   bu   xossasi   turli   jarohatlanishlarda   organizmni
ortiqcha   qon   yo’qotilishdan   saqlaydi.   Qonning   ivish   xossasi   o’zgarsa,   ozgina
jarohatlanish   ham   odam   sog’ligiga   katta   xavf   tug’diradi,   chunki,   organizm   ko’p
qon yo’qotishi mumkin. Demak,   qonning   ivishi-murakkab   biologik   jarayon   bo’lib,   bunda   quyidagi
omillar   ishtirok   etadi:   qon   plazmasidagi   fibrinogen   (oqsil   modda)   mayda
zarrachalardan   ingichka   tolachalarga   (fibringa)   aylanadi.   Fibrin   tolachalari   qon
tomiri devorining jarohatlangan (kesilgan) joyida to’r hosil qiladi va unga qonning
shaklli   elementlari,   ayniqsa   trombositlar   ilinib,   to’siq   hosil   bo’ladi.   Natijada   qon
oqishi   to’xtaydi.   Bu   jarayonda   qon   tarkibidagi   trombin   fermenti,   kalsiy   ionlari,
vitaminlar va qonning antigemofil omili muhim rol o’ynaydi. 
Sog’lom   odamda   qon   3-4   daqiqa   ichida   iviydi.   Ba’zi   odamlar   qon
plazmasining   tarkibida   qonning   ivishda   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan   biologik
modda-antigemofil   omil   yetarli   bo’lmaydi.   Bu   kasallik   gemofiliya   deb   atalib,   u
nasldan-naslga,   ya’ni   ota-onadan   bolaga   o’tadi.   Bunday   odamlarda   qon   ivishi
buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko’p qon
kelishi,   salgina   jarohat   tufayli   ko’p   qon   yo’qotish   mumkin.   Bundan   tashqari,
trombositlarning  soni   kamayganda,  ovqat  tarkibida    kalsiy  ionlari,  K vitaminning
miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish qobiliyati kamayadi.
10. Qonning shakli elementlari
Yuqoridagi   qayd   qilib   o‘tganimizdek   qonning   shakli   elementlkariga
eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi.
Eritrositlar ,   yoki   qizil   qon   tanachalari   odamda   va   sut   emizuvchilarda
yadrosiz bo’lib, ularning shakli o’rtasida ikki tomonidan botiq yumaloq kulchalarni
eslatadi.   Shaklining   bunday   bo’lishi   ularning   sathini   kattalashtiradi.   Eritrosit   –
hujayra asosi stroma va yuza qavat – qobiqdan iborat. Eritrosit qobig’i lipoid-oqsil
komplekslaridan tuzilgan bo’lib, kaliy va natriy ionlarini o’tkazmaydi, ammo xlor
anionlarini, shuningdek H+ va OH- ionlarini bemalol o’tkazadi. 
Eritrositlar   va   plazmaning   mineral   tarkibi   bir   xil   emas,:   odam   eritrositlari
yadrosiz   bo’ladi.   1   mm3   qonda   4-6   milion,   o’rtacha   5   million   dona   eritrositlar
bo’ladi.  Yangi   tug’ilgan  chag’aloqlarda  eritrositlar   katta odamlarga  nisbatan  ko’p
bo’ladi.  Qondagi eritrositlar miqdori o’zgarib turadi. Masalan,  barometrik bosim past
bo’lganda  (balandlikka ko’tarilganda),  jismoniy  mashg’ulotlar   vaqtida, emosional
holat   davrida,   shuningdek   organizm   ko’p   suv   yo’qotganda   eritrositlar   miqdori
oshib   ketadi.   Qondagi   eritrositlar   miqdorining   ko’payishi   turlicha   vaqt   davom
etishi   mumkin.   Lekin   bu   organizmda   eritrositlarning   umumiy   miqdori   ortib
ketganligidan   dalolat   beravermaydi,   chunki   qattiq   terlash   oqibatida   ko’p   suv
yo’qotilganda   qon   qisqa   vaqt   quyuqlashadi.   Shu   sababli   organizmdagi
eritrositlarning mutlaq miqdori garchi o’zgarmasa ham, hajm birligidagi eritrositlar
soni ko’payadi. 
Turli hissiyotlar jarayonida, sport bilan shug’ullanish paytida va jismoniy ish
vaqtida   qondagi   umumiy   eritrositlar   miqdori   ko’payadi.   Eritrositlar   miqdorining
ortib   ketishi   haqiqiy   eritrositoz,   kamayib   ketishi   esa   eritropeniya   deb   ataladi.
eritrositlarning   soni   va   ular   tarkibidagi   gemoglobin   miqdorining   kamayishiga
kamqonlik (anemiya) kasalligi deyiladi. 
Eritrositlarlarning   hosil   bo’lishi   va   soni   me’yor   miqdorda   bo’lishi   kishining
sog’ligiga,   ovqatlanishiga,   jismoniy   mashqlar   bilan   shug’ullanishiga,   quyoshning
ultrabinafsha   nurlarini   yetarli   qabul   qilishiga   bog’liq.   Ayniqsa,   ovqat   tarkibida
oqsillar,   temir   moddasi,   B   guruhga   kiruvchi   vitaminlar   yetarli   miqdorda   bo’lishi
zarur. 
Suyak   ko’migidan   hosil   bo’lib,   qonga   o’tgan   eritrositlar   120   kun   atrofida
yashaydi.   So’ngra   ular   jigarda   va   taloqda   parchalanib   temir   moddasi   suyak
ko’migida   yosh   eritrositlar   hosil   bo’lishi   uchun   sarflanadi.   Parchalangan
eritrositlarning gemoglobini tarkibidagi  gem  moddasi  jigarda bilirubin moddasiga
aylanib, ut suyuqligi (pegmenti) hosil bo’lishi uchun sarflanadi. 
Eritrositlarning   asosiy   vazifasi   organizmning   barcha   hujayralarini   kislorod
bilan   ta’minlashdan   iborat.   Ular   tarkibidagi   gemoglobin   o’pka   alveollaridan
kislorodni   o’ziga   biriktirib   oksigemoglobin   (HbO2)   hosil   qiladi   va   hujayralarga
yetkazadi,   ularda   moddalar   almashinuvi   natijasida   hosil   bo’lgan   karbonat
angidridni   (bikarbonatlarni)   hosil   qiladi   va   yana   o’ziga   biriktirib   o’pkalarga   olib
boradi.  Shunday   qilib,   qonda   eritrositlar   juda   ko’p   bo’ladi.   Hamma   eritrositlarning
umumiy     sathi   3500m2   dir.   Eritrositlarni   qondan   ajratib   olib,   zanjirga   o’xshatib
chizilsa,  ular  kurrai  zaminni  ekvatori  bo’ylab uch marta aylantirib olishga  yetgan
bo’lur   edi.   Bu   misol   odamdagi   eritrositlar   miqdori   haqida   bir   qadar   tasavvur
beradi.  Eritrositlar taxlab chiqilsa, 6200 km balandlikdagi ustun vujudga keladi.
11. Leykositlar
Leykositlar, yoki oq qon tanachalari yadroli va sitoplazmali rangsiz hujayralar
bo’lib, qizil ko’mikda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo’ladi. 
Odamning   1   mm3   qonida   6000-8000   leykositlar   bo’ladi,   ya’ni   eritrositlarga
qaraganda   600-800   baravar   kamroq.   Ularning   miqdori   kun   bo’yi   o’zgarib   turadi.
Ovqat   yegandan   keyin   jismoniy   ish   vaqtida,   shuningdek   ba’zi   bir   kasalliklarda
leykositlar   miqdori   ancha   oshib   ketadi.   Ularning   ko’payib   ketishi   leykositoz,
kamayib qolishi esa leykopeniya deb ataladi (2.11.1.-rasm). 11.1-rasm. Qonda leykositlar miqdorining o’zgarishi.
Leykositoz   bir   qancha   patologik   jarayonlar   (yallig’lanish)   uchun   xarakterli,
biroq   sog’lom   odamlarda   (ovqat   hazm   qilishda,   sport   bilan   shug’ullanishda,
jismoniy   mehnatda,   og’riq   kuchayganda,   kuchli   hissiyotlarda)   ham   kuzatiladi.
Masalan, qiyin imtihonlar paytida talabalardagi leykositlar 11000 tagacha yetgani
qayd qilingan. 
Leykositlar   organizmdagi   himoya   va   tiklanish   jarayonlarida   muhim   rol
o’ynaydi.   Ularning   asosiy   vazifalari:   fagositoz   (grekcha   «fageo»-yemoq
demakdir),   antitelalar   ishlash   (organizm   uchun   yot   bo’lgan   oqsil   moddalarini
sun’iy ravishda yuborish yo’li bilan qonda tegishli mikroblar va oqsil tanachalarini zararlantirish va parchalash qobiliyatiga ega bo’lgan moddalar paydo qilish), oqsil
tabiatli toksinlarni parchalash va chiqarib tashlashdir. 
Leykositlar ikkita katta guruhga bo’linadi: donali leykositlar (granulositlar) va
donasiz leykositlar (agranulositlar).
Granulositlar   (eozinofinlar,   bazofillar,   neytrofillar)   ko’mikdagi
miyeloblastlardan rivojlanadi. Eozinofinlar (barcha leykositlarning 1-4% ini tashkil
qiladi) kislotali bo’yoqlar (eozin) bilan bo’yaladi. Ular oqsil tabiatli toksinlarni va
yot   oqsillarni   parchalash   hamda   zararsizlantirishda   rol   o’ynaydi.   Yot   oqsillar
ta’sirida qondagi eozinofinlar soni ko’payadi.
Bazofillar   (jami   leykositlarning   1%)   asos   bo’yoqlar,   masalan,   metilen   ko’ki
va   shu   kabilar   bilan   bo’yaladi.   Ularning   sitoplazmasidagi   donachalarida–
granulalarida  geparin moddasi mavjud. 
Neytrofillar   (barcha   leykositlarning   70%)   neytral   bo’yoqlar   bilan   bo’yaladi.
Bu hujayralarning asosiy  funksiyasi-fagositoz qilish va antitelalar ishlashdir. 
To’qimalar   shikastlangan   va   mikrob   kirgan   joyda   neytrofillar   ko’plab
to’planadi.   Ancha   yirik   bo’lgan   bu   hujayralar   kapillyarlar   devoridagi   endoteliy
orqali   kirib,   to’qimalarda   mikroblar   kirgan   joyga   qarab   faol   harakat   qila   oladi.
Neytrofillar amyoba singari harakat qiladi, ularning harakat tezligi bir daqiqada  40
mkm   ga   yetadi.   Neytrofillar   mikroblar   bilan   to’qnashib,   ularni   o’rab   oladi,   hazm
qiladi   va   yo’qotadi.   Neytrofillarning   bu   xossasini   atoqli   rus   olimi   I.I   Mechnikov
aniqlagan. 
Me’yorda   qonda   yetilgan   (segmentlangan)   neytrofillargina   emas,   balki
ularning   yetilmagan   shakllari:   tayoqchasimon   yadroli   (3-5%),   yosh   neytrofillar
(1%)   singari   o’tmishdoshlari   ham   muayyan   miqdorda   bo’ladi.   Neytrofil
leykositozda   yetilmagan   bu   shakllar   soni   ko’payadi.   Ayni   vaqtda   yosh
neytrofillarning o’tmishdoshlari- miyelositlar   paydo bo’lishi mumkin. 
Agranulositlarga   monositlar   va   katta-kichik   limfositlar   kiradi.   Monositlar
barcha leykositlarning 2-10% ni tashkil etadi.ularning yadrosi katta bo’lib, donalari
sitoplazmaning yupqa qavati bilan o’ralgan. Monositlar asosan taloq bilan jigarda ishlanib   chiqadi.   Ular   qondan   yallig’langan   joyga   o’tib,   makrofaglarga   aylanadi.
Bular fagositoz qiladigan qonning katta hujayralariga kiradi.
Limfositlar   ham   donasiz   leykositlarga   kiradi.   Ular   yirik   yadroli,   kichkina
hujayralar   bo’lib,   ularning   yadrosini   donasiz   sitoplazmaning   yupqa   qavati   o’rab
turadi.   Limfositlar   barcha   leykositlarning   20-40   %   ni   tashkil   etib,   asosan   limfa
tugunlarida, taloqda, ayrisimon bez (timus)da va shilliq pardalarda rivojlanadi. Bu
hujayralar yallig’lanishdan keyingi tiklanish (reperativ) jarayonlarda qatnashadi. 
Odam   qonida   bir   necha   xil   limfositlar   uchraydi.   Ular   ko’mikdagi   limfoid
hujayralardan   rivojlanib,   qon   orqali   o’zlari   yetiladigan   to’qimalarga   yetkaziladi.
Limfositlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, ko’paya boshlaydi.
Timusda yetilgan limfositlar T-limfositlar deb ataladi. ular qondagi limfositlarning
60%   ni   tashkil   qiladi.   T-limfositlar   o’z   navbatida   T-killerlar   va   T-xelperlarga
bo’linadi. T-killerlar «qotil» hujayralar ham deyiladi.
Oxirgi   ma’lumotlarga   ko’ra   odam   organizmi   fagositoz   yo’li   bilangina   emas,
balki gumoral omillar yordami bilan, ya’ni mikroblarni va ularning hayot faoliyati
natijasida   vujudga   keladigan   maxsulotlarni   zararsizlantiruvchi   moddalarni
hujayralarda  hosil qilish yo’li bilan infeksiyalardan saqlanadi. Masalan, mikroblar
qo’zg’aydigan   ba’zi   kasalliklarda   (yuqumli   kasalliklarda)   organizm   bakteriya
zaharlari- toksinlarini   biriktirish   yo’li   bilan   zararsizlantiruvchi- antitoksinlar   ishlab
chiqaradi.   Qonga   toksinlar   qayta-qayta   yuborilgandan   so’ng   organizmda   tegishli
antitoksinlar   to’planadi,   bunday   qon   zardobi   kasalliklarni   davolash   maqsadida
ishlatiladi. 
Leykositlarning ayrim turlari o’rtasidagi nisbati  leykositar   formula  deb ataladi
(2.11.1-jadval).   
2.11.1.-jadval 
Leykositar formula (% hisobida)
Bazo-
fillar Eozino-
fillar Yosh
neytro-
fillar Tayoqch
a-simon
neytro- Segment
yadroli
neytro- Jami
neytro-
fillar Limfo-
sitlar Mono-
sitlar fillar fillar
0-1 2-4 0-1 1-5 50-70 57-73 20-40 2-10
Leykositar   formulani   aniqlash   klinikada   katta   ahamiyatga   egadir.   Muayyan
kasalliklarda   leykositlarning   ayrim   turlari   o’rtasidagi   nisbat   xarakterli   ravishda
o’zgaradi.   Masalan,   ba’zi   bir   kasalliklarda,   jumladan   gijja   kasalliklarida
eozinofillar   miqdori   oshib   ketadi.     Organizmda   yallig’lanish   jarayoni   bo’lsa
neytrofillar   ko’payib   ketadi.   Anginaning   ba’zi   o’smalari   paydo   bo’lganda   yosh
leykositlar ko’payib ketadi. Shunga qaramay kasallikni oxirigacha aniqlash uchun
albatta leykositar formulaning o’zini aniqlash kamlik qiladi.        
Trombositlar   (qon   plastinkalari)   suyaklarning   ko’mik   qismida   va   taloqda
hosil   bo’ladi.   Odam   trombositlarining   asosiy   vazifasi   qonning   ivishini
ta’minlashdan   iborat.   Ular   soni   kamayganda   qonning   ivish   xossasi   buziladi.
Bunday   odam   jarohatlanishi   juda   xavfli,   chunki   qon   oqishini   to’xtatish   qiyin
bo’ladi.   Salgina   urilish,   turtinish   natijasida   badanda   ko’karish   (qon   quyilish)
yuzaga keladi, o’z-o’zidan burundan qon kelishi mumkin. 
Trombositlarning   deametri   1-4   mkm,   dumaloq   shakldagi   plazmatik
tuzilmalardir.   Odam   va   sut   emizuvchilarning   qon   plastinkalari   yadrosiz,   shuning
uchun   ko’pchilik   tadqiqotchilar   qon   plastinkalarini   hujayrasiz   tuzilmalar   deb
hisoblashadi.   Odamning   1   mm3   qonida   200-400   ming   trombosit   bor.   Bu   miqdor
kecha-kunduz   davomida  ancha   o’zgarib  turishi   mumkin.   Periferik   qonda   kunduzi
ko’proq,   kechasi   kamroq   bo’ladi.   Bu   jismoniy   mashqlar   mehnat   va   dam   olish
rejimiga bog’liq. Masalan, og’ir jismoniy ishdan so’ng odamning qon plastinkalari
3-5 baravar ko’payib ketadi. Qon plastinkalari 8 kun davomida yetishib oladi. Qon
tomirlaridan   chiqqan   qondagi   qon   plastinkalari   tez   parchalanib   5-11   kunda
yangilanib turadi. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra ular 2-5 kun yashaydi. 
Odam   uzoq   vaqt   davomida   kam   va   sifatsiz   ovqatlansa,   bir   necha   kun,   hafta
davomida   og’ir   jismoniy   mehnatdan   charchasa,   surunkali   uzoq   davom   etuvchi
kasalliklarda   trombositlarning   soni   kamayadi.   Bu   esa   organizmning   nihoyatda
kuchsizlanganidan dalolat beradi.  Trombosit tarkibida serotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish va
qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega. 
12. Gemoglobin
Gemoglobin,   oksigemoglobin,   karbooksigemoglobin   va   uning   boshqa
birikmalari   spektr   nurlarini   yutib,   maxsus   chiziqlarni   beradi.   Masalan,   yorug’lik
nurlarini oksigemoglobin eritmasi orqali o’tkazib, spektrning sariq-yashil qismida,
D   va   E   chiziqlari   orasida   ikkita   qoramtir   chiziqni   aniqlash   mumkin.   Spektrning
sariq-yashil   qismidagi   bir   keng   qora   chiziq   qaytarilgan   gemoglobin   uchun
xarakterlidir. 
Oksigemoglobin   gemoglobindan   rangi   bilan   birmuncha   farqlanadi,   shuning
uchun oksigemoglobinli arterial qon qip-qizil bo’ladi. Qon  kislorodga qancha ko’p
to’yingan   bo’lsa,   qizil   rangi   shuncha   ravshan   ko’rinadi.   Vena   qonida   esa,
qaytarilgan gemoglobin ko’proq, bunday qon to’q olcha rangida bo’ladi. 
Katta yoshli kishilar qonida o’rta hisob bilan 14% gemoglobin konsentrasiyasi
mavjud bo’lib, umumiy miqdori esa 600 g ga teng. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra 1 g
gemoglobinda 3,5 mg temir mavjud va shunday qilib odam organizmining hamma
eritrositlarida  uning miqdori 2500 mg dan oshmaydi. 
Gemoglobin,   mioglobin,   gemeretin,   xlorkruorin   tarkibida   temir,
gemosianinda-mis   gemovanadinda   esa-vanadiy   elementlari   bor.   Gemoglobin
pigmentlari orasida eng muhimi xromproteinlardir (2.12.1-rasm). 
Odam   organizmida   eritrositlarning   hosil   bo’lishi   va   parchalanishiga   yarasha
gemoglobin   ko’mikning   eritroblastlarida   (yosh   eritrositlarida)   sintezlanadi.   Bir
kecha-yu kunduzda qariyb 8 g, ya’ni 1% dan sal ko’proq gemoglobin parchalanadi
va o’t pigmentlariga (bilirubin, biliverdin) aylanadi. 
Oksigemoglobindan   tashqari,   qonda   gemoglobin   karbonat   angidrid   bilan
birikib, karboksigemoglobin (HbCO2) hosil qiladi. Bu birikma modda almashinuvi
natijasi   bo’lgan   CO2   tashilish   shakllaridan   biri.   Karboksigemoglobin
oksigemoglobinga   qaraganda       mustahkamroq   birikmadir.   Gemoglobin   is   gazini
sekinlik bilan, anchagina uzoq vaqt davomida va toza havodan nafas olib turilgan taqdirdagina   beradi.   Shuning   uchun   ham   is   gazidan   zaxarlanish   hayotga   xavf
solishi mumkin, is gazidan zaxarlangan kishiga beriladigan birinchi yordam uning
o’pkasini   toza   havoga   yolchitishidan   iborat.   Kisloroddan   nafas   olinganda
gemoglobindan is gazining chiqib ketishi 15-20 baravar tezlashadi.
Metgemoglobin   (metHb)   gemoglobinning   mustahkam   birikimasidir.
Metgemoglobin   hosil   bo’lganda   temirning   valentligi   o’zgaradi:   gemoglobin
molekulasidagi   ikki   valentli   temir   uch   valentli   temirga   aylanadi.   Qonda
metgemoglobin ko’p yig’ilib qolganda qon to’qimalarga kislorod bera olmaydi va
organizm bo’g’ilib o’lib qoladi. 
12.1.-rasm. Gemoglobinning molekulasi va uning shakli.
Metgemoglobin jigar rangi va spektrning qizil qismida yutish chizig’i borligi
bilan gemoglobindan farq qiladi. Kuchli oksidlovchilar: ferrisionid (qizil qon tuzi),
kaliy   permanganat,   amilnitrit   va   propilnitrit,   anilin,   bertoll   tuzi,   fenasetin   ta’sir
etganda metgemoglobin hosil bo’ladi. 
Mioglobin   –   mushak   gemoglobini   skelet   va   yurak   mushaklarida   uchraydi.
Uning   oqsilsiz   (prostetik)   guruhi-gem   gemoglobin   molekulasidagi   shunday
guruhga o’xshaydi, oqsil qismi- globin esa gemoglobin oqsiliga qaraganda kamroq
molekulyar og’irlikka ega. 
Odam   mioglobini   organizmdagi   jami   kisloroddan   14%   ni   biriktira   oladi.
Mioglobinning   bu   xossasi   ishlayotgan   mushakni   kislorod   bilan   ta’minlashda muhim   rol   o’ynaydi.   Mushak   qisqarganda   kopillyarlari   qisilib,   mushakning   ba’zi
qismlarida   qon   yurishi   to’xtasa   ham,   mioglobin   bilan   birikkan   kislorod   borligi
tufayli, mushak tolalari bir qadar vaqtgacha kislorod bilan ta’minlanib turadi. 
13. Qon guruhlari
1901   yili   avstriyalik   olim   K.Landshteyner,   1907   yili   chex   olimi   Ya.Yanskiy
turli   odamlar   qoni   kimyoviy–biologik   xossalariga   ko’ra   bir-biridan   farq   qilishini
aniqladilar.   Qonning   eritrositlari   tarkibida   agglyutinogen,   plazmasi   tarkibida
agglyutinin   moddalari   bo’lib,   ularning   har   biri   kimyoviy   xossalariga   ko’ra   ikki
turga bo’linadi, ya’ni agglyutinogen A va B, agglyutinin     va   . Binobarin, bitta
odam qonining eritrositlari va plazmasida bir xil belgili modda bo’lmasligi kerak.
Me’yorida agglyutinogen A va agglyutinin   yoki agglyutinogen A va agglyutinin
 bo’lishi mumkin. Agglyutinogen A va B bo’lgan qonda agglyutininlar umuman
bo’lmaydi.   Aksincha,   agglyutinin     va     bo’lgan   qonda   agglyutinogenlar
umuman   bo’lmaydi.   Ana   shunga   ko’ra,   barcha   odamlar   qoni   to’rt   guruhga
bo’linadi (2.13.1. va 2.13.2. -jadvallar).
I   -   guruh-eritrositlarda   agglyutinogen   umuman   bo’lmaydi,   plazmada
agglyutinin   va   bo’ladi. 
II - guruh eritrositlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin    bo’ladi.
III - guruh-eritrositlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin   bo’ladi. 
IV  -  guruh-eritrositlarda   agglyutinogen   A  va  B  bo’lib,  plazmada  agglyutinin
umuman   bo’lmaydi.   Dunyodagi   ko’p   mamlakatlarda   yashovchi   odamlarning   qon
guruhlarini   aniqlash   natijasi   shuni   ko’rsatadiki,   qoni   I     guruh   bo’lgan   odamlar
aholining   o’rtacha   40%   ni,   II     guruh-39%,   III   guruh-15%   ni   va   IV   guruh-6%   ni
tashkil etadi. 
Organizm   ko’p   qon   yo’qotganda   ba’zi   zaharlanishlarda   (jumladan,
gemoglobinning   kislorod   biriktirish   xossasi   buzilganda),   qondagi   gemoglobin
miqdori   kamayganda,   tibbiyotda   boshqa   ko’p   ko’rsatmalar   bilan   qon   quyiladi. Ilgari   qon   quyish   uchun   urinib   ko’rishlar   ko’pincha   halokatga   olib   kelgan   yoki
organizmni   og’ir   ahvolga   solib   qo’ygan.   Donor   (qon   beruvchi   odam)   qonining
eritrositlari   resipiyent   (qon   oluvchi   odam)ning   qon   plazmasida
agglyutinasiyalanganda qon qo’yishning og’ir  oqibatlari  ko’rinadi. Qo’yilgan qon
eritrositlarida agglyutinasiyalanuvchi modda-agglyutinogen, resipiyent plazmasida
esa   shunga   mos   keladigan   agglyutinasiyalovchi   modda-agglyutinin   bo’lganda
shunday   hodisa   ro’y   beradi.   Eritrositlarning   agglyutinasiyalanishi   va   so’ngra
gemolizlanishi   oqibatida   organizmni   o’limga   olib   keluvchi   og’ir   holat   –
gemotransfuzion shok paydo bo’ladi. 
Agglyutinasiyasini   plyus   (+)   belgisi,   uning   ro’y   bermasligini   esa   minus   (-)
belgisi   bilan   ko’rsatib,   turli   guruhlarga   mansub   odamlarning   plazmasi   va
eritrositlarining aralashish natijalarini quyidagicha ifodalash mumkin. 
13.1. -jadval
Plazma
guruxi Eritrositlar guruhi
1(0) II (A) III (B) IV (AB)
I (  va  ) - + + +
II ( ) - - + +
III ( ) - + - +
IY (0) - - - -
13.2.-jadval
Turli qon guruhlarining bir-biriga mos kelishi
Quyidagi   qon   guruhlari
bo’lgan odamlar Quyidagi   guruhlarga   qon
berishi mumkin. Quyidagi guruhlardan qon
qabul qilishi mumkin.
I I,  II, III, IV I
II II, IV I, II
III III, IV I, III
IV IV I, II, III, IV Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir sog’lom
kishi   donor   bo’la   oladi.   Hozirgi   vaqtda   minglab   donorlar   ko’plab   bemorlarni
davolashga   ,   ularning   hayotini   saqlab   qolishdek   olijanob   ishga   hissalarini
qo’shmoqdalar.
Aksari odamlarning eritrositlarida (85%) yana bir omil bor, uni birinchi marta
Landshteyner   va   Viner   1940   yilda   makkak   (Maccacus   rhesus)   degan   maymun
qonidan topgan va shuning uchun ham uni rezus-omil (ph-omil) deb atalgan. Shu
omil bo’lgan odam qoni (rezus musbat qon) mazkur omil bo’lmagan (rezus manfiy
omil)   odamga   quyilsa,   rezus   manfiy   odam   qonida   maxsus   va   o’ziga   xos
agglyutininlar   va   gemolizinlar   hosil   bo’ladi.   Bunday   odamga   rezus-musbat   qon
qaytadan   quyilsa   agglyutinasiya   va   og’ir   oqibatlar   (gemotransfuzion   shok)   paydo
bo’lishi mumkin. 
Rezus-manfiy   onada   rezus-musbat   homila   rivojlanishi   alohida   ahamiyatga
ega. Bu  holda  homilaning rezus-omili  plasenta  orqali  ona qoniga o’tadi. Natijada
ona qonida maxsus  antirezus moddalar  hosil  bo’ladi, bu moddalar plasenta orqali
qaytadan   homila   qoniga   o’tadi-da,   uning   eritrositlarini   agglyutinasiyalab   va
gemolizlab, og’ir oqibatlarga sabab bo’ladi. Ba’zan homilaning o’lik tug’ilishi shu
bilan tushuntiriladi. 
Oxirgi   yillarda   yangi   agglyutinogenlar   kashf   etilgani   munosabati   bilan   qon
guruhlari   haqidagi   ta’limot   ancha   murakkablashdi.   Masalan,   A  guruhi   bir   qancha
guruhlardan iborat ekan (A1, A2, A3, A4 va xakazo). A2 agglyutinogeni  A1 dan
farq qilib, agglyutinin   bo’lgan sust faol zardoblar bilan agglyutinasiyalanmaydi.
Shuning uchun bunday kishilarni qoni I guruhga yanglish kiritilishi, natijasida qon
qo’yish og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Rh-omilning   uch   varianti   bor:   Rh0,   Rh1,   RhII,   Rh-omil   bo’lmagan
eritrositlarda   HCh   (rezus-omilga   teskari)   omillar   topilgan,   ularning   ham   uch
varianti bor; HCh0, HChI, HChII. Bundan tashqari, M, N, S, P, D, C, K, Ln, Le,
Fy, Yk va boshqa agglyutinogenlar topilgan. Bu omillarning kombinasiyalari ko’p
birikmalar beradi va shunday qilib, hozir bir necha yuz ming qon guruhi ajratiladi. Biroq qon quyish uchun qonning faqat asosiy to’rt guruhini, Rh va HCh omillarni
aniqlash kattaroq ahamiyatga ega. 
14. Terida yallig‘lanish jarayonining paydo bo‘lishi va leykotsitlarning
himoyalanuvchi ahamiyati
Qon   hujayralarining   yetuk   shakllari   hosil   bo’lish   jarayoni   gemopoez   deb
ataladi. Qon hujayralari qaysi a’zolarda hosil bo’lsa va parchalansa, o’sha a’zolar
va   qon   G.F.Lang   taklifiga   ko’ra   yagona   qon   tizimiga   kiritiladi.   Bu   tizimga:
ko’mik,   jigar,   taloq   va   limfa   tugunlari   kiradi.   Katta   yoshli   organizmda   ko’mik,
embrionda   esa,   bundan   tashqari,   jigar   ham     yaratuvchi   a’zo   hisoblanadi.     Katta
yoshli organizmda jigar qon yaratish (qon ishlash) funksiyasidan mahrum bo’ladi.
14.1-rasm. Terida yallig’lanish jarayonining paydo bo’lishi va leykositlarning himoyalanuvchi
ahamiyati. 1-bakteriyalar, 2-tikon, 3-teri, 4-leykosit, 5-qon tomirlari, 6-asab
 
Bir   kecha-kunduzda   taxminan   200-250   mlrd.   eritrosit   hosil   bo’ladi.   Ko’mik
(qizil   ilik)ning   yadroli   eritroblastlaridan   yadrosiz   eritrositlar   vujudga   keladi.
Ularning   sitoplazmasida   ribosomalardan   iborat   bo’lgan   donalarda   gemoglobin
sintezlanadi.   Gem   sintezida   ikkita   oqsil   –   ferritin   va   siderofilin   tarkibidagi
temirdan   foydalaniladi.   Ko’mikdan   qonga   o’tuvchi   eritrositlarda   bazofil   modda bor,   ular   retikulositlar   deb   ataladi   va   yetuk   eritrositlardan   kattaroq   bo’ladi.
Sog’lom   odam   qonida   retikulositlar   1%   dan   oshmaydi.   Retikulositlar   bir   necha
soatda   yetiladi,   ya’ni   yetuk   eritrositlarga   aylanadi;   ayni   vatda   bazofil   moddasi
yo’qoladi. 
Eritrositlar   yuqorida   qayd   qilib   o’tganimizdek   o’rta   hisobga   120   kun
yashaydi.   Umri   bitgan   eritrositlar   jigar   va   taloqda   gemolizlanish   yo’li   bilan
parchalanib   turadi.   Shuning   uchun   ham   bu   a’zolarni   «eritrositlar   mazori»   deb
atashadi.
Eritrositlar   hosil   bo’lishi-eritropoez   jarayonida   vitamin   B12   va   foliy
kislotaning   ahamiyati   juda   katta.   Bu   moddalarning   birinchisi   ikkinchisidan
taxminan   1000   baravar   faolroq.   Vitamin   B12-siankobalarnin   tashqi   muhitdan
organizmga ovqat bilan kiradi va qon ishlanishining tashqi omili deb ataladi.
Eritropoezning tezligi qon yo’qotish gipoksiya va turli potologik jarayonlarda
bir   necha   marta   oshadi.   Bunday   sharoitda   qon   zardobida   eritropoez   jarayonini
faollashtiradigan   moddalar   -   eritropoetinlar   sintezi   kuchayadi.   Ular   glikoprotein
tabiatli   gormonlar   bo’lib,   buyrak,   jigar   va   jag’   osti   bezlarida   hosil   bo’ladi.
Eritropoetinlar   gemoglobin   paydo   bo’lish   jarayonini   ham   tezlashtiradi.
Eritropoetinlardan tashqari, qon ishlanishida androgenlar va mediatorlar  ham  faol
ishtirok   etadi.   Bu   moddalar   qon   ishlashining   ichki   omillari   deb   ataladi.
Leykositopoez   va   tromositopoez   eritropoezga   qaraganda   kamroq   o’rganilgan.
Leykositopoez   va   eritropoez   to’g’ridan-to’g’ri   leykositlarning   parchalanishiga
bog’liq: parchalanish qancha ko’proq bo’lsa, leykositlarning yangilanishi shuncha
tezroq   amalga   oshiriladi.   Leykopoezning   faolligi   nuklein   kislotalar   va   gipofiz
gormonlari ta’sirida o’tadi.
Hozirgacha   qon   ishlab   chiqarishda   qaysi   ixtisoslashgan   tizim   ishtirok   etadi
degan savolga javob yo’q. Biroq, qon ishlab chiqaradigan to’qimalarning turli asab
tolalariga   boyligi   ularda   interoreseptorlarning   ko’pligi   bu   jarayonning   reflektor
xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Ilk bor qon ishlab chiqarishda va uning
shaklli   hujayralarining   taksimlanishi,   ya’ni   asab   boshqarilishi   haqidagi   fikrni   rus olimi   S.P.Botkin   aytib   o’tgan   edi.   Keyinchalik   bu   fikr   V.N   Chernigovskiy   va
A.Ya.Yaroshevskiy tomonidan tasdiqlangan. 
Shunday   qilib,   qon   tizimi   a’zolari   (ko’mik,   taloq,   jigar,   limfa   tugunlari)
reseptorlarga boy, bu reseptorlarga ta’sir etilganda turli fiziologik reaksiyalar ro’y
beradi. Bu a’zolar asab tizimi  bilan ikki  yoqlama bog’langan: ular markaziy asab
tizimidan  axborotlar  (signallar)  oladi  (bu  axborotlar  ularning  xolatini   boshqaradi)
va o’z navbatida qon tizimi holatini o’zgartiruvchi reflekslar manbai hisoblanadi
15. Limfa
Limfa   qonning   maxsuloti   hisoblanadi.   Qon,   to’qimalararo   suyuqlik   va   limfa
organizmning ichki muhitini   tashkil etadilar. Limfa va to’qimalararo suyuqlikning
hosil bo’lish mexanizmlarini ilk bor K.Lyudvig o’rganib chiqqan. Uning filtirasion
nazariyasiga ko’ra limfa qon bosimining o’zgarib turishi natijasida paydo bo’ladi.
Keyinchalik bu nazariyani E.Starling qo’llab quvvatladi. Uning fikricha limfaning
hosil   bo’lishida   gidrostatik   bosimdan   tashqari   onkotik   bosimning   ham   ahamiyati
juda   katta.   Qon   kapillyarlarida   gidrostatik   bosimning   oshishi   limfa   paydo
bo’lishida   asosiy   omil   hisoblanadi   va   aksincha,   onkotik   bosimning   oshib   ketishi
limfa   hosil   bo’lish   jarayonida   salbiy   ta’sir     etadi,   ya’ni   tormozlovchi   omil
hisoblanadi. 
Limfa   qon   singari   gomeostazning,   ya’ni   organizm   ichki   muhitning
doimiyligida ishtirok etadi. Limfa  orqali ko’pgina oqsillar to’qimalar bo’shligidan
qonga   qaytariladi   va   organizmda   suvning   qayta   taqsimlanishida,   moddalar
almashinuvida,   suv   hosil   bo’lishida,   ovqat   hazm   qilish   va   so’rilish   jarayonlarida
ishtirok etadi. Yog’lar  va yog’da erituvchi  moddalarning so’rilishi  va tashilishida
ham ishtirok etib organizmning immunitet reaksiyalarida muhim rol o’ynaydi. 
Limfa   ishqoriy   muhitga   ega   bo’lgan   suyuqlik.   Uning   pH   reaksiyasi   7.35-9.0
atrofida. Turli a’zolarda limfa hosil bo’lishida sezilarli farq bor. Limfa hammadan
ko’p jigarda hosil  bo’ladi. A’zolarning 1 kg massasi  ga hisoblanganda bir kecha- kunduzda jigarda 21-36 ml, yurakda 5-18 ml, taloqda 3-12 ml, skelet mushaklarida
2-3 ml limfa hosil bo’ladi. 
Katta odam organizmida bir kunda limfa tomirlari orqali qonga 1000-3000 ml
limfa oqib tushadi. 
16. Immunitet
Immunitet   deb,   organizmning   atrofini   o’rab   turgan   muhit   turlarining   zararli
ta’sirotlariga qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga aytiladi. Odam organizmiga kasallik
qo’zg’atuvchi   turli   (patogen)   viruslar,   bakteriyalar,   zamburug’lar   va   boshqalar
kirishi   (yuqishi)   natijasida   yuzaga   keladigan   xastaliklar   yuqumli   kasalliklar
deyiladi. Yuqumli kasalliklarni mikroblar qo’zg’atishi Farangiston olimi Lui Paster
(1822-1895)   tomonidan  aniqlangan.   Hozirgi  kunda   mikroblarning  1500  ga  yaqin,
viruslarning   100   dan   ortiq   turlari   ma’lum.   Ular   tuproqda,   suvda,   xavoda   keng
tarqalgan   bo’lib,   ko’p   turlari   ma’lum   sharoitda   odamda   har   xil   yuqumli
kasalliklarni qo’zg’atadi. 
Mikroblar va viruslar odam organizmiga turli yo’l bilan: xavo-nafas a’zolari
orqali,   oziq-ovqat,   suv,   meva,   sabzavotlar,   yuvilmagan   idish-tovoq,   qo’lni
yuvmasdan   ovqatlanganda   xazm   tizimiga   kiradi;   teri   orqali,   ya’ni   teri   qirilganda,
kesilganda,kuyganda   jarohatlangan  joyga  mikroblar  tushib,qon  orqali  organizmga
tarqaladi. Bundan tashqari  mikrob va viruslar  jinsiy aloqa orqali, kasal  odamning
qoni   yoki   qon   plazmasi   bemorga   quyilganda,   yaxshilab   sterillanmagan   nina-
shprislar  bilan  ukol  qilganda,  kasal  hayvon  va  parrandalar  mahsuloti  (go’sht,  sut,
tuxum)   yaxshi   pishirmasdan   istyemol   qilganda,   quturgan   it,   mushuk   sichqon,
qoramollarning  tishlashi,   so’lagi   orqali,  kasallangan   hashoratlar   (burga,  bit,   kana,
chivin kabilar) chaqqanda kirishi mumkin. 
Odam   organizmi   mikroblar,   viruslar   va   kasallik   qo’zg’atuvchi   boshqa
parazitlardan   o’zini  himoya  qilish  xususiyatiga  ega.   O’zini  ximoya  qilish   usullari
bir necha xil bo’lib, ular quyidagilardan iborat.  Organizm   o’zini   himoya   qilishining   birinchi   bosqichi   teri,   burun,   nafas
yo’llari,   ovqat   hazm   qilish   a’zolarining   ichki   shilliq   pardasi   hisoblanadi.   Teri
tashqi   muhitning   noqulay   ta’sirlaridan,   mikroblar,   viruslar   va   parazitlarni
organizmga   kirishdan   saqlaydi.   Ammo,   teri   qirilsa,   uning   himoya   funksiyasi
buziladi.   Bundan   tashqari,   shilinishi,   timdalanishi,   kesilishi   kabi   shikastlanishlar
ham terining himoya funksiyasiga zarar yetkazadi. Shikastlangan joyda mikroblar
yashashi va ko’payishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Shuning uchun bu joy
qizaradi, shishadi va yiringlaydi. Ba’zida esa jarohatda ko’paygan mikroblar qonga
o’tib,   butun   tanaga   tarqaladi   va   sepsis   kasalligi   yuzaga   keladi.   Bunda   kasal   kishi
tanasining   harorati   ko’tariladi,  boshi   og’riydi,   jigari,   buyraklari,   yuragi   va  miyasi
mikroblar   ta’sirida   yallig’lanishi   tufayli   uning   umumiy   ahvoli   og’irlashadi.
Shuning uchun teri doim toza bo’lishi, shikastlansa, darhol unga yod yoki birilliant
yashili surtish hamda shifokorga murojaat qilish kerak.
Nafas tizimining   (burun, hiqildoq, traxeya, bronxlar) ichini  qoplagan shilliq
parda   mikroblar   va   viruslarni   ichki   to’qimalarga,   qonga   o’tkazmay,   ximoya
vazifasini   bajaradi.   Bu   shilliq   pardalardagi   mayda   tukchalar   havo   bilan   kirgan
mikroblarni tutib qoladi. 
Hazm tizimidagi  so’lak, oshqozon va ichak shirasi mikroblarni 
kuchsizlantirish, eritib yuborish xususiyatiga ega bo’lib, ular ham organizmni 
ximoya qilish vazifasini bajaradi. 
Organizm himoyalanishining   ikkinchi bosqichida  qonning leykositlari xizmat
qiladi. Yuqorida aytilganidek, leykositlar odam badaniga kirgan mikroblarni yutib,
eritib yuboradi. Bu hodisa  fagositoz  deyiladi va 1893 yilda rus olimi I.I.Mechnikov
kashf   etgan.   Leykositlarning   organizmni   yuqumli   kasalliklarni   qo’zg’atuvchi
mikroblardan   himoya   qilish   xususiyati   ana   shundan   ham   ko’rinib   turibdiki,
yuqumli   kasalliklar   bilan   xastalangan   bemorlar   qonida   leykositlarning   soni
ko’payadi,   ya’ni   me’yorda   6-8   ming   bo’lsa,   kasallikda   10-12   mingga   yetadi   va
undan ham oshishi mumkin. Bu hodisa organizm mikroblarga qarshi kurashish va
kasalliklardan   qutulish   uchun   o’zini   himoya   qilish   imkoniyatlarini   safarbar
qilganligini ko’rsatadi. Organizmlarning yuqumli kasalliklardan himoyalanishning   uchinchi bosqichi
antitelalar   va   antitoksinlar   ishlab   chiqarishi   hisoblanadi.   Bular   organizmning
maxsus hujayralarida ishlab chiqariladi. Antitelalar organizmga kirgan mikroblarni
bir-biriga   yopishtirib   eritib   yuboradi.   Antitoksinlar   esa   mikroblar   ajratadigan
zaharli moddalarni parchalab zararsizlantiradi.
Odam   organizmining   antitela   va   antitoksinlar   ishlab   chiqarish   va   ular   orqali
yuqumli   kasalliklarni   qo’zg’atuvchi   mikroblarga   qarshi   kurashish,   o’zini   himoya
qilish xususiyati immunitet deyiladi.
Immunitet   tabiiy   va   orttirilgan   bo’ladi.   Organizmning   tug’ma   xususiyatiga
xos   bo’lgan   immunitetni   tabiiy   yoki   tug’ma   immunitet   deyiladi.   Orttirilgan
immunitet deb, hayot davomida rivojlanib kelib chiqadigan immunitetga aytiladi. 
Orttirilgan immunitet tabiiy va sun’iy, shu bilan birga har biri faol va passiv
bo’lishi   mumkin.  Tabiiy  faol   immunitet   yuqumli   kasallik   (skarlatina,  qizamiq)   ni
boshidan kechirish natijasida odamda ishlanib chiqqan immunitet turiga aytiladi. 
Tabiiy passiv immunitet yangi tug’ilgan bolalarda bo’ladi. Masalan, bola ona
qornida rivojlanayotgan vaqtda tayyor immun moddalarini onasining qonidan yoki
ko’krak  bilan  boqilayotgan  vaqtida  onasining   sutidan  olishi   mumkin.  Bunda   bola
organizmi immunitet ishlab chiqarishida faol qatnashmaydi. 
Sun’iy   faol   immunitet   deb,   organizmga   vaksinalar   (patogen   xususiyatlari
nihoyatda   kuchsizlantirilgan   bakteriya   yoki   toksinlar)   ni   yuborish   orqali   hosil
qilingan immunitetga aytiladi. Shuning uchun yuqumli kasalliklar (ichak, qoqshol,
quturish va hakazolar) ning oldini olish maqsadida tibbiyotda vaksinalardan keng
foydalanilmoqda. 
Sun’iy   passiv   immunitet   yuqumli   kasallikdan   tuzalgan   odamning   qon
zardobida   bo’lgan   immun   moddalar   kishi   oranizmiga   sun’iy   ravishda   yuborish
yo’li   bilan   hosil   qilinadi.   Odatda   passiv   immunitet   faol   immunitetga   qaraganda
chidamsizroq bo’ladi va uzoq vaqt saqlanmaydi.
Immunitet   ishlab   chiqish   mexanizmlari   har   xil     bo’lishi   mumkin.   Fagositoz,
gumoral va to’siq funksiyalar deb ataluvchi omillar ana shu mexanizmlarning eng
muhim turlaridir. Fagositoz   (grekcha   «fageo»-yemoq   demakdir)   organizm   uchun   yot   bo’lgan
zarrachalarning   turli   hujayralar   tomonidan   yutilishiga   aytiladi.   Hujayralarning
yo’lida   uchraydigan   yot   zarrachalar,   shu   jumladan   bakteriyalar   ham   hujayraning
sitoplazmasiga o’raladi va natijada uning ichiga qamaladi, keyinchalik u bakteriya
hujayralarining ichida hazm bo’lib yo’qoladi. 
Immunitetning   gumoral   omillari.   Bakteriyalar   shu   bakteriyalarga   sezgir
bo’lmagan organizmga kirsa, tezda nobud bo’ladi. Bular faqatgina fagositoz yo’li
bilan   emas,   balki   organizm   suyuqligida   bo’lgan   moddalarning   parchalash   ta’siri
tufayli  ham  nobud bo’ladi. Bu moddalar  (yoki omillar) gumoral  (grekcha gumor-
suyuqlik   demakdir)   moddalar   deb   ataladi.   Bular   qon   bilan   uzviy   bog’langandir.
Yuqumli   kasallikni   boshdan   kechirilgandan   so’ng   yoki   organizmga   biror   mikrob
yoki organizm uchun yot bo’lgan oqsil moddalarini sun’iy ravishda yuborish yo’li
bilan   qonda   tegishli   mikroblar     va   oqsil   tanachalarini   zararsizlantirish   va
parchalash qobiliyatiga ega bo’lgan modda paydo bo’ladi. Bu moddalar antitelalar
deb ataladi. Antitelalarni paydo qiladigan mikrob yoki oqsil tanachalari antigenlar
deb ataladi. 
Antilelalar asosan limfa tugunlarida va tomoqda hosil bo’lib, shu joydan qon
va   limfaga   o’tadi.   Infeksiyadan   tuzalgan   organizm   qonining   zardobida   antitelalar
paydo   bo’lishi   tufayli   bu   kasallikni   qo’zg’atuvchisiga   nisbatan   yangi   xususiyat
paydo   bo’ladi.   U   immunli   zardobga   aylanadi.   Antigen   organizmga   takror
tushganda u immunli zardobning antitelasi bilan bog’lanadi va zararsizlantiriladi. 
Immunitet ishlab chiqarish mexanizmlari orasida to’sqinlik  qilish mexanizmi
ma’lum   ahamiyat   kasb   etadi.   Organizmning   tashqi   muhit   orqali   tushadigan   turli
kasalliklarni   keltirib   chiqaradigan   agentlarda   saqlaydigan   ana   shunday   to’siq
apparati   teri   va   shilliq   qavati   hisoblanadi.   Bularni   tashqi   to’siqlar   deb   atash
mumkin. 
Terining   shikastlanmagan   epidermisi   bakteriya   va   ko’pgina   zaharli
moddalarni   o’tkazmaydi,   shu   sababli   teri   bakteriyalar   uchun   mustahkam   to’siq
hisoblanadi.  Organizmda ayrim a’zo va to’qimalarni kasallik paydo qiluvchi   agentlarning
ta’siridan   saqlaydigan   ichki   to’siqlarning   murakkab   tizimlari   ham   bor.   Jigar   ana
shunday   kuchli   ichki   to’siqlaridan   biridir.   Ichak   va   qorin   bo’shlig’idagi   boshqa
a’zolardan   kelgan   qon   jigar   orqali   o’tadi.   Bu   qonda   bo’lgan   hamma   zaharli
moddalar   jigarda   ushlanib   qoladi   va   zararsizlantiriladi.   Jigarda   sodir   bo’ladigan
ko’pgina   jarayonlarning   orasida   uning   to’siqlik,   himoya   qilish   funksiyasi   eng
muhim funksiyalardan biridir. 
Markaziy   asab   tizimining   ichki   to’siqlari   muayyan   ahamiyat   va   alohida
xususiyatga   ega   bo’lib,   gematoensefalik   to’siq   (ya’ni   qon-miya   to’sig’i)   deb
ataladi.   Eng   muhim   hayotiy   markazlar   joylashgan   markaziy   asab   tizimi   uchun
miyaning   hujayralarini   o’rab   turgan   suyuq   ichki   muhitning   tarkibi   ayniqsa   katta
ahamiyatga   ega.   Markaziy   asab   tizimida   turli   xil   kasallik   jarayonlarining   kelib
chiqishida gemato-ensefalik to’siq funksiyasining buzilishi  katta rol o’ynaydi. Bu
ayniqsa markaziy asab tizimining infeksion va virusli kasalliklariga taalluqlidir.
Xulosa   qilib   aytganda   immunitet   ikki   xil   -   tug’ma   va   orttirilgan   bo’ladi.
Tug’ma   immunitet   onadan   bolaga   o’tadi,   lekin   u   doimiy   bo’lmaydi   va   bolaning
birinchi yoshidayoq o’z kuchini yo’qotadi. Odamning hayoti davomida orttirilgan,
ya’ni   uning   o’z   organizmida   ishlab   chiqarilgan   immunitet   (antitela   va
antitoksinlar)   o’z   navbatida   ikki   xil   bo’ladi:   tabiiy   va   sun’iy.   Tabiiy   immunitet
odam   biror   yuqumli   kasallik   bilan   kasallanib   tuzalishi   natijasida   hosil   bo’ladi.
Shuning   uchun   ba’zi   yuqumli   kasalliklar   bilan   odam   umr   davomida   bir   marta
kasallanadi,   ya’ni   birinchi   marta   kasallanish   davrida   uning   organizmida   bu
kasallikni qo’zg’atuvchi mikrob yoki virusga qarshi immunitet hosil bo’ladi va bu
immunitet   uning   butun   umri   davomida   saqlanadi.   Masalan,   qizamiq,   tepki,
chechak,  bug’ma,  ko’kyo’tal  kabi  yuqumli  kasalliklar  bilan  odam  faqat  bir   marta
kasallanadi.
Organizmni   himoyalanuvchi   vositalarga   immun   tizimining   oqsillari
immunoglobulinlar, interleykinlar va interferonlar kiradi. 
Odamning   immun   tizimi   yuqori   darajada   tashkil   topgan   murakkab   tizim
hisoblanadi   va   o’z   ahamiyati   bo’yicha   asab   tizimiga   tengdir.   Odam   immun tizimining asosiy a’zolariga ilik, limfositlar, taloq va timus (ayrisimon bez) kiradi
(2.17.1-rasm).
2.17.1-rasm. Immunitet tizimining asosiy a’zolari. 1 timus (ayrisimon bez), 2-taloq, 3-limfatik
tugunlar, 4-ilik.
Shunday qilib, immunitet – bu tug’ma, nasldan naslga beruvchi organizmning
qobiliyati   hisoblanib,   tashqaridan   organizmga   kiruvchi   yoki   patologik   jarayonlari
natijasida   paydo   bo’ladigan   organizm   uchun   begona   zarrachalarni zaharsizlantiradi.   Sun’iy   immunitet   odamni   emlash   natijasida   uning   organizmida
hosil qilinadi. Adabiyot
1. Anoxin P.K. Ocherki po fiziologii funksionaln ы x sistem. M ., 1975.
2. Dubrovskiy V.I. Sportivnaya meditsina. M., « Vlados », 2005, 528  s ..
3. Ermolaev YU.A. Vozrastnaya fiziologiya. M ., 1995.
4. Ingrem   K.,   Teylor   Dj.   Eksperimentalnaya   fiziologiya   (per.s   angl.)   M.,
1974.
5. Korobkov   A.V.,   CHesnokova   S.A.   Atlas   po   normalnoy   fiziologii.   M.,
1986.
6. Nuritdinov E.N., Nurmetova G.N. Odam fiziologiyasi (muammo leksiyalar
kursi). – Samarqand, SamDU, ch.1, 2003, 118 b.
7. Nuritdinov E.N. Odam fiziologiyasi. – Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
8. Nuritdinov   E.N.,   Kamolova   D.O.Odam   fiziologiyasi.   –   Samarqand,
SamDU (uslubiy qo‘llanma), 2014.
9. Nuritdinov E.N., Xaydarov B.T. Jismoniy madaniyat va sport fiziologiyasi
(uslubiy qo‘llanma), Samarqand, SamDU, 2015, 160 b.
10. Solodkov   A.S.,   Sologub   E.B.   Fiziologiya   cheloveka.-   Moskva,   «Sport»,
2015, 609  s .
11. Txorevskiy   V.I.   Fiziologiya   cheloveka.   M.:   Fizkultura,   obrazovanie   i
nauka. 2001 , 490 b. .
12. Uest Dj. Fiziologiya d ы xaniya, osnov ы . M., 1988.
13. Shmidt R., Tevs M. Fiziologiya cheloveka (per s angl v 3 x tomax), 1996,
843 b.
14. Xedman R. Sportivnaya fiziologiya, M., 1980.
15. Astrand P.O., Rodahe K. Textbook of work physiolodi. N-Y. 1990, 348  b .
16. Raff G. Sekret ы  fiziologii. Spb, «Binom», 2001, 448 s.
17. Dill D.B., Live, heat. Altitude. Cambridge UA. Harward University peess,
1938, 210 p.
18. La Yrande F. Physiologi of bodile exercise. London. 1889, 330 b.

QON FIZIOLOGIYASI . Reja: 1. Qon tizimi haqida tushuncha; 2. Odamda qon miqdori va tarkibi; 3. Qonning hosil bo‘lishi; 4. Qonnin g funksiyalari; 5. Qonning shaklli elementlari va ularning tuzilishi, soni va funksiyasi; 6. Qonning fizik kimyoviy xossalari; 7. Qon guruhlari; 8. Qonning ivishi; 9. Mushak faoliyatida qondagi o‘zgarishlar: miogen leykotsitoz, eritrotsitoz, trombotsitoz.

1. Qon tizimi haqida tushuncha Qon, limfa va to’qima suyuqligi tanani barcha hujayra va to’qimalarni yuvib turuvchi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqlik kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o’z navbatida hujayralararo va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklarga bo’linadi. Odam tanasi massasining o’rtacha 60% ni suv tashkil qiladi. Shundan 35% hujayra ichidagi va 25 % hujayra tashqarisidagi suyuqlikdir. Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo’lib, uning miqdori tana massasining o’rtacha 6,5-7% ni tashkil qiladi. Shundan qon zardobi tana massasining 4,5-5% ni tashkil etadi. Odam organizmi qancha yosh bo’lsa, tana massasining ko’proq qismini - 65-70 % ni suyuqlik tashkil qiladi. Bu yosh organizmda moddalar almashinuvi jarayoni keksalardagiga nisbatan ancha faol o’tishini ta’minlaydi. Organizmning ichki muhiti, ya’ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimimylik xususiyati gomeostaz deyilib, u hujayralar va to’qimalarning mu’tadil ish faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ichki muhitning nisbiy doimiyligi organizmning ko’pchilik a’zolari tizimi (asab-endokrin, ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayirish kabilar) ning birgalikdagi faoliyati orqali ta’minlanadi. Shuning uchun ham organizmning barcha hujayralari, to’qimalari, a’zolari va tizilmalari yaxlit bir butun bo’lib, ular ish faoliyatida bir-biri bilan mustahkam bog’langan. 2. Odamda qon miqdori va tarkibi Qon – qizil rangli yopishqoq, ta’mi tursh tabiiy bo‘lib, ikki qismdan tashkil topgan: qon zardabi (plazmasi) va shaklli elementlar : eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar (2.2.1 – 2.2.2 - rasmlar).

2.1.- rasm . Odam qonining tarkibi . Odamda qonning miqdori tana og’irligining o’rtacha 7% ni (5-9% gacha o’zgarib turadi) tashkil qiladi. Qonning miqdori va uning tarkibi to’xtovsiz doimiy o’zgaradi, lekin nisbiy doimiyligi bilan ajralib turadi. Mu’tadil sharoitda, odam tinch turganda hamma qon ikki qismga ajraladi. Bir qismi tana bo’ylab aylanib turadigan qon bo’lib, umumiy hajmining 40-45% ni tashkil etadi. Uni aylanib turuvchi qon deb ataladi. Qolgan qismi a’zolarda (depoda) saqlanadi, uni zaxiraviy qon deb ataladi. Zaxiraviy qon taloq kapilyarlarida, jigarda va teri osti kletchatkalarida zaxira bo’lib deyarli aylanishdagi qonga qo’shilmaydi. Tana haroratining ko’tarilishi, mushak ishi, bug’ilish, zaharli gaz bilan nafas olganda kuchli hayajonlanganda (emosiyada), buyrak usti bezining po’stloq qavati gormoni –adrenalin yuborilganda, zaxiraviy qon hisobidan aylanishdagi qon miqdori oshadi. Organizmga suyuqlikning kirishi bilan qisqa muddat ichida umumiy qon miqdori oshadi, chunki ichak yo’llaridan so’rilgan suv qonga o’tadi. Organizmda

suv yuqotilishi yoki qon yuqotish natijasida qonning miqdori vaqtincha kamayadi. Aylanishdagi qonning tez suratda yuqotilishi shaklli elementlarning yuqotilishiga nisbatan xavfli hisoblanadi, chunki bunday tezlik bilan yuqotilgan qon umumiy qon bosimiga ham ta’sir etkazadi. 2.2.-rasm. Qonning shaklli elementlari. 1-eritrositlar; 2-8 leykositlarning har xil turlari Sekin hatto ko’p yo’qotilgan qon tez va kam yuqotilgan qonga nisbatan unchalik xavfli emas. Sekin yuqotilgan hamma eritrositlar 3/4 nisbati yo’qotilganda ham o’lim xavfi tug’ilmaydi. Arteriya qon tomirlaridan tez yuqotilgan umumiy qonning 1/3 – 1/2 nisbati o’limga olib keladi. Qon quyidagi muhim funlcsiyalarni bajaradi: 1. Qonning tashuvchilik funksiyasi Me’da-ichaklarda hazm bo’lgan oziq moddalar (oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar, mineral tuzlar, vitaminlar, suv) qon va limfa tomirlariga so’rilib, qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Shuningdek, qon o’pkadan kislorod qabul qilib, hujayralarga olib boradi. U yerda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq moddalar va karbonat kislota qonga o’tadi. Ular qon orqali ayiruv va nafas olish a’zolariga yetkazilib tashqariga chiqarib yuboriladi.

2. Qon to’qimalar va a’zolar funksiyasini gumoral yo‘l qon orqali bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Ichki sekretsiya (endokrin) bezlarida sintez qilingan gormonlar- biologik faol moddalar qonga o’tib, u orqali to’qima va a’zolarga yetkaziladi va ular asab tizimi bilan birga asab- gumoral boshqarilishni ta’minlaydi. 3. Qon organizmni himoya qilish immunitet funksiyasini bajaradi. Qon tarkibidagi leykositlari (oq qon tanachalari) organizmga kirgan mikroblarni yutish, parchalash va eritib yuborish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, qon zardobida maxsus oqsil zarrachalari (antitelalar) bo’lib, ular mikroblarni bir-biriga yopishtiradi va eritib uuboradi. Shunday qilib, qonning immunitetik funksiyasi organizmning har xil yuqumli kasalliklardan saqlanishiga yordam beradi. 4. Qon tana haroratining nisbiy doimimyligini saqlashda ishtirok etadi. Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiyasi tananing barcha qismlariga tarqalib, ulardagi harorat doimiyligini ta’minlaydi. .3. Qonning fizik – kimyoviy xossalari Qonning solishtirma og’irligi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq-1,050-1,060 ga teng. Qon zardobining solishtirma og’irligi 1,025-1,034, shaklli elementlarining solishtirma og’irligi 1,090 ga, ayollarda-1,053 ga teng. Qonning solishtirma og’irligi asosan eritrositlarga yoki gemoglobinga va qisman qon tarkibidagi suyuqlikka bog’liq. Masalan, organizm suv yuqotganda, ter ajralganda qonning solishtirma og’irligi oshadi, qon yo’qotganda esa solishtirma og’irligi tushadi. Suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan, qonning yopishqoqligi esa 5.0 ga teng. Qonning yopishqoqligi suvnikiga nisbatan yuqori bo’lishi tarkibidagi oqsil moddalar va shaklli elementlar, ayniqsa, eritrositlar miqdoriga bog’liq. Terlash, qusish va ich ketish natijasida odam organizmi ko’p suv yo’qotsa, qon