AYIRUV FIZIOLOGIYASI
AYIRUV FIZIOLOGIYASI Reja: 1. Ayiruv organlarining morfo-funksional tuzilishi; 2. Buyraklar funksiyasi; 3. Nefronning tuzilishi va funksiyasi; 4. Siydikning hosil bo‘lish va ajratilish mexanizmi; 5. Ter bezlarining ajratish funksiyasi; 6. Muskul ishining ajratish organlari funksiyasiga ta’siri.
1. Ayiruv organlarining morfo-funksional tuzilishi Ayiruv a’zolariga: bir juft buyrak, siydik yo’li, siydik pufagi va siydik chiqarish kanali kiradi. Bu a’zolar embrionning rivojlanishida uch marta almashinadi. Embrionning 2-2,5 haftalarida bosh buyrak yoki oldingi buyrak rivojlanadi. Birinchisi juda oddiy tuzilgan bo’lib, embrionda hyech qanday funksiya bajarmaydi, bir necha kun davomida u yo’qolib ketadi. Keyin oldingi buyrak o’rniga birlamchi buyrak hosil bo’ladi. Birlamchi buyrak embrionning to’rtinchi haftaligidan rivojlana boshlaydi. U ancha murakkab bo’lib, unda aylanma kanallar, Shumlyanskiy-Bouman kapsulasi, Malpigi tugunchalari bo’ladi. Birlamchi buyrak embrion rivojlanishining birinchi yarim davridan ishlay boshlaydi. Birlamchi buyrak rivojlanishining 4-oyidan boshlab jinsiy a’zolarning rivojlanishida ishtirok etadi. Doimiy (so’nggi) buyraklar embrionning 2 oyligidan boshlab birlamchi buyrakdan pastroqda rivojlana boshlaydi. U murakkablashib, haqiqiy buyrakka aylanadi. Haqiqiy buyrak embrion rivojlanishining ikkinchi yarmidan ishlay boshlaydi, butun umr ishlashda davom etadi. 2. Buyraklar funksiyasi Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi (metabolizmi) natijasida hosil bo’ladigan turli moddalarni, tashqi muhitdan kirgan yot va zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuboradi, shu bilan bir qatorda yana quyidagi funksiyalarni bajarishda ishtirok etadi: 1. qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm barqarorligini saqlashda; 2. bu suyuqliklarning osmotik bosimi barqarorligini saqlashda (izoosmiya). 3. bu suyuqliklarning ionlar barqarorligini ta’minlashda (izoioniya). 4. kislota – asos muvozantini saqlashda;
5. qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda; 6. oqsil, yog’ va karbonsular almashinuvida; 7. qon bosimi, eritrositlarning hosil bo’lishi, qonning ivishini boshqarishda; 8. fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalarni sintezlab, qonga ajralishida. Bu funksiyalar buyraklar tomonidan filtrlanish, reabsorbsiya (qayta so’rilish), sekresiya moddalarni sintezlash jarayonlari asosida amalga oshadi. 3. Nefronning tuzilishi va funksiyasi Buyrakning asosiy tuzilma birligi nefron deyiladi. U po‘stloq qavatda joylashgan va har bir nefron qo‘sh devorli tovoqcha shaklidagi kichik kapsula (SHumlyanskiy – Boumen kapsulasi)dan boshlanadi. (7.3.1. va 7.3.2. - rasmlar). Bu kapsula ichida kapillyarlar kalavasi (Malpish koptokchasi) bor (7.3.3 - rasm). Malpigiy koptokchasi kapillyarlarining endotliy hujayralirida diametri 0.1 mk keladigan teshiklar mavjud. Shumlyanskiy kapsulasi bo’shlig’idan avvalgi buralgan siydik kanalchasi- birinchi tartibdagi burma kanalcha boshlanadi. Bu qanalcha po’stloq va mag’iz qavatlari orasidagi chegaraga yetgach torayadi va to’g’rilanadi. Kanalcha buyrakning mag’iz qavatida Genle qovuzlog’ini hg’osil qiladi va buyrakning po’stloq qavatiga qaytadi. Shunday qilib Genle qovuzlog’i tushuvchi, yoki proksimal qism bilan ko’tariluvchi, yoki distal qismdan iborat. Buyraklar bur juft bo’lib, bel sohasida qorin bo’shlig’i pardasidan tashqarida bel umurtqalarining ikki yonida 12-qovurg’alar oldida joylashgan. O’ng buyrak chap buyrakka nisbatan 1-1,5 sm pastda joylashgan bo’lib, uning ustida jigar bor. Buyraklar loviya shaklda bo’lib, sirti pishiq biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Ular atrofida yog’ bo’lib, buyrakni silkinishdan, turtkilardan saqlaydi. Har bir buyrakning vazni o’rta hisobda 150 g, bo’yi 12 sm, eni 6 sm, qalinligi - 3-4 sm
keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan biroz qovariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq bo’lib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyraklarga buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi chiqadi (7.3.1-rasm). 7.3.1-rasm. Ajratuv tizimining umumiy ko’rinishi (I) buyrakning ichki ko’rinishi (II). 1-buyrak; 2-siydik yo’li; 3-qovuq (siydik pufagi); 4-buyrak arteriyasi; 5-buyrak venasi; 6-buyrakning po’stloq qismi; 7-buyrakning mag’iz qismi; 8-buyrak jomi; 9-kichik; kosachalar; 10-katta kosachalar; 11-piramidalar. Buyraklarning frontal kesishda u 2 qavatdan: po’stloq va mag’iz qavatdan tuzilgan. Po’stloq qavati qizil-qo’ng’ir rangda, 5-7 mm qalinlikda bo’lib, ichki oqish qismi mag’iz moddasidan tuzilgan. Po’stloq qavat ustunchalar shaklida mag’iz qavatdagi 15-20 ta piramidachalar orasida joylashgan. 7.3.2- rasm . Nefronning tuzilish sxemasi .
1- koptokcha ; 2- birinchi tartibdagi burama kanalcha ; 3- Genle qovuzlog ’ ining tushuvchi ( proksimal ) bo ’ limi ; 4- Genle qovuzlog ’ ining ko ’ tariluvchi ( distal ) bo ’ limi ; 5- ikkinchi tartibdagi burma kanalcha ; 6- yig ’ uvchi naychalar ; Nefronning turli qismlaridagi epiteliyning tuzilishi tugaraklar ichida ko ’ rsatilgan . 4. Siydikning hosil bo‘lish va ajratilish mexanizmi 1844 yildayoq K.Lyudvig o’z tadqiqotlariga asoslanib, siydik hosil bo’lish jarayoni koptokchalarning kapillyarlari devori orqali ro’y beradigan filtrasiyadan va kanalchalarda ro’y beradigan reabsorbsiya (ya’ni qayta so’rilish)dan iborat deb faraz qilgan. Keyinchalik A.Keshich bu taxminni rivojlantirib, siydik hosil bo’lishining filtrasiya-reabsorbsiya nazariyasini ta’riflab bergan. Bu nazariya hozirgi tasavvurlarga asos bo’ldi va ko’p eksperimentlarda tasdiqlandi. Hozirgi nazariyalarga ko’ra, odam buyraklari qon tomirlari orqali bir daqiqada 1200 ml qon, ya’ni yurakning aortaga tashlaydigan qonning 20-25% i o’tadi. Odam buyraklarining umumiy massasi 0·43% ni tashkil etib, buyraklar po’stlog’i qavati orqali 91-93% qon o’tib, qolgan qismi esa uning mag’iz qavatidan o’tadi. Qon plazmasidan Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha moddalar (yuqori molekulali birikmalardan tashqari) filtrlanib o’tadi. Koptokchalardagi filtrasiya endoteliydagi teshiklar, membrana va kapsulaning ichki devoridagi epiteliy hujayralar orasidagi yoriqlar orqali ruyobga chiqadi. Bu filtr diametri taxminan 100 A0 (angstrema) gacha bo’lgan molekulalarni o’tkazadi. Molekulyar og’irligi 70 000 dan ortiq bo’lgan kattagina molekulalar bu filtrdan o’tmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekulyar og’irligi 160 000 dan ortiq) kabi oqsillar filtrdan o’tmaydi. Molekulyar og’irligi uncha kata bo’lmagan ba’zi yot oqsillar (tuxum oqsili, jelatina va boshqalar) buyrak filtridan o’tib, siydik bilan chiqib ketadi. Qon plazmasining albuminlari (molekulyar og’irligi 70 000) filtratga juda oz o’tadi. Tomirlari ichida gemoliz bo’lgan eritrositlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda uning 5% li filtratga o’tadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik