logo

OTLARNING YURAK – QON TOMIR VA ASAB TIZIMI PATOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.7666015625 KB
OTLARNING YURAK – QON TOMIR     VA ASAB   TIZIMI
PATOLOGIYASI
 
Reja: 1.  Arterial    qon tomirlarning o’tkir tiqilishi
2. A rteriit, flebit va tromboflebitlarni davolash va
oldini olish
3.  Miokardit
4.   Miokardoz
5.   Perikardit
6.  Bosh miya chayqalishi
7.  Orqa miya shikastlanishlari
8.   Parez   va   falajlarga   olib   keladigan   umurtqa
pog‘onasi   kasalliklari
9.  Nervlarning travmatik kasalliklari
10.  Oyoq nervlarining parez i   va falajlari
  1.   Arterial    qon tomirlarning o’tkir tiqilishi
Kasallikni   q orin   aortasi   va   tarmoqlarining   trombozi   (Trombosis
aortae) misolida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.
Uy   hayvonlarida   orqa   oyoq   arterial   tomirlarining   trombozi   nisbatan   kam
uchraydi.   Asosan   u   ot,   qoramol   va   itlarda   kuzatiladi.   Bunda   tromb   aortaning
stvolida   yoki   uning   arterial   tarmoqlari   –   aa.   iliaca   interna,   s.hypogastrica,   iliaca
externa, femoralis   da hosil bo‘lishi mumkin. Nisbatan ko‘p ichki yonbosh yoki tos
arteriyasi   –   a.   iliaca   interna   s.hypogastrica ,   yonboshning   tashqi   –   a.   iliaca
externa   va son arteriyalari –   a. femoralis   trombozga uchraydi.
Etiologiya.   Aorta   va   tarmoqlarining   tromboziga   tomir   devorlarining
eroziyali   ya’ni   yarachali     zararlanishlari,   o‘smalar,   atrof   to‘qimalardan
yallig‘lanish jarayonini o‘tishi  sabab bo‘lishi mumkin. Ammo tromboz ko‘pincha
parazitar  –  gijjali  invaziyadan   kelib  chiqadi.  Trombozga  ko‘pincha  ichak  tutqichi
oldingi   arteriyasining   gijjali   anevrizmasi   –   strongylus   armatus   sabab   bo‘ladi.   U
yerdan embolalar uzilib, tos va son arteriyalariga boradi.
Undan tashqari, tromboz sigirlarning endemik osteodistrofiyasida ham hosil
bo‘ladi.
Klinik belgilar . Tromb hosil bo‘lish jarayoni avval sekin rivojlanadi. Odatda
birlamchi   belgilar   namoyon   bo‘lishi   uchun   bir   nechta   haftalar   o‘tishi   lozim.
Hayvon   tinch   holatda   bo‘lganda   qandaydir   o‘zgarishlar   kuzatilmaydi.   Ammo
harakat   paytida,   oyoq   muskullarining   anemiyasi   natijasida,   keskin   ifodalangan
oqsoqlik   namoyon   bo‘ladi.   Bunda   hayvon   ishlashni   boshlagandan   3–5   daqiqa
o‘tgandan   so‘ng   oqsay   boshlaydi,   chunki   oyoq   qoniqarli   bukilmasligi   sababli   u
tuyoqning   old   qismi   bilan   yerning   notekisliklariga   ilashadi,   qoqiladi,   oyoqni
oldinga   sudrab   chiqaradi;   hayvonni   harakatlanishga   majburlaganda   u   uch   oyoqda
sakrab   yuradi,   ko‘p   vaqt   o‘tmasdan   to‘xtaydi   va   yiqiladi.   Kasal   hayvonning
organizmida   keskin   reflektor   reaksiya   hosil   bo‘ladi:   umumiy   bezovtalanish,
qo‘rqish,   nafas   olish   va   yurak   urushining   tezlashishi,   muskullarning   tartibsiz
qisqarishi,   kuchli   terlash   (falajlangan   oyoqdan   tashqari).   Kasallangan   oyoq   tezda
soviydi. Qisqa   vaqt   dam   olingandan   so‘ng   (20–40   daqiqa)   kasal   hayvon   kuchlarini
to‘liq   tiklaydi   va   xech   qanday   chetlanishlarsiz   harakatlana   oladi.   Faqat   juda   kam
holatlarda hayvon o‘lishi  mumkin.
Son   arteriyasi   trombozida   chap   orqa   oyoqning   oldinga   va   yonga
chiqarilishi
  Qisman   trombozda   yoki   alohida   arteriyalarning   trombozida   yuqorida   qayd
etilgan belgilar tezda namoyon bo‘lmaydi, ammo kuzatilgani ham kuchsiz bo‘ladi.
Masalan,   keng   fassiyani   taranglashtiruvchi   muskulni   (m/tensor     fasciae
latae)   oziqlantiradigan   yonboshning   tashqi   arteriyasi   (a.   iliaca
externa)   trombozida   otda   “osilgan   oyoq”   oqsoqligi   rivojlanadi;   sag‘ri   (m.gluteus)
va   to‘rt   boshli   (m.   quadripces)   muskullarni   oziqlantiradigan   tos   arteriyasi   (a.
hypogastrica)   trombozida   “tayanch”   oqsoqlik   rivojlanadi,   bunda   tayanish   paytida
barcha bo‘g‘imlar keskin bukiladi.
Tos va son arteriyalarining ikki tomonlama trombozida sag‘ri sohasi va orqa
oyoqlarning   diskoordinatsiyasi   kuzatiladi   (gemoglobinuriyadagidek).   Bunday
tromboz   turida,   ayrim   paytlarda   qovuq,   to‘g‘ri   ichak   va   dumning   falajlari   ham
sodir bo‘ladi. Aorta trombozida orqa oyoqlar falajlanadi.  
Oyoq   arteriyalarining   trombozida   klinik   belgilar   tromb   o‘rnashgan   joyga
bog‘liq   bo‘ladi.   Son   arteriyasining   trombozida   oyoq   muskullari   bo‘shashadi   va
periferik   puls   yo‘qoladi.   Kasal   hayvon   zararlangan   oyoqqa   tayanmaydi   va
“o‘tirgan   it”   holatini   egallaydi.   Barmoq   tomirlarining   trombozida   to‘qimalar
nekrozga   uchraydi.   Hayvon   klinik   tekshirilganda   travmatik   perikarditga   xos
belgilar topiladi.
Tashhis.   Kasallikning   boshlang‘ich   bosqichini   klinik   belgilar   bo‘yicha
aniqlab bo‘lmaydi. Yuqorida keltirilgan belgilar mavjudligida esa tashhisni qo‘yish
qiyin kechmaydi. Rektal tekshirishda aorta bo‘lingan joylarda yo‘g‘onlashishlar va
pulsasiya   yo‘qligi   aniqlanadi.   Zararlangan   oyoqda   periferik   pulc   juda   kuchsiz
bo‘ladi   yoki   umuman   sezilmaydi.   Kasallangan   oyoqning   harorati   me’yordan   past
bo‘ladi. Oqibati.   Aortaning   bironta   tarmog‘i   trombozga   uchraganda   kasallik   oqibati
gumon,   ammo   ko‘pincha   yomon.     Yirik   tomirlarning   trombozida   kollateral   qon
aylanishi   juda   sekin   tiklanadi;   hayvon   oqsaydi.   Kasallangan   hayvon   ishda
qo‘llanilmaydi.
Davolash.   Trombozlarda   terapiya   ishlab   chiqilmagan.   Og‘iz   orqali   kaliy
yoditi va boshqa preparatlarni qo‘llash samara bermaydi. Ayrim mualliflar qisman
trombozda  hayvonni   qadamlatib yurgizish  va  yaylovda saqlashni   tavsiya  etadilar.
Aortaning   nevrogen   stenozida   bel   va   dumg‘aza   sohalariga   diatermiya,   balchiq
applikatsiyasi   va   quruq   issiq   usullari   qo‘llanadi.   Endemik   trombozlarda   kasallik
sababi yo‘qotiladi.
2. A rteriit, flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish
Arteriit   – arteriyalarning yallig’lanishi bo’lib, hayvonlarda mustaqil kasallik
sifatida   kam   uchraydi.   Arteriitlar   flegmona   sohasida,   osteomiyelitlar,   yarali
jarayon, uzoq vaqt kechadigan yiringli – rezorbtiv isitma, sepsis hamda gematogen
yo’l bilan tarqaladigan umumiy infeksiyalarda rivojlanishi mumkin.
Kechishi   bo’yicha   o’tkir,   yarim   o’tkir   va   surunkali   arteriitlar   bo’ladi.
Jarayon yiringli, nekrotik va maxsuldor yallig’lanish shakllarda kechishi mumkin.
Ammo   ko’pincha   ular   aralash   tabiatga   ega.   Qon   tomir   devoridagi   lokalizasiyasi
bo’yicha   endo–,   mezo–,   periarteriitlar;   devor   butun   qalinligi   bo’yicha
zararlanganda esa – panarteriitlar tafovut qilinadi. Arteriya devorining ichki qavati
zararlanganda tromblar paydo bo’ladi (trombangit).
Klinik   belgilar.   Yiringli   arteriitlarda   tomir   bo’shlig’i   tromb   bilan   yopiladi,
qaysikim   keyinchalik   erib,   yiringli   embolalar   massasiga   aylanadi,   infeksiya
metastazlashadi   va   sepsis   rivojlanashiga   olib   keladi.   Yarim   o’tkir   yoki   surunkali
kechadigan   arteriitlarda   tomir   devorida   maxsuldor   yallig’lanish   ustunlik   qiladi.
Bunda   arteriya   devorining   ichki   qavati   yo’g’onlashadi,   tomir   bo’shlig’i   asta   –
sekin   torayadi,   buning   natijasida   periferiyaning   qon   bilan   ta’minlanishi
yomonlashadi, to’liq yopilganda esa qon bormay qolgan to’qimalarda nekroz yoki
gangrena   rivojlanadi.   Arteriitning   har   turida   ham   tomir   devorining   sklerozi
rivojlanadi, u me’yoriy elastikligini yo’qotadi va mo’rt bo’lib qoladi. Davolash.   Mahalliy yallig’lanish natijasida hosil bo’lgan arteriitlarda asosiy
kasallikni   (flegmona,   osteomiyelit   va   boshq.)   bartaraf   etishga   yo’naltirilgan
davolash  muolajalari  qo’llanadi. Infeksiyalashgan  endoarteriitlarda arteriya ichiga
novokain–antibiotikli eritmalar inyeksiyalari tavsiya etiladi.
Tomir   bo’shlig’i   trayganda   arteriya   yoki   uni   ta’minlovchi   nerv   stvoli  
alkogolizasiya qilinadi.
Flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish   mavzusini b o‘yinturuq
venaning yallig‘lanishi   (Phlebitis venae jugularis)   misolida o’rganamiz.
Etiologiya.   Ko‘pincha   katta   hayvonlarning   venasiga   ayrim   dori   vositalarini
(xloralgidrat,   kalsiy   xloridi,   novarsenol,   flavakardin   gidroxloridi   va   boshq.)
noto‘g‘ri yuborilganda hosil bo‘ladi.
Bo‘yinturuq   venaning   yallig‘lanishi   (flebit)   asosan   ahvoli   og‘ir,   septik
holatdagi   hayvonlarda   rivojlanadi.   Flebitlar   etiologiyasida   organizmning
sensibilizatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Bunday hayvonlarda vena tomiri devorining
shikastlanishi   tromboflebit   shaklida   kechadi.   Flebitlar   patologik   jarayon   atrof
to‘qimalaran o‘tganda ham rivojlanish mumkin.
Sog‘ lom   hayvonlarda qon tomirni punksiya qilish muolajasi odatda asoratsiz
kechadi.
Klinik belgilar.   Aseptik flebitda bo‘yinturuq vena sohasida shish katta bo‘lib
rivojlanmaydi. Venani palpatsiya qilganda hayvon og‘riq sezadi. Jarayon surunkali
kechganda venaning devori va atrof to‘qimalar zichlashadi. Aseptik tromboflebitda
bo‘yinturuq   vena   sohasida   zich,   uzunchoq   hosila   aniqlanadi,   og‘riq   va   mahalliy
haroratning   ko‘tarilishi   kuzatiladi.   Kasallikning   surunkali   shaklida   og‘riq
sezilmaydi.   Tromb   bilan   to‘liq   yopilmagan   vena   barmoq   bilan   qisilganda   uning
periferik qismi kengayadi.
Yiringli   tromboflebitda   hayvonning   umumiy   ahvoli   yomon,   tana   harorati
ko‘tarilgan, ishtahasi yo‘qolganligi aniqlanadi. Bo‘yin va boshning harakatchanligi
chegaralanadi.   Zararlangan   venani   palpatsiya   qilib   bo‘lmaydi.   Bo‘yinning
bo‘yinturuq   vena   sohasi   issiq,   og‘riqli,   shishgan   bo‘ladi.   Venani   barmoq   bilan
qisib   ko‘rganda   uning   periferik   qismi   kengaymaydi.   Kasallik   og‘irlashganda zararlangan   joyda   abssesslar   rivojlanadi.   Tromb   parchalanganda   esa   o‘pkada
yiringli metastazlar rivojlanishi mumkin.
Tashhis.   Klinik   belgilar   va     anamnestik   ma’lumotlar   asosida   qo‘yiladi.
Kasallikni teri osti flegmonasi va yalliglanish shishidan farqlash lozim.
Kasallik   oqibati .   Aseptik   flebit,   p a raflebit   va
tromboflebitlarda   –   yaxshi.   Ven aning yiringli yallig‘lanishlarida – ehtiyotkor.
Davolash.   Aseptik flebit va tromboflebitlarda davolash ishlari infeksiyaning
oldini   olish ga   va   tromb   tezroq   s o‘ rilib   ketishiga   yo‘naltiriladi.   Buyinturuk   vena
sohasida gi   teriga   5%   li   yod   eritmasi   bilan   ishlov   beriladi.   Birinchi   kunda   sovuq,
keyinchalik   esa   isituvchi   m u olajalar   qo‘l l a nadi,   parenteral   plazmin
yuboriladi,   mahalliy   qisqa novokain qamali bajariladi.
Tromb   hosil   bo‘lishining   oldini   olish   va     mavjudini ng   tezroq   s o‘ rilishini
ta’minlash   maqsadida   vena ga ,   teri   osti   yoki   muskul   orasiga   gep a rin
yuboriladi   –   b ir   kunga   katta   hayvonlar g a   150   000   T.B.   (150   mg),   kichik
hayvonlarga 5000–10000 T.B. (15 mg). Geparin 4–6 soat ta’sir qiladi.
Og‘iz   orqali   kukun   yoki     pilyula   shaqlida     dikumarin   kuniga   2 – 3   marotaba
beriladi :   otlarga   0,5 – 2,0,   qoramollarga   0,8 – 2,5,   itlarga,   0,02 – 0,1   dan.   Preparat
kumulyativ   xususiyatlarga   ega   bo‘lgani   sababli   u   2 – 4   kun   ta’sir   qiladi.
Flegmonozli   tromboflebitlarda     (t o‘ qima   t a r anglashi shini   kamaytirish,   qon
aylanishini   yaxshilash,   toksinlar   chiqib   ketishi ni   ta’minlash   maqsadida )   vena
usti da g i     teri   bir   necha   joy i da n   uzunasiga   kesiladi.   Abseslar   ochiladi.   Yiringli   –
nekrotik   tromboflebitda   venaning   zararlangan   qismi   kesib   olib   tashlanadi.
Venaning   zararlangan   qismi   olib   tashlangandan   so‘ng   jarohat   bo‘shlig‘iga   4–6
kunga antiseptiklar bilan drenaj qo‘yiladi. Kasal hayvonlarga 3–4 kun faqat suyuq
ozuqa beriladi. Teri ostiga qo‘zg‘atuvchi    eritma tushganda tromboflebitning oldini
olish   maqsadida   bu   yerga   natriy   xloridning   izotonik   yoki   novokainning   0,5%   li
eritmalari yuboriladi.
3.   Miokardit Miokardit   –   yurak   muskulining   yalli g’ lanish   natijasida   zararlanishi   bo’lib,
asosan   infeksiya larda   ( kuydirgi ,   soqov ),   gemosporidoz   kasalliklar   (piroplazmoz),
sepsis  asorati  ( umumiy yuqturilish ),  o’tkir  intoksikasi yada hosil bo’ladi .
Kasallangan   hayvon   jabrlanadi,   hansirash   va   tana   haroratining   ko’tarilishi
kuzatiladi .   Kasallik avvalida   puls   tezlashadi, yurak turtkilari va   ton lari kuchayadi ,
yurak muskuli holsizlangandan so’ng puls kuchsiz bo’lib qoladi .  Tez – tez shishlar
hosil bo’ladi, shilimshiq pardalar sianozga uchraydi, falajdan yurak to’xtab hayvon
o’lishi mumkin.
Laborator   tekshirishlarda   qonda   neytrofil   leykositoz   (bazofil,   eozinofil,
neytrofillar ko’payishi) va yadroning chapga siljishi kuzatiladi.
Hayvonlarga tinch sharoit ta’minlanib, yuklanishlar chegaralanadi. Rasionga
yengil hazm bo’ladigan, vitaminlar va uglevodlarga boy ozuqalar kiritiladi. Yurak
sohasiga   yurak   muskuli   qo’zg’alishini   kamaytirish   maqsadida   sovuq   usul
qo’llanadi,   og’ir   holatlarda   kislorod   bilan   ingalyasiya   qilinadi.   Simptomatik
davolash   belgilanadi:   antibiotiklar,   desensibilizasiyalovchi   vositalar,
kortikosteroidli   gormonlar,   yurak   glikozidlari,   masalan,   og’iz   orqali   1,0–1,5   g
kortizon asetati, 0,2–0,4 g prednizolon.
Yurak faoliyati kuchsizlanganda har 4–6 soat  teri ostiga 20–30 ml kamfora
moyi yuboriladi, arterial bosim pasayganda har 2–4 soat 3–5 g kofein, 15–30   % li
glyukoza eritmasida va B1 i B6 vitaminlarini qo’shib 2–3 g natriy salisilati venaga
yuboriladi. Digitalis preparatlarini qo’llash taqiqlanadi.
4. Miokardoz
Miokardoz   –   yallig’lanishsiz   kechadigan   miokard   kasalligi   bo’lib,
miokardning   qisqarish   funksiyalar   pasayishiga   olib   keladigan   distrofik   jarayonlar
kechishi bilan xarakterlanadi. Bu kasallikka ko’pincha ishchi otlar chalinadi.
Uzoq   vaqt   davom   etadigan   zo’riqish,   anemik   holat,   oqsil,   uglevod,   yog’,
noto’g’ri oziqlantirish natijasida mineral va vitaminlar almashinishining buzilishi,
surunkali kechadigan infeksion, invazion, ginekologik, jarrohlik va ichki yuqumsiz
kasalliklar miokardozga olib kelishi mumkin. Bu kasallikka chalingan otda ish sifatlari pasayadi, u holsizlanadi, ishtaxasi
yo’qoladi,   muskulli   tonus   pasayadi,   periferik   qon   aylanish   buziladi   (arterial   qon
bosimi   pasayadi   va   vena   qon   bosimi   ko’tariladi),   teri   elastikligi   kamayadi,
hansirash,   teri   va   shilimshiq   pardalar   sianozi   rivojlanadi,   har   joylarnda   shishlar
paydo bo’ladi va boshq..
Hayvonlar   tinch   sharoit   bilan   ta’minlanadi .   Rasion   asosiy   ozu q a   moddalar ,
vitaminlar   va   mikroelementlar   b o’ yicha   balanslashtiriladi.   Venaga   5–7   kun
mobaynida kofein va glyukoza aralashmasi V guruhi vitaminlari, S vitamini, 30%
glyukoza   eritmasida   tayyorlangan   0,5–1,5   g   strofant   nastoykasi   bilan   yuboriladi;
teri ostiga – 10–15   ml dan kordiamin,    og’iz orqali –   digitalis ( naperstyanka ; rus.) ,
gulizardak   ( gorisvet ;   rus.) ,   marvaridgul   ( landыsh ;   rus.)   o’simliklari   preparatlari
kiritiladi. Shishlarda siydik haydovchi vositalar qo’llanadi.
5. Perikardit
Perikardit   –   travmatik   va   notravmatik   tabiatli   yurak   tashqi   pardasining
yallig’lanishi.
Notravmatik   perikardit   flegmona   va   sepsisda   hosil   bo’ladigan   infeksion
kasalliklar   shaklidagi   asoratlarda,   yallig’lanish   miokard,   o’pka,   plevra   va   boshq.
o’tganda rivojlanadi.
Quruq   (fibrinoz)   va   terlama   (ekssudativ)   perikarditlar   tafovut   qilinadi.  
Quruq   shaklida   tana   harorati   ko’tariladi,   puls   tezlashadi,   ishtaxa   yomonlashadi,
yurak turtkisi kuchayadi, yurak sohasi palpasiyasida og’riq seziladi.
Ekssudativ   kechishda   puls   kuchsiz   va   kam   to’lganligi,   yurak   turtkisi
kuchsizligi,   bo’yinturuq   venalari   to’lib   taranglashganligi,   shishlar   hosil   bo’lishi
kuzatiladi.
Tashhis   elektrokardiagramma   va   qonni   (neytrofillar   ko’payishi)     hamda
siydikni (oqsil mavjudligi) laborator tekshirish natijalari asosida qo’yiladi.
Qasal   hayvonlarga   yengil   hazm   qilinadigan   ozuqa   beriladi,   ichkiziladigan
suv   miqdori   kamaytiriladi,   yurak   sohasiga   sovuq   kompress   qo’yiladi.   Qasal
hayvonga   holatiga   qarab   sulfanilamidlar,   antibiotiklar,   yod   preparatlari,   kofein, glyukoza,   siydik   haydovchi   vositalar   belgilanadi.   Qon   bosimi   pasayganda   vena
orqali   adrenalin, glyukoz a bilan kofein , kordiamin   belgilanadi .
1. Bosh miya chayqalishi
Bosh   miya   chayqalishi   (commotion   cerebri)   otlarda   bosh   suyagi   –   miya
shikastlarining eng ko’p uchraydigan yopiq patologiyasi. Uncha kuchli bo’lmagan
shikastlovchi   kuch   ta’sirida   hosil   bo’ladi   va   qaytariladigan   funksional
o’zgarishlarga   olib   keladi   ya’ni   u   bosh   miya   diffuzli   zararlanishining   eng   yengil
shakli   bo’lib,   strukturaviy   o’zgarishlar   kechmaydi.     Bosh   miya   chayqalishi
ko’pincha boshga biror narsa bilan urilganda, bosh uzra yiqilganda paydo bo’ladi.
Miyasi   chayqalgan   hayvon   xushidan   ketadi   (odatda   tez   o’tib   ketadi)   va   yiqiladi.
Ko’z   soqqasi   harakatsiz   bo’lib,   qorachig’i   kengayadi   va   yorug’likka   deyarli
reaksiya   qilmaydi,   nafas   olinishi   sust   va   yuzaki,   puls   sekin   uradi   va   kam   to’lgan
bo’ladi. Pay reflekslari chaqirilmaydi. Ko’p hollarda qusish va tomirlar tortishishi
kuzatiladi.   Avval   hayvon   gangigan   holatda   bo’lib,   hyech   narsaga   reaksiya
qilmaydi. Asta – sekin bu holat o’tib ketadi va ko’pincha kuchsiz qo’zg’alish bilan
almashiniladi.   Birinchi   kunlarda   kuchli   holsizlanish   (adinamiyagacha)   kuzatiladi.
Bir qator belgilar simpatik tizimi tonusining pasayishi sababli hosil bo’ladi. Ularga
adinamiyadan   tashqari   pulsning   bradikardiya   fonida   o’ynashi,   qon   bosimi
pasayishi,   qondagi   qand   miqdorining   kamayishi   kiradi.   Ayrim   hollarda   qisqa
vaqtga tana harorati ko’tarilib leykositozga o’tadi.
O’choqli nevrologik simptomatika kuzatilmaydi, ammo ayrim hollarda o’tib
ketadigan   nistagm   (ko’z soqqasi qaltirashi) qayd etiladi.
Bosh   miya   chayqalgandan   so’ng   yurak   faoliyatining   barqarorsizligi,   tezda
toltqish,   kuchli   qo’zg’alish   kabi   belgilar   uzoq   vaqtga   qoladi.   O’rtacha   og’irlikda
bosh   miya   chayqalishida   zararlanish   belgilari     6–12   oylardan   so’ng   yo’qoladi,
ammo jismoniy yuklanishlarda ular qayta paydo bo’lishi mumkin.
Bu   patologiyaning   posttravmatik   davrida   otning   hatti   –   harakatlarida
o’zgarishlar   (past   ishchanlik,   tezda   toliqish,   bezovtalanish,   umumiy   qo’zg’alish,
qo’rquv, agressivlik, sababsiz tez – tez kishnash, apatiya, reaksiyalar susayishi  va
tormozlanish);   vegetativ   reaksiyalar   (terlash,   taxikardiya,   taxipnoe);   tomirlar tortishishi   kuzatiladi.   Bunday   hatti   –  harakatli   reaksiyalar   ot   bilan   ishlashda   ko’p
muammolarni   tug’diradi.   Ayg’irlar   treningda   va   ot   sporti   mashqlarini   bajarishda
kuchsiz bo’lib qoladi. Tez – tez xavfli holatlar paydo bo’ladi.
Bosh miya chayqalishida va umuman yopiq bosh suyagi – miya shikastlarida
hayvonlar iloji boricha tezroq ko’zdan kechirilishi lozim. Avval vital funksiyalari
holati,   tomirlar   tortishishlari   bor   –   yo’qligi   baholanadi.   Xushidan   ketgan   hayvon
yon   tomonlab   yotqiziladi,   chunki   so’lak   va   qusuqlar   nafas   yo’llariga   tushishi
mumkin.   Nafas   olish   buzilganda   og’iz,   halqum,   traxeya   shilliqdan   tozalanadi,   til
ushlagich   asbobi   qo’yiladi,     sulfokamfokain   yuboriladi.   Yurak   faoliyatini
yaxshilash uchun kordiamin qo’llanadi. Tomir  tortishishlar  xurujlari  bosh miyada
chuqur   zararlanishlarni   chaqiradi.   Bunda   relanium,   seduksen,   lyuminallarni
qo’llash   lozim.   Tomir   tortishishi   xuruji   bartaraf   etilganda   profilaktika   maqsadida
uzoq vaqt ta’sir etuvchi antikonvulsantlar (finlepsin) qabul qilinadi.
Yopiq   bosh   suyagi   –   miya   shikastlarini   davolash   ishlari   birinchi   navbatda
umumiy   tadbirlardan   boshlanadi.   Hayotiy   muhim   funksiyalariga   madad   berish
bilan   birgalikda   gomeostazning   asosiy   parametrlari   nazorat   qilinadi,   burun   va
og’izhalqum tozalanadi, qovuq va ichaklar holati qayd etiladi. Suyuqlik bir kunda
30–50   ml/1   kg   hisobidan   kiritiladi.   Izotonik   eritmalar   (Ringer,   natriy   xloridi
eritmalari) qo’llanishi maqsadga muvofiqdir.
Bosh   miya   shishishini   davolash   uchun   diuretiklar   qo’llanadi,   sernokisloy
magnezii   yuboriladi.   Neyroproteksiya   maqsadida   o’tkir   davrda     neyrotrofik
prepara tlar   (serebrolizin,   semaks,   glisin);   energetik   to’qimali   metabolizmni
yaxshilovchi (aktovegin, riboksin) preparatlar; vi taminlar tavsiya etiladi.
2.   Orqa miya shikastlanishlari
2.1.   Parez va falajlarga olib keladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari
T.K.Donskaya,  M.A.Narusbayeva  (2003) ta’qidlashicha,  periferik falajlarda
a’zoning atoniyasi, mushaklar distrofiyasi va atrofiyasi rivojlanadi, pay reflekslari
yo‘qoladi.   Uzoq   davom   etadigan   periferik   falajda   ikkilamchi   kontrakturalar
rivojlanishi mumkin. Periferik falajning tipik misoli – yelka chigalining mexanik shikastidan hosil
bo‘lgan   oldingi   oyoqda   bilak   nervi   falajidir.   Yelka   chigali   kurak   ostida,   yelka
bo‘g‘imi   sohasida   joylashgan,   undan   oldingi   oyoqni   innervatsiya   qiladigan   tirsak
va bilak nervlari chiqadi. Kuchli zarbada bu nervlar chigaldan uzilib,   o tda oldingi
oyoqning falaji paydo bo‘ladi.
Mualliflar oyoqlar parezi va falajlariga olib keladigan umurtqa kasalliklarini
keltiradi.
Umurtqa   pog‘onasi   shikastlanishlari   eng   ko‘p   holatlarda   avtohalokatlar,
balandlikdan   yiqilish   (it   bolasi   divandan   yiqilganda   ham   shikastlanish   mumkin).
Shikast umurtqa pog‘onasi, uning pay – paychalar apparati, umurtqalararo disklar
yoki   orqa   miya   zararlanishlarini   chaqirishi   mumkin.     Ta’qidlab   o‘tish   joiz   –
shikastlangandan   so‘ng   birinchi   soatlarda   og‘riq   past   bo‘lishi   mumkin,   shuning
uchun zararlanish og‘irligi darajasini aniqlashda rentgenologik tekshirishlar muhim
ahamiyat kasb yetadi.
Belgilar.   Umurtqa pog‘onasining shikastlanishlarida kasallik belgilari har xil
bo‘ladi – juda yengildan og‘irgacha. Ular 5 kategoriyaga bo‘linadi.
1.   Shikastlangan   joydagi   muskullar   og‘riqli   va   tarang   bo‘ladi,   harakat
buzilishlari kuzatilmaydi.
2.   Parezning   yengil   belgilari   va   yengil   ataksiya   namoyon   bo‘ladi,   ammo   it
chopib yurishi mumkin.
3.   Parez.   It   tik   turish   va   yurish   qobiliyatini   yo‘qotadi,   ammo   sezuvchanlik
to‘lig‘icha saqlanib qoladi.
4.   Oyoqlar   falaji.   Terining   sezuvchanligi   pasayishi   mumkin,   ammo
falajlangan oyoqlardagi chuqur og‘riqqa reaksiya saqlanadi.
5. Falaj. Terining sezuvchanligi va falajlangan oyoqlardagi chuqur og‘riqqa
reaksiya bo‘lmaydi.
Oqibati.   Yordam  ko‘rsatilgancha qanchalik ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa va orqa
miya   zararlanishi   qanchalik   kuchli   bo‘lsa   kasallik   oqibati   shunchalik   yomon
bo‘ladi. Diskopatiya   (umurtqalararo diskning o‘rnidan chiqishi).
Diskopatiya   –   umurtqalararo   disklarning   patologik   o‘zgarishlari   va
zararlanishlarining   yig‘ma   nomlanishi,   natijada   disk   orqa   miya   kanaliga   chiqib
qoladi (disk prolapsusi).  
Chiqib   qolgan   disk   orqa   miyani   siqib,   zararlanishning   barcha   belgilarini
(og‘riq, parez,  falaj, ataksiya  va sh.o‘.)  chaqiradi. Bu kasalikka  birinchi  navbatda
xondrodistrofoid  it   zotlari  (taksa,   pekines)   chalinadi.  Ulardagi  diskopatiya   odatda
4–6   yoshida   paydo   bo‘ladi.   Boshqa   zotlarga   mansub   itlar   (ovcharka,   doberman)
ham   bu   kasallikka   chalinishi   mumkin,   ammo   ularda   diskopatiya   9–10   yoshdan
so‘ng hosil bo‘ladi.
Belgilar.   Odatda   diskopatiya   it   avtomobil   ichiga   sakrab   kirishdan   yoki
boshqa   balandroq   joyga   chiqishdan   (zinaga)   bosh   tortadi.   Ayrim   hollarda,   uni
ko‘targanda   yoki   unga   teginganda   yuqori   sezuvchanlikni   bildiradi.   Kam   hollarda
kutilmagan falajlar rivojlanadi.
Diskopatiya   ko‘pincha   umurtqa   pog‘onasining   bo‘yin   va   ko‘krak
bo‘linmalarida uchraydi. Bo‘yin bo‘linmasidagi prolapsda kuchli og‘riq rivojlanib,
old oyoqlarga o‘tadi va oqsoqlikni chaqiradi. Ko‘krak – bel sohadagi disk o‘rnidan
qo‘zg‘alganda bel bukchayadi va orqa oyoqlar falaji rivojlanadi.
N.A.Sotnikov (2014) bo‘yicha, falaj va parezlar xondrodistrofoidli it zotlari
– taksa, pekines, fransuz buldogi; ayrim holatlarda spaniyel, pudellar va yana 84 ta
it   zotlarida   kuzatiladi.   Yashash   sharoitidan   qat’iy   nazar   (uy   va   ovchi,   semiz   va
oriq)    barcha yoshdagi, ammo ko‘pincha 2 yoshdan katta itlar kasallanadi.
Yuqorida   aytib   o‘tilgan   it   zotlari   boshqa   hayvon   turlari   va   odamlarga   xos
bo‘lmagan   antiqa   (unikal)   kasallikka   chalingan.   Oddiy   tilda   bu   kasallikni   “disk
churras i”   deb   ataydilar.     Bu   atamani   (yanada   noto‘g‘risi   –   diskopatiya)   hali   ham
veterinariya vrachlari ishlatib kelmoqda. Ammo hozirgi kunda tashhisni qo‘yishda
uni   Intervertebral   Disk   Disease   (IVDD)   Tip   1   Hansen   deb   atash   to‘g‘ri   bo‘ladi.
Aslida mazkur kasallik odam va yirik itlardagi o‘xshash patologiyaga xos emas va
uni   davolash   va   diagnostika   qilish   uchun   boshqacha   yondashish   lozim.   Bu
patologiya   “churra”   ning   bir   turi   bo‘lib,   fibroz   halqaning   chin   yorilishi   bilan xarakterlanadi.   O‘tkir   (1–5   kunlarda   yoki   bir   necha   daqiqa   mobaynida)   kechadi,
bunda   pulpoz   yadro   orqa   miya   kanaliga   siqib   chiqariladi,   orqa   miya   siqiladi   va
nerv ildizchasi qo‘zgaladi.
Bunday   churra   ko‘pincha   ko‘krak   bo‘limning   oxirida,   bel   bo‘limi
boshlanishida hosil bo‘ladi.
Spondilopatiya   (shakl   buzuvchi   spondilyoz)   –   umurtqa   pog‘onasining
surunkali   kasalligi   bo‘lib,   umurtqalarda   tikonsimon   yoki   biriqma   shaklda   suyak
o‘simtalari   paydo   bo‘lishi   bilan   xarakterlanadi.   Bir   vaqtda   umurtqa
bo‘g‘imlarining   paychalari   suyaklashadi   va   umurtqalararo   disklar   degenerasiyasi
rivojlanadi.   Spondilopatiya   barcha   zotlarga   mansub   itlarda   uchraydi   ammo   yirik
jussali itlarda ko‘proq kuzatiladi.
Belgilar.   Odatda   spondilopatiya   rentgenologik   tekshirishda   tasodifan
aniqlanadi   va   organizm   faoliyatiga   sezilarli   ta’sir   qilmaydi.   Ammo   ayrim
hayvonlarda   og‘riq,   qiynalib   yurish,   ayrimlarda   esa   orqa   oyoqlar   parezi   hosil
bo‘ladi.   Nerv   ildizchalaridagi   og‘riq   suyak   o‘simtasi   umurtqalararo   teshikdan
chiqayotgan   nervlarni   qisganda   yoki   bir   vaqtda   diskopatiya   ham   rivojlanganda
paydo   bo‘ladi.   Umurtqalar   orasida   rivojlangan   suyak   birikmalari   singanda   og‘riq
juda kuchli bo‘ladi.
Ataksiya.   Bu   termin   bilan   harakat   koordinatsiyasining   buzilishi   ataladi.
Ataksiyada muskul guruhlari bajaradigan ishining birdamligi buziladi. Hayvonning
qadam   bosishi   noaniq   va   nomustahkam   bo‘ladi.   Ko‘pincha   it   burilishlarda   va  
o‘rnidan turib harakatlanishni boshlaganda yiqilishi mumkin. Tananing ortki qismi
kuchsizlanganligi   va   yon   tomonlarga   og‘ishi   aniq   ko‘rinadi.   It   esa   o‘zini   yaxshi
sezadi.
Kelib chiqishi bo‘yicha ataksiya markaziy va periferik bo‘lishi mumkin.
Markaziy   ataksiya   bosh   miyaning   turli   kasalliklari   bilan   bog‘liq   (miyacha
gipoplaziyasi).
Periferik   ataksiya   orqa   miya   umurtqa   pog‘onasining   bo‘yin   qismida
qisilishida   hosil   bo‘ladi.   Yirik   jussali   it   zotlarida,   birinchi   navbatda   nemis doglarida,   umurtqa   pog‘onasining   bo‘yin   qismida   qisilishi   irsiy   kasallik   bo‘lib,
ataksiya uning yetakchi belgisidir.
Belgilar.   Klinik tekshirishda o‘rindan qiynalib turish va yehtiyokorlik bilan
yurish   kabilar   kuzatiladi.   Yosh   itlarda   bularni   o‘sish   bilan   bog‘laydilar.   Kasallik
asta   –   sekin,   bir   necha   oylar   mobaynida   rivojlanadi.   Kasallik   rivojlanish
cho‘qqisiga   yetganda   it   yurolmay   qoladi.   Moyillik   yaratuvchi   omilga   itni   kuchli
oziqlantirish natijasida u juda o‘sib ketishi kiradi.
Umurtqa   pog‘onasining   shikastlanishlarini   davolash .   Umurtqa
pog‘onasining   shikastlanishlarini   davolashda   birlamchi   yordam   sifatida
zararlangan   joyga   tinch   sharoit   ta’minlash   lozim.   Buning   uchun   hayvonning
harakatchanligi chegaralanadi (it qafasga joylashtiriladi). Falaj rivojlanganda it yon
tomoni bilan yog‘och shchitga qayishlar bilan fiksatsiya qilinadi.
Og‘riqni   pasaytiruvchi   va   yallig‘lanishga   qarshi   vositalar   qo‘llanadi.
Shikastlangan joyga muz bilan paketlarni qo‘yish mumkin.
Umurtqa   pog‘onasi   shikastlangan   itlarga   kortikosteroidlar   yuboriladi
(deksametazon, metilprednizolon va boshq.) va kerak bo‘lganda jarrohlik amaliyoti
bajariladi.   Uning   maqsadi   –   umurtqa   pog‘onasini   stabilizasiya   qilish   va   orqa
miyaga bosimni kamaytirish.
Sog‘ayish   davrida   massaj,   oyoqlarning   passiv   harakatlari,   fizioterapiya
ko‘rsatiladi.   Siydik   pufagi   va   ichaklar   faoliyati   nazorat   qilinadi,   kerak   bo‘lganda
siydik kateteri kiritiladi va klizma qo‘yiladi.
3.   Nervlarning travmatik kasalliklari
Otlarda ko’pincha oyoq nervlari shikastlanadi.
Nerv   tolalari   shikastlanganda   anatomik   butunligi   buzilmaganda   ham
odatda   funksiyasi   to’liq   buzilishining   manzarasi   namoyon   bo’ladi.   Buni
davolashda e’tiborga olish lozim.
Nerv   shikastlarining   darajasi   va   tabiati   bo’yicha   qisilish   (compressio);
tebranish   (commotio);   lat   yeyish   (contusio);     qisman   va   to’liq   uzilishlar   (ruptura)
tafovut qilinadi. Sabablari.   Gipsli  yoki  prafinli  bog’lamlarini  noto’g’ri qo’yish, to’qima ichi
gematoma,   suyak   qadoq,   ekzostozlar   rivojlanishi,   singan   suyak   bo’laklarining
siljishi.
Qisilgan nerv anatomik butunligini  saqlab qoladi. Kam  vaqt  ichida makro–
va   mikroskopi k   o’zgarishlar   bo’lmaydi,   keyinchalik     ishemiya   va       seroz
yallig’lanish va natijada degenera tiv buzilishlar rivojlanadi, miyelin parchalanadi,
o’q silindrlar o’zgaradi. Organik o’zgarishlar parezga olib kelishi mumkin.
Tebranish   nervni   o’rab   turgan   to’qimalarga   zarba   keltirilganda   paydo
bo’ladi.   Nerv   sezuvchanligi   buziladi,   butunligi   esa   saqlanib   qoladi.
Harakatlantiruvchi   va   sezgi   funksiyalarining   buzilishi   to’liq   bo’lishi   mumkin,
ammo tezda tiklanadi. Nerv funksiyalari birinchi kunlar va haftalarda tiklanmasligi
og’irroq shikast borligini bildiradi.
Lat   yeyishda   nervning   anatomik   butungligi   saqlanib   qoladi,   ammo
strukturasida   ezilish,   qisilish,   qon  quyilish   kabi   o’zgarishlar   topiladi.   Zararlangan
nerv   funksiyalarining   buzilishi   tebranishdagidan   kuchliroq   bo’ladi,   ammo   bunda
ham birinchi kunlar yoki haftalarda tiklanadi.
Nerv zararlanishlari turlari
a   –   nervning   to’liq   uzilishi   va   uchlarining   o’zaro   uzoqlashishi;   b   –   nerv
tolalarining   to’liq   uzilishi   bilan   nerv   uchlari   orasida   biriktiruvchi   to’qimaning
saqlanib   qolishi;   v   –   nervning   yon   tomonli   zararlanishi   bilan   strukturasining
saqlanib   qolishi;   g   –   nervning   periferik   zararlanishi   bilan   strukturasining   qisman  
saqlanib   qolishi;   d   –   nerv   o’rtasidagi   chandiqlanish   bilan   periferik   tolalarining
saqlanib qolishi (psevdonevroma).
  Nervning   uzilishi   qisman   va   to’liq   bo’lishi   mumkin;   oxirgisi   ko’proq
uchraydi.   To’liq   uzilishda   o’q   silindrlar   va   po’stloq   ham   uziladi;   qisman   uzilgan
nervning   yon   tomonida   chuqurcha   kuzatilishi   mumkin,   keyinchalik   u   travmatik
nevrinomaga aylanadi. To’liq uzilishga odatda kichik boldir, kata boldir, bilak va
tirsak   nervlari   chalinadi.   Og’ir   jarohatlarda   nervning   bir   qismi   uzib   olinishi
mumkin, bunda regenerasiya muammo tug’diradi va maxsus choralarni qo’llashga
majbur qiladi. To’liq   anatomik   uzilishda     funksiyalar   buzilishi   og’ir   bo’lib,   uzoq   vaqt
davom etadi. Tegishli muskullarning falaji lanj bo’ladi, pay va periostal reflekslar
yo’qoladi.   Muskullar   atrofiyasi   tezda   paydo   bo’lib,   asta   –   sekin   kuchayadi;
to’qimalar   shishadi.   Sezuvchanlik   buzilishining   sohasi     qo’shni   nervlar   hisobidan
kichikroq bo’ladi.
Trofik   buzilishlar   ko’proq   terida   kuzatiladi.   Uzoq   vaqt   davom   etadigan
falajlarda   chuqur   to’qimalarda   ham   o’zgarishlar   kechadi.   Trofik   yaralar   nerv
stvollarining   qisman   zararlanishlarida,   ayniqsa   arteriyalar   jarohatlarida   paydo
bo’ladi. To’liq va qisman uzilishlarda kontrakturalar rivojlanishi mumkin.
Klinik belgilar.
Nerv   bir   kecha   –   kunduzda   1   mm   ga   o’sadi.   Yirik   nerv   stvollarning
regenerasiyasi   juda   uzoq   vaqt   kechib,   funksiyalar   tiklanishi   1–2   yillarni   oladi.
Ayrim   nervlar   kerakli   o’sish   yo’nalishini   o’zgartirganda   sinkineziyalar   paydo
bo’ladi   (markazdan   kelgan   impulslarga   javoban   qo’shni   muskullarning   ham
qisqarishi).
O’sib   borayotgan   nerv   yo’lida   biron   to’siq   –   yot   jismlar,   suyak   bo’laklari,
qadoq va chandiqlar bo’lganda regenerasiya bo’lmaydi. Markaziy nervning uchida
to’siq   bo’lganda   nevroma   (yosh   aksonlar,   shvann   hujayralar   va   biriktiruvchi
to’qimali tolalardan hosil bo’lgan zich hosila) rivojlanadi.
Tashhis   va   davolash.   Hayvon   dastlabki   24   soatlar   ichida   davolanganda,
to’liq   uzilishda   jarohat   yaxshilab   ishlanadi   va   unga   choq   qo’yiladi   (birlamchi).
Markaziy   va   periferik   uchlarning   epinevriylariga   choklar   qo’yilib   nerv   uchlari
birlashtiriladi.   24   soatdan   ziyod   vaqt   o’tganda   nervda   jarrohlik   amaliyot
o’tkazilmaydi,   chunki   jarohatga   infeksiya   tushishga   ulguradi.   Infeksion   jarayon
so’ngandagina choklar (ikkilamchi) qo’yiladi.
Nerv   zararlanishining   birinchi   haftalarida   zararlanish   tabiatini   aniqlash
qiyin,   chunki   funksiyalarning   yo’qligi   uzilishdan   ishonchli   darak   bermaydi.
Shuning   uchun   birinchi   haftalar   kutish   va   faol   fizioterapiya   davri   bo’lib
hisoblanadi. To’liq anatomik bor – yo’qligi va regenerasiya boshlanganligiga to’liq
ishonch   hosil   qilish   kerak.   Ayrim   funksiyalar   kam   darajada   ham   tiklanayotgan bo’lsa, teri burmasi siqib ko’rilganda va zararlangan joydan pastroqda nervga bosib
ko’rilganda og’riq sezilsa – to’liq uzilish inkor etiladi.
6   haftalar   ichida   regenerasiya   qiladigan   nerv   3,5–4   sm   ga   o’sishi   lozim.
Regenerasiya   bo’lmasligi   esa   yo’lida   to’siq   borligidan   dalolat   beradi   va   uni
jarrohlik yo’l bilan olib tashlash kerak bo’ladi. Shuning uchun 1,5 oylik kutishdan
so’ng (jarohat bitib ketganda) regenerasiya bo’lmasa va nerv qo’zg’alishi natijasida
og’riqlar sezilsa to’liq uzilish bor deb faraz qilinadi va operasiyaga kirishiladi. Bir
necha   oylardan   keyin   ham   bajarilgan   operasiya   yaxshi   natijalarga   olib   kelishi
mumkin.
Periferik   nervlarda   o’tkaziladigan   jarrohlik   amaliyotlar   shakllari   har   xil
bo’ladi.   Nerv   butunligi   buzilmaganda   nevroliz   ya’ni   uni   chandiqlar   va
bitishmalardan   ajratish   ishlari   bajariladi.   Nevromalar   olib   tashlanadi.   Qisman
uzilishlarda qisman choqlar qo’yiladi, to’liq uzilishlarda esa to’liq ko’ndalang chok
qo’yiladi.   Nervning   kichik   nuqsonlarida   (2–7   sm   gacha)   nerv   stvoli   atrof
to’qimalardan   ajratiladi,   nervning   periferik   uchi   ehtiyotkorlik   bilan   tortib
chiqariladi   va   boshqa   uchiga   tikiladi.   Choklar   faqat   nervning   biriktiruvchi
to’qimali pardasiga – epinevriyga qo’yiladi.
Kontrakturalar   rivojlanish   mumkinligini   inobatga   olib,   oyoqni   fiksasiya
qilganda unga tegishli holatda joylashtirish lozim.
Nervlarning   barcha   travmatik   zararlanishlarida   fizioterapevtik   usullar
qo’llanadi. Ular shikast yoki operasiyadan so’ng birinchi kundan boshlanadi.
Zararlangan nerv ustidagi  teri ultrabinafshali  nurlantiriladi. Asab hujayralar
hayotiyligini  yaxshilash  maqsadida diatermiya qo’llanadi. Elektrodlar zararlangan
periferik nervga tegishli orqa miya segmentlari, umurtqalar aro tugunlar va chegara
simpatik stvol tugunlari sohasiga qo’yiladi.  
Har xil mahalliy isituvchi muolajalar bajariladi.
Analgetik,   an tibiotik,   V   guruhi   vitaminlari,   biostimulyatorlar   va
antixolinesteraz preparatlar inyeksiyalari tavsiya etiladi.
4.   Oyoq nervlarining parez i   va falajlari
Oyoqlar parezi va falajlarining umumiy tavsifi Oldingi   oyoqlar   periferik   nervlarining   kasalliklari   uy   hayvonlari   lokomotor
apparatining funksional buzilishlari orasida nisbatan ko‘p uchraydigan patologiya.
Bunda   oyoqlar   asab   tizimidagi   patologik   jarayonlarining   asl   mazmuni   periferik
nerv  stvollari   va   tarmoqlarining   parezi   va   falajlari   bilan  namoyon   bo‘ladi.   Klinik
tomondan ular “tayanch” oqsoqligi ko‘rinishida bo‘ladi.
Parez va falajlarning etiopatogenezi
Parez   va   falajlar   uy   va   qishloq   xo‘jalik   hayvonlar   orasida   keng   tarqalgan
bo‘lib,   hayvonlarni   saqlash   va   ekspluatatsiya   qilishda   ko‘p   noqulayliklarni
chaqiradi,   chunki   bu   jiddiy   patologiyani   davolashning   samarali   usullari
hanuzgacha ishlab chiqilmagan.
Parezda   mushaklarning   qisqarishi   va   taktil   sezuvchanlik   pasayadi,   falajda
esa   mushaklar   umuman   qisqarmaydi,   nerv   innervatsiya   qiladigan   sohada
sezuvchanlik   to‘liq   yo‘qoladi.   Ikkala   patologiya   ham   oyoqlarning   “tayanch”
oqsoqligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Kelib   chiqishi   bo‘yicha   falajlar   markaziy   va   periferik   bo‘lishi   mumkin.
Markaziy   falajlar   ko‘p   hollarda   infeksion   patologiya   (o‘lat,   quturish   va   boshq.),
bosh va orqa miyalar shikastlari, mineral va o‘simlik     zaharlanishlar bilan bog‘liq
bo‘ladi. Markaziy  falajlarni  chaqiradigan endogen  omillardan – bosh  miyaga qon
quyilishi,   o‘smalar,   bosh   va   orqa   miya   to‘qimasi   yoki   pardalarining
yallig‘lanishlarini ta’qidlab o‘tish lozim. Bunday falajlar “qattiq falaj” deb ataladi,    
chunki ular   mono–, para– va tetraplegiya ko‘rinishida bo‘lib, falajlangan muskullar
kuchli   taranglashadi.   Bunga   esa   markaziy   asab   tizimining   tormozlantiruvchi
funksiyasi bo‘zilganligi sabab bo‘ladi.
Periferik falajlar shikastlar (kuchli tebranish, lat yeyish,     qisilish, cho‘zilish,
uzilish va jarohatlar), oyoq muskullari va boshqa a’zo va to‘qimalarni innervatsiya
qiladigan   nerv   stvollari   va   tarmoqlarining   qisilishi   (shish,   gematoma,   abssess   va
sh.o‘.),   nevrit,   pleksit,   radikulitlar   va   nerv   butunligining   buzilishi   bilan   bog‘liq.
Undan   tashqari,   parez   umurtqa   pog‘onasining   tug‘ma   qiyshayishlarida   ham
namoyon   bo‘lishi   mumkin.   Ayrim   it   zotlarining   (taksa,   pudel,   basset,   fransuz
buldogi)   tanasi   o‘ziga   xos   tuzilishiga   ega   bo‘lgani   sababli,   ularda   bu   kasallikka moyillik bo‘ladi. Bu kasalliklarda umurtqa pog‘onasi qiyshiq bo‘lgani sababli orqa
miya   qisiladi.   Itlardagi   parez   faqat   fransuz   buldogiga   xos   ponasimon     umurtqa
mavjudligida paydo bo‘ladi.
Oldingi oyoq periferik nervlarining parezi va falajlari odatda bir tomonlama
va   juda   kam   hollarda   ikki   tomonlama   bo‘lishi   mumkin   (M.Sh.   Shakurov,   1990;
Yu.I. Sidorova, 2013; http://www.mydog.su/ forum/parez–u–sobak).
Virusli   neyrotrop   kasalliklari   keng   tarqalgan   bo‘lib,     ular   birinchi   navbatda
asoratlar rivojlanishi bilan xavflidir. Bunday asoratlarga orqa oyoqlarning falaji va
parezlari   kiradi   (http://vetpraktika.ru/article/apparat–reton–pri–lechenii–zadnih–
konechnostey–u–sobaki).  
  Parez va falajlar diagnostikasi
Ko‘pchilik   falajlar   va   parezlarni   oyoqlar   ishlamay   qolgandan   2   hafta
o‘tmasdan   davolash   mumkin.   Umuman   olganda,   kasallik   belgilari   namoyon
bo‘lishidan 3 kun o‘tmasdan vrachga murojaat qilish kerak.
Buning   uchun   malakali   diagnostikani   bajarish   lozim,   aks   holda   davolash
samarasiz   bo‘lishi   mumkin.   Bunday   patologiyada   tashhisni   faqat   ko‘rik   va
palpatsiya   bilan   qo‘yib   bo‘lmaydi.   Nerv,   muskul,   pay   va   paychalarning   holatini
ham   albatta   tekshirish   muhimdir
(http://www.kotipes.ru/letter/paresis_   paralysis.html).
S.L. Yagnikov, N.V. Smirnova (2012) lar ta’qidlashicha, umurtqa pog‘onasi
va   orqa   miya   o‘smalari   nevrologik   simptomatika   sabablaridan   biridir.   Bunday
kasal  hayvonni tekshirganda veterinariya vrachi quyidagi savollarga javob topishi
lozim:
1) Shikastning joyi qayerda?
2) Orqa miya ishemiyasini qanday sabab chaqirgan?
3) Orqa miya kompressiyasining oqibati qanchalik jiddiy?
4)   Shikastning   hayvon   hayotiga   ta’siri   va   oyog‘ining   harakatlanishi
tiklanishiga    farazlar?
Shikastning   joyi   va   orqa   miya   ishemiyasini   qanday   sabab   chaqirgan   kabi
savollar   nevrologik   tekshirishlar   jarayonida   yechiladi.   Monoparez   yoki monoplegiya,   paraparez,   tetraparez   yoki   paraplegiya   (tetraplegiya)   larda
nevrologik buzilishlar yuqori motor (harakatlantiruvchi) nevron yoki pastki motor
nevron sohalaridagi shikastlanishlarda bo‘ladi.
Pastki   motor   nevron   sohasidagi   shikastlanishda   3   hafta   mobaynida
muskullar   atrofiyasi,   muskulli   tonusning   atoniya   yoki   gipotoniyasi,   asosiy
reflekslarning   arefleksiya   yoki   giporefleksiyasi   kabi   nevrologik   simptomatikasi
aniqlanadi. Surunkali shikastlanishlarda muskullar atrofiyasi yaqqol bilinadi.
Yuqori   motor   nevron   shikastlanganda   muskullarning   spastik   gipertoniyasi,
reflekslar   mavjudligi   (ular   ayrim   paytlarda   o‘zgargan   bo‘ladi),   muskullarning
kuchsiz atrofiyasi kuzatiladi.
Zararlanish   lokalizatsiya   diagnostikasining   keyingi   etapi   vrach   klinisist
bilimiga   bog‘liq.   Nevrologik   defisit   odatda   nerv   to‘qimasi   zararlangan   joydan
pastroqda namoyon bo‘ladi. Orqa oyoqlar faoliyatining buzilishlari orqa miya, orqa
miya   nervlari   yoki   periferik   nervlarning       TZ—S3   umurtqalari,   old   va   orqa
oyoqlarniki   esa   S1–T2   umurtqalari   sohalaridagi   zararlanishlarda   paydo   bo‘ladi.
Umurtqa   pog‘onasining   bo‘yin,   ko‘krak   yoki   bel   sohalaridagi   zararlanishlarni
aniqlash uchun pannikulit refleksi, tizza refleksi, bukish refleksi, Xorner sindromi
va boshqa    nevrologik simptomlar yordam beradi.
Anamnez   ma’lumotlari   yig‘ilib,   klinik   –   nevrologik   tekshirishlar
o‘tkazilgandan   so‘ng   nevrologik   buzilishlar   darajasi   aniqlanadi,   u   orqa   miya
kompressiyasining oqibati qanchalik jiddiy ekanligini ko‘rsatadi.
Orqa   miyaning   zararlanish   darajasini   aniqlagandan   so‘ng   2   proyeksiyada
rentgenografiya   bajariladi.     Rentgenogrammada   suyak   to‘qimasidagi   o‘smalar   va
umurtqalar   tanasiga   kirib   boradigan   boshqa   a’zolar   o‘smalarining   metastazlari,
osteolizis   o‘choqlari,   periostal   yo‘g‘onlashish,   umurtqa   tanasining   patologik
sinishlari   kabi   o‘zgarishlar   namoyon   bo‘ladi.   Bu   usul   yordamida   o‘sma
lokalizatsiyasi   va   orqa   miya   kompressiyasining   darajasi   aniqlanadi.   Ayrim
holatlarda,   nevrologik   simptomatika   suyak   to‘qimasining   buzilish   jarayonini
ilgarilab   o‘tishi   mumkin.   Xususan   nerv   to‘qimasi,   orqa   miya   pardalaridagi
rentgenografik o‘zgarishlar esa umuman ko‘rinmasligi mumkin. Rentgenogrammalarda   rentgenografik   o‘zgarishlar   bo‘lmaganda   kontrast
rentgenografiya o‘tkaziladi.
To‘g‘ri   va   yon   proyeksiyada   qilingan   kontrast   rentgenogrammalarda
kontrast   ustun   konturlarining   o‘zgarishlari   aniqlanadi,   kontrast   moddaning   to‘liq
yoki   qisman   qamali,   ventral   va   dorsal   ustunlar   qalinligining   o‘zgarishlari   qayd
etiladi. O‘smaning orqa miya pardalari va orqa miyaga nisbatan joyi    aniqlanadi.
Olingan   natijalar   asosida   o‘smalar   e kstradural,
intradural   –     e kstramedullyar   va   intramedullyar larga   ajratiladi.   Kontrast   ustun
(ventral   va   dorsal)   o‘smaning   kranial   chegaralarida   qamal   bo‘lishi   natijasida
mazkur   tekshirish   usuli   yumshoq   to‘qimalarning   o‘smalarini   har   vaqtda   ham
aniqlashga imkon bermaydi.
Suboksipital   punksiya   o‘tkazilishi   uchun   likvor   yig‘ilib,   sitologik
tekshirishlar   bajariladi.   Likvorda   o‘smali   hujayralar   bor   –   yo‘qligi     aniqlanadi.
Likvordagi   o‘smali   hujayralar   bevosita   orqa   miya   va   uning   pardalari
zararlanganda     yoki ular ekstradural o‘smadan kirib borganda kuzatilishi mumkin.
Ammo asosiy oxirgi tashhis faqat gistologik tekshirishdan so‘ng qo‘yiladi.
Miyelografiya orqa miya kompressiyasining darajasini aniq bilishga yordam
beradi. Ammo u har vaqtda ham o‘smani kompressiya chaqirgan boshqa holatdan
farqlay olmaydi.
Sagital   va   segmental   yo‘nalishlarda   bajariladigan   magnit   –   rezonans
tomografiya   yumshoq   to‘qima   o‘smasining   tarqalishini   aniqlash,   rentgenografik
aniqlab   bo‘lmaydigan   suyak   to‘qimasining   tuzilmali   o‘zgarishlarini,   umurtqalar
tanasidagi   buzilish   o‘choqlarini,   o‘smaning   hajmini   va   insizion   yoki   trepan
biopsiyaga optimal aralashish yo‘lini ko‘rishga imkon beradi.
Orqa   miya   ishemiyasini   qanday  sabab   chaqirganini   aniqlash,  uning  hayvon
hayotiga   ta’siri   va   oyog‘ining   harakatlanish   faoliyati   tiklanishiga     farazlarni
keltirish   uchun   o‘smaning   morfologik   verifikasiyasi   (tekshirilishi)   o‘tkazilishi
lozim.   Morfologik   tekshirish   uchun   na’munani   olish   paytida   oyoqning
harakatlanish  faoliyatini   saqlash   va orqa miyaga  qo‘pol  zarar  keltirmaslik  kabilar
asosiy shartlar hisoblanadi. Parez va falajlar klinikasi
Oyoqlarning   falaji   va   parezlarida   it   yotib   qoladi,   ya’ni   adinamiya   holati
rivojlanadi.   Natijada   oshqozon   –   ichak   tizimida   ham   o‘zgarishlar   kuzatiladi.
Bunday   o‘zgarishlardan   biri   –   ich   qotishidir.   Ich   qotishiga   tashhis   it   48   soat
mobaynida   tezaklamasa   qo‘yiladi.   It   oyoqlarini   o‘z   ostiga   olib   qornida   yotadi.
Tezagi quruq va qattiq bo‘ladi   (http://www.kotipes.ru/ letter/letter28.html).
Parezning   tashqi   manzarasi   zararlanish   chuqurligi   va   lokalizatsiya   joyiga
bog‘liq   bo‘lib,   har   xil   bo‘ladi.   Hayvon   yurganda   oyoqlari   chalishadi   va   u
muvozanatini   yo‘qotib,   hatto   yiqilishi   mumkin.   Hayvon   kichik   to‘siqlardan   ham
o‘tishga   qiynaladi.   Parez   odatda   asemetrik   bo‘ladi   ya’ni   bitta   oyoq   boshqasiga
nisbatan yomonroq faoliyat qiladi (http://www.mydog.su/forum/parez–u–sobak).
  Otda chap tomon kurak oldi nervining falaji:
A – oldindan ko‘rinish (kurak – yelka bo‘g‘imining tanadan uzoqlashishi); B
– yon tomondan ko‘rinish (yelka muskullarining yaqqol atrofiyasi).
  Parez va falajlarni davolash
Oyoqlarning   falaji   va   parezlarida   hosil   bo‘lgan   birlamchi   ich   qotishlarida
kamgina lavanda moyi, Nuks vomik, laktusan ichirish mumkin. Ichimlik suvi iloji
boricha ko‘p beriladi. Maxsus parxez, intratono–terapiya va informasion – to‘lqinli
fizioterapiya   usullari   qo‘llanganda   odatda   ichak   faoliyati   tiklanadi.   Barcha
holatlarda   davolash   ishlari   iloji   boricha   tez   boshlanishi   kerak
(http://www.kotipes.ru/letter/letter28.html).
Yu.I.Sidorova   (2013)   itlardagi   oyoq   parezlarini   davolashda   tinch   sharoitni
ta’minlanash,   kortikosteroidlarni   qo‘llashni   tavsiya   etadi.   Stabil   ijobiy   natijalar
bo‘lmaganda jarrohlik dekompressiyasi bajariladi.
Itlardagi falajlarni, ayniqsa markaziylarni, mavjud usullar va vositalar bilan
davolash har doim ham kutilayotgan natijalarni bermaydi. Davolash samarasining
pastligi   davolash   kech   boshlanishi,   tavsiya   etiladigan   vositalarning   qiyin   topilishi
(A   ro‘yxati)   va   ularni   noto‘g‘ri   qo‘llashdan   kelib   chiqadi,   chunki   birdaniga   bir
nechta muskullar zararlanadi. Markaziy va periferik falajlarni davolashda tavsiya etiladigan vositalar bilan
birgalikda   tegishli   sohalarda   tez   –   tez   novokain   qamallari   qo‘llanishi   lozim
(M.Sh.Shakurov, 1990).
  Orqa   oyoqlarning   paraplegiyasi   va   monoplegiyasida   prozerin,   V
1   va
B
12   vitaminlari,   V.V.Mosin   bo‘yicha   novokain   qamali   va   fizioterapiya   usullari
(isitish,   massaj)   qo‘llanadi.   Oldingi   oyoq   zararlanganda   yulduzsimon   nerv   tuguni
qamal qilinadi.
Markaziy va periferik falajlarda kompleks ravishda medikamentoz, fizikaviy
va   patogenetik   terapiya   usullari   qo‘llanda   davolash   samarasi   sezilarli   oshadi
(http://zoorinok.com.ua/veterinar.php?id=11).
Eskirgan   parez   va   falajlarda   davolash   kam   samarali   bo‘ladi.   Kasallik
avvalida   qisqa   novokain   –   gidrokartizonli   qamal   bilan   yengil   massaj   va   iliq
o‘ramlar   qo‘llanadi.   Ikkinchi   kundan   boshlab   5%   li   novokain   eritmasi   bilan
ionoforez   o‘tkaziladi.   Muskul   orasiga   V
1   va   V
12   vitaminlari,   dibazol,   prozerin
(strixnin ko‘proq samara beradi)  lar quyidagi sxema bo‘yicha yuboriladi: birinchi
kunda   1–3   mg   B
12   vitamini;   ikkinchi   kunda   –   2   mg   prozerin   yoki   3   mg   dibazol,
uchinchi   kunda   –   10–30   mg   B
1   vitamini.   Bu   davolash   sxemasi   va   massaj   hamda
asab   markazlarini   qo‘zg‘atish   uchun   passiv   harakatlar   usulari   mushaklarning   faol
qisqarishigacha qo‘llanadi. 15–20 kunlardan so‘ng, falajlangan oyoqning tayanish
faoliyati tiklanganda, hayvon tekis yerda qisqa vaqt yurgiziladi, bunda kasallangan
oyoq tomoniga keskin burilishlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Yallig‘langan   yoki   falajlangan   nerv   bo‘ylab   geliy   –   neon   lazer   bilan
nurlantirish yaxshi samara beradi (http://mostor.ru/parezi–i–paralichi–u–sobak/).
I.   Lipovsev   (1990)   parez   va   falajlarni   davolash   uchun   kasal   itning   son
arteriyasiga   fiziologik  eritmada   tayyorlangan   0,5–1%   li   novokain   eritmasini   yirik
jussali   itlarga   20   ml,   o‘rta   jussali   itlarga   –   15   ml   va   kichik   itlarga   –   10   ml   dan
yuborib,   samarasini   o‘rgandi.   Eritma   har   2–3   kunda   yuborildi.   Bundan   tashqari,
muskul   orasiga   strixnin   in`yeksiyasi   bajarildi.   Klinikaga   keltirilgancha   2   bosh
kasal itlarga 10% li natriy bromidi eritmasi, etazol, norsulfazol, D vitamini va baliq
moyi qo‘llangan edi. Davolash samarali bo‘lib, 54 kun davom etdi. Itlardagi   parez   va   falajlarni   davolashda   ularni   saqlash   va   oziqlantirilishiga
qattiq e’tibor berish lozim. Kasal hayvonlarga to‘liq ratsion belgilanadi, ular quruq,
iliq   xonaga   joylashtiriladi,   tinch   sharoit   yaratiladi.   Hayvonni   erta   yurgizmaslik
lozim, chunki bundan keyin ayrim itlarning axvoli yanada yomonlashadi.
T.K.Donskaya,   M.A.Narusbayeva   (2003)   ta’qidlashicha,   nerv   stvolining
shikastida   birinchi   soatlarda   og‘riqsizlanirish,   yallig‘lanishga   qarshi   va   shishga
qarshi   davolovchi   preparatlar     (fenilbutazon,   prednizolon,   aspirin,   analgin   va
boshq.)   belgilanadi.   Keyinchalik   vitaminoterapiya   (V
1 ,   V
6 ,   V
12   vitaminlari),
fizioterapiya   (issiqliq,   impuls   toklari,   ultratovush,   lazer,   magnitoterapiya)   va
mushaklar atrofiyasining oldini olish uchun yengil yurgizish va massaj bajariladi.
Kam hollarda jarrohlik usullari: nerv stvollarini tikish, nervlarni bitishma va
chandiqlardan tozalash, umurtqalar ustunida operatsiya qilish qabilar qo‘llanadi.
Spondilopatiyani   davolash .   Umurtqa   pog‘onasida   rivojlanadigan   bu
jarayonni   yo‘qotib   yoki   sekinlashtirib   bo‘lmaydi,   shuning   uchun   davolashda
og‘riqsizlantiruvchi   preparatlar   qo‘llanadi.   Umurtqa   pog‘onasiga   qo‘yilgan
isituvchi vositalar ham og‘riqsizlantiruvchi ta’sir qiladi.
Davolash   uchun   ultratovushli   “Reton”   apparati   qo‘llanganda   orqa
oyoqlarning sezuvchanligi sezilarli yaxshilandi; hayvonlar joyidan ko‘tarilib avval
emakladi,   keyinchalik   esa   yaxshi   bo‘lmasa   ham   yura   boshladi.   Keyinchalik
harakatlar   yanada   ishonchli   bo‘ldi.   Bir   necha   vaqt   o‘tgandan   so‘ng   harakatlanish
faoliyati   90–95%   ga   tiklandi,   ammo   hayvon   orqasining   sa’l   og‘ishi   saqlandi.
Hayvon faollik bilan o‘ynaydi, ozuqa va suvni qabul qiladi.
Ultratovushli “Reton” apparati (105–110 kGs) va nivalin, mukosat, traumel,
sel, novokain qamali hamda massajning qo‘llanishi tuzalish jarayonini tezlashtirdi
va   hayvonning   orqa   miyasi   va   orqa   oyoqlar   orasidagi   sinaptik   o‘tkazuvchanlikni
tiklashga turtki berdi.
Parezni   davolashda   dori   preparatlaridan   tashqari   fizioterapevtik   muolajalar
va   massaj   belgilanadi,   reabilitatsiya   davri   ancha   uzoq   davom   etadi.   Sog‘ayib
kelayotgan   kasal   itga   tegishli   sharoit   yaratiladi,   u   vaqti   –   vaqti   bilan   sayr
qildiriladi.   Sayr   vaqtida   itning   orqa   oyoqlariga   maxsus   belbog   yordamida   madad beriladi. Itga vitaminli preparatlarni berish kerak shu bilan birga tana vazni  oshib
ketmasligini   nazorat   qilib   turish   ham   lozim,   chunki   ortiqcha   vazn   kasal   it   uchun
katta muammodir (http://www.mydog.su/forum/parez–u–sobak). Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Dorosh   M . V .   Bolezni   loshadey.   Veche ,   2007   g.   http://www.e–
reading.club/book.php?book=83010

OTLARNING YURAK – QON TOMIR VA ASAB TIZIMI PATOLOGIYASI Reja: 1. Arterial qon tomirlarning o’tkir tiqilishi 2. A rteriit, flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish 3. Miokardit 4. Miokardoz 5. Perikardit 6. Bosh miya chayqalishi 7. Orqa miya shikastlanishlari 8. Parez va falajlarga olib keladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari 9. Nervlarning travmatik kasalliklari 10. Oyoq nervlarining parez i va falajlari

1. Arterial qon tomirlarning o’tkir tiqilishi Kasallikni q orin aortasi va tarmoqlarining trombozi (Trombosis aortae) misolida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Uy hayvonlarida orqa oyoq arterial tomirlarining trombozi nisbatan kam uchraydi. Asosan u ot, qoramol va itlarda kuzatiladi. Bunda tromb aortaning stvolida yoki uning arterial tarmoqlari – aa. iliaca interna, s.hypogastrica, iliaca externa, femoralis da hosil bo‘lishi mumkin. Nisbatan ko‘p ichki yonbosh yoki tos arteriyasi – a. iliaca interna s.hypogastrica , yonboshning tashqi – a. iliaca externa va son arteriyalari – a. femoralis trombozga uchraydi. Etiologiya. Aorta va tarmoqlarining tromboziga tomir devorlarining eroziyali ya’ni yarachali zararlanishlari, o‘smalar, atrof to‘qimalardan yallig‘lanish jarayonini o‘tishi sabab bo‘lishi mumkin. Ammo tromboz ko‘pincha parazitar – gijjali invaziyadan kelib chiqadi. Trombozga ko‘pincha ichak tutqichi oldingi arteriyasining gijjali anevrizmasi – strongylus armatus sabab bo‘ladi. U yerdan embolalar uzilib, tos va son arteriyalariga boradi. Undan tashqari, tromboz sigirlarning endemik osteodistrofiyasida ham hosil bo‘ladi. Klinik belgilar . Tromb hosil bo‘lish jarayoni avval sekin rivojlanadi. Odatda birlamchi belgilar namoyon bo‘lishi uchun bir nechta haftalar o‘tishi lozim. Hayvon tinch holatda bo‘lganda qandaydir o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Ammo harakat paytida, oyoq muskullarining anemiyasi natijasida, keskin ifodalangan oqsoqlik namoyon bo‘ladi. Bunda hayvon ishlashni boshlagandan 3–5 daqiqa o‘tgandan so‘ng oqsay boshlaydi, chunki oyoq qoniqarli bukilmasligi sababli u tuyoqning old qismi bilan yerning notekisliklariga ilashadi, qoqiladi, oyoqni oldinga sudrab chiqaradi; hayvonni harakatlanishga majburlaganda u uch oyoqda sakrab yuradi, ko‘p vaqt o‘tmasdan to‘xtaydi va yiqiladi. Kasal hayvonning organizmida keskin reflektor reaksiya hosil bo‘ladi: umumiy bezovtalanish, qo‘rqish, nafas olish va yurak urushining tezlashishi, muskullarning tartibsiz qisqarishi, kuchli terlash (falajlangan oyoqdan tashqari). Kasallangan oyoq tezda soviydi.

Qisqa vaqt dam olingandan so‘ng (20–40 daqiqa) kasal hayvon kuchlarini to‘liq tiklaydi va xech qanday chetlanishlarsiz harakatlana oladi. Faqat juda kam holatlarda hayvon o‘lishi mumkin. Son arteriyasi trombozida chap orqa oyoqning oldinga va yonga chiqarilishi Qisman trombozda yoki alohida arteriyalarning trombozida yuqorida qayd etilgan belgilar tezda namoyon bo‘lmaydi, ammo kuzatilgani ham kuchsiz bo‘ladi. Masalan, keng fassiyani taranglashtiruvchi muskulni (m/tensor fasciae latae) oziqlantiradigan yonboshning tashqi arteriyasi (a. iliaca externa) trombozida otda “osilgan oyoq” oqsoqligi rivojlanadi; sag‘ri (m.gluteus) va to‘rt boshli (m. quadripces) muskullarni oziqlantiradigan tos arteriyasi (a. hypogastrica) trombozida “tayanch” oqsoqlik rivojlanadi, bunda tayanish paytida barcha bo‘g‘imlar keskin bukiladi. Tos va son arteriyalarining ikki tomonlama trombozida sag‘ri sohasi va orqa oyoqlarning diskoordinatsiyasi kuzatiladi (gemoglobinuriyadagidek). Bunday tromboz turida, ayrim paytlarda qovuq, to‘g‘ri ichak va dumning falajlari ham sodir bo‘ladi. Aorta trombozida orqa oyoqlar falajlanadi. Oyoq arteriyalarining trombozida klinik belgilar tromb o‘rnashgan joyga bog‘liq bo‘ladi. Son arteriyasining trombozida oyoq muskullari bo‘shashadi va periferik puls yo‘qoladi. Kasal hayvon zararlangan oyoqqa tayanmaydi va “o‘tirgan it” holatini egallaydi. Barmoq tomirlarining trombozida to‘qimalar nekrozga uchraydi. Hayvon klinik tekshirilganda travmatik perikarditga xos belgilar topiladi. Tashhis. Kasallikning boshlang‘ich bosqichini klinik belgilar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi. Yuqorida keltirilgan belgilar mavjudligida esa tashhisni qo‘yish qiyin kechmaydi. Rektal tekshirishda aorta bo‘lingan joylarda yo‘g‘onlashishlar va pulsasiya yo‘qligi aniqlanadi. Zararlangan oyoqda periferik pulc juda kuchsiz bo‘ladi yoki umuman sezilmaydi. Kasallangan oyoqning harorati me’yordan past bo‘ladi.

Oqibati. Aortaning bironta tarmog‘i trombozga uchraganda kasallik oqibati gumon, ammo ko‘pincha yomon. Yirik tomirlarning trombozida kollateral qon aylanishi juda sekin tiklanadi; hayvon oqsaydi. Kasallangan hayvon ishda qo‘llanilmaydi. Davolash. Trombozlarda terapiya ishlab chiqilmagan. Og‘iz orqali kaliy yoditi va boshqa preparatlarni qo‘llash samara bermaydi. Ayrim mualliflar qisman trombozda hayvonni qadamlatib yurgizish va yaylovda saqlashni tavsiya etadilar. Aortaning nevrogen stenozida bel va dumg‘aza sohalariga diatermiya, balchiq applikatsiyasi va quruq issiq usullari qo‘llanadi. Endemik trombozlarda kasallik sababi yo‘qotiladi. 2. A rteriit, flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish Arteriit – arteriyalarning yallig’lanishi bo’lib, hayvonlarda mustaqil kasallik sifatida kam uchraydi. Arteriitlar flegmona sohasida, osteomiyelitlar, yarali jarayon, uzoq vaqt kechadigan yiringli – rezorbtiv isitma, sepsis hamda gematogen yo’l bilan tarqaladigan umumiy infeksiyalarda rivojlanishi mumkin. Kechishi bo’yicha o’tkir, yarim o’tkir va surunkali arteriitlar bo’ladi. Jarayon yiringli, nekrotik va maxsuldor yallig’lanish shakllarda kechishi mumkin. Ammo ko’pincha ular aralash tabiatga ega. Qon tomir devoridagi lokalizasiyasi bo’yicha endo–, mezo–, periarteriitlar; devor butun qalinligi bo’yicha zararlanganda esa – panarteriitlar tafovut qilinadi. Arteriya devorining ichki qavati zararlanganda tromblar paydo bo’ladi (trombangit). Klinik belgilar. Yiringli arteriitlarda tomir bo’shlig’i tromb bilan yopiladi, qaysikim keyinchalik erib, yiringli embolalar massasiga aylanadi, infeksiya metastazlashadi va sepsis rivojlanashiga olib keladi. Yarim o’tkir yoki surunkali kechadigan arteriitlarda tomir devorida maxsuldor yallig’lanish ustunlik qiladi. Bunda arteriya devorining ichki qavati yo’g’onlashadi, tomir bo’shlig’i asta – sekin torayadi, buning natijasida periferiyaning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi, to’liq yopilganda esa qon bormay qolgan to’qimalarda nekroz yoki gangrena rivojlanadi. Arteriitning har turida ham tomir devorining sklerozi rivojlanadi, u me’yoriy elastikligini yo’qotadi va mo’rt bo’lib qoladi.

Davolash. Mahalliy yallig’lanish natijasida hosil bo’lgan arteriitlarda asosiy kasallikni (flegmona, osteomiyelit va boshq.) bartaraf etishga yo’naltirilgan davolash muolajalari qo’llanadi. Infeksiyalashgan endoarteriitlarda arteriya ichiga novokain–antibiotikli eritmalar inyeksiyalari tavsiya etiladi. Tomir bo’shlig’i trayganda arteriya yoki uni ta’minlovchi nerv stvoli alkogolizasiya qilinadi. Flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish mavzusini b o‘yinturuq venaning yallig‘lanishi (Phlebitis venae jugularis) misolida o’rganamiz. Etiologiya. Ko‘pincha katta hayvonlarning venasiga ayrim dori vositalarini (xloralgidrat, kalsiy xloridi, novarsenol, flavakardin gidroxloridi va boshq.) noto‘g‘ri yuborilganda hosil bo‘ladi. Bo‘yinturuq venaning yallig‘lanishi (flebit) asosan ahvoli og‘ir, septik holatdagi hayvonlarda rivojlanadi. Flebitlar etiologiyasida organizmning sensibilizatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Bunday hayvonlarda vena tomiri devorining shikastlanishi tromboflebit shaklida kechadi. Flebitlar patologik jarayon atrof to‘qimalaran o‘tganda ham rivojlanish mumkin. Sog‘ lom hayvonlarda qon tomirni punksiya qilish muolajasi odatda asoratsiz kechadi. Klinik belgilar. Aseptik flebitda bo‘yinturuq vena sohasida shish katta bo‘lib rivojlanmaydi. Venani palpatsiya qilganda hayvon og‘riq sezadi. Jarayon surunkali kechganda venaning devori va atrof to‘qimalar zichlashadi. Aseptik tromboflebitda bo‘yinturuq vena sohasida zich, uzunchoq hosila aniqlanadi, og‘riq va mahalliy haroratning ko‘tarilishi kuzatiladi. Kasallikning surunkali shaklida og‘riq sezilmaydi. Tromb bilan to‘liq yopilmagan vena barmoq bilan qisilganda uning periferik qismi kengayadi. Yiringli tromboflebitda hayvonning umumiy ahvoli yomon, tana harorati ko‘tarilgan, ishtahasi yo‘qolganligi aniqlanadi. Bo‘yin va boshning harakatchanligi chegaralanadi. Zararlangan venani palpatsiya qilib bo‘lmaydi. Bo‘yinning bo‘yinturuq vena sohasi issiq, og‘riqli, shishgan bo‘ladi. Venani barmoq bilan qisib ko‘rganda uning periferik qismi kengaymaydi. Kasallik og‘irlashganda