logo

OTLARDA OSHQOZON – ICHAK TIZIMI PATOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

349.0654296875 KB
OTLARDA  OSHQOZON – ICHAK TIZIMI PATOLOGIYASI
Reja:
1.  Sanchi q lar, ularning belgilari,   davolash va oldini olish
2. H azm  q ilish tizimi kasalliklari ni  davolash va oldini olish 
2.1. Stomatit
2.2. Parotit
2.3. Faringit
2.4. Gastroenterit
2.5. Gepatit
2.6. Ozuqali zaharlanishlar 1.  Sanchi q lar, ularning belgilari, davolash va oldini olish
Sanchiqlar   -   Colica   bezovtalanish   bilan   o’tadigan   sanchiq   ma’nosini
anglatib,   bu   guruhga   oshqozon   va   ichaklarning   ko’p   kasalliklari   kiradi   hamda
oshqozon-ichaklarda   oziqa   massasining   to’xtab   qolishi,   hazm   traktining
motorikasi,   so’rilish   va   sekretor   funksiyalarining   buzilishi   bilan   o’tadi.   Bu
kasalliklar   asosan   bir   tuyokli   hayvonlarda   va   ba’zan   boshqa   hayvonlarda   ham
uchraydi. 
G.V.Domrachevning   tasniflashi   bo’yicha   sanchiqlar:   oshqozon   sanchiqlari
(oshqozonning   o’tkir   va   surunkali   kengayishi),   peritonitsiz   kechadigan   ichak
sanchiqlari  (kattaral  spazm, meteorizm, ximostaz va koprostaz,  ichaklarning tosh,
konkrement yoki gelmintlar bilan tiqilib qolishi) va peritonit bilan o’tadigan ichak
sanchiqlari   (ichaklarning   tuyulishi,   buralishi,   invaginasiyasi;   tromboemboliyasi
paytidagi kelib chiqadigan mexanik ileuslar) bo’linadi. 
Ximo va koprostazlar    (Obturatio intestinorum) - ingichka (ximostaz) yoki
yug’on   (kaprostaz)   ichak   bo’limlarida   oziqa   massasining   turib   qolishi   bo’lib,
ko’pincha   otlar,   qisman   it   va   boshqa   hayvonlar   kasallanadi.   Paralitik   ileuslar
guruhiga kiruvchi kolik hisoblanadi.
Davolash.   Oldingi bo’lim ichaklar ximostazida oshqozonga zond yuborilib,
ixtiol yoki natriy gidrokarbonat eritmalari bilan yuvib turiladi.  Venaga 30-50 ml 10
%li analgin, 50-100 ml 10 %li xloralgidrat yoki 150-200 ml 10 %li magniy sulfat
eritmalari   yuboriladi.   Paranefral   yoki   epiplevral   novokainli   blokadalar   yaxshi
yordam beradi. 2-6 l miqdoridagi shilimshiqli suyuqlik, 500-900 ml o’simlik moyi,
300-400   g   surgi   dorilar   ichiriladi.   Teri   ostiga   0,01-0,1   g   pilokarpin,   0,01-0,03   g
prozerin   yuborish   mumkin.   Qorin   sohasi   massaj   qilinadi,   chuqur   klizmalar,
yurdirish,  venaga  300-500  ml  5  %li   natriy  xlorid  eritmasidan  glyukoza  va  kofein
bilan   birgalikda   yuborish   tavsiya   etiladi.   Keyinchalik   diyetik   oziqlantirish   va
kattaral enteritdagidek davolash davom etdiriladi. 
Klizmalar.  Tugri ichak orkali yuborilayotgan suyuklikning  mikdoriga karab
mikro- va makroklizmalar farklanadi. Mikroklizmada yuborilayotgan suyuklikning
mikdori   50   ml.dan   oshmaydi.   Makroklizmalarga   tozalovchi,   tezaklantiruvchi, yuvuvchi-sifon, surgi, oziklantiruvchi, chukur va  subakval klizmalar misol buladi.
Makroklizmalar   paytida   katta   xayvonlarga   20,   kuylarga-3,   chuchkalarga   1-2   va
itlarga   1   litrgacha   suyuklik   tugri   ichak   orkali   yuboriladi.   Klizma   uchun
rezervuarlar   sifatida   Esmarx   krujkasi,   baklar,   yoki   pastida   shlang     uchun   teshik
bulgan   metal   idishlar   olinadi.   Suyuklikni   bosim   ostida   yuborish     uchun
tamponatordan foydalaniladi.
                    Tozalovchi   klizma   barcha   turdagi   klizmalardan   oldin   tugri   ichakni
tezakdan tozalash maksadida kullaniladi. Buning uchun katta xayvonlarga      7-10,
mayda   xayvonlarga   esa   0,5-1   litr   atrofida   xarorati   xayvon     xaroratidagi   suyuklik
tugri ichak orkali yuboriladi.
Tezaklantiruvchi   klizma   utkazish   tezaklash   akti   bulmaganda   tavsiya   etilib,
sovunli   suv   bilan   yoki   gliserin   kushilgan   suv   bilan   utkaziladi.   Bunda   ichak
devorining   kitiklanishi   uning   perstaltikasini   tezlashtiradi.   Xayvon
parasimpatikatonik xolatda bulsa, suvning xarorati 35~S, simpaikatonik       xolatda
esa 18-24~S bulishi kerak.
                    Yuvuvchi-sifon   klizmada   tozalovchi   klizmadan   keyin   bir   necha   marta
1%li osh tuzi eritmasi yoki kaliy permanganat eritmasidan yuborilib, ichak devori
shillik pardasidagi shilimshik modda va ekssudat yuvib chikariladi.
                    Surgi   klizmalar   ichaklar   perstaltikasi   va   sekresiyasini   kuchaytirish
maksadida utkazilib, buning uchun usimlik moylari, vazelin yogi, gliserin yoki urta
tuzlarning 2-3%li eritmalari kullaniladi.
                   Oziklantiruvchi klizma kasal xayvonda uzok muddat ishtaxa bulmaganda,
ogiz orkali oziklantirish yoki zondlarni kullash mumkin bulmagan xollarda tavsiya
etiladi.   Buning   uchun   tozalovchi   klizma   utkaziladi   va   1   soatdan   keyin   ozikaviy
suyuklik tugri ichakka yuborilgach, xayvonning dumi bilan  anal teshigi 15 dakika
davomida   yopib   turiladi.   Bir   sutkada   2-3   marta   oziklantiruvchi   klizma   utkazish
kerak.
                    Chukur   klizma   tamponatorlarni   kullash   bilan   utkaziladi   va   bunda
suyukliklarni   yugon   ichakning   orkangi   va   oldingi   bulimlariga   utishini   ta’minlash
mumkin.Chukur klizmadan keyin xayvonlar yurgiziladi.                     Subakval   klizma   xazm   tizimini   boshidan   oxirigacha   yuvish   tavsiya
maksadida   utkazilib,tugri   ichak   orkali   yuborilayotgan   suyuklik   oshkozonga   va
kayd kilish bilan ogizdan tinik suyuklik chikgunga kadar davom ettiriladi. Odatda
subakval klizmadan keyin 20-3 soat utgach xayvonning ishtaxasi  tulik tiklanadi.
2. H azm  q ilish tizimi kasalliklari ni  davolash va oldini olish usullari
2.1. Stomatit
Stomatit   –   mexanik,   termik,   kimyoviy   va   biologik   omillar   ta’sirida   hamda
infeksion   va   invazion   kasalliklarda   og’iz   bo’shlig’i   shilliq   pardasining
yallig’lanishi.
Klinik tomondan chaynash buzilishi, ozuqani  qabul qilmaslik, shilliq parda
giperemiyasi  kuzatiladi. Lo’nj, milk va til ustida eroziyalar va yarachalar  bo’lishi
mumkin. Og’iz bo’shlig’idan badbo’y hid keladi, so’lak oqadi. Hayvon chapillatib
chaynaydi va tumshug’ini old oyoqlariga ishqaydi. 
Stomatitni quturish kasalligidan farqlash lozim.
Davolashda   shilliq   parda   qo’zg’alishining   oldini   olish   zarur,   hayvonga
suyuq ozuqalar beriladi (kisellar, shilimshiq qaynatmalar, suyuq bo’tqalar). Og’iz
bo’shlig’i 3   % li vodorod peroksidi, osh sodasi yoki borat kislotasi, Lyugol, rivanol
(1: 1000), furasilin (1: 5000) eritmalari, moychechak (romashka; rus.) guli, mavrak
(shalfey;   rus.),   ittikanak   (chereda;   rus.)   barglari   damlamalari   bilan   yuviladi,
sulfanilamidlar  pudrasi purkaladi va boshq.
2.2. Parotit
Parotit – quloq oldi so’lak bezining yallig’lanishi bo’lib, u turli jarohatlar, lat
yeyishlar, bezning chiqaruv yo’liga boshoqli o’simliklar qiltiqlari va boshqa ozuqa
zarrachalarining tushishida, infeksion kasalliklarda rivojlanadi.
Kasallik   o’tkir   va   surunkali,   bir   va   ikki   tomonlama,   aseptik   va   yiringli
shakllarda   bo’lishi   mumkin.   O’tkir   ikki   tomonlama   parotitda   ot   boshini   oldinga
cho’zib   turadi,   bir   tomonlamada   esa   uni   sog’   tomonga   sal   qiyshiq   tutadi.   Bez
zararlanganda   issiq   va   og’riqli   shish   rivojlanadi.   Hayvon   jabrlanadi,   chaynash   va
yutish   aktlari   qiyinlashadi,   kuchli   so’lak   oqishi   kuzatiladi.   Yiringli   parotitda   tana
harorati  ko’tariladi, abssesslar  va ayrim  hollarda oqmalar hosil  bo’ladi. Surunkali kechishda   bez   kattalashadi,   palpasiyada   zich,   yuzasi   notekis   va   kam   og’riqli
bo’ladi.
Tashhis   qo’yishda   parotitni     aerosistitdan   (quloq   oldi   sohasida   halqum   va
qizilo’ngachdan   yuqoriroq   yotadigan   havo   xaltasi   shilliq   pardasining
yallig’lanishi)   farqlash   lozim.   Aerosistitda   shish   parotit   shishidan   pastroqda
joylashadi. 
Kasal   hayvonlarga   maydalangan   ozuqa,   bulamiq   (atala),   iliq   suv   beriladi.
Kasallikning   aseptik   shaklida   dastlabki   2   kunlarda   sovuq   keyin   isituvchi
muolajalar,   yorug’lik,   ultrayuqori   chastotali   terapiyalar,   massaj,   qo’zg’atuvchi
malhamlar  (kamforali, ixtiolli)  qo’llanadi. Yiringli  parotitlarda muskul  orasiga va
mahalliy   antibiotiklar   va   sulfanilamidlar   yuboriladi.   Abssesslar   ochiladi   va
antiseptik eritmalar (furasilin, kaliy permanganati) bilan yuviladi. 
2.3. Faringit
Faringit   –   halqum   shilliq   pardasi   va   chuqur   qavatlari   hamda   yumshoq
tanglay   va   limfatik   tugunlarning   yallig’lanishi.   Kasallik   to’qimalarga
mikroorganizmlar o’rnashishi, mexanik shikast, toksinlar va davolovchi moddalar
ta’sirida,   juda   issiq   yoki   sovuq   ozuqa,   kuydirgi,   saqov,   pasterellyoz   va   boshq.
infeksion   kasalliklarda   hosil   bo’ladi.   Kasallik   rivojlanishiga   organizm
rezistentligining pasayishi moyillik yaratadi.
Kasallik   o’tkir   va   surunkali   kechadi.   Kasallangan   hayvonlar   ozuqani   qabul
qilmaydi   yoki   uni   qiynalib   yutadi,   so’lak   oqadi,   burundan   ekssudat   bilan   ozuqa
parchalari chiqadi, bosh oldinga cho’zilgan bo’ladi, halqum sohasi shishadi. O’tkir
shaklda   tana   harorati   ko’tariladi,   hayvon   yo’talishi   va   qiynalib   nafas   olishi
mumkin.
Bu   kasallikka   laringit   (hiqildoq   yallig’lanishi)   hamroxlik   qilishi   mumkin.
Laringitda yutish harakatlarida patologiya bo’lmaydi. 
Tashhis qo’yishda infeksion kasalliklarini inkor qilish lozim.
Davolash.   Kasal   hayvonlar   sog’lardan   ajratiladi,   ularga   yumshoq   ozuqa
beriladi   (dimlangan   yoki   bulamiq   shaklida).   Ozuqa   juda   qiynalib   yutilganda
hayvon   burunqizilo’ngach   zond   orqali   oziqlantiriladi.   Tashqi   tomondan   halqum sohasiga   isituvchi   kompresslar,   bug’lamalar   qo’yiladi,   bu   soha   sollyuks   lampasi
bilan isitiladi. Shilliq parda yodglisirin (1:10), bilan ishlanadi. Muskul  orasiga va
mahalliy antibiotiklar va sulfanilamidlar yuboriladi. Bronxopnevmoniyaning oldini
oldish maqsadida dori vositalarini og’iz orqali yuborilmaslik lozim.
2.4. Gastroenterit
Gastroenterit   –   oshqozon   va   ichaklarning   o’tkir,   kam   hollarda   surunkali
yallig’lanishi   bo’lib,   jarayonga   organ   devorining   barcha   qavatlari   jalb   etiladi.
Kasallikda hazm qilish jarayoni buziladi va orgnizm intoksikasiyasi rivojlanadi. 
Kasallik   hayvonni   noto’g’ri   oziqlantirish   va   saqlash,   ozuqalarning
sifatsizligi, zaharli o’simliklar, o’g’it va ximikatlar bilan zaharlanish, qo’zg’atuvchi
vositalar   miqdori   va   qo’llanishini   noto’g’ri   belgilash,   ayrim   infeksion     (kuydirgi,
pasterellyoz va salmonellyoz)  va invazion   (gastrofillez) kasalliklar ta’sirida hosil
bo’ladi.   Yosh   hayvonlar   keskin   sutsiz   oziqlantirishga   o’tkazilganda   ham
gastroenterit rivojlanishi mumkin.
Gastroenterit   belgilari   zararlanish   kuchi   va   yallig’lanish   joyiga   bog’liq.
Oshqozon   yallig’langanda   ishtaxa   pasayadi   yoki   yo’qoladi,   umumiy   holsizlanish,
kekirish   va   sanchiq   xurujlari   kuzatiladi.   Ingichka   va   yo’g’on   ichaklar
yallig’lanishida   tez–tez   defekasiya   qayd   etiladi,   tezak   suyuq   va   badbo’y   bo’lib,
tarkibida ko’p miqdorda shilliq, hazm bo’lmagan ozuqa, qon, fibrin plyonkalari va
yiring   bo’lishi   mumkin.   Organizm   intoksikasiyasi   natijasida   puls   tezlashadi,
muskullar qaltirashi va tomir tortishishi kuzatiladi, hayvon bezovtalanadi.
Tashhis klinik belgilar asosida qo’yiladi, infeksiya va invaziya inkor etiladi,
ozuqa va oshqozon ichidagi ozuqa qoldiqlari laborator tekshiriladi.
Kasallikni  davolashdan  avval   uni  chaqirgan  sabablar   bartaraf  etiladi.  Kasal
hayvonlar 18–24 soat och saqlanadi, keyin ozuqaning odatiy miqdori kamaytirilib,
yumshoq dala pichani, pichan uni, kepak yoki  yanchilgan so’li  bulamiqlari, sabzi
beriladi, suv,  glyukoza bilan natriy xloridining izotonik eritmasi,  tuzli  surgilar  va
o’simliq yog’lari, 0,25–0,5   % li  xlorid kislotasi  yoki  oshqozon  shirasi  ichkiziladi.
Keyinchalik   oziqlantirish   kuniga   5–6   marta   kichik   porsiyalar   bilan   amalga
oshiriladi,   ozuqaga   shilliq   qaynatmalar   va   glyukoza   qo’shiladi.   Asidofilli preparatlar   qo’llanadi.   Og’ir   holatlarda   vena   ichiga   yoki   qorin   bo’shlig’iga
glyukoza–tuz   eritmalari   kiritiladi.   Og’iz   orqali   sulfanilamid   preparatlar,
antibiotiklar, nitrofuranlar, og’riqsizlantiruvchi (anestezin), burishtiruvchi vositalar
(tanin,   vismut,   eman   po’stlog’i),   vitaminlar,   stimulyasiyalovchi   preparatlar
(sitratlashgan   qon,   gamma–globulin,   gidrolizin),   yurak   vositalari   (kofein   va
boshq.) beriladi.
2.5. Gepatit
Gepatit – jigarning diffuz tabiatli yallig’lanishi bo’lib, giperemiya, hujayrali
infiltrasiya,   distrofiya,   gepatositlar   va   boshqa   strukturaviy   elementlar   nekrozi   va
lizisi,   yaqqol   jigar   yetishmovchiligi   bilan   kechadi.   Kasallik   sifatsiz   ozuqalar,
lyupin,   viki,   kartoshka   kurtaklarini   yedirishda,   mineral   zaharlar   bilan
zaharlanishlarda,  virusli va invazion kasalliklarda va boshqa omillar ta’sirida hosil
bo’lishi mumkin.
Hayvon  jabrlanadi,  ishtaxasi  pasayadi,   chanqash  alomatlari   kuzatiladi, qayt
qilish,   tana   harorati   ko’tarilishi,   nafas   olish   tezlashishi,   burundan   qon   aralash
ekssudat   oqishi,   shilliq   pardalar   sarg’ayishi,   teri   qichishishi   va   tirnalishi   qayd
etiladi. Siydik to’q rangga kiradi. O’tkir shakl 3–4 haftalar dvom etadi va tuzalish
yoki o’lim bilan tugaydi. Surunkali shakl sirrozga (jigar zichlashishi va funksiyasi
buzilishi) aylanadi. Qonda bilirubin miqdori ko’tariladi. 
Hayvonga   uglevodli   va   dag’al   xashaklar   bilan   parhyezli   oziqlantirish
belgilanadi,   venaga   20   %   li   glyukoza   eritmasi,   og’iz   orqali   urotropin
(geksametilentetramin), karlovar tuzi, magniy sulfati yuboriladi.
2.6. Ozuqali zaharlanishlar
Otlar   zaharli   o’simliklar   bilan   asosan   yaylov   mavsumida   va   kamroq
otxonada saqlanganda zaharlanadi.
Zaharli   o’simliklar   toksikligi   o’simlik   turi,   o’sadigan   joyi,   ob–havo
sharoitlari hamda hayvonning yoshi va individual sezuvchanligiga bog’liq.
Hayvon   organizmiga   asosiy   ta’siri   bo’yicha   zaharli   o’simliklar   quyidagi
guruhlarga bo’linadi:  markaziy   asab   tizimiga   (bangidevona   (durman;   rus.),   mingdevona
(belena;   rus.),   shuvoq   (polыn;   rus.)   va   boshq.):   qo’zg’alish,   tomir   tortishishi,
harakat koordinasiyasi buzilishi;
 hazm   qilish,   siydik   ajratish   va   markaziy   asab   tizimiga   (sutlama,   ixroj
(molochay; rus.) va tarkibida solanin, saponin va glikozidlar mavjud o’simliklar);
 nafas   olish   va   hazm   qilishga   (krestgullilar,   surepisa;   rus.,   dala   xantali
(gorchisa   polevaya;   rus.)   oilalariga   kiruvchi   o’simliklar):   nafas   tezlashishi,
xansirash, yo’tal, burundan essudat ajralishi;
 qon aylanishi tizimiga (digitalis): yurak faoliyatining kuchayishi va keyin
susayishi;
 jigarga (bo’rilukkak (lyupin; rus.), sariqbosh (krestovnik; rus.): sariq 
kasalligi, ich ketishi va boshq.  ( –rasm ).  
Zaharli o’simliklar :
1 –  parpi ( akonit ,  bores djungarskiy); 2 –  boltiriq, qorabaroq
 ( anabazis bezlistnыy) 3 –  qora bangidevona ; 4 –  buten opyanyayuщiy
5 –  vex yadovitыy; 6 – jivokost vыsokaya 7 –  oddiy   kanakunjut ( kleщyevina obыknovennaya ) ; 8 –  krasavka
(beladonna)
9 – keng bargli  sariqbosh (krestovnik) ;  10 – ayiqtovon (lyutik yedkiy) 11 –  sutlama ; 12 –  to’q qizil digitalis
13 –  omeg pyatnistыy; 14 – omejnik vodyanoy 15 – pijma obыknovennaya;  16 – zarpechak (povilika yevropeyskaya)
17 –  rododendron, alp atirguli ; 18  – xvoynik dvukolosnыy 19 – xvoynik polevoy; 20 – cheremisa Lobelya
Kimyoviy   moddalardan   pestisid,   o’g’it,   margumush   preparatlari,   sianidlar,
mochevina, mis, fosfor, xlor, simob birikmalari va boshq. xavflidir.
Hayvon zaharlanishining asosiy belgilari bo’lib hayvon jabrlanishi, ozuqani
qabul   qilmaslik,   qusish   alomatlari,   salivasiya,   yurak   yetishmovchiligi,   shilliq
pardalar   rangining   o’zgarishi,   harakatlar   noaniqligi,   muskullar   tomir   tortishishi,
hayvon xulqining o’zgarishi va boshqa, har bir zaharlanish turiga tegishli belgilar
xizmat   qiladi.   Masalan,   nitratlar   va   nitritlar   bilan   zaharlanishda   otlarda   keskin
qo’zg’alish   jabrlanish   bilan   almashiniladi,   ular   tishlarini   g’ijirlatadi,   muskullar
kuchsizlanadi,  shilliq  pardalar   oqaradi  va  ko’karadi,  osh  tuzi  bilan  zaharlanganda
esa   (otlar   uchun   o’ldirish   dozasi   –   1–1,5/kg)   –   hayvonda   chanqash,   salivasiya,
qorachiqlar kengayishi, terining qizarishi yoki ko’karishi kuzatiladi.
Zaharlanganda   zaharli   moddani   organizmdan   yuvib   chiqarib   tashlash   va
antidotni   berish   kerak.   Masalan,   margumush,   simob,   kadmiy,   xrom,   vismut   va boshqa   og’ir   metallar   (qo’rg’oshim   bundan   mustasno)   bilan   zaharlanganda
universal   antidot   “Unitol”   5%   li   eritma   shaklida   teri   ostiga   yoki   muskul   orasiga,
5   % li glyukoza eritmasida tayyorlangan 5–10   % li eritmasi esa   venaga 0,01   g/kg
hisobidan   yuboriladi;   og’iz   orqali   –   10   %   li   eritma   0,04   g/kg   kiritiladi;   teriga   –
lanolinda   tayyorlangan   20–30   %   li   malhami   suriladi.   Mis   bilan   zaharlanganda
kaliy permanganatining  0,1   %  li  eritmasi   (1:1000)  qo’llanadi;  nitritlar   va  nitratlar
bilan   zaharlanganda   –5   %   li   glyukoza   eritmasida   tayyorlangan   1–4   %   li   metilen
ko’ki eritmasi 0,1   ml/kg hisobidan vvena ichiga yuboriladi.
Undan   tashqari   adsorbentlar   (yog’och   ko’miri,   tuxum   oqi),   ich   suradigan,
siydik haydovchi va terlatuvchi vositalar hamda yurak faoliyatini yaxshilovchi  va
organizmni umumiy mustaxkamlovchi preparatlar qo’llanadi. Foydalanilgan adabiyotlar:  
1. Dorosh   M .   V .   Bolezni   loshadey.   Veche,   2007   g.   http://www.e–reading.
club/book.php?book=83010
2. Timofeyev   S.   V.,   Filippov   Yu.   I.,   Konsevaya   S.   Yu.   i   dr. Obщaya
xirurgiya jivotnыx  /  Pod red.  S. V. Timofeyeva . —  M.: Zoomedlit, 2007. — 687 s .

OTLARDA OSHQOZON – ICHAK TIZIMI PATOLOGIYASI Reja: 1. Sanchi q lar, ularning belgilari, davolash va oldini olish 2. H azm q ilish tizimi kasalliklari ni davolash va oldini olish 2.1. Stomatit 2.2. Parotit 2.3. Faringit 2.4. Gastroenterit 2.5. Gepatit 2.6. Ozuqali zaharlanishlar

1. Sanchi q lar, ularning belgilari, davolash va oldini olish Sanchiqlar - Colica bezovtalanish bilan o’tadigan sanchiq ma’nosini anglatib, bu guruhga oshqozon va ichaklarning ko’p kasalliklari kiradi hamda oshqozon-ichaklarda oziqa massasining to’xtab qolishi, hazm traktining motorikasi, so’rilish va sekretor funksiyalarining buzilishi bilan o’tadi. Bu kasalliklar asosan bir tuyokli hayvonlarda va ba’zan boshqa hayvonlarda ham uchraydi. G.V.Domrachevning tasniflashi bo’yicha sanchiqlar: oshqozon sanchiqlari (oshqozonning o’tkir va surunkali kengayishi), peritonitsiz kechadigan ichak sanchiqlari (kattaral spazm, meteorizm, ximostaz va koprostaz, ichaklarning tosh, konkrement yoki gelmintlar bilan tiqilib qolishi) va peritonit bilan o’tadigan ichak sanchiqlari (ichaklarning tuyulishi, buralishi, invaginasiyasi; tromboemboliyasi paytidagi kelib chiqadigan mexanik ileuslar) bo’linadi. Ximo va koprostazlar (Obturatio intestinorum) - ingichka (ximostaz) yoki yug’on (kaprostaz) ichak bo’limlarida oziqa massasining turib qolishi bo’lib, ko’pincha otlar, qisman it va boshqa hayvonlar kasallanadi. Paralitik ileuslar guruhiga kiruvchi kolik hisoblanadi. Davolash. Oldingi bo’lim ichaklar ximostazida oshqozonga zond yuborilib, ixtiol yoki natriy gidrokarbonat eritmalari bilan yuvib turiladi. Venaga 30-50 ml 10 %li analgin, 50-100 ml 10 %li xloralgidrat yoki 150-200 ml 10 %li magniy sulfat eritmalari yuboriladi. Paranefral yoki epiplevral novokainli blokadalar yaxshi yordam beradi. 2-6 l miqdoridagi shilimshiqli suyuqlik, 500-900 ml o’simlik moyi, 300-400 g surgi dorilar ichiriladi. Teri ostiga 0,01-0,1 g pilokarpin, 0,01-0,03 g prozerin yuborish mumkin. Qorin sohasi massaj qilinadi, chuqur klizmalar, yurdirish, venaga 300-500 ml 5 %li natriy xlorid eritmasidan glyukoza va kofein bilan birgalikda yuborish tavsiya etiladi. Keyinchalik diyetik oziqlantirish va kattaral enteritdagidek davolash davom etdiriladi. Klizmalar. Tugri ichak orkali yuborilayotgan suyuklikning mikdoriga karab mikro- va makroklizmalar farklanadi. Mikroklizmada yuborilayotgan suyuklikning mikdori 50 ml.dan oshmaydi. Makroklizmalarga tozalovchi, tezaklantiruvchi,

yuvuvchi-sifon, surgi, oziklantiruvchi, chukur va subakval klizmalar misol buladi. Makroklizmalar paytida katta xayvonlarga 20, kuylarga-3, chuchkalarga 1-2 va itlarga 1 litrgacha suyuklik tugri ichak orkali yuboriladi. Klizma uchun rezervuarlar sifatida Esmarx krujkasi, baklar, yoki pastida shlang uchun teshik bulgan metal idishlar olinadi. Suyuklikni bosim ostida yuborish uchun tamponatordan foydalaniladi. Tozalovchi klizma barcha turdagi klizmalardan oldin tugri ichakni tezakdan tozalash maksadida kullaniladi. Buning uchun katta xayvonlarga 7-10, mayda xayvonlarga esa 0,5-1 litr atrofida xarorati xayvon xaroratidagi suyuklik tugri ichak orkali yuboriladi. Tezaklantiruvchi klizma utkazish tezaklash akti bulmaganda tavsiya etilib, sovunli suv bilan yoki gliserin kushilgan suv bilan utkaziladi. Bunda ichak devorining kitiklanishi uning perstaltikasini tezlashtiradi. Xayvon parasimpatikatonik xolatda bulsa, suvning xarorati 35~S, simpaikatonik xolatda esa 18-24~S bulishi kerak. Yuvuvchi-sifon klizmada tozalovchi klizmadan keyin bir necha marta 1%li osh tuzi eritmasi yoki kaliy permanganat eritmasidan yuborilib, ichak devori shillik pardasidagi shilimshik modda va ekssudat yuvib chikariladi. Surgi klizmalar ichaklar perstaltikasi va sekresiyasini kuchaytirish maksadida utkazilib, buning uchun usimlik moylari, vazelin yogi, gliserin yoki urta tuzlarning 2-3%li eritmalari kullaniladi. Oziklantiruvchi klizma kasal xayvonda uzok muddat ishtaxa bulmaganda, ogiz orkali oziklantirish yoki zondlarni kullash mumkin bulmagan xollarda tavsiya etiladi. Buning uchun tozalovchi klizma utkaziladi va 1 soatdan keyin ozikaviy suyuklik tugri ichakka yuborilgach, xayvonning dumi bilan anal teshigi 15 dakika davomida yopib turiladi. Bir sutkada 2-3 marta oziklantiruvchi klizma utkazish kerak. Chukur klizma tamponatorlarni kullash bilan utkaziladi va bunda suyukliklarni yugon ichakning orkangi va oldingi bulimlariga utishini ta’minlash mumkin.Chukur klizmadan keyin xayvonlar yurgiziladi.

Subakval klizma xazm tizimini boshidan oxirigacha yuvish tavsiya maksadida utkazilib,tugri ichak orkali yuborilayotgan suyuklik oshkozonga va kayd kilish bilan ogizdan tinik suyuklik chikgunga kadar davom ettiriladi. Odatda subakval klizmadan keyin 20-3 soat utgach xayvonning ishtaxasi tulik tiklanadi. 2. H azm q ilish tizimi kasalliklari ni davolash va oldini olish usullari 2.1. Stomatit Stomatit – mexanik, termik, kimyoviy va biologik omillar ta’sirida hamda infeksion va invazion kasalliklarda og’iz bo’shlig’i shilliq pardasining yallig’lanishi. Klinik tomondan chaynash buzilishi, ozuqani qabul qilmaslik, shilliq parda giperemiyasi kuzatiladi. Lo’nj, milk va til ustida eroziyalar va yarachalar bo’lishi mumkin. Og’iz bo’shlig’idan badbo’y hid keladi, so’lak oqadi. Hayvon chapillatib chaynaydi va tumshug’ini old oyoqlariga ishqaydi. Stomatitni quturish kasalligidan farqlash lozim. Davolashda shilliq parda qo’zg’alishining oldini olish zarur, hayvonga suyuq ozuqalar beriladi (kisellar, shilimshiq qaynatmalar, suyuq bo’tqalar). Og’iz bo’shlig’i 3 % li vodorod peroksidi, osh sodasi yoki borat kislotasi, Lyugol, rivanol (1: 1000), furasilin (1: 5000) eritmalari, moychechak (romashka; rus.) guli, mavrak (shalfey; rus.), ittikanak (chereda; rus.) barglari damlamalari bilan yuviladi, sulfanilamidlar pudrasi purkaladi va boshq. 2.2. Parotit Parotit – quloq oldi so’lak bezining yallig’lanishi bo’lib, u turli jarohatlar, lat yeyishlar, bezning chiqaruv yo’liga boshoqli o’simliklar qiltiqlari va boshqa ozuqa zarrachalarining tushishida, infeksion kasalliklarda rivojlanadi. Kasallik o’tkir va surunkali, bir va ikki tomonlama, aseptik va yiringli shakllarda bo’lishi mumkin. O’tkir ikki tomonlama parotitda ot boshini oldinga cho’zib turadi, bir tomonlamada esa uni sog’ tomonga sal qiyshiq tutadi. Bez zararlanganda issiq va og’riqli shish rivojlanadi. Hayvon jabrlanadi, chaynash va yutish aktlari qiyinlashadi, kuchli so’lak oqishi kuzatiladi. Yiringli parotitda tana harorati ko’tariladi, abssesslar va ayrim hollarda oqmalar hosil bo’ladi. Surunkali

kechishda bez kattalashadi, palpasiyada zich, yuzasi notekis va kam og’riqli bo’ladi. Tashhis qo’yishda parotitni aerosistitdan (quloq oldi sohasida halqum va qizilo’ngachdan yuqoriroq yotadigan havo xaltasi shilliq pardasining yallig’lanishi) farqlash lozim. Aerosistitda shish parotit shishidan pastroqda joylashadi. Kasal hayvonlarga maydalangan ozuqa, bulamiq (atala), iliq suv beriladi. Kasallikning aseptik shaklida dastlabki 2 kunlarda sovuq keyin isituvchi muolajalar, yorug’lik, ultrayuqori chastotali terapiyalar, massaj, qo’zg’atuvchi malhamlar (kamforali, ixtiolli) qo’llanadi. Yiringli parotitlarda muskul orasiga va mahalliy antibiotiklar va sulfanilamidlar yuboriladi. Abssesslar ochiladi va antiseptik eritmalar (furasilin, kaliy permanganati) bilan yuviladi. 2.3. Faringit Faringit – halqum shilliq pardasi va chuqur qavatlari hamda yumshoq tanglay va limfatik tugunlarning yallig’lanishi. Kasallik to’qimalarga mikroorganizmlar o’rnashishi, mexanik shikast, toksinlar va davolovchi moddalar ta’sirida, juda issiq yoki sovuq ozuqa, kuydirgi, saqov, pasterellyoz va boshq. infeksion kasalliklarda hosil bo’ladi. Kasallik rivojlanishiga organizm rezistentligining pasayishi moyillik yaratadi. Kasallik o’tkir va surunkali kechadi. Kasallangan hayvonlar ozuqani qabul qilmaydi yoki uni qiynalib yutadi, so’lak oqadi, burundan ekssudat bilan ozuqa parchalari chiqadi, bosh oldinga cho’zilgan bo’ladi, halqum sohasi shishadi. O’tkir shaklda tana harorati ko’tariladi, hayvon yo’talishi va qiynalib nafas olishi mumkin. Bu kasallikka laringit (hiqildoq yallig’lanishi) hamroxlik qilishi mumkin. Laringitda yutish harakatlarida patologiya bo’lmaydi. Tashhis qo’yishda infeksion kasalliklarini inkor qilish lozim. Davolash. Kasal hayvonlar sog’lardan ajratiladi, ularga yumshoq ozuqa beriladi (dimlangan yoki bulamiq shaklida). Ozuqa juda qiynalib yutilganda hayvon burunqizilo’ngach zond orqali oziqlantiriladi. Tashqi tomondan halqum