logo

OTLARNING ASAB TIZIMI PATOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

429.158203125 KB
OTLARNING ASAB TIZIMI  PATOLOGIYASI
Reja:
1.  Bosh miya chayqalishi
2.  Orqa miya shikastlanishlari 
2.1.  Parez va falajlarga olib keladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari
3.  Nervlarning travmatik kasalliklari 
4.  Oyoq nervlarining parez i  va   falajlari 1.  Bosh miya chayqalishi
Bosh   miya   chayqalishi   (commotion   cerebri)   otlarda   bosh   suyagi   –   miya
shikastlarining eng ko’p uchraydigan yopiq patologiyasi. Uncha kuchli bo’lmagan
shikastlovchi   kuch   ta’sirida   hosil   bo’ladi   va   qaytariladigan   funksional
o’zgarishlarga   olib   keladi   ya’ni   u   bosh   miya   diffuzli   zararlanishining   eng   yengil
shakli   bo’lib,   strukturaviy   o’zgarishlar   kechmaydi.     Bosh   miya   chayqalishi
ko’pincha boshga biror narsa bilan urilganda, bosh uzra yiqilganda paydo bo’ladi.
Miyasi   chayqalgan   hayvon   xushidan   ketadi   (odatda   tez   o’tib   ketadi)   va   yiqiladi.
Ko’z   soqqasi   harakatsiz   bo’lib,   qorachig’i   kengayadi   va   yorug’likka   deyarli
reaksiya   qilmaydi,   nafas   olinishi   sust   va   yuzaki,   puls   sekin   uradi   va   kam   to’lgan
bo’ladi. Pay reflekslari chaqirilmaydi. Ko’p hollarda qusish va tomirlar tortishishi
kuzatiladi.   Avval   hayvon   gangigan   holatda   bo’lib,   hyech   narsaga   reaksiya
qilmaydi. Asta – sekin bu holat o’tib ketadi va ko’pincha kuchsiz qo’zg’alish bilan
almashiniladi.   Birinchi   kunlarda   kuchli   holsizlanish   (adinamiyagacha)   kuzatiladi.
Bir qator belgilar simpatik tizimi tonusining pasayishi sababli hosil bo’ladi. Ularga
adinamiyadan   tashqari   pulsning   bradikardiya   fonida   o’ynashi,   qon   bosimi
pasayishi,   qondagi   qand   miqdorining   kamayishi   kiradi.   Ayrim   hollarda   qisqa
vaqtga tana harorati ko’tarilib leykositozga o’tadi.
O’choqli nevrologik simptomatika kuzatilmaydi, ammo ayrim hollarda o’tib
ketadigan  nistagm  (ko’z soqqasi qaltirashi) qayd etiladi. 
Bosh   miya   chayqalgandan   so’ng   yurak   faoliyatining   barqarorsizligi,   tezda
toltqish,   kuchli   qo’zg’alish   kabi   belgilar   uzoq   vaqtga   qoladi.   O’rtacha   og’irlikda
bosh   miya   chayqalishida   zararlanish   belgilari     6–12   oylardan   so’ng   yo’qoladi,
ammo jismoniy yuklanishlarda ular qayta paydo bo’lishi mumkin.
Bu   patologiyaning   posttravmatik   davrida   otning   hatti   –   harakatlarida
o’zgarishlar   (past   ishchanlik,   tezda   toliqish,   bezovtalanish,   umumiy   qo’zg’alish,
qo’rquv, agressivlik, sababsiz tez – tez kishnash, apatiya, reaksiyalar susayishi  va
tormozlanish);   vegetativ   reaksiyalar   (terlash,   taxikardiya,   taxipnoe);   tomirlar
tortishishi   kuzatiladi.   Bunday   hatti   –  harakatli   reaksiyalar   ot   bilan   ishlashda   ko’p muammolarni   tug’diradi.   Ayg’irlar   treningda   va   ot   sporti   mashqlarini   bajarishda
kuchsiz bo’lib qoladi. Tez – tez xavfli holatlar paydo bo’ladi.
Bosh miya chayqalishida va umuman yopiq bosh suyagi – miya shikastlarida
hayvonlar iloji boricha tezroq ko’zdan kechirilishi lozim. Avval vital funksiyalari
holati,   tomirlar   tortishishlari   bor   –   yo’qligi   baholanadi.   Xushidan   ketgan   hayvon
yon   tomonlab   yotqiziladi,   chunki   so’lak   va   qusuqlar   nafas   yo’llariga   tushishi
mumkin.   Nafas   olish   buzilganda   og’iz,   halqum,   traxeya   shilliqdan   tozalanadi,   til
ushlagich   asbobi   qo’yiladi,     sulfokamfokain   yuboriladi.   Yurak   faoliyatini
yaxshilash uchun kordiamin qo’llanadi. Tomir  tortishishlar  xurujlari  bosh miyada
chuqur   zararlanishlarni   chaqiradi.   Bunda   relanium,   seduksen,   lyuminallarni
qo’llash   lozim.   Tomir   tortishishi   xuruji   bartaraf   etilganda   profilaktika   maqsadida
uzoq vaqt ta’sir etuvchi antikonvulsantlar (finlepsin) qabul qilinadi.
Yopiq   bosh   suyagi   –   miya   shikastlarini   davolash   ishlari   birinchi   navbatda
umumiy   tadbirlardan   boshlanadi.   Hayotiy   muhim   funksiyalariga   madad   berish
bilan   birgalikda   gomeostazning   asosiy   parametrlari   nazorat   qilinadi,   burun   va
og’izhalqum tozalanadi, qovuq va ichaklar holati qayd etiladi. Suyuqlik bir kunda
30–50   ml/1   kg   hisobidan   kiritiladi.   Izotonik   eritmalar   (Ringer,   natriy   xloridi
eritmalari) qo’llanishi maqsadga muvofiqdir. 
Bosh   miya   shishishini   davolash   uchun   diuretiklar   qo’llanadi,   sernokisloy
magnezii   yuboriladi.   Neyroproteksiya   maqsadida   o’tkir   davrda     neyrotrofik
prepara tlar   (serebrolizin,   semaks,   glisin);   energetik   to’qimali   metabolizmni
yaxshilovchi (aktovegin, riboksin) preparatlar; vi taminlar tavsiya etiladi.
2.  Orqa miya shikastlanishlari 
2.1.  Parez va falajlarga olib keladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari
T.K.Donskaya, M.A.Narusbayeva  (2003)   ta’qidlashicha, periferik falajlarda
a’zoning atoniyasi, mushaklar distrofiyasi va atrofiyasi rivojlanadi, pay reflekslari
yo‘qoladi.   Uzoq   davom   etadigan   periferik   falajda   ikkilamchi   kontrakturalar
rivojlanishi mumkin.
Periferik falajning tipik misoli – yelka chigalining mexanik shikastidan hosil
bo‘lgan   oldingi   oyoqda   bilak   nervi   falajidir.   Yelka   chigali   kurak   ostida,   yelka bo‘g‘imi   sohasida   joylashgan,   undan   oldingi   oyoqni   innervatsiya   qiladigan   tirsak
va bilak nervlari chiqadi. Kuchli zarbada bu nervlar chigaldan uzilib,   o tda oldingi
oyoqning falaji paydo bo‘ladi.
Mualliflar oyoqlar parezi va falajlariga olib keladigan umurtqa kasalliklarini
keltiradi.
Umurtqa   pog‘onasi   shikastlanishlari   eng   ko‘p   holatlarda   avtohalokatlar,
balandlikdan   yiqilish   (it   bolasi   divandan   yiqilganda   ham   shikastlanish   mumkin).
Shikast umurtqa pog‘onasi, uning pay – paychalar apparati, umurtqalararo disklar
yoki   orqa   miya   zararlanishlarini   chaqirishi   mumkin.     Ta’qidlab   o‘tish   joiz   –
shikastlangandan   so‘ng   birinchi   soatlarda   og‘riq   past   bo‘lishi   mumkin,   shuning
uchun zararlanish og‘irligi darajasini aniqlashda rentgenologik tekshirishlar muhim
ahamiyat kasb yetadi.
Belgilar.  Umurtqa pog‘onasining shikastlanishlarida kasallik belgilari har xil
bo‘ladi – juda yengildan og‘irgacha. Ular 5 kategoriyaga bo‘linadi.
1.   Shikastlangan   joydagi   muskullar   og‘riqli   va   tarang   bo‘ladi,   harakat
buzilishlari kuzatilmaydi.
2.   Parezning   yengil   belgilari   va   yengil   ataksiya   namoyon   bo‘ladi,   ammo   it
chopib yurishi mumkin.
3.   Parez.   It   tik   turish   va   yurish   qobiliyatini   yo‘qotadi,   ammo   sezuvchanlik
to‘lig‘icha saqlanib qoladi.
4.   Oyoqlar   falaji.   Terining   sezuvchanligi   pasayishi   mumkin,   ammo
falajlangan oyoqlardagi chuqur og‘riqqa reaksiya saqlanadi.
5. Falaj. Terining sezuvchanligi va falajlangan oyoqlardagi chuqur og‘riqqa
reaksiya bo‘lmaydi.
Oqibati.   Yordam ko‘rsatilgancha qanchalik ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa va orqa
miya   zararlanishi   qanchalik   kuchli   bo‘lsa   kasallik   oqibati   shunchalik   yomon
bo‘ladi. Diskopatiya  (umurtqalararo diskning o‘rnidan chiqishi).
Diskopatiya   –   umurtqalararo   disklarning   patologik   o‘zgarishlari   va
zararlanishlarining   yig‘ma   nomlanishi,   natijada   disk   orqa   miya   kanaliga   chiqib
qoladi (disk prolapsusi).  
Chiqib   qolgan   disk   orqa   miyani   siqib,   zararlanishning   barcha   belgilarini
(og‘riq, parez,  falaj, ataksiya  va sh.o‘.)  chaqiradi. Bu kasalikka  birinchi  navbatda
xondrodistrofoid   it   zotlari   (taksa,  pekines)   chalinadi .   Ulardagi   diskopatiya  odatda
4–6   yoshida   paydo   bo‘ladi.   Boshqa   zotlarga   mansub   itlar   (ovcharka,   doberman)
ham   bu   kasallikka   chalinishi   mumkin,   ammo   ularda   diskopatiya   9–10   yoshdan
so‘ng hosil bo‘ladi.
  Belgilar.   Odatda   diskopatiya   it   avtomobil   ichiga   sakrab   kirishdan   yoki
boshqa   balandroq   joyga   chiqishdan   (zinaga)   bosh   tortadi.   Ayrim   hollarda,   uni
ko‘targanda   yoki   unga   teginganda   yuqori   sezuvchanlikni   bildiradi.   Kam   hollarda
kutilmagan falajlar rivojlanadi.
Diskopatiya   ko‘pincha   umurtqa   pog‘onasining   bo‘yin   va   ko‘krak
bo‘linmalarida uchraydi. Bo‘yin bo‘linmasidagi prolapsda kuchli og‘riq rivojlanib,
old oyoqlarga o‘tadi va oqsoqlikni chaqiradi. Ko‘krak – bel sohadagi disk o‘rnidan
qo‘zg‘alganda bel bukchayadi va orqa oyoqlar falaji rivojlanadi. 
N.A.Sotnikov (2014)   bo‘yicha, falaj va parezlar xondrodistrofoidli it zotlari
– taksa, pekines,    fransuz buldogi; ayrim holatlarda spaniyel, pudellar va yana 84 ta
it   zotlarida   kuzatiladi.   Yashash   sharoitidan   qat’iy   nazar   (uy   va   ovchi,   semiz   va
oriq)  barcha yoshdagi, ammo ko‘pincha 2 yoshdan katta itlar kasallanadi.
Yuqorida   aytib   o‘tilgan   it   zotlari   boshqa   hayvon   turlari   va   odamlarga   xos
bo‘lmagan   antiqa   (unikal)   kasallikka   chalingan.   Oddiy   tilda   bu   kasallikni   “disk
churras i”  deb   ataydilar.    Bu   atamani   (yanada   noto‘g‘risi   –  diskopatiya)   hali   ham
veterinariya vrachlari ishlatib kelmoqda. Ammo hozirgi kunda tashhisni qo‘yishda
uni   Intervertebral   Disk   Disease   (IVDD)   Tip   1   Hansen   deb   atash   to‘g‘ri   bo‘ladi.
Aslida mazkur kasallik odam va yirik itlardagi o‘xshash patologiyaga xos emas va
uni   davolash   va   diagnostika   qilish   uchun   boshqacha   yondashish   lozim.   Bu
patologiya   “churra”   ning   bir   turi   bo‘lib,   fibroz   halqaning   chin   yorilishi   bilan xarakterlanadi.   O‘tkir   (1–5   kunlarda   yoki   bir   necha   daqiqa   mobaynida)   kechadi,
bunda   pulpoz   yadro   orqa   miya   kanaliga   siqib   chiqariladi,   orqa   miya   siqiladi   va
nerv ildizchasi qo‘zgaladi.
Bunday   churra   ko‘pincha   ko‘krak   bo‘limning   oxirida,   bel   bo‘limi
boshlanishida hosil bo‘ladi.
Spondilopatiya   (shakl   buzuvchi   spondilyoz)   –   umurtqa   pog‘onasining
surunkali   kasalligi   bo‘lib,   umurtqalarda   tikonsimon   yoki   biriqma   shaklda   suyak
o‘simtalari   paydo   bo‘lishi   bilan   xarakterlanadi.   Bir   vaqtda   umurtqa
bo‘g‘imlarining   paychalari   suyaklashadi   va   umurtqalararo   disklar   degenerasiyasi
rivojlanadi.   Spondilopatiya   barcha   zotlarga   mansub   itlarda   uchraydi   ammo   yirik
jussali itlarda ko‘proq kuzatiladi.
Belgilar.   Odatda   spondilopatiya   rentgenologik   tekshirishda   tasodifan
aniqlanadi   va   organizm   faoliyatiga   sezilarli   ta’sir   qilmaydi.   Ammo   ayrim
hayvonlarda   og‘riq,   qiynalib   yurish,   ayrimlarda   esa   orqa   oyoqlar   parezi   hosil
bo‘ladi.   Nerv   ildizchalaridagi   og‘riq   suyak   o‘simtasi   umurtqalararo   teshikdan
chiqayotgan   nervlarni   qisganda   yoki   bir   vaqtda   diskopatiya   ham   rivojlanganda
paydo   bo‘ladi.   Umurtqalar   orasida   rivojlangan   suyak   birikmalari   singanda   og‘riq
juda kuchli bo‘ladi.
Ataksiya.   Bu   termin   bilan   harakat   koordinatsiyasining   buzilishi   ataladi.
Ataksiyada muskul guruhlari bajaradigan ishining birdamligi buziladi. Hayvonning
qadam   bosishi   noaniq   va   nomustahkam   bo‘ladi.   Ko‘pincha   it   burilishlarda   va
o‘rnidan turib harakatlanishni boshlaganda yiqilishi mumkin. Tananing ortki qismi
kuchsizlanganligi   va   yon   tomonlarga   og‘ishi   aniq   ko‘rinadi.   It   esa   o‘zini   yaxshi
sezadi.
Kelib chiqishi bo‘yicha ataksiya markaziy va periferik bo‘lishi mumkin.
Markaziy   ataksiya   bosh   miyaning   turli   kasalliklari   bilan   bog‘liq   (miyacha
gipoplaziyasi).
Periferik   ataksiya   orqa   miya   umurtqa   pog‘onasining   bo‘yin   qismida
qisilishida   hosil   bo‘ladi.   Yirik   jussali   it   zotlarida,   birinchi   navbatda   nemis doglarida,   umurtqa   pog‘onasining   bo‘yin   qismida   qisilishi   irsiy   kasallik   bo‘lib,
ataksiya uning yetakchi belgisidir. 
Belgilar.   Klinik tekshirishda o‘rindan qiynalib turish va yehtiyokorlik bilan
yurish   kabilar   kuzatiladi.   Yosh   itlarda   bularni   o‘sish   bilan   bog‘laydilar.   Kasallik
asta   –   sekin,   bir   necha   oylar   mobaynida   rivojlanadi.   Kasallik   rivojlanish
cho‘qqisiga   yetganda   it   yurolmay   qoladi.   Moyillik   yaratuvchi   omilga   itni   kuchli
oziqlantirish natijasida u juda o‘sib ketishi kiradi.
Umurtqa   pog‘onasining   shikastlanishlarini   davolash .   Umurtqa
pog‘onasining   shikastlanishlarini   davolashda   birlamchi   yordam   sifatida
zararlangan   joyga   tinch   sharoit   ta’minlash   lozim.   Buning   uchun   hayvonning
harakatchanligi chegaralanadi (it qafasga joylashtiriladi). Falaj rivojlanganda it yon
tomoni bilan yog‘och shchitga qayishlar bilan fiksatsiya qilinadi.
Og‘riqni   pasaytiruvchi   va   yallig‘lanishga   qarshi   vositalar   qo‘llanadi.
Shikastlangan joyga muz bilan paketlarni qo‘yish mumkin. 
Umurtqa   pog‘onasi   shikastlangan   itlarga   kortikosteroidlar   yuboriladi
(deksametazon, metilprednizolon va boshq.) va kerak bo‘lganda jarrohlik amaliyoti
bajariladi.   Uning   maqsadi   –   umurtqa   pog‘onasini   stabilizasiya   qilish   va   orqa
miyaga bosimni kamaytirish.
Sog‘ayish   davrida   massaj,   oyoqlarning   passiv   harakatlari,   fizioterapiya
ko‘rsatiladi.   Siydik   pufagi   va   ichaklar   faoliyati   nazorat   qilinadi,   kerak   bo‘lganda
siydik kateteri kiritiladi va klizma qo‘yiladi.
3.  Nervlarning travmatik kasalliklari 
Otlarda ko’pincha oyoq nervlari shikastlanadi. 
Nerv tolalari shikastlanganda anatomik butunligi buzilmaganda ham odatda
funksiyasi   to’liq   buzilishining   manzarasi   namoyon   bo’ladi.   Buni   davolashda
e’tiborga olish lozim. 
Nerv   shikastlarining   darajasi   va   tabiati   bo’yicha   qisilish   (compressio);
tebranish  (commotio);  lat  yeyish  (contusio);    qisman  va to’liq uzilishlar  (ruptura)
tafovut qilinadi  ( –rasm ). Sabablari.   Gipsli yoki prafinli bog’lamlarini noto’g’ri qo’yish, to’qima ichi
gematoma,   suyak   qadoq,   ekzostozlar   rivojlanishi,   singan   suyak   bo’laklarining
siljishi. 
Qisilgan nerv anatomik butunligini saqlab qoladi. Kam  vaqt ichida makro–
va   mikroskopi k   o’zgarishlar   bo’lmaydi,   keyinchalik     ishemiya   va       seroz
yallig’lanish va natijada degenera tiv buzilishlar rivojlanadi, miyelin parchalanadi,
o’q silindrlar o’zgaradi. Organik o’zgarishlar parezga olib kelishi mumkin. 
Tebranish   nervni   o’rab   turgan   to’qimalarga   zarba   keltirilganda   paydo
bo’ladi.   Nerv   sezuvchanligi   buziladi,   butunligi   esa   saqlanib   qoladi.
Harakatlantiruvchi   va   sezgi   funksiyalarining   buzilishi   to’liq   bo’lishi   mumkin,
ammo tezda tiklanadi. Nerv funksiyalari birinchi kunlar va haftalarda tiklanmasligi
og’irroq shikast borligini bildiradi.
Lat   yeyishda   nervning   anatomik   butungligi   saqlanib   qoladi,   ammo
strukturasida   ezilish,   qisilish,   qon  quyilish   kabi   o’zgarishlar   topiladi.   Zararlangan
nerv   funksiyalarining   buzilishi   tebranishdagidan   kuchliroq   bo’ladi,   ammo   bunda
ham birinchi kunlar yoki haftalarda tiklanadi.
                                a                  b             v                      g                 d
–rasm .   Nerv zararlanishlari turlari
a   –   nervning   to’liq   uzilishi   va   uchlarining   o’zaro   uzoqlashishi;   b   –   nerv
tolalarining   to’liq   uzilishi   bilan   nerv   uchlari   orasida   biriktiruvchi   to’qimaning
saqlanib   qolishi;   v   –   nervning   yon   tomonli   zararlanishi   bilan   strukturasining
saqlanib   qolishi;   g   –   nervning   periferik   zararlanishi   bilan   strukturasining   qisman
saqlanib   qolishi;   d   –   nerv   o’rtasidagi   chandiqlanish   bilan   periferik   tolalarining
saqlanib qolishi (psevdonevroma). Nervning   uzilishi   qisman   va   to’liq   bo’lishi   mumkin;   oxirgisi   ko’proq
uchraydi.   To’liq   uzilishda   o’q   silindrlar   va   po’stloq   ham   uziladi;   qisman   uzilgan
nervning   yon   tomonida   chuqurcha   kuzatilishi   mumkin,   keyinchalik   u   travmatik
nevrinomaga aylanadi. To’liq uzilishga odatda kichik boldir, kata boldir, bilak va
tirsak   nervlari   chalinadi.   Og’ir   jarohatlarda   nervning   bir   qismi   uzib   olinishi
mumkin, bunda regenerasiya muammo tug’diradi va maxsus choralarni qo’llashga
majbur qiladi.
To’liq   anatomik   uzilishda     funksiyalar   buzilishi   og’ir   bo’lib,   uzoq   vaqt
davom etadi. Tegishli muskullarning falaji lanj bo’ladi, pay va periostal reflekslar
yo’qoladi.   Muskullar   atrofiyasi   tezda   paydo   bo’lib,   asta   –   sekin   kuchayadi;
to’qimalar   shishadi.   Sezuvchanlik   buzilishining   sohasi     qo’shni   nervlar   hisobidan
kichikroq bo’ladi.
Trofik   buzilishlar   ko’proq   terida   kuzatiladi.   Uzoq   vaqt   davom   etadigan
falajlarda   chuqur   to’qimalarda   ham   o’zgarishlar   kechadi.   Trofik   yaralar   nerv
stvollarining   qisman   zararlanishlarida,   ayniqsa   arteriyalar   jarohatlarida   paydo
bo’ladi. To’liq va qisman uzilishlarda kontrakturalar rivojlanishi mumkin.
Klinik belgilar. 
Nerv   bir   kecha   –   kunduzda   1   mm   ga   o’sadi.   Yirik   nerv   stvollarning
regenerasiyasi   juda   uzoq   vaqt   kechib,   funksiyalar   tiklanishi   1–2   yillarni   oladi.
Ayrim   nervlar   kerakli   o’sish   yo’nalishini   o’zgartirganda   sinkineziyalar   paydo
bo’ladi   (markazdan   kelgan   impulslarga   javoban   qo’shni   muskullarning   ham
qisqarishi).
O’sib   borayotgan   nerv   yo’lida   biron   to’siq   –   yot   jismlar,   suyak   bo’laklari,
qadoq va chandiqlar bo’lganda regenerasiya bo’lmaydi. Markaziy nervning uchida
to’siq   bo’lganda   nevroma   (yosh   aksonlar,   shvann   hujayralar   va   biriktiruvchi
to’qimali tolalardan hosil bo’lgan zich hosila) rivojlanadi. 
Tashhis   va   davolash.   Hayvon   dastlabki   24   soatlar   ichida   davolanganda,
to’liq   uzilishda   jarohat   yaxshilab   ishlanadi   va   unga   choq   qo’yiladi   (birlamchi).
Markaziy   va   periferik   uchlarning   epinevriylariga   choklar   qo’yilib   nerv   uchlari birlashtiriladi.   24   soatdan   ziyod   vaqt   o’tganda   nervda   jarrohlik   amaliyot
o’tkazilmaydi,   chunki   jarohatga   infeksiya   tushishga   ulguradi.   Infeksion   jarayon
so’ngandagina choklar (ikkilamchi) qo’yiladi.
Nerv   zararlanishining   birinchi   haftalarida   zararlanish   tabiatini   aniqlash
qiyin,   chunki   funksiyalarning   yo’qligi   uzilishdan   ishonchli   darak   bermaydi.
Shuning   uchun   birinchi   haftalar   kutish   va   faol   fizioterapiya   davri   bo’lib
hisoblanadi. To’liq anatomik bor – yo’qligi va regenerasiya boshlanganligiga to’liq
ishonch   hosil   qilish   kerak.   Ayrim   funksiyalar   kam   darajada   ham   tiklanayotgan
bo’lsa, teri burmasi siqib ko’rilganda va zararlangan joydan pastroqda nervga bosib
ko’rilganda og’riq sezilsa – to’liq uzilish inkor etiladi.
6   haftalar   ichida   regenerasiya   qiladigan   nerv   3,5–4   sm   ga   o’sishi   lozim.
Regenerasiya   bo’lmasligi   esa   yo’lida   to’siq   borligidan   dalolat   beradi   va   uni
jarrohlik yo’l bilan olib tashlash kerak bo’ladi. Shuning uchun 1,5 oylik kutishdan
so’ng (jarohat bitib ketganda) regenerasiya bo’lmasa va nerv qo’zg’alishi natijasida
og’riqlar sezilsa to’liq uzilish bor deb faraz qilinadi va operasiyaga kirishiladi. Bir
necha   oylardan   keyin   ham   bajarilgan   operasiya   yaxshi   natijalarga   olib   kelishi
mumkin. 
Periferik   nervlarda   o’tkaziladigan   jarrohlik   amaliyotlar   shakllari   har   xil
bo’ladi.   Nerv   butunligi   buzilmaganda   nevroliz   ya’ni   uni   chandiqlar   va
bitishmalardan   ajratish   ishlari   bajariladi.   Nevromalar   olib   tashlanadi.   Qisman
uzilishlarda qisman choqlar qo’yiladi, to’liq uzilishlarda esa to’liq ko’ndalang chok
qo’yiladi.   Nervning   kichik   nuqsonlarida   (2–7   sm   gacha)   nerv   stvoli   atrof
to’qimalardan   ajratiladi,   nervning   periferik   uchi   ehtiyotkorlik   bilan   tortib
chiqariladi   va   boshqa   uchiga   tikiladi.   Choklar   faqat   nervning   biriktiruvchi
to’qimali pardasiga – epinevriyga qo’yiladi.
Kontrakturalar   rivojlanish   mumkinligini   inobatga   olib,   oyoqni   fiksasiya
qilganda unga tegishli holatda joylashtirish lozim.
Nervlarning   barcha   travmatik   zararlanishlarida   fizioterapevti k   usullar
qo’llanadi. Ular shikast yoki operasiyadan so’ng birinchi kundan boshlanadi. Zararlangan nerv ustidagi teri ultrabinafshali  nurlantiriladi. Asab hujayralar
hayotiyligini  yaxshilash  maqsadida diatermiya qo’llanadi. Elektrodlar zararlangan
periferik nervga tegishli orqa miya segmentlari, umurtqalar aro tugunlar va chegara
simpatik stvol tugunlari sohasiga qo’yiladi.  
Har xil mahalliy isituvchi muolajalar bajariladi.
A nalgetik,   an tibiotik,   V   guruhi   vitamin lari ,   biostimulyator lar   va
antixolinesteraz preparat lar  inyeksi yalari tavsiya etiladi .
4.  Oyoq nervlarining parez i  va falajlari
Oyoqlar parezi va falajlarining umumiy tavsifi
Oldingi   oyoqlar  periferik  nervlarining  kasalliklari   uy  hayvonlari  lokomotor
apparatining funksional buzilishlari orasida nisbatan ko‘p uchraydigan patologiya.
Bunda   oyoqlar   asab   tizimidagi   patologik   jarayonlarining   asl   mazmuni   periferik
nerv  stvollari   va   tarmoqlarining   parezi   va   falajlari   bilan  namoyon   bo‘ladi.   Klinik
tomondan ular “tayanch” oqsoqligi ko‘rinishida bo‘ladi. 
4–rasm .   Otda   yelka   nerv
chigalining sxemasi:
1–muskul   – teri  nervi;  2–o‘rta
nerv;   3–tirsak   nervi;   4–bilak
nervi;   5–qo‘ltiq   osti   nervi;   6–
kurak   oldi   nervi;   7–kurak   osti
nervi;   8–ko‘krak   dorsal   nervi;
9–   ko‘krak   lateral   nervi;   10–
ko‘krak   ventral   nervi;   11–
bilak   nervining   muskul
tarmog‘i;   12–tirsak   nervining
teri   tarmog‘i;   13–o‘rta
nervining   muskul   tarmog‘i;
14–volyar   lateral   nervi;   15– volyar   medial   nervi;   16–
muskul   –   teri   nervining   teri
tarmog‘i;     17–ko‘krak   kranial
nervi;   18–   birlashtiruvchi
tarmoq.
Parez va falajlarning etiopatogenezi  
Parez   va   falajlar   uy   va   qishloq   xo‘jalik   hayvonlar   orasida   keng   tarqalgan
bo‘lib,   hayvonlarni   saqlash   va   ekspluatatsiya   qilishda   ko‘p   noqulayliklarni
chaqiradi,   chunki   bu   jiddiy   patologiyani   davolashning   samarali   usullari
hanuzgacha ishlab chiqilmagan.  
Parezda   mushaklarning   qisqarishi   va   taktil   sezuvchanlik   pasayadi,   falajda
esa   mushaklar   umuman   qisqarmaydi,   nerv   innervatsiya   qiladigan   sohada
sezuvchanlik   to‘liq   yo‘qoladi.   Ikkala   patologiya   ham   oyoqlarning   “tayanch”
oqsoqligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Kelib   chiqishi   bo‘yicha   falajlar   markaziy   va   periferik   bo‘lishi   mumkin.
Markaziy   falajlar   ko‘p   hollarda   infeksion   patologiya   (o‘lat,   quturish   va   boshq.),
bosh va orqa miyalar shikastlari, mineral va o‘simlik   zaharlanishlar bilan bog‘liq
bo‘ladi. Markaziy falajlarni  chaqiradigan endogen  omillardan – bosh  miyaga qon
quyilishi,   o‘smalar,   bosh   va   orqa   miya   to‘qimasi   yoki   pardalarining
yallig‘lanishlarini ta’qidlab o‘tish lozim. Bunday falajlar “qattiq falaj” deb ataladi,
chunki ular  mono–, para– va tetraplegiya ko‘rinishida bo‘lib, falajlangan muskullar
kuchli   taranglashadi.   Bunga   esa   markaziy   asab   tizimining   tormozlantiruvchi
funksiyasi bo‘zilganligi sabab bo‘ladi. 
Periferik falajlar shikastlar (kuchli tebranish, lat yeyish,  qisilish, cho‘zilish,
uzilish va jarohatlar), oyoq muskullari va boshqa a’zo va to‘qimalarni innervatsiya
qiladigan   nerv   stvollari   va   tarmoqlarining   qisilishi   (shish,   gematoma,   abssess   va
sh.o‘.),   nevrit,   pleksit,   radikulitlar   va   nerv   butunligining   buzilishi   bilan   bog‘liq.
Undan   tashqari,   parez   umurtqa   pog‘onasining   tug‘ma   qiyshayishlarida   ham namoyon   bo‘lishi   mumkin.   Ayrim   it   zotlarining   (taksa,   pudel,   basset,   fransuz
buldogi)   tanasi   o‘ziga   xos   tuzilishiga   ega   bo‘lgani   sababli,   ularda   bu   kasallikka
moyillik bo‘ladi. Bu kasalliklarda umurtqa pog‘onasi qiyshiq bo‘lgani sababli orqa
miya   qisiladi.   Itlardagi   parez   faqat   fransuz   buldogiga   xos   ponasimon     umurtqa
mavjudligida paydo bo‘ladi.
Oldingi oyoq periferik nervlarining parezi va falajlari odatda bir tomonlama
va   juda   kam   hollarda   ikki   tomonlama   bo‘lishi   mumkin   (M.Sh.   Shakurov,   1990;
Yu.I. Sidorova, 2013;   http://www.mydog.su/ forum/parez–u–sobak) .
Virusli  neyrotrop kasalliklari  keng tarqalgan bo‘lib,   ular  birinchi  navbatda
asoratlar rivojlanishi bilan xavflidir. Bunday asoratlarga orqa oyoqlarning falaji va
parezlari   kiradi   (http://vetpraktika.ru/article/apparat–reton–pri–lechenii–zadnih–
konechnostey–u–sobaki) .  
  Parez va falajlar diagnostikasi
Ko‘pchilik   falajlar   va   parezlarni   oyoqlar   ishlamay   qolgandan   2   hafta
o‘tmasdan   davolash   mumkin.   Umuman   olganda,   kasallik   belgilari   namoyon
bo‘lishidan 3 kun o‘tmasdan vrachga murojaat qilish kerak. 
Buning   uchun   malakali   diagnostikani   bajarish   lozim,   aks   holda   davolash
samarasiz   bo‘lishi   mumkin.   Bunday   patologiyada   tashhisni   faqat   ko‘rik   va
palpatsiya   bilan   qo‘yib   bo‘lmaydi.   Nerv,   muskul,   pay   va   paychalarning   holatini
ham   albatta   tekshirish   muhimdir   (http://www.kotipes.ru/letter/paresis_
paralysis.html). 
S.L. Yagnikov, N.V. Smirnova (2012)   lar ta’qidlashicha, umurtqa pog‘onasi
va   orqa   miya   o‘smalari   nevrologik   simptomatika   sabablaridan   biridir.   Bunday
kasal  hayvonni tekshirganda veterinariya vrachi quyidagi savollarga javob topishi
lozim:
1) Shikastning joyi qayerda?
2) Orqa miya ishemiyasini qanday sabab chaqirgan?
3)  Orqa miya kompressiyasining oqibati qanchalik jiddiy ?
4)   Shikastning   hayvon   hayotiga   ta’siri   va   oyog‘ining   harakatlanishi
tiklanishiga  farazlar ? Shikastning   joyi   va   orqa   miya   ishemiyasini   qanday   sabab   chaqirgan   kabi
savollar   nevrologik   tekshirishlar   jarayonida   yechiladi.   Monoparez   yoki
monoplegiya,   paraparez,   tetraparez   yoki   paraplegiya   (tetraplegiya)   larda
nevrologik buzilishlar yuqori motor (harakatlantiruvchi) nevron yoki pastki motor
nevron sohalaridagi shikastlanishlarda bo‘ladi. 
Pastki   motor   nevron   sohasidagi   shikastlanishda   3   hafta   mobaynida
muskullar   atrofiyasi,   muskulli   tonusning   atoniya   yoki   gipotoniyasi,   asosiy
reflekslarning   arefleksiya   yoki   giporefleksiyasi   kabi   nevrologik   simptomatikasi
aniqlanadi. Surunkali shikastlanishlarda muskullar atrofiyasi yaqqol bilinadi. 
Yuqori   motor   nevron   shikastlanganda   muskullarning   spastik   gipertoniyasi,
reflekslar   mavjudligi   (ular   ayrim   paytlarda   o‘zgargan   bo‘ladi),   muskullarning
kuchsiz atrofiyasi kuzatiladi.
Zararlanish   lokalizatsiya   diagnostikasining   keyingi   etapi   vrach   klinisist
bilimiga   bog‘liq.   Nevrologik   defisit   odatda   nerv   to‘qimasi   zararlangan   joydan
pastroqda namoyon bo‘ladi. Orqa oyoqlar faoliyatining buzilishlari orqa miya, orqa
miya   nervlari   yoki   periferik   nervlarning       TZ—S3   umurtqalari,   old   va   orqa
oyoqlarniki   esa   S1–T2   umurtqalari   sohalaridagi   zararlanishlarda   paydo   bo‘ladi.
Umurtqa   pog‘onasining   bo‘yin,   ko‘krak   yoki   bel   sohalaridagi   zararlanishlarni
aniqlash uchun pannikulit refleksi, tizza refleksi, bukish refleksi, Xorner sindromi
va boshqa  nevrologik simptomlar yordam beradi.
Anamnez   ma’lumotlari   yig‘ilib,   klinik   –   nevrologik   tekshirishlar
o‘tkazilgandan   so‘ng   nevrologik   buzilishlar   darajasi   aniqlanadi,   u   orqa   miya
kompressiyasining oqibati qanchalik jiddiy ekanligini ko‘rsatadi. 
Orqa   miyaning   zararlanish   darajasini   aniqlagandan   so‘ng   2   proyeksiyada
rentgenografiya   bajariladi.     Rentgenogrammada   suyak   to‘qimasidagi   o‘smalar   va
umurtqalar   tanasiga   kirib   boradigan   boshqa   a’zolar   o‘smalarining   metastazlari,
osteolizis   o‘choqlari,   periostal   yo‘g‘onlashish,   umurtqa   tanasining   patologik
sinishlari   kabi   o‘zgarishlar   namoyon   bo‘ladi.   Bu   usul   yordamida   o‘sma
lokalizatsiyasi   va   orqa   miya   kompressiyasining   darajasi   aniqlanadi.   Ayrim
holatlarda,   nevrologik   simptomatika   suyak   to‘qimasining   buzilish   jarayonini ilgarilab   o‘tishi   mumkin.   Xususan   nerv   to‘qimasi,   orqa   miya   pardalaridagi
rentgenografik o‘zgarishlar esa umuman ko‘rinmasligi mumkin.
Rentgenogrammalarda   rentgenografik   o‘zgarishlar   bo‘lmaganda   kontrast
rentgenografiya o‘tkaziladi. 
To‘g‘ri   va   yon   proyeksiyada   qilingan   kontrast   rentgenogrammalarda
kontrast   ustun   konturlarining   o‘zgarishlari   aniqlanadi,   kontrast   moddaning   to‘liq
yoki   qisman   qamali,   ventral   va   dorsal   ustunlar   qalinligining   o‘zgarishlari   qayd
etiladi. O‘smaning orqa miya pardalari va orqa miyaga nisbatan joyi  aniqlanadi.
Olingan natijalar asosida o‘smalar e kstradural, intradural  –    e kstramedullyar
va   intramedullyar larga   ajratiladi.   Kontrast   ustun   (ventral   va   dorsal)   o‘smaning
kranial   chegaralarida   qamal   bo‘lishi   natijasida   mazkur   tekshirish   usuli   yumshoq
to‘qimalarning o‘smalarini har vaqtda ham aniqlashga imkon bermaydi. 
Suboksipital   punksiya   o‘tkazilishi   uchun   likvor   yig‘ilib,   sitologik
tekshirishlar   bajariladi.   Likvorda   o‘smali   hujayralar   bor   –   yo‘qligi     aniqlanadi.
Likvordagi o‘smali hujayralar bevosita orqa miya va uning pardalari zararlanganda
yoki ular  ekstradural  o‘smadan kirib borganda kuzatilishi  mumkin. Ammo asosiy
oxirgi tashhis faqat gistologik tekshirishdan so‘ng qo‘yiladi.
Miyelografiya orqa miya kompressiyasining darajasini aniq bilishga yordam
beradi. Ammo u har vaqtda ham o‘smani kompressiya chaqirgan boshqa holatdan
farqlay olmaydi. 
Sagital   va   segmental   yo‘nalishlarda   bajariladigan   magnit   –   rezonans
tomografiya   yumshoq   to‘qima   o‘smasining   tarqalishini   aniqlash,   rentgenografik
aniqlab   bo‘lmaydigan   suyak   to‘qimasining   tuzilmali   o‘zgarishlarini,   umurtqalar
tanasidagi   buzilish   o‘choqlarini,   o‘smaning   hajmini   va   insizion   yoki   trepan
biopsiyaga optimal aralashish yo‘lini ko‘rishga imkon beradi.
Orqa  miya  ishemiyasini  qanday sabab  chaqirganini  aniqlash, uning hayvon
hayotiga   ta’siri   va   oyog‘ining   harakatlanish   faoliyati   tiklanishiga     farazlarni
keltirish   uchun   o‘smaning   morfologik   verifikasiyasi   (tekshirilishi)   o‘tkazilishi
lozim.   Morfologik   tekshirish   uchun   na’munani   olish   paytida   oyoqning harakatlanish  faoliyatini   saqlash   va orqa miyaga  qo‘pol  zarar  keltirmaslik  kabilar
asosiy shartlar hisoblanadi. 
Parez va falajlar  klinikasi
Oyoqlarning   falaji   va   parezlarida   it   yotib   qoladi,   ya’ni   adinamiya   holati
rivojlanadi.   Natijada   oshqozon   –   ichak   tizimida   ham   o‘zgarishlar   kuzatiladi.
Bunday   o‘zgarishlardan   biri   –   ich   qotishidir.   Ich   qotishiga   tashhis   it   48   soat
mobaynida   tezaklamasa   qo‘yiladi.   It   oyoqlarini   o‘z   ostiga   olib   qornida   yotadi.
Tezagi quruq va qattiq bo‘ladi  (http://www.kotipes.ru/ letter/letter28.html) . 
Parezning   tashqi   manzarasi   zararlanish   chuqurligi   va   lokalizatsiya   joyiga
bog‘liq   bo‘lib,   har   xil   bo‘ladi.   Hayvon   yurganda   oyoqlari   chalishadi   va   u
muvozanatini   yo‘qotib,   hatto   yiqilishi   mumkin.   Hayvon   kichik   to‘siqlardan   ham
o‘tishga   qiynaladi.   Parez   odatda   asemetrik   bo‘ladi   ya’ni   bitta   oyoq   boshqasiga
nisbatan yomonroq faoliyat qiladi  (http://www.mydog.su/forum/parez–u–sobak) . 
4–rasm.   Otda chap tomon kurak oldi nervining falaji:
A   –   oldindan   ko‘rinish   (kurak   –   yelka   bo‘g‘imining   tanadan
uzoqlashishi);   B   –   yon   tomondan   ko‘rinish   (yelka   muskullarining
yaqqol atrofiyasi).
Parez va falajlarni davolash Oyoqlarning   falaji   va   parezlarida   hosil   bo‘lgan   birlamchi   ich   qotishlarida
kamgina lavanda moyi, Nuks vomik, laktusan ichirish mumkin. Ichimlik suvi iloji
boricha ko‘p beriladi. Maxsus parxez, intratono–terapiya va informasion – to‘lqinli
fizioterapiya   usullari   qo‘llanganda   odatda   ichak   faoliyati   tiklanadi.   Barcha
holatlarda   davolash   ishlari   iloji   boricha   tez   boshlanishi   kerak
(http://www.kotipes.ru/letter/letter28.html) .
Yu.I.Sidorova   (2013)   i tlardagi   oyoq   parezlarini   davolashda   tinch   sharoitni
ta’minlanash,   kortikosteroidlarni   qo‘llashni   tavsiya   etadi.   Stabil   ijobiy   natijalar
bo‘lmaganda jarrohlik dekompressiyasi bajariladi.
Itlardagi falajlarni, ayniqsa markaziylarni, mavjud usullar va vositalar bilan
davolash har doim ham kutilayotgan natijalarni bermaydi. Davolash samarasining
pastligi   davolash   kech   boshlanishi,   tavsiya   etiladigan   vositalarning   qiyin   topilishi
(A  ro‘yxati)   va   ularni   noto‘g‘ri   qo‘llashdan   kelib   chiqadi,   chunki   birdaniga   bir
nechta muskullar zararlanadi. 
Markaziy va periferik falajlarni davolashda tavsiya etiladigan vositalar bilan
birgalikda   tegishli   sohalarda   tez   –   tez   novokain   qamallari   qo‘llanishi   lozim
(M.Sh.Shakurov, 1990).
  Orqa   oyoqlarning   paraplegiyasi   va   monoplegiyasida   prozerin,   V
1   va   B
12
vitaminlari, V.V.Mosin bo‘yicha novokain qamali va fizioterapiya usullari (isitish,
massaj)   qo‘llanadi.   Oldingi   oyoq   zararlanganda   yulduzsimon   nerv   tuguni   qamal
qilinadi. 
Markaziy va periferik falajlarda kompleks ravishda medikamentoz, fizikaviy
va   patogenetik   terapiya   usullari   qo‘llanda   davolash   samarasi   sezilarli   oshadi
(http://zoorinok.com.ua/veterinar.php?id=11) .
Eskirgan   parez   va   falajlarda   davolash   kam   samarali   bo‘ladi.   Kasallik
avvalida   qisqa   novokain   –   gidrokartizonli   qamal   bilan   yengil   massaj   va   iliq
o‘ramlar   qo‘llanadi.   Ikkinchi   kundan   boshlab   5%   li   novokain   eritmasi   bilan
ionoforez   o‘tkaziladi.   Muskul   orasiga   V
1   va   V
12   vitaminlari,   dibazol,   prozerin
(strixnin ko‘proq samara beradi)  lar quyidagi sxema bo‘yicha yuboriladi: birinchi
kunda   1–3   mg   B
12   vitamini;   ikkinchi   kunda   –   2   mg   prozerin   yoki   3   mg   dibazol, uchinchi   kunda   –   10–30   mg   B
1   vitamini.   Bu   davolash   sxemasi   va   massaj   hamda
asab   markazlarini   qo‘zg‘atish   uchun   passiv   harakatlar   usulari   mushaklarning   faol
qisqarishigacha qo‘llanadi. 15–20 kunlardan so‘ng, falajlangan oyoqning tayanish
faoliyati tiklanganda, hayvon tekis yerda qisqa vaqt yurgiziladi, bunda kasallangan
oyoq tomoniga keskin burilishlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Yallig‘langan   yoki   falajlangan   nerv   bo‘ylab   geliy   –   neon   lazer   bilan
nurlantirish yaxshi samara beradi  (http://mostor.ru/parezi–i–paralichi–u–sobak/) .
I.   Lipovsev   (1990)   parez   va   falajlarni   davolash   uchun   kasal   itning   son
arteriyasiga   fiziologik  eritmada   tayyorlangan   0,5–1%   li   novokain   eritmasini   yirik
jussali   itlarga   20   ml,   o‘rta   jussali   itlarga   –   15   ml   va   kichik   itlarga   –   10   ml   dan
yuborib,   samarasini   o‘rgandi.   Eritma   har   2–3   kunda   yuborildi.   Bundan   tashqari,
muskul   orasiga   strixnin   in`yeksiyasi   bajarildi.   Klinikaga   keltirilgancha   2   bosh
kasal itlarga 10% li natriy bromidi eritmasi, etazol, norsulfazol, D vitamini va baliq
moyi qo‘llangan edi. Davolash samarali bo‘lib, 54 kun davom etdi.
Itlardagi   parez   va   falajlarni   davolashda   ularni   saqlash   va   oziqlantirilishiga
qattiq e’tibor berish lozim. Kasal hayvonlarga to‘liq ratsion belgilanadi, ular quruq,
iliq   xonaga   joylashtiriladi,   tinch   sharoit   yaratiladi.   Hayvonni   erta   yurgizmaslik
lozim, chunki bundan keyin ayrim itlarning axvoli yanada yomonlashadi.
T.K.Donskaya,   M.A.Narusbayeva   (2003)   ta’qidlashicha,   nerv   stvolining
shikastida   birinchi   soatlarda   og‘riqsizlanirish,   yallig‘lanishga   qarshi   va   shishga
qarshi   davolovchi   preparatlar     (fenilbutazon,   prednizolon,   aspirin,   analgin   va
boshq.)   belgilanadi.   Keyinchalik   vitaminoterapiya   (V
1 ,   V
6 ,   V
12   vitaminlari),
fizioterapiya   (issiqliq,   impuls   toklari,   ultratovush,   lazer,   magnitoterapiya)   va
mushaklar atrofiyasining oldini olish uchun yengil yurgizish va massaj bajariladi.
Kam hollarda jarrohlik usullari: nerv stvollarini tikish, nervlarni bitishma va
chandiqlardan tozalash, umurtqalar ustunida operatsiya qilish qabilar qo‘llanadi. 
Spondilopatiyani   davolash .   Umurtqa   pog‘onasida   rivojlanadigan   bu
jarayonni   yo‘qotib   yoki   sekinlashtirib   bo‘lmaydi,   shuning   uchun   davolashda
og‘riqsizlantiruvchi   preparatlar   qo‘llanadi.   Umurtqa   pog‘onasiga   qo‘yilgan
isituvchi vositalar ham og‘riqsizlantiruvchi ta’sir qiladi.  Davolash   uchun   ultratovushli   “Reton”   apparati   qo‘llanganda   orqa
oyoqlarning sezuvchanligi sezilarli yaxshilandi; hayvonlar joyidan ko‘tarilib avval
emakladi,   keyinchalik   esa   yaxshi   bo‘lmasa   ham   yura   boshladi.   Keyinchalik
harakatlar   yanada   ishonchli   bo‘ldi.   Bir   necha   vaqt   o‘tgandan   so‘ng   harakatlanish
faoliyati   90–95%   ga   tiklandi,   ammo   hayvon   orqasining   sa’l   og‘ishi   saqlandi.
Hayvon faollik bilan o‘ynaydi, ozuqa va suvni qabul qiladi. 
Ultratovushli “Reton” apparati (105–110 kGs) va nivalin, mukosat, traumel,
sel, novokain qamali hamda massajning qo‘llanishi tuzalish jarayonini tezlashtirdi
va   hayvonning   orqa   miyasi   va   orqa   oyoqlar   orasidagi   sinaptik   o‘tkazuvchanlikni
tiklashga turtki berdi.
Parezni   davolashda   dori   preparatlaridan   tashqari   fizioterapevtik   muolajalar
va   massaj   belgilanadi,   reabilitatsiya   davri   ancha   uzoq   davom   etadi.   Sog‘ayib
kelayotgan   kasal   itga   tegishli   sharoit   yaratiladi,   u   vaqti   –   vaqti   bilan   sayr
qildiriladi.   Sayr   vaqtida   itning   orqa   oyoqlariga   maxsus   belbog   yordamida   madad
beriladi. Itga vitaminli preparatlarni berish kerak shu bilan birga tana vazni  oshib
ketmasligini   nazorat   qilib   turish   ham   lozim,   chunki   ortiqcha   vazn   kasal   it   uchun
katta muammodir   Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Donskaya   T.K.,   Narusbayeva   M.A.   Bolezni   nervnoy   sistem ы   « Bolezni
sobak », M.; 2003
2. Dorosh   M . V .   Bolezni   loshadey.   Veche ,   2007   g.   http://www.e–reading.
club/book.php?book=83010
3. Lipovsev   I.   Lecheniye   paralichey   u   sobak.   «Oxota   i   oxotnichye
xozyaystvo» – № 6 – 1990 
4. Sidorova Yu.I. Parez u jivotn ы x. Veterinarn ы y sentr Dobro Vet. Moskva.
2013
5. Sotnikov  N.A.   Problem ы   profilaktiki   i   lecheniya  paralichey  i  parezov  u
sobak.  Sankt–Peterburg, 2014. 
6. Timofeyev   S.   V.,   Filippov   Yu.   I.,   Konsevaya   S.   Yu.   i   dr.   Ob щ aya
xirurgiya jivotn ы x  /  Pod red.  S. V. Timofeyeva .  –   M.: Zoomedlit, 2007.  –  687 s .
7. Shakurov   M.Sh.   Kompleksnoye   lecheniye   paralichey   u   sobak.
Kazanskaya akademiya veterinarnoy medesinы. 1990.  
8. Yagnikov   S.L.,   Smirnova   N.V.   Klinika   eksperimentalnoy   terapii
Rossiyskogo   Onkologicheskogo   Nauchnogo   Sentra   im.   N.N.   Bloxina   RAMN.
2012.
9. http://www.mydog.su/ forum/parez–u–sobak
10. http://vetpraktika.ru/article/apparat–reton–pri–lechenii–zadnih–
konechnostey–u–sobaki
11. http://www.kotipes.ru/letter/paresis_   paralysis.html
12. http://www.kotipes.ru/letter/letter28.html
13. http://zoorinok.com.ua/veterinar.php?id=11
14. http://mostor.ru/parezi–i–paralichi–u–sobak

OTLARNING ASAB TIZIMI PATOLOGIYASI Reja: 1. Bosh miya chayqalishi 2. Orqa miya shikastlanishlari 2.1. Parez va falajlarga olib keladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari 3. Nervlarning travmatik kasalliklari 4. Oyoq nervlarining parez i va falajlari

1. Bosh miya chayqalishi Bosh miya chayqalishi (commotion cerebri) otlarda bosh suyagi – miya shikastlarining eng ko’p uchraydigan yopiq patologiyasi. Uncha kuchli bo’lmagan shikastlovchi kuch ta’sirida hosil bo’ladi va qaytariladigan funksional o’zgarishlarga olib keladi ya’ni u bosh miya diffuzli zararlanishining eng yengil shakli bo’lib, strukturaviy o’zgarishlar kechmaydi. Bosh miya chayqalishi ko’pincha boshga biror narsa bilan urilganda, bosh uzra yiqilganda paydo bo’ladi. Miyasi chayqalgan hayvon xushidan ketadi (odatda tez o’tib ketadi) va yiqiladi. Ko’z soqqasi harakatsiz bo’lib, qorachig’i kengayadi va yorug’likka deyarli reaksiya qilmaydi, nafas olinishi sust va yuzaki, puls sekin uradi va kam to’lgan bo’ladi. Pay reflekslari chaqirilmaydi. Ko’p hollarda qusish va tomirlar tortishishi kuzatiladi. Avval hayvon gangigan holatda bo’lib, hyech narsaga reaksiya qilmaydi. Asta – sekin bu holat o’tib ketadi va ko’pincha kuchsiz qo’zg’alish bilan almashiniladi. Birinchi kunlarda kuchli holsizlanish (adinamiyagacha) kuzatiladi. Bir qator belgilar simpatik tizimi tonusining pasayishi sababli hosil bo’ladi. Ularga adinamiyadan tashqari pulsning bradikardiya fonida o’ynashi, qon bosimi pasayishi, qondagi qand miqdorining kamayishi kiradi. Ayrim hollarda qisqa vaqtga tana harorati ko’tarilib leykositozga o’tadi. O’choqli nevrologik simptomatika kuzatilmaydi, ammo ayrim hollarda o’tib ketadigan nistagm (ko’z soqqasi qaltirashi) qayd etiladi. Bosh miya chayqalgandan so’ng yurak faoliyatining barqarorsizligi, tezda toltqish, kuchli qo’zg’alish kabi belgilar uzoq vaqtga qoladi. O’rtacha og’irlikda bosh miya chayqalishida zararlanish belgilari 6–12 oylardan so’ng yo’qoladi, ammo jismoniy yuklanishlarda ular qayta paydo bo’lishi mumkin. Bu patologiyaning posttravmatik davrida otning hatti – harakatlarida o’zgarishlar (past ishchanlik, tezda toliqish, bezovtalanish, umumiy qo’zg’alish, qo’rquv, agressivlik, sababsiz tez – tez kishnash, apatiya, reaksiyalar susayishi va tormozlanish); vegetativ reaksiyalar (terlash, taxikardiya, taxipnoe); tomirlar tortishishi kuzatiladi. Bunday hatti – harakatli reaksiyalar ot bilan ishlashda ko’p

muammolarni tug’diradi. Ayg’irlar treningda va ot sporti mashqlarini bajarishda kuchsiz bo’lib qoladi. Tez – tez xavfli holatlar paydo bo’ladi. Bosh miya chayqalishida va umuman yopiq bosh suyagi – miya shikastlarida hayvonlar iloji boricha tezroq ko’zdan kechirilishi lozim. Avval vital funksiyalari holati, tomirlar tortishishlari bor – yo’qligi baholanadi. Xushidan ketgan hayvon yon tomonlab yotqiziladi, chunki so’lak va qusuqlar nafas yo’llariga tushishi mumkin. Nafas olish buzilganda og’iz, halqum, traxeya shilliqdan tozalanadi, til ushlagich asbobi qo’yiladi, sulfokamfokain yuboriladi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun kordiamin qo’llanadi. Tomir tortishishlar xurujlari bosh miyada chuqur zararlanishlarni chaqiradi. Bunda relanium, seduksen, lyuminallarni qo’llash lozim. Tomir tortishishi xuruji bartaraf etilganda profilaktika maqsadida uzoq vaqt ta’sir etuvchi antikonvulsantlar (finlepsin) qabul qilinadi. Yopiq bosh suyagi – miya shikastlarini davolash ishlari birinchi navbatda umumiy tadbirlardan boshlanadi. Hayotiy muhim funksiyalariga madad berish bilan birgalikda gomeostazning asosiy parametrlari nazorat qilinadi, burun va og’izhalqum tozalanadi, qovuq va ichaklar holati qayd etiladi. Suyuqlik bir kunda 30–50 ml/1 kg hisobidan kiritiladi. Izotonik eritmalar (Ringer, natriy xloridi eritmalari) qo’llanishi maqsadga muvofiqdir. Bosh miya shishishini davolash uchun diuretiklar qo’llanadi, sernokisloy magnezii yuboriladi. Neyroproteksiya maqsadida o’tkir davrda neyrotrofik prepara tlar (serebrolizin, semaks, glisin); energetik to’qimali metabolizmni yaxshilovchi (aktovegin, riboksin) preparatlar; vi taminlar tavsiya etiladi. 2. Orqa miya shikastlanishlari 2.1. Parez va falajlarga olib keladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari T.K.Donskaya, M.A.Narusbayeva (2003) ta’qidlashicha, periferik falajlarda a’zoning atoniyasi, mushaklar distrofiyasi va atrofiyasi rivojlanadi, pay reflekslari yo‘qoladi. Uzoq davom etadigan periferik falajda ikkilamchi kontrakturalar rivojlanishi mumkin. Periferik falajning tipik misoli – yelka chigalining mexanik shikastidan hosil bo‘lgan oldingi oyoqda bilak nervi falajidir. Yelka chigali kurak ostida, yelka

bo‘g‘imi sohasida joylashgan, undan oldingi oyoqni innervatsiya qiladigan tirsak va bilak nervlari chiqadi. Kuchli zarbada bu nervlar chigaldan uzilib, o tda oldingi oyoqning falaji paydo bo‘ladi. Mualliflar oyoqlar parezi va falajlariga olib keladigan umurtqa kasalliklarini keltiradi. Umurtqa pog‘onasi shikastlanishlari eng ko‘p holatlarda avtohalokatlar, balandlikdan yiqilish (it bolasi divandan yiqilganda ham shikastlanish mumkin). Shikast umurtqa pog‘onasi, uning pay – paychalar apparati, umurtqalararo disklar yoki orqa miya zararlanishlarini chaqirishi mumkin. Ta’qidlab o‘tish joiz – shikastlangandan so‘ng birinchi soatlarda og‘riq past bo‘lishi mumkin, shuning uchun zararlanish og‘irligi darajasini aniqlashda rentgenologik tekshirishlar muhim ahamiyat kasb yetadi. Belgilar. Umurtqa pog‘onasining shikastlanishlarida kasallik belgilari har xil bo‘ladi – juda yengildan og‘irgacha. Ular 5 kategoriyaga bo‘linadi. 1. Shikastlangan joydagi muskullar og‘riqli va tarang bo‘ladi, harakat buzilishlari kuzatilmaydi. 2. Parezning yengil belgilari va yengil ataksiya namoyon bo‘ladi, ammo it chopib yurishi mumkin. 3. Parez. It tik turish va yurish qobiliyatini yo‘qotadi, ammo sezuvchanlik to‘lig‘icha saqlanib qoladi. 4. Oyoqlar falaji. Terining sezuvchanligi pasayishi mumkin, ammo falajlangan oyoqlardagi chuqur og‘riqqa reaksiya saqlanadi. 5. Falaj. Terining sezuvchanligi va falajlangan oyoqlardagi chuqur og‘riqqa reaksiya bo‘lmaydi. Oqibati. Yordam ko‘rsatilgancha qanchalik ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa va orqa miya zararlanishi qanchalik kuchli bo‘lsa kasallik oqibati shunchalik yomon bo‘ladi.

Diskopatiya (umurtqalararo diskning o‘rnidan chiqishi). Diskopatiya – umurtqalararo disklarning patologik o‘zgarishlari va zararlanishlarining yig‘ma nomlanishi, natijada disk orqa miya kanaliga chiqib qoladi (disk prolapsusi). Chiqib qolgan disk orqa miyani siqib, zararlanishning barcha belgilarini (og‘riq, parez, falaj, ataksiya va sh.o‘.) chaqiradi. Bu kasalikka birinchi navbatda xondrodistrofoid it zotlari (taksa, pekines) chalinadi . Ulardagi diskopatiya odatda 4–6 yoshida paydo bo‘ladi. Boshqa zotlarga mansub itlar (ovcharka, doberman) ham bu kasallikka chalinishi mumkin, ammo ularda diskopatiya 9–10 yoshdan so‘ng hosil bo‘ladi. Belgilar. Odatda diskopatiya it avtomobil ichiga sakrab kirishdan yoki boshqa balandroq joyga chiqishdan (zinaga) bosh tortadi. Ayrim hollarda, uni ko‘targanda yoki unga teginganda yuqori sezuvchanlikni bildiradi. Kam hollarda kutilmagan falajlar rivojlanadi. Diskopatiya ko‘pincha umurtqa pog‘onasining bo‘yin va ko‘krak bo‘linmalarida uchraydi. Bo‘yin bo‘linmasidagi prolapsda kuchli og‘riq rivojlanib, old oyoqlarga o‘tadi va oqsoqlikni chaqiradi. Ko‘krak – bel sohadagi disk o‘rnidan qo‘zg‘alganda bel bukchayadi va orqa oyoqlar falaji rivojlanadi. N.A.Sotnikov (2014) bo‘yicha, falaj va parezlar xondrodistrofoidli it zotlari – taksa, pekines, fransuz buldogi; ayrim holatlarda spaniyel, pudellar va yana 84 ta it zotlarida kuzatiladi. Yashash sharoitidan qat’iy nazar (uy va ovchi, semiz va oriq) barcha yoshdagi, ammo ko‘pincha 2 yoshdan katta itlar kasallanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan it zotlari boshqa hayvon turlari va odamlarga xos bo‘lmagan antiqa (unikal) kasallikka chalingan. Oddiy tilda bu kasallikni “disk churras i” deb ataydilar. Bu atamani (yanada noto‘g‘risi – diskopatiya) hali ham veterinariya vrachlari ishlatib kelmoqda. Ammo hozirgi kunda tashhisni qo‘yishda uni Intervertebral Disk Disease (IVDD) Tip 1 Hansen deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Aslida mazkur kasallik odam va yirik itlardagi o‘xshash patologiyaga xos emas va uni davolash va diagnostika qilish uchun boshqacha yondashish lozim. Bu patologiya “churra” ning bir turi bo‘lib, fibroz halqaning chin yorilishi bilan