logo

OTLARNING YURAK – QON TOMIR TIZIMI PATOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

310.0390625 KB
OTLARNING YURAK – QON TOMIR TIZIMI PATOLOGIYASI
Reja:
1.  Arterial  qon tomirlarning o’tkir tiqilishi
2. A rteriit, flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish 
3.  Miokardit
4.  Miokardoz
5.  Perikardit 1.  Arterial  qon tomirlarning o’tkir tiqilishi
Kasallikni   q orin   aortasi   va   tarmoqlarining   trombozi   (Trombosis
aortae) misolida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.  
Uy   hayvonlarida   orqa   oyoq   arterial   tomirlarining   trombozi   nisbatan   kam
uchraydi.   Asosan   u   ot,   qoramol   va   itlarda   kuzatiladi.   Bunda   tromb   aortaning
stvolida  yoki  uning  arterial  tarmoqlari  –   aa. iliaca  interna,  s.hypogastrica,   iliaca
externa, femoralis  da hosil bo‘lishi mumkin. Nisbatan ko‘p ichki yonbosh yoki tos
arteriyasi –  a. iliaca interna s.hypogastrica , yonboshning tashqi –  a. iliaca externa
va son arteriyalari –  a. femoralis  trombozga uchraydi.
Etiologiya.   Aorta   va   tarmoqlarining   tromboziga   tomir   devorlarining
eroziyali   ya’ni   yarachali     zararlanishlari,   o‘smalar,   atrof   to‘qimalardan
yallig‘lanish jarayonini o‘tishi  sabab bo‘lishi mumkin. Ammo tromboz ko‘pincha
parazitar  –  gijjali  invaziyadan   kelib  chiqadi.  Trombozga  ko‘pincha  ichak  tutqichi
oldingi   arteriyasining   gijjali   anevrizmasi   –   strongylus   armatus   sabab   bo‘ladi.   U
yerdan embolalar uzilib, tos va son arteriyalariga boradi. 
Undan tashqari, tromboz sigirlarning endemik osteodistrofiyasida ham hosil
bo‘ladi.
Klinik belgilar . Tromb hosil bo‘lish jarayoni avval sekin rivojlanadi. Odatda
birlamchi   belgilar   namoyon   bo‘lishi   uchun   bir   nechta   haftalar   o‘tishi   lozim.
Hayvon   tinch   holatda   bo‘lganda   qandaydir   o‘zgarishlar   kuzatilmaydi.   Ammo
harakat   paytida,   oyoq   muskullarining   anemiyasi   natijasida,   keskin   ifodalangan
oqsoqlik   namoyon   bo‘ladi.   Bunda   hayvon   ishlashni   boshlagandan   3–5   daqiqa
o‘tgandan   so‘ng   oqsay   boshlaydi,   chunki   oyoq   qoniqarli   bukilmasligi   sababli   u
tuyoqning   old   qismi   bilan   yerning   notekisliklariga   ilashadi,   qoqiladi,   oyoqni
oldinga   sudrab   chiqaradi;   hayvonni   harakatlanishga   majburlaganda   u   uch   oyoqda
sakrab   yuradi,   ko‘p   vaqt   o‘tmasdan   to‘xtaydi   va   yiqiladi.   Kasal   hayvonning
organizmida   keskin   reflektor   reaksiya   hosil   bo‘ladi:   umumiy   bezovtalanish,
qo‘rqish,   nafas   olish   va   yurak   urushining   tezlashishi,   muskullarning   tartibsiz
qisqarishi,   kuchli   terlash   (falajlangan   oyoqdan   tashqari).   Kasallangan   oyoq   tezda
soviydi. Qisqa   vaqt   dam   olingandan   so‘ng   (20–40   daqiqa)   kasal   hayvon   kuchlarini
to‘liq   tiklaydi   va   xech   qanday   chetlanishlarsiz   harakatlana   oladi.   Faqat   juda   kam
holatlarda hayvon o‘lishi mumkin. 
3–rasm.  Son arteriyasi trombozida chap orqa oyoqning oldinga va 
yonga chiqarilishi
Qisman   trombozda   yoki   alohida   arteriyalarning   trombozida   yuqorida   qayd
etilgan belgilar tezda namoyon bo‘lmaydi, ammo kuzatilgani ham kuchsiz bo‘ladi.
Masalan,   keng   fassiyani   taranglashtiruvchi   muskulni   (m/tensor     fasciae   latae)
oziqlantiradigan yonboshning tashqi arteriyasi   (a. iliaca externa)   trombozida otda
“osilgan   oyoq”   oqsoqligi   rivojlanadi;   sag‘ri   (m.gluteus)   va   to‘rt   boshli   (m.
quadripces)   muskullarni   oziqlantiradigan   tos   arteriyasi   (a.   hypogastrica)
trombozida   “tayanch”   oqsoqlik   rivojlanadi,   bunda   tayanish   paytida   barcha
bo‘g‘imlar keskin bukiladi. 
Tos va son arteriyalarining ikki tomonlama trombozida sag‘ri sohasi va orqa
oyoqlarning   diskoordinatsiyasi   kuzatiladi   (gemoglobinuriyadagidek).   Bunday
tromboz   turida,   ayrim   paytlarda   qovuq,   to‘g‘ri   ichak   va   dumning   falajlari   ham
sodir bo‘ladi. Aorta trombozida orqa oyoqlar falajlanadi.   Oyoq   arteriyalarining   trombozida   klinik   belgilar   tromb   o‘rnashgan   joyga
bog‘liq   bo‘ladi.   Son   arteriyasining   trombozida   oyoq   muskullari   bo‘shashadi   va
periferik   puls   yo‘qoladi.   Kasal   hayvon   zararlangan   oyoqqa   tayanmaydi   va
“o‘tirgan   it”   holatini   egallaydi.   Barmoq   tomirlarining   trombozida   to‘qimalar
nekrozga   uchraydi.   Hayvon   klinik   tekshirilganda   travmatik   perikarditga   xos
belgilar topiladi.
Tashhis.   Kasallikning   boshlang‘ich   bosqichini   klinik   belgilar   bo‘yicha
aniqlab bo‘lmaydi. Yuqorida keltirilgan belgilar mavjudligida esa tashhisni qo‘yish
qiyin kechmaydi. Rektal tekshirishda aorta bo‘lingan joylarda yo‘g‘onlashishlar va
pulsasiya   yo‘qligi   aniqlanadi.   Zararlangan   oyoqda   periferik   pulc   juda   kuchsiz
bo‘ladi   yoki   umuman   sezilmaydi.   Kasallangan   oyoqning   harorati   me’yordan   past
bo‘ladi.
Oqibati.   Aortaning bironta tarmog‘i  trombozga uchraganda kasallik  oqibati
gumon,   ammo   ko‘pincha   yomon.     Yirik   tomirlarning   trombozida   kollateral   qon
aylanishi   juda   sekin   tiklanadi;   hayvon   oqsaydi.   Kasallangan   hayvon   ishda
qo‘llanilmaydi.
Davolash.   Trombozlarda   terapiya   ishlab   chiqilmagan.   Og‘iz   orqali   kaliy
yoditi va boshqa preparatlarni qo‘llash samara bermaydi. Ayrim mualliflar qisman
trombozda  hayvonni   qadamlatib yurgizish  va  yaylovda saqlashni   tavsiya  etadilar.
Aortaning   nevrogen   stenozida   bel   va   dumg‘aza   sohalariga   diatermiya,   balchiq
applikatsiyasi   va   quruq   issiq   usullari   qo‘llanadi.   Endemik   trombozlarda   kasallik
sababi yo‘qotiladi. 
2. A rteriit, flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish 
Arteriit  – arteriyalarning yallig’lanishi bo’lib, hayvonlarda mustaqil kasallik
sifatida   kam   uchraydi.   Arteriitlar   flegmona   sohasida,   osteomiyelitlar,   yarali
jarayon, uzoq vaqt kechadigan yiringli – rezorbtiv isitma, sepsis hamda gematogen
yo’l bilan tarqaladigan umumiy infeksiyalarda rivojlanishi mumkin.
Kechishi   bo’yicha   o’tkir,   yarim   o’tkir   va   surunkali   arteriitlar   bo’ladi.
Jarayon yiringli, nekrotik va maxsuldor yallig’lanish shakllarda kechishi mumkin.
Ammo   ko’pincha   ular   aralash   tabiatga   ega.   Qon   tomir   devoridagi   lokalizasiyasi bo’yicha   endo–,   mezo–,   periarteriitlar;   devor   butun   qalinligi   bo’yicha
zararlanganda esa – panarteriitlar tafovut qilinadi. Arteriya devorining ichki qavati
zararlanganda tromblar paydo bo’ladi  (trombangit).
Klinik   belgilar.   Yiringli   arteriitlarda   tomir   bo’shlig’i   tromb   bilan   yopiladi,
qaysikim   keyinchalik   erib,   yiringli   embolalar   massasiga   aylanadi,   infeksiya
metastazlashadi   va   sepsis   rivojlanashiga   olib   keladi.   Yarim   o’tkir   yoki   surunkali
kechadigan   arteriitlarda   tomir   devorida   maxsuldor   yallig’lanish   ustunlik   qiladi.
Bunda   arteriya   devorining   ichki   qavati   yo’g’onlashadi,   tomir   bo’shlig’i   asta   –
sekin   torayadi,   buning   natijasida   periferiyaning   qon   bilan   ta’minlanishi
yomonlashadi, to’liq yopilganda esa qon bormay qolgan to’qimalarda nekroz yoki
gangrena   rivojlanadi.   Arteriitning   har   turida   ham   tomir   devorining   sklerozi
rivojlanadi, u me’yoriy elastikligini yo’qotadi va mo’rt bo’lib qoladi.
Davolash.  Mahalliy yallig’lanish natijasida hosil bo’lgan arteriitlarda asosiy
kasallikni   (flegmona,   osteomiyelit   va   boshq.)   bartaraf   etishga   yo’naltirilgan
davolash  muolajalari  qo’llanadi. Infeksiyalashgan  endoarteriitlarda arteriya ichiga
novokain–antibiotik li eritmalar inyeksiyalari tavsiya etiladi.
Tomir   bo’shlig’i   trayganda   arteriya   yoki   uni   ta’minlovchi   nerv   stvoli
alkogolizasiya qilinadi.
Flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish   mavzusini b o‘yinturuq
venaning yallig‘lanishi  (Phlebitis venae jugularis)  misolida o’rganamiz.
Etiologiya.   Ko‘pincha   katta  hayvonlarning   venasiga   ayrim   dori   vositalarini
(xloralgidrat,   kalsiy   xloridi,   novarsenol,   flavakardin   gidroxloridi   va   boshq.)
noto‘g‘ri yuborilganda hosil bo‘ladi.
Bo‘yinturuq   venaning   yallig‘lanishi   (flebit)   asosan   ahvoli   og‘ir,   septik
holatdagi   hayvonlarda   rivojlanadi.   Flebitlar   etiologiyasida   organizmning
sensibilizatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Bunday hayvonlarda vena tomiri devorining
shikastlanishi   tromboflebit   shaklida   kechadi.   Flebitlar   patologik   jarayon   atrof
to‘qimalaran o‘tganda ham rivojlanish mumkin.
Sog‘ lom  hayvonlarda qon tomirni punksiya qilish muolajasi odatda asoratsiz
kechadi. Klinik belgilar.  Aseptik flebitda bo‘yinturuq vena sohasida shish katta bo‘lib
rivojlanmaydi. Venani palpatsiya qilganda hayvon og‘riq sezadi. Jarayon surunkali
kechganda venaning devori va atrof to‘qimalar zichlashadi. Aseptik tromboflebitda
bo‘yinturuq   vena   sohasida   zich,   uzunchoq   hosila   aniqlanadi,   og‘riq   va   mahalliy
haroratning   ko‘tarilishi   kuzatiladi.   Kasallikning   surunkali   shaklida   og‘riq
sezilmaydi.   Tromb   bilan   to‘liq   yopilmagan   vena   barmoq   bilan   qisilganda   uning
periferik qismi kengayadi.
Yiringli   tromboflebitda   hayvonning   umumiy   ahvoli   yomon,   tana   harorati
ko‘tarilgan, ishtahasi yo‘qolganligi aniqlanadi. Bo‘yin va boshning harakatchanligi
chegaralanadi.   Zararlangan   venani   palpatsiya   qilib   bo‘lmaydi.   Bo‘yinning
bo‘yinturuq   vena   sohasi   issiq,   og‘riqli,   shishgan   bo‘ladi.   Venani   barmoq   bilan
qisib   ko‘rganda   uning   periferik   qismi   kengaymaydi.   Kasallik   og‘irlashganda
zararlangan   joyda   abssesslar   rivojlanadi.   Tromb   parchalanganda   esa   o‘pkada
yiringli metastazlar rivojlanishi mumkin.
Tashhis.   Klinik   belgilar   va     anamnestik   ma’lumotlar   asosida   qo‘ y i ladi.
Kasallikni te ri osti flegmona si  va yalliglanish shishidan far q lash lozim. 
Kasallik   oqibati .   Aseptik   flebit,   p a raflebit   va   tromboflebitlarda   –   yaxshi.
Ven aning yiringli yallig‘lanishlarida – ehtiyotkor.
Davolash.   Aseptik flebit va tromboflebitlarda davolash ishlari infeksiyaning
oldini   olish ga   va   tromb   tezroq   s o‘ rilib   ketishiga   yo‘naltiriladi.   Buyinturuk   vena
sohasida gi   teriga   5%   li   yod   eritmasi   bilan   ishlov   beriladi.   Birinchi   kunda   sovuq,
keyinchalik   esa   isituvchi   m u olajalar   qo‘l l a nadi,   parenteral   plazmin   yuboriladi,
mahalliy  qisqa novokain qamali bajariladi.
Tromb   hosil   bo‘lishining   oldini   olish   va     mavjudini ng   tezroq   s o‘ rilishini
ta’minlash   maqsadida   vena ga ,   teri   osti   yoki   muskul   orasiga   gep a rin   yuboriladi   –
b ir   kunga   katta   hayvonlar g a   150   000   T.B.   (150   mg),   kichik   hayvonlarga   5000–
10000 T.B. (15 mg). Geparin 4–6 soat ta’sir qiladi.
Og‘iz orqali kukun yoki   pilyula shaqlida   dikumarin kuniga 2 – 3 marotaba
beriladi :   otlarga   0,5 – 2,0,   qoramollarga   0,8 – 2,5,   itlarga,   0,02 – 0,1   dan.   Preparat
kumulyativ   xususiyatlarga   ega   bo‘lgani   sababli   u   2 – 4   kun   ta’sir   qiladi. Flegmonozli   tromboflebitlarda     (t o‘ qima   t a r anglashi shini   kamaytirish,   qon
aylanishini   yaxshilash,   toksinlar   chiqib   ketishi ni   ta’minlash   maqsadida )   vena
usti da g i     teri   bir   necha   joy i da n   uzunasiga   kesiladi.   Abseslar   ochiladi.   Yiringli   –
nekrotik   tromboflebitda   venaning   zararlangan   qismi   kesib   olib   tashlanadi.
Venaning   zararlangan   qismi   olib   tashlangandan   so‘ng   jarohat   bo‘shlig‘iga   4–6
kunga antiseptiklar bilan drenaj qo‘yiladi. Kasal hayvonlarga 3–4 kun faqat suyuq
ozuqa beriladi. Teri ostiga qo‘zg‘atuvchi  eritma tushganda tromboflebitning oldini
olish   maqsadida   bu   yerga   natriy   xloridning   izotonik   yoki   novokainning   0,5%   li
eritmalari yuboriladi.
3.  Miokardit
Miokardit   –   yurak   muskulining   yalli g’ lanish   natijasida   zararlanishi   bo’lib,
asosan   infeksiya larda   ( kuydirgi ,   soqov ),   gemosporidoz   kasalliklar   (piroplazmoz),
sepsis  asorati  ( umumiy yuqturilish ),  o’tkir  intoksikasi yada hosil bo’ladi .
Kasallangan   hayvon   jabrlanadi,   hansirash   va   tana   haroratining   ko’tarilishi
kuzatiladi .   Kasallik avvalida   puls   tezlashadi, yurak turtkilari va   ton lari kuchayadi ,
yurak muskuli holsizlangandan so’ng puls kuchsiz bo’lib qoladi .  Tez – tez shishlar
hosil bo’ladi, shilimshiq pardalar sianozga uchraydi, falajdan yurak to’xtab hayvon
o’lishi mumkin.
Laborator   tekshirishlarda   qonda   neytrofil   leykositoz   (bazofil,   eozinofil,
neytrofillar ko’payishi) va yadroning chapga siljishi kuzatiladi.
Hayvonlarga tinch sharoit ta’minlanib, yuklanishlar chegaralanadi. Rasionga
yengil hazm bo’ladigan, vitaminlar va uglevodlarga boy ozuqalar kiritiladi. Yurak
sohasiga   yurak   muskuli   qo’zg’alishini   kamaytirish   maqsadida   sovuq   usul
qo’llanadi,   og’ir   holatlarda   kislorod   bilan   ingalyasiya   qilinadi.   Simptomatik
davolash   belgilanadi:   antibiotiklar,   desensibilizasiyalovchi   vositalar,
kortikosteroidli   gormonlar,   yurak   glikozidlari,   masalan,   og’iz   orqali   1,0–1,5   g
kortizon asetati, 0,2–0,4   g prednizolon.
Yurak faoliyati  kuchsizlanganda  har  4–6 soat  teri  ostiga 20–30   ml kamfora
moyi yuboriladi, arterial bosim pasayganda har 2–4 soat 3–5 g kofein, 15–30   % li glyukoza   eritmasida   va     V1   i   V6   vitaminlarini   qo’shib   2–3   g   natriy   salisilati
venaga yuboriladi. Digitalis preparatlarini qo’llash taqiqlanadi.
4.  Miokardoz
Miokardoz   –   yallig’lanishsiz   kechadigan   miokard   kasalligi   bo’lib,
miokardning   qisqarish   funksiyalar   pasayishiga   olib   keladigan   distrofik   jarayonlar
kechishi bilan xarakterlanadi. Bu kasallikka ko’pincha ishchi otlar chalinadi.
Uzoq   vaqt   davom   etadigan   zo’riqish,   anemik   holat,   oqsil,   uglevod,   yog’,
noto’g’ri oziqlantirish natijasida mineral va vitaminlar almashinishining buzilishi,
surunkali kechadigan infeksion, invazion, ginekologik, jarrohlik va ichki yuqumsiz
kasalliklar miokardozga olib kelishi mumkin.
Bu kasallikka chalingan otda ish sifatlari pasayadi, u holsizlanadi, ishtaxasi
yo’qoladi,   muskulli   tonus   pasayadi,   periferik   qon   aylanish   buziladi   (arterial   qon
bosimi   pasayadi   va   vena   qon   bosimi   ko’tariladi),   teri   elastikligi   kamayadi,
hansirash,   teri   va   shilimshiq   pardalar   sianozi   rivojlanadi,   har   joylarnda   shishlar
paydo bo’ladi va boshq..
Hayvonlar   tinch   sharoit   bilan   ta’minlanadi .   Rasion   asosiy   ozu q a  moddalar ,
vitaminlar   va   mikroelementlar   b o’ yicha   balanslashtiriladi.   Venaga   5–7   kun
mobaynida kofein va glyukoza aralashmasi V guruhi vitaminlari, S vitamini, 30   %
glyukoza   eritmasida   tayyorlangan   0,5–1,5   g   strofant   nastoykasi   bilan   yuboriladi;
teri ostiga – 10–15   ml dan kordiamin,  og’iz orqali –  digitalis ( naperstyanka ; rus.) ,
gulizardak   ( gorisvet ;   rus.) ,   marvaridgul   ( landыsh ;   rus.)   o’simliklari   preparatlari
kiritiladi. Shishlarda siydik haydovchi vositalar qo’llanadi.
5.  Perikardit
Perikardit   –   travmatik   va   notravmatik   tabiatli   yurak   tashqi   pardasining
yallig’lanishi.
Notravmatik   perikardit   flegmona   va   sepsisda   hosil   bo’ladigan   infeksion
kasalliklar   shaklidagi   asoratlarda,   yallig’lanish   miokard,   o’pka,   plevra   va   boshq.
o’tganda rivojlanadi.  Quruq   (fibrinoz)   va   terlama   (ekssudativ)   perikarditlar   tafovut   qilinadi.
Quruq   shaklida   tana   harorati   ko’tariladi,   puls   tezlashadi,   ishtaxa   yomonlashadi,
yurak turtkisi kuchayadi, yurak sohasi palpasiyasida og’riq seziladi. 
Ekssudativ   kechishda   puls   kuchsiz   va   kam   to’lganligi,   yurak   turtkisi
kuchsizligi,   bo’yinturuq   venalari   to’lib   taranglashganligi,   shishlar   hosil   bo’lishi
kuzatiladi. 
Tashhis   elektrokardiagramma   va   qonni   (neytrofillar   ko’payishi)     hamda
siydikni (oqsil mavjudligi) laborator tekshirish natijalari asosida qo’yiladi.
Qasal   hayvonlarga   yengil   hazm   qilinadigan   ozuqa   beriladi,   ichkiziladigan
suv   miqdori   kamaytiriladi,   yurak   sohasiga   sovuq   kompress   qo’yiladi.   Qasal
hayvonga   holatiga   qarab   sulfanilamidlar,   antibiotiklar,   yod   preparatlari,   kofein,
glyukoza,   siydik   haydovchi   vositalar   belgilanadi.   Qon   bosimi   pasayganda   vena
orqali  adrenalin, glyukoz a bilan kofein , kordiamin  belgilanadi . Foydalanilgan adabiyotlar:1.  
Dorosh   M . V .   Bolezni   loshadey.   Veche ,   2007   g.   http://www.e–
reading.club/book.php?book=83010

OTLARNING YURAK – QON TOMIR TIZIMI PATOLOGIYASI Reja: 1. Arterial qon tomirlarning o’tkir tiqilishi 2. A rteriit, flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish 3. Miokardit 4. Miokardoz 5. Perikardit

1. Arterial qon tomirlarning o’tkir tiqilishi Kasallikni q orin aortasi va tarmoqlarining trombozi (Trombosis aortae) misolida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Uy hayvonlarida orqa oyoq arterial tomirlarining trombozi nisbatan kam uchraydi. Asosan u ot, qoramol va itlarda kuzatiladi. Bunda tromb aortaning stvolida yoki uning arterial tarmoqlari – aa. iliaca interna, s.hypogastrica, iliaca externa, femoralis da hosil bo‘lishi mumkin. Nisbatan ko‘p ichki yonbosh yoki tos arteriyasi – a. iliaca interna s.hypogastrica , yonboshning tashqi – a. iliaca externa va son arteriyalari – a. femoralis trombozga uchraydi. Etiologiya. Aorta va tarmoqlarining tromboziga tomir devorlarining eroziyali ya’ni yarachali zararlanishlari, o‘smalar, atrof to‘qimalardan yallig‘lanish jarayonini o‘tishi sabab bo‘lishi mumkin. Ammo tromboz ko‘pincha parazitar – gijjali invaziyadan kelib chiqadi. Trombozga ko‘pincha ichak tutqichi oldingi arteriyasining gijjali anevrizmasi – strongylus armatus sabab bo‘ladi. U yerdan embolalar uzilib, tos va son arteriyalariga boradi. Undan tashqari, tromboz sigirlarning endemik osteodistrofiyasida ham hosil bo‘ladi. Klinik belgilar . Tromb hosil bo‘lish jarayoni avval sekin rivojlanadi. Odatda birlamchi belgilar namoyon bo‘lishi uchun bir nechta haftalar o‘tishi lozim. Hayvon tinch holatda bo‘lganda qandaydir o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Ammo harakat paytida, oyoq muskullarining anemiyasi natijasida, keskin ifodalangan oqsoqlik namoyon bo‘ladi. Bunda hayvon ishlashni boshlagandan 3–5 daqiqa o‘tgandan so‘ng oqsay boshlaydi, chunki oyoq qoniqarli bukilmasligi sababli u tuyoqning old qismi bilan yerning notekisliklariga ilashadi, qoqiladi, oyoqni oldinga sudrab chiqaradi; hayvonni harakatlanishga majburlaganda u uch oyoqda sakrab yuradi, ko‘p vaqt o‘tmasdan to‘xtaydi va yiqiladi. Kasal hayvonning organizmida keskin reflektor reaksiya hosil bo‘ladi: umumiy bezovtalanish, qo‘rqish, nafas olish va yurak urushining tezlashishi, muskullarning tartibsiz qisqarishi, kuchli terlash (falajlangan oyoqdan tashqari). Kasallangan oyoq tezda soviydi.

Qisqa vaqt dam olingandan so‘ng (20–40 daqiqa) kasal hayvon kuchlarini to‘liq tiklaydi va xech qanday chetlanishlarsiz harakatlana oladi. Faqat juda kam holatlarda hayvon o‘lishi mumkin. 3–rasm. Son arteriyasi trombozida chap orqa oyoqning oldinga va yonga chiqarilishi Qisman trombozda yoki alohida arteriyalarning trombozida yuqorida qayd etilgan belgilar tezda namoyon bo‘lmaydi, ammo kuzatilgani ham kuchsiz bo‘ladi. Masalan, keng fassiyani taranglashtiruvchi muskulni (m/tensor fasciae latae) oziqlantiradigan yonboshning tashqi arteriyasi (a. iliaca externa) trombozida otda “osilgan oyoq” oqsoqligi rivojlanadi; sag‘ri (m.gluteus) va to‘rt boshli (m. quadripces) muskullarni oziqlantiradigan tos arteriyasi (a. hypogastrica) trombozida “tayanch” oqsoqlik rivojlanadi, bunda tayanish paytida barcha bo‘g‘imlar keskin bukiladi. Tos va son arteriyalarining ikki tomonlama trombozida sag‘ri sohasi va orqa oyoqlarning diskoordinatsiyasi kuzatiladi (gemoglobinuriyadagidek). Bunday tromboz turida, ayrim paytlarda qovuq, to‘g‘ri ichak va dumning falajlari ham sodir bo‘ladi. Aorta trombozida orqa oyoqlar falajlanadi.

Oyoq arteriyalarining trombozida klinik belgilar tromb o‘rnashgan joyga bog‘liq bo‘ladi. Son arteriyasining trombozida oyoq muskullari bo‘shashadi va periferik puls yo‘qoladi. Kasal hayvon zararlangan oyoqqa tayanmaydi va “o‘tirgan it” holatini egallaydi. Barmoq tomirlarining trombozida to‘qimalar nekrozga uchraydi. Hayvon klinik tekshirilganda travmatik perikarditga xos belgilar topiladi. Tashhis. Kasallikning boshlang‘ich bosqichini klinik belgilar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi. Yuqorida keltirilgan belgilar mavjudligida esa tashhisni qo‘yish qiyin kechmaydi. Rektal tekshirishda aorta bo‘lingan joylarda yo‘g‘onlashishlar va pulsasiya yo‘qligi aniqlanadi. Zararlangan oyoqda periferik pulc juda kuchsiz bo‘ladi yoki umuman sezilmaydi. Kasallangan oyoqning harorati me’yordan past bo‘ladi. Oqibati. Aortaning bironta tarmog‘i trombozga uchraganda kasallik oqibati gumon, ammo ko‘pincha yomon. Yirik tomirlarning trombozida kollateral qon aylanishi juda sekin tiklanadi; hayvon oqsaydi. Kasallangan hayvon ishda qo‘llanilmaydi. Davolash. Trombozlarda terapiya ishlab chiqilmagan. Og‘iz orqali kaliy yoditi va boshqa preparatlarni qo‘llash samara bermaydi. Ayrim mualliflar qisman trombozda hayvonni qadamlatib yurgizish va yaylovda saqlashni tavsiya etadilar. Aortaning nevrogen stenozida bel va dumg‘aza sohalariga diatermiya, balchiq applikatsiyasi va quruq issiq usullari qo‘llanadi. Endemik trombozlarda kasallik sababi yo‘qotiladi. 2. A rteriit, flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish Arteriit – arteriyalarning yallig’lanishi bo’lib, hayvonlarda mustaqil kasallik sifatida kam uchraydi. Arteriitlar flegmona sohasida, osteomiyelitlar, yarali jarayon, uzoq vaqt kechadigan yiringli – rezorbtiv isitma, sepsis hamda gematogen yo’l bilan tarqaladigan umumiy infeksiyalarda rivojlanishi mumkin. Kechishi bo’yicha o’tkir, yarim o’tkir va surunkali arteriitlar bo’ladi. Jarayon yiringli, nekrotik va maxsuldor yallig’lanish shakllarda kechishi mumkin. Ammo ko’pincha ular aralash tabiatga ega. Qon tomir devoridagi lokalizasiyasi

bo’yicha endo–, mezo–, periarteriitlar; devor butun qalinligi bo’yicha zararlanganda esa – panarteriitlar tafovut qilinadi. Arteriya devorining ichki qavati zararlanganda tromblar paydo bo’ladi (trombangit). Klinik belgilar. Yiringli arteriitlarda tomir bo’shlig’i tromb bilan yopiladi, qaysikim keyinchalik erib, yiringli embolalar massasiga aylanadi, infeksiya metastazlashadi va sepsis rivojlanashiga olib keladi. Yarim o’tkir yoki surunkali kechadigan arteriitlarda tomir devorida maxsuldor yallig’lanish ustunlik qiladi. Bunda arteriya devorining ichki qavati yo’g’onlashadi, tomir bo’shlig’i asta – sekin torayadi, buning natijasida periferiyaning qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi, to’liq yopilganda esa qon bormay qolgan to’qimalarda nekroz yoki gangrena rivojlanadi. Arteriitning har turida ham tomir devorining sklerozi rivojlanadi, u me’yoriy elastikligini yo’qotadi va mo’rt bo’lib qoladi. Davolash. Mahalliy yallig’lanish natijasida hosil bo’lgan arteriitlarda asosiy kasallikni (flegmona, osteomiyelit va boshq.) bartaraf etishga yo’naltirilgan davolash muolajalari qo’llanadi. Infeksiyalashgan endoarteriitlarda arteriya ichiga novokain–antibiotik li eritmalar inyeksiyalari tavsiya etiladi. Tomir bo’shlig’i trayganda arteriya yoki uni ta’minlovchi nerv stvoli alkogolizasiya qilinadi. Flebit va tromboflebitlarni davolash va oldini olish mavzusini b o‘yinturuq venaning yallig‘lanishi (Phlebitis venae jugularis) misolida o’rganamiz. Etiologiya. Ko‘pincha katta hayvonlarning venasiga ayrim dori vositalarini (xloralgidrat, kalsiy xloridi, novarsenol, flavakardin gidroxloridi va boshq.) noto‘g‘ri yuborilganda hosil bo‘ladi. Bo‘yinturuq venaning yallig‘lanishi (flebit) asosan ahvoli og‘ir, septik holatdagi hayvonlarda rivojlanadi. Flebitlar etiologiyasida organizmning sensibilizatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Bunday hayvonlarda vena tomiri devorining shikastlanishi tromboflebit shaklida kechadi. Flebitlar patologik jarayon atrof to‘qimalaran o‘tganda ham rivojlanish mumkin. Sog‘ lom hayvonlarda qon tomirni punksiya qilish muolajasi odatda asoratsiz kechadi.