logo

OTLARDA UCHRAYDIGAN YUQUMLI VA INVAZION KASALLIKLAR PATOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

144.658203125 KB
OTLARDA UCHRAYDIGAN YUQUMLI VA INVAZION
KASALLIKLAR PATOLOGIYASI
Reja:
1.    Infeksion  kasalliklarning    umumiy tavsifi
2.     Zamburug’li kasalliklar
        patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari 
3.     Infeksion – toksik patologiyalar 
3.1.  Manqa kasalligi
3.2.  Otlar grippi
3.3. Otlarning infeksion anemiyasi
3.4. Otlarning infeksion ensefalomiyeliti  
4.    Invazion kasalliklarning umumiy tavsifi
4.1.    Gelmintozlar
4.1.1. Otlar paraskaridozi
4.1.2. Otlar onxoserkozlari
4.1.3. Otlar parafilyariozlari
4.2.     Piroplazmidozlar
4.2.1. Otlar p iroplazmozi
4.2.2.  Nuttallioz
4.3.     Ektoparazitar kasalliklar patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari 1. Infeksion kasalliklarning umumiy tavsifi
Infeksion   kasalliklar   hayvon   organizmiga   kasallik   qo’zg’atuvchi   (patogen)
mikroblar   o’rnashishi   va   keyinchalik   ko’payishi   va   tarqalishi   natijasida   hosil
bo’ladi.   Ular   boshqa   hayvonlarga   o’tishi,   bosqichma–bosqich   rivojlanishi,
organizmning spesifik reaksiyasini  (antitelolar hosil bo’lishi) chaqirishi va odatda
immunitet hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Infeksion   kasalliklar   ot   organizmiga   turli   yo’llar:     zararlangan   tashqi
qoplamalar (teri va shilliq pardalar), hazm qilish trakti yoki alimentar yo’l (ozuqa
va suv bilan), nafas yo’llari yoki aerogen yo’l va boshq. orqali tushgan bakteriya,
kokk,   mikroskopik   zamburug’,   virus,   mikoplazmalar   bilan   chaqiriladi.   Yuqumli
kasalliklar   odam   uchun   ham   xavfli   bo’lishi   mumkin   shu   sababli   profilaktik
tadbirlar   o’tkazilishi   lozim   masalan,   yangi   olib   kelingan   hayvonlarni   karantinga
qo’yish,   ozuqa   va   suv   sifatini   nazorat   qilish,   kasallarni   ajratish,   dezinfeksiya
(zararlantirish),   deratizasiya   (kemiruvchilarga   qarshi   kurashish)   va   dezinseksiya
(hasharotlar bilan kurashish) o’tkazish va albatta sog’lom hayvonlarni vaksinasiya
qilish.
Otlarni   infeksion   kasalliklardan   davolash   uchun   bevosita   infeksiyani
davolovchi preparatlar va simptomatik vositalar (masalan, yurak vositalar, balg’am
chiqaruvchi va boshq.) qo’llanadi. Davolovchi vositalar qo’llangandan so’ng sutni
iste’mol   qilish   va   hayvonlarni   go’shtga   so’yish   muddatlari   24  soatdan   1   oygacha
davom etishi mumkin. 
2.  Zamburug’li kasalliklar patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari
Trixofitiya
Trixofitiya,   yoki   temiratki   –   kontagioz   zamburug’li   kasallik   bo’lib,   terida
oval   keskin   chegaralangan   deyarli   junsiz,   po’stloqchalar   va   tangachalar   bilan
qoplangan o’choqlar hosil bo’ladi.
Kasallikni   trixofitonlar   deb   ataladigan  zamburug’lar   chaqiradi,  ular   issiqlik
va   dezinfeksiyalovchi   vositalarga   chidamli   bo’ladi   va   tashqi   muhitda   (to’shama,
yer, yog’och narsalarda uzoq vaqt saqlanadi. Patogen   zamburug’larni   kalamush,   sichqon   va   boshqa   kemiruvchilar
tarqatadi.   Infeksiya   manbayi   –   kasal   va   sog’aygan   hayvonlar.   Kuz   –   qish
mavsumidagi yomon ob–havo sharoitlar va terining yuzaki shikastlari bu kasallik
hosil bo’lishiga moyillik yaratadi.
Inkubasion   davr   1   haftadan   1   oygacha   davom   etadi.   Kasallik   surunkali
kechadi   va   terida   po’stloqchalar   va   kulrang   tangachalar   bilan   qoplangan   kichik
junsiz yumaloq shaklda dog’lar hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Ko’pincha ko’z,
burun, quloqlar atrofi zararlanib, jarayon bosh, bo’yin va oyoqlarga tarqaladi.
Tashhis   klinik   belgilar,   zararlangan   joylarni   ultrabinafshali   nurlantirish
natijalari, teridan olingan qirmalarni mikroskopik tekshirish asosida qo’yiladi.
Trixofitiyani   davolash   uchun   zararlangan   joylar   fungisid   vositalar   bilan
ishlanadi. Davolash va profilaktik maqsadlarda yuqori samarali, ishonchli va kam
toksik tirik va inaktivasiyalangan vaksinalar 2 baravar ko’p miqdorda qo’llanadi.
3.  Infeksion – toksik patologiyalar 
3.1.  Manqa kasalligi
Manqa   –   ot,   eshak,   xachir,   kam   hollarda   tuya   va   mushuksimonlar   va
odamlarning   infeksion,   asosan   surunkali   kechadigan   kasalligi   bo’lib,   o’pka   va
boshqa   ichki   a’zolarda,   shilliq   pardalar   va   terida   spesifik   manqali   tugunchalar
rivojlanishi va keyinchalik ular yaralarga aylanishi bilan xarakterlanadi. 
Kasallik   qo’zg’atuvchisi   –   manqa   bakteriyasi,   u   suv   va   chiriydigan
substratlarda   14–30   kunlarda,   qurigan   burun   ajralmalarida   –   7–15   kunlarda,
siydikda – 4soatdan so’ng o’ladi. Quyosh nuri uni 24 soatda, 80   °C   da isitish – 5
daqiqada o’ldiradi. Manqa  bakteriyasi  5%  li faol xlorga ega xlorli oxakda, 2   % li
fenol, 1   % li o’yuvchi natr, 3   % li kreolin eritmalarida 1 soat ichida o’ladi. 
Kasallik manbayi – kasal hayvonlar, o’tkazuvchi omillar – infeksiya tushgan
ozuqa,   tezak,   parvarish   predmetlari,   ot   abzallari.   Zararlanish   to’g’ridan   –   to’g’ri
kontaktda,   hazm   trakti   va   kam   hollarda   nafas   tizimi   orqali   amalga   oshiriladi.
Yaylov   sharoitida   kasallik   sekin,   tig’iz   va   ventilyasiyasi   yomon   otxonalarda   tez
tarqaladi.   Kasallik   yilning   barcha   mavsumlarida,   ammo   ko’pincha   kuz   –   qish
fasllarida hosil bo’ladi. Manqaning inkubasion davri 3 kundan 2–3 haftagacha davom etadi. Kasallik
o’tkir,   surunkali   va   latent   kechishi   mumkin.   O’tkir   kechishida   tana   harorati   41–
42   °C   gacha   ko’tariladi,   qaltiroq,   shilliq   pardalar   giperemiyasi,   keskin   jabrlanish
kuzatiladi.   2–3   kunlardan   so’ngburunning   shilliq   pardasida   sarg’ish   mayda
tugunchalar paydo bo’ladi, ular bir necha soatdan so’ng ular birlashadi va nekrozga
uchraydi. Ularning o’rnida chetlari notekis yaralar qoladi. 
Jag’   osti   limfatik   tugunlar   avval   shishgan   va   issiq,   keyin   esa   zich   bo’ladi.
Ayrim   hollarda   sonning   ichki   yuzasi,   prepusiya   sohasi,   yorg’oq,   bosh   va
bo’yindagi   teri   zararlanadi   ( –rasm ).   Undan   tashqari   zararlangan   oyoqlar   shishishi
kuzatiladi.   O’tkir   shaklda   kechadigan   kasallik   2–4   hafta   davom   etadi   va   ko’p
hollarda o’lim bilan tugaydi.
 
–rasm .   Manqa kasalligida bosh terisining zararlanishi
Surunkali   kechadigan   manqa   kasalligida   tana   harorati   vaqti   –   vaqti   bilan
ko’tarilib   turadi,   hayvon   oriqlaydi,   yo’taladi,   burnidan   ekssudat   oqadi,   jag’   osti
limfa   tugunlari   shishadi.   Burunning   shilliq   pardasida   yulduzsimon   shaklda
chandiqlar va yaralar hosil bo’ladi. Bu shakldagi kasallik bir necha oydan bir necha
yillargacha davom etadi. Latent li manqa hayot mobaynida davom etishi mumkin. Hayvonlarda ko’zga
tashlanadigan o’zgarishlar kuzatilmaydi, ular sog’lom bo’lib ko’rinadi.
Tashhis   epizootologi k , klini k , allergi k , serologi k va     gistologi k tekshirishlar
asosida qo’yiladi.
Diagnostikaning   asosiy   usuli   –   allergik   bo’lib,   bunda   ko’z   malleinizasiyasi
(kon’yunktival   xaltaga   4–5   mallein   tomchilari   –   isitish   bilan   o’ldirilgan   manqa
basillasi   bulonli   kulturasining   filtrati   yuboriladi)   bajariladi.   Kasallangan   hayvon
kon’yunktivasi qizaradi, shishadi, ko’zning ichki burchagidan tasma shaklda avval
shilimshiq keyin yiringli massa ajraladi (ijobiy reaksiya)   ( –rasm ).  Natijadan qat’iy
nazar   5–6   kunlardan   so’ng   barcha   otlar   qayta   malleinizasiya   qilinadi.   Ikki   marta
ijobiy reaksiya bergan ot kasal deb hisoblanadi. 
–rasm .  Ko’z malleinizasiyasiga ijobiy reaksiya
Manqa kasalligini davolab bo’lmaydi .  Kasal hayvonlar bartaraf etiladi.
Manqaning   oldini   olish   maqsadida   xo’jalikka   yangi   kelgan   hayvonlar
karantinga   qo’yiladi,   otlar   bir   yilga   2   marta   klinik   tekshiriladi   va   malleinizasiya
qilinadi.   Kasallik   aniqlanganda   xo’jalik   karantin   qilinadi,   otlar   klinik   belgilari
bo’yicha 4 guruhlarga bo’linadi. Otxona va parvarishlash predmetlari dezinfeksiya
qilinadi,   go’ng   kuydiriladi.   Karantin   oxirgi   kasal   ot   aniqlangandan   keyin   45   kun
o’tib bekor qilinadi.  3.2.  Otlar grippi
Otlar   grippi   yoki   inflyuensa,   –   o’tkir   kechadigan   yuqori   kontagioz   virusli
kasallik bo’lib, jabrlanish, yuqori harorat, ko’z yoshi oqishi, yo’tal, ko’z, burun va
traxeyalarning   shilliq   pardalar   giperemiyasi   bilan   namoyon   bo’ladi.   Barcha
yoshdagi otlar kasallanadi.
Kasallik   qo’zg’atuvchisi   –   ortomiksoviruslar   oilasi   Inflyuensa   urug’iga
kiruvchi   viruslar.   Tabiatda   viruslar   odam   va   ot   orasida   almashiniladi,   bunda   u
to’siqdan o’tib, odamga ham yuqishi mumkin. Ammo odamda u simptmlarsiz yoki
kuchsiz klinik belgilar bilan kechadi. Ot grippi va qushlar grippining ayrim turlari
orasida bog’liqlik mavjud.
Kasallik   yo’talda,   ozuqa,   suv   bilan,   otboqarlardan   o’tadi.   Emlanmagan
hayvonlar bo’lganda kasallik ayniqsa tez tarqaladi.
Kasallikning inkubasion davri 5–7 kun. Gripp kutilmaganda paydo bo’ladi.
Hayvonlar denniklarda befarq turadi, ko’p hollarda oquqani qabul qilmaydi, junlari
xurpaygan   bo’ladi.   Keyin   tana   harorati   40–41   °C   gacha   ko’tariladi   va   bir   necha
kun ushlanib turadi, uzlukli–uzlukli tez – tez takrorlanadigan yo’tal paydo bo’ladi
(2–10   kunlar   kuzatiladi)   va   quruq,   keskin,   tez–tez   takrorlanadigan   va   og’riqli
shaklga o’tadi. Kasal ot burnining shilliq pardasi to’q qizil rangga kiradi, burun va
ko’zlardan tiniq ekssudat ajraladi.
Sog’aygan   hayvonlar   virusning   shu   tipiga   qarshi   1   yillik   immunitetga   ega
bo’ladi. Qulunlar emlangan onalaridan passiv immunitet qabul qiladi.
Davolash   maqsadida   skipidar,     2   %   li   natriy   bikarbonati,   va   gidrokarbonat
eritmalari   va   boshq.   bilan   ingalyasiya   qilinadi.   Og’irlashishlarda   sulfanilamid lar ,
antibiotik lar,   kimyoviy  preparatlar   (amantin)   va  simptomatik   vositalar   qo’llanadi.
Autogemoterapiya   tavsiya   etiladi   (60   ml   o’zining   qoni   har   2–3   kunda   20   ml   ga
ko’paytirilib va keyin kamaytirilib).
Ot grippining oldini olish uchun hayvon inaktivasiya qilingan farmolvaksina
bilan emlanadi (4–6 oylar ta’sir etadi).
3.3. Otlarning infeksion anemiyasi Otlarning   infeksion   anemiyasi   –  toq   tuyoqli   hayvonlarning  virusli   kasalligi
bo’lib,     tana   harorati   ko’tarilgan   kunlar   me’yordagi   harorat   bilan   kunlarning
almashinilishi,   anemiya   (kam   qonlik)   va   o’zoq   vaqt   virus   tashishlik   bilan
xarakterlanadi.
Kasallik   qo’zg’atuvchisi   –   virus   bo’lib,   efir   bilan   inaktivasiya   qilinadi,
tripsinga   nisbatan   chidamli,   58   °C   ga   qizdirilganda   1–2   soatda   o’ladi.   U   2   %   li
o’yuvchi   natriy   va   formaldegid   eritmalarida   20   daqiqada,   3   %   li   kreolin   eritmasi
yoki karbol kislotasida 30 daqiqada   parchalanadi. 
Kasallik manbayi – kasal hayvonlar. Virus mexanik yo’l bilan qon so’ruvchi
hasharotlar hamda jarrohlik asboblar va ignalar orqali tarqaladiyu kasallik asosan
yoz mavsumida o’rmon yoki botqoqlik joylarda paydo bo’ladi.
Inkubasion davr 2–5 kundan 93 kunlargacha tashkil qiladi, o’rtacha – 10–20
kunlar.   O’ta   o’tkir,   o’tkir,   yarim   o’tkir   va   latent   shakllar   kuzatiladi.   O’ta   o’tkir
kechishda   tana   harorati   ko’tariladi,   hayvon   jabrlanadi,   gemorragik   diatez   (terida
qizil dog’chalar – qon quyilishlar rivojlanadi) paydo bo’ladi. 
O’tkir   kechishda   doimiy   yoki   vaqti   –   vaqti   rivojlanayotgan   lohaslanish,
umumiy   holsizlanish,   shilimshiq   pardalar   giperemiyasi   kuzatiladi,   ularda   qon
quyilishlar, qorin, ko’krak va oyoqlarda shishlar rivojlanadi. Kasallikning bu shakli
7–30 kunlar davom etadi, 80% kasal hayvonlar o’ladi.
Yarim   o’tkir   shakli   ko’proq   davom   etadigan   remissiyalar   (kasallik
belgilarining vaqtincha pasayishi) bilan ajralib turadi.
Surunkali   kechishda   vaqti   –   vaqti   kuzatiladigan   lohaslanish   xurujlari,
oriqlash va anemiya kuzatiladi.
Lohaslanishsiz   kechadigan   davrlar   bir   necha   oylar   davom   etishi   mumkin,
residivlar 1–2 kundan 2–3 haftagacha bo’lishi mumkin.
Tashhis  klinik belgilar va qonning laborator  tekshirishlar  asosida  qo’yiladi.
Qonda   eritrositlar   soni   (2–3   mln   gacha)   va   gemoglobin   miqdori   kamayadi,
eritrositlarning cho’kish tezligi tezlashadi, limfositlar ko’payadi.
I nfeksion anemi yani davolash choralari ishlab chiqilmagan . Kasallikning   oldini   olish   uchun   yangi   keltirilgan   otlar   karantin   qilinadi.
Kasallik aniqlanganda hayvonlarni kiritish va chiqarish taqiqlanadi, kasallanganlar
go’shtga topshiriladi, boshqalari xo’jalik ichida qo’llanadi.
3.4. Otlarning infeksion ensefalomiyeliti  
Otlarning infeksion ensefalomiyeliti – o’tkir virusli kasallik bo’lib, bosh va
orqa   miyaning   yallig’lanishi,   markaziy   asab   tizimi   faoliyatining   buzilishi,   hazm
trakti   va   qovuqning   parezi,   sarg’ayish     bilan   kechadi.   Odatda   tabiiy   sharoitda,
yaylovdagi 2–12 yoshli otlar kasallanadi.
Kasallik qo’zg’atuvchisi – virus, qaysikim quyosh nurlari ostida 4–8   soatdan
so’ng   inaktivasiya   bo’ladi,   65   °C   haroratda   –   10     daqiqada   qaynatganda   esa   bir
necha   soniyada   o’ladi.   –10   °C   haroratda   u     3     oygacha   tirik   qoladi.   Odatiy
konsentrasiyadagi   dezinfeksiyalovchi   vositalar   virusni   10   daqiqada   zararlantiradi.
Kasallik   manbayi   –   kasal   otlar.   Kasallikni   ayrim   pashalar   va   kanalar   tarqatishi
mumkin. Kasallik mayda boshlanib, cho’qqisi sentyabrda kuzatiladi. 
–rasm .   Otlarning   o’tkir   infeksion   anemiyasida   eritrositlar   soni   va   tana
harorati grafiklari   Kasallikning   inkubasion   davri   15–40   kunni   tashkil   qiladi .   Kechishi   o’tkir.
Kasallik   kuchli   qo’zg’alish   va   belgisiz,   kam   hollarda   latent   shakllarda   kechadi.
Dastlab   qisqa   vaqt   ichida   tana   harorati   ko’tariladi,   jabrlanish,   ishtaxa   pasayishi,
esnash   kuzatiladi.   Keyin   qo’zg’alish   shaklning   belgilari   paydo   bo’ladi,   hayvon
to’satdan   arqonni   uzadi,   to’xtovsiz   oldinga   (kam   hollarda   orqaga)   intiladi,
to’siqlarga   uriladi,   o’zini   shikstlaydi.   Ko’p   hollarda   kasal   otlar   notabiiy   holatni
egallaydi – boshini yerga tiraydi, yonnboshga yiqilib, suzish harakatlarini bajaradi,
boshini orqaga qayiradi. Kasallik 1,5 kundan 15 kungacha davom etishi  mumkin.
40   –   90   %   larda   o’lim   bilan   tugaydi.   80%   gacha   kasal   hayvonlar   birinchi   24–48
soatlarda o’ladi.
Kasallikning tinch shakli o’z vaqtida davolanganda sog’ayish bilan tugaydi.
Sog’aygan hayvonlar bir umrli immunitetga ega bo’ladi.
Tashhis   kliniko–epizootologik   ma’lumotlar   va   qonning   laborator   tahlillari
asosida qo’yiladi. Qonda leykositlar (13–16   minggacha va ko’proq) va eritrositlar
sonining,   bilirubin   (10   90   TB   gacha)   miqdori   ko’payishi   kuzatiladi.   Kasallikni
qutirish,   Auyeski   kasalligi,   botulizm   va   ozuqali   zaharlanishlardan   va   boshq.
farqlash lozim.
Kasal   hayvonlar   keng,   qalin   to’shamali   qorong’ilashtirilgan   xonaga
qo’yiladi.   Ularning   to’g’ri   ichagi   tozalanadi   va   qovug’ining   kateterizasiyasi
o’tkaziladi.   Burunqizilo’ngach   zondi   yordamida   kuniga   2   marta   natriy   sulfati
(100–150   g)  kiritiladi,  teri  ostiga   har  4–6  soatda  20  ml  kamfora  moyi  yuboriladi,
venaga   400   ml   fiziologik   eritmada   25   g   urotropin,   40   g   glyukoza,   20   g   kalsiy
xloridi yuboriladi. Undan tashqari teri ostiga 10–12 l kislorod, venaga 200 ml 10%
li   natriy   xloridining   gipertonik   eritmasi   yuboriladi.   Kerak   bo’lganda   inyeksiyalar
2–3 soatlardan so’ng takrorlanadi.
Kasal   hayvonlar   ajratiladi   va   davolanadi.   Otxona   va   parvarishlash
predmetlari dezinfeksiya qilinadi. Karantin oxirgi kasal ot sog’aysa yoki o’lgandan
keyin 40 kun o’tib bekor qilinadi. 
4. Invazion kasalliklarning umumiy tavsifi Invazion   kasalliklar   guruhiga   tirik   organizmlar   (gelmint,   o’rgamchiksimon,
hasharot va   sodda hayvonlar) kiradi. Hayvonlarga bu kasalliklar alimentar (ozuqa
bilan   birgalikda   og’izga   tushadi),   kontaktli   (sog’lom   hayvon   kasallangan   bilan
to’qnashganda),   ona   ichida   bo’lganda,   qon   so’ruvchi   bo’g’imoyoqlilar   orqali
yuqadi.
Barcha   invazion   kasalliklar   qo’zg’atuvchisiga   qarab,   yana   bir   nechta
guruhlarga –  gelmintozlar, protozoozlar, araxnozlar va entomozlarga  bo’linadi 
Invazion   kasalliklarni   d avolash   uchun   qo’llanadigan   etiotrop   (spesifik)
vositalarga quyidagi preparatlar guruhlari kiradi:
Antgelmint   vositalar   yoki   antgelmintiklar,   –   organizmni     gelmintlar   yoki
parazitik   qurtlardan   tozalash   uchun   qo’llanadigan   preparatlar.   Ular   odatda   og’iz
orqali kiritiladi.
Insektisidlar   –   parazitik   hasharotlarga   qarshi   qo’llanadigan   preparatlar
(akarisidlar   –   kanalarga   qarshi   vositalar,   repellentlar   –   zararli   bo’g’imoyoqlilarni
haydaydovchi vositalar , attraktantlar – hasharotlarni jalb etadigan vositalar, xemo–
sterilyantlar – jinsiy sterilizatorlar).
Hasharotlarga   va   kanalarga   qarshi   ta’sir   etuvchi   preparatlar
“ insektoakarisidlar” deb ataladi .
Teri qoplamasiga ishlov berish uchun qo’llanadi .
Antiprotozoy   vositalar   –   sodda   hayvonlar   chaqiradigan   kasalliklarga   qarshi
qo’llanadi, teri ostiga yuboriladi. 
4.1.  Gelmintozlar
Gelmintoz lar   –   paraziti k   chervyami   chaqiradigan   invazion   kasalliklar.   Ular
eng ko’p sonli bo’lib   (60   %), deyarli  hamma joylarda uchraydi.   Gelmintozlarga
trematodozlar, sestodozlar va nematodozlar kiradi. 
Trematodozlar
Trematodozlar – trematodalar sinfiga kiruvchi qo’zg’atuvchilar chaqiradigan
i nvazion kasalliklar . Otlarda nisbatan kam uchraydi. 
Nematodozlar Nematodozlar – nematodalar yoki yumaloq   chervey   chaqiradigan   invazion
kasalliklar   bo’lib,   ular   jun,   soch   va   muguz   to’qimadan   tashqari   organizmning
barcha to’qimalarini zararlaydi. Rivojlanish sikli har bir gelmint uchun individual
bo’lib, oraliq xo’jayin ishtiroqisiz ham o’tishi mumkin. 
4.1.1. Otlar paraskaridozi
Paraskaridoz – tok tuyoqli hayvonlarning gelmintozi bo’lib, ko’pincha yosh
hayvonlar ingichka ichagida parazitlik qiluvchi askarida oilasiga mansub nematoda
orqali chaqiralidi. Invaziyaga ot, eshak va xachirlar chalinadi. Kasallik asosan qish
faslida tarqaladi.
Kasal   hayvon   fekaliyalari   bilan   ajralgan   tuxumlar   tashqi   muhitda   10–20
kunlarda   yetiladi.   Oshqozonda   tuxumdan   lichinka   chiqadi   va   qon   bilan   o’pkaga
tushadi, 7–10 kunlardan so’ng u kapillyarlarni yoradi, alveola va bronxlarga o’tadi
va shilliq bilan halqumga tushib, qayta yutiladi. O’pka orqali migrasiyadan so’ng
lichinka ingichka ichakda yetilgan shaklga aylanadi. Ot organizmida paraskaridalar
44–77 kunlarda yetiladi.
Invaziya alimentar yo’l bilan tushadi.
Kasal   toylarda   praskaridozda   hazm   qilish   buziladi,   yo’tal,   yengil   shaklda
pnevmoniya,   oriqlash,   anemiya,   qisqa   vaqtga   tana   harorati   ko’tarilishi,   ayrim
hollarda   asabning   qo’zg’alishi   kuzatiladi,   hayvon   o’lishi   mumkin.   Katta   yoshli
hayvonlarda   kasallik   yaqqol   belgilarsiz   kechadi.   Sog’aygan   hayvonlar   qayta
kasallanmaydi.
Tashhisni   aniq   qo’yish   maqsadida   fekaliylar   paraskarida   tuxumlari
mavjudligiga tekshiriladi.
Davolash   uchun   piperazin   asosida   tayyorlangan  preparatlar   qo’llanadi,  ular
individual   va   guruhli   usullarda   2   kun,   7–10   kunlik   och   qoldirishdan   so’ng   sal
namlangan omixta yem (1–2 kg) bilan beriladi, 3–10 oylik qulunlarga ich surgini
ishlatmasdan   8–10   g   dan,   10   oydan   1   yoshli   toylarga   –   12–15   g   dan,   1–2   yoshli
yosh   otlarga   –   15–20   g   dan,   2   yoshdan   katta   otlarga   –   20–25   g/bosh   dan
(degelmintizasiya   kursi  mobaynida  piperazin miqdori  hayvon  og’irligiga nisbatan
100 mg/kg dan oshmasligi lozim). Undan tashqari fenbendazol 6 oylik – 4 yashar otlarga   –   15  mg,  4   yoshdan   kattalarga   –  10   mg  bir   marta  og’iz   orqali,   febentel   –
6   mg/kg tana vazniga nisbatan og’iz orqali beriladi.
Kasallikning   oldini   olish   uchun   qulunlar   avgustda   va   sutdan   ajratilgandan
so’ng,   toylar   va   katta   otlar   bahorda   va   kuzda   rejali   degelmintizasiya   qilinadi.
Otxona fenol qatoriga kiruvchi preparatlar bilan ishlanadi.
4.1.2. Otlar onxoserkozlari
Otlar onxoserkozlari – filariata kenja tartibi, Onxoserka   turkumiga mansub
nematodalar   orqali   chaqiriladigan   gelmintozlar.   Jinsiy   yetilgan   onxoserklar
otlarning   oldingi   oyoqlar   paylarida   va   bo’yin   usti   payida,   lichinkalar
(mikroonxoserklar)   esa   –   terida   parazitlik   qiladi.   Qo’zg’atuvchi   hamma   joylarda,
ko’pincha   o’rmon   va   o’rmon   –   cho’l   zonalarida   uchraydi.   Otlar   onxoserklari   –
uzun   ipsimon   nematodalar   bo’lib,   oraliq   xo’jayin   –   qon   so’ruvchi   hasharot
(mokres; rus.) ishtiroqi bilan rivojlanadi.
3–20   yoshli   otlar   pastlikda   joylashgan,   suv   xavzalari   mavjud   yaylovlarda
bo’lganda zararlanadi.
Kasallik   surunkali   kechadi.   Kasallik   boshida   yag’rin,   ensa,   bo’yin   va   orqa
sohalarida kattaligi tovuq tuxumiday og’riqsiz shishlar paydo bo’ladi. Yag’rinning
yon tomonlarida joylashgan   yoki ko’krak umurtqalari yelka o’simtalari ostida tez
vaqtda   oqmalar   paydo   bo’ladi,   ulardan   tarkibida   parazitlar   fragmentlari   mavjud
ekssudat   oqib   chiqadi.   Ot   oyoqlari   paylari   zararlanganda   oqsash,   tendovaginit,
flegmonalar qayd etiladi.
Tashhis   kindik   sohasidan   olingan   teri   na’munalarini   tekshirish
(dermolarvoskopiya) yo’li bilan qo’yiladi. 
Davolash  faqat jarrohlik yo’li bilan amalga oshiriladi.
4.1.3. Otlar parafilyariozlari
Otlar parafilyariozlari – teri osti kletchatkasi va muskullar aro biriktiruvchi
to’qimada   parazitlik   qiluvchi   parafilyariya   nematodalari   chaqiradigan   gelmintoz.
Qo’zg’atuvchining bosh uchi o’ziga xos hosila bilan qurollangan bo’lib, parazit u
bilan   terini   teshadi   va   qon   quyilishini   chaqiradi.   Parafilyariya   rivojlanishi   oraliq
xo’jayin   –   yaylov   qon   so’ruvchi   pashsha   –   gematobiya   ishtiroqida   kechadi. Pashshalar   parafilyariya   tuxumlari   va   lichinkalari   mavjud   qonni   yutganda
zararlanadi.   Ular   yog’   tanasida   rivojlanadi,   invazion   bosqichga   yetadi   va   10–30
kunlardan   so’ng   pashshaning   boshiga   va   xartumiga   o’tadi.   Otlar   organizmida   9
oydan so’ng parafilyariyalar jinsiy yetiladi va bir necha yillar yashaydi.
Kasallik   bahor   –   kuz   mavsumda   namoyon   bo’ladi,   terining   ko’pchilik   qon
ketishlari   esa   may   –   iyunda   qayd   etiladi.   Kasallik   belgilari   ko’proq   2   yoshdan
kattaroq   otlarda   kuzatiladi.   Bo’yin,   yag’rin,   orqa   va   ko’krak   qafasining   yuqori
qismida no’xatdan loviyagacha kattalikda zich tugunchalar paydo bo’ladi. Kunning
issiq   paytida   tugunchalar   jarohatlaridan   qon   ketishlar   paydo   bo’ladi.   Qon   quriydi
va po’stloqchalar hosil qiladi.   
Davolash   uchun   ekvalan–pasta   ikki   marotaba   2   kunda   1   marta   qo’llanadi.
Faol ta’sir etuvchi miqdori 0,2   mg/kg tana vazniga nisbatan. Preparat sog’iladigan
va bo’g’oz biyalarga qo’llanmaydi. 
4.2.  Piroplazmidozlar
Piroplazmidozlar   –   invazion   kasalliklarning   katta   guruhi   bo’lib,   eritrositlar
va   mononuklear   fagositlarda   joylashgan   sodda   hayvonlar   orqali   chaqiriladi.
Qo’zg’atuvchilarni   kanalar   o’tkazadi.   Kasallikda   yuqori   harorat,   shilimshiq
pardalar   anemiyasi,   puls   va   nafas   olish   tezligi,   hazm   qilish   tizimi   faoliyatining
buzilishlari kuzatiladi.
4.2.1. Otlar p iroplazmozi
Otlar   p iroplazmozi   –  ot, eshak   va xachirlarning transmissiv   (bir  issiq  qonli
hayvondan   boshqasiga   bo’g’imoyoqlilar   orqali   o’tkaziladigan   invazion   kasallik)
kasalligi bo’lib, uni eritrositlar parazitlari piroplazmalar chaqiradi. 
Piroplazmalarning   haytiy   sikli   ikki   xo’jayinlarda:   tok   tuyokli   hayvonda   va
kanada   kechadi.   Hayvon   organizmida   piroplazma   qonda,   kanada   esa   to’qima,
gemolimfa va tuxumlarida oddiy bo’linish bilan  ko’payadi. Otlar organizmida ular
ichki a’zolarda keyin esa periferik qonda ko’payadi.
Kasallik   asosan   bahorda   va   kuzda   kuzatiladi.   Spontan   zararlanishda
inkubasion   davr   8–15   kun   tashkil   qiladi.   Kasallik   ko’pincha   o’tkir,   kam   hollarda
surunkali kechadi. Birinchi kunlarda tana harorati 42   °C gacha ko’tariladi, hayvon kuchli jabrlanadi. Shilimshiq pardalar kasallik boshida anemik, 3–4 inchi kunlarda
esa sarg’ish bo’ladi. Hayvonlar ko’pincha yotadi, suv va ozuqani qabul qilmaydi,
ko’zlardan   suyuqlik   ajraladi.   Yurak   kuchli   uradi,   bo’yinturuq   vena   pulsasiyasi
kuzatiladi.   Hazm   tizimi   faoliyati   salbiylashadi.   Birinchi   bosqichda   siydik
sarg’ayadi,   keyin   esa   qizaradi,   3–4   unlarda   uning   rngi   to’q   qizil   bo’ladi.   Siydik
ajralishi   tez   –   tez   va   og’riqli   bo’ladi.   Kasallik   8–12   kunlar   davom   etadi.
Piroplazmozning surunkali kechishi yuqori rezistentlikka ega yoki avval kasallanib
sog’aygan   hayvonlarda   kuzatiladi.   Ayrim   hollarda   kasallik   residivlari   bo’lishi
mumkin,   bunda   qaytalagan   harorat   ko’tarilishi,   jabrlanish,   kaxeksiya,   shishlar
rivojlanadi.
Piroplazmalarni   davolash   uchun   7   %   li   berenilning   (azidin)   suvli   eritmasi
shaklida muskul orasiga yoki teri ostiga 3,5   mg/kg miqdorda bir marta yuboriladi.
Og’ir   holatlarda   inyeksiya   takrorlanadi;   10   %   li   diamedinning   suvli   eritmasi   –
2   mg/kg   miqdorda   muskul   orasiga   ikki   marta   24   soat   oralatib   yuboriladi.
Hayvonlarga   tinch   sharoit   va   parxezli   oziqlantirish   ta’minlanadi.   Bu   kasallikda
V12   (siankobalamin)   vitamini   defisiti   hosil   bo’lishi   sababli   u   ozuqa   bilan   berildi
yoki   inyeksiya   qilinadi.   Undan   tashqari   sulfokamfokain   kabi   yurak   preparati   va
gemodez   qo’llanadi.   Oldini   olishda   ximioprofilaktika   va   kanalarga   qarshi   kurash
tadbirlari qo’llanadi, buning uchun hayvonlar repellentlar bilan ishlanadi va ularga
har 10 kunda berenil yuboriladi.
4.2.2.  Nuttallioz
Nuttallioz   –   otlarning   transmissiv   kasalligi   bo’lib,   bir   hujayrali   parazit   –
nuttalliya orqali chaqiriladi.
Nuttalliyalar – eritrositlar parazitlari bo’lib, malta xochi ko’rinishida o’ziga
xos shaklga ega bo’ladi. Qo’zg’atuvchi 8 tur jinsiy yetilgan iksodli kanalar orqali
o’tkaziladi.   Nuttalliyalar   transovarial   (bo’g’imoyoqlilar   tuxumlari   orqali)   yo’l
bilan,   transfazali   (kanalarning   bitta   generasiyasida)   va   jinsiy   yetilgan
tashuvchining bitta fazasida amalga oshiriladi. Nuttallioz asosan bahorda va yozda
qayd   etiladi,   ammo   kanalar   xashak   bilan   keltirilganda   boshqa   mavsumlarda   ham
paydo bo’lishi mumkin. Nuttallioz o’tkir va yarim o’tkir, kam hollarda surunkali shakllarda kechishi
mumkin. O’tkir kechishda inkubasion davr 8–10 kunlar davom etadi, tana harorati
40–41,5   °C   ga   ko’tariladi,   shilimshiq   pardalar   sarg’ayadi,   nafas   qisishi,   yurak
urishi,   puls   tezlashishi,   ishtaxa   pasayishi,   ich   qotishi   va   ketishi   kuzatiladi.
Keyinchalik   anemiya   rivojlanib,   qondagi   eritrositlar   va   gemoglobin   miqdorlari
pasayadi. Sog’aygan hayvon uzoq vaqt parazit tashuvchisi bo’lib qoladi.
Kasallikning yarim o’tkir shaklda belgilar nisbatan kuchsiz bo’ladi.
Nuttalliozning   surunkali   shaklida   tana   harorati   qisqa   vaqt   mobaynida
ko’tarilib   turadi   va   kuchsiz   parazitemiya   kechadi.   Kasallik   3   oy   davom   etadi,
qondagi o’zgarishlar esa faqat 40–50 kunlarda paydo bo’ladi.
Tashhis   kasallikning   klinik   va   epizootologik   belgilari   va   periferik   qonning
surtmalarini tekshirish natijalari asosida qo’yiladi.
Davolash   uchun   berenil   0,002   g/kg,   diamedin   0,002–0,003   g/kg   miqdorda
muskul   orasiga   24   soatda   ikki   marta   yuboriladi,   undan   tashqari   flavakridin
(tripaflavin),   piroplazimin   (akaprin),   sulfantrollar   instruksiyalari   bo’yicha
qo’llanadi.   Nuttallotashuvchilar   organizmini   sterilizasiya   qilish   uchun   har   72
soatda   4   marta   10   %   li   diamedinning   suvli   eritmasi   sag’rining   o’ng   va   chap
sohalariga muskul orasiga yuboriladi. Otda toksikoz belgilari (bezovtalanish, nafas
olish va siydik ajralishlar tezlashishi) kuzatilganda atropin sulfati 0,02–0,08   g dan
(quruq modda hisobida) 0,1   % yoki 1   % li eritma shaklida teri ostiga yoki muskul
orasiga yuboriladi.
Nuttalliozning   oldini olish uchun tashuvchi kanalar  agro–meliorativ  tadbirlar
yordamida   yo’qotiladi.   Berenil   yoki   diamidin   bilan   1   oyda   1   marta
kimyoprofilaktika o’tkaziladi.
4.3.   Ektoparazitar   kasalliklar   patologiyasi   va   maxsus   profilaktik
tadbirlari
Araxnozlar va entomozlar
Araxnozlar   va   entomozlar   –   bo’g’imoyoqlilar   –   kana   va   hasharotlar
chaqiradigan   invazion   kasalliklar   bo’lib,   yilqichilikka   o’lkan   iqtisodiy   zarar
keltiradi. Ular bilan kurashish uchun bir nechta usullar qo’llanadi:  mexani k   –   zararkunandalarni   yo’qotish   va   hayoti   uchun   yomon
sharoitlarni yaratish maqsadida yashash muhitiga ta’sir qilish ishlarini olib borish:
botqoqliklar   va   nam   yaylovlarni   quritish,   o’rmonlarni   qurigan   va   kasal
daraxtlardan tozalash, hayvonlar suv ichadigan joylarni obodonlashtirish; 
 fizi kaviy   –   hasharotlar   lichinkalariga   ular   ko’payadigan   va   yashaydigan
joylarda   salbiy   ta’sir   etadigan   issiq,   sovuq,   yorug’lik,   suv   va   boshqa   omillarni
qo’llash;
 biologi k   –   zararkunandalarning   tabiiy   dushmanlarini,   masalan   baqalarni
qo’llash ;
 kimyoviy  –  kimyoviy vositalarini qo’llash.
Araxnoz lar
Araxnozlar   –   invazion   kasalliklar   bo’lib,   ularni   vaqtinchalik   yoki   doimiy
parazitlar   –   o’rgimchaksimonlar   sinfiga   kiruvchi   ikkita   tartib   vakillari:   xaqiqiy
yoki akariform kanalar va parazitiform kanalar chaqiradi.
Birinchi   tartibga   sarkoptoid   (chesotochnыye),   demodekoz   ( jeleznisы )
kanalar, ikkinchisiga – iksod kanalar kiradi. Otlar ko’pincha sarkoptoid kanalardan
jabr tortadi
Entomozlar
Entomozlar – invazion kasalliklar  bo’lib,   hayvonlarda vaqtincha va doimo
parazitlik qiluvchi hasharotlar orqali chaqiriladi. Otlarda parazitlik qiladi :
 teri   osti   so’nalar   –   lichinka   bosqichida   parazitlik   qiladigan   tuxum
qo’yadigan ikki qanotli hasharotlar ;
 haqiqiy   va   ko’k   –   yashil   go’sht   pashshalari   –   ko’pchilik   invazion   va
infeksion  kasalliklar qo’zg’atuvchilarini tashuvchilar ;
 qon   so’ruvchi   ikki   qanotli   hasharotlar     –   s o’na ,   m ayda   chivin ,   mokresы ,
moskit,   qon   so’ruvchi   pashsha   –   jigalk a lar ,   qaysikimlar   nafaqat   bezovtalanish,
oriqlash   va   ishchanlik   pasyishini,   teri   shishishini,   dermatitlarni   chaqiradi,   balki
invazion  va  infeksion   kasalliklarni tashuvchilari hamdir;  bitlar   –   hayvonlarning   doimiy   ektoparazit lari   bo’lib ,   qichishish,   teri
qayzg’oq   bilan   qoplanishi,   junlar   to’kilishi,   anemiya   va   ishchanlik   pasayishini
chaqiruvchi   sifunkulyatoz lar ;
 burgalar   –   vaqtinchalik   qon   so’ruvchi   ektoparazit lar   bo’lib ,   terining
qichishishini ,   qashlagandan   tirnalishlarni ,   ishchanlik   va   tana   vazni   o’sish
tezligining pasayishi sababchilari.   Foydalanilgan adabiyotlar:  
1. Dorosh   M .   V .   Bolezni   loshadey.   Veche,   2007   g.   http://www.e–reading.
club/book.php?book=83010

OTLARDA UCHRAYDIGAN YUQUMLI VA INVAZION KASALLIKLAR PATOLOGIYASI Reja: 1. Infeksion kasalliklarning umumiy tavsifi 2. Zamburug’li kasalliklar patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari 3. Infeksion – toksik patologiyalar 3.1. Manqa kasalligi 3.2. Otlar grippi 3.3. Otlarning infeksion anemiyasi 3.4. Otlarning infeksion ensefalomiyeliti 4. Invazion kasalliklarning umumiy tavsifi 4.1. Gelmintozlar 4.1.1. Otlar paraskaridozi 4.1.2. Otlar onxoserkozlari 4.1.3. Otlar parafilyariozlari 4.2. Piroplazmidozlar 4.2.1. Otlar p iroplazmozi 4.2.2. Nuttallioz 4.3. Ektoparazitar kasalliklar patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari

1. Infeksion kasalliklarning umumiy tavsifi Infeksion kasalliklar hayvon organizmiga kasallik qo’zg’atuvchi (patogen) mikroblar o’rnashishi va keyinchalik ko’payishi va tarqalishi natijasida hosil bo’ladi. Ular boshqa hayvonlarga o’tishi, bosqichma–bosqich rivojlanishi, organizmning spesifik reaksiyasini (antitelolar hosil bo’lishi) chaqirishi va odatda immunitet hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Infeksion kasalliklar ot organizmiga turli yo’llar: zararlangan tashqi qoplamalar (teri va shilliq pardalar), hazm qilish trakti yoki alimentar yo’l (ozuqa va suv bilan), nafas yo’llari yoki aerogen yo’l va boshq. orqali tushgan bakteriya, kokk, mikroskopik zamburug’, virus, mikoplazmalar bilan chaqiriladi. Yuqumli kasalliklar odam uchun ham xavfli bo’lishi mumkin shu sababli profilaktik tadbirlar o’tkazilishi lozim masalan, yangi olib kelingan hayvonlarni karantinga qo’yish, ozuqa va suv sifatini nazorat qilish, kasallarni ajratish, dezinfeksiya (zararlantirish), deratizasiya (kemiruvchilarga qarshi kurashish) va dezinseksiya (hasharotlar bilan kurashish) o’tkazish va albatta sog’lom hayvonlarni vaksinasiya qilish. Otlarni infeksion kasalliklardan davolash uchun bevosita infeksiyani davolovchi preparatlar va simptomatik vositalar (masalan, yurak vositalar, balg’am chiqaruvchi va boshq.) qo’llanadi. Davolovchi vositalar qo’llangandan so’ng sutni iste’mol qilish va hayvonlarni go’shtga so’yish muddatlari 24 soatdan 1 oygacha davom etishi mumkin. 2. Zamburug’li kasalliklar patologiyasi va maxsus profilaktik tadbirlari Trixofitiya Trixofitiya, yoki temiratki – kontagioz zamburug’li kasallik bo’lib, terida oval keskin chegaralangan deyarli junsiz, po’stloqchalar va tangachalar bilan qoplangan o’choqlar hosil bo’ladi. Kasallikni trixofitonlar deb ataladigan zamburug’lar chaqiradi, ular issiqlik va dezinfeksiyalovchi vositalarga chidamli bo’ladi va tashqi muhitda (to’shama, yer, yog’och narsalarda uzoq vaqt saqlanadi.

Patogen zamburug’larni kalamush, sichqon va boshqa kemiruvchilar tarqatadi. Infeksiya manbayi – kasal va sog’aygan hayvonlar. Kuz – qish mavsumidagi yomon ob–havo sharoitlar va terining yuzaki shikastlari bu kasallik hosil bo’lishiga moyillik yaratadi. Inkubasion davr 1 haftadan 1 oygacha davom etadi. Kasallik surunkali kechadi va terida po’stloqchalar va kulrang tangachalar bilan qoplangan kichik junsiz yumaloq shaklda dog’lar hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Ko’pincha ko’z, burun, quloqlar atrofi zararlanib, jarayon bosh, bo’yin va oyoqlarga tarqaladi. Tashhis klinik belgilar, zararlangan joylarni ultrabinafshali nurlantirish natijalari, teridan olingan qirmalarni mikroskopik tekshirish asosida qo’yiladi. Trixofitiyani davolash uchun zararlangan joylar fungisid vositalar bilan ishlanadi. Davolash va profilaktik maqsadlarda yuqori samarali, ishonchli va kam toksik tirik va inaktivasiyalangan vaksinalar 2 baravar ko’p miqdorda qo’llanadi. 3. Infeksion – toksik patologiyalar 3.1. Manqa kasalligi Manqa – ot, eshak, xachir, kam hollarda tuya va mushuksimonlar va odamlarning infeksion, asosan surunkali kechadigan kasalligi bo’lib, o’pka va boshqa ichki a’zolarda, shilliq pardalar va terida spesifik manqali tugunchalar rivojlanishi va keyinchalik ular yaralarga aylanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi – manqa bakteriyasi, u suv va chiriydigan substratlarda 14–30 kunlarda, qurigan burun ajralmalarida – 7–15 kunlarda, siydikda – 4soatdan so’ng o’ladi. Quyosh nuri uni 24 soatda, 80 °C da isitish – 5 daqiqada o’ldiradi. Manqa bakteriyasi 5% li faol xlorga ega xlorli oxakda, 2 % li fenol, 1 % li o’yuvchi natr, 3 % li kreolin eritmalarida 1 soat ichida o’ladi. Kasallik manbayi – kasal hayvonlar, o’tkazuvchi omillar – infeksiya tushgan ozuqa, tezak, parvarish predmetlari, ot abzallari. Zararlanish to’g’ridan – to’g’ri kontaktda, hazm trakti va kam hollarda nafas tizimi orqali amalga oshiriladi. Yaylov sharoitida kasallik sekin, tig’iz va ventilyasiyasi yomon otxonalarda tez tarqaladi. Kasallik yilning barcha mavsumlarida, ammo ko’pincha kuz – qish fasllarida hosil bo’ladi.

Manqaning inkubasion davri 3 kundan 2–3 haftagacha davom etadi. Kasallik o’tkir, surunkali va latent kechishi mumkin. O’tkir kechishida tana harorati 41– 42 °C gacha ko’tariladi, qaltiroq, shilliq pardalar giperemiyasi, keskin jabrlanish kuzatiladi. 2–3 kunlardan so’ngburunning shilliq pardasida sarg’ish mayda tugunchalar paydo bo’ladi, ular bir necha soatdan so’ng ular birlashadi va nekrozga uchraydi. Ularning o’rnida chetlari notekis yaralar qoladi. Jag’ osti limfatik tugunlar avval shishgan va issiq, keyin esa zich bo’ladi. Ayrim hollarda sonning ichki yuzasi, prepusiya sohasi, yorg’oq, bosh va bo’yindagi teri zararlanadi ( –rasm ). Undan tashqari zararlangan oyoqlar shishishi kuzatiladi. O’tkir shaklda kechadigan kasallik 2–4 hafta davom etadi va ko’p hollarda o’lim bilan tugaydi. –rasm . Manqa kasalligida bosh terisining zararlanishi Surunkali kechadigan manqa kasalligida tana harorati vaqti – vaqti bilan ko’tarilib turadi, hayvon oriqlaydi, yo’taladi, burnidan ekssudat oqadi, jag’ osti limfa tugunlari shishadi. Burunning shilliq pardasida yulduzsimon shaklda chandiqlar va yaralar hosil bo’ladi. Bu shakldagi kasallik bir necha oydan bir necha yillargacha davom etadi.

Latent li manqa hayot mobaynida davom etishi mumkin. Hayvonlarda ko’zga tashlanadigan o’zgarishlar kuzatilmaydi, ular sog’lom bo’lib ko’rinadi. Tashhis epizootologi k , klini k , allergi k , serologi k va gistologi k tekshirishlar asosida qo’yiladi. Diagnostikaning asosiy usuli – allergik bo’lib, bunda ko’z malleinizasiyasi (kon’yunktival xaltaga 4–5 mallein tomchilari – isitish bilan o’ldirilgan manqa basillasi bulonli kulturasining filtrati yuboriladi) bajariladi. Kasallangan hayvon kon’yunktivasi qizaradi, shishadi, ko’zning ichki burchagidan tasma shaklda avval shilimshiq keyin yiringli massa ajraladi (ijobiy reaksiya) ( –rasm ). Natijadan qat’iy nazar 5–6 kunlardan so’ng barcha otlar qayta malleinizasiya qilinadi. Ikki marta ijobiy reaksiya bergan ot kasal deb hisoblanadi. –rasm . Ko’z malleinizasiyasiga ijobiy reaksiya Manqa kasalligini davolab bo’lmaydi . Kasal hayvonlar bartaraf etiladi. Manqaning oldini olish maqsadida xo’jalikka yangi kelgan hayvonlar karantinga qo’yiladi, otlar bir yilga 2 marta klinik tekshiriladi va malleinizasiya qilinadi. Kasallik aniqlanganda xo’jalik karantin qilinadi, otlar klinik belgilari bo’yicha 4 guruhlarga bo’linadi. Otxona va parvarishlash predmetlari dezinfeksiya qilinadi, go’ng kuydiriladi. Karantin oxirgi kasal ot aniqlangandan keyin 45 kun o’tib bekor qilinadi.